OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifHojiakbar Shayxov
Asar nomiOlovdan chiqqan odam (fantastik hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Taxayyulot
Mualliflar
   - Hojiakbar Shayxov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm23KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Olovdan chiqqan odam (fantastik hikoya)
Hojiakbar Shayxov

Qoʻhna qipchoq dashtlarinn bahor tanqis gullari bilan bezagan. Qontalash rangdagi ulkan quyosh barkashi choratrofga ayovsiz tigʻ uradi. Uncha katta boʻlmagan qum tepaliklar, barxanlar orasida yangi chiqqan toʻrtta oʻtov qad rostlagan Oʻtovlarning atrofida toʻqson ikki bovli oʻzbek urugʻlaridan biri odatdagi kundalik turmush tashvishlari bilan band. Tuya junidan toʻqilgan koramtir katta kiygiz ustida qariyalar osoyishta suhbat qurishadi. Ularning ichida boshiga oq salla oʻragan. qorday oppoq oqsoqollari koʻksiga tushgan nuroniy moʻysafid alohida ajralib turadi. U yelkasiga echki terisidan tikilgan jigarrang chakmon tashlab olgan, vaqti-vaqti bilan oldida turgan chilim nilini ogʻziga solib, xoʻrillatib ichiga tortar ekan, qabiladoshlariga salobat bilan allanimalarni uqtiradi. Atrofdagilar unga etibor bilan quloq solishmoqda. Sal narida bolalar chugʻurlashib chavandozlar oʻyinini oʻynashadi, oyoqlari orasidagi egri-bugri saksovul tayoqchalari ular uchun ot vazifasini oʻtaydi. Yuqoriroqda ichida nimadir biqirlab qaynayotgan katta qozon, atrofida ayollar kuymalanib yurishibdi. Ulariing yonida mitti gilamcha, ustida oppoq sochlari shamolda tartibsiz toʻzgʻonyotgan folbin kampir ajin qoplagan yuzini yana ham tirishtirib, koʻzlari yarim yumuq holda ruhlar bilan sirli suhbat qurmoqda.

Narida, bularga qarama-qarshi tarafda, mayda oʻrilgan sochlari taqimiga tushgan, quyuq kipriklari ostidagi tim qora koʻzlari chaqnab turgan xushqomat qiz koʻrkam gavdali, mutanosib qora qoshli, endigina moʻylovi sabza urgan jingalak sochli yigit bilan ohista suhbat qurgancha bugʻdoy yanchishmoqda. Ular bir-birlariga tez-tez yoniq nigoh tashlaydilar, qalblari allanechuk oshifta va nurli hislar bilan toʻlib-toshayotganini chetda qaragan odam albatta ilgʻab oladi. Yigitning yarim yalangʻoch yelkalarini, etlari boʻgʻma ilon tanasiday qaba-rib-boʻrtib turgan baquvvat mushak va bilaklarini vahshiy hayvon tishlarining izlari boʻlsa kerak— taram-taram qoramtir dogʻlar qoplagan.

Bundan bir necha oy avval oʻn yetti yashar oʻspirin otasi va akalari bilan birgalikda Qirq Qaroqchi dashtiga jayron oviga chiqqan, ov ketidan quvishga azbaroyi berilib ketganidan toʻdasidan ajralib, oxir-oqibat inson yoʻk, sahroyi-biyobonda adashib qolgandi. Temir-tirnoq atalmish vafodor itini ergashtirgancha saman otida dashtda bir necha kun izgʻigach, oxiri umidsizlik bilan saksavulzorda tunab, hordiq chiqarishga qaror qilgandi. Yigit oʻshanda hayotida ilk marta aql bovar qil maydigan dahshatli voqeaga roʻbaroʻ kelgandi.

Bola otining jilovini saksovul shoxiga ilib, hali ham issigʻi arimagan kulrang qumga bosh qoʻygancha pinakka ketdi. Qancha uxladi, yodida yoʻq, bir payt otning kishnashi, itning jon achchigʻida akillashidan uygʻonib ketdi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, yonginasida eshakday keladigan boʻri saman otining boʻyiiga tishlarini botirgancha gir aylantirar, Temirtirnoq zsa, nkknnchi bir bahaybat boʻriiing changalida jon talvasasida akillar edi. Bu mudhish manzaradan bola aqldan ozgudek ahvolga keldi, oyoq-qoʻllaridan mador ketdi. Koʻp oʻtmay utning ovozi tindi, ochiqqan ona boʻri uning ichak-chaogʻini agʻdarib, eng mazali joyi — Oʻpkasiyu jigarini gʻajishga kirishgandi Ota boʻrining shiddatli xurujiga saman ot ham uzoq dosh berolmadi. U bamisoli najot soʻrayotganday sungi bor ayanchli kishnadi-yu, tomogʻiga nimadir tiqilganday ovozi qoʻqqis boʻadadi — boʻrining charxlangnday oʻtkir tishlari unnig boʻgʻziga ikki tomondan yorib kirgandi. Ot gandiraklab ketdida, chap bilan gʻumburlab qumga agʻdarildi. Agar ota boʻri chaqqonlik qilib oʻznin nari olmaganida, otning ogʻir tanasi ostida qolishi hech gap emas edi. Bir gazcha orqaga tashlangan boʻri shu zahoti oʻzini yana otning ustiga otdi-da, boʻgʻzidan tirqirab qon otilayotgan jonivorning qornini yorib tashladi. Ot talvasa ichida oyoqlarini lopillatib bir-ikki tipirchiladi-yu, oxiri tinchidi. Lahza oʻtmay uning koʻzlari kosasidan chiqqudek orayib, ma’nosiz tus oldi. Ota boʻri sal narida dahshatga tushgancha undan nigohini uzmayotgan bolaga e’tibor ham bermay, haf-sala bilan otning ichak-chavoqlarini yamlamayy yutdi. Sargʻimtir jun bosgan tumshugʻi, oldingi oyoqlari qip-qizil qon.

Bu dahshatli manzara bolani shu darajada sarosima va qoʻrquvga solgandiki, u chindan ham tosh haykalga aylanib qolganday miyasi karaxt, qinidan chiqquday olaygan koʻzlari hech nimani koʻrmaydi Bola shu ayafozda qancha yotganinn bilmaydi, lekii bir mahal — ajabo! — qaynoq tanasi boʻylab jimir-jimir etgancha allanechuk yoqimli ogʻriq paydo boʻlayotganini his etdi. Karaxt miyasiga, boʻrilar endi oʻzini yamlashga tushishdi chogʻi, degan oʻy keldi. Lekin, qizigʻi shunda ediki, u endn kutilmaganda hech narsadan qoʻrqmay qoʻydi. Hayotining eng soʻnggi damlarini yashayotganini bilib qolgan odamlardagina shunday hissiyot paydo boʻlsa kerak.

Birdan tanasidagi yoqimli ogʻriq uqubatga aylandi, bamisoli qandaydir dasht chumolilari badanining har bir nuqtasini ayovsiz kemirayotganday, u oʻz tanasini his qilmay qoʻydi. Ayni vaqtda koʻkrak va yelkalari, bilak va sonlarining terisi oʻrnida baliqnnng poʻstiga oʻxshash shilimshiq va qattiq poʻstloq hosil boʻla boshladi. Goʻyo tapasining teri qismi borgan sayin muzlab borayotganday. Bu holdan bola xavotirlanish oʻrniga aksincha, negadir xotirjam tortdi. Endi u oʻz oʻljalarini hafsala va ishtaha bilan gʻajiyotgan qonxoʻr yirtqichlarga horgin va bepisand tikilib yotardi.

Nihoyat, boʻrilar obdon toʻyishdi shekilli, erinchoqlik bilan birin-ketin bola tomonga siljishdi. Birinchi boʻlib ota boʻri uning tepasiga keldi. Bu paytda bolaning borliq tanasi baliqlarga xos shilimshiq va kattiq poʻstloq bilan qoplanib ulgurgan, ayni damda oʻzidan badboʻy va koʻlansa hid taratardi. Boʻri qonga bulgalangan tumshugʻini bolaning qorniga yaqinlashtirdi-yu, shu zahoti sapchib orqasiga qayrildi. Sherigining hatti-harakatidan taajjubda qolgan ona boʻri ham bolaning tepasiga kelishi hamon orqaga chekindi. Keyin ular otning yarmi gajib tashlangan gavdasini tishlaganlaricha qayoqqadir sudrab ketishdi.

Bola saksovulzor oʻrtasidagi qumloq yerda hamon oʻsha loqayd nigoh bilan osmonga tikilib yotarkan, tanasidan chiqayotgan dimogʻini yorgudek kulansa hidni oʻzi ham payqab qoldi. Ajabo, bu badboʻy hiddan negadir u siraxam jirkanmadi, aksincha, koʻnglida allaqanday gʻayri-tabiiy qoniqish hissini tuydi, yulduz sanay boshladi. Shu tariqa koʻzlari ilinib, uxlab qoldi. Uyqusi oz emas koʻp emas, roppa-rosa yegti kechayu kunduz davom etdi. Bu orada kalxatlaru yoʻlbarslar, dasht ilonlariyu jayronlar, shoqollaru yumronqoziqlar, xullas, yana bir talay yirtqich hayvonlar uni iskab koʻrdi. Boʻyi uch metrcha keladigan yoʻgon boʻgʻma ilon, hid bilmaydi chogi, bolaning yelkasiga tishlarini botirib, zahrini solmoqchi boʻldi. Tishi oʻtmadi. Oxiri uni oddin toshga qoʻyib, yangi oʻlja qidirish maqsadida ustidan sirgalib oʻtdi-da, yoʻlida davom etdi.

Oradan roppa-rosa yetti kechayu kunduz oʻtgach, bola koʻzlarinn ochdi. Kaerda yotganini darrov fahmlay olmadi. Korongʻi kecha boʻlishiga qaramay, hammayoqni xuddi kunduzdagiday aniq koʻrayotganini sezib hayratga tushdi. Nazarida osmondagi bodroqday sochilgan son-sanoqsiz yulduzlar shriklashib, toʻlin oy yanada toʻlishib qolganday edi. Boʻlib oʻtgan voqea birdaniga xotirasida tiklandi-yu, shu zahoti boshida qattiq ogʻriq turdi. Ustiga ustak saman oti bilan Temirtirnoqni eslab, yuragi uvishdi. Koʻksiga chaqir tikanakdak sanchila boshlagan gʻashlikdan qutulish, nimadir qilish uchun oʻrnidan turmoqchi boʻlgan edi, negadir tanasi qisirlab ketganini payqadi. Shunda butun badani xuddi baliqterisiga oʻxshagan silliq va qattiq, taram-taram poʻstloq bilan qoplanganini sezdi va yana hushi boshidan uchayozdi.

Bolaning xastaligi uzoqqa choʻzilmadi. Kutilmaganda koʻksida chirsillagan ovoz eshitilib, koʻp oʻtmay, terisi palaxsa-palaxsa boʻlib tanasidan ajralib chiqa boshladi. Oradai bir necha fursat oʻtgach, haligi chirsillagan ovozlar yanada avjga chiqib, bir necha daqikadan keyin u baliqsimon «poʻstlogʻi»dan tamomila qutuldi. Onadan yangi tugʻnlganday shir-yalangʻoch. . U oʻrnitdan turdi-da, negadir sira ikkilanmay janub tomonga yoʻl oldi. Toʻlin oy nurida uning tanasi oʻzidan allanechuk oltinsimon zarrin shu’la taratib borardi.

U butun dashtni nurga chulgab ancha-muncha yoʻl bosdi. Tongga yaqin yetti-sakkizta otliq koʻrindi. Bular bir haftadan beri bolani izlab yurgan uning amakilari, togʻalari va akalari edi. Kabila a’zolari bolaniing shir-yalangʻoch holda topilganiga ham shukronalik qilishib, toʻy-tantana boshlab yuborishdi. Koʻylar soʻyilgan, oshlar damlangan, oʻyin-kulgi avjida. Tanasidan kechalari nur taralgani uchun uni Nurbek deb atay boshlashdi.

Shundan keyin Nurbekda favqulodda gʻayrioddiy xususiyatlar zohir boʻla boshladi. U yonib turgan olov ustida bemalol yura olar, ayni vaqtda tanasi har qanday sovuqqa ham dosh berardi. Bundan tashqari kechalari hamma narsalarni xuddi kunduzgiday koʻra oladi, har qanday odam yoki hayvoning qaerida qanday kasallik borliginn ham bir koʻrishda biladi.

Erkaklar ovda, Nurbek bilan mayda oʻrilgan sochlari taqimiga tushgan xushkomat qizning suhbati ayni avjiga chiqqan bir paytda oʻtovlar orqasida jimgina mudrab yotgan itlarning jon-jahdlari bilan huriy boshlashi koʻchmanchi qabilani sergak torttirdi. Odamlar olazarak boʻlib chor-atrofga qarashdi. Gʻarb tarafdan ot tuyoqlarining doʻpir-doʻpiri, qiyqiriq ovozlari quloqqa chalinardi. Qabila oqsoqoli oʻziga yarashmagan chaqqonlik bilan oʻrnidan turdi. Boshqalar ham oyoqqa qalqishdi. Ayollar va bolalar bir-birlariga qoʻrquv va sarosima aralash savol nazari bilan tikilishardi. Shu choq tuman orasidan Suzib chiqqanday oʻtovlar oldida oʻnta otliq paydo boʻldi. Ularning uzun, koʻk rangli engil-boshlari, temir qalqonlari va poʻlat gʻiloflari quyosh nurida charaqlab koʻrinardi. Otlarnning oyoqlari yoʻgʻon, yollari uzun, pakana. Suvoniylarning qoʻllarida tugʻ, nayza, oysimon qilich. Oldinda maymunjon tusli chopon kiygan oq sallali, choʻtir yuzli, chuvak soqol odam.
— Assalomu alaykum! — qichqirdi u gerdaygancha otda oʻtirarkan, koʻchmanchilarga nafrat bilan tikilib — Menga qabilangiz oksoqoli kerak.
— Vaalaykum... — Qabila oqsoqoli bir qadam oldinga chiqdi. — Xoʻsh, xizmat?
— Kamina jami Sharq mamlakatlarining hukmdori, buyuk noyib Xoʻjaxonning tilmochi, jasur moʻgʻul qoʻshinlari uchun soliq yigʻayotganimizni bildirmoqchi edim.
— Agar koʻnglingiz tortsa, qashshoq oʻtovlarimizga marhamat qilinglar!...
— Sizda mol-hol, bugʻdoy va arpa bor, yosh ayollar bor. Shular bizni qoniqtiradi.
— Lekin, ushbu tashrifingizdan keyin ochlikdan halok boʻlishga mumkin boʻlgan bolalar va keksalar ham bor. Shuning uchun iltimosingizni...
— Biz iltimos emas, talab qilamiz!

Moʻgʻullar tilmochi oʻng qoʻlini koʻtarib, yengil bir ishora qildi. Hezlanib turgan suvoriylar otlaridan ketma-ket sakrab tushishdi-yu, oʻzlarini kabila a’zolari ustiga otishdi. Qiy-chuv bosdi. Urush-urush oʻynab yurgan bolalar toptaldi, ulardan insof soʻrab oldinga chikkan uch-toʻrt moʻysafid nayzadan oʻtkazildi. Soʻngra erkakmi, ayolmi — qarab ham oʻtirmay, hammaning qoʻlini orqasiga qayirib, oʻtovlarning biriga itarib kirgiza bosh-lashdi Bosqinchilardan biri sochlari taqimiga tushgan sohibjamol qizga tashlandi.
— Nima qilayapsizlar, mal’unlar?! — qichqirdi qabila boshligʻi gʻazab bilan — Tegma... Tegmanglar!... Xudodan qoʻrqmaysizlarmi?

Shu choq qayoqdandir Nurbek paydo boʻldi. U sevgilisini zoʻrlashga urinayotgan moʻgulning kuragi ostiga zarb bilan xanjar urdi. Moʻgʻul shu zahoti ingrab, qizning oyoqlari ostiga quladi. Ikkinchi mugʻul sakrab otiga mindi-da, Nurbekning boʻyniga arqon tashlab, dasht sari ot soldi. Bosqinchilar quturib kiyqirgancha qabila a’zolarini qirginbarot qilishga kirishdilar. Kalqonlaru mis dubulgʻalar quyosh nurida charaqlab, yoysimon qilichlar bot-bot yuqoriga koʻtarilib, zarb bilai pastga, navbatdagi qurbonning boshi yoki yelkasiga kelib tushar-di. «Oh-vohlar» olamni tutgan, oxiri yaradorlaru qolgan-qutgan yoshlarni va qari-qartanglarni oʻtovga sudrab olib kirishdi-da, atrofiga somon uyib, oʻt qoʻyib yuborishdi. Nurbekni sudrab ketgan mugʻul ham uni oʻtov yaqiniga olib keldi-da, gurillab yonayotgan olovga irgʻitdi. Oqsoqol bilan folbin kampirdan boshqa hamma oʻlimga mahkum etilgan edi. Nima voqea boʻlayotganligini anglab yetgan oqsoqol oʻzini qabiladoshlari yonayotgan olovga urmoqchi boʻlgan edi, tilmoch yoʻlini toʻsdi.
— Shoshilma, qariya alvasti, — dedi u zaharxandalik bilan. — Hali sen kerak boʻlasan. Bizga yoʻlboshchilik qilasan.

Oqsoqol alanga ogʻushidagi oʻtovga iitilarkan, hoʻngrab yigʻlab yubordi.
— Qoʻyvoringlar meni, la’natilar!... Men... men ular bilan birga yonaman!..
— Bu qanday koʻrgulik boʻldi?!— Bir chekkada folbin figʻon chiqardi — Gunohga botibmiz!. — Muqaddas jayronlarni koʻpam ovlayverish kerak emas, deya aytuvdim-a!..

Shu payt moʻ‘jiza roʻy berdi yonayotgan oʻtovdan birov otilib chiqdi. Koʻz ochib yumguncha otlarning biriga mindi-da, jilovni qoʻliga oldi. Gurkirab yonib turgan alanganing ikki oyoqda yurib kelib ustiga oʻtirganidan esxonasi chiqib ketgan ot oʻzini dashtga urdi. Yonib jiz-ganak boʻlayotgan odamning uzoqqa borolmasligini taxmin qilgan moʻgʻullar yigitning orqasidan quvishni lozim topishmadi. Buni koʻrgan oqsoqolning soʻniq koʻzlarida umid uchqunlari chaqnab ketdi. Folbin bosh koʻtarib pichirladi.
— Sendan yaxshi odam chiqishini bilardim, Nurbek bolam-ov!..
— Menga qara, yalmogʻiz! — dedi tilmoch unga yaqinlasharkan, chamasi u yonidagi allanimalar deyayotgan mitti gavdali, bir koʻzi shigʻraygan moʻgʻulning soʻzlarini tarjima qilardi— Agar sen shonli moʻgʻul laganarlariga xudo yor boʻlishini tilab olloga iltijo qilmasang, kuningga maymunlar yigʻlaydi.
— Iloyo... sen nima desang shu...

Nurbek otga minib ketganidan keyin qabila sarkori ham picha oʻzini bosib olgan, endi qoq yerda chordona qurib oʻtirarkan, toqatsizlik bilan ufqqa tikilardi. Quyoshning choʻgʻsimon ulkan barkashi ufqqa choʻkib ketganiga ancha boʻlgan, ufq qontalash rangda jilvalanar, qipchoq dashtidagi koʻz koʻrib quloq eshitmagan bu qirgʻinbarot yovuzlikning guvohi boʻlmaslik uchun goʻyo togʻlar ham gʻira-shira shom pardasini yuziga tortishga urinayotgandek edi.

Chirsillab yonayotgan oʻtov bosib tushdi, dod-faryod va qiychuv keskin kuchayib, sal oʻtmay ular jon achchigʻidagi boʻgʻiq hirrvrash va ingrash ovozlari bilan almashindi. Yana bir necha fursatdan keyin chor-atrofga qabriston sukunati choʻkib, faqat oʻtov qoldiqlarining chir-sillab yonayotgani quloqqa chalinardi, xolos. Hamma yoqni kiygiz, latta-putta va jizgʻanak boʻla boshlagan inson goʻshtining hidlari tutgan, daydi dasht shamoli bu qoʻlansa dudni toʻzitmoqqa behuda urinardi.

Moʻgʻul lashkarlari endi bamaylixotirlik bilan qabilaning qolgan-qutgan boyliklarni talon-taroj qilishga kirishishdi. Avval but qolgan oʻtovlardagi ishga yaroqli buyumlar, turli mol-bisotlar olib chiqildi. Soʻngra sal naridagi qoʻradan sigirlar va qoʻylarni hay-dab chiqdilar. Bir necha qop bugʻdoy va arpa ham pakana otlarning yelkasiga tashlayadi. Endi manzilga qaytishsa ham boʻlardi-yu, lekin bosqinchilar negadir shoshilmasdi. Mitti gavdali, bir koʻzi shigʻraygan moʻgʻul tilmochga allanimalar degan edi, u qabila oqsoqoliga yuzlandi:
— Menga qara, qari alvasti, agar tirik qolishni istasang, qoʻylarning birini soʻyib, et. Shonli moʻgʻul lashkarlari shu yerda ovqatlanishmoqchi.

Oqsoqol ziyrak tortdi. U yana bir necha fursatdan soʻng gʻayrioddiy voqea sodir boʻlishini sezgandek, gavdasiga yarashmagan chaqqonlik bilan oʻtovlarning biriga kirib, pichoq olib chiqdi-da, qoʻylardan birining oyoqlarini bogʻlab, yerga yotqizdi. Keyin «bismillo», deb boʻy-niga pichoq tortdi. Qoʻyning kekirdagidan tirqirab otilgan qon egniga sachrab ketganidanmi, moʻysafidning yuzlari burishdi.

Olis ufqda yigirma choqli qorabayir va saman otlar mingan chavandozlar koʻringanida, oqsoqol qoʻyning ikki sonini maydalab, qozonga tashlayotgan edi. Ular shamolday yelib kelishardi. Nurbek boshlab kelayotgani aniq. Boyagina qabila keksalari osuda suhbat qurib oʻtirgan kiygiz ustida yonboshlab yotgan tilmoch va mugʻullar hali ularni payqaganlari yoʻq.

Nihoyat, sahroni ot tuyoqlarining doʻpir-doʻpiri tutib ketdi. Bosqinchilar depsinib oʻrinlaridan turdilar. Lekin ular kechikishdi. Oldinda quyunday uchib kelayotgan otliq — sochlari va qosh-kipriklari kuyib sargʻayib ketgan yosh yigitning olisdanoq zarb bilan otgan pichogʻi birinchi boʻlib tilmochning koʻksiga qadaldi. Bosqinchilarning malayi gayritabiiy ovoz chiqarib, boʻkirganicha chalqanchasiga agʻdarildi. Til tortmay bandalikni bajo keltirgan tilmochning koʻzlari ochiq qolgandi. Ikkinchi otliq uloqtirgan arqonga ilashgan mitti gavdali, bir koʻzi shigʻraygan moʻgʻul laqqa choʻgʻ ustiga borib tushdi. Shu ondayoq egni-boshi gurillab yopa boshlagan moʻgʻul jon holatda ikki-uch marta chinqirdi-yu, tinchlandi.

Otliqlar bir necha fursatdayoq moʻgʻullarniig qoʻl-oyoqlarini bogʻlab, bamisoli soʻyishga tayyorlangan qoʻylardek oqsoqolning oyoqlari ostiga tashlashdi. Ovdan muddatidan ilgari qaytishga majbur boʻlgan bu baquvvat va qirchilla yigitlar endi tobora soʻnib borayotgan alanganing kalta-kalta alvon tillariga mislsiz gʻam-gʻussa va armon bilan tikilishar, ich-ichlaridan oʻrtanishardi.

Qabila sardori shoshilmay oʻrnidan turdi-da, oldinga oʻtdi. Biri biridan ogʻir oʻylar uning miyasini iskanjaga olgandi. Chehrasidagi taram-taram ajinlar yanada koʻpayib qolganga oʻxshardi. Hozir qadimiy, ibtidoiy sud oʻzining uzil-kesil hukmini chiqarishi kerak. Qabilaning eski udumlari boʻyicha, kelgindilar oʻlim jazosiga mahkum etilishlari darkor...

Yosh ovchilar hukmni tezroq ijro etishga shay holda oqsoqolga sergaklik bilan tikilishar va uning koʻrsatmasini kutishardi. Ammo qabila sarkori bir qarorga kelishga negadir shoshilmasdi. Iztirob va qaygʻu tumani chulgʻagan miyasini:«Yovuzlik payini qirqishning eng rasvo yoʻli qaysi?» degan birgina azaliy savol qiynoqqa solmoqda edi.

Birdan u oʻng qoʻlini koʻtarib, baland ovozda buyurdi:
— Nayza, dubulgʻa va qilichlarni sindirib, bir joyga toʻplanglar!

Ovchilar bir zumda taraddudda qolishdi-yu, lekin tezda nayza va qilichlarni bir joyga yigishtirib, birma-bir sindirishdi-da, ustma-ust uyib qoʻyishdi.
— Unga moy quyinglar! — buyurdi yana oqsoqol e’tirozga oʻrin qolmaydigan bir ohangda. Yigitlarning biri yogʻoch chelakni koʻtarib kelib, qurollarning ustiga moy sepdi.
— Endi yoqnnglar!

Lahza oʻtmay sahroda yana bir gulxan paydo boʻldi. Hammaning diqqat-e’tibori oʻt ichida qolgan qurollar uyumida. Bu odamzodning qirgʻinbarot urush va bosqinchiliklarga qarshi ilk isyoni edi. Bu alanga insonni tinch hayotga chorlayotganday gurillar, yolkin sochar, javlon urar edi.

Qiz paydo boʻldi. Chamasi, u toʻs-toʻpolon vaqtida bosqinchilarning koʻzlarini shamgʻalat qilib, yashirinishga muvaffaq boʻlgan edi. Jingalak sochli yigit uning istiqboliga otildi. Kishing sochlari toʻzigan, yigʻlayverganidan koʻzlari qizarib, qovoqlari shishib ketgandi. U ma’yus va parishon holda tobora soʻnib borayotgan alanganing goh biri, goh ikkinchisiga tikillrkan, borliq vujudi shamolda qolgan niholdek titrardi. Qizni koʻrib, dil-dilidan suyupib ketgan qabila sarkori uni bagʻrnga bosdi-da, baland ovozda dedi:
— Moʻgʻullarning qoʻl-oyoqlarini boʻshatinglar!

Yigitlar hayron. Biroq oqsoqoliing buyrugʻi muhokama qilinmaydi.

Nogoh boyadan bern sukutda oʻtirgan folbin kampirning jazavasi tutdi:
— Yoʻq! Yoʻq!.. Ollohi taolo va jami muqaddas ruhlar haqqi iltijo qilaman, ularni oʻldiring! yoʻqsa, shafqatsiz qasos olishadi!..

Qoʻl-oyoqlari arqondan boʻshatilgan moʻgʻul cheriklari qoʻrqa-pisa oʻtovdan uzoqlasha boshlashdi. Kabila ovchilari sarosima va taraddudda qolishdi. Ular ilgari sira koʻrilmagan bunday vaziyatda nima qilishlarini bilmay hayron edilar. Baribir jingalak sochli yigit oʻzini tutib turolmadi. U kutilmaganda sal narida oʻtlab yurgan otga otilib borib shunda, qocha boshlagan moʻgʻullardan birining boʻyniga arqon uloqtirib, sahro boʻylab sudray ketdi. Boshqalar ham junbushga keldi. Kuvish, ola-tasir, mushtlashish boshlandi. Bir necha fursat ichida dushman qora qoniga belandi qoldi.

Ovchilar qaltis xatti-harakatlari uchui oʻzlarini aybdor sezib, shoshilmay oqsoqolning huzuriga qaytish-di. Ular har qanday yovuzlik shafqatsiz jazoga loyiq, deb bilishar va yovuzlikning payini qirqishning boshqa yoʻllari boʻlishi mumkinligi haqida oʻylamasdi ham. Bu haqda bosh qotirib koʻrgan birinchi odam qabila oqsoqoli edi.
— Safar taraddudini koʻringlar — dedi u xomush bir kayfiyatda. — Endi bu yerda yashay olmaymiz. Olatogʻni oshib, yangi sahro topamiz...

Odamlar istamaygina oqsoqolning koʻrsatmalarini bajarishga kirishdilar. Bir chetda folbin kampir xudoga iltijo qilardi. Shu choq ot tuyoqlarining dupuri eshitildi — hali dushmanni sirtmoqqa solib sahroga sudrab ketgan Nurbek koʻrindi. U xursand edi.
— Yuzimmizni yerga qaratding, — dedi oqsoqol birdan ovozi qaltirab. — Endi... toʻrt tomoning qibla...
— Gunohim nima, bobojon? Axir, ulardan kuyib kul boʻlgan onam, aka-ukalarim, opa-singillarimning xunini oldim-ku!
— Gunohing — qotilliging... — oqsoqol - mung bilan yerga qaradi. — Yovuzlikni yovuzlik bilan yengish mumkin emas ekan!..

U sukutga ketdi. Roʻparasida qora koʻzlarini jovdiratib Nurbek turardi
— Nima gap? — yigitning oldiga oʻtov ortida bekinib turgan qiz yugurib keldi. — Bobom seni haydayaptimi?
— Ha...
— Kayoqqa ketmoqchisan?
— Boshim oqqan tomonga-da.
— Men ham sen bilan...

Yigitning koʻzlaridan oʻt chaqnab ketdi.
— Chindan-a?..
— Chin soʻzim!..

Nurbek mayda oʻrilgan sochlari taqimiga tushgan xush-qomat qizni bagʻriga bosdi. Uning koʻzlarida yosh.
— Nega yigʻlayapsan?
— Yolgʻiz ikkalamiz...
— Unday dema, — yigit qizning gapini boʻldi. —

Oila quramiz, oʻzimizdan oʻzimiz koʻpayamiz. Xalq boʻlamiz! Shunday xalq boʻlamizki, unda mehr-oqibat, sadoqat, samimiylik mutloq qaror topgan boʻladi.
— Aytganing kelsin!
— Niyat — muqaddas, yeru koʻk— muqaddas, shundan bizga tekkan ulush-muqaddas... Qani, ketdik!
— Ketdik!..

Ikki otliq oqshom quyuqlashayotgan dashti-biyobonga tobora singib borar, ularning ortidan koʻtarilayotgan pagʻa-pagʻa chang bulutlari osmonu falakni tutguday edi...