OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifHojiakbar Shayxov
Asar nomiSirli nur (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Taxayyulot
Mualliflar
   - Hojiakbar Shayxov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm42KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sirli nur (hikoya)
Hojiakbar Shayxov

Sirli nur

Ulugʻbek! Ulugʻbek! Men — birinchi. Qalay eshityapsiz? Qabul.
— Birinchi! Birinchi! Men — Ulugʻbek! Sizni yaxshi eshityapman. Nima yangiliklar bor? Qabul.
— Nur tarqatayotgan nuqta koʻzdan gʻoyib boʻldi.
— Gʻoyib boʻldi?.. Nega? Qachon?
— Bir necha daqiqa avval men sayyora atmosferasiga kirdim, nurlanayotgan nuqta tepasida bir zum toʻxtab, kemani toʻgʻri kursga oldim, keyin pastlay boshladim Ikki yuz metr ham tushishga ulgurmagandim, nurlanish birdan yoʻqoldi.
— Hozir ostingizda nima koʻrinyapti?
— Hozir kema quyuq bulutlar qurshovida. Telelokatorlar hech qanday ish bermayapti.
— Birinchi! Nihoyatda ehtiyot boʻling. Bulutlar qatlamining qalinligi bizga noma’lum. Sizni qurshab olgan tuman sayyora sathigacha choʻzilgan boʻlishi ehtimoldan uzoq emas.
— Ulugʻbek! Qema bulutlar qatlamini yorib chiqdn. Balandlik 15000 metr. Sayyora sathini koʻryapman. Jigarrang va alvon ranglarni ajratsa boʻladi. Eh, yuragim hovliqib ketyapti! Shubhasiz, sayyora yuzasi quyuq oʻsimliklar bilan,oʻralgan. Telelokatorlar yoʻnalishini boya nur tarqatgan nuqtaga toʻgʻrilayapman.

Jimlik.
— Birinchi! Birinchi! Oʻzi nima gap? Javob bering! Oʻsha zahoti razvedkachi-fazogir Davron Sharipovning hayajonli, ayni paytda sevinchga toʻla ovozi yangradi: .
— Ulugʻbek! Sun’iy qurilma koʻryapman! Balandlik ming metr. Oʻlay agar sun’iy qurilma koʻryapman!
— Xovliqmang, birinchi, xovliqmang. Uni tasvirlab bering.
— Tagimda, yanglishmasam, shahar yastanib yotibdi.

Oʻzga sayyora shahri! Nihoyatda yuksak qilib qurilgan toʻgʻri formadagi tsilindrlarni koʻryapman. Asosining diametri taxminan yuz metrga teng bu inshootlar turar joy binolari boʻlsa kerak. Har bir tsilindr tepasida gorizontal yoʻnalishda va turli balandlikka ega spiralsimon «butoqlar» bor. Ularning havoda muallaq turgan eng chekka qismy qalin mis likopchani eslatadi. Binolar yigirma-oʻttiztadan alohida-alohida joylashgan. Har bir guruh markazida boshqacha shakldagi — sharsimon, prizmasimon, toʻgʻri burchakli qurilmalarni ham koʻryapman. Chor-atrof oʻt-oʻlan, dov-daraxtlar bilan oʻralgan. Albatta, agar qizil va jigarrang bargli bahaybat oʻsimliklarni daraxt deb atash mumkin boʻlsa. Oʻsimliklar binolarning devor va pastki «butoqlari»gacha chirmashib ketgan.
— Birinchi! Nurlanayotgan nuqta oʻrnida nima koʻryapsiz?Diametri ikki-uch kilometrga teng qoramtir doirani koʻryapman. Yanglishmasam, bu mening nigohim qamray sholishi mumkin boʻlgan butun maydondagi oʻsimliklardan holi yagona joy. Eh, jin ursin! — Nima gap birinchi!
— Kechiring, oʻrtoq polkovnik. Ogʻzimdan chiqib ketdi. Balandlik ikki ming metr. Menga eng yaqin binoning koʻp joylari... shikastlanganga oʻxshaydi!
— Shikastlanish qanday xarakterda?

Bu savolga javob berish uchun binoga yaqinroq borishim kerak. Yonlama tortuv dvigatelini ishga solyapman.
— Birinchi! Ehtiyot boʻling! Gravitatsion va maydon himoyasi qurilmalari ishini yana bir tekshirib chiqing. Oraga yana jimlik choʻkdi. Koʻp oʻtmay, tagʻin Davron Sharipovning hayajonli, ayni paytda havotir aralash ovozi eshitildi:
— Ulugʻbek! Men —birinchi! Spiral shakldagi bino qoshidaman. Bino nihoyatda qalin va tartibsiz oʻsgan yovvoyi oʻsimliklar qurshovida. Uy burchaklari nurab ketgan, devorlarida katta-katta yoriqlar va chang bosgan teshiklar bor. Yaqin atrofdagi boshqa binolar ham xuddi shu ahvolda. Agar bu shahar boʻlsa, u — tashlandiq, oʻlik shahar!
— Birinchi! Shikastlanish harbiy harakatlar natijasida yuzaga kelgan, deb taxmin kilish mumkinmi?
— Yoʻq! — qat’iy javob berdi Sharipov. — Yoʻq! Menimcha, binolar vaqt oʻtishi bilan shu ahvolga tushgan. Ularni koʻp yillik chang qatlamlari bosgan. Men yaqin kelishim bilan qandaydir mayda jonzotlar toʻdasi «guv» etib teshik va yoriqlardan chiqib, binoning orqasiga oʻtib ketishdi...
— Birinchi! Darhol qoramtir doira nimadan iboratligini aniqlang.
— Xoʻp boʻladi!

Jimlik.
— Ulugʻbek! Men — Birinchi! Doira ustidaman. U chor-atrofini mazkur planetaga xos qalin oʻsimliklar oʻragan oddiy maydon ekan. Ammo maydon ichi oʻsimliklardan xoli.
— Unda biror maxsus qurilma koʻrinmaydimi?
— Yoʻq.
— Maydonning relefi qanday?
— Tekislik. Xuddi yaqinda tekislab chiqilganga oʻxshaydi.
— Ariqlar yoʻqmi?
— Yoʻq. Lekin oʻrtasi bir oz koʻpchibroq turibdi, Oʻrtoq komandir, menda bir taklif bor.
— Ayting?
— Doira oʻrtasiga qoʻnishimga ruxsat bersangiz. Oʻshanda ajoyib obzorga ega boʻlaman, lozim boʻlsa, darrov uchib ketishga ham ulgiraman, Analizatorlar havoni tekshirib chiqishdi. Hammasi joyida. Radiatsiya yoʻq,

Uncha uzoq boʻlmagan jimlik. Keyin «Ulugʻbek» yulduzkezar kemmasi komandirining qat’iy ovozi yangradi:
— Qoʻnishga ruxsat!

Ziyo yulduzidan birinchi signal Pluton yaqinidagi kosmik zondlardan biri yordamida qabul qilindi. Aytish kerakki, bir necha asr davomida zondlar fazoni uzluksiz tintishar, biroq biror natijaga erishganicha yoʻq edi.

Mana, nihoyat, birinchi signal — Oʻzga dunyo tsivilizatsiyasidan ilk xabar olindi. Birinchi signaldan keyin ikkinchisi, soʻngra ma’lum vaqt oraligʻida boshqalari qabul qilindi. Hamma signallar bir xil, ma’lum. tartibda yuborilmoqda, ularning sun’iy usulda yuzaga keltirilayotgani esa aniq edi.

Fazo lingvistlari darrov qabul qilingan signallarni matritsa formasida yozib olib, aniqlashga kirishishdi. Biroq matritsalarda aks etdirilgan belgilarning asl ma’nosini aniqlashga kelganda fikrlar boʻlindi.

Matritsadagi signallar ikki guruhga boʻlingan edi. Birinchi guruhda yetti sayyoradan iborat qandaydir yulduz sistemasi ifodalanib, ulardan ikkinchi sayyora alohida ajratib koʻrsatilgandi. Keyin sayyorada istiqomat qiluvchi mavjudotlar, oʻsimliklar, ba’zi kimyoviy elementlar va qator matematik funktsiyalarning shartli belgilari aks etdirilgandi.

Ikkinchi guruh belgilar ham birinchisining deyarli aniq nushasidan iborat edi. Belgilar birinchi guruhdagiday ketma-ket va ma’lum vaqt oraligʻida uzatilgandi. Ularda birgina farq boʻlib, birinchi guruhdagi tirik mavjudotlarning tasviri tushirib qoldirilgan edi.

Oʻsha ondayoq, nimadadir yanglishilgan, degan taxmin paydo boʻldi. Aftidan, belgilarning joylarini almashtirish, ya’ni matritsani teskarisiga oʻqish lozim edi. U holda birinchi oʻringa tirik mavjudotlar aks etdirilmagan guruh chiqardi va goʻyo Ziyo tsivilizatsiyasi ana shu usulda sayyorada hayot paydo boʻlgani haqida axborot bermoqchi edi.
— Yoʻq,— deya qat’iy e’tiroz bildirishdi fazo lingvistlari.— Matritsani faqat bir xil usulda tuzish mumkin. Hozir qanday yuzaga keltirilgan boʻlsa, xuddi shunday holda. Uni teskarisiga oʻqishga intilish toʻla ma’nosizlikka olib keladi, chunki bu holda hamma belgilar oʻz yacheykalaridan turli kattalikda siljiydi va butun tasvir sochilib ketadi. Matritsaning formasi haqida ortiqcha gap yuritishning sira hojati yoʻq. Olingan natijani izohlash lozim.

Bahslar avj oldi, yangi taxmin va gipotezalar oʻrtaga tashlandi. Asosiysi esa, yerliklar, nihoyat, poyonsiz koinotda yolgʻiz emasliklarini uzil-kesil bilib olgan edilar.

Uch, asr avval insoniyat Quyosh sistemasidan tashqariga chiqdi. Eng yaqin yulduzlarning chor-atrofi sinchiklab oʻrganildi.

Vaqt oʻtaverdi. Yulduzlar sari uchish mislsiz tezlikda rivoj topdi. Koinotda oʻta yuqori tezlikda harakatlanishning yangi usullari kashf etildi. Inson olis yoritgichlar sari dadil qadam qoʻydi. Biroq hamma joyda u soʻnib borayotgan va sathi muzlagan geliydan iborat ulkan kosmik sayyoralar yoki endigina tugʻilayotgan olovli, shiddatkor dunyolarga duch keldi.

Odam oʻzi kabi odamlar bilan muloqat qilmasdan yolgʻiz yashay olmagani kabi, yaxlit tsivilizatsiyalar ham oʻz taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida oʻzaro muloqat qilish uchun oʻtkir ehtiyoj sezishadi. Keyin olis fazolarni tadqiq qilishga kirishishdi...

Ziyodan kelgan sirli signallarning ulkan quvonch va oʻta koʻtarinki kayfiyatda kutib olinganligining boisi ham ana shunda edi. Darrov yulduzlararo uchishga hozirlik koʻrila boshlandi.

Mana, nihoyat, yulduzkezar «Ulugʻbek» kemasi Ziyo yulduzi orbitasida aylanuvchi ikkinchi sayyora yaqinida.

Odatda yulduzkezar kemalar sayyoralarga qoʻnishmas edi. Ular fazoda ma’lum orbitada manevr qilib yurishar, uning ekipaji esa, maxsus planetoletlarda yulduzkezar kema va oʻrganilayotgan sayyora oʻrtasida qatnab ish olib borishardi. Sayyoraga birinchi boʻlib razvedkachi fazogir otlandi.

«Ulugʻbek»da razvedkachilik vazifasi toshkentlik yosh fazogir Davron Sharipovga topshirilgan edi.

Kema Ziyoga yaqinlashayotganidayoq sayyora yuzasida nurlanayotgan dogʻ aniqlangan edi. Sayyorani oʻrab olgan qalin bulutlar eng sezgir lokatorlarga ham pand bergan va nurlanayotgan nuqta yagona moʻljal boʻlib xizmat qilayottan edi.

Biroq... kutilmaganda u qayoqqa yoʻqolgan boʻlishi mumkin?
— Ulugʻbek! Men — Birinchi! — doklad qildi Davron Sharipov sayyoraga qoʻngandan keyin bir necha minut oʻtgach.— Oʻrmonda qandaydir harakat boshlandi.
— Aniqroq gapiring, nima harakat?
— Daraxt tanalari orasida gʻalati soyalar gʻimirlayapti, shoxlar silkinyapti, eng asosiysi, goʻyo ulkan fillar podasi quruq shox-shabbalarni bosib, yanchib ke-layotganday qattiq shovqin eshitilyapti.
— Buning sababi kuchli shamol emasmi? YOKI biror mahalliy quyun koʻtarilgandir?
— Balki. Ammo... Yoʻq, bu shamol emas, albatta. Daraxtlar orasidan qandaydir qora massa sudralib chiqyapti. U sekin-asta men tomonga kelyapti.
— Birinchi! Tezlik bilan uchib ketishga shay turing.

Himoya maydoni kuchlanishini oshiring.
— Tushunarli. Ammo bunga hozircha hojat yoʻq. Massa negadir harakatdan toʻxtadi. Undan ingichka tarmoqcha ajralib chiqib, katta tezlikda planetolet sari kelayapti. Mana, endi aniq koʻryapman... Ha! Bu yoqqa, yanglishmasam, yo qoʻngʻiz, yoki chumolilarning zich toʻdasi jadal yurib kelyapti!
— Ularni durustroq tasvirlab bering.
— Oldindagi qoʻngʻizning orqa tomoni yarim aylana shaklida, ustida uchta oq doira bor. Oltita oyoq yoki qoʻl yordamida harakatlanadi. Bosh oʻrnida kichikroq yarim sfera joylashgan, undan uzun moʻylovlari chiqib turibdi.
— Uning kattaligi qanday?
— Uzunligi bir metrga yaqin. Balandligi qirq santimetrcha. Yurganida bu oʻlcham bir oz kattalashadi. Tanasi jigarrang tusda, oyoq-qoʻllari qop-qora. Ularda ikkitadan boʻgʻin bor. Oyoq-qoʻllar pastroqda yoʻgʻonlashib, yapaloq shaklda tugallangan.
— Afsuski, biz olti oyoqli qoʻngʻizlarni sizga qoʻshilib tomosha qilish imkoniga ega emasmiz. Nurlanish berganimizga qaramay, bulutlar qatlami haligacha tar-qalmadi, telelokatorlar hamon jim...
— «Ulugʻbek!» Menimcha... qarshimdagilar biror mahluq yoki hasharot emas.
— Nima uchun?
— Sayyora atmosferasining sostavi bu yerda tez-tez kuchli chaqmoqlar chaqnab turishidan dalolat beryapti. Demak, hayvonlar yashin va u bilan bogʻliq xavfni yaxshi bilishadi. Negaki, men qoʻnayotganimda tormozlash dvigatelidan foydalanib, xiyla uzoq muddat kemaning tagidan pastga olov purkab turdim. Lekin men ularda olovdan qoʻrqqanlik alomatlarini payqamadim. Bu— hayvonlarga xos boʻlmagan xislat. Buning ustiga, bu, albatta, sub’ektiv mulohaza, menga qoʻngʻizlarning harakati haddan tashqari oqilona tuyulyapti. Hayvonlar yurganda oʻz energiyasini bunchalik aniq hisob-kitob bilan sarflay olmaydi.
— Mabodo, qarshimda aqlli mavjudotlar turibdi, Deb aytish niyatingiz yoʻqmi?
— Bunday deb taxmin qilinsa ham, menimcha, notoʻgʻri boʻlmaydi. Men har xil tsivilizatsiya vakillari bir-biriga ikki suv tomchisiday oʻxshashi kerak, degan nazariya tarafdori emasman. Men jigarrang qoʻngʻizlarning oliy aqlga ega ekaniga ishonishim mumkin. Biroq u holda tashlandiq shaharni qanday izohlashni bilmayapman.
— Biz hali, biriichi, koʻp narsalarni izohlashimiz kerak!
— Yana: kichkina qoʻngʻizlar uchun spiral shakldagi bahaybat binolar nima uchun zarurligi ham muammo...
— Xoʻsh, u holda yana qanday taxmin qilishimiz qoldi?
— Menimcha, ular mashinalar. Yoki robotlar. Yo boʻlmasa, kiberlar.
— Olti oyoqli kiberlardan qanday naf bor?
— Bu sayyora uchun xuddi shunday kiberlargina ish bera oladi. Atrofimdagi changalzorlarni bir koʻrganin-gizda edi! Gʻildiraklar yordamida ular orasida yurish mutlaqo mumkin emas. Faqat qadam tashlab yuruvchi kiberlargina amal-taqal qila olishi mumkin. Qadam tashlab yuruvchi mexanizm uchun esa, oyoqlarning optimal soni, oʻzingizga ma’lum, oltita boʻlishi kerak.
— Sizningcha, robot-qoʻngʻizlar planetaning changalzorlar bilan qoplanishini avvaldan bilib yaratilgan ekan-da?
— Men bunday deb qat’iy tasdiqlamoqchi emasman, Biroq bir vaqtlar insoniyat tomonidan yaratilgan kiberlar oʻz-oʻzlarini sozlab, yana takomillashib, boshqat-dan bunyodga kelishgan va birdaniga odamzodni yoʻq qilib tashlagan, deya taxmin qilish nega mumkin emas ekan? Ana unda hammasi tushunarli boʻladi: tashlandiq shahar, changalzorlar, manavi mavjudotlar toʻdasi...
— Nima tushunarli boʻladi? Signallar-chi?., Yaqindagina nur taratgan nuqta-chi? Axir u bir necha soat davomida bekorga nurlanmagandir? Bu kimdir oʻzi haqida bildirmoqchi boʻlganidan dalolat bermaydimi? Oʻzingiz qoʻngan qora doira haqida nima deya olasiz?
— Menda hozircha boshqa taxminlar yoʻq... Diqqat! Jigarrang massa yana harakatga keldi. U, boya aytganimday, qoʻngʻizlarning tigʻiz guruhi ekan. Ular oldin-gi qoʻngʻizlar tuzgan ikki yoʻlning narigi chekkasiga «oqib» kelishyapti. Boyadan beri eshitilayotgan noaniq shovqin birdan quloqni qomatga keltiruvchi qasir-qusurga aylandi. Nima boʻlyapti oʻzi? Jigarrang massa olgʻa intilib, goʻyo oʻrmonni bir chekkadan yamlayotganday orqasidan yoʻl ochib ketyapti!

Tagʻin jimlik choʻkdi.
— Aql bovar qilmaydi! Bizning magistral shosselardan qolishmaydigan katta yoʻl bir necha minut ichida oʻrmon ichiga shu darajada kirib ketdiki, jigarrang massa, hatto, koʻrinmay qoldi. Qarshimda tizilgan qoʻngʻizlarning ikki safining oxiri yoʻl boshiga borib taqaldi... Yoʻl boshida qandaydir qora nuqta koʻrindi.U men tarafga quyunday tezlikda uchib, tobora kattalashib koʻrinyapti. Mana, u oldimdagi maydonga yetib keldi. Kemadan qirq metrcha narida toʻxtadi. Bu... bu havo yostiqchalari yordamida harakatlanuvchi oddiy arava ekan. Unda momiqsimon oppoq bir nima yotibdi. Aftidan, meni mehmonga taklif qilishayotir... Ulugʻbek!..

Javob boʻlmadi.
— Ulugʻbek! Ulugʻbek!..— Davron Sharipov bir necha minut baqirib, mikrofonni silkitib koʻrdi. Biroq yana hech qanday javob boʻlmadi. Negadir aloqa uzilib qolgan edi.

Oldindagi qoʻngʻizlar harakatga kelishdi. Ular arava oldida toʻplanishib, torgina yoʻlakcha hosil qilishdi. «Nima boʻlyapti oʻzi?» — Oʻylardi Davron ularning harakatini kuzatarkan.— Ulugʻbekka hech nima qilmagan, albatta, yulduzkezar kema sayyoradan ancha narida, buning ustiga kuchli quvvatli himoya maydoni bilan ta’minlangan».

U oʻrnidan turdi, asbob-uskunalarga toʻla tor kabinada uyoqdan-buyoqqa yura boshladi.

Balki aloqa uzilib qolgani qaytanga yaxshi boʻlgandir? Endi u yuzaga keluvchi har qanday vaziyatda oʻzi mustaqil qaror qabul qila olish huquqiga ega. Uch asr! Uch asr davomida odamzod fazoda oʻz aqlli qardoshlarini qidiradi. Kim biladi, balki shlyuz-kameragina olis Yer vakilini orzu qilingan tarixiy uchrashuvdan ajratib turgandir?

Sharipov oʻzining mahalliy oliy aql egalariga qirgʻin keltirgan qoʻngʻizlar haqidagi taxminiga oʻzi ham ishonmagan, u sayyoradagi sirli hodisalarga izoh qidirayotgandi, xolos. Izoh hozircha yoʻq, biroq signallar ham, yorugʻ tarqatgan nuqta ham, gʻalati bulutlar ham, hammasi kimdir tomonidan umumiy bir ip bilan bogʻlanganday edi Davron Sharipov yana bir marta efirga chiqib, aloqa oʻrnatishga oʻrinib koʻrdi. Biroq hech qanday javob ololmadi. Shunda u skafandrini kiydi, lazer-avtomatni qoʻlida bir aylantirib koʻrib, yana joyiga qoʻydi. Keyin oʻzi bilan bir necha kislorod balloni olib, shlyuz-kamera sari yoʻnaldi.

Oyoqlari ostidagi tuproq nihoyatda yumshoq, u xuddi prujinadek bosilib, oyogʻini olishi bilan yana koʻtarilib qolardi. Sharipoz bu buyuk daqiqalarga mos tantanali bir gap aytmoqchi edi, buning oʻrniga birdan qoʻngʻizlarga qarab:
— Hey! Sizlar tishlamaysizlarmi? — deb soʻradi.

Qoʻngʻizlar sukut saqlab turishardi.Yigit xuddi es-hushini yoʻqotganday, hech qayoqqa qaramay, tor yoʻlakdan qoʻngʻizlarning moʻyloviga tegar-tegmas boʻlib, arava tomonga yurdi.

Arava unchalik baland emas, bir metrcha kelardi. Bir necha zina uning platformasiga olib chiqdi. Davron momiq deb oʻylagan narsa momiq emas edi, albatta. Uning tizallarigacha botib kirgan oyoqlari bu oppoq material orasida bemalol harakat qilardi. U oyogʻi ostidagi gʻalati matoni ushlab koʻrgisi keldi, lekin skafandr qoʻlqoplari bunga imkon bermadi.

Birdan uning oʻtirgisi keldi. U choʻkkalamoqchi edi, biroq, kutmaganida qulay va yumshoq kresloga oʻtirayotganini his qildi. U orqasi bilan kresloga suyaldi, tirsaklar yumshoq tirgagichlarga tiraldi. U momiqsimon material bilan oʻralgan kresloning shaklini aniqlashga intilib, qoʻlini pastga yuborgan edi, boʻshliqdan boshqa hech nimani topmadi.

U oʻzini nihoyatda yaxshi his qilib, xotirjmlik ogʻushiga choʻmdi. Oyoqlarini uzatib yubordi, rohatlanib kerishib, koʻzlarini yumdi. Uyqu aralash yengil shovqin eshitdi: arava joyidan jilgan edi.

Davron koʻzini ochganda, atrof yarim qorongʻilik ogʻushida edi. U hamon aravada oppoq momiqsimon materialga botib yotardi. Arava devorlari jigarrang kublardan tashkil topgan tor va uzun koridorda turardi. Har bir kubning yon tomonida matritsa shaklida joylashgan koʻplab teshikchalar mavjud edi. Ba’zi teshikchalar oʻzidan qizgʻish nur taratib turardi. Davronga ship koʻrinmas, biroq yopiq bino ichidaligini aniq sezib yotardi.

U kutilmaganda oʻziga kelib, keskin oʻrnidan turdi-da, polga sakrab tushdi. Oʻsha zahoti tepadan yoqimli, uncha yorugʻ boʻlmagan nur taraldi. Arava yengil sirpanib, koridor boʻylab nari ketdi. Past, xotirjam, ayni paytda yoqimli ovoz eshitildi:
— Xavotirlanmang. Siz har qanday xavfdan xolisiz.
— Men qaerdaman?
— Siz Kibernetik Markazning bosh pultidasiz.
— Oʻzingiz kimsiz?
— Kibernetik Markazning tovushga taqlid qiluvchi modulyatori.
— Siz bizning tilimizni qaerdan bilasiz?
— Markaz uchun sizning tilingizni oʻzlashtirish qiyin boʻlmadi. Ajablanarlisi shundaki, sizlar haligacha telepatiyani oʻzlashtirib olmay, har biri ma’lum ma’noga ega boʻlgan «soʻzlar» deb ataluvchi tovushlaryigʻindisi yordamida oʻzaro muloqat qilar ekansizlar.Tilingizni toʻla oʻrganish uchun Kibernetik Markazga

Igsizning yulduzkezar kemadagilar bilan gaplashgan soʻzlaringiz yozib olingan plyonkani bir necha daqiqa analiz qilib chiqish kifoya qildi.
— Ulugʻbekka nima boʻldi? Nima uchun aloqa uzilib qoldi?
— Yulduzkezar kemangiz mutlaqo xavfsizlikda.Toʻgʻri, ekipaj yana bir necha soat siz haqingizda hech qanday xabarga ega boʻlmaydi. Buning sabablarini

sizga keyinroq bildiramiz.
— Mening kema bilan aloqa qilishimga kim monelik koʻrsatdi?
— Kibernetik Markaz.
— Siz nima uchun hadeb Kibernetik Markaz haqid gapiryapsiz? Uning bunyodkorlari odamlaringiz qani?
— Sayerada odamlar yoʻq. Hamma odamlar oʻlib ketishgan.
— Nima-nima? Qanaqasiga?..
— Buyuk Oʻlim Asrida hammasi halok boʻlishgan.
— Buyuk... Ulim... Asrida?..
— Ha.
— Hammasi halok boʻlishgan, deysizmi? Hammasi-ya? Eng soʻnggi odamgacha-ya?..
— Hozir hammasini oʻzingiz koʻrasiz.

Tepadan tushayotgan mayin havorang nur soʻndi, lekin oʻsha zahoti koʻzni qamashtiruvchi yorqin qizgʻish nur paydo boʻldi. Davron jigarrang, tekis polda kublarning jilvalanayotgan va uzluksiz oʻchib-yonayotgan tuynukchalariga tikilgancha, hamon qotib turar ekan, kutilmaganda oʻzini qorongʻi va yoysimon tonnel boʻylab uchib ketayotganday his qildi.

Qoʻqqisdan... uning nigohi ostida yana shahar koʻrindi. Yana oʻsha spiralsimon baland binolar, prizmalar, sharlar... Lekin bu endi oʻlik va tashlandiq emas, balki hayot gurkirab yashnagan, nur va gullarga toʻla shahar edi.

Ba’zi binolar oʻzaro tomchisimon avtomobillar qatnayotgan katta yoʻllar bilan tutashgan. Osmonda uchayotgan turli-tuman shakldagi apparatlar ma’lum yoʻnalishlar boʻyicha harakat qilar, aftidan, ular shaharning asosiy transporti vazifasini oʻtardi. Davron uchuvchi apparatlar binolarning gorizontal «butoqlari»dagi «likoplar»ga qoʻnishayotganini payqadi.

Biroq shahar qanchalik gʻaroyib boʻlmasin, Davronning e’tibori hozir unda emas edi.

Uning koʻzi pastdagi, eng yaqin tsilindr asosidagi odamlarga tushgan, biroq ular uzoqda boʻlganlari uchun qomatlari va yuz tuzilishlarnni koʻrolmay figʻon boʻlayotgandi. Qani endi ularni yaqindan koʻrishning iloji boʻlsa.

Bu narsa xayoliga kelishi bilan, birdan ziyolik qarshisida paydo boʻldi.

Ziyolikning boshi tuxumsimon shaklda edi. Koʻzlari — yerliklarnikiga nisbatan oʻzaro ancha uzoqda joylashgan va doʻppayib chiqqan qorachigʻlar unga ayni bir paytda butun chor-atrofni koʻrish imkonini berardi. Ehtimol, shuning uchun boʻlsa kerak, ziyolikning boʻyni ancha sust harakatlanar, buning ustiga, u nisbatan kalta va yoʻgʻon koʻrinar — bosh toʻgʻridan-toʻgʻri tanaga tutashib ketganday tuyulardi. Ochiq qoʻllari, tanasining terisi xuddi yuziniki kabi mayin va silliq edi.

Keng va yapaloq burni peshanasidan boshlanib, yuzining oʻrtasida birgina yoysimon teshik bilan tugagandi; Aftidan, burun ziyoliklar organizmi uchun yana qandaydir boshqa, alohida vazifani ham oʻtardi. Lablardan deyarli xoli boʻlgan ogʻzi esa xiyla katta boʻlib, ikki chekkasida eshitish organlari — qopqoqsimon plastinkali ikki teshik joylashgandi.

Ziyolikning boʻyi sayyoraning gravitatsion kuchiga mos — toʻrt metrcha edi. Barmoqlardan holi qoʻllari ikki qizgʻish soʻrgʻichlar bilan tugallangandi. Davronga uning qoʻl va oyoqlari suyaksizday tuyuldi. Ehtiyojga qarab ular katta va kichik radiuslar boʻyicha bemalol egila olardi.

Qoʻngʻizlar qatori ilk paydo boʻlganida, ularningaqlli mavjudotlar toifasiga kirishi haqida bahs qilish mumkin edi. Biroq hozir hammasi hech qanday bahssizoq, ravshan edi. Zotan ziyolikka bir qarashningzidayoq unda uzoq asrlar mobaynidagi murakkab taraqqiyot jarayonida yuzaga keluvchi fikrlovchi mavjudotga xos hamma sifatlar — aql, farosat, bahodirlik, koʻtarinki ruh, olijanoblik, yumor va hokazolarni payqab olish sira qiyin emasdi. U qomatdor, xushbichim va bahodir edi. Yer oʻlchamlari mezoni boʻyicha emas, albatta. Biroq unga tikilarkan, Davron shakllar mukammalligining naqadar xilma-xil boʻlishi mumkinligi haqida oʻylab, koinotning koʻrinishi turli-tuman, ammo kelishgan va bahodir odamlari bilan faxrlana boshlagandi.
— Axir ular halok boʻlishgan-ku! — birdan hushiga keldi Davron.—Bu toʻrt metrlik odamlar Galaktikada butkul yoʻq boʻlib ketishgan! Ular qanday falokatga yoʻliqishgan ekan?

Shu zahotiyoq fazogir oʻzini katta prizma shaklidagi bino ichida, toʻgʻrirogʻi, bino xonalaridan birida koʻrdi. U qandaydir ilmiy laboratoriyaga kelib qolgani aniq edi. Xonani har xil rangdagi suyuqliklar solingan turli yaltiroq shisha idishlar, asbob-uskunalar toʻldirgandi.

Xoʻmraygan qiyofali qomatdor bir ziyolik qandaidir kolbani chayqab koʻrayotgandi. Keyin u yaltiroq datlastinka oldi, unga kolbadagi suyuqlikdan bir tomchi tomizdi-da, mikroskopsimon apparat ostiga qoʻydi. Bir necha minut qimir etmay turdi, nihoyat, jur’at qilib okulyarga qaradi. U mikroskopdan boshini koʻtarganida, boyagi kayfiyatidan asar ham qolmagandi. U esi ogʻib qolganday kula boshladi, keyin qoʻshiq boshlab, oʻyinga tushib ketdi. Xonaga boshqa ziyolilar kirib kelishdi, ular moʻysafidga xayratlanib tikilishdi, biroq koʻp oʻtmay oʻzlari ham ashula aytib, raqsga tusha boshlashdi.
— Bu Meditsina Akademiyasining bir guruh olimlari,— tovushga taqlid qiluvchi modulyatorning mayin ovozini eshigdi Davron.— Ular hozir xursand boʻlishyapti, chunki insonning umrini ming yilgacha uzaytirish mumkin boʻlgan preparat—aksilgenni sof holda ajratib olishga muvaffaq boʻlishdi. Afsuski, bu kashfiyot odamlarni baxtli qilmadi...

Yangi koʻrinuv.

Umumziyo Axborot Sistemasi aksilgen kashf qilingani haqida xabar qilmoqda. Ajoyib istiqbol qarshida insoniyat qalbi bamisoli larzaga keldi. Ming yil hayot! Ming yil ichida qancha ishlarni bajarishga ulgurish mumkin!

Yana bir koʻrinuv.

Ziyoning hamma meditsina muassasalari odamlarni aksilgen bilan emlashga kirishgan. Mana, birinchi baxti kulganlar! Ming yil yashovchi birinchi ziyoliklar!

Aksilgen ishlab chiqarish boʻyicha alohida sanoat tarmogʻi bunyod etildi. Aksilgenlar hammaga yetishi kerak! Hozir yashayotganlar va kelgusi avlodlar uchun!

Aksilgen bilan emlash goʻyo odamzodning kayfiyati va tashabbusiga qamchi urganday boʻldi. Odamlar oʻzlarini xuddi boshqatdan dunyoga kelganday yosh va baquvvat his qilishdi. Kelajak uchun endi eng dadil rejalarni tuzish mumkin edi. Sayyora boʻylab sarmast qiluvchi quvonch va zavq toʻlqinlari taraldi.

Biroq...

Birinchi boʻlib sotsiologlar bong urishdi. Ular ziyoliklarning hozirgi oʻsish sur’ati shu xilda davom etaversa, ming yildan soʻng sayyoraning ahvoli nima ke-chishini tezkorlik bilan isbotlab berishdi: aholi soni yildan yilga orta boradi, oʻlish deyarli sszshr boʻlmaydi... Soʻngra elektron hisoblash mashinalari chiqargan matematik xulosalar maydonga qoʻyildi.

Agar biror chora koʻrilmasa, sayera aholisining soni geometrik progressiya boʻyicha oʻsib boraveradi va bir necha asrdan soʻng oʻzining kritik qiymatiga erishadi. Ana unda oziq-ovqat, turar joy va insoniyatning koʻplab boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun planetadagi barcha resurslar tugaydi.

Sayyora ortiq birorta odamni ham boqa olmaydi, butun boʻsh maydonlarni toʻldirgan osmonoʻpar binolar boshqa birorta oilani ham sigʻdira olmaydi. Ziyo aholisining soni esa, hamon oʻsishda davom etaveradi.

Shunday qilib, kelajakda oziq-ovqat ham, turar joy ham, boʻsh yer parchasi ham muammoga aylanadi. Odamzod misli koʻrilmagan horu-zorlikka duchor boʻladi.

Ziyo xalqi oʻz taraqqiyot yoʻllarining hamma bosqichlaridan oʻtar ekan, urush, ochlik, kasallik, qashshoqliklarni boshdan kechirib, nihoyat, endigina baxtli va ijodiy yashash huquqiga erishganday edi. Biroq...

Sayyorada rivoj topayotgan ijtimoiy jamiyatlarning ba’zi oʻziga xos xususiyatlari tufayli unda biologiya, meditsina, genetika kabi fanlar tez sur’atlar bilan rivojlanib, davrdan ancha ilgarilab ketgandi.

Ehtimol, aksilgen bir oz ertaroq, oʻz vaqtidan ilgariroq kashf etilgandir. Boshqacharoq sharoitda, ya’ni ziyoliklar oʻz yoritgichlari sistemasidan tashqariga chiqib, oʻzga dunyolarni oʻzlashtira boshlagan mahalda, ehtimol, u hayotga muvaffaqiyatli joriy qilingan boʻlur edi. Balki oʻshanda ular oldida tugʻilishni cheklash problemasi yuzaga kelmagan boʻlardi.

Ammo, afsus! Olis yulduzlarga uchish endi boshlangan edi. Aksilgen kashf etilgan paytda ziyoliklar oʻzlarining eng yaqin qoʻshnilari Tao burjiga borishga ulgurishgan va uning sayyoralarida hayot yoʻqligiga toʻla ishonch qosil qilib qaytishgandi. Biroq ilk eksperimental uchishlar butkul boshqa iarsa. Axir gap oʻzga sayyoralarga ommaviy ravishda koʻchib oʻtish, hatto, koʻchib oʻtishgina emas, balki fazoviy jismlarni oʻzlashtirish haqida boryapti-da!

Ziyo insoniyati bir necha asr davomida bunga erisha oladimi, yoʻqmi? Zotan sotsiologlar sayyorada faqat bir necha asrlik xotirjam hayotgagina kafolat berishmoqda edi. Undan keyin — cheklashlar, ta’qiqlashlar, ochlik, muhtojlik...

Ming yillik quvonch, ijod nash’asi, umid va gʻala-balar oʻrniga ming yil yashash uchun kurash, ming yillik koʻngilsiz va och-nahor hayot. Hozirgi ziyolikni ham mana shunday kelajak kutmoqda edi.

Koʻhna sayera hech qachon bunchalik keskin tortishuvlar, janjal va oʻzaro oʻta qarama-qarshi fikrlarning Kiddatli kurashiga guvoh boʻlmagandi. Aholining bir qismi aksilgen bilan emlab boʻlingani vaziyatni yanada murakkablashtirgandi. Keyingi in’ektsiyalarni ta’qiqlash haqida, hatto, gap ham boʻlishi mumkin emas edi.

Ziyoning Buyuk Kengashi haftalab kengash oʻtkazdi, Nihoyat, u yuzaga kelgan problemaning asosiy printsiplarini ishlab chiqdi.

  1. Hech kim inson hayoti muddatini cheklash huquqiga ega emas.
  2. Ziyoliklarning hozirgi avlodi ming yil yashashi kerak.
  3. Hayot muddatining keskin uzaytirilishi odamlarning hayotiy ehtiyojlarini qondirishga ta’sir koʻrsatmasligi kerak.
  4. Hamma yuqorida koʻrsatilgan printsiplar tugʻilishni vaqtincha cheklash hisobiga amalga oshirilishi lozim.

Asosiy printsiplarga tayanib, Buyuk Kengash shunday qaror qildi:
— Sayyoraning hamma odamlari kechiktirilmasdan aksilgen bilan emlanishi lozim.
— Meditsina Akademiyasiga uch yil davomida vaqtincha sterilizatsiya qilishning xavfsiz usullarini ishlab chiqish topshirilsin.
— Kelgusida sayyoraning hamma odamlarini aksilgen bilan emlash vaqtincha sterilizatsiya qilish bilan birgalikda amalga oshirilsin.

Bunday qarordan hamma qoniqish olganga oʻxshadi. Toʻgʻri, ba’zan e’tirozlar, xavfning oldinn olishga intilgan ovozlar ham eshitilib qolardi, biroq ularga hech kim quloq solmadi. Uzoq muddat baxtli hayot kechirish umidi xuddi himoya maydoniday, har qanday boshqa fikrni uloqtirib tashlayverdi.

Dastlabki ikki yil davomida sayyora ahli Meditsina Akademiyasida yuzaga kelayotgan yangiliklar bilan yashadi. Ikki yil — olimlar oldilariga qoʻyilgan vazifani hal etishlari uchun shuncha muddat kifoya qildi.

Akademiyada pokiza qalbli, tajribali olimlar ishlashardi. Biroq ular juda shoshilishardi: axir ular ham ming yil yashashdek imkoniyatning afsonaviy shukuhidan sarmast edilarda.

Mana, nihoyat, aksilgen bilan sayyoraning eng soʻnggi grajdani emlangan kun ham yetib keldi. Bu kun planeta tarixida eng buyuk kunlardan biri boʻlib qolishi kerak, deb hisoblashdi. Shu kundan boshlab, hatto, yangi sana hisobini boshlash kerakligi haqida taklif kiritganlar ham topildi.

Oradan bir tsecha yil oʻtgach, koʻtarinki kayfiyat va quvonchlar boshqa hissiyotlar bilan almashindi. Inson psixikasiga bir nima boʻlganday edi. Odamlar ehtiyotkor, sustkash va hushyor boʻlib qolishdi. Har kim oʻz sogʻligʻini diqqat bilan nazorat qiladigan, ozgina tobi qochsa vahima koʻtaradigan odat chiqardi. Uzaro e’tiborsiz munosabatda boʻlish hollari koʻpaydi. Kutilmaganda arzimagan narsa uchun qizishib ketishlar, ahmoqona xafa boʻlishlar odat tusiga kirdi. Ilmiy eksperimentlarda qatnashishni istovchilar soni keskin kamayib, oliy oʻquv yurtlarining auditoriyalari boʻshab qoldi. Hech kim oʻz hayotini xavf ostida qoldirishni istamasdi. Fazogirlar, dengizchilar, uchuvchilar, suv osti gʻavvoslari ommaviy tarzda oʻz ishlaridan voz kechib, turarjoylari yaqinida osoyishta ishlar bilan shugʻullana boshlashdi. Ilgari yaxlit boʻlgan insoniyat tor va cheklangan dunyochasiga biqinib olgan ayrim-ayrim individuumlarga boʻlinib ketdi. Ming yil yashashdek ajoyib imkoniyat turganda, hech kim xastalik yoki biror tasodif tufayli halok boʻlishni istamas edi-da.

Biroq eng dahshatlisi hali oldinda edi.

Vaqtincha sterilizatsiyaning ta’sir muddati allaqachon tugagan, biroq tugʻilish negadir hamon qaytalamayotgandi. Avval, sterilizatsiya, aftidan, hisob-kitob boʻyicha belgilangan muddatdan koʻproq vaqtga ta’sir qilsa kerak, degan fikr aytildi. Biroq yillar ketidan yillar oʻtaverdi, oʻn ynlliklarni yangi oʻn yilliklar almashtirdi, asrlar ham oʻtdi—odamlar, hatto, chaqaloq yigʻisi qanday yangrashini ham unuta boshlashdi.

Ana shundagina, sterilizatsiya boʻyicha tajribalar shoshma-shosharlik bilan oʻtkazilgani, sterilizatorning aksilgen bplan oʻzaro ta’siri esa, umuman teshirib koʻrilmagani yodga keldi. Aftidan, xuddi shu — aksilgen bilan sterilizatorning oʻzaro chatishmasi organizmnnng yangi xususiyati — naslsizlikni yuzaga keltirgandn. Shunday qilib, inson zoti toʻla qirilib ke-tish xavfi ostida qolgan edi. Aybdorlarni qidirishning esa hojati yoʻq edi. Oʻz vaqtida hamma ming yil yashashni xohlagandi. Lekin hech kim avlodlarning ahvoli nima kechishini oʻylamagandi.

Biroq... Ajabo! Bu dahshatln yangilik ziyoliklar ongiga tez ta’sir qilib, ularni jipslashtirdi va ularga yangi kuch-quvvat baxsh etdi. Avlodlar hayotini barbod qilgan kechagi xudbinlar bir daqiqa ichidayoq fidoyilarga aylanishdi. Ularda maqsad paydo boʻldi.

Kelgusi avlodlar hayoti, inson avlodini saqlab qolish problemasi hammaning oʻy-fikrini band etgan, odamlar bu yagona maqsad yoʻlida qayta yashash va ishlashga bel boylashgandi. Yana hayotbaxsh mehnat va tashabbuskorlik avjga mindi. Yaqindagina deyarli boʻshab qolgan auditoriyalar qaytadan limmo-lim toʻldi. Millionlab odamlar oʻz bilimlarini oshirish kurslariga kirib oʻqiy boshladilar. Meditsina Akademiyasida ishlash uchun istak bildirganlarning goʻyo cheki yoʻqday edi. Butun sayyora naslsizlik sirini izlashga kirishgandi. Odamlar yoʻl qoʻyilgan xatoni tuzatishga intilishardi. Ular kechayu kunduz tinim bilmay oʻqishar, ishlashar, tajribalar oʻtkazishardi. Oʻyin-kulgi, maishat va sayohatlar tamom unutilgandi, Uyqugagina bir necha soat ajratilardi, xolos.

Biroq odamlar kechikkan edilar. Ular nihoyat naslsizlik sabablarini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi. Ammo xatoni toʻgʻrilashning uddasidan chiqa olmadilar.

Birinchi aksilgen qabul qilgan odamlar vafot eta boshlagan, sayyorada hayot soʻnib bormoqda edi.

Shunda Buyuk Kengash hamma yetakchi olimlarni toʻpladi. Sayyoraning eng soʻnggi ziyolik oʻlgandan keyin boʻladigan kelajagi haqida jiddiy fikrlashib olish kerak edi.

Eng soʻnggi odam oʻlgandan keyin? Biroq odamsiz qanday kelajak boʻlishi mumkin?
— Boʻladi! — deyishdi bir ogʻizdan olimlar.

Ziyo odami koinotda yolgʻiz emas. U olamdan koʻz yumadi, biroq millionlab oʻzga sayyoralarda hayot davom etaveradi. Modomiki shunday ekan, sayyoraga boshqa, munosib tsivilizatsiya vakillari kelib, uni soʻngan va huvillagan samoviy jismga aylanishdan saqlab qolmoqlari lozim!

Shunday qilib, odamlar batamom oʻlganlaridan soʻng oʻzga tsivilizatsiya vakillarini taklif qilib, ular haqida ma’lum ijobiy xulosaga kelgach, Ziyodagi ulkan halokat siridan ularni voqif etish boʻyicha ishlarni amalga oshirishi lozim boʻlgan Kiberietik Markazni modernizatsiya qilish va avtomat-robotlarni yaratish

tartiblarini ishlab chiqish darkor edi. Bunda hamma narsani e’tiborda tutish, har qanday vaziyatni hisobga olish, shu jumladan, agressiv kayfiyatdagi tsivilizatsiya vakillarining uchib kelishini ham nazardan soqit qilmaslik kerak edi.

Shunday qilib, Ziyo olimlari oʻz hayotlaridagi eng soʻnggi ishni bajarishga kirishdilar.

Davron oʻsha tor va salqin koridorda. Tepadan uncha yorugʻ boʻlmagan nur taralib turibdi, jigarrang kublar bamisoli oy nuriga choʻmgan sokin koʻl yuzasiday jilvalanyapti.
— Bundan chiqdi, sizlar fazoga birinchi signal uzatganingizda sayyorada odam qolmagan ekan-da? — soʻradi u.
— Yoʻq, u paytga kelib atiga bir necha ming odam qolgandi. Uchinchi signal uzatilayotgan mahalda sayyoraning eng soʻnggi odami ham vafot etgandi.
— Ular biz haqimizda hech qachon hech nima bilishmaydi,— Oʻyladi Davron yuragi uvishib. Keyin yana kiberga murojaat qildi:
— Bizning yulduzkezar kemamizni siz qanday payqadingiz?
— Ziyodan uch parsek narida bizning soqchi zondlarimiz oʻrnatilgan. Biz yulduzkezar kemangizning orbitada qolgani va sayyoraga planetolet yaqinlashib kelayotganini bilganimizdan keyin toʻrtinchi variant boʻyicha ish tutishga qaror qildik. Bu variant planetoletning Kibernetik Markaz yaqinida qoʻnishi va uning ekipaji miyasining bioelektr maydonlarini oʻrganish uchun gipnotik holatda bosh pultga olib kelish va shu tariqa muloqat qilishni nazarda tutardi.

Qisqasi, hamma nsh quyidagicha amalga oshirilgandi. Siz qoʻngʻizlar deb atagan robotlar oʻrmonning bir qismini yoʻq qidib, doirasimon maydon hosil qilishdi va oʻsha yerdan oʻzaro ma’lum vaziyatlarda joylashib, planetoletingiz tomonga yorugʻlik nuri yuborib turishdi. Siz bu nurni payqadingiz va kemangizni maydon tomonga haydadingiz. 15000 metr balandlikda har biri u yoki bu chastotadagi toʻlqinlarni toʻsish qobiliyatiga ega boʻlgan qator himoya qatlamlari joylashgan. Markaz yulduzkezar kema bilan aloqangizni uzib qoʻy-ishni lozim topdi.

Siz qoʻnganingizdan keyin esa, kibernetik Markaz analiz uchun kerakli axborotlarni yigʻib boʻlgach, radiotoʻlqinlar yoʻlini ham toʻsib qoʻyishga qaror qildi. Unga Ziyo odamlari gʻoyatda ehtiyotkorlik bilan ish tutishni vasiyat qilib ketishgandi.

Markaz, razvedkachi-fazogir oqil va jasoratli odam boʻladi va u yuzaga kelgan vaziyatda muloqatga kirishishga jazm etadi, deya fikrlab yanglishmagandi.

Yer deb ataluvchi sayyoraning vakili! Miyangizning bioelektr maydonini hamda kemadagi materiallarni obdon oʻrganib chiqib, yulduzkezar kema bilan aloqa paytidagi gaplaringizni, shuningdek bizning odamlarimiz halokati bilan tanishayotgan mahalingizdagi hatti-harakat va hissiyotlaringizni tahlil qilib, Markaz Yer. tsivilizatsiyasi olijanob va bizga nisbatan doʻstona kayfiyatda, degan xulosaga keldi!

Ziyo sayyorasi endi shu daqiqalardan boshlab sizlarga tortiq etiladi!..

Hayrat va hayajon ogʻushida sukut saqlayotgan Davronda Ziyoning eng soʻnggi odami hayotining oxirgi daqiqalarini koʻrish istagi tugʻildi. Usha zahoti uning qarshisida yarim qorongʻi tor xona koʻrindi. Yumshoq kresloda oyoqlarini uzatib bir moʻysafid oʻtiribdi. Uning yuz qiyofasi kosmetik meditsina yordamida xiy-la yosh koʻrinsa ham, lekin qomati qari chollarnikiga oʻxshab bukchayib, munkillab qolgan edi. Ming yoshlar atrofida boʻlgan bu odamning koʻz qarashlari kishini hayratga solardi. Bu koʻzlarda mislsiz charchoq, ta’rif qilib boʻlmas darajadagi zerikish ifodalari mujassam edi. U roʻparadagi bir nuqtaga tikilgancha, qimir etmay oʻtiribdi. Uning borliq vujudi karaxt bir holga kelgani, asablari nihoyatda taranglashgani shundoq koʻrinib turibdi.

U birdan titrab ketdi. Butun bir sayyorada yakka oʻzi qolganini chinakamiga his qilgandi.

Soʻnggi ziyolik gugurt qutisiga oʻxshash nimanidir ushlab olgandi. Dastlab Davron unga hech qanday e’tibor bermadi. Ziyolikning negadir rangi oqarib ketdi, lablari nimalardir deb shivirladi, soʻngra u qutidagi qandaydir tugmachani bosgan edi, «shiq» etgan ovoz chiqib, oʻsha zahoti xonani koʻm-koʻk tuman qopladi. Tuman tarqalganda, kreslo oʻrnida kuyib ketgan kichkinagina qora narsa qolgan, xonani esa azonning oʻtkir hidi tutib ketgandi...

Dahshatga tushgan Davron yana koridorda turardi. Kublarning birida qizil strelka miltillay boshladi.
— Yerlik birodar! Ana u yerga boring! — Modulyatorning ovozini eshitdi u.

Davron kubga yaqin keldi. Shunda u mazkur kub boshqalaridan bir oz oʻzgacharoq ekanini payqadi. Unda teshikchalar emas, balki chiziqchalar shaklidagi uzun-uzun tirqishlar bor edi. Kub «shts» etgan ovoz chiqargan edi, tirqishlardan birida qandaydir oq plastinaning cheti paydo boʻldi. Davron uni qoʻlga olish kerakligini payqadi.

Plastina jilvalanuvchi materialdan tayyorlangandi. Uning bir tomoni simvollar bilan toʻldirilgandi.

Davron zoʻr berib tikilar ekan, garchand simvollar notanish boʻlsa ham, birdan oʻzini ularning ma’nosiga tushunayotganday his qildi. Plastinani koʻzlariga yaqinroq olib kelib, oʻqiy boshladi:

Vasiyatnoma

Muhtaram qardoshlarimiz!

Biz, qachonlardir magʻrur va baxtiyor, hozir esa baxti qaro xalq Sizlarga hayotimizning eng soʻnggi soatlarida murojaat qilyapmiz.

Bizning tsivilizatsiya hali yosh edi. Biz koʻp ishlar qildik. Yana koʻp ishlarni amalga oishrishimiz lozim edi. Bizda kuch, quvvat va iroda bor edi.

Biroq bizning kamchiliklarimiz ham yoʻq emas edi.

Bizni xudbinlik barbod qildi.

Inson abadiy emas, lekin insoniyat abadiy!

Biz ana shu oddiy haqiqatni unutib qoʻydik. Oqibatda shum taqdir ustimizdan achchiq hazil qildi.

Bizni endi hech narsa qutqara olmaydi. Biz abadiy yoʻqlik qa’riga ketyapmiz.

Biroq bizning hayot qaynagan goʻzal sayyoramiz qolyapti. Buyuk inqirozimiz boʻsagʻasida Sizlardan oʻtinib soʻraymiz: muqaddas sayyoramizni qarovsiz qoldirmang! Unda yashash uchun avlodlaringizni olib keling! Yurtimizda inson zoti, albatta, ulugʻlanmogʻi kerak! Zotan, faqat insongina uni kimsasiz, boʻm-boʻsh va oʻlik sayyoraga aylanishdan saqlab qola olishga qodir!

Kibernetik Markaz Sizlarga bizning bilisharimiz va barcha energiya zapaslarimiz haqida ma’lumot beradi. Bu zapaslar sayyorani qayta oyoqqa turgʻazish va uzoq asrlar davomida Sizlarni ta’minlash uchun yetib ortadi. Kibernetik Markazning oʻzi boʻlsa, shu daqiqalardan boshlab toʻla Sizning hukmingiz ostiga oʻtadi.

Planetamizda baxtiyor hayot kechiring!

Gohi-gohida Sizgacha yashaganlarni ham eslab qoʻying va hech qachon ularning xudbinlarcha qilgan xatosini takrorlamang!

Muhtaram doʻstlar, Ona sayyoramizni seving! Soʻnggi soatlarimiz yetdi! Alvido!

Sayyora Muysafidlari

— Yerlik birodar! — Oʻsha zahoti Davronning quloqlari ostida modulyatorning mayin ovozi yangradi: — Bulutlar qatlami tarqatildi! Toʻlqinlar toʻsiqdan holi etildi. Robotlar qoʻnish maydoni bunyod etishga kirishdilar. Kemaga bu haqda darrov xabar yetkazish. Shoshiling! Hali oldinda ishlaringiz juda koʻp!..