OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: I Chol Xuan. Mehr daraxti (hikoya)
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifI Chol Xuan
Asar nomiMehr daraxti (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Koreys adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - I Chol Xuan
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Nashriyot«Kitob dunyosi» gazetasidan olindi
TarjimonMalohat Gʻafforova (Koreyschadan)
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Mehr daraxti (hikoya)
I Chol Xuan

Che Ok kollejni tamomlagandan soʻng mehribonlik uyiga ishga kirdi. U yerda ota-onasi yoʻq bolalar umid bilan yashashardi. Bir yil davomida ular bilan yashab, ota-ona mehrining qanchalar kerak ekanligini his etdi. Bolalarga qaynoq mehr ulashmoqni istardi. Ammo Che Okning oldida togʻdek bir toʻsiq turardi. Ularga muhabbat ulashaman deb, koʻnglini ogʻritib qoʻyishdan qoʻrqardi. Ba’zan bu yerdan ketib qolishni rejalashtirar, ammo koʻzlari moʻltirab qarab turgan bolalarni tashlab ketishga vijdoni yoʻl qoʻymasdi.

Sochini kalta qilib kesib olgan mudira bolalarga juda qattiqqoʻl edi. Che Ok esa bu qattiqqoʻllikni mehr bilan almashtirishni oʻylab yurardi. Bu qalbi oʻksik bolalarga qat’iy intizom emas, qaynoq muhabbat kerak.

Kech kunlarning biri edi. Bir qariya Yong Hening yoqasidan ushlab hovliga sudrab kirib keldi. Qariyaning qoʻlida bir dona banan bor edi.
– Hoy, bolalaringizga nimani oʻrgatyapsizlar. Bu zumrasha uyimizdan banan oʻgʻirlamoqchi boʻldi, – qariya gʻazab bilan gapirdi.

Yong He uning qoʻlida nafasi boʻgʻilib turardi. Qariyadan mudira kechirim soʻragach, u hovlidan javray-javray chiqib ketdi. Yong Heni mudira xonasiga chaqirdi.
– Nega banan oʻgʻirlading? Gapir dedim senga! Endigina oʻn yoshga kirding-ku, oʻgʻirlikni qayerdan oʻrganding? Uyalmaysanmi? – mudira soʻnggi gapini ovozini pasaytirib gapirdi.
– Juda ham banan yegim kelgandi, shuning uchun shunday qilgandim, – Yong He boshini egib javob berdi.
– Qanchalik yeyishni xohlasang ham birovning narsasini oʻgʻirlamasliging kerak. Yo biz senga shuni oʻrgatyapmizmi? – shunday deya mudira Yong Heni ayovsiz kaltakladi.

Yong Hening burni qonagani uchun ust-boshi qonga belandi. Ogʻriqdan ingranayotgan bolakayning ahvoli kishi yuragini ezadigan darajada achinarli edi. Shu kuni kechqurun mudira bozorga borib keldi. Ikki qoʻlida sumkani toʻldirib banan sotib olib keldi. U uxlab yotgan bolalarning boshiga bittadan banan qoʻyib chiqdi. Mudira bolalar yotoqxonasidan chiqib ketar ekan, koʻzlari toʻla yosh edi.

Mehribon kuz quyoshi hovliga zarrin nurlarini sochib turardi. Bir guruh ninachilar uchib yurardi. Bolalar chugʻurlashib tashqariga chiqqanida, mudira gullarga suv berayotgan edi. Che Ok kirlarni yuvib, dorga osayotgandi, mudira uni chaqirib qoldi.
– Kim oʻqituvchi, bu yoqqa qarang, ishtahani ochuvchi pomidorlarning pishganini qarang, – mudira unga suv berayotib zavq bilan gapirdi.
– Nega siz har doim shu pomidorga mehr bilan qaraysiz?
– Unchalik emas. Ba’zan erinchoqligim tutib, suv bera olmayman. Unga qarasam, bolalarni oʻylayman. Pomidor mevasining bandi xuddi onaning qoʻllariga oʻxshab mahkam ushlab olgani moʻ‘jizaga oʻxshaydi, – mudira qip-qizil boʻlib pishgan pomidorlarni ushlab koʻra boshladi. – Kim oʻqituvchi, men bolalarga juda qattiqqoʻlman-a? Ba’zan qahru gʻazabim haddan oshib ketadi. Shu paytgacha ularning qalbiga quloq solmabman. Ularning ota-onasini sogʻinganini, yuragidagi qaygʻu ovozini eshitmabman.

Shu kuni mudiraning aytgan gapi Che Okning qalbida chuqur iz qoldirdi. Kech boʻlib qolgandi, Che Ok bolalarning kiyimlarini taxlab boʻlgach, mudiraning xonasiga bordi. U bu yerdan ketish uchun mudiradan ruxsat soʻramoqchi edi. U gulzor oldidan oʻtib ketayotganda, mudiraning ochiq derazasidan qaradi. Ichkarida Yong He boshini egib oʻtirardi. Che Ok deraza tagida turib, Yong Hening chiqishini kutdi. Ochiq turgan derazadan ichkaridagi ovoz aniq-tiniq eshitilib turardi.
– Yong He, ol uyalmay yeyaver. Bu bananlarni senga berish uchun atay sotib olib keldim.
– O’zingiz nega yemayapsiz?
– Men sen kelishingdan oldin yeb olgandim. O’tgan safar senga juda azob berdim, meni kechir.
– Ayb menda. Sizni uyaltirib qoʻyganim uchun uzr.
– Banan yeging kelganda, nega menga aytmading?
– Rostini aytsam, mening yegim kelmagandi. Bir necha kun oldin Kyong Su qattiq betob boʻlib qoldi. Endigina besh yoshga kirgan Kyong Su kuni bilan onasini soʻrab isitma qilib, alaxsirab chiqdi. Shu kuni kechasi Kyong Su banan yegim kelyapti, deganda nima qilishni bilmay qoldim...
– Nega shuni aytmading? Men bilmay seni jazolabman.
– O’gʻirlik qilish yomon ish ekanligini bilaman. Boshqa bunday qilmayman.
– Sen ham onangni qoʻmsab, yuraging ezilayapti, – mudiraning soʻzlari yigʻi ovozi bilan qorishib ketdi.

Che Ok quloqlariga ishonmasdi. Turli oʻylar bilan chalkashib qolganda, Yong Hening gapi xayollarini tumandek tarqatib yubordi.
– Sizni oyi, deb chaqirsam maylimi?
– Mayli, meni oyi deyaqol. Oyingni bagʻriga kel, Yong He.

Che Ok derazadan qarab turardi. Mudira Yong Heni mahkam quchoqlab olib, tinimsiz yigʻlardi.
– Oying sendan uzr soʻraydi. Bilmay qalbingga jarohat yetkazib qoʻydim. Meni oyi deb atashingni boshqa bolalar bilib qolsa, ular notoʻgʻri tushunishi mumkin. Ularning ham yuragi ogʻriydi. Ular senga havas qilib, oʻzlari qiynalishadi.
– Men ham buni tushunaman. Siz hammaga onalik qilishingiz kerak.
– Sen ham katta bola boʻlib qolding. O’rta maktabda oʻqisang, ukalaringga aytsang boʻladi. O’shanda ukalaring ham ancha ulgʻayib qolgan boʻladi.

Che Ok ohista qadamlar bilan gulzordan oʻtib ketdi. Osmonda yulduzlar porlab turardi. Uning ham koʻzlaridan yulduzlar misol yoshlar toʻkila boshladi. U xonaga kirib, bolalar bilan xayrlashish uchun yozgan xatini yoqib yubordi. Shu payt bolalar yotoqxonasidan ingroqqa oʻxshash ovoz eshitildi. Bu besh yoshar Kyong Suning ovozi edi.
– Oyi... oyijon, – deb alaxsirardi u.

Kyong Su tush koʻrayotgan edi. Che Ok Kyong Suning oldiga keldi. Soʻng uning yuziga tikildi. Ayni shu payt bir tomchi qaynoq koʻz yosh Kyong Suning yostigʻiga tomdi. Che Ok ham mudira kabi mana shu qalbi oʻksik bolaga onalik qilishni oʻylayotgan edi.