OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Ikrom Asad. Sabr daraxti (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifIkrom Asad
Asar nomiSabr daraxti (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Ikrom Asad
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sabr daraxti (hikoya)
Ikrom Asad

Qoʻlqopning taklifi bilan togʻ sayriga chiqdik. Uzoq yurgach, gapiruvchi tosh va daraxtga duch keldik. Oʻn ikki rangda tovlanayotgan daraxtga yaqinlashganimiz sari yoʻlda toshlar soni koʻpayib borardi.
—Yoʻl boʻlsin, bolajon?—dedi aqiq tosh ichkariga kirishga ruxsat bermay.
—Huv, anavi daraxt meva- sidan tatimoqchimiz,—gapni choʻzmay maqsadga oʻtdim.

Bobom bir paytlari aytib bergan bu daraxtning oldiga borishga toshlarning yettita savoliga toʻliq javob bergach, ruxsat berishdi.
—Ey toshlar, maylimi, men ham daraxtga savol bersam, —deb ularga murojaat qildim. Toshlar hali ogʻiz ochmasdan daraxt nuroniy, donishmand qiyofaga aylanib:
—Qulogʻim senda, boʻtam, soʻyla, neni bilmoq istayursen—dedi
—Oʻrmon malikasi Archaoy menga Qaragʻaylar shaharchasi mas’uliyatini topshirdi.Uni boshqarish kaminaga yuklatildi. Buning uchun qanday fazilatga ega boʻlishim kerak?
—Boʻtam, mening oʻn ikki shoximdagi oʻn ikki kitobda bu savolingga javob yozilgan. Sen uni oʻqi va unga amal qil,—dedi donishmand chol hamda kitoblarni nur bilan ocha boshladi.Men qalb bilan kitobga nazar soldim. Ular kamalak ranglarda jilo berib, yurak shaklida koʻz oldimda tizilishdi.

Salomatlik, Farosat, Xotira, Zehn, Tafakkur, Ma’rifat, Nafs, Haqiqat, Oriyat, Dunyo, Adolat, Qat’iyat singari kitoblarni varaqlay boshladim...

Keksa donishmand oʻz holiga qaytdi: u yana daraxtga doʻndi. «Bu daraxt qanday nomlanur?»—soʻradim tillo toshlardan .
—Bu Sabr daraxtidur, javob berishdi ular.

Qoʻlqopchamning kumush xandasi toshlarga tegib, aks-sado qaytarardi:

«Men seni sevaman,Tabiat!»