OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifIlhom Zoyir
Asar nomi«Oʻgʻirlangan» pul mojarosi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Ilhom Zoyir
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm9KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/05/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





«Oʻgʻirlangan» pul mojarosi (hikoya)
Ilhom Zoyir

Muslimov boshliqning xonasiga kirib kelganida, boshliq allaqanday qogʻozlarga gʻarq boʻlib oʻtirardi.
— Chaqirtirgan ekansiz, Axmad Alievich, —dedi tavoze bilan Muslimov va ruxsat soʻramay stulga oʻtirdi. — Masala muhimmi yoki shunchaki...
— Muhimmas, dolzarb, — dedi Axmad Alievich qogʻozdan bosh koʻtarmay. — Bizga mukofot ajratilibdi, yuqoridan! Choraklikda davomadimiz yaxshi boʻlgan ekan. Sizningcha kimlarga bersak toʻgʻri boʻladi?

Muslimov gʻimirlab qoldi.
— Oʻziyam, bu choraklikda xodimlarimiz juda faol ishlashdi. Hammasi mukofotga loyiq.
— Gapni umumiy qilmang, Muslimov, — dedi Ahmad Alievich stolni tiqirlatib. — Masalaga konkret yondashing! Mukofot hammaga yetmaydi. Sizningcha, kimlarga bersak boʻladi, shundan gapiring!
— Ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi Hakimovga, muhandis Toʻxtaevga, hisobchi Faya opaga, iqtisodchi Xoltoevaga...
— Oʻtlamang! Yon bosish boʻlmasin! Bularingizning bari progulchi! Birovi kech keladi, birovi erta ketadi. Hakimovingiz boʻlsa, bilmadim nima bilan shugʻullanadi? Kecha tushlikdan keyin ishxonada hech kimni koʻrmadim.
— Nimaga endi, hamma shu yerda edi...
— Qani boʻlmasa chaqiring-chi, oʻsha hammani... Toʻxtang, Goʻzalxon chaqiradi. Goʻzalxon besh minutga odamlarni bu yerga chaqiring!..

Jamoa birin-ketin kirib kelishdi. Hamma kelib boʻlgach, Ahmad Alievich yuziga tundlik alomatini zohir etib gap boshladi.
— Sizlarga bu gapni aytishim noqulay, — dedi koʻzini derazadan uzmay. — Kecha, aniqrogʻi, tushlikdan soʻng kostyumimni yechib, ana shu stulning suyanchigʻiga ilib, oʻzim bir ish bilan tashqariga chiqib ketgandim. Choʻntagida bir, ikki soʻm pul bor edi. Qaytib kirsam, kostyum joyida, lekin pul yoʻq. Shuning uchun sizlarni chaqirdimki, mabodo... Yoʻq-yoʻq men sizlardan gumon qilayotganim yoʻq, mabodo...

Xona sukunatga choʻmdi. Koʻzlar bir-biriga shubha bilan boqdi. Pichir-pichir boshlandi. Ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi Hakimov oʻziga tikilib turgan muhandis Toʻxtaevning koʻk koʻzlariga qarab, beixtiyor:
— Rafiqjon siz menga unaqa qaramang, —dedi bezovtalanib. — Birovning choʻntagiga kunim qolmagan haligacha!

Oʻgʻirlik ustida qoʻlga tushgan odamdek, Toʻxtaev choʻchib tushdi.
— Ey, sizga qarab ham boʻlmaydimi? Boring u yoqqaey!

Hakimov asabiylashdi.
— Bir qarayapsizki, odamni teshib yuboray deysiz! Xuddi pulni men oʻgʻirlaganmanu siz quruq qolganday! Axborotingiz uchun men kecha tushlikdan keyin ketganman. Bojam yubileyini qilayotgan edi, oʻshangga ketganman.
— Men sizni oʻgʻri deyayotganim yoʻq-ku Chinpoʻlat aka! Kecha men ham tushlikdan soʻng bu yerda yoʻq edim. Xotinim yangi boʻshanganini hamma biladi. Kecha shuni olib chiqdim. Ehtimol, Goʻzalxon bilar, qabulxonada paypoq toʻqib oʻtirgan edilar. Begona odam darrov bilinadi-ku! — Goʻzalxon, kecha mabodo birorta begona kishi...

Poygakda oʻtirgan kotiba qiz Goʻzalxon hayajonlanganicha oʻrnidan turdi.
— Men-men... Yoʻq-yoʻq... Begona kishi kelgani yoʻq, — dedi oppoq qoʻlchalarini bir-biriga ishqalab. — Men kecha tushlikdan keyin yarmarkaga tushgandim. Eshmat akamla keluvdila-da, shunga... U kishi begona emas-ku. Bu yoqqa chiqqanlari ham yoʻq, pastdan telepon qildila, telpon bilan oʻgʻirlik qilib boʻlmaydi-ku?!Eshmat akam bilan yurganimizni mashinistkamiz Zuxra opa, kassirimiz Galya opa va Moʻtti opalar koʻrishdi. Galya opa, oʻzingiz bir nima deng! Bula mani oʻgʻri qilyapti! Man tushib ketayotganda Sulton aka bilan Karim aka xonasida gaplashib oʻtirishgan edi.Karim aka menga «ha, svidaniyagami?» deb ham qoʻydila...
— Goʻzalxon, gumon iymondan ayirar, degan gap bor, qizim, - dedi Karim aka koʻzoynagini asabiy tarzda toʻgʻirlab olarkan. — Sen, qizim, bizlarni tushlikdan oldin koʻrgansan. Kecha Sulton akang shaxmatdan yutqazgani uchun menga pivoga tushgan. Shunga ikkimiz sal vaqtliroq quyonni rasmini chizganmiz. Eson togʻaga «yuring» dedik, u kishi «ishim bor» deb unamadi... Eson togʻa, oʻziz ayting bularga, kecha shunaqa gap boʻluvdimi?

Eson togʻa beparvo odam. Shuning bilan birga halol. U kishidan gumon qilmasa ham boʻladi.
— Toʻgʻri, sizlarni koʻruvdim, — dedi Eson togʻa yer chizib. — Sizlar ketgandan keyin eshiklarni tortib-tortib koʻrdim. Hamma eshiklar berk ekan. Shundan keyin men ham oʻzimni ishimga ketdim-da.

Eson togʻaning gapi masalaga nuqta qoʻygandek boʻldi. Lekin Ahmad Alievich yana zugʻumga oldi.
— Demak, kecha tushlikdan soʻng bu yerda hech kim boʻlmagan, mendan boshqa! Mening xonamga ham hech kim kirmagan, shundaymi?
— Shunday, shunday, — dedi Eson togʻa beparvolik bilan.
— Eson aka, — dedi Ahmad Alievich qoʻlini bigiz qilib, — siz shunday deysiz-ku, boshqa sayyoradan kelib mani choʻntagimni shilib ketmagandir! Muslimov, daromad yaxshi deb chirangani-chirangan! Yana bularga mukofot ham beraman deydi! — Ahmad Alievich yana uzoq gapirdi. Lekin oʻgʻri topilmadi. U Muslimovga «siz qoling» deb boshqalarga ruxsat berdi.

Muslimov oʻsal boʻlgandek boshini xam qilgancha oʻtiraverdi. Ahmad Alievich oʻsha tundlik bilan:
— Siz ana shunday dangasalarga mukofot beraman deysiz! — dedi.
— Men bunaqa boʻlganini qanday bilay, Ahmad Alievich, — dedi gunohkorlarcha gʻuldirab. — Kecha oʻzim ham tushlikdan keyin yoʻq edim.
— Ana, hatto oʻzingiz ham mukofotga loyiq emassiz! Mayli ketavering!..

Muslimov oʻrnidan ogʻir qoʻzgʻaldi va eshik tomon yoʻnalarkan:
— Yaxshi ish boʻlmabdi, Ahmad Alievich — dedi mayinlik bilan. — Oʻgʻirlangan pulingiz koʻpmidi?
— Koʻp-kamligini mukofotni olgandan keyin bilamizda, Muslimov, — dedi Ahmad Alievich, mugʻombirona jilmayib.

RoʻYXAT

Tushlikdan qaytib endi xonamga kirgan edim, bosh muharririmiz oʻsar Keldiev chaqirib koldi.
— Oʻtir qani, bu yerga! — dedi tajang bir qiyofada. Tajangligini koʻrib «bugungi sonda navbatchi edim, biror jiddiy xato oʻtib ketibdimi», degan xayolga borib, ruhiyatim choʻkdi. — Sen bolani deb qachongacha gap eshitaman-a? Tinchgina maqola-paqolangni yozib yursang, biror joying kamayadimi? Yo hajviya yozmasang uyqing kelmaydimi?
— Biror gap boʻldimi, oʻsar aka?
— Dard boʻldi! Kechagi «Kalamush«ingdagi familiya «Zagotzerno» boshligʻining familiyasi bilan bir xil ekan-ku. Oʻshani Eshmatov emas, Toshmatov desang sazang oʻlarmidi yo birov yoqangdan olarmidi? Hajviyada ketaverardi.
— U kishini umuman xayolimga keltirganim yoʻq edi, —dedim oʻzimni oqlamoqchi boʻlib. — U kishiyam qiziq ekan. U bir hajviya. Maqola boʻlsa boshqa gap — fakt deb da’vo kilsa boʻlardi.

Keldiev jiringlagan telefon goʻshagini «chakaging oʻchsin,» degandek shart koʻtarib tashladi. «Hozir mening ham boshimga telefonning kuni tushadi», deb oʻyladim.
— Mana shu Doʻlanboy Eshmatov boʻlmaganida oʻtgan yilda birorta ham sonimiz chiqmasdi. Hamma qogʻozlarimizni shu kishi koʻtarganidan xabaring bor edi-ku! — Keldiev bir oz hovuridan tushganday boʻldi. — Sen aytgan gapni men ham u kishiga aytdim. Lekin bundan nima foyda? Bunaqa gaplarni u kishi bilmaydi. Rahbar odam maqola bilan hajviyaning farqini qayoqdan bilsin!

Meni gunohkorlarday yelka qisib oʻtirganimni koʻrib yanayam yumshadi. Peshonasini qashib-qashib, dedi
— Sen bitta roʻyxat qil!
— Qanaqa roʻyxat? — dedim boshimni koʻtarib.

Keldiev aytadigan gapini obdan pishitib oldi, chogʻi.
— Tumandagi barcha rahbarlarning ism-familiyasini bitta roʻyxatga tizib chiq, keyin shu roʻyxatni stolingdagi oynaning tagiga qistirib qoʻy. Hajviya yozmokchi boʻlsang shu roʻyxatga kirgan familiyalardan foydalanmaysan uqdingmi! — dedi.

Bir hafta deganda soʻrab-surishtirib roʻyxatni tuzdim, Keldiev aytganiday stolimdagi oynaning tagiga solib qoʻydim.

Oradan bir -bir yarim oylar oʻtgach, Keldiev yana chaqirib koldi.
— Ilyosjon, roʻyxatingda Eshmatov bormidi? — dedi tirjayib
— Nimaydi? — dedim yana birorta nojoʻya ish qilib qoʻyibmanmi, degan xayolga borib.
— Sen undan hajviyalaringda foydalanishing mumkin. Haqiqatan kalamush ekan u. Bugun poʻstagini qoqib, ishdan olishdi. Hamma yoqni kemirib tashlagan ekan.
— Uning oʻrniga kim boʻldi? — dedim men ham pishiqlik qilib.

— Abdiqul Valievich Vahobovni roʻyxatingga yozib qoʻy, — dedi Keldiev nim tabassum bilan.