OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Ilhom Zoyir. Anketa (hajviya)
 
Asarga baho bering

2 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifIlhom Zoyir
Asar nomiAnketa (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Ilhom Zoyir
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Anketa (hajviya)
Ilhom Zoyir

Hotam Xurramov yaxshi xodim boʻlgani bilan sal toʻqimtabiat odam. Aytishlariga qaraganda, shu yerda ishlayotganlariga qirq yildan oshibdi.

Kecha Hurramovni Egam Rabiyevich chaqiribdilar. «Siz shu sohaning pirlaridansiz — suyagingiz shu yerda qotgan. Xoʻp desayiz, sizni mukofotga tavsiya etmoqchimiz. Bir-ikkita joy bilan gaplashdim, ular ham sizni ma’qullashdi, — debdi Egam Rabiyevich uch qavatli baqbaqasini qashib. — Hozir shundoq chiqing-da, adlkadr Hamroxonga uchrashing, u sizga anketa toʻldiradi... Yana bir gap — paka buni birov bilmasin...»

Hotam Xurramov shoshib qolibdi.
— Mani hurmat qilibsiz, sizni Xudo hurmat qilsin. «Paka» deyapsiz, keyin ogʻizga tushsa sizga gap tegib yurmasin. Yaxshisi, mestkom raisi Qodirqulni...
— Qodirqul! Qodirqulingizni qoʻying, yaqinda Chimyonda oʻynab keldi. U hali yosh, mukofot olishga ulguradi. Gal hozircha sizniki!
— Bugʻoltirimiz Umriyaxon-chi? Sakkizta bolasi bor,ishga mendan bir yil oldin kegan...
— Qanaqasiz oʻzi, Hotam aka! Birov beraman desa, noz qilasiz-a! Nima, mas’uliyatidan qoʻrqayapsizmi yo?..

Xullas, Egam Rabiyevich Xurramovning koʻnglini togʻ qilib, kadrlar boʻlimiga chiqarib yuboribdi. U lapanglagancha Hamroxonning oldiga borsa, Hamroxon togʻday koʻngilni «talqon» qilibdi-qoʻyibdi. Oʻrtalaridan nima gap oʻtgan, hech kim bilmaydi.

Hamroxon jigʻibiyron — xonama-xona kirib, nuqul: «Men ortiqcha savol berganim yoʻq. Anketada borini soʻradim, xolos. Otam tengi odamning gapiga qaranglar — men ersirab qolgan emishman!» deya javrayotganmish. Hamma hayron: Hotam Xurramov Hamroxonga nega bunday degan?..

Bu jumboq Egam Rabiyevichning «sir»ini fosh qildi. Ya’ni Xurramovning mukofotga tavsiya etilayotganini koʻpchilik bildi. Tabiiyki, gap Egam Rabiyevichning ham qulogʻiga borib yetdi va tushdan keyin Xurramov bilan Hamroxonni xonasiga chaqiribdi.
— Men sizga nima degan edim? — Boshliq birinchi boʻlib Xurramovni zugʻumga olgan. — Paka hech kim bilmasin, degandim-ku? — Xurramov boshini qimirlatib qoʻyibdi. — Boshqalar nima deb oʻylaydi endi! Boshliq bizlardan gap yashirarkan, deyishmaydimi? — Soʻng Hamroxonni oʻrnidan turgʻizibdi. — Ha, singlim, sizga nima dard tegdi? Ogʻzingizga mahkam edingiz-ku!
— Men haliyam ogʻzimga mahkam, — debdi Hamroxon toʻlib turgan oʻpkasini boʻshatib. — Kap-katta odam menga tuhmat qilib oʻtiribdilar.
— Qanaqa tuhmat?
— Men... haligi... ersiragan emishman.
— Nima, nima! — Egam Rabiyevich oʻrnidan sakrab turibdi. — Kim oʻylab topdi buni? Qaysi bir xotinbozdan chiqdi bu gap?
— Mana bu kishidan, — Hamroxon boshi bilan Hotam Xurramovni koʻrsatibdi.
— Bu nima gap! — Egam Rabiyevich boshini changallabdi. — Men sizni madaniyatli, xotin-qizlarni hurmat qiladigan olijanob kishi deb yursam, hali bunaqa salbiy xususiyatlaringiz ham bormidi? Singlimizni nega bunaqa deb haqorat qildingiz? Ersiraganini qayoqdan bilasiz?
— Gap birinchi undan chiqdi, — debdi hali birorta ham savolga javob bermagan Xurramov Hamroxonni koʻrsatib. — Menga «erkakmisiz?» dedi. Hamiyatimga tegdi-da! «Erkak, erkak emasligimni koʻrmayapsanmi! Ersirab qolgan, banda!» dedim jahl ustida. Sizgayam birov loʻp etib shunday desin qani, nima deyarkansiz!

Hotam Xurramovning bu gapi «meni oʻrnimga oʻzingni qoʻyib koʻr-chi», degan ma’no beradi-da. Shu bois Egam Rabiyevich noqulay ahvolda qolibdi.
— Shu rostmi? Shu gap sizning ogʻzingizdan chiqdimi, Hamroxon?..
— Rost, — debdi Hamroxon yer chizib. — Lekin, men...
— Oʻzizdan oʻtkanakan-da, singlim, — Egam Rabiyevich tik turgani esiga tushib, qayta oʻtiribdi. — Erkak kishiga unaqa demaydilar, singlim. Tem bole, ayol toʻyes, hali qiz bolasiz... Har qanday erkak yomon xayolga borishi mumkin-da... Siz boʻsayiz, Hotam akani benovat qilib oʻtiribsiz...

Hamroxonning xoʻrligi kelib tursa-da, koʻzyoshiga zoʻr berishdan foyda yoʻqligini anglab yetibdi.
— Egam aka, men bu gapni ichimdan chiqarib aytmadim, — debdi Hamroxon dadil-dadil. — Anketada shunaqa savol bor. Shunga asoslanib...

Egam Rabiyevichning yuziga bilinar-bilinmas kulgi yoyilibdi. U ustki labini bir-ikki bor soʻrib, debdi:
— Anketada shunaqa savol bor ekanmi?
— Bor! — debdi Hamroxon yutinib. — «Jinsi: erkak, ayol», degan joy bor-da, Egam aka. Men ichimdan toʻqiganim yoʻq-ku!
— Gap buyoqda deng, — debdi Egam Rabiyevich kulib yubormaslik uchun ogʻzining ikki chetini bosh va koʻrsatkich barmogʻi bilan tutib. — Savolni boshqacha qoʻymabsiz-da, sizam. Kimsiz, desa... E, bunisiyam xunuk eshitilarkan. Oʻzi erkaklardan kimligini soʻrash shartmikan! Erkak — erkak-da! Shu joyini oʻzingiz toʻldirib qoʻymabsiz-da, Hamroxon. Hotam akaning erkakligini bilasiz-ku, yuz-koʻzi aytib turibdi.

Egam Rabiyevich ikkalasini murosaga keltirib chiqarib yuboribdi.

Aytgancha, mojaroga sabab boʻlgan «Anketa» toʻldirilib tegishli joyga yuborilgan. Hozircha natijasi noma’lum boʻlsa-da, lekin bir gap ma’lum: mukofotni olgan kuni «erkakchasiga yuvamiz» deyaptilar Hotam Xurramov.