OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Ilhom Zoyir. Ikki hajviya
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifIlhom Zoyir
Asar nomiIkki hajviya
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Ilhom Zoyir
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ikki hajviya
Ilhom Zoyir

Mehmonlarni korxona tsexlari bilan tanishtirayotgan Sotti Suvonovichning qavatida pildirab yurgan oʻrinbosari Halimjon hovliqqancha xoʻjalik ishlari mudiri Turdiqulni bir chekkaga tortdi.
— Turdiqul, tezda bir parcha latta top! — dedi tipirchilab.
— Latta?! Qanaqa latta? — dedi Turdiqul peshanasi tirishib.
— Oyoq, e, botinka artadigan latta-da.
— Nimaga kerak boʻlib qoldi?
— Sotti Suvonovichning botinkalariga chang qoʻnibdi. Artib qoʻymasa boʻlmaydi. Mehmonlar ayb qilishi mumkin.
— Mehmonlarning oldida noqulay emasmi?
— Nega noqulay boʻlarkan?
— Laganbardor ekan, deb oʻylashadi-da.
— Mehmonlarning oʻylashi bilan nima ishim bor!

Turdiqul biroz hovridan tushdi.
— Sotti Suvonovichning oʻzlari aytdilarmi?
— Yoʻq, oʻzlari hali bilmaydilar. Qorinlari oyoqlarining uchini toʻsib turibdi.
— Oʻzlari aytmagan boʻlsalar, sizga nima?
— Bilib qolsalar, menga gap tegishi mumkin.
— Nimaga endi sizga?
— «Men-ku koʻrmabman, sening koʻzing qaerda edi?» deb koʻpchilikning oldida sharmanda qilishlari hech gap emas.
— Demak, latta topish kerak, shundaymi?
— Shunday, Turdiqul, topmasa boʻlmaydi.

Turdiqul choʻntagidan roʻmolchasini olib, Sotti Suvonovich tomon yurdi. Halimjon uning orqasidan yugurdi.
— Qayoqqa, Turdiqul, toʻxta!
— Qayoqqa boʻlardi, Sotti Suvonovichning botinkalarini artib qoʻyishga-da!
— Men oʻzim artaman, roʻmolchangni buyoqqa ber!
— Yoʻq, oʻzim, sizga yarashmaydi.
— Binoyiday yarashadi-da, qani, menga ber-chi!

Turdiqulning birdan fe’li aynidi.
— Ho, obroʻni siz olmoqchimisiz?

Halimjon ham toʻnini teskari kiydi.
— Nima, sen mening gʻoyamni oʻzlashtirmoqchimisan?!
— Yoʻq! Lekin dastroʻmolcha meniki!
— Gʻoya esa meniki!..

Ish hiqildoqqa borib taqalganda, Sotti Suvonovich mehmonlarning mashinasiga oʻtirib qayoqqadir joʻnab qoldi...

* * *

Oʻrinbosari kirib kelganda, gʻisht zavodining direktori Qoshiqov qoshlarini chimirib oʻtirgan edi.
— Tinchlikmi, rangizda rang yoʻq! — soʻradi oʻrinbosar.
— Hushyor boʻlib turinglar, bittasi keladi, — dedi Qoshiqov.
— Kim ekan u?
— Bilmayman, devday, asabi chatoq deyishdi. Qoʻlidan hamma ish kelarmish... Kelsa, sizga chiqaraman. Oʻzingiz tinchiting!

Oʻrinbosar peshonasini tirishtirib chiqib ketdi. Oradan bir soat vaqt oʻtdi. Eshik taqillab, soʻng ochildi.
— Meni sizga yuborishdi, — aytilgan kishi kirib keldi.
— Men shoshib turuvdim, oʻrinbosarimga uchrashing, — dedi Qoshiqov bahona qilib...

Oradan besh-oʻn daqiqa oʻtdi. Oʻrinbosar qoʻllarini ishqalagancha Qoshiqovga yaltoqlandi:
— Ogʻiz ocholmadi, qoʻliga bir «gʻisht» tutqazib yubordim...

Ertasi kuni yana paydo boʻldi oʻsha nusxa.
— Meni sizga yuborishdi, — dedi moʻlmayib eshik yonida tikka turarkan.
— Men bandman, oʻrinbosarimga uchrashing! — Qoshiqovning titrab-qaqshab aytgan gapi shu boʻldi.

Birozdan soʻng oʻrinbosar ogʻzi qulogʻida kirib keldi:
— Ogʻiz ochmoqchi edi, yana bitta «gʻisht»ni ogʻziga urib yubordim, — dedi «ishni qoyil qildim» deganday...

Noma’lum nusxa uchinchi bor kelganda, Qoshiqovning sabri chidamadi.
— Kir, oʻtir qani bu yerga! — dedi u nusxaga doʻq urib. — Berarkan deb, kelaverasanmi? Qaerda ishlaysan oʻzi?
— Hech qaerda ishlamayman.
— Unda nega har kuni kelasan?
— Sizga yuborishgandan keyin kelaman-da.
— Kim yubordi seni?
— Bojangiz, Saidvaqqos aka.
— Nima kerak senga?
— Ish kerak.
— Shu dardingni darrov aytmaysanmi?
— Kelsam bandsiz. Oʻrinbosaringiz soʻrab-surishtirmay pul bergani bergan.
— Nega beryapsan, deb soʻramaysanmi?
— Qaerdan bilay, bu yerda maosh oldindan berilsa kerak, deb oʻyladim-da.

— E, oʻylamay ket! Odamni oʻtakasini yording-ku! Boʻpti, olgan maoshingni halollaysan endi...