OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Imomiddin Nasimiy. Ruboiyot
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifImomiddin Nasimiy
Asar nomiRuboiyot
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Ozarbayjon adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Imomiddin Nasimiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Ruboiylar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/16
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Эргаш Очилов


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Ruboiyot
Imomiddin Nasimiy

1

Din ilmini bilsa kim shariat shuldir,
Gar qoʻshsa amal bilan tariqat shuldir.
Kim ilmu amalni Haq rizosin istab,
Ixlos ila jam etsa, haqiqat shuldir.

2

Ey, va’dani koʻp qilding-u, yoʻq zarra vafo,
Koʻrmaydi bu shevani vafo ahli ravo.
Mayxona tavofidan biror naf’ bormi?
Din va shijoat boʻlmasa, yoʻq sidqu safo.

3

Soqiy, bu kecha berma menga oʻzga sharob,
Xummor koʻzing qildi meni mastu xarob.
Koʻzimni qorachiqlari tark ayladilar,
Shundan bu kecha hamnafasim otashu ob.

4

Shu mulki olam ichida mavjud U,
Har ikki jahonda maqsadu maqsud U.
To boʻlmas ekan e’tiqod uyi vayron,
Men fosh qilaman: sening uchun ma’bud U.

5

Men mazhari nutqu nutqi Haq zotim erur,
Shu ikki jahonda mening isbotim erur.
Tonggidan azalning to abad shomigacha
Har narsa vujudga kelsa, zarrotim erur.

6

To boʻlmas ekan oʻzlikdan foniyu fard,
Butkul yuvilib ketmas koʻngildagi gard.
Boʻl nafsu havodan-u jahondan ozod,
Qoch turfa yomonlikdan agar boʻlsang mard.

7

Dil dardisiz yetmaydi kishi darmonga,
Xaq jazbasi boʻlmay, yetmagay Rahmonga.
Yuzing seni Xaq rahmatining koʻzgusidir,
Yetmas uni kim anglamasa Qur’onga.

8

Ul nuqtaki, markazi jahondir — sensan,
Ul qatraki, asli kun-fayakondir — censan,
Ul ismki, zotdan nishondir — sensan,
Ul harfki, ismi bebayondir — sensan.

9

Menman lomakon ganji — makonga sigʻmam!
Yuksak bu ruhim — jism ila jonga sigʻmam!
Insondagi bor vahmu xayol menda esa,
Bosmas vahima, aqli ayonga sigʻmam!