OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifInomjon Abdiyev
Asar nomiTaqdiri azal (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Inomjon Abdiyev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Taqdiri azal (hikoya)
Inomjon Abdiyev

Halima opa eri bilan kelishib olganlaridek, toʻy haqidagi gapni, tushlikdan keyin ochmoqchi edi. Qarasa oʻgʻli ovqatni hash-pash deguncha tushirib boʻlib, juftakni rostlayapti. Shuning uchun birdan oʻgʻlining qoʻlidan tutdida: - «Oʻtir senga gap bor», - dedi, kulimsirab. Endi koʻchaga otlangan Salim bir otasiga, bir onasiga hayratomuz qarash qildi-da, gap nimadaligini anglaay olmadi shekilli, yana boyagina ovqatlangan joyiga choʻkdi.

Ona baribir onada, issiqqina hovur koʻtarilib, dimoqni qitiqlayotgan ovqatini bir chetga surib, turmush oʻrtogʻiga bir koʻz qirini tashlab qoʻydida, gap boshladi: «Oʻgʻlim mana bu yil Universitetni ham bitirding. Shu desang, biz otang bilan kelishib, boshingni ikkita qilib qoʻymoqchi edik», nima deysan. Shu payt bir chekkada qimtinibgina ovqatlanayotgan singlisi «piq» etib kulib yubordi. Salimning yuragi tez-tez urib ketdi. Yuzi qizardi: - «E, qoʻysanglarchi, hali yoshman-ku, uylanish qochib ketmas», dedi uyalib.
— Qanaqasiga yoshsan, - javray ketdi onasi - yigirma beshga kirding. Sen tengilarning hozir uchta-toʻrttadan bolasi bor. Qachongacha ammamning buzogʻidek soʻppayib yurasan.

Oraga bir muddat sukunat choʻmdi. Ota-ona nigohlarini farzandlariga qadadi. Oʻgʻilning koʻzlari esa yer chizish bilan ovora edi. Shu payt gapirish navbati oʻziniki ekanligini xotinining imo-ishorasidan anglagan Xolmat aka ham gapga aralashdi: - Oʻgʻlim, nega yoʻq deysan, amakingga ham hali uylanmayman depsan, ha bunday, biz ham oyoqni choʻzib yotsak, kelinimiz xizmatimizni qilsa, deymiz. Nabiralarimizni oʻynatsak yursak. Bizni ham bogʻlab bermagan axir.

Salim ich-ichidan zil ketib, quvonchini ichiga yutayotgan boʻlsa ham oʻzini paysalga solardi. Vaziyatdan chiqish uchun, oʻrnidan turib, ketmoqchi boʻldi. Ammo Xolmat akaning «oʻtir joyingga» degan amirona buyrugʻi yangradiyu, Salim unga soʻzsiz boʻysunib, yana koʻrpachaning bir chetiga qisilibgina oʻtirib oldi.
— Tanlaganing boʻlsa ayt, tortinma, bu har yigitning boshida bor savdo, - dedi onasi gapini davom ettirib. Salim endi kalovlanib turish ortiqcha ekanini his qildi. Qizarib-boʻzarib «hozircha yoʻq», - dedi. Ota-ona bir-biriga ma’nodor qarab qoʻyishdi. Salim ularning qarashlaridan «yigitmisan oʻzi» degan ma’noni uqdi.
— Sharif akangning qiziga nima deysan, - Xolmat aka vaziyatdan chiqib ketish uchun oʻgʻlini oʻziga qaratdi.
— «Qaysi Sharif aka?», - Salim bir entikib tushdida, oʻzini bilmaganga oldi.
— Huv muyulishda turadi-ku, qizining ismi Dilfuza, bu yil maktabni tugatdi, nima balo tanimay qoldingmi?

Salim endi oʻzini haqiqiy qopqonga tushgandek his qildi. Sekingina orqaga tisarilib, xiyol boshini koʻtardi. Soʻng hammasini sotibsanda degandek singlisiga yovqarash qildi.
— Nima deysan, gapir, mum tishlab olganmisan, onasi oʻgʻlini niqtadi, turmush oʻrtogʻiga choy uzatarkan. Salim yuragi gupurib, ichki xursandligi yuziga tepib qolishidan qoʻrqdida, «Oʻzingiz bilasizlar», deb shiddat bilan koʻchaga otildi. Koʻchaga chiqdi-yu, toʻyib-toʻyib havo simirdi. Shodligidan baqirib-chaqirib osmonga sakragisi kelib-ketdi. Oʻziyam oʻrtogʻlari qachon uylanasan deb xoli joniga qoʻymayotgandi. Ba’zilar: «Bu qiz bola, uyiga sovchi kelishini kutayapti, shu yurishi boʻlsa yaqin orada erga tegolmaydi-yov»,- deb askiya qilsa, nafsoniyatiga tegib ketardi. Mana endi hammani toʻyga taklif qiladi.

Salim yoshligidan ancha nimjon hamda sodda boʻlib oʻsdi. Tinimsiz kasal boʻlaverishi uni shu koʻyga solgandi. Mana oʻsha boʻsh-bayov yigitcha erta-indin uylanaman deb turibdi. Quvonchdan yuragi hapqirib ketaman deydi-ya.

Salim kechqurun oʻrtogʻlarinikidan qaytib, uyiga kirarkan, hayratdan lol qoldi. Xuddi toʻy ertaga boʻladigandek, amma-xolalaridan tortib, togʻa-amakilarigacha ularnikida toʻplanib turishgan ekan.
— E, e, ana kuyov toʻraning ham oʻzlari ham kelib qoldi-ku, deb Salimni ham davraga tortishdi.

Hol-ahvol soʻrashib boʻlishgach, birinchi boʻlib Xadicha momo nevarasiga yuzlanib gap boshladi.
— Oʻgʻlim, sen mening bosh nabiramsan. Mana koʻrib turibsan, mening ham bir oyogʻim shu yerda boʻlsa, bittasi goʻrda boʻlayapti. Qarichilikda endi, nima qilay? Endi, ... bitta tilagim – sening toʻyingni ham koʻrib qolsam, degandim.
— Yoʻgʻ-e, hali koʻp yashaysiz, - Salim gʻoʻdranib qoʻydi.
— Unaqa dema, Dilfuzaga kelsak, gapida davom etdi onaxon, - u senga munosib emas. Bilasan. Uni bitta xolasining aqli sal zaifroq.
— Qanaqasiga aqli zaifroq boʻlsin, tuppa-tuzuk jinniku, - luqma tashlab qoʻydi, shartakiroq ammasi. Buvisi «nojoʻya gap aytib yubording», - degandek qiziga bir oʻqrayib qaradida, soʻzini ulab ketdi.
— Shuning uchun boshqa biror qizni koʻz ostingga olgan boʻlsang ayt, biz shunga qarab ish tutamiz. Bugun bu yerga toʻplanishimizdan maqsad ham shu aslida. Atrofdagilar ham, «ha-ha» deb onaxonning gapini ma’qullashdi. Salim esa oʻzini tamoman yoʻqotib qoʻydi. Oyoq-qoʻli boʻshashib ketdi. Tanasidagi bor kuchini toʻpladi-da, bazoʻr gʻudrandi:
— Nima men xolasiga uylanaman deyapmanmi?

Shunda amakilari, ammalari. Hatto buvisi ham Xolmat akaga bir nazar tashlab qoʻyishdi. Ota boshini quyi solgancha, qattiq oʻyga choʻmgandi.

Jiyanining qizishib ketganini koʻrgan amakisi ham gapga aralashdi.
— Qizishma jiyan, ana otangga qara, - hamma yalt etib, yana Xolmat akaga qaradi, - chap yuzlarida noʻxatday xol bor. Bu xol bobongda ham bor edi, menda ham bor, faqat koʻrinmaydigan joyimda. Sendayam boʻlsa kerak. Bunaqa narsalar avloddan avlodga oʻtadi. Bizni toʻgʻri tushun, boʻlajak kelinning yetti pushti toza boʻlishi kerak. Biz faqat sening baxt-saodatingni oʻylayapmiz.

Salimning qulogʻiga gap kirmadi. Bir necha daqiqa oldin yonginasida turgan sevgani, endi undan tobora uzoqlashib borardi. Alami kelib, «Boʻlmasa men uylanmayman», - dedi-yu, shart oʻrnidan turib, koʻchaga otildi. Hech qanday kuch uni bu yerda ushlab qololmasdi. Koʻchaga chiqib, toʻgʻri kelgan tarafga yurdi. Ichidan iztirobli oʻkiriq otilib chiqdi. Halima opa «Oʻgʻlingizga qarasangizchi», - deya Xolmat akani turtgancha qolaverdi.

Xolmat aka bu chogʻda oʻzining beqaror va kurakda turmaydigan yoshligi, gunohga botgan, faqat oʻzigagina ayon boʻlgan mudhish tunni xotirlardi. Dilfuzaning aqli zaif xolasi aslida uning sinfdoshi boʻlib, yoshligida tuppa-tuzuk edi. Bir kuni maktabdan paxtaga olib chiqishdi. Xolmat va uning ikkita oʻrtogʻi paxta termay, tarozi payti dalada yashrinib, oʻtirishgandi. Shu payt ulardan biri, asta kallasini koʻtarib, oʻzlari tomonga kelayotgan qizil kuylakli qizni koʻrib qoldi. Bu shubhasiz Malika edi. Uning nimasidir paxta tergan agatida qolib ketgan shekilli, paxtasini torttirib boʻlib uni olib ketgani kelardi. Boyadan beri behayo suratlarni tomosha qilayotgan yigitchalarning hirsi uygʻonib ketdi. Kuylaklarini niqob qilib boshlariga oʻrashdi-da, oʻljani kuta boshlashdi. Malika yolgʻiz oʻzi, allaqanday qoʻshiqni xirgoyi qilib kelardi. Yigitchalar Malikaga och boʻridek tashlanishdi. Ular qizning nomusiga tegishmadi, biroq qattiq qoʻrqqan qiz shu-shu kechalari yigʻlab chiqadigan, kunduzlari tentirab allaqaylargadir ketib qoladigan boʻldi. U butunlay aqlu-hushidan mosuvo boʻlgandi. Qizni jinlar chalib ketgan deb gap tarqaldi. Aytishlaricha avval ham bir ayol bilan bir erkak shunaqa boʻlib qolgan ekan. Malikani koʻrmagan doʻxtir, tabib qolmadi. Barcha urinishlar befoyda ketdi. Jinoyatchilarni esa xudoning oʻzi jazoladi. Xolmat va bitta oʻrtogʻi avtohalokatga uchrashdi. Oʻrtogʻi vafot etdi, Xolmatning oyogʻi sindi, haliyam oqsoqlanib yuribdi. Yana birlari esa qilmishi ajrini beoqibat bolasidan topdi.

Xolmat uylanadigan payti kelganda koʻp yillar jinni boʻlsayam uylansam faqat Malikaga uylanaman, deb yurdi. Lekin biror kishi uni qoʻllamadi. Kimdir uni qizning chiroyiga uchayapdi dedi, kimdir esa Xolmatning oʻziniyam jin chalganga chiqardi. Oxiri taqdiriga koʻnishga majbur boʻldi. Xolmat bir umr vijdon azobida qovrildi. Bugun esa oʻgʻli oʻzi tomonidan aqliy nogiron qilib qoʻyilgan qizning jiyaniga uylanmoqchi.

— Uylanasan oʻgʻlim, uylanasan! – deb pichirladi ota, - men uchun ham, oʻzing uchun ham uylanasan. Uni albatta baxtli qilishing shart. Ota shunday deb, oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Burchakda turgan hassasini qoʻliga oldida, oʻgʻlini qidirib tashqariga chiqdi.