OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Irene Dishe. “Alisa” (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifIrene Dishe
Asar nomi“Alisa” (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Amerika adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Irene Dishe
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Nashriyot«Kitob dunyosi» gazetasidan olindi
TarjimonMirzaali Akbarov (Olmonchadan)
Hajm11KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





“Alisa” (hikoya)
Irene Dishe

Urush avvaliga faqat suhbatlar mavzusi edi, keyinchalik u shahardagi oila sohiblari uchun ham ahamiyatli joyga aylandi – ular urushga otlandilar. Otalar halok boʻlib, oʻrinlaridan turmayotgan bir paytda esa urush nafrat manbai boʻldi-qoldi, uni endi bosh­qacha nom bilan atab boʻlmas, u norozilik va cheksiz kulfatga sababchi edi. Ana shunday bir paytda Antonning onasi oʻgʻli oʻn yoshga toʻlganda, tugʻilgan kuniga atab oʻzi sovgʻa qilgan oq-shokoladrang, koʻk koʻzli uy quyoni bilan qiziqa boshladi. Anton quyonchaga «Alisa» deb nom bergan edi, chunki barcha obroʻli kishilarning ismlari «A» harfi bilan boshlanardi: otasining ismi Andreas, onasining ismi esa Anna edi. Dadasi urushda halok boʻlganidan beri Alisaning nomi shunchaki «quyoncha» boʻlib qoldi. Uning yungi shu qadar mayin va yumshoq ediki, Antonning dardu hasratlari bir zumda unga «singib» ketardi.

Bu yil qishning qahraton sovugʻi erta boshlandi. Bir necha haftadan buyon ular eski kartoshkayu karam bilan tirikchilik qilib kelishardi. Taqvimga bundoq qarashsa, erta-indin «rojdestvo» bayrami, yertoʻlada esa hech vaqo yoʻq, hamma yoq ship-shiydam. Sezib turibdi, oyisi bugungi kechki ovqat uchun Alisani koʻz ostiga olib qoʻygan. «Quyonchani bir mazza qilib yeylik», degandi u. Anton bunga qarshilik qilmadi. Chunki u oyisining uy ishlarini bajarayotib, tez-tez charchab qolayotganini sezib yurardi. Oyi­si behad ozib ketgan, egnidagi koʻylagi qoqsuyak tanasiga yopishib turar, endigina oʻttizga kirgan boʻlsa-da, tim qora sochlarining u yer-bu yeriga oq oralay boshlagandi.
– Anton, quyonchani qassobga olib bor. Soʻyib bersin. O’zimning vaqtim boʻlmayapti, – dedi oyisi. Anton esa oyisining bunday qilishga oʻzida kuch topa olmayotganini ich-ichidan his qilib turardi. Qishloqning bu chekkasidan u chekkasiga olib boradigan uzoq yoʻldan yurishini oʻylab, Antonning yuragi orqasiga tortib ketdi. Antonning onasi Alisani katta jigarrang savatga qamab, ustidan qopqoq bilan yopguniga qadar lol boʻlib, ayni paytda uy quyonlariga xos sabr-toqat bilan javdirab qarab turaverdi. Savatni oʻgʻliga uzatarkan, oyisi qoʻshib qoʻydi:
– Tez qassobga olib borgin.

Qassob deganlari kichkina, yumaloqqina odam boʻlib, qiyofasi hamisha bir xil, oʻzgarmasdan turaverardi. Anton soʻqqabosh bu odamning peshtaxta ortida u yoqdan-bu yoqqa borib kelayotgan yumaloq gavdasiga koʻzi tushmasligi uchun odatda qassobxonani uzoqdan aylanib oʻtardi.

Uy quyoni savat oʻrtasida emas, balki uning bir chekkasida gʻujanak boʻlib yotgani uchun savatni koʻtarish Antonga birmuncha qiyinchilik tugʻdirardi. Anton uni qorniga mahkam bosib olgani uchun oʻz oyoqlarini ham koʻra olmasdi. Koʻcha oʻydim-chuqur va muzlagan edi. U ravon yoʻl topolmay qiynalar, dam-badam qoqilib ketardi. Antonning oʻziga qolsa, Alisani qassobga olib borishni ham, uning soʻyilib ketishini ham istamas, quyonchani qanday qilib asrab qolishni oʻylardi.

Bola qassobxonaga yaqinlashgan sayin quyonchani naqadar ogʻir musibat kutayotganini anglay boshladi. Nihoyat, u yoʻl chekkasidagi kattakon bir tosh ustiga oʻtirib oldi-da, savatning bir chetini qiya ochib, jonivorga asta nazar tashladi. Uy quyoni qorongʻida dimiqib qiynalganidan ogʻir nafas olardi. Anton savatga qoʻl suqib, uni siypaladi. Quyonchaning mayin yunglarini silarkan, mehri tovlandi. «Yoʻq, yoʻq, yoʻq!» – koʻnglidan oʻtkazdi Anton. Va shu damda uning qoʻllari oʻz-oʻzidan beixtiyor savat qopqogʻini ochdi, quyonchani dast koʻtarib, uni yoʻl chetidagi butazorga qarab uloqtirdi. Alisa boʻlsa, nima qilishini bilmay, butalar orasida hayron turib qoldi. Qochib ketishni-ku, xayoliga ham keltirmasdi. Shunda Anton:
– Qani, tez yoʻqol endi, tentakvoy, boʻlaqol! – deb qichqirdi va qoʻllarini silkib, unga poʻpisa qildi.

Shundan soʻnggina, quyoncha juftakni rostladi. Anton shimining rasvo boʻlishini ham oʻylab oʻtirmasdan yana tosh ustiga oʻtirib oldi. Garchand erkaklar yigʻlamasligini bilsa-da, koʻz yoshlarini toʻkib soldi. Uy quyonining hayotini saqlab qolgani, ishqilib, yaxshi ish boʻldimikan? U onasining shu qadar ozib-toʻzib ketganini bilgani uchun va endi oyisi uni rosa koyishini oʻylab ham yigʻlar edi.

Antonning baqirib yigʻlaganini eshitib, shu yaqin oradagi uyda yashovchi bir keksa kishi qoʻrqib ketdi va nima gapligini bilgisi keldi. Qariya nafaqaga chiqqan qishloq pochtachisi boʻlib, u hamon sobiq pochta libosini egnidan yechmay kiyib yurardi. U bolani tanib qoldi. «Yo rabbim, nima boʻldi?», soʻradi qariya boladan, shippakda halloslab uning yoniga yetib kelgach.
– Quyoncham qochib ketdi, – bolakay shunday deb, battar yigʻlay boshladi. – Men uni qassobga olib borishim kerak edi, chunki uyda yegulik hech vaqomiz qolmagan.

Keksa pochtachi oʻziga ish topilganidan xursand boʻldi. U Antonning boshini silab qoʻydi va unga joyidan qimirlamay oʻtirishni tayinlab, quyonchani axtarishga tushdi.

Yordamga shay pochtachi ayoz urgan oʻt-oʻlanlar oralab, uy quyonini axtara ketdi. Qoʻqqisdan begona makonga kelib qolganidan qoʻrqib ketgan jonivor endi oʻziga kelib turgan ham ediki, kimningdir yaqinlashayotganini sezib, yashirinib turgan joyidan shartta chiqdi-da, oʻzini oʻsha tarafga urdi.
– Xoʻsh, mening kichik askarim, ish degan mana bunday boʻpti, – qariya shunday deb, uy quyonini Antonning qoʻliga tutqazdi. – Ana endi «rojdestvo»da ajoyib ziyofat boʻladigan boʻldi!

Bolakayning koʻz yoshlari qurib, endi ularning oʻrnini sovuqqon qat’iyat ifodasi egallagandi. U quyonini savatga solarkan, pochtachiga xushmuomalalik bilan minnatdorchilik bildirdi. Ular bir-birlariga xayrli kun tilashdi va bola qassobxona tomon yoʻl oldi.

Anton qassobning yuziga ilk bor sinchiklab razm solgach, uning kichkina, kulrang koʻzlari keng, yapaloq yuzida xuddi yumshoq jihozga qoqilgan mixga oʻxshab turganini payqadi. Qoʻngʻir sochlari uning tik, adl boshini biroz berkitib turar, basharti uning burni boʻlmaganda ham, buni hech kim sezmagan boʻlardi: faqat katta qizil qoʻllari bilan allaqanday bogʻliqdek tuyulgan qimtilgan yaltiroq lablarigina tiriklikdan darak berib turardi, xolos. Anton yetib borganida bu odam mijoz kutib turgan edi. Butun mamlakatda goʻsht me’yori qat’iy belgilangan boʻlib, har bir kishi haftasiga atigi bir burda xarid qilishga haqli edi.
– Xoʻsh, xizmat? – dedi qassob bolaga yuzlanib.

Anton oʻzini qoʻlga olib, talabini bayon qildi. Gapirayotganida savatga qoʻlini tiqib, Alisani mahkam ushlab oldi.
– Ajoyib gʻoya! – dedi qassob goʻyo xursand boʻlib. – Haqiqatan ham! Garchand mutaxassis sifatida qoʻling bilan uy quyonining goʻshti orasida oʻxshashlik yoʻqligini e’tirof etsam ham, bu ishni qila olamanmi?!

U oʻylanganicha Antonning peshtaxta ustida turgan oppoq qoʻlini paypaslab koʻrdi. «Xiyla muskulli ekan, yaxshilab boqilgan. Ehtimol, shunday qilganing yaxshidir...», deb qoʻydi u.
– Yaxshisi, chap qoʻlingni kesa qolamiz. Hoynahoy, oʻnaqay boʻlsang kerak, shundaymi? Qani, savatingni qoʻy-chi, hozir koʻramiz, – u peshtaxta ortiga ishora qildi va Antonning titrab turgan qoʻlini qon dogʻ-dugʻi bosgan kunda ustiga qoʻyib, yengini yelkasiga qadar baland shimardi.
– Darvoqe, onang qoʻlingni soʻrab qolsa, nima deysan? – soʻradi u.

Anton nima deyishini bilmay oʻylanib qoldi.
– Ha-ya, – dedi qassob xayol surib, – hozir bu yerdagi ahvolni oʻzing koʻrib turibsan. Katta shaharlardagidan sira qolishmaydi. Shunday ekan, qoʻlingni bomba yoki mina parchasi yulib ketdi, deb aldasak ham bunga hamma chippa-chin ishonadi. Menga buni akam xatida yozgan edi. Biroq, u bizning bu yerdagi ahvolimizni bilmaydi-da. Qanchalik qoʻrqib yashayotganimizni, qanchalik tushkun kayfiyatda ekanligimizni u qayoqdan bilsin? Eh, bu albatta hazil, – qassob birdan qoʻrqib ketdi. Axir, bunaqangi gaplarni gapirishga uning umuman va hech qanday haqqi yoʻq edi-da. «Urush odamlarga qandaydir koʻngilsizliklar olib kelayotgan ekan, bu – «defetizm»(gʻalabaga ishonmaslik, umidsizlik – tarjimon.)ning klassik koʻrinishi, xolos. Bu narsaga politsiya aralashib, noxushliklar kelib chiqishi mumkin, avaxtaga olib borib tiqib qoʻyishlari ham hech gap emas».

Qassob oʻzi hozirgina aytib yuborgan gaplarini Anton boshqa joyda valdirab qoʻyishidan qoʻrqardi. U qoʻrquv, ochkoʻzlik va oʻz-oʻziga hamdardlik tuygʻusi bilan ikkilanar va bir-biriga zid oʻylar iskanjasida reja tuzmoqda edi.
– Sen mana bu yerga oʻtirib, kutib tur. Men oʻtkirroq narsa topib chiqay. – U shunday deb, orqa tarafga oʻtib, koʻzdan gʻoyib boʻldi. Qoʻrqib ketgan Anton uning zinadan pastga tushayotganini eshitib turardi. Yer­toʻladan qassobning javonni ochib, qattiq xoʻrsingani eshitildi. Bu yengil emas, balki qandaydir afsuslangannamo xoʻrsinish edi. Soʻng u zinadan yuqoriga koʻtarilib, orqa eshikdan qovoq-tumshugʻi osilgan koʻyi kirib keldi. Uning qoʻlida bus-butun farang sosiskasi bor edi.
– Onangga borib, bu mening qoʻlim degin, – dedi u. – Quyon goʻshti ekanligiga baribir ishonmaydi. Qoʻlingni yeng ichidan tortib olib, mahkam bosib turasan, shundan soʻng qoʻlingdan ayrilganingga chippa-chin ishonadi. Qani, endi tuyogʻingni shiqillat-chi!

Qassobga sosiskani bundan toʻrt yil avval Parijdan akasi joʻnatgan, buni u koʻz qorachigʻidek asrab yurardi. Bu xushta’m kolbasani ana yeyman, mana yeyman deb, shu kungacha saqlab keldi. Biroq har gal – toʻymi yoki choʻqintirish marosimimi, shunga oʻxshash biron tadbir munosabati bilan endi tatib koʻraman deganida, koʻzi qiymas, shu tariqa yaroqlilik muddati oʻtib borardi. Mana, oradan toʻrt yil oʻtib qarasaki, uning ustki qismi oqarib qolibdi.

Xullas, kolbasa aynib qolayozgan, ammo Antonlar oilasi undan zaharlanib oʻladigan darajada emasdi. Ular nari borsa, qorin ogʻrigʻiga yoʻliqishi mumkin edi, xolos. Kolbasani koʻrib, quvonishlarini aytmaysizmi? Sosiskani tashlab yubormay, shunday yoʻl tutgani juda oqilona ish boʻldi-da. Bu yaxshi ish boʻlmasa-da, harqalay «yomon ish» ham emasdi.

Anton Alisani uyiga qaytarib olib kelib, onasiga boʻlgan voqeani oqizmay-tomizmay aytib berdi. Qassob uy hayvonlarini yaxshi koʻrganidan shunday shirin jonivorni oʻldirishga rozi boʻlmagani onasini ajablantirmadi. Oila a’zolari sosiskani bir necha oy mobaynida parrak-parrak qilib tanovul qildilar va harqalay hech kimning qorni ogʻrimadi ham. Ularning har biridan oʻtkir ziravorli kolbasaning xushboʻy hidi anqib turar, bu esa qoʻshnilarning hasadini qoʻzgʻardi. Sosiskani yeb bitirishganidan soʻng, Antonning onasi ochinqirab uy quyoniga yana ola qaray boshladi, biroq ayni oʻsha kunlari dushman bostirib kelib, qishloqning barcha aholisi, jumladan, qassob ham boshi oqqan tomonga qochib ketishga majbur boʻldi.

Anton uzoq oʻylab oʻtirmasdan quyonni qoʻyib yubordi. Bu orada bahor boshlandi. Endi Alisa ham rizq-nasibasini qayerdan topib yesa yer... koʻnglidan oʻtkazdi u.