OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Irene Dishe. Mehr-shafqat (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifIrene Dishe
Asar nomiMehr-shafqat (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Amerika adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Irene Dishe
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonMirzaali Akbarov
Hajm11KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Mehr-shafqat (hikoya)
Irene Dishe

Urush avvaliga faqat suhbatlar mavzusi edi, keyinchalik u shahardagi oila boshliqlari uchun ham ahamiyatli joyga aylandi — ular urushga otlandilar. Otalar halok boʻlib, oʻrinlaridan qayta turmayotgan bir paytda esa urush illat manbai boʻldi-qoldi, uni boshqacha nom bilan atab boʻlmas, oziq-ovqat taqchilligi, norozilik va cheksiz kulfatga sababchi edi. Ana shunday bir paytda Antonning onasi oʻgʻli oʻn yoshga toʻlganda, tugʻilgan kuniga atab oʻzi sov¬gʻa qilgan oq-shokoladrang, koʻk koʻzli uy quyoni bilan qiziqa boshladi. Anton quyonchaga Alisa deb nom bergan edi, chunki barcha obroʻli kishilarning ismlari «A» harfi bilan boshlanardi: otasining ismi Andreas, onasining ismi esa Anna edi. Dadasi urushda halok boʻlganidan beri Alisaning nomi «quyoncha» boʻlib qoldi. Uning yungi shu qadar mayin va yumshoq ediki, Antonning dardu hasratlari bir zumda goʻyoki unga singib ketardi-qoʻyardi.

Bu yil qishning qahraton sovugʻi erta boshlandi. Bir necha haftadan buyon ular eski kartoshkayu karam bilan tirikchilik qilib kelishardi. Taqvimga bundoq qarashsa, erta-indin rojdestvo bayrami, yertoʻlada esa hech vaqo yoʻq, ship-shiydam. Sezayapti, oyisi bugungi kechki ovqat uchun Alisani koʻz ostiga olib qoʻyibdi. «Quyonchani bir mazza qilib yeylik», dedi u.

Anton bunga qarshilik qilmadi. U oyisining uy ishlarini bajara turib, tez-tez charchab qolayotganini sezib yurardi. Oyisi behad ozib ketgan, koʻylagi qoqsuyak tanasiga yopishib turar, endigina oʻttizga kirgan boʻlsa-da, tim qora sochlarining u yer-bu yeriga oq oralay boshlagandi. «Anton, quyonchani qassobga olib bor. Soʻyib bersin. Oʻzimning vaqtim boʻlmayapti», — dedi oyisi unga. Anton esa oyisining bunday qilishga oʻzida kuch topa olmayotganini ich-ichidan his qilib turardi. Qishloqning bu chekkasidan u chekkasiga olib boradigan ushbu yoʻldan yurishini oʻylab Antonning yuragi orqasiga tortib ketdi.

Antonning onasi Alisani katta jigarrang savatga qamab, ustidan qopqoq bilan yopmaguniga qadar lol boʻlib, ayni paytda uy quyonlariga xos sabr-toqat bilan javdirab qarab turaverdi. Savatni oʻgʻliga uzatarkan, ona qoʻshib qoʻydi:
— Tez qassobga obora qol.

Qassob kichkina yumaloqqina odam boʻlib, qiyofasi hamisha bir xil edi. Soʻqqabosh bu odam odatda peshtaxta ortida u yoqdan bu yoqqa borib kelayotgan yumaloq soyasiga koʻzi tushmasin uchun qassobxonani uzoqdan aylanib oʻtardi.

Uy quyoni savat oʻrtasida emas, balki uning bir chekkasida gʻujanak boʻlib yotgani uchun savatni koʻtarish Antonga bir muncha qi¬yinchilik tugʻdirardi. Anton uni qorniga mahkam bosib olganidan oʻz oyoqlarini ham koʻra olmasdi. Koʻcha muzlagan va oʻydim-chuqur edi. U ravon yoʻl topolmay qiynalar, dam-badam qoqilib ketardi. Anton Alisani qassobga olib borishni ham, uning soʻyilib ketishini ham istamas, hech boʻlmasa, uni kechki ovqatga qurbon boʻlishdan asrab qolishni oʻylardi.

Bola qassobxonaga yaqinlashgan sayin quyonchani naqadar ogʻir musibat kutayotganligini shunchalik aniq-tiniq anglay boshladi. Nihoyat u kattakon bir tosh ustiga oʻtirib oldi-da, savatning bir chetini qiya ochib, jonivorga nazar tashladi.

Uy quyoni qorongʻida dimiqib qiynalganidan ogʻir nafas olardi. Anton savatga qoʻl suqib, uni siypalay boshladi. Quyonchaning mayin yunglarini silarkan, mehri tovlandi. «Yoʻq», «yoʻq», «yoʻq» — koʻnglidan oʻtkazdi Anton. Va uning qoʻllari oʻz-oʻzidan beixtiyor savat qopqogʻini ochdi, uy quyonini dast koʻtarib, uni yoʻl chetidagi butazorga uloqtirdi. Alisa boʻlsa, nima qilishini bilmay butalar orasida hayron turib qoldi. Qochib ketishni-ku, xayoliga ham keltirmasdi. Shunda Anton: — Qani, tez yoʻqol endi, tentakvoy, boʻlaqol!» — deb qichqirdi va qoʻllarini silkib, poʻpisa qildi.

Shundan soʻnggina quyoncha juftakni rostladi. Anton shimining rasvo boʻlishini ham oʻylab oʻtirmasdan yana tosh ustiga oʻtirib oldi. Garchand erkaklar yigʻlamasa-da, koʻz yoshlarini toʻkib soldi. Uy quyonining hayotini saqlab qolgani yaxshimikan? Onasining shu qadar ozib-toʻzib ketganini bilgani uchun va endi oyisi uni rosa koyishini oʻylab ham yigʻlar edi.

Antonning baqirganini eshitib, shu yaqin oradagi uyda yashovchi bir keksa kishi qoʻrqib ketdi, nima gapligini bilishga qiziqdi. Keksa kishi pensiyaga chiqqan qishloq poch¬tachisi boʻlib, u hamon sobiq pochta libosini egnidan yechmay kiyib yurardi. U bolani tanib qoldi. «Yo rabbim, nima boʻldi?» soʻradi qariya boladan, shippakda halloslab uning yoniga yetib kelgach.

«Quyoncham qochib ketdi», bolakay shunda battar yigʻlay boshladi. «Men uni qassobga olib borishim lozim edi, chunki yegulikka hech vaqomiz qolmagan».

Keksa pochtachi oʻziga ish topilganidan xursand boʻldi. U Antonning boshini silab qoʻydi va unga qimirlamay oʻtirishni tayinlab, quyonchani axtarishga tushdi.

Yordamga shay pochtachi ayoz urgan oʻt-oʻlanlar oralab, uy quyonini axtarishga tushdi. Qoʻqqisdan begona makonga kelib qolganidan qoʻrqib ketgan jonivor endi oʻziga kelib turgan ham ediki, kimningdir yaqinlashayotganini sezib, yashirinib turgan joyidan shartta chiqdi-da, oʻzini oʻsha tarafga urdi. «Xoʻsh, mening kichik askarim», qariya shunday deb, uy quyonini Antonning qoʻliga tutqazdi:
— Rojdestvoda ajoyib ziyofat boʻladigan boʻldi!

Bolakayning koʻz yoshlari qurib, endi ularning oʻrnini sovuqqon qat’iyat ifodasi egallagandi. U quyonini savatga solarkan, pochtachiga xushmuomalalik bilan minnatdorchilik bildirdi. Ular bir-birlariga xayrli kun tilashdi va bola kushxona tomon yoʻl oldi.

Anton qassobning yuziga ilk bor sinchiklab razm sol¬gach, uning kichkina, kulrang koʻzlari keng, yapaloq basharasida xuddi yumshoq mebelga qoqilgan mixga oʻxshab turganligini payqadi. Qassobning qoʻngʻir sochlari uning tik boshini qisman bekitib turar, agar basharti uning burni boʻlmaganda ham, hech kim sezmagan boʻlardi: uning aft-basharasida faqat katta qizil qoʻllari bilan allaqanday tarz¬da oʻzaro bogʻliqdek tuyulgan yaltiroq qimtilgan lablarigina tiriklikdan darak berib turardi, xolos. Anton yetib borganida bu odam mijoz kutmoqda edi. Butun mamlakatda goʻsht ratsioni belgilangan va har bir kishi haftasiga atigi bir burda xarid qilishga haqli edi.
— Xoʻsh, xizmat? — dedi qassob Antonga yuzlanib.

Bola oʻzini tutib olib talabini bayon qildi. Gapirayotganida savatga qoʻlini tiqib, Alisani mahkam ushlab oldi.
— Ajoyib gʻoya! — dedi qassob. «Haqiqatan ham! Garchand, mutaxassis sifatida yigitning qoʻli bilan uy quyoni goʻshti orasida oʻxshashlik yoʻqligini e’tirof etsam ham, buni qila olamanmi?!», deb oʻyladi qassob. U oʻylanganicha Antonning peshtaxta ustida turgan oppoq qoʻlini paypaslab koʻrdi. «Xiyla muskulli va yaxshilab boqilgan, mazasi ham durust boʻlsa kerak. Ehtimol, quyon goʻshtidan ham mazaliroqdir».
— Ogʻzimning soʻlakayi oqib ketayapti. Yaxshisi, chap qoʻlingni kesa qolamiz. Hoynahoy oʻnaqay boʻlsang kerak, shundaymi? Qani, savatingni qoʻy-chi, hozir koʻramiz, — u peshtaxta ortiga ishora qildi va Antonning titrab turgan qoʻlini qon dogʻi bosgan kunda ustiga qoʻyib, yengini yelkasigacha baland qilib shimardi.
— Darvoqe, onang qoʻlingni soʻrab qolsa, nima deysan? — soʻradi u.

Anton nima deyishini bilmay oʻylanib qoldi.
— Ha-ya, — dedi qassob xayol surib, —hozir bu yerdagi ahvolni oʻzing koʻrib turibsan. Katta shaharlardagidan qolishmaydi. Shunday ekan, qoʻlingni bomba yoki mina olib ketdi, deb aldasak ham bunga hamma chippa-chin ishonadi. Menga buni akam xatida yozgan edi. Biroq u bizning bu yerdagi ahvolimizni bilmaydi-da. Qanchalik qoʻr¬qib yashayotganimizni, qanchalik tushkun kayfiyatda ekanligimizni u qayoqdan bilsin? Eh, bu albatta hazil, — qassob birdan qoʻrqib ketdi. Bunaqa gaplarni gapirishga uning umuman va hech qanday haqqi yoʻq edi-da. Urush odamlarga qandaydir koʻngilsizliklar keltirayotibdi, bu — «defetizm»ning klassik koʻrinishi, xolos. Bu narsa politsiya bilan noxushliklarga olib kelishi mumkin, uning hamma joyda koʻz va quloqlari bor, avaxtaga olib borib qoʻyishlari hech gap emas.

Anton qassobning bu gaplarni boshqa joyda valdirab qoʻyishidan qoʻrqardi. U qoʻrquv, ochkoʻzlik va oʻz-oʻziga hamdardlik tuygʻusi ichra ikkilanar va bir-biriga zid oʻylar iskanjasida reja tuzmoqda edi.

«Sen mana bu yerga oʻtirib, kutib tur. Men oʻtkirroq narsa topib chiqay, — u shunday deb, orqa tarafga oʻtib, koʻzdan gʻoyib boʻldi. Qoʻrqib ketgan Anton uning zinadan xatlayotganini eshitib turardi. Yertoʻlaga tushgan qassobning javonni ochib, qattiq xoʻrsinganini eshitdi. Bu yengil emas, balki qandaydir afsuslangannamo xoʻrsinish edi. Soʻng u zinadan yuqoriga koʻtarilib, orqa eshikdan qovoq-tumshugʻi osilib, kirib keldi. Uning qoʻlida bus-butun frantsuz sosiskasi bor edi.
— Onangga bu mening qoʻlim degin, — dedi u. — Quyon goʻshti ekanligiga baribir u ishonmaydi. Qoʻlingni yeng ichidan tortib olib, badaningga mahkam bosib turasan, shundan soʻng qoʻlingdan ayrilganingga shubhasiz ishonadi. Qani endi tuyogʻingni shiqillat-chi!

Qassobga sosiskani bundan bir necha yil oldin Parijdan akasi joʻnatgan, buni u koʻz qorachigʻidek asrab yurardi. U bu xushta’m kolbasani ana yeyman, mana yeyman deb shu kungacha saqlab keldi. Biroq, har gal — toʻymi yoki choʻqintirish marosimimi, shunga oʻxshash biror tadbir munosabati bilan endi tatib koʻraman deganida, koʻzi qiymas, yaroqlilik muddati oʻtib borardi. Mana, oradan toʻrt yil oʻtib qarasaki, uning ustki qismi oqarib qolibdi.

Kolbasa aynib qolayozgan edi. Biroq, Antonlar oilasi undan zaharlanib oʻladigan darajada emasdi. Ular nari borsa, qorin ogʻrigʻiga yoʻliqishardi. Kolbasani koʻrib, quvonganlari-chi? Sosiskani tashlab yubormasdan shunday yoʻl tutishi, juda oqilona ish boʻldi-da. Bu yaxshi ish boʻlmasa-da, har qalay yomon ish ham emasdi.

Anton Alisani uyiga qaytarib olib kelib, onasiga boʻlgan voqeani aytib berdi. Qassob uy hayvonlarini yaxshi koʻrganidan shunday shirin jonivorni oʻldirishga rozi boʻlmagani onasini ajablantirmadi. Oila a’zolari sosiskani bir necha oy mobaynida parrak-parrak qilib tanovvul qildilar, hech kimning qorni ogʻrimadi ham. Ularning har biridan oʻtkir ziravorli sosiskaning xush¬boʻy hidi anqib turar, bu esa boshqalarning hasadini qoʻz¬gʻardi. Sosiskani yeb bitirishganidan soʻng, Antonning onasi uy quyoniga yana badnafslik bilan qaray boshladi, biroq oʻsha kunlarda dushman bostirib kelib, barcha qishloq aholisi, jumladan qassob ham boshi oqqan tomonga qochishga majbur boʻldi.

Anton uy quyonini oʻz holiga qoʻydi, rizq-nasibasini qaerdan topib yesa yer...