OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Ismoil Boʻzqurt. Sabr (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifIsmoil Boʻzqurt
Asar nomiSabr (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Ismoil Boʻzqurt
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonTohir Qahhor (turkchadan)
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sabr (hikoya)
Ismoil Boʻzqurt

Bugungi gazetalarni oʻqirkanman, «Sabr» degan maqolaga koʻzim tushdi. Oldiniga «E, shundan boshqa gap qurib qoptimi!» dedim-da, e’tibor bermadim, boshqa sahifalarni qarab chiqdim. Keyin ichimda bir qiziqish paydo boʻlib, haligi maqolani oʻqishga tutindim.

Muallif «Sabr»da shularni qalamga olgandi:

«Bambuk daraxti juda qiyinchilik bilan oʻstirilar ekan.

Xitoyliklarning salkam falsafalashgan bambuk ekish jarayoni yomgʻir mavsumida boshlanarkan.

Urugʻ chuqur qazilgan yerga koʻmilgach, uni rosa sugʻorisharkan.

Bu ish bir yil boʻyicha davom etarkan. Qazilgan chuqurga goʻng tashlab, tinimsiz suv berilarkan.

Birinchi yilda yerga ekilgan bambuk urugʻining unib chiqishini umid qilish behuda emish. Ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi yilda ham urugʻ nish urmasmish. Nihoyat, beshinchi yil deganda urugʻ unib chiqarmish.

Koʻkargan bambuk ilk ikki yilda faqat besh santimetr boʻy choʻzarmish.

Ikkinchi yilning oxirida oʻsishi tezlasharmish.

Va ikki yil ichida bambukning boʻyi 27 metrga borarmish.

Ya’ni, bambuk ogʻochi ekkanlar rosa toʻqqiz yil kutganlaridan ¬keyin uning bir daraxtga aylanganini koʻra olisharmish.

Shuning uchun Xitoyda bambuk oʻstirish qutlugʻ ish sanalarmish.

Juda katta mehnat, qunt bilan oʻstirilgan bambuk daraxtini va uning yogʻochidan tayyorlanadigan favqulodda goʻzal, bezakli oʻymakorlik ishlarini koʻrmoq uchun sabr bilan kutish kerak ekan.

Xitoyda bambuk sabr timsoli, sabr soʻzining ma’nodoshi emish».

«E, oʻl-e!» dedim ichimda. Shuyam gapmi? Qibrisda, qibrislik bir yozuvchi oʻz xalqiga sabr timsoli sifatida bambukni ibrat koʻrsatishi shart¬mi?

* * *

Kichkinagina bola edim. Boshlangʻich maktabda oʻqiy boshlagan chogʻim, adashmasam, birinchi sinfni tugatganimdan keyingi yozgi ta’tilga chiqqan paytlar edi.

Buvamning bir eshagi boʻlardi. U hamma biladigan yirik, Qibrisning filday eshaklaridan emas, qiltillagan eshakcha edi.

Bir kuni buvam menga:
— Yur, seni bir oʻynatib kelay, — dedi.

Qanaqa quvonganimni bilsangiz edi.

Toʻrtta idishga suv toʻlatib, ikkitasini eshakning oʻng va chap yoniga osilgan xurjunlarga soldi. Qolgan ikkitasini arqonga bogʻlab, eshakka ortdi. Keyin meni ham eshakning ustiga mindirib qoʻydi.

Buvam boshvoqni qoʻliga olib, yoʻlga tushdi. Eshak, ustida yuklar, men, erinibgina uning ortidan yurdi.

Yoʻl baland-pastli, oʻydim-chuqurli, togʻli-tepali edi. Ammo eshak ustida borayotganim uchun kayfim chogʻ, ichimga sigʻmasdim. Toʻgʻri, sal-pal sollanib borardim, biroq bu parvoyimga kelmasdi, rosa miriqayotgandim!

Bechora buvam esa oʻlguday charchagan, harsillab nafas olardi. Shunga qaramasdan, toʻxtamay yurib borardi. U paytdagi bola holimda anglamagan boʻlsam ham, buvam oʻshanda oltmish beshlardan oʻtgandi.

Keta-keta bir yam-yashil vodiyga yetdik. Uning oʻrtasini ekinzorlar, atrofini zaytun daraxtlari va turli butazorlar qoplagandi.
— Bu vodiyni Voʻligari deyishadi, — dedi buvam menga oʻgirilib. — Eng koʻp qush ovlanadigan joy shu yer boʻladi! Katta boʻlganingda, sen ham kelasan bu yerlarga.

Vodiy ichida anchagina yoʻl bosdik. Bir qiyalik qarshisida toʻxtadik.
— Mana shu yer bizniki, — dedi buvam.

Meni eshakdan tushirdi. Arqonlarni yechib, suv idishlarini yerga qoʻydi. Keyin xurjundagi ikkita suv idishini ham olib, ularning yoniga joylashtirdi.

Soʻngra xurjunlarni, eshakning toʻqimini olib, yerga tashladi.

Eshak shir yalangʻoch boʻldi. Uzoq yoʻldan yuk bilan kelib ancha charchagandi. Uni bir ogʻoch koʻlankasiga yetaklab borib, boshbogʻini oʻtlay oladigan darajada boʻshatib, daraxtga bogʻlab qoʻydi.
— Oldin ishimizni bitiraylik, keyin oʻtirib tin olamiz. Qani, men bilan yur-chi, — dedi buvam.

Sal naridagi, qiyalik etagidagi yerga bordik. Bu yerda qator qilib ekilgan zaytun koʻchatlari bor edi.
— Bular zaytun koʻchatlari, hali yosh, — dedi buvam birini silay turib. — Yaqinda ekdim bularni. Oʻsib, ka-a-atta zaytun ogʻochi boʻlajak. Men balki koʻrmasman. Bularning mevalarini terib olayotganda, meni eslab yurarsan, bolam.

Suv idishlarini birma-bir koʻchatlar tagiga keltirdi. Barcha koʻchatni menga sugʻortirdi.
— Bular sening ogʻochlaring. Sen sugʻording. Sen ularga jon berding, — deya buvam menga yaxshi gaplar aytib, koʻnglimni koʻtardi.

Oʻsha yoz ta’tilida bir necha marta oʻsha tarzda, bir necha mil uzoqdan eshakda suv tashib kelib, koʻchatlarni sugʻorganimizni yaxshi eslayman.

Bu orada yillar suvday oqib oʻtib ketdi.

Boshlangʻich va oʻrta maktabni tugatgach, universitetda oʻqidim, uni bitirguncha qishloqdan, u yerdagi turmushdan ancha uzoqlashdim.

Universitetni tugatgan yilim Qibrisda urush boshlanib qoldi. Boshqalar kabi men ham ona qishlogʻimni rumlarga tashlab chiqib ketishga majbur boʻldim...

Buvamning «Bu seniki» degan zaytun koʻchatlarining katta boʻlib-boʻlmaganini esa koʻrolmadim. Chunki Voʻligari deyilgan u goʻzal vodiyga boshqa borolmadim.

Yaxshiyamki buvamning umri uzun ekan, birgalikda ekkanimiz oʻsha zaytun koʻchatlarining unib-oʻsganini, meva berganini oʻz koʻzi bilan koʻrdi.

1968 yildan Qibris orolida yana tinchlik boshlandi. Bir kuni qishloqqa buvamni koʻrgani borganimda, u menga oʻsha koʻchatlar haqida gapirib qoldi:
— Sening zaytunlaring ham oʻsib, kap-katta ogʻoch boʻlib ketdi. Meva ham bera boshladi. Qachon borib koʻrasan, ularni?
— Biror kun birgalikda borib koʻrarmiz, buva, — dedim.

Ne yoziqki, buvam bilan vodiyga borish bizga nasib etmadi. U oʻsha koʻrishganimizdan koʻp oʻtmay vafot qildi.

Shundan keyin bir necha bor buvamni tushimda koʻr¬dim... U har doim «Borib zaytunlaringni koʻr» derdi.

Nihoyat bir kuni vodiyga borib, oʻsha zaytunlarni koʻrdim.

Haqiqatan ham koʻchatlar ulgʻayib, katta-katta daraxtga aylangandi. Bir paytlar buvam bilan birga oʻtqazgan zaytunlarimni birma-bir koʻzdan kechirdim, tanalarini suyib siladim, koʻlankalarida oʻtirdim. Otamning, buvamning, boshqa qishloqdoshlarimning zaytun daraxtlari haqidagi gap-soʻzlarini esladim.

U insonlar uchun har bir daraxtning tirik odam kabi, uylaridagi hayvonlariyu parrandalari kabi qadr-qimmati bor edi.

Zaytunga kelsak, har bir koʻchatning unib-oʻsishi uchun yillarcha qunt bilan mehnat qilish, sabr bilan parvarishlash, meva berishini esa sakkiz-oʻn yil kutish kerak boʻlardi.

Bundan tashqari, suv anqoning urugʻi boʻlgan bu orolda har kim ham zaytun ekishday ogʻir ishga qoʻl uravermasdi. Buvam oʻsha zaytun koʻchatlarini oʻtqazarkan, ularning tutishi, ildiz otishi uchun millarcha uzoqlikdan eshak ustida suv tashib keltirarkan, endilikda taxmin qilishimcha, ularning daraxt boʻlib, meva berganini koʻrolmasligini ham bilgan, bilganu bu ogʻir yumushdan voz kechmagan.

Qisqasi, Qibrisda zaytun bor ekan, sabrning timsoli deya bambukni koʻrsatish yarashmagan ish. E, zaytun qaydayu bambuk qayda!