OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Ivan Bunin. Bernar (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifIvan Bunin
Asar nomiBernar (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Klassitsizm
Mualliflar
   - Ivan Bunin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonA. Shermuhamedov
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Bernar (hikoya)
Ivan Bunin

Mening bu dunyodagi kunlarim juda oz qoldi endi.

Endi Antib yaqinida, bandargohga qoʻshni boʻlgan Dengizboʻyi Alpida bir vaqtlar Bernar haqida qilgan qaydlarim tez-tez yodimga tushadi.
— berner derazamga bir siqim qum otgan paytda men dong qotib uxlab yotardim...

Mopassanning «Suvda» hikoyasi ana shunday boshlanadi, 1888 yilning 6 aprelida, «Balamiy» yaxtasi Antib bandargohini tark etishi oldidan, Bernar Mopassanni shu taxlit uygʻotgan edi.
— Derazani ochishim bilan yuzimga, koʻksimga va vujudimga tunning farahbaxsh epkini urildi. Koʻkdagi harir moviylik yulduzlarning jonli jilvasidan titrab turardi...
— Havo bugun ayni muddao, janob.
— Shamol-chi?
— Sohildan esyapti, janob.

Oradan yarim soat oʻtdi, ular endi allaqachon ochiq dengizda edilar:
— Ufq boʻzarib borar, olisda, Farishtalar koʻrfazi ortida Nitstsaning chiroqlari, undan ham olisroqda esa Vilfranshning aylanib turuvchi mayogʻi koʻrinar edi... Hali oʻzi koʻzga tashlanmayotgak boʻlsa-da, lekin qor bilan qoplangani sezilib turgan togʻlardan ba’zan quruq va sovuq havo epkini kelib turardi...
— Bandargohdan chiqishimiz bilanoq yaxtaga goʻyo jon kirdi, yayrab ketdi, tezligi oshdi, yengil va mayda mavjlar uzra raqs tusha boshladi... Tong yorishib borar, yulduzlar bir-bir oʻchar zdi... Huv olis koʻkdv. Nitstsa ustida Yuqori Alpning qorli choʻqqilari allaqanday oʻzgacha bir pushti yolqinga chulgʻanib borardi...
— Men quyosh chyqishini tomosha qilish maqsadida rulni Bernarga berdim. Kuchaya boshlagan shabada yaxtani titroq toʻlqinlar uzra olgʻa haydardi, men qandadir, olislarda yangragan qoʻngʻiroq sadosini eshitdim. Angelus bong chalardi... Odamlar hali uyquda yotgan, lekin zamin allaqachon uygʻongan mana shu mayin, shaffof tong pallasini naqadar yaxshi koʻraman! Toʻyib nafas olvsan, musaffo havoni simirasan, biz uchun abadiy sirli va buyuk iztirobga aylangan dunyoning gugʻilib kelayotgan borligʻini koʻrasan kishi!..
— Bernar — ozgʻin, chaqqon, hayratlanarli daraja-da ozodalik va sarishtayaikka ruju qoʻygan, gʻamxoʻr sezgir, U pokdil, sadoqatli inson, ajoyib dengizchi...

Bular Bernar haqidagi Mopassanning soʻzlari. Bernar esa oʻzi haqida mana bunday degan edi.
— Men yomon dengizchi emasdim, deb oʻylayman.

Buni u oʻlimi oldidan aytgan, bu uning «Balamiy» 1888 yilning 6 aprelida, dengizga yoʻl olgan oʻsha Antibda, oʻlim toʻshagida aytgan soʻnggi soʻzlari edi!

Oʻlimidan bir oz ilgari Bernarni koʻrgan kishi shunday hikoya qiladi:
— Koʻp yillar mobaynida Bernar buyuk shoirning dengizda kechgan sarkash hayotiga hamrohlik qildi, Mopassan to oʻsha mash’um safarga, Parijga, doktor Blansh huzuriga yoʻl olguniga qadar Bernar undan ayrilmadi.
— Bernar oʻzining oʻsha Antibida hayotdan koʻz yumdi. Lekin men uni yaqindagina koʻpincha «Balamiy» langarda turadigan moʻ‘jaz Antib bandargohining nurafshon sohilida koʻrgan edim.
— Baland boʻyli, qotma, yuzlari dengiz shoʻridan dagʻallashgan Bernarni gapga solish oson emas edi. Biroq suhbat mavzui Mopassanga borib taqaldimi, bas, moviy koʻzlari shu ondayoq jonlanib ketardi, Mopassan haqida u shunday toʻlqinlanib soʻzlardiki!..
— Endi u abadiy sukut qoʻyniga choʻmgan. Uning soʻnggi soʻzlari shu edi: «Men yomon dengizchi emasdim, deb oʻylayman».

Men bu soʻzlarni u aynan qay taxlit aytganini yaq-qol tasavvur qilaman. Bu soʻzlarni u qat’iyat va iftixor bilan, oftobdan qoraygan, qarilikdan quruqshagan qoʻllari ila choʻqina turib aytgan:

Xoʻsh bu soʻzlar bilan u nima demoqchi boʻlgan? Bu dunyoga kelib, yaxshi dengizchi sifatida odamlarga naf yetkaeganidan iftixor tuygʻusimi bu? Yoʻq: tangri har birimizga hayot ila muayyan bir iste’dod ham ato etganini va uni tuproqqa qorishtirmaslikdek muqaddas burchni zimmamizga yuklaganini aytmoqchi edi u. Xoʻsh, bular nima uchun kerak? Buni bilmaymiz, Biroq biz tubiga hech qachon yetib boʻlmaydigan bu dunyoda har bir mavjudot uchun ma’no va dunyodagi hamma narsaning «yaxshi» boʻlishi uchun qandaydir maqsad zarurligini, bu ilohiy maqsadga yetishmoq esa bizning tangri oldidagi xizmatimiz, ayni paytda ham quvonchimiz, ham iftixorimiz ekanini bilishimiz shart. Bernar buni yaxshi bilar va his qilar edi. U zimmasiga xudo yuklagan kamtarin burchni umr boʻyi munosib ixlos va sadoqat bilan ado etdi, tangriga qoʻrqqanidan emas, vijdonan xizmat qildi. Shunday ekan, u umrining soʻnggi daqiqalarida oʻsha soʻzlarni aytmasligi mumkinmidi? «Bandang tavbasini dargohida qabul aylaguvchi ey birubor tangri taolo, senga va odamlarga qarata bugun shuni aytishga jur’at etamanki, men yomon dengizchi emasdim, deb oʻylayman».
— Dengizdagi biron bir narsaga Bernar befarq qarayolmas edi, deb yozadi Mopassan: nogahon duch kelgan, qaydadir ochiq dengizda shamol esayotganidan dalolat beruvchi sovuq oqimga ham, gʻarbda izgʻirin shamol turganini anglatuvchi Esterel koʻkidagi bulutlarga ham... U yaxtani shu qadar ozoda saqlardiki, hatto kemaning mis qoplangan qaysidir bir qismiga tushgan dengiz tomchisiga ham chidab turolmas zdi...

Ajabo, Bernarning bu tomchini darhol artib olishidan kimga naf boʻlishi mumkin? U esa albatta artib qoʻyar edi. Xoʻsh, nega? Nima uchun?

Axir, hammasi «yaxshi» boʻlishini hatto xudoning oʻzi xush koʻradi-ku! Bernar ham oʻz ijodining «yaxshi» ekanini koʻrib, oʻzi quvonar edi.

Nazarimda, soʻnggi kunlarim bilan xoʻshlashar ekanman, men bir san’atkor sifatida, oʻz haqimda oʻlimi oldidan bir paytlar Bernar aytgan oʻsha soʻzlarga oʻxshash gapni aytishga haqqim bor, deb oʻylayman.