OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Ivan Bunin. Yuz rupiya (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifIvan Bunin
Asar nomiYuz rupiya (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Klassitsizm
Mualliflar
   - Ivan Bunin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOlima Nabizoda
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Yuz rupiya (hikoya)
Ivan Bunin

Men bu ayolni bir kuni ertalab mehmonxona hovlisida koʻrib qoldim. Mehmonxona koʻhna gollandcha imorat boʻlib, okean sohilidagi yam-yashil kokoszor bagʻrida joylashgan edi. Oʻsha kunlari oʻzim ham shu joyda dam olayotgan edim. Keyin har kuni uni shu yerda koʻradigan boʻldim. U ayvondan ikki qadam narida boʻlgan uyning yengilgina, issiq soyasi tushib turgan joyda qamish kresloda yarim yotgan holda yastanib olardi. Baland boʻyli, mallatob, qiyiq koʻzli, kanopdan tikilgan kurtka va tor shim kiyib olgan dastyor yigitcha shagʻal yotqizilgan yoʻlka boʻylab yalangoyoq gʻart-gʻurt qadam tashlab kelardi-da, kreslo yonidagi stolchaga patnisni qoʻyar, patnisda tillo piyolada choy boʻlardi. Dastyor quruqshab, botiq lunji tomon tortilib ketgan lablarini qimirlatmasdan tavoze bilan bir nimalar derdi-da ta’zim bajo keltirib, yana qaytib ketardi. Ayol esa yarim yotgan koʻyi poxol yolpigʻich bilan oʻzini asta-asta yelpir, qora baxmaldek gʻaroyib kipriklarini bir maromda pirpiratar edi... U yer yuzida yaratilgan qaysi toifadagi maxluqot oilasiga mansub?

U obdon toblangan, danakdek ayol edi. Qahrabo koʻkraklari, yelkalari, qoʻllari va oyoqlari tizzasigacha yalangʻoch boʻlib, badaniga, sonlariga koʻm-koʻk yaltiroq mato oʻrab olgandi. Sariq ogʻochdan yasalgan sandaliga laklangan qizil tasma tortilgan, oyoqchalarining qizilga boʻyalgan tirnoqlari tasma orasidan koʻrinib turardi. Qatron sochlari boshiga gʻanak qilib turmaklangan, bu dagʻal koʻrinish uning bolalarcha ma’sum qiyofasiga aslo mos emasdi. Quloqchalarining solinchaklarida gʻovak tilla sirgʻalar tebranardi. Qop-qora kipriklari aql bovar qilmas darajada uzun va gʻaroyib ediki, Bogʻi Eramda guldan gulga uchib-qoʻnib yurgan kapalaklarni eslatardi; ular jannatiy hind gulzorlarida ham gohida xayol misoli koʻzga tashlanib qolardi... Goʻzallik, aql-idrok, ahmoqlik kabi soʻzlar aslo unga yopishmasdi, goʻyo barcha insoniy xususiyatlar unga begona edi. Darhaqiqat, u boshqa sayyoradan kelib qolgan jonzotga oʻxshardi. Soqovlik - uning soʻzsiz suvrati edi. U yarim yotgan koʻyi miq etmasdi, qop-qora baxmaldek kiprik-kapalaklarini bir maromda pirpiratar, yelpigʻich bilan oʻzini asta-asta yelpir edi...

Bir kuni ertalab mehmonxona hovlisiga riksha[1] jadal kirib keldi. Odatda, men mana shu rikshada shaharni sayr etib qaytardim. Dastyor yigitcha ayvon zinapoyasida istiqbolimga peshvoz chiqib ta’zim bajo keltirdi-da, past tovushda:
— Ser, yuz rupiya[2], - dedi inglizchalab.

Bu – usha sanamning baxosi edi. Afsus…

1944, 24 may


  1. Riksha - hammol tortib yuradigan gʻildirakli bezakdor aravacha, unda yoʻlovchi yoki yuk tashish mumkin /tarj. izohi/.
  2. Rupiya - Hindiston, Indoneziya va boshqa Hind okeani havzasida joylashgan mamlakatlarda pul birligi; xarid quvvati har xil /tarj. izohi/.