OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Ivan Bunin. Zumrad osmon (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifIvan Bunin
Asar nomiZumrad osmon (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Klassitsizm
Mualliflar
   - Ivan Bunin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Nashriyot«Kitob dunyosi» gazetasidan olindi
TarjimonNazira Joʻrayeva (Rus tilidan)
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Zumrad osmon (hikoya)
Ivan Bunin

Tungi koʻkimtir, zim-ziyo osmonda oqish bulutlar suzib borardi. Toʻlin oy atrofini ham koʻkimtir bulutlar oʻrab olgan. Kishi tikilib qarasa, goʻyo bulutlar emas, balki toʻlin oy suzayotganga oʻxshardi, atrofidagi yulduzlar bamisoli sochib yuborilgan bir hovuch javohirday koʻrinardi: toʻlin oy asta-sekin cheksiz samo uzra yuksalib borar va oʻzi bilan birga yulduzlarni ham ortidan ergashtirib ketayotgandek edi.

Ochiq deraza raxida boshini ortiga tashlagancha osmonga tikilib oʻtirgan qiz oʻzini samodagi ajib tovlanishlardan boshi biroz aylangandek his etdi. Qizning yonida yigit turardi.
— Bu qanday rang ekan-a, hech ajratolmayapman! Tolya, siz ajrata olasizmi?
— Kisa, nimaning rangini?
— Sizga necha marotaba aytishim kerak, ismimni bunday atamang deb...
— Uzr-r, Ksenya Andreyevna.
— Men bulutlar ortida qolgan osmonning rangini aytayapman! Hayratomuz rang-a! Ham qoʻrqasan, ham hayratga tushasan kishi. Haqiqatan ham bu samoviy, yerda bunaqasi uchramaydi. Zumradga oʻxshaydi.
— Osmonda koʻrinayaptimi, demak, u samoviy. Qiziq, nima uchun u zumrad boʻlarkan — Zumradning oʻzi nima — Ranglar qorishmasimi — Men uni hech koʻrmaganman. Bu soʻz shunchaki yoqib qolgan, xolos.
— Ha. Ehtimol, bu zumrad emasdir, balki shunga oʻxshash narsadir... bunaqasi, ochigʻini aytsam, faqat jannatda uchrasa kerak. Bu ajoyibotni koʻrib turib, jannat, farishtalar, Arshi a’lo borligiga qanday ishonmaslik mumkin?..
— Sambit daraxtida sap-sariq noklar..
— Tolya, siz judayam aynib ketgansiz, Marya Sergeyevna, esi past qiz har qanday yosh yigitdan afzalroq, deb haq gapni aytgan ekan.
— Kisa, u juda toʻgʻri aytibdi.

Qiz egniga olachipor gulli chit koʻylak kiyib olgandi, oyogʻida esa arzon poyabzal. Uning boldiri va tizzalari toʻla, sochlari kalta qilib qirqilgan, boshini koʻrganni rom etadigan bir nozik tarzda xiyol ortiga tashlagandi... Yigit bir qoʻlini qizning tizzasiga qoʻyib, ikkinchi qoʻli bilan uning yelkasidan quchdi va labidan boʻsa oldi. Qiz oʻzini uning ogʻushidan asta boʻshatdi-da, qoʻlini tizzasidan olib qoʻydi.
— Tinchlikmi, xafa boʻldingmi?

Qiz boshini deraza kesakisiga tiradi, shunda yigit qizning labini tishlagancha yigʻlavoray deb turganini koʻrdi.
— Senga nima boʻldi?
— Ey, oʻz holimga qoʻying...
— Ayt, nima boʻldi oʻzi?

Qiz shivirlab dedi:
— Hech narsa...

U deraza raxidan sakrab tushdi-da, yugurib ketdi.

Yigit yelka qisib qoʻyarkan:
— Jinni boʻlganmi u! — deb qoʻydi.

1940 yil, 3 oktabr