OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Ivan Vazov. Manzara (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifIvan Vazov
Asar nomiManzara (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Bolgar adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Ivan Vazov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonMiraziz A’zam
Hajm22KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/23
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Manzara (hikoya)
Ivan Vazov

«
Ulugʻ shoir, nosir va dramaturg Ivan Vazov 1850 yilda Bulgʻoristonning Bolqon togʻi etagidagi Sopote shahrida boy tijoratchi oilasida tugʻilib, 1921 yilda Sofiyada vafot etgan. Otasi katta savdogar edi. Onasi kitob oʻqishni sevadigan uy bekasi oʻgʻlini ham kitobxon qilib oʻstirdi. Oldin mahalliy maktabda, soʻng oʻsha paytdagi katta madaniy markaz hisoblangan Plovdiv shahrining gimnaziyasida oʻqidi.

Birinchi she’rini oʻn olti yoshida yozgan edi. Matbuotda ilk bora «Qaragʻay» degan she’ri e’lon qilinganida yigirma ikki yoshda edi. Bu she’r darhol keng oʻquvchilar ommasining diqqatini qozondi. Otasi «bunday mayda-chuyda ishlarni qoʻy», deb uni savdo sohasiga boshladi, onasi esa «tinmay yozaver», deb maslahat berdi. U otasi bilan Rumыniya va boshqa mamlakatlarda uncha-muncha savdo bilan shugʻullanib yursa ham, asosiy vaqtini adabiyotga, ijodga bagʻishlar edi. Bora-bora butunlay adabiy faoliyatga berildi.

Tarixdan ma’lumki, bu paytda Bulgʻoriston Usmonli imperiyasining bir qismi edi. 1877-78 yillarda Rossiya-Turkiya urushi yuz berib, Turkiya yengildi, natijada 1879 yilda Turkiyaga tobe Bolgariya knyazligi tashkil topdi. 1908 yilda esa butunlay mustaqil davlatga aylandi.

Albatta, hamma mustamlakalar kabi, Bolgariya ham mustaqillik uchun kurashgan, undan umidi katta edi. Ammo milliy davlat tepasiga kelgan liberallar boylarning manfaatini himoya qildi. Xalqning hayoti ogʻirlashdi.

Ivan Vazov ham avvaliga milliy ozodlik uchun kurashchilar qatorida edi, ammo xalq turmushining ayanchli ahvolini koʻrib, oʻzi boylardan boʻlishiga qaramay, xuddi rus yozuvchilari Pushkin, Lermontov, Gogol, Tolstoy kabi bulgʻor xalqining, ayniqsa, ezilgan dehqonlarning haqlarini himoya qiluvchi asarlar yozdi. Oʻzining xalqchil she’r va dostonlari, roman, qissa va hikoyalari, sahna asarlari bilan chin ma’noda xalq yozuvchisiga aylandi.

Ivan Vazovning ijodiy merosi juda boy. «Bayroq va gusla», «Bolgariya iztiroblari», «Qutilish», «Unutilganlar dostoni», «Dalalar va oʻrmonlar», «Sargardonlar qoʻshigʻi», «Osmonimiz ostida», «Uchta soʻz — uch dara» kabi oʻnlab she’riy toʻplamlari, «Mahobat», «Tepalik ortida» kabi dostonlari, «Yangi yer», «Kazalar yurtining shohinasi», «Zulm» kabi romanlari, «Xoʻrlanganlar», «Mitrofan va Dormidolskiy», «Dali oʻrmon sayohati» singari qissalari va yuzlarcha hikoyalari bosilib chiqqan. Rus tilida uning olti jildli «Asarlar» toʻplami nashr etilgan.

«Turkiston» gazetasidan olindi
»

Ob-havosiga sal-pal chidasa boʻladigan qish kunlarining birida, neshindan keyin Lom yoʻliga aylangani chiqdim. «Aylangani chiqdim» soʻzlarini eshitganda, oldinga va orqaga siljuvchi har xil odamlar orasida odob saqlab, asta-asta ketayotgan, modaga muvofiq kiyingan, tanishlar uchraganda, nazokat ila jilmayib, ehtirom-la t'zim bajo aylab, tinmay shlyapalarni koʻtarib qoʻyishlarni tushunadigan doʻstlarni ogohlantirib qoʻyay, ularning umidi puchga chiqadi: bu yul u qadar yoqimli koʻrinishga ega emas. Sofiyadan har xil yunalishda yam-yashil dalalar boʻylab sariq tasmalarday tarqalib ketuvchi katta yoʻllar orasida Dunay boʻyidagi Lom shahri bilan tutashtiruvchi bu yul eng kimsasiz va boshkent odamlari mensimaydigan tarafdir. Sofiyaliklar shapqqa va janubga boradigan yoʻllarda aylanib yurishni afzal koʻradilar. Lom yoʻlini faqat dehqonlarning gursillagan odamlari jonlantiradi: har payshanba, ya’ni bszor kuni, olomon turnaqator manzara hosil qilib, shovqinlagancha Sofiyaga talpinadi. Lekin bu yoʻlning bir bebaho ustunligi borki, uning boshqa kamchiliklarini ortigʻi bilan qoplab yuboradi: odam bu yulda maza kilib yolgizlanishi, toʻgʻrirogʻi, oʻzini erkin his qilishi mumkin. Balki, bu mening nazarimda shundaydir. Chunki koʻpincha odam shahar shovqini va yugur-yugurlaridan bir daqiqaga boʻlsa ham bir qutilgisi, siqilmasdan toza havodan butunlay erkin nafas olgisi keladi, maza qilib fikr va hayollarga berilgan holda, jamiyat rasm-rusmlari iskanjasidan forigʻ boʻlib, zolimlarga soniya sayin qullarcha boʻyinsunish taomilidan chetda, xohlagan yerida tentirab yurgisi keladi, goh u yon, goh bu yonga qarab, xech narsa kerak boʻlmasa ham, birovga tazim qilib, birovning ta’zimiga javob qaytarib, turmush behalovatligi, yolgʻon va munofiqlik (tilyogʻlamalik) teatrida qatnashish, beixtiyor buning ishtirokchisi boʻlishdan qochgisi keladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Lom yoʻli — benihoya goʻzal joy, favqulodda ishonarli boshpanadir.

Yana bir zoʻr tomoni shuki, bu yerda koʻz oʻngingizda bagʻoyat ajoyib, tasvirlash imkoni boʻlmagan panorama, betakror koʻrinishlar yaslanib yotadi. Koʻzlarni maftun etuvchi, koʻngillarni antiqa shodlik bilan toʻldiruvchi manzaralar: bu yerda shunday yengil-engil tin olasizki, bu yerdan keng Sofiya tekisligi uzra ajib togʻlar silsilasi butun yaxlitligi bilan, koʻrki-jamoli-yu, goʻzalligi bilan qad rostlagancha koʻrinib turadi. Bu yerda koʻxna nizmalar (Stara-planina) yap-yaqin, uning son-sanoqsiz past-baland tepaliklarini rohatlanib tomosha qilasiz, bitmas-tuganmas tizmalari ufqning butun shimoliy qismini egallab yotadi. Olis- olislardan bir qaraganda bu unchalik baland boʻlmagan va oʻrmonsiz togʻ choʻqqisi xuddi bir xil va hech nimasi bilan e’tiborga loyiqmasga oʻxshab koʻrinadi ammo musavvirning oshiq nigohi unda shunday kutilmagan tafsilotlar, shunday bir nafislik, chizgilar, shakllar, ranglar, burilmalarini koʻrish mumkinki... ayniqsa, quyosh uni yon tomondan yoritganda tabiyatning bu komil asari qarshisida zavqdan nafasi tiqilib qolishi hech gap emas. Koʻhna tizmalar janubdagi bahaybat va salmogʻi ogʻir Vitoshaning butunlay teskarisi, Vitosha haqida ham shunday hayolga boradi kishi.

Tabiyat Men qachon uning qarshisida toʻhtasam, yuragim ivib ketganday boʻladi, bugun borligʻim eng yahshi, sokin kechilmalar bilan toʻlmagan payti boʻlmaydi. Faqat u bilan birga boʻlgan paytlarimdagina ichimdagi qabih xovotirlar va kundalik mayda-chuyda manfatlarining ovozi oʻchadi.Inson tabiyat bilan opoq-chopoqlikda yolgʻiz va qushday erkin boʻladi. bolaga aylangan paytlari oz boʻlmaydi, bu dunyoda borligidan anglashilmas quvonch his qiladi, Olloh goʻzal, yorugʻ, ulugʻvor qilib yaratgan barcha narsalardan hech qanday toʻliqsiz, toʻyguncha orom oladi, undan lazzatlanadi, uni sidqidildan yaxshi koʻradi. Agarki Xoluq insonni chala qilib yaratgan boʻlsa, agar ayblari, hirslari, buzuqliklari, ruoʻiy va jismoniy qusurlari oliy komillikdan juda uzoqda boʻlsa, unutmaganki, tabiyat uning asliday koʻrinishga ega uning oʻziday ulugʻ, uning oʻziday mangu, uning oʻziday ilohiy va mehribondir.

Men fevral oyida Lom yoʻli boʻylab bir sayrga chiqqandim, bu sayr ruximda chuqur va hchmas tassurot qoldirdi. Kul rangidagi quyuq bulutlar butun osmonni qopladi, ammo shunday balandlikda, toh tizmasinig oppoq choʻqqilari bulutdan holi qoldi. Anchagina kuchli, lekin sogʻlom va yoqimli bir izgʻiriq ob-hovo tinch sal-pal koʻkargan kuzgi arpapoyalar bilan yonma-yon choʻzilib ketgan yoʻlda aravalar zarang qilib yuborgan izlarinig oxiri koʻrinmaydi. Bu izlarning qoq oʻrtasida bir soʻqqmoq oʻtganki, u xam yurilaverib qotib ketgan. Bu soʻqmoq boʻylab ketishning u qadar ogʻirligi yoʻq. Qish sovuqlari qamargan kengliklari mungli sukut ichra mudraydi faqat qaqilaganicha qargʻalar galasi uchib oʻtadi, yo telegraf simlariga qoʻnadi va yo yerga qoʻnadi. Oqsochli Vitosha va koʻhna tizmalarning qorli choʻqqilari oʻz sovuq osmonlardan kafanlari yirtilib har yer har yeri ochilib qolgan oʻlik dalalarga qandaydir ogʻir, anglashilmas jiddiy nazar bilan qarab turishardi. Gʻarb tomonda, uncha tik boʻlmagan, past-baland Visker tizma togʻlarning yonbagʻirlari uzoq-uzoqlarga qarab ketgan, u yoqlarda bulutlar dasta-dasta boʻlib butun ufq boʻyi to yergacha osilib tushgani koʻrinib turadi. Va u tomonidan kelayotgan quruq va sovuq shamolga qarab u yerda qor yogʻayotganini fahimlash qiyin emasdi. Yoʻlda hech zot yoʻq edi. Butun manzara sirdi goʻzalikka toʻla - qish osmoni ostida allaqanday she’riyat ufurib turardi ... Gap qishning jozibasiz va ma’yus manzarasi ustida ketayotganda, ehtimol bu ikki soʻz gʻalati eshitilar. Goʻzalik va she’riyat hayot tushunchasi bogʻliq ular odamda yorqin ranglar charogʻonlik bayrami, billur jilgʻalaring shildir-shildiri sokin soyalarda pichirlashayotgan yarpoqlar, oydin kechalarning sehirlovchi jimligi haqidagi tasavvurini jonlantiradi. Ammo oʻlik sukunatchi, hech qanday harvkatning yoʻqligi miq etgan bir ovoz insoniy haroratning yoʻqligichi? mayitli tobut koʻrinib turganda goʻzalik tuygʻusi uygʻonadimi? Goʻzalikning birorta unsuri boʻlmagan joyda she’riyat nafasi seziladimi? Bilmadim, ammo bu gʻamgin qish manzarasida shunday goʻzalik shunday sh'riyat mavjud ediki, shoirning qalami mussavirning moʻyqalami buni gavdvlantirishga kirishsa, barcha urinishlar zoe ketardi ular koʻklamninig shodliklariga toʻla manzarasini boy ohang va qirralari bilan tasvirlashda qiynalmay nozik sa’nat shakillarini yaratgan boʻlsalarda men aytgan goʻzalik va she’riyatni yaratishda anchagina qiynalgan boʻladilar. Bu qish manzarasinig goʻzaligi va she’riyati his qilinar idrok etdilar fikr goʻzaligeday gʻoyaning kuchiday koʻnglidan joy olar edi.

Bu hazin manzara butunicha shoirona niyatlarga uygʻun edi, necha kundan buyon mening hayolimdan ketmay yurgan rejamga mos kelardi. Men teran uylarga choʻmgancha temiryoʻl bekatidan bir chaqirimcha beridagi qorovulhonaga yetib bordim.

Visker tomonidan esayotgan namchil shamol yuzlarimga mayda qor uchqunlarini ura boshladi. Keyin oʻovoda chir-chir aylanayotgan va bir-biri bilan toʻqnashayotgan para-para qorlar izma-iz keldi. Endi quyuq bulutlar mening boshim ustida qalashadi. Qosh qoraya boshlashi bilan sovuqning qahri oshdi. Shu asnoda bir qari dehqon ayolni uchratib qoldim. U nimagadir ulgurmay qolgan, hassasini toʻqqilatib oshqqancha tez-tez kelardi. Yoʻlimiz baravarlashganda, men toʻhtab uega salom berdim. Alik olib, u ham toʻhtadi. «tan-joningiz sogʻ boʻlsin» deb qoʻydi.

Musichadekkina, juda qari ayol edi. Kiyim va latta-puttalar tugunga oʻhshab ketadigan bir yuk, botiq koʻkraklari ustidan kesishgan iplar bilan sirtiga bogʻlanganligi sababli, tomirlari boʻrtigan, qoq suyak qoʻllari boʻsh qolgan edi.
— Qayoqdan kelayapsiz buvijon? - soʻradim men.

U men bilmaydigan bir qishloqning otini aytdi.
— U bu yerdan uzoqmi?
— Men kallaiy saharlab yoʻlga chiqqandim... Uzoq togʻlarda yashaymiz. Demak roppo-rosa oʻn soat yoʻl yuribdi, men uni uchratganimda ham dearli chopib ketayotgan edi.

Men beixtiyor yoshini soʻraganimda;

Yetmishlarga bordim-ov - dedi Ha taqsir yetmishlardaman. Uning aft angori ham buni tasdihlar edi. Voy xudoyim-e yillar ogʻir mehnat mahrumiyatlar iskanjasida oh-vohsiz oʻtgan qiyinchilik va mashaqqatlar unineg yuzida na qadar chuqur yemurovchi izlar qoldiribdi-ya.

Bu qoq suyak tika madori qurib qoraeb tuproq rang boʻlib ketgan yuzini hamma yoʻnalishida hunukdan - hunik ajinlar qoplagan edi. Hayot barcha shavqatsiz jabru jafolarini shu yuzida aks etirgan, ayolga hos biron bir insoniy nafislikka oʻrin qoldirmagandek tuyilardi. Bu yuz holi joni qolmagan va gʻazabi qaynagan hoʻkizlardek allaqanday jirkanch ifodali mash'um bir niqobga oʻhshab koʻrinardi.

«Qoray, teri, chida, jon» - necha-necha asrlar boʻyi davom etgan qullik azoblar ta’rifiga sigʻmaydigan uqibatlar buogʻor halgʻining qalbidan mana shu soʻzlar aqlga kelardi. Faqat uning xira va soʻnik nigoxili koʻk koʻzlarida endi bu qoʻrqinchli niqobni jonlantirib yuruvchi allaqandayiliq beozor mayus bir nur paydo boʻldi.

Birdan qaerdadir juda yaqin joyda allaqanday xovoncha pixxiladi. Men atrofga angladim.

Zoʻrgʻa eshitiluvchi boʻgʻilangan zayf ovoz takrorlandi.
— Bolani qayoqa olib ketayapsiz buvijon? Kimning bolasi u?- deb soʻradim undan, bola uniki emasligini tushundim.
— Kelinimnig bolasi -javob? hali zigʻirdek kechagina tugʻuldi.
— Kecha? uni qayoqa loib ketayapsiz?
— Sofiyaga olib ketayapman. Onasi kechani oʻzida uzildi... men saharlab yoʻlga chiqdim, Qorongʻi tushgancha yetib olay deb shoshilib ketayapman... Ham qichqirdi... Hali bir martayam egani yoʻq. Yetim qoldi...
— Kampir menga titroq ovoz bilan oilasidagi gʻamgin voqiyalarni gapirib berdi.

Kecha kelini koʻzi yoriyotganda vafot etibdib, bundan ikki oy oldin uning eri kampirnig navqiron oʻgʻri qandaydir noma’lum bir kassalikdan oʻlgan ekan. Bor-yoʻgʻi oʻn hondonli qishloqda yangi tugʻilgan chaqaloqni emiza oladigan birorta ham juvon topilmapdi, bola esa ochlikdan oʻlay depti . Uy sovuq, oʻtin yoʻq shamol lattalarining tagigacha kirib badanni muzlatadi... Gʻam-gʻussa va qashoqlik. Oʻzi bolani sofiyaga olib borishga ahd qilibdi balki kimdir olar. Uerda hech kimni tanimaydifaqat bir karvonsaroyning boshligʻini biladi qachonlardir u yerda bir qoʻnib oʻtgan.

Na otasi, na onasi bor... Ollohning huzuriga ketishdi. Men qoʻlidan bir ish kelmaydigan kampir uni parvarish qila olmayman. Ertaga oʻzim oʻlib qolish hech gap emas... Mana kimgadir berishga shaharga olib ketayapman-xursinib takrorladi u- Olgisi kelgan odam topilib qolar. Yoʻqsa shoʻrlik ochlikdan oʻlib qoladi, halizgacha emizilmagan.

Latta-putalar ichida boʻgʻilib ketgan chaqaloq xuddi kampirning gapini tasdiqlaganday, qattiq avvalgidek oʻtkirroq ovoz bilan chinqirib yubord, ammo shu ondayoq yana jim boʻlib qoldi. Men koʻkarib ketgan tboshchasinining latta-puttalar bekitolmagan va keskin shom sovugʻidan sagʻlolmagan bir qismini koʻrdim.
— Balki, Sofiyada xudoning roziligi uchun shu qoshiqday bolachaniasrab olishga koʻnadigan yaxshi odamlarni bilarsan?

Men, bola qizmi,yo oʻgʻilmi deb soʻradim.
— Qiz deb javob berdi kampir.

U nochor koʻzlarimdan yordam beraolmasligimni anglab, menga ta’zim qildi va chopa-chopa ilgarilab ketdi.

Bola lattalar ichida bigʻilardi sovuq hovoda guppilab yogʻayotgan qorning pagʻa-pagʻa uchqunlari ochiq qolganbir burdagina ochiq qolgshan boshchasiga urilayotgandirki uning ovozi oppoq keng dalalarda goh tinib goh taralib borar edi.

Men boʻlsam qorli kengliklar aro sirtida bola bilan yoʻq boʻlib borayotgan pastgina boʻyli kampirdan koʻzlarimni uzolmay mixlanganday turgan joyimda qotib turardim.

Oʻshal daqiqada koʻnglimni toʻlatib yuborgan ogʻir fikrlar va ilojsiz azoblarni hech qachon unitmaymanyu men shundoq yongigasida mamaqaldiroq guldirab gangib qolgan odamga oʻhshardim. Oʻzgarib boʻlmaydigan ayovsiz,shavqatsiz hayotning bu qoʻrqinchili fojiyasi, qahri qattiq turmushning bu haqiqati odam har kuni har qadamda toʻqnash keladigan ming-minglab odamlarning biri mening yuragimning ildiz-ildizgacha zirqiratib yubordi.

U menga katta bahtsizlikni koʻrganda har qanday odamda ham uygʻonadigan ayanch va xamdardlikni emas, allaqanday boshqa bundan daxshatliroq vijdon azobiga yaqin turadigan ichki gʻalayonli hovotirga oʻhshash bir tuygʻni uygʻotdi... Hozirgina shul daqiqada menig qalbim shirin xayollarning yengil toʻlqinlarda jon koitmay suzayotgan bir paytda toʻsatdan shundoq burni-burniga toʻqnash kelgan bir odamning chorasiz munosabati, menga.

Dunyoviy yovuzlik shaxsi oldida, atrofimda xoʻngrayotgan, koʻzyoshlari sel boʻlgan, quturgan dengizga oʻxshab butun borliqni yutib yuborayotgan buyuk dunyoviy Dard=alam qarshisida mening jinoiy manmanligim, mening xudbinligimga qarshi otashin norozilikday, ta’naday ta’sir qildi... Shunda boshqalarning boshidagi ofat haqida oʻylashga yoʻl bermaydigan toʻq va farovon hayotimiz koʻz oʻngimda shunday jirkanch boʻlib koʻrindiki! Biz koʻnglimizda shunday e’zozlaydigan va avaylaydigan nozik ruhiy ehtiyojlarimiz va dardlarimiz menga baxtsiz xalqning ogʻir taqdiridan shafqatsizlarcha kulishga oʻxshab koʻrindi.

Ayanchli ahvolda halok boʻlgan ota, koʻzi yoriyotganda oʻlgan ona, ikkovining ham hech qanday tibbiy yordam koʻrmaganligi, ochlik= yalangʻochlikda, shunday bir sovuq paytda kechagina, ehtimolki, bugun kechasi tugʻilgan baxti qaro yetimcha, shunday osongina va koʻzga tashlanmay yoʻqolgan butun bir mehnatkash oila, — bular xalq ommasining kundalik hayotidagi doim boʻlib turadigan oddiy bir hodisa, xolos. Va bu omma sabr=toqat bilan, tovush chiqarmay mashaqqat bilan ogʻir kun kechiradi, taraqqiyotimiz, madaniy yutuqlarimiz, nozik ruhiy lazzatlar, ezgu maqsadlar va ahvolni yaxshilash zarurligi toʻgʻrisidagi balandparvoz gaplarga qiziqmaydi. U hatto bizdaylar borligini xayoliga ham keltirmaydi, ishlaganda, qiynalganda va oʻlayotganda bizga zarracha muhtojligi ham boʻlmaydi...

Yuragimda bunday qizgʻin tuygʻular uygʻonishi uchun menda asosli sabablar bormidi? Kutilmaganda ogʻir taassurotlar iskanjasiga tushib qolganim uchun azob=uqubat chekayotgan bashariyatning koʻp qismini tashkil etuvchi birodarlarimiz oldidagi mas’uliyatimiz kuchini juda oshirib yubormadimmi? Ozchilikni tashkil qiluvchi biz, imtiyozli guruhlarga, shaharlarda yugur-yugur, dabdaba, olijanob quruq gaplar bilan ovunib yurish imkonini bergani, ammo taqdir hamma narsadan mahrum qilgan juda katta koʻpchilikning yarasiga malham qoʻyishda tamoman kuchsiz boʻlgani uchun madaniyatimiz aybdormi? Bilmadim. Ammo oʻshal daqiqada bu tuygʻu va fikrlar seli meni shiddat bilan shunday bosgan ediki, men uning oqimidan qutulolmas edim, achchiqlangan qalbim yovuzlikni sharhlashni, tushuntirib berishni qat'iyan talab qilar edi va men hammasini ijtimoiy tuzumda, bizning qarshimizda qad koʻtargan Buyuk Yolgʻonda koʻrar edim... Va men ongsiz ravishda jahoniy haqiqat, umumbashariy ma’murlik, baxt-saodatni orzu qilgan xayolparast tolstoychilar, muruvvatli tush sohiblari va boshqa qoyilmaqom xom xayol kishilar guruhiga nazar tashladim.

Oʻz-oʻzimga tinmay savol berardim: bu baxti qaro qishloqi bugun kimga yalinadi, kimga, bolamni asrab ol, deydi? Bu katta, uning uchun begona shaharda qayoqqa bosh uradi? Kim oʻziga qabul qiladi bu bola bechorani, agar bugun oʻlmay qolsa, kim boqib oladi, oʻlay deb turgan yetimcha uchun biron mehrli ona yuragini topolmasa, bir iliq beshik, bu sovuqda qotib qolgan qoshi qoshiqdakkina gavdachaga hayot haroratini oqizishga tayyor bir koʻkrakni topolmasa, kampir shoʻrlik nima qiladi? Bola uchun na boshpana, na mehr-shafqat topolmaganidan keyin — gap bizning jamiyatimiz haqida borayotgani uchun shunday hol yuz berishiga shubha qilmasa ham boʻladi — bir oyogʻi yerda, bir oyogʻi goʻrda turgan bu qari kampir unga qanday qarasin, uni qanday ulgʻaytirsin? Butunlay zoe ketadigan urinishlar kabi, hech hal qilib boʻlmaydigan muammolar ham boʻladi. Bunday muammolar qarshisida mardlik va jasorat ham oʻrnini butunlay kuchsizlikka boʻshatib berar, inson taqdirning achchiq qarori oldida qoʻli hech qanday ishga bormay qolar ekan. Haqiqiy hayotning mash'um sharpasini koʻrmaslik uchuen undan oʻzini olib qochar, uni oʻzini koʻrmaslikka olar ekan.

Kampir mendan taxminan yarim kilometrcha uzoqqa ketib oʻlgoʻrgan edi, men boʻlsam damba-dam orqamga oʻgirilib, oppoq laylak qor toʻrlari orasida uning tez-tez ketayotgan shaklchasini koʻrardim. Keyin birdan orqaga qaytdim: unga yetib olish kerak! Nimaga? Nimagaligini oʻzim bilmasdim, lekin nimadir qilishim, unga yordam berishim kerakligini, bolaning taqdiri toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishim, hech boʻlmaganda shu sovuq kechada biron yerga joylashtirishim kerakligini, bolaning taqdiri toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishim, hech boʻlmaganda shu sovuq kechada biron yerga joylashtirishim kerakligini sezdim. Mening shaxsiy shart-sharoitlarim yaqin kishim, birodarim uchun chinakamiga oʻz manfaatlarimdan kechib, fidoyilik qilish burchini ado etishga hech qanaqasiga yoʻl bermas edi. Balki, bu bir bahonadir... Inson oʻzining toshbagʻirligini odob-ahloqning istagan bir niqobi ostiga yashirishga moyil boʻladi. Ammo u oʻzining ichidagi hakam, ilohiy Qozi — Vijdonni alday oladimi? Aslo. U faqat vijdon azobining shiddatini biroz pasaytirishi, ozgina tizginlashi mumkin... Bu holis qozi ham oʻzaro kelishuvga, murosaga moyilroq boʻladi. Men ham oʻzimcha bir murosaga keldim: kampir bugun kechasi boshpana va ozgina sut topib, bolani toʻygʻazishi uchun hozir unga bir qadar pul beraman, ertalab esa u yoq, bu yoqdan kerakli ma’lumotlar qidiraman, hech boʻlmasa bir kun yashab turishiga imkon topaman, shu tariqa uni muqarrar oʻlimdan saqlab qolaman.

Koʻnglimda shunday cheksiz rejalar bilan kampirning izidan yugurdim. Qor kuchaygandan kuchayib borar, men endi uning sharpasini arang farqlar edim. U shlagbaum oldida toʻxtadi; bildimki, u qorovul bilan gaplashyapti. U ushlanib qolgan vaqt bizni ayirib turgan masofani ikki baravar qisqartirishga yordam berdi. Shamol qor uchqunlarini uchirar, gohida ularni burqiratib tikka koʻtarardi. Temiryoʻl koʻtarmasiga yetib, shlagbaumdan oʻtganimda kampirning katta yoʻldan oʻngga burilganini va soʻqmoq boʻylab shoshgancha oʻrmon yalangligiga yoʻnalganini koʻrdim. Bu yetmish yashar kampir qandaydir serharakat qizaloqday qiynalmay yugurardi! Men uni qichqirib toʻxtatmomoqchi boʻldim, ammo kuchli shamol ovozimning sadolarini yon tomonga surib ketardi. Nihoyat u koʻhna turk istehkomining chap tomonidagi Konyuvitsaga yetdi va Knyajevsk daryosi boʻyiga tushdi. Ikki=uch daqiqada men bu daryo koʻprigida edim. Har yoqqa olazarak boʻlganimdan foyda chiqmadi. Kampir eski bir mahallaning tor koʻchalarida gʻoyib boʻlgan edi. Mening qidirish va tentirashlarimdan bir natija chiqmadi: men uning izini va yaxshilik qilib quvonish imkonini butunlay yoʻqotdim. Shamol, qattiq jazavasi tutib qorboʻronga aylangan, shiddatli tezlik bilan hufton qorongʻisida qor bulutlarini u yoqdan bu yoqqa quvar, eshik va derazalarni taqillatar, shu asno mening nazarimda gʻazabi oshib ketgan tabiiy kuchlarning qoʻrqinchli guvillashlari ichida sovuq izgʻiriqdan qotib qolgan va ochlikdan oʻlayotgan qoshiqdakkina bolachaning zorlangan va qiynalib ketgan yigʻisi eshitilayotganday boʻlardi...

Men Avliyo Kral yonidan oʻtayotganimda, ezilib, nomusdan adoyi tamom boʻlib, beixtiyor cherkovga kirdim va uzoq-uzoq ibodat qildim...