OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Jamila Ergasheva. Jazo (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifJamila Ergasheva
Asar nomiJazo (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Jamila Ergasheva
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm18KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Jazo (hikoya)
Jamila Ergasheva

Toʻshakda yotib qolgan odamning kunlari sira oʻtmaydi, uzun boʻladi. Tunlari undan-da uzun boʻladi. Oysha xola oftobroʻyada yotib, endi koʻzi ilingan ekan. Koʻcha tomondan kelayotgan shovqin-surondan choʻchib uygʻondi. Bir nafas butun vujudini quloqqa aylantirib, darvoza tomon tikildi. Soʻkinayotgan erkak, qargʻab yigʻlayotgan ayol ovozi baravar eshitilar, undan biron narsani anglab olish qiyin edi:
— Yana Robiya shoʻr tayoq yeyayotgan boʻlsa kerak-da, — Oʻzicha taxmin qildi.

Shovqin-suron bir odim pasaygach, bolasini koʻtarib kelini kirib keldi.
— Voy momo-ey, eshitdingizmi, koʻchada qiyomat-qoyim boʻldi.
— Ha, nima gap? — Oysha xola oʻrnidan turib oʻtirdi, — kim janjal qilayapti?
— Robiya xolaning ukasi uydan magnitofonini oʻgʻirlab chiqayotgan ekan, Robiya xola ham ishdan qaytib kelib, oʻgʻirlikning ustidan chiqib qolibdi. Magnitofonni joyiga qoʻy desa, yoʻldan qoch deb itarib yuboribdi. Bechora yiqilib qolgan joyidan turib, magnitofonga yopishibdi. Ukasi koʻzi qonga toʻlib, urib-tepib yotibdi, magnitofonni qoʻyib yubormaydi. Bechoraning sogʻ joyi qolmadi. Oxiri qoʻlidan tortib olib ketdi.
— Bechora!... Hech kim Robiyaga yordam bermadimi?
— Kim ham aralashardi? Anavi ukaning koʻzi qizarib, opani bilmay yotibdi-ku. Aralashgan odamni ayarmidi?
— Esiz!..

Robiya uning qiz dugonasi. Oʻzi yaxshi qiz edi, qaddi-basti kelishgan. Ammo bechoraning baxti chopmadi. Ikki farzandli boʻlganda eri oshqozon saratonidan vafot etdi. Oʻziyam boshqacha yigit edi. Farzand dogʻida kuygan qaynona-qaynotasi uning uyidan chiqolmay qoldi. Yigʻlab-yigʻlab, yana oʻzlari-oʻzlariga tasalli berishardi:
— Ey, noshukur banda! Bir oʻgʻlingni olgan boʻlsa, mana senga ikki oʻgʻil tashlab ketdi-ku!

Robiya shu cholu kampirdan «foyda»ga qolgan ikki oʻgʻilni olib, boshqa erning etagidan tutib ketolmadi. Bola boqdi, qoʻlidan kelgancha qaynona-qaynotasining, qayin-boʻyinlarining xizmatini qildi.

Bu orada onasi oʻlib, otasi boshqa roʻzgʻor qildi. Bir nashavand ukasi bor edi. Yangi beka shart qoʻydi: yo shu nashavand oʻgʻlingizni haydaysiz yo men ketaman!

Xotini oʻlib, uch-toʻrt yil yolgʻizlikning azobini tortgan ota oʻgʻilni haydadi.

Oʻgʻil hech ikkilanmay Robiyaning uyiga keldi. Onasini esladi. Otasidan arz-dod qildi. Yigʻladi:
— Mengayam shunday yurish yoqmaydi. Ishsizman. Xotin ketib qolgan. Oʻgʻlimni sogʻinaman. Uyda oʻtirsam, otam ezadi. Soʻng majbur koʻchaga chiqib ketaman. Bir davolatib, ish topib, xotinim bilan yarashtirib qoʻyadigan odam boʻlsa, shu zangʻarni butunlay tashlab ketardim. Xudo ursin, opa, tashlayman.

Robiya tabiatan koʻngilchan shoʻrlik. Yoʻq, deyin desa, ukasi. Qayoqqayam borsin, akalarinikiga borsa, yangalar ajdahodan battar. Opalarnikiga borsa, pochchalar bor.
— Mayli, uka, sen oilamizdagi eng a’lochi, eng tirishqoq bola eding, agar oʻzing istasang, oʻzing harakat qilsang, shu ogʻu oʻlgurni tashlab ketasan. Men senga yordam beraman.

Shu kecha rahmatlik onasi tushiga kirdi. Boshiga qop-qora guldor roʻmol yopdi. Koʻngli gʻash boʻldi, boshimdagi shuncha qora kunlar kammidi, deb siqildi. Ammo ta’birlar kitobini koʻrsa, qora libos obroʻ ekan.

Ukasini maxsus shifoxonaga joyladi. Oʻzicha xursand. Kunora dugonasining oldiga oʻtib, quvonchini boʻlishadi:
— Dugona, men tamom boʻlgan bir insonni hayotga qaytarayapman...

Oysha, garchi oilasida bangi boʻlmasa ham bangilar haqida koʻp eshitgan. Oʻzicha hovliqib yurgan dugonasiga qarab, achinib ketardi:
— Uning odam boʻlmaydi. Buni qora ajal deydilar, uning sirtmogʻidan omon chiqqan odamni eshitmaganman.
— Unday dema, — xafa boʻlib ketardi Robiya. — Hali koʻrasan.

Koʻrishdi.

Opa shoʻrlik ukamni davolatdim, endi bir ish topsam, kelinni keltirib bersam, deb yelib-yugurib yurgan kunlar bir toʻyga bormoqchi boʻlib, taxmonning tagidan oʻzi qoʻygan tugunchani axtarsa, yoʻq! Bir umr oʻzimga, kelinlarimga deb yiqqan tillo taqinchoqlari edi. Shifonerning qishki kiyimlar turadigan boʻlmasini ham qish kelguncha hech ochmasdi, qarasa, paltosi, telpagi, issiq jemperi ham yoʻq. Mehmonxonasining bir chetida bolalariga atab qoʻygan bir quti katta-kichik laganlar turardi. Quti ham boʻm-boʻsh.

Robiya «dod» deb yubordi:
— Men seni davolatdim, yaxshi boʻlib keldi, deb yursam, sen nimalar qilib qoʻyding? Men bir umr yigʻib tergan dunyomni ikki oyda sovurib yoʻq qildingmi, insofsiz?! Chiq, yoʻqol uyimdan!

Oyshaning yoniga kelib koʻz yosh toʻkdi:
— Dugona, men bu narsalarni bir soʻmlab pul yigʻib, bittalab olgan edim. Bilasan-a? Nima olsam, sen bilan birga tanlab olganman. Bu nonkoʻr ikki oyda yoʻq qilibdi.
— Oʻzini yoʻq qil. U ukang boʻlsa ham, tamom boʻlgan odam. Odam emas, ofat. Ana, otang qarasin, opalar qarasin. Beva boshing bilan senga nima? Ammo u «yoʻq» boʻlmasdi. Robiyaning eshigida yigʻlab oʻtiraverdi.

Robiya bir oqshom oilasidagilarni maslahatga chaqirdi.
— Haydab yubor!.. — maslahat berdi ota.
— Milisaga topshirib qutil, qamoqda oʻlib ketsin, — deyishdi bir ovozdan akalar.
— Hovlingning bir chetida tursa turibdi-da. Bir kosa yovgʻonni itga ham berasan, bu ukang-ku, — ta’na qildi katta opa.
— Bu bechora kasal-da. Oʻzi-ku tashlayman deydi, tashlayolmaydi. U kuni pul soʻrab borgan ekan, shunday yigʻladi bechora, «Qani, qoʻlimdan kelsa, tashlab keta olsam», deydi, «Opamga ham koʻp ziyon-zahmat yetkazdim, xumori tutganda, butun joni jahonim qaqshab ogʻriydi. Qanday qilib oʻgʻirlikka qoʻl urganimni bilmay qolaman», deydi. Davolataman, deb yotqizgan kasalxonalaringda ham xizmatchilar qora dori yetkazib berib turar ekan. Oldida birov taklif qilib turgan-da, bu bechora qanday qilib tashlasin. Mening erim yomon, boʻlmasa, oʻzim qarar edim savob uchun, — ikkinchi opaning bergan maslahati shu boʻldi.

Shundan buyon bangi uka Robiyanikida. Robiya hovlining bir chetidagi mayda-chuyda saqlanayotgan uyni unga berdi.

Endi hovlida turgan narsalar birin-ketin yoʻqolib bitdi: qozon, oʻchoq, narvon...

Robiya yoʻqotishdan ham, davolatishdan ham tinmadi. Nimalargadir erishdi ham. Uka orada toʻrt yil chekmadi, namoz oʻqib, ishlab, maoshlarini opasiga berib yuribdi.

Robiya sobiq kelininikiga koʻp bordi, u kelmadi. Oxiri yoshi oʻtibroq qolgan bir qizga uylantirib qoʻydi. Qizning bir oyogʻi oqsoq ekan. Nima boʻlsa ham erining usti-boshini yuvib, qozonini qaynatib oʻtiradigan boʻldi.

Ammo nima jin urdi-yu, opaning koʻngli tinchigan joyda, uka yana eski hunarini boshlab yuboribdi. Xotinini urib-soʻkib haydadi, bir bechoraning ne bir orzu niyatlar bilan qilgan seplarini sotib, dori oldi.
— Birga chekib yurgan oshnalari koʻrolmaslikdan qilgan. Bu tashladi, uylandi, ishli boʻldi, biz haliyam ovora boʻlib yuribmiz, deyishgan-da. Ukam aytadi, oʻzlari bir tiyinga zor, har kuni menga bepul olib kelishadi. Yoʻq desam ham qoʻyishmaydi, deydi. Oʻrgatgandan keyin hammasi yoʻq boʻlibdi.

yshaning unga rahmi kelib ketdi:
— Esiz shuncha xarajatlaring. Shu noinsof oʻlsaydi, qutularding.

Robiya nadomat bilan bosh chayqadi:
— U emas, narkotik sotuvchilar oʻlsaydi. Biz bilmaymiz, shaharda qancha xonadonlarda ochiqdan ochiq sotishar ekan. Bir ayol bor deydi, semiz, hamma tomoni tillo, saqich chaynab oʻtirar ekan. Borsa, ishdan qaytgan oʻgʻlini qarshi olganday «Ha, keldingmi, bolam, kel» deb kutib olarkan. Bir soʻm kam boʻlsa ham «Yoʻq, bu kam, yana topib kel» deb qaytarib yuborarkan. Eh, dugona, ayol kishiyam shunday iflos boʻladimi? Shu bolalarning oʻrniga oʻz farzandlarini qoʻyib koʻrmasmikin?!
— Voy, vijdonsiz-ey!
— Ukam qanday bola edi, eslaysanmi? Hammadan koʻp besh olardi. Matematikadan uning oldiga tushadigan bola yoʻq edi. Otam maktab uchun bergan tangalarini yigʻib, onamga roʻmol sovgʻa qilgan edi. Hammamiz qoyil qolgan edik, oʻsha pulni olti oy yiqqan ekan... — u koʻziga yosh oldi.
— Bilaman, dugona, hammasini bilaman. Lekin mening koʻproq senga rahmim keladi. Bu dunyoga kelib, bolalaringu, bangi ukangning tashvishidan boshqa narsa koʻrmading. Bolalar-ku oʻzingniki, boqsang, bir kun huzurini koʻrasan. Ammo ukang... Shuncha mehnating, zahmatingga yarasha yaxshi boʻlsa ekan.
— Qanday ham yaxshi boʻlsin?! Men senga aytsam, yangi koʻchib kelgan qoʻshning ham shu savdo bilan shugʻullanar ekan.
— Yoʻgʻ-e, — Oyshaning koʻzlari kata-katta boʻlib, oʻrnidan turib oʻtirdi. — Senga kim aytdi buni?
— Hamma aytayapti. Har doimgiday hammadan oxiri men eshitdim. Bechora Zilol opa shu hovlida yayrab yurardi. Bu kelib qaytadan qurdi. Hovli toʻyiga chaqirganda bu qurilishni koʻrib hamma yoqa ushladi. Menga oʻxshaganlarning koʻz yoshlari evaziga quturib, tayyor uy-joyni buzib, qaytadan qurib yotibdi.
— Aniqmi shu?
— Albatta aniqda, odamlar bir narsani bilmasdan gapirmaydi. Hech qaerda ishlamasa, qoʻsh-qoʻsh mashina, shohning saroyidek uy-joy. Turishlaridagi kibr-havoni koʻrsang...
— Yoʻgʻ-e?
— Ha. Shuni eshitgandan buyon oromim yoʻq. Yotsam-tursam shu yaramasni fosh qilish yoʻlini oʻylayman. Nima deysan, Oysha, prokuraturaga yozib beraymi?
— Oyshaning yuragi gʻamga toʻlib ketdi. Bilardi, bu baloi ofatni oʻzi yashab turgan shaharning qaysidir burchaklarida sotishlarini, koʻrinishidan odamga oʻxshagan, ammo oʻzi vahshiy hayvondan ham battar kimlardir shu savdoning orqasidan kun kechirishini... lekin, shundaygina oʻzi yashab turgan hovli devorining ortida kimdir ana shu kir ish bilan shugʻullanishini tasavvur qilib koʻrmagan edi. E-e, Xudo, nahot endi shu ipirisqi, vijdonsiz bilan bir havodan nafas olsa, oʻgʻli, nevaralari shu odam bilan bir koʻchada yursa?!
— Samarqandda birov-yarim koʻchar boʻlsa, hovli-joyini kimga sotishni mahalla-koʻy hal qilar ekan. Qoʻni-qoʻshni mahallamizga har xil odam aralashib qolmasin deb shunday qiladi. Bizda-chi? Hech kim bilan hech kimning ishi yoʻq. Kim koʻchayapti, hovlisini kimga sotayapti? Koʻchib ketayotgan kishiga nima? U bu yerda yashamasa nima, kim koʻproq pul bersa, shunga sotib ketaveradi-da. Baloga izidagilar qoladi.

Robiya yana savolni takrorladi:
— Yozaymi, dugona?

Oysha oʻylanib qoldi. Yolgʻiz oʻgʻil oʻstirgan ayol emasmi, bir umr yurak hovuchlab oʻtgan. Endi avvalgiday oʻgʻlining izidan yugurib yurolmaydi, qoʻlidan bir yumush kelsa kelmasa, koʻnglini ming xil xavotir kemirib, Allohga nola qilib yotaveradi.
— Dugona, yozish qiyin emas. Ammo bu xil nokaslar ishiga puxta boʻlishadi. Hamma tomonni pul bilan bogʻlab qoʻyadi. Yozsangu, uyidan hech narsa chiqmasa, senga oʻchakishib qolsa-chi?
— E-e, meni nima qila olardi? Oddiy oʻqtiuvchi boʻlsam, qoʻlimdan sinf jurnalini tortib oladimi?
— Oʻgʻillaring-chi? Oʻgʻillaringni yoʻldan ursa-chi? Avraganga koʻnmasa, uch kun qorongʻu uyga qamab, tomiriga yuqori dozada dori yuborarkan. Ana senga tayyor narkoman. Kimga dodingni aytishni bilmay qolasan.

Robiyaning rangi oʻchib ketdi:
— Xudo saqlasin. Bu dunyoda neki savob ish qilgan boʻlsam, shu bolalarimga deb qildim. Ammo lekin bu odam bilan bir koʻchada yashay olmayman. U koʻchmasa, oʻzim koʻchib ketaman. Ukamni qara, shunday ochofatlarning qurboni-ku. U kasal, lekin unga hech kimning rahmi kelmaydi, aksincha undan nafratlanadi, hazar qiladi.
— Xudo bir narsa deb qoʻygandir, dugona, — uni yupatgan kishi boʻldi Oysha.
— Bundaylarga ham Allohning boqqan balosi bordir. Shoshmay tur-chi!

Robiya javranib-javranib, guvranib-guvranib ketdi. Oʻzi bilan bechora Oyshaning oromini ham olib ketdi.

Oysha kun boʻyi oʻzi bir marta ham koʻrmagan yangi qoʻshnini shu yerdan koʻchirib yuborish rejasini tuzdi. Har safar oʻzi tuzib, yana oʻzi buzdi. Sababi ayon, haromdan kelgan boʻlsa-da, dunyosi dunyolarga sigʻmay yotgan odam toʻshakda yotgan bir nogiron ayolning rejasi bilan, yangi sotib olib, yillab qayta qurgan uyini tashlab ketarmidi?

Kechqurun oʻgʻliga hasrat qildi:
— Odiljon, yangi kelgan qoʻshnilar qoradori savdosi bilan shugʻullanar emish.

Chamasi qoʻshnilar oʻrtasidagi gʻivir-shivirlardan Odilbekning ham xabari bor shekilli, indamay qoʻya qoldi:
— Qoʻysangiz-chi, ona, qaerdagi yolgʻon vahima gaplarni topib yurasiz?
— Yolgʻon emas, bolam, hamma shunday deyotgan emish.
— E-e, aytaverishadi-da, ona. U kishi boʻlajak hoji, — miyigʻida kuldi Odilbek. — Uning ismi-sharifini Hajga ketguvchilar roʻyxatida koʻrdim.

Oysha oʻgʻlining yuzidagi ijirgʻannamo ifodani koʻzdan qochirmadi. «Ha, oʻgʻlimning hamma narsadan xabari bor, faqat onasining vahimachiligini bilgani uchun uning koʻnglidan nimalar oʻtganini anglab turganini, endi yolgʻonlash shart emasligini tushunib yetdi:
— E-e, onajon, oq qoʻyni ham, qora qoʻyni ham oʻz oyogʻidan osadilar. Har kim oxir-oqibat oʻz qilmishlari uchun bu dunyoda ham, u dunyoda ham javob beradi. Bizdan ham katta xatolik oʻtgan, devor darmiyon hovli kimga sotilayotgani bilan qiziqmaganmiz, hovlini olayotgan odamni oʻrganmaganmiz.
— Mayli, shunday ham deylik, ammo koʻrib-bilib turib shunday kimsaning Hajga borishiga yoʻl qoʻyib, tomoshabin boʻlib turaverasizlarmi?
— Onajon, oʻzingiz oʻqimishli, aqlli ayolsiz. Oldindan bir narsa deb boʻlmaydi. Shoshmay turing-chi. Yana bunday gaplarni har joyda gapirib yurmang. Ular juda xavfli odamlar...

Shu kecha Oysha uxlamadi, uxlayolmadi. Oʻkirib yubormaslik uchun lablarini qattiq tishlab, koʻzlarini shipga qadagancha yotaverdi. Koʻzlariga toʻlgan yoshlar yuzining ikki chekkasidan oqib ketaverdi, ketaverdi.

Haj!.. Bu ziyoratni u bir umr orzu qildi. Birovlarga aytishdan-da uyalib orzulagan paytlari boʻldi. Baytullohday muborak joyni ziyorat qilishga haqqim bormikin deb andisha qilgan paytlari koʻp boʻldi. Ilgari «Bibilarning oshi» deb sumalakni ham har kim pishirishga jur'at qilavermasdi. Ularning koʻchasida faqat uning onasi yiliga uch martalab sumalak pishirardi. Biram shirin boʻlardi bu sumalak. Erta sahar payti sumalak boʻlinayotganda hovlilari kosa-tovoq koʻtargan odamlarga toʻlib ketardi. Qozon qanchalik katta boʻlmasin, hech kimga tovoqchadan ziyod sumalak tegmasdi. Kimdir bemor qarindoshiga, kimdir talaba farzandiga qoʻshimcha ulush olmasa, onasi hammaning oilasiga teng boʻlardi. Bir yili qoʻshni xola oʻziga tekkan ulushga qanoat qilmaganmi, oʻzi bugʻdoy oʻstirib, sumalak pishirgan. Sumalakni tong otguncha qaynatib, kovlashibdi, ammo sumalak koʻm-koʻk, tarxoʻsh boʻlib turaveribdi. Kedinining aytishicha, qoʻshni xola kun yorishmasdan, hamma sumalakni chelaklarga suzib olib, anhor suviga oqizib yuboribdi. Haj ziyorati haqida oʻylayotib, ba’zan Oyshaning yodiga qoʻshni xola pishirgan sumalak voqeasi tushadi-yu, yuragi «zirq» etadi: «Baytullohga borishga haqqim bormikin-a?»

Nima boʻlganda ham Oysha el Hajga joʻnayotganda bir yonadi, el Hajdan qaytayotganda bir yonadi. Barmoq bukib, oldida turgan vazifalarni bir-bir sanaydi: eng avval oʻn yil oldin qurib boshlagan imoratini bitkazishi kerak, axir kelinni koʻpqavatli uyga tushirmaydi-ku, keyin oʻgʻlini diplomli qilishi kerak, keyin uylantirib, uyini ham, oʻgʻlini ham egalik qilsa, boʻldi! Keyin topgani oʻziniki, jamgʻarib Hajga borib keladi. Buyogʻi oʻgʻliyam qarab turmas...

Baxtga qarshi oʻgʻli oʻqishga kirgan yili qattiq ogʻrib qoldi. kasali yildan-yilga zoʻrayib, kelin tushirar yili yotib qoldi. Dori-darmonning kuchi bilan zoʻrgʻa keldi-kettini kuzatdi. Yurar yoʻllari kundan kunga qisqarib borardi. Oldin oyoqlari ogʻrisa ham ishga borib kelardi. Keyin kuniga bir marta hovlini bir aylanadigan boʻldi. Endi... Bod chalgan bu oyoqlar bilan Baytullohga borib boʻlarmidi?

Oʻtgan yili ammasi Hajga borib keldi. Unga ham bir tasbeh, bir necha hoʻplam obi zam-zam keltiribdi.

Oysha obi zam-zam suvini hoʻplar ekan, yigʻlab yubordi:
— Amma, nima yozigʻim bor ekan, menga Haj ziyorati nasib etmadi?

Ammaning yuragi ezilib ketdi. Yoshgina jiyani bemor, bemador, birovning yordamiga muhtoj boʻlib yotganidan siqilib ketdi. Hajga yo borar, yo bormas, lekin yer bosib, sogʻ-salomat yurganida katta davlat edi.
— Noshukur boʻlma, jonim. Xudo suygan bandasiga dard berarkan. Hajga bormasang ham, beva boshing bilan farzand boqding, oʻqitding, uylantirding. Boshiga shunday imorat solib berding. Ishxonangda, mahallada doim seni alqab gapirishadi. Doim odamlarga yaxshilik qilding. Bir miskinning koʻnglini olish ham Haj ziyoratiday gap ekan. Sening qilganlaring necha ziyoratga teng ekanligini Allohning oʻzi biladi. Xudo xohlasa, hali hech narsa koʻrmaganday tuzalib ketasan. Hajgayam borasan, Alloh qudratining oldida sening darding nima gap?

Oradan uch-toʻrt kun oʻtib, qoʻshni tomondagi devor ortidan gʻala-gʻovur, qattiq kulgilar eshitila boshladi. Qozonni ham devor ortiga osganmi, havodan shirin taomlarning xushboʻy hidlari kelib turardi.

Har doimgiday kelini koʻchadan gap topib keldi:
— Momo, yangi qoʻshni Hajga ketayotgan emish. Hammani chaqirib, osh berib duo olayotgan emish.

Oysha indamay devor tomonga oʻgirilib yotib oldi.

Devor ortidagi gʻala-gʻovur uch kun davom etdi.

Toʻrtinchi kun yana kelin gap topib keldi:
— Momo, kecha yangi qoʻshnining miyasiga qon quyilib, oyoq-qoʻli ishlamay, tilsiz-zabonsiz boʻlib qolibdi.

Uch kundan buyon tobi qochib qimirlayolmay yotgan qaynona oʻrnidan turib oʻtirdi:
— A?! Nimalar deyapsan?
— Bugun yangi qoʻshni xotini bilan Hajga joʻnab ketishi kerak ekan. Kecha oxirgi mehmonlar bilan oʻtirib, birdan gʻuldirab, gapirolmay qolibdi. Keyin oʻtirgan joyidan qulab tushibdi. Doʻxtirlar kelib, miyasiga qon quyilgan, debdi. Kechaning oʻzida kasalxonaga olib ketishibdi. Ahvoli juda ogʻirmish.
— Oʻzi seni Bi-bi-siga ishga olish kerak. Sen boʻlmasang dunyo axborotlaridan butkul bexabar qolardim.

Kelin xijolat tortdi.
— Suvga chiqqan edim. Qoʻshnilardan eshitdim.

Momo negadir yaqin kunlar ichida birinchi marta oʻpkasini toʻldirib nafas oldi:

— Biror narsa olib kel, qornim juda ochib ketdi...