OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifJenni Erpenbek
Asar nomiJosus xotiralar (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Olmon adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Jenni Erpenbek
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonFurqat Soatov (Nemis tilidan)
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Josus xotiralar (hikoya)
Jenni Erpenbek

Yana oʻsha achchiq xotiralar koʻz oldimda gavdalandi. Soʻnggi vidolashuv onlari R. toʻzgʻigan sochlari ostidan goʻyo gʻam azobi yemirib ado qilgan, ammo qordek oppoq bir jussa boʻlib koʻrinar, u boʻlsa menga taqdir hukmi bilan bandi etilgan bolishidan boshini asta qimirlatib qisqa muddatga koʻzlarini yumadi. Goʻyoki endi men uni qayta koʻrgani kelmaydigandek eshikni ortidan shafqatsizlarcha ohista yopdim. Ertasi kuni kasalxonadan uning narsalarini, ayniqsa, oʻsha mash’um kundan avvalroq elektr tokiga toʻyingan ustarasini olib kelmoqchi edim. Ustara elektr toki bilan jonlandi-ku, ammo uning joni uzildi.

Buvijonim-chi, uzoqlashib borarkanman u zulmat xonaning derazasi yonida turib olib, yana qayta kelishimga mushtoq qoʻl silkirdi. Uning ortidagi biz endigina xayrlashgan dahlizda shu’la taratayotgan elektr chiroq nurlari buvimning jussasiga ravshanlik berib turardi. Oradan ikki kun oʻtgach esa u joniga qasd qildi, men uni yana kasalxonaning jonlantirish boʻlimida jonsiz yuzlari-yu hayotdan zada yumuq koʻzlariga duch keldim. Bir qancha muddat-dan soʻng u bizga bu borliqni in’om etdi-yu ketdi.

R. ning mashina va yoki biror yangi uyga munosabatini bildirish chogʻi qanday boshi-ni silkishi hecham oʻylarimga tinchlik ber-maydi, men hatto uning vengercha raqslar uyida loʻlilar raqsini tomosha qilarkan kuchli ehtiros sababmi entikkanini his etgandim. Oshxonaga patnis koʻtarib kirib kelarkan, kelishgan, keng yelkalari koʻz oʻn-gimdan hech nari ketmaydi. Buvijonim haqi-a ham mabodo biror yerga oshiqarkan, qay ohangda „boʻla qolgin, boʻl endi« deyi-shini bilardim-u, ammo shoshganda nima qilishni bila olmasdim. Uning qadoq qoʻl-lari-yu besoʻnaqay tirnoqlari, goʻzal tabas-sumini xotirlayman. Har holda u tabassum qilganida lablari bu yorugʻ olamga sadaf tishlarini koʻz-koʻz qiladimi yo yoʻqmi pay-qay olmasdim, biroq bu tabassumning goʻzal jarangi quloqlarim ostidan hali-veri ketmasligi, bu yoqimli tabassum esa oʻzga-lar ichra asta-sekin yoʻqolib ketishini ham bilardim.

Xotiralarim bilan koʻz oldimda gavda-lantirish va his etish mumkin boʻlgan nima-niki jonlantira olsam, ularning bari ozday tuyuladi. Kimningdir koʻz oldida jonlanavermas oʻy-xayollar tafakkurimga koʻchadi, xuddi oʻsha iztirob mening azobim, lekin achchiq xotiralarning unsiz faryodi bir lahzada va yoki boʻlmasa biroz kech boʻlsa ham bir kun oʻz ta’sirini yoʻqotar albat. Haqiqat imkon topa olmas ekan choʻzmoqqa boʻy, ustixonlar tuproq bilan ketgay qorishib. Soʻnggi paytlarda hali bu yorugʻ olamdan bahramand boʻlayotgan kimsa-lar qarshisida uzoq qolib ketaman, unga shunchalik termulamanki, goʻyo u nigohlarim dengiziga gʻarq boʻlayotgandek. Zangori ekran orqali berilayotgan bugunning filmini koʻrarkanman uni yarim umidvor va yana yarim toʻla hayolarini ajratib olaman. Oʻtkinchi xotiralarni avvaldan yod eta olga-nimdamidi, yillar oʻtgach, dil qoʻmsaganda ularga peshvoz chiqarmidim. Men haqimda qanday xotiralar qolarkan deya oʻylab qolaman, kimningdir yodida nafratli qo-rongʻu illatlarimmi yo boʻlmasa bir-biri-ning ta’zirini berayotgan ikki kimsani koʻrib zavqlanayotgan chogʻim va yana beixtiyor ochiq qolgan oyoqlarimnidir ehtimol?