OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifJenni Erpenbek
Asar nomiKeksalik oʻyi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Olmon adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Jenni Erpenbek
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonFurqat Soatov (Nemis tilidan)
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Keksalik oʻyi (hikoya)
Jenni Erpenbek

«Endilikda qoʻllarim menga boʻysunmay qoʻyadi»,- deya soʻz boshlarkan, ayol goʻyo oʻzga olamga tushib qolgandek atrofga alanglay-di. U avvalgidek juda ham yosh, hali oʻttiz bahorini qarshilamagan, nav niholdek siy-moda gavdalansada, aslida unday emas edi. «Kelasi hafta yetmish yoshga toʻlaman»,-deya soʻzida davom etarkan, uning jozibali ovozi hali oʻttiz yoshga yetib ulgurmagan ayollarning mayin ohangidek jaranglaydi. «Kelayotgan hafta umrimda birinchi bor davolanish uchun Sharqiy dengiz boʻyiga boraman. Hayotimning unutilmas onlari boʻlib qoladilar oʻshal damlar albat». Goʻyo oʻttiz yosh boʻsagʻasidagi ayollar seviklisiga ehtiros toʻla ohangda asta shivirlagani misol. «Sharqiy dengiz sohillariga», – dedi-yu, soʻzdan toʻxtadi butkul.

Olmoniyaning musaffo osmonini bir vaqtlar fashist degan qora bir zulmat qoplab olgani sabab, umrining ikki yilini jonajonlaridan ayriliqda oʻtkazgan bir shoʻrlik qizchaning achchiq kechinmalari bitilmish nomalarini oʻqib chiqqinumga qadar vaqt degan tutib boʻlmas josus qaylarga ketdiykan uchib. Bir yil oʻtgach, bu olamni tark etadi qizaloq, natsistlar oldilar majburan jonini tanidan yulib. Voajab, qaerlarni makon etdi oʻshal vaqt?

Jamiki dardlarning bari inson vuju-dini mavh eta boshlarkan, yoʻrigʻiga soladi uni, tanimizga joylashib olib, oʻz izmidan yuboradi boshqa tomonga burib: sustlashti-radi, tezlashtirib yuboradilar, me’yor sarhadlarini parchalab tashlaydilar, itoatga soladi bizni. Beayov yillar-chi, jajji bolajonlarning yuzlarida boʻlgani kabi yoshimiz oʻtgani sayin jigar rang tuslar bilan suratimizga dogʻlarni sola-di. Koʻz oldimizdagi dunyoni jimirlatib, ilk qadamlarini tashlaydilar, bizni hayratga soladilar, chunki barisi shuncha-lik osoyishta kechadiki, payqamay qolamiz, hatto sogʻlik farishtasin dard qoʻllariga boy berib qoʻyganimizni. Yillar oʻtgani sayin, asta, navqiron yigitlik chogʻida oq qorlarni yogʻdiradi ularning boshidan, ayol-larning yuzlariga esa oʻta nozik did va yana astalik bilan soladi ajinlarni ham. Biz-chi, bariga koʻnamiz boshni egib, jim, koʻz-larimiz oldida namoyon boʻlgan oʻsha mayda harflar anglab boʻlmas tus oladilar, hali keksayganimcha yoʻq-ku axir, deya xayol ummo-niga gʻarq boʻlamiz, shu bois ham hayrat quchadi bizni. Moʻ‘jizakor yillar bizni shunchalik bezabdi. Oʻylab qolamiz, agar istasak chin qalbdan, qaytib olardi ehti-mol berganlarin tanimizdan. Shunday deya kaftlarimizni ochib, nigoh tashlaymiz ularga bir bor, qanchalik ulgʻaygan sari, shunchalik begona tus olar ular, yillar bizni qanchalik oʻz azoblari-yu, ilojsizlik qiynoqlari bilan boʻysundirmoq istasa, ayon, uning yaqinligidan bizni oʻshanchalik uzoqlashtiradi. Shu sabab aqlimizni hay-rat yengadi. Charchoqlar bizni holdan toy-dirsa, oʻylarimiz oxiratga qalin doʻst tu-tinsa, tirikligimizning jamiki borini qismatimiz – keksayishga sarflaganimizni bilishni umuman istamas edik.