OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Jeyms Joys. Evelin (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifJeyms Joys
Asar nomiEvelin (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Irlandiya adabiyoti
Boʻlimlar
   - Modernizm
Mualliflar
   - Jeyms Joys
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonAlisher Otaboyev (Ingliz tilidan)
Hajm12KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Evelin (hikoya)
Jeyms Joys

Evelin deraza oldida shom qorongʻusi koʻchani qanday zabt etayotganiga qarab oʻtirardi. U boshi bilan deraza pardasiga suyanib olgan, dimogʻi chang bosgan gazlama hidini tuyardi. U charchagandi.

Koʻchadan bir necha yoʻlovchi oʻtdi. Oxirgi uyda yashaydigan kishi ham uyi tomon ketdi. Evelin uning semon yoʻlkada toʻqillatib qadam tashlaganini, keyin esa yangi qizil uylar oldidagi toshqol toʻshalgan yoʻlakni shitirlatib oʻtganini eshitdi. Ilgarilari bu joylar yalanglik edi. Ular har kuni kechqurun shu egasiz boʻsh yalanglikda boshqa bolalar bilan oʻynashardi. Keyin belfastlik bir kishi bu joyni sotib olib, uch-toʻrtta uy qurdirdi. Yaltiroq tomli, Qishtdan yasalgan qizil rangli binolar ularning pastqam kulrang kulbalariga oʻxshamaydi. Koʻchaning bolalari — Devinlar, Uoterlar, Dannlar, kichkina Keo mayriq, Evelin va uning aka-ukalari, singillari shu yalanglikda birga oʻynashardi. Lekin Ernest oʻyinga qoʻshilmasdi, uning boʻyi choʻzilib qolgandi. Otasi togʻolchadan yasab olgan tayogʻini koʻtarib, nuqul bolalarni yalanglikda quvalardi. Lekin har safar kichkina Keo sergak turib, otasiga taqlid qilib qichqirib uning kelayotganini bildirishga ulgurardi. Baribir, oʻshanda hartugul yaxshi yashashardi. Oʻsha paytlari otasi hozirgidek badjahl emas, onasi ham tirik edi. Oʻammasi oʻtib ketdi. Evelin ham, aka-uka va singillari ham voyaga yetdi, onasi vafot etdi. Tizzi Dann ham oʻldi, Uoterlar esa Angliyaga qaytib ketishdi. Hamma narsa omonat. Endi Evelin ham boshqalarga oʻxshab uyidan ketmoqchi.

Uy! U xonaga razm solib, buncha chang qaerdan kirarkan, deb ajablandi, shuncha yillardan buyon har hafta changini artib, tozalab qoʻyadigan, koʻziga singib qolgan buyumlarga qaradi. Bir kuni ularni tashlab ketishi xayoliga ham kelmagandi, balki endi bu buyumlarni hech qachon koʻrmas. Axir, shuncha yillar oʻtib ham, u buzuq musiqa asbobi ustida, avliyo Margarita-Mariya Alakokning[1] nomiga bitilgan shahodatnomalarning rangli toshbosma lavhasi yonida osiQliq — sargʻayib ketgan suratdagi ruhoniyning ism-sharifini bilolgani yoʻq. Ruhoniy otasining maktabdosh doʻsti edi. Otasi har gal kelgan mehmonga suratni koʻrsatib bepisand ohangda: «U hozir Melburnda», deb qoʻyardi.

Evelin uyini tashlab ketishga rozi boʻldi. Biroq bu aqldanmi? U vaziyatni har taraflama oʻylab koʻrishga urindi. Uyida, nima boʻlganda ham, boshpanasi bor, yeydigan noni beminnat, atrofida umr boʻyi birga yashab kelayotgan jigarlari bor. Toʻgʻri, uyda ham, ishda ham tinmay aziyat chekishga majbur, albatta. Doʻkondagilar uning begona bir yigit bilan qochib ketganini bilishsa nima deyisharkan? Ahmoq ekan, deyishsa kerak; keyin e’lon berib, oʻrniga boshqa odam topishadi. Miss Geyven xursand boʻladi. U doim Evelindan ayb qidiradi, ayniqsa, kimdir eshitib turgan boʻlsa.

«Miss Hil, kutib turgan xonimlarni koʻrmayapsizmi?»
«Tezroq qarang, Miss Hil» qabilida turtib qoʻyadi.

Evelin doʻkondan ketayotganiga afsuslanmaydi.

Uning yangi uyida, olisdagi noma’lum mamlakatda hammasi boshqacha boʻladi. Keyin u — Evelin turmushga chiqadi. Odamlar unga hurmat bilan murojaat qiladigan boʻlishadi. Unga onasiga muomala qilgandek qoʻpol muomala qilishmaydi. Oʻn toʻqqizdan oshganiga qaramay, hatto hozir ham Evelin ba’zan otasining qosh-qovoQidan qoʻrqadi. Yuragining tez urib ketadigan boʻlib qolganiga ham shu sabab ekanini u biladi. Bolaligida otasi uni, u qiz bola boʻlgani uchun, Garri va Ernestni kaltaklagandek qattiq kaltaklamasdi, lekin oxirgi paytlari otasi marhum onasining hurmati haqqi uni urmayotganini ta’kidlab, poʻpisa qila boshladi. Oʻozir Evelinni himoya qiladigan kimsa yoʻq. Ernest oʻlgan, Garri esa doim shahar tashqarisida, cherkovlarni bezash bilan kun koʻrib yuradi. Ustiga-ustak, har shanba oqshomi pul ustida boʻladigan janjal Evelinning tinkasini qurita boshlagandi. U doim ishlab topgani — yetti shillingni bus-butun oʻrtaga tashlaydi. Garri ham topgan-tutganini joʻnatadi, lekin otasidan pul olish oʻlimdan qiyin. Otasi pulni bekorga sovurayapsan, senda miya yoʻq, deb oʻshqirar, ter toʻkib topgan pulni koʻchaga sochib kelishga yoʻl qoʻymasligini aytib, yana allambalolar deb qizini koyishga tushardi; har shanba kuni kechqurun ayniqsa uning fe’li butkul aynirdi. Biroq oxir-oqibat u, baribir, Evelinga pul berib, yakshanbaga tushlik uchun biror yegulik keltirish niyating bormi, deb soʻrardi. Shunda Evelin oyogʻini qoʻliga olib yugurar, olomon orasidan turtinib-surtinib, qora charm hamyonini qoʻlida mahkam siqimlab bozor-oʻchar qilar va oziq-ovqatlarni bir amallab koʻtargancha kech kirganda uyga qaytardi. Evelin roʻzgʻorni tebratish va ona mehriga toʻymagan ikki norasidani vaqtida yedirib-ichirib, kechiktirmay maktabga joʻnatish uchun koʻp ovora boʻlardi. Bu juda ogʻir, sermashaqqat hayot edi. Lekin hozir uyni tark etib ketayotgan pallada unga bu hayot mutlaqo najotsiz boʻlib tuyulmayotgandi.

Evelin Frenk bilan birga yangi hayot qurmoqchi. Frenk juda mehribon, dovyurak va ochiqkoʻngil yigit. Evelin Frenk bilan kechki kemada ketmoqchi, unga erga tegib, uni kutib turgan Buenos-Ayresdagi uyida u bilan birga yashamoqchi. Frenkni birinchi marta uchratganida qay holatda koʻrganini u juda yaxshi eslaydi; yigit Evelin ba’zan kirib oʻtadigan markaziy koʻchadagi uyda vaqtincha yashab turgandi. Goʻyo bu kechagina, bir-ikki hafta burun boʻlib oʻtgandek. Frenk darvoza yonida turgandi, kepkasi ensasiga surilgan, sochining bir tutami quyoshda misrang tusga kirgan yuziga tushgan. Keyin ular tanishishdi. U har kuni kechqurun Evelinni doʻkonning oldida kutib olib, uyigacha kuzatib qoʻya boshladi. «Loʻli qiz»ga[2] olib tushganda esa, burun koʻrmagan qulay oʻrindiqlarga joylashib oʻtirgan qizning boshi osmonga yetdi. Frenk musiqani jon-dilidan yaxshi koʻrar va ba’zan oʻzi ham xirgoyi qilib turardi. Odamlar ularning birga yurishganini bilishardi va Frenk «Dengizchining qalligʻi»[3] degan ashulani aytganda Evelin uyalinqirab jilmayardi. Evelinni hazillashib qizgʻaldoq, derdi Frenk. Boshida xushtor orttirgani Evelinni tashvishga soldi, lekin keyinchalik u Frenkka koʻngil qoʻya boshladi. Frenk uzoq-uzoqlardagi mamlakatlar haqida gapirib berardi. U dengizchilikni Allen[4] yoʻnalishi boʻyicha Kanadagacha suzib boradigan kemada, oyiga bir funt evaziga dastyorlikdan boshlagandi. U Evelinga oʻzi suzgan kemalarning, dengiz yoʻllarining nomlarini aytib berardi. Bir paytlari Magellan boʻQozida suzgandi va qizga qoʻrqinchli patagoniyaliklar haqidagi rivoyatlarni soʻzlab berardi. Oʻzining aytishicha, u Buenos-Ayresda qoʻnim topgan, vataniga esa faqat dam olish uchun kelgan ekan. Albatta, Frenk bilan oʻrtalaridagi munosabatdan xabar topgach, otasi Evelinga bu yigit bilan gaplashishni taqiqlab qoʻydi.

«Men bu olifta dengizchilarni juda yaxshi bilaman», dedi u.

Bir kuni otasi Frenk bilan tortishib qoldi, shundan soʻng Evelin sevgilisi bilan yashirincha uchrashib yurishga majbur boʻldi.

Koʻchada qorongʻulik quyuqlashdi. Evelinning tizzasida yotgan ikkita xatning oq dogʻlari chaplasha boshladi. Ularning biri Garriga, ikkinchisi otasiga yozilgandi. Evelinning Ernestga mehri boʻlakcha edi, lekin u Garrini ham yaxshi koʻrardi. Evelin otasining tez qariyotganini oʻyladi. U qizini soQinib azoblanadi, albatta. Ba’zan qariya juda mehribon boʻlib qoladi. Yaqinda Evelin tobi qochib bir kun uyda yotib qolganida otasi unga arvohlar haqida hikoya oʻqib berdi, keyin qiziga oʻchoqda boʻgʻirsoq pishirdi. Bir safar, onasi tirikligida, ular hammasi birga Oʻaut-Oʻillga[5] dam olgani borishgandi. Oʻshanda otasi bolalarini kuldirish uchun onasining shlyapasini kiyib olganini u juda yaxshi eslaydi.

Vaqt ziq, shoshilishi kerak, lekin u haliyam deraza pardasiga suyalib, chang bosgan gazlama hidini hidlab oʻtiribdi. Koʻchadan sharmanka[6] ovozi eshitildi. Unga bu kuy tanish edi. Qiziq, sharmanka Evelinga iloji boricha roʻzgʻorga koʻz-quloq boʻlib turish haqida onasiga bergan va’dasini eslatib qoʻymoqchidek aynan bugun oqshom kuy taratayotir. U bemor onasining oxirgi tunini esladi. Evelin dahlizning narigi tarafidagi qoronQi, dim xonada oʻtirgandi. Tashqaridan italyancha gʻamgin kuy eshitildi. Sharmankachiga mayda pul berib haydab yuborishdi. Evelin otasining: «La’nati italyanlar! Shu yergayam yetib kelishibdi!», deya gʻoʻddayib bemor yotgan xonaga kirganini esladi.

U onasining manglayiga tamgʻadek bosilgan uqubatli turmush haqida oʻyladi. Mudom yoʻqotishu yetishmovchiliklar bilan oʻtgan bu umr oxir-oqibat onasini aqldan ozdirgandi.

«Derevaun Seraun! Derevaun Seraun!»[7]

Onasining bu gapni telbalarcha oʻjarlik bilan qayta-qayta aytgan ovozini eshitib, Evelin seskanib ketdi.

Kutilmaganda uni vahima bosib, oʻrnidan sapchib turdi. Qochish kerak! Qochishi kerak! Uni Frenk qutqaradi. U Evelinni baxtli qiladi, ehtimol, mehr-muhabbatini ham ayamas. Uning yashagisi keladi. Nega endi u baxtsiz boʻlishi kerak? Baxtli boʻlishga haqqi bor-ku! Frenk uni qoʻlidan mahkam tutadi, bagʻriga bosadi. U Evelinni qutqaradi.

Evelin Nort-Uoldagi bandargohda, besaranjom olomon orasida turardi. Frenk uning qoʻlidan ushlab olgandi. U ogʻzi tinmay qizga safarlari haqida bir nimalarni qayta-qayta tushuntirardi. Bandargoh jigarrang xalta koʻtargan askarlarga toʻla edi. Evelin keng bino eshigi orqali qirQoqqa qadalib turgan, qalin oynali darchalari yoruQ kemaning haybatli qorasini koʻrdi. Evelin oQiz ochmadi. Yonoqlaridan qoni qochib, yuzi oqarib ketganini his etdi va ikkilanish-u umidsizlikdan charchab, toʻgʻri yoʻlni koʻrsatishini, burchidan ogoh etishini soʻrab xudoga yolvordi. Kema qorongʻi osmonga qarata uzun mungli gudok berdi. Agar Evelin ketsa, ertaga Frenk bilan dengizda, Buenos-Ayresga qarab suzayotgan boʻladi. Ular kemaga patta olishgan. Frenkning shuncha yaxshiliklaridan keyin u ortga chekina oladimi? Umidsizlik yuragini alaQda qilib, Evelinning koʻngli ayniy boshladi, lekin u pichirlagancha bor kuchi bilan xudoga yolvorishda davom etdi.

Qoʻngʻiroq jarangi yuragini tilib yuborgandek boʻldi. U Frenk qoʻlini siqqanini payqadi.

«Ketdik!»

Dunyodagi jamiki dengizlar goʻyo Evelinning yuragida koʻpirib toshayotgandek boʻldi. Frenk uni oʻsha dengizlar qa’riga tortqilayotir. Uni choʻktirib yuboradi. Evelin ikki qoʻli bilan temir toʻsiqqa yopishib oldi.

«Ketdik!»

Yoʻq! Yoʻq! Yoʻq! Buning iloji yoʻq. Qiz titrab-qaqshab temir toʻsiqni mahkam changallab ushlab oldi. Dengizlar qa’riga azobli faryodini otdi.

«Evelin! Evi!»

Frenk toʻsiqni oshib oʻtib, Evelinni chaqirdi. Yigitga tezroq kemaga chiqib olishi kerakligini aytishdi, lekin u tinmay qizni chaqirardi. Evelin xuddi chorasiz qolgan jonivordek dokadek oqarib ketgan yuzini yigit tomonga burdi. Qizning nigohidan uning Frenkka muhabbatini ham, vidolashayotganini ham, uni ilgʻayotganini ham bilib boʻlmasdi.


  1. Margarita-Mariya Alakok (1647 — 1690) — rohiba, katolik cherkovidagi eng mashhur marosimlardan biri — Muqaddas yurak ibodatining asoschisi.
  2. Irland kompozitori va opera qoʻshiqchisi Maykl Uilyam Balfning (1808 — 1870) M.Servantes novellasi syujeti asosidagi mashhur operasi.
  3. «Dengizchining qalliqi», ingliz kompozitori va dramaturgi Charlz Dibdinning (1745 — 1814) ashulasi.
  4. Angliyani Kanada va AЈSh bilan boQlaydigan dengiz yoʻli.
  5. Dublin boʻQozidagi uncha katta boʻlmagan toq.
  6. Sharmanka — quti shaklida burab chalinadigan musiqa asbobi.
  7. «Rohatning oxiri — azob!» (irland tilida buzib aytilgan).