OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Komil Xorazmiy. Tanlangan asarlar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifKomil Xorazmiy
Asar nomiTanlangan asarlar
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Komil Xorazmiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotЎзССР Давлат Бадиий Адабиёт Нашриёти, Тошкент, 1961
Hajm42KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/12/11
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Нашрга тайёрловчи:
Раҳмат Мажидий



iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tanlangan asarlar
Komil Xorazmiy

Komil Xorazmiy (1825—1897)

Oʻzbek adabiyotining yirik vakillaridan biri boʻlgan Komil Xorazmiy 1825 yilda Xiva shahrida tugʻildi. Uning otasi Abdulla Oxund madrasada mudarris boʻlgan. Komil Xorazmiyning asli nomi Pahlavonniyoz boʻlib, Komil uning adabiy taxallusidir. Komil maktab va madrasalarda oʻqib, zamonasiga koʻra yaxshi tahsil oladi. Mutolaa bilan shugʻullanadi va davrining yirik shoirlari suhbatlariga qatnashadi, ilm tajribasini orttiradi. Yoshligidanoq oʻzbek klassik adabiyoti va fors-tojik adabiyoti yozuvchilari ijodini qunt bilan oʻrganadi.

Komil ancha yosh chogʻidayoq shoir sifatida yaxshi nom qozonadi. Komil oddiy mirzo sifatida xon saroyiga ishga qabul qilinadi. Komil tanbur, gʻijjak, santurda nihoyat yaxshi mashq qilar edi. Shu sababdan xon huzurida boʻladigan san’at, muzika kechalarida qatnashadi. Komil bu haqda oʻzining hajviy gʻazallarida ma’lumot beradi. Birmuncha vaqt oʻtgandan soʻng, Komil mirzaboshi boʻlib tayinlanadi.

Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlarida berilgan ma’lumotlarga qaraganda, Komil Xorazmiy xon saroyida turli ma’muriy ishlarga ham qatnashgan, jumladan, 1861 yilda Buxoroda Amir Muzaffar zamonasida Xorazmdan Buxoroga elchi boʻlib borgan.

1873 yilda Xorazm xonligi Rossiyaga qoʻshib olingandan soʻng, Muhammad Murod devonbegi va boshqa birmuncha saroy amaldorlari chet joylarga surgun qilinadi. Shundan soʻng, Komil devonbegi boʻlib tayinlanadi.

Zamonasining ilgʻor kishilari boʻlgan olim, shoir, san’at arboblari mirzo, oddiy xat koʻchiruvchi sifatida saroy ishlariga qatnashishga, ba’zi bir lavozimlarni bajarishga majbur edilar.

Muhammad Murod devonbegi surgunga yuborilgandan soʻng, xon boshqa kishi topmaganidan, Komilni devonbegi qilib tayinlashga majbur boʻladi, lekin birmuncha vaqtdan soʻng Muhammad Murod devonbegini surgundan soʻratib oldirib, uni oʻz oʻrniga tayinlaydi, Komil mirzaboshi boʻlib qoladi. Nodon, johil devonbegi har xil yoʻllar bilan Komilni siqa boshlaydi. Azobda qolgan Komil bir fursat topib, quyidagi she’rni yozib xonning qoʻliga beradi:

Manga ey shahim, koʻp itob aylama,
Gʻam oʻtida bagʻrim kabob aylama.
Zagʻangʻa berib bulbul oʻrnida joy,
Humo hamnishinin uqob aylama...

Xonga bu she’r ma’qul kelmaydi. Uni devonbegi qoʻliga beradi. Devonbegi boshqa bir shoirga Komilni masxara qiluvchi javob she’rini yozdiradi.

Xon bir kuni Komilga forschadan bir asarni oʻzbekchaga tarjima qilishni topshiradi. Komil juda koʻp mehnat sarf qilib, uni tamom qiladi, ammo bu xizmat shoir Rojiy nomiga oʻtadi. Rojiy bu «xizmati» uchun in’om va madrasadan hujra oladi. Ancha vaqt Komil bundan bexabar boʻladi, bir kun bir doʻsti unga bu voqeani aytadi. Tuhmat ostida qolgan Komil maxsus bir masnaviysida xon va saroy tomonidan xoʻrlanganini chuqur afsus bilan bayon qiladi. Komil qancha harakat qilsa-da, uning dodiga yetuvchi kishi boʻlmaydi Saroy aristokratiyasi tomonidan bunday munosabat faqat Komilga nisbatangina boʻlgan emas. Bu jihatdan saroyda Ogahiy va uning ijodiga boʻlgan munosabatdan guvohlik beruvchi Komilning yana bir masnaviysi juda ham xarakterlidir. Bu masnaviyda Komil zamonasining ulugʻ olimi, shoiri Ogahiy ijodiga baho berish saroy chinovniklari qoʻlida boʻlib, ular uning bebaho, gavhardan qimmat gʻazallariga jugan (qoʻqon joʻxorisi) bilan haq toʻlar edilar, deb hasrat qiladi.

Bu faktlar saroyga ishga kirishga majbur boʻlgan shoir, olimlarning fojiali ahvolini juda yaqqol koʻrsatadi. Xon va boshqa aristokratlar ularga yollangan kishi sifatida qaraydilar. Ularning nohaq xohishiga koʻnmagan, unga qarshi chiqmoqchi boʻlganlar masxaralangan, xoʻrlangan, kaltaklangan. Zamonasining ilgʻor kishilaridan biri boʻlgan Komil ana shunday azoblar natijasida salomatligini yoʻqotib, qarigan vaqtida koʻzi ojizlanib, chuqur ruhiy azob ostida 1897 yilda vafot etadi.

* * *

Muhammad Rahimxon (1864—1910) saroy atrofiga adabiyot va san’at arboblarini toʻplab, adabiyot, san’at kechalari oʻtkazishga ancha vaqt sarf qiladi. Oʻzi ham anchagina she’riy qobiliyatga ega boʻlgan Muhammad Rahim Feruz taxallusida gʻazallar ham yozar edi. Uning zamonida Xorazmda toshbosma tashkil etiladi Navoiyning ayrim asarlari va Xorazm shoirlarining koʻp devonlari ana shu toshbosmada nashr qilinadi. Fors-tojik adabiyotidan muhim tarixiy, adabiy asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilinadi. Feruz davridagi adabiy harakatning jonlanishida Ogahiy va Komillarning ta’siri va xizmati katta.

Komil ijodining temasi xilma-xil. Biz unda murakkab hayot, dunyoni anglay olmasdan, undagi haqsizliklardan dodlaguvchi, hasrat qilguvchi otashin yurak sadosini, jamiyat, ochkoʻzlik, baxillik, hasadgoʻylik, laganbardorlik kabi xususiyatlar qoralanib, kishilarni himmatli boʻlish, insof va vijdonga chaqirish tuygʻularini koʻramiz.

Qisqa qilib aytganda, yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik oʻrtasidagi kurash shoir ijodining asosiy magʻzini tashkil etadi. Bu hodisa shu davr yozuvchilarini bizga ulugʻ, ilgʻor qilib koʻrsatish bilan birga, ularning tarixiy chegaralanganligidan ham darak beradi.

Inson qalbining oʻlmas, abadiy samarasi muhabbat, intim lirika Komil ijodida ham salmoqli oʻrin olgan. Bu sohada u chinakam inson tuygʻularini oʻziga xos yoʻsinda juda yoqimli qilib bera oldi.

Komil xon bilan bir necha bor Rossiya va Toshkent safarida boʻldi. Shunda rus xalqi va boshqa xalqlar hayotiga juda diqqat bilan nazar soldi.

Oʻz san’atini sevgan shoir xalq kuylarini saqlab qolish, mukammallashtirish ustida koʻp oʻyladi va Xorazm klassik kuylarini oʻzi tomonidan yaratilgan chiziqlar — notaga koʻchirdi. Uning bu ishini oʻgʻli shoir, ham kompozitor Muhammad Rasul — Mirzo davom qildirdi.

Komil merosidan bizga bitta devon yetib kelgan. Bu devon Xorazmda tosh bosmada ikki marta, 1909 yilda Toshkentda ham tosh bosmada nashr etilgan. Komilning devoni oʻzbek adabiyotida davom etib kelgan traditsiya asosida, ya’ni alifbe tartibida tuzilgan boʻlib, unda poeziyaning — gʻazal, mustazod, muxammas, murabba’, musaddas, musamman, tarji’band, masnaviy shaklidagi hamma janrlarida yozilgan she’rlar bor. Shuningdek, bu devonga Komilning fors-tojik tilida yozgan gʻazal, muxammaslari ham kirgan. Bu tosh bosma devonlaridan tashqari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida Komilning turli davrda, turli kotiblzr tomonidan koʻchirilgan qoʻlyozma devonlari ham bor. Bu kichkina toʻplamni tuzishda yuqorida aytilgan devonlardagi materiallar asosga olindi.

Rahmat Majidiy

Gʻazallar

Buxl eliga demagil, ey zubdai davron, soʻzing,
Hayf etar, qadrini bilmas, siflai nodon, soʻzing.
Garchi, soʻzdek gavhari qimmatbaho yoʻq dahr aro,
Bor alarning qoshida harmuhradin arzon soʻzing.
Ulki qilmaydur maoni bahrigʻa gʻavvosliq,
Koʻrmagay munjuqcha gar boʻlsa duri gʻalton soʻzing.
Past fitratlargʻa dunyo moli uchun tutma koʻz,
Bir qaro pul bobida mushkul qilur oson soʻzing.
Buxl zangini qira olmas temurdek koʻnglidin,
Gar itiklik ichra boʻlsa oʻylakim soʻhon soʻzing.
Gar soʻzingdin bir nimarsa oʻnmasa bu dunyoda,
Tinglamaslar oxiratda bersa ham, imon soʻzing.
Iltimos etma olardin bir koʻnakni zinhor,
Sindirur gar bersa ham oʻlgan badangʻa jon, soʻzing.
Donish ahli qoshida har biri bir la’li xoʻshob,
Lek olargʻa bordurur la’l oʻlsa ham paykon soʻzing.
Topmasang soʻz lazzatidin ogahu Komil kishi,
Soklagʻil boʻlgʻuncha koʻnglung pardasida qon soʻzing.
* * *
Boʻlmasa garduni sufladoʻst gar dun, ey koʻngul,
Nega dunni shod etar, dononi mahzun, ey koʻngul.
Chun falak nodon navozu, xasmi donodur, ne sud,
Donish iqlimida boʻlsang gar Falotun, ey koʻngul.
Izzat ila ne’mat avjida boʻlur oliy maqom,
Har kim oʻlsa kaj nechukkim ayn ila nun, ey koʻngul,
Zoyl etmak istasang oʻzdin mazallat qoni’ oʻl,
Olmas ul chirkingni mundin oʻzga sobun, ey koʻngul.
Javhari jon ul mato’ ermaski sotqun olgʻasen,
Ne osigʻ gar hosil etsang ganji Qorun, ey koʻngul.
Oqil ersang kibru naxvat qilma izzu johinga,
Boʻldi istikboridin iblis mal’un, ey koʻngul.
Emin oʻlma kaydidin yoru birodarman debon,
Ne jafolar qilmadi Yusufgʻa Sham’un, ey koʻngul.
Dahrning pastu balandidin desang, forigʻ boʻlay,
Qoʻyma ilkingdin zamone jomi gulgun, ey koʻngul.
Tobti shohi nuktadon altofidin soʻz ahli qadr,
Zohir etkil emdi bikri sofmazmun, ey koʻngul.
Bu gulistondin baqo boʻyini istab boʻlmagʻil
Lola bargidek saropo dogʻu dilxun, ey koʻngul.
Komil ersang, odat ayla sabr ila xomushligʻ,
Gar bor ersa, har soʻzung bir durri maknun ey koʻngul.
* * *
Boʻlmadimkim bir dame anduhi davrondin xalos,
Andin istarman tanimning boʻlgʻonin jondin xalos.
Har nafas boshimgʻa bir gʻam sangboroni yogʻar,
Tobmadim hech hodisoti charxi gardondin xalos.
Ul labi xandon ruxi gulgun gʻamidin ohkim,
Boʻlmadi hargiz koʻzum ashku, koʻngul qondin xalos.
Xasta koʻnglum nolasi andin falak paymodurur,
Bir asire durki nogah boʻldi zindondin xalos.
Yetmasa gʻamxonam ichra subhi vaslidin ziyo,
Boʻlmogʻ mumkin emastur shomi hijrondin xalos.
Shum raqibing rashk tigʻi birla bir kun chopgʻomen,
Mushrik oʻlmas zulfiqori shohimardondin xalos.
Johilekim donish ahli suhbatidan qochqusi,
Kofiredurkim topar ahli musulmondin xalos.
Goh zulfi yodi birla, goh yuzining yodida,
Boʻlmadi jonim zamone kufru iymondin xalos.
Komile kim tobsa dunlar ixtilotidin raho,
Bir musulmondekki, tobgʻay kofiristondin xalos.
* * *
Manga, ey pari, koʻb itob aylama,
Gʻam oʻtigʻa bagʻrim kabob aylama.
Tuzub suhbat, ahli jaholat bila,
Kamol ahlidin ijtinob aylama.
Visolingda rohat yeturgil dame,
Firoqingda doim azob aylama.
Chu kelding qonshmgʻa ketarman debon
Yana umr yangligʻ shitob aylama.
Huzuringda xandon etib dushmanim,
Eshikda koʻzumni purob aylama.
Qovub majlisingdin meni, gʻayrni
Maqomimda noib manob aylama.
Meni soyadek xoksor aylabon,
Oni sarbaland oftob aylama.
Eagʻangʻa berib bulbul oʻrnida joy,
Humo hamnishinin uqob aylama.
Qilib yod shoyista xizmatlarim,
Xato birla sahvim hisob aylama.
Boqarda koʻzum chehrai lutfinga,
Gʻazab birla qahring niqob aylama.
Firoqingda Komilni nokom etib,
Nifoq ahlini komyob aylama.
* * *
Mandin oʻlmishtur bukunlar ohkim jonon malul,
Bu jihatdan aylamish chiqmay tanimdin jon, malul.
Jomi vaslin noʻsh etib agʻyor doim shod erur,
Man ichib tun, kun erurman sogʻari hijron malul.
Roʻzu shab zindoni gʻamda yigʻlaram Ya’qubdek,
Boʻlgʻali man xastasidin ul mahi kan’on malul.
Furqatidin ohu nolam baski dardomiz erur,
Ayladi bedardlarni ham oʻshul afgʻon malul.
Boʻldilar begona borcha oshnou yorlar,
Boʻlgʻali bu bekasidin ul shahi xubon malul.
Boʻlmish oldida raqibi kinavar yolgʻoni rost,
Man nechuk boʻlmay gar oʻlsa rostim yolgʻon, malul.
Hayf, yuz ming hayfkim, fazl ahlini mahrum etib,
Mahram oʻlub ayladilar zumrai nodon malul.
Arzi holimni man emdi kimga aylarman bayon,
Ul gado holigʻa voy, andin esa sulton malul.
Gar malul oʻlsa jahon ahli ne gʻam Komil mango,
Boʻlmasa basdur agar ul soyai subhon malul.
* * *
Ne sud ochilsa gul, oʻlsa bahor gʻurbat aro,
Mengaki boʻlmasa yoru diyor gʻurbat aro.
Ochilmadi chamaniston havosidin koʻnglum,
Koʻzimga gul erur andoqki, xor gʻurbat aro.
Firoq dashtida bir mushkboʻ gʻizol istab,
Koʻzimni qildi chu dom intizor gʻurbat aro.
Yiroq tushkali ahbob suhbati mayidin,
Nishot jomigʻa boʻldum xumor gʻurbat aro.
Chamanda guldek ahibbo vatan aro xandon,
Chu lola bagʻrim erur dogʻdor gʻurbat aro.
Vatanda koʻzima changalistoncha yoʻq Mahmud,
Ayoz bogʻida tutdim qaror gʻurbat aro.
Chiqay vatan sadafidin dema guhar yangligʻ,
Agarchi boʻlsa senga e’tibor gʻurbat aro.
Nihon et oʻzni vatan qrfi ichra anqodek,
Senga yoʻq oʻlsa murod ishtihor gʻurbat aro.
Vatanda sokin oʻlub sayr et olami bolo,
Safarni aylamagʻil ixtiyor gʻurbat aro.
Tob emdi Xeva ila Pahlavoni Komil esang,
Dema —Buxori sharifu Mazor gʻurbat aro.
* * *
Emas kishiga bu dunyoda mulku mol kamol,
Husuli ilmu hunar keldi bezavol kamol.
Oʻlumdin sharafi oxirat emas yolgʻuz,
Ki munda ham sababi izzatu jalol kamol.
Murod ma’rifatullohdur taallumdin,
Emas mubohasau jang ila jidol kamol.
Kamol ma’nisi tahsili ilmi hol durur,
Na hosil aylaguchi mahzi qiylu-qol kamol.
Zamiring ayla musaffo kadardin oyinadek,
Desangki, jilvagar etsun ango jamol kamol.
Boʻlurmu shoʻra zamin obu donadin xurram,
Xabis tab’gʻa tobmak base mahol kamol.
Kamol bergusidur soʻzga shuhratu ta’sir,
Bu qushgʻa qilgʻali parvoz parrubol kamol.
Niholi bebari sarkadidurur avomunnos,
Ne sud tobmasa ma’nigʻa ittisol kamol.
* * *
Tafa’ul aylar eding, ey koʻngul, qilib niyat,
Ki raf’ boʻlgʻusi deb toza yilda nahsiyat.
Chu qilmas axtari baxtim safar manozilgʻa,
Iqomat etti magar burji nahsda niyat.
Muharram oʻldi harom oʻldi elga kulfatu gʻam,
Va lek bir mango yuzlanmadi rafohiyat.
Jahoni buqalamun hodisoti fikridin,
Yetushmadi bu parishon koʻngulga jam’iyat.
Aningdek oʻlmisham ushbu diyorda bekas,
Ki qatl qilsalar olmoqgʻa yoʻq kishim diyat.
Yiroq tut juhalo ixtilotidin oʻzni,
Ki oʻtqa yoqmoq oʻlubdur yovuqni xosiyat.
Tama’ni tark etu, chiq goʻshai qanoat aro,
Sango yoʻq oʻzga jahon ichra joyi amniyat.
Tamom qilding etib banda xizmatin umring,
Ham aylagil. gahi ma’budinga ubudiyat.
Tut oʻzni pastu kichik borcha xalqdan, Komil,
Azim ofat erur nixvatu anoniyat.
* * *
Har necha aylabon izhor fasohat shuaro,
Sochar elga duri daryoi balogʻat shuaro.
Ochibon lutfi malohat gulin ash’oridin
Rangboʻyi chamani, fazlu fatonat shuaro.
Qilsalar har iyecha izhori sadoqat shabu roʻz,
Koʻrar oʻtrusida har damda sad ofat shuaro.
Kilmas ummid, qilur shukur, sharorat elining
Tilu ilkidin agar qolsa salomat shuaro.
Haq soʻzin shohu gado qoshida kitmon etmas,
Bu jihatdin hadafi tiyri malomat shuaro.
Yaxshidur qonii qashshoq gʻani tomi’din,
Tutdi bu vajhdin oyini qanoat shuaro.
Qilmas oʻlganda tama’ sifla tazongarlardin,
Bordurur javhar oyinai himmat shuaro.
Qilmagʻay johilu nodongʻa itoat hargiz,
Koʻrmasa bir kishidin hukmi siyosat shuaro.
Chun itooti ulul-amir vujubin biladur,
Tark qilmas nafase vojibu sunnat shuaro.
Kecha kunduz qiladurlar sufahogʻa xizmat,
Garchi shoyistai avrangi sadorat shuaro.
Bor alardin necha bekorlar izzatda ziyod,
Tilu ilki bila ham aylasa xizmat shuaro.
Emdi soch soʻz duri Komil sadafi tab’ingdin,
Tobti shoh hazratida qadr ila simmat shuaro.
* * *
Yutubon bu zamonda qon fuzalo,
Kulfat oʻqigʻadur nishon fuzalo.
Qalam ila kitobdin oʻzga,
Topmagʻay yoru hamzabon fuzalo.
Qatnabon suflalar eshikiga,
Topmas oʻlturgʻali makon fuzalo,
Juhalo zumrasi kelib gʻolib,
Boʻldi magʻlubu notavon fuzalo.
Soʻzni fahm etgali kishi topmay,
Ne osigʻ boʻlsa nuktadon fuzalo.
Kimga koʻrsatsa birgina behbud,
Topar oʻtruda ming ziyon fuzalo.
Juhalogʻa qilib mulozimliq,
Topmadilar yemakka non fuzalo.
Mayi gulrang oʻrnigʻa tayyor,
Koʻzlari sagʻarida qon fuzalo.
* * *
Boʻlubon jolisi avrangi jaholat juhalo,
Urdilar olam aro koʻsi hukumat juhalo.
Noʻsh etib rishva mayin yetmay ulus dodigʻa,
Bilmadilar dame oyiai adolat juhalo.
Boʻlubon homii arbobi fasodi sarka, (?)
Jam’ qildilar ukush davlatu sarvat juhalo...
Ulamogʻa berib ijroi shariatda shikast,
Berdilar johili nodongʻa himoyat juhalo.
Qilib oʻz royicha ish amri hukumatda mudom,
Qildilar tark base farz ila sunnat juhalo.
Arzu dod amrida ahkomi shariatni qoʻyub,
Yurutub oʻrnigʻa qavliyati odat juhalo.
Boʻlub oʻz boshlarigʻa fe’li musallat, yo rab,
Boʻlmagʻay boisi mankubi viloyat juhalo.
Komilo, tutsa ne tong vartai zillatda maqom,
Topdilar masnadi izzatda sadorat juhalo.
* * *
Ey koʻngul, zinhor qilma ahli davrondin tama’,
Bor esa bu xasta jisminggʻa agar jondin tama’.
Chunki yoʻq ermysh jahon ahlida xolis doʻstligʻ,
Kimki ondin yaxshiroq yoʻq, aylama ondin tama’.
Dahri dundin koʻrmagung juz hasrati nokomligʻ,
Gavhari maqsudni qilma bu ummondin tama’.
Solim oʻlmoqning sipehr osibidin imkoni yoʻq,
Qilma hargiz ofiyat kunjin bu vayrondin tama’.
Koʻzlari jallodidin qilmsq muruvvat orzu,
Ahli iymon aylagandek kofiristondin tama’.
Istayin ne nav’ jonim rohatin mijgonidin,
Qilgʻomu majruh marham tigʻi uryondin tama’.
Sharbati la’li havosin istamaklik bodadyan.
Aylama jonbaxshligʻ juz obi hayvondin tama’.
Xoni vasligʻa raqibidin ionat istamak,
Aylagan yangligʻ gado ilkidagʻi nondin tama’.
Olam ichra gar boʻlay desang azizu arjumand,
Aylama Komil kabi juz zilli subhondin tama’.
* * *
Iyd oʻldi olam ahligʻa yuzlandi ibtihoj,
Shah toraki muborakidin qadr tobti toj.
May tarki birla rind eli giryonu zor edi,
Atfoldekki yigʻlar ango kissalar sujoj.
Jomi sabuhidin topibon quvvati tamom,
Roʻza riyozati bila bir za’fligʻ mizoj.
Oʻtkardi roʻzaii yebon ahli gʻino shakar,
Bechoralar saharliku iftori bir kuloj.
Atfoli agʻniyo olib iydonagʻa tilo,
Qashshoqlar bolasi diram tobmly oldi koj.
Ahli karam saxosidin ummid aylabon,
Iydonadur bahonai arbobi ehtiyoj.
Shohi liboslar kiyibon barcha xoslar,
Ma’lum boʻldi kim sinuqu kim berur rivoj.
Yo rab, shahim hukumatini mustadom tut,
Avrangi adl uzra maqom ayla taxtu toj.
Komilcha boʻlmagʻay shuaro madhinga fasih,
Bulbul kabi navo qila olurmu soru soj.
* * *
Menga zulmin kam etmas gunbazi davvor har soat,
Toʻkar gʻam xirmanin boshimgʻa yuz xirvor har soat.
Ne ul oydin kelur yillar aro bir vasl paygʻomi,
Ne oning majlisidin ayrilur agʻyor har soat.
Ne ahvolimni arz aylargʻa homiyu muinim bor,
Ne shah yillarda holim aylar istifsor har soat.
Kima bir xizmat etsam, aylagay oʻrnigʻa yuz tuhmat,
Asalgʻa, zahru gul oʻrnigʻa, sanchar xor har soat.
Boʻlub begonavash yillar yomonligʻ oshkor etti,
Kima kim oshnoligʻ ayladim izhor har soat.
Yetar afgʻonga nodoi doʻstlarning ixtilotidin,
Koʻngul oyinasigʻa yuz tuman zangor har soat.
Jahon pastu balandi, soqiyo, qon qildi koʻnglumni,
Mani masti mudom et, qoʻymayin hushyor har soat.
Boʻlur har soatim bir kun, kunim yuz yil, yilim ming oy,
Menga lutf etmasa, shohi falak miqdor har soat.
Hamisha oʻz tama’ shohi jahondin oʻzgadin. Komil,
Desang boʻlmay jahon ichra zalilu xor har soat,
* * *
Yuzu xoling gʻamidin gar emastur notavon lola,
Nedin boʻlmish hamisha sina dogʻu, bagʻri qon lola.
Xijolatmandi xolu orazing ermas esa, nechun,
Qoʻyub gulshanni dashtu togʻ aro tutmish makon lola.
Boʻyoldi qongʻa gʻamzang tiyrboronddin ul goʻyo,
Qochib koʻhsor gʻorin anglamish dorilamon lola.
Tunu kun davr etib, hech koʻrmadilar dashtu gulshanda,
Yuzingdek sab’ai sayyora birla osmon, lola.
Ochibmu bogʻ aro ustida gullar sarv yo shamshod,
Boshigʻa qistiribmu yoki ul sarvi ravon, lola.
Qadam qoʻy sarvnnng boshi uza, ey shoʻx, gulshanda
Ki to bilsun seni bir xisravi oliy makon lola.
Chamanda xizmat uchun bir ayoqda tik turub shamshod,
Tutar yoʻlingda nargisdin qoʻlida sham’don lola.
Koʻngul dogʻini koʻrsatmak koʻzungga mumkin ermastur,
Agar koʻrmak tilarsen bordurur andin nishon lola.
Ani hech gulga tashbih aylamas Komil kishi, mundin,
Birin bosh uzra qoʻysang, ismi zot aylar ayon lola.
* * *
Kulmading bir, to mani yuz qatla giryon qilmading
Tutmading bir jom, to koʻnglum toʻla qon qilmading.
Xotirim davron gʻamidin qilmading bir lahza jam’,
To mani bir yilgʻacha zoru parishon qilmading.
Xasta koʻnglum tah-batah qon qilmagʻuncha gʻunchadek,
Ochilib majlisda ruxsoring gulafshon qilmading.
Man tarafgʻa qilmading hargiz xatodin bir nigoh,
To raqibimgʻa boqib yuz lutfu ihson qilmading.
Aylading mehru vafo bobida qaysi va’dalar,
Kim yana ul ahdu paymondin pushaymon qilmading.
Otmading qahru itobing novakin agʻyorgʻa,
To malomat oʻqigʻa koʻksimni qalqon qilmading.
Qilmagʻuncha xoni vaslingdin bu zoring benasib,
Oʻzgani bu xoni ihson uzra mehmon qilmading.
Egnima kiydurmading lutfu inoyat xil’atin,
To libosi ofiyatdin jismim uryon qilmading.
Qaysi bir ummidkim lutfingdin etdim oqibat,
Ul umidim hosilini ya’si xirmon qilmading.
Ey sitamgar, qaysi bedilgʻa berib vaslingda joy,
Soʻngra oni mubtaloyi dogʻi hijron qilmading.
Qilmagʻuncha xonu monimni qaro hijron aro,
Kulbam ichra orazing sham’i shabiston qilmading.
Donish ahligʻa qayu qilmishlaring dey, ey falak,
Qay birin ul zumranitsg magʻlubi nodon qilmading.
Sirri ishqing necha pinhon tutti eldin, ey pari,
Qoʻymading Komilni to rasvoi davron qilmading.
* * *
Jonbaxsh la’ging ustida ul xol hindularmudur,
Yo chashmayi hayzon uza zogʻi siyah moʻlarmudur?
Bogʻi jamoling sahnida oʻynar koʻzing mardumlari,
Yoxud Xoʻtan gulzorida tayr etkan ohularmudur?
Sunbul erurmu sarvgʻa chirmoshib oʻskan bogʻ aro,
Yoxud choʻlashgʻan qaddinga shabrang gesularmudur.
Xatti muanbarmu erur chohn zanaxdon davrida,
Yo salsabil atrofida rayhoni xushboʻlarmudur?
Shahlo koʻzing atrofida kirpiklaringmu, yoʻq esa,
Qurgʻon kiyiklar saydigʻa sayyod moʻndularmudur?
Gʻamzang mijang novaklarin otmoqdadur ikki kamon,
Yo koʻzlaringning ustida payvasta abroʻlarmudur?
Zohir areqlarmu erur, gulbargi xandoning uva,
Yo la’li xotam davrida serob lu’lularmudur?
Gʻamzang xadangin har taraf otsang tegar man zoringa,
Jonu koʻngulmu, yoxud ul oʻqlarga qopularmudur?
Hayroni didoring boʻlub turmush qoshingda xoʻblar.
Yoʻq ersa qoʻygʻon oʻtruda mashshota koʻzgularmudur?
Tortar riyoiy shayxlar masjidda jahr aylab figʻon,
Yo koʻkka boqib koʻchada har kecha ig uvlarmudur?
Komil qoshigʻa keldimu barcha raqibi hilasoz,
Yo sheri gʻurron ollida bir necha tulkularmudur?
* * *
Gar olsa ilkiga ul moh tanbur,
Chekar oʻtlugʻ koʻnguldek oh tanbur.
Qilur mutribvashimning furqatida,
Damo-dam nolai jonkoh tanbur.
Gʻamingdin nola aylardz tunu-kun,
Mengadur hamdamu hamroh tanbur.
Boʻlurman gʻam saqilidin sabukbor,
Ayon qilsa gar ishqulloh tanbur.
Jahonda sozning anvoi koʻbdur,
Vale istar gadou shoh tanbur.
Boʻlur ushshoq, ey mutrib, asiring,
Olib soz aylasang dugoh tanbur.
Qilur sayri maqomot ul jihatdnn,
Erur Komilgʻa xotirxoh tanbur.
* * *
Vahki, koʻzlarim giryon qildi la’li xandonlar,
Jam’ qoʻymadi koʻnglum kokuli parishonlar.
Bogʻu gʻuncha sayridin boʻldim emdi mustagʻni,
Ochti gul xadangingdin koʻnglum ichra paykonlar.
Orazi araqnoking koʻrdi chun chaman ichra,
Gʻullar oʻldi shabnamdek, barcha chashmi hayronlar.
Toki gʻamzau nozing koʻz uyin maqom etti,
Tashqarida mijgonlar bordurur nigahbonlar.
Ishq soʻzu dardidin nola qilma koʻp, ey dil,
Boʻlmasunlar ozurda bu aziz mehmonlar.
Qaysi xoli orazining dogʻidur chamanlarkim,
Lola dogʻu, gullarga chok erur giribonlar.
Chini ostiningdur, mavji javhari shamshir,
Yigʻnama bu zoringni qatl etarga domonlar.
Bu shahodat iqbolin kim topar ekan, yo rab,
Nozi oldi mijgondin qoʻlgʻa tigʻi uryonlar.
Kimki husn shohigʻa begunah — gunahkor ul,
Anga zulf erur zanjir. choh erur zanaxdonlar.
Husni koʻzgusi bordur mazhari jamolullo,
Man’i ishqim etmanglar, ey guruhi nodonlar.
Komilo, shahanshohing nazmi gavhar afshonin,
Koʻrsa banda boʻlgʻaylar Fazliyu Umarxonlar.
* * *
To sayri gulshan noz ila ul sarvi ozod aylamish,
Sarv oʻzni aylab bandayu, gul barg barbod aylamish,
Gulzor aro ruxsorini chun koʻrdi shaydo andalib,
Gul infioligʻa boqib, afgʻonu faryod aylamish.
Jonim xalos oʻlgʻay nechuk, oning koʻzu mijgonidin,
Bu birni xanjar aylabon, ul birni jallod aylamish.
Man ne sifat tark aylay ul shirin shamoyil ishqini,
Gʻam besitunin qozgʻali koʻnglumni Farhod aylamish.
Qoshu koʻzining shaklidin qatlimgʻa nass zohir boʻlur,
Chekkanda goʻyo suratin bu naqsh Behzod aylamish.
Mandin qochinglar baxtdek, ey ayshu ishrat: shohidi,
Bir shoʻx koʻnglum mehnayau kulfatgʻa mu’tod aylamish.
Javru jafolarkim manga yetmish oning hijronida,
Bilmas hisobini aning, aql ahli te’dod aylamish.
Ta’sir qilmas nolishim bir zarracha, goʻyo qazo,
Xilqatda bagʻrin tosh etib, koʻnglini foʻlod aylamish.
Ermas pari gar, ne uchun ham yigʻlatib ham kuldurur,
Bu nav’ afsunni qachon bir odamizod aylamish.
Gʻamzangga taqlid aylabon el qatlini aylar ajal,
Ori qilur shogirdi ham har ishki ustod aylamish.
Gulrux sanamlar, ne ajab, qilsa itoat amringa,
Kim haq azalda shohgʻa lashkarni munqod aylamish.
Kim sifla ersa shod etar bu charxi dushmankom oni,
Vohkim hamisha imtiyoz ahligʻa bedod aylamish.
Noqislar izzu johini har kun baland aylab falak,
Komillar oʻrnin past etib, mahzunu noshod aylamish.
* * *
Koʻrmamish sandek jahonda hech bir gulzor, gul
Kim sanga bordur badan gul, jabha gul, ruxsor, gul.
Gul uzoring lam’asidin ochti gardun bogʻida,
Farqadon gul, kahkushon gul, sab’ai sayyor gul,
Bazm aro gulbargi xandoninga qurbat topgʻali,
May gulu, meno gulu, ham sogʻari sarshor gul.
Boʻldi bulboʻllargʻa gulshan ichra husning shavqidin,
Nola gul, afgʻon gulu, alhon gulu, minqor gul.
Gulshani bazm achra har fe’l oʻlsa gar sandin ayon,
Noz gul, raftor gul, guftor gul, atvor gul.
Sayri bogʻ aylarda toptilar quduming fayzadin,
Sarv gul, shamshod gul, ashjor gul, har xor gul.
Yigʻlamakdin gul yuzing hajrida qonligʻ ashkidin,
Fosh etar xuni jigar gul, didai xunbor gul.
Boʻldi mutriblargʻa bazming ichra hangomi surud,
Noxunu mizrob gul, musiqiyu advor gul.
Boʻldi zohidlargʻa husni bemisoling vasfida,
Zikr ila avrod gul, tasbih gul, dastor gul.
Chun sening yoding qilurlar sokini dayru haram,
Yo samad gul, yo sanam gul, subha gul, zunnor gul.
Qildi Komil tab’ini shah lutfi gulzor oʻylakim,
Masnaviy gul, qit’a gul, abyot gul, ash’or gul.
* * *
Sensizin, ey dilrabo, jannatda gʻilmon boʻlmasun,
Demayin gʻilmonki, bal jismim aro jon boʻlmasun.
Boʻlmasa vasling muyassar, ey paripaykar, mango,
Toʻbiyu kavsar bila firdavsi rizvon boʻlmasun.
La’l jonbaxshing firoqida mango, ey guluzor,
Gulshani jannat ichida obi hayvon boʻlmasun.
Bu jahon gulruxlari boʻlsun sango farmonpazir,
Husn iqlimida sandin oʻzga sulton boʻlmasun.
Doʻstlar, doim demang nechun parishonhol san,
Hech kishining dilbari kokulparishon boʻlmasun.
Ishq elin qatl etkali chiqmish dedilar bir pari,
Bir xabar oling bizing oshubi davron boʻlmasun.
Komiloso bodai vasl ila labtar boʻlmayin,
Hech kimsa mubtaloi jomi hijron boʻlmasun.
* * *
Koʻzim giryonliqigʻa ul labi xandon erur bois,
Koʻngul mahzunliqigʻa kulfati hijron erur bois.
Gʻami ishqim ulusgʻa fosh oʻlurgʻa, ey guli ra’no,
Sarigʻ ruxsor uza oqgʻon koʻzimdan qon erur bois.
Dili tangim ochilmas juz nasimi iltifotingdan,
Dami subh, oʻlmoqigʻa gʻunchaning xandon, erur bois.
Ne tong ul oygʻa ta’sir etmas ersa ashksiz ohim,
Hadafgʻa yetmakigʻa tiyrning paykon erur bois.
Yetursa koʻngliga zaxm el, tili mavzun soʻzingdindur,
Sadaf chokiga yoʻq xanjar, duri gʻalton erur bois.
Desang ozod oʻlay gʻamdin suxansanj oʻlma, bulbuling
Qafasband oʻlmaqigʻa shakarinilhon erur bois.
Musoffodur koʻngul koshonasi doim xayolingdin,
Bezarga kulbasini mevbon, mehmon erur bois.
Malul oʻlma mazallat tiyra chohi ichra qoldim deb,
Aziz boʻlmaqgʻa Yusuf, Misr aro, zindon erur bois
Ne tong Komil Navoiy yangligʻ oʻlsa soʻz aro sarmast,
Bu sarxushliqgʻa jomi suhbati sultsn erur bois.
* * *
Meni Majnun boʻlubman bir pari ishqida devona,
Ki yodidin boʻlubdur koʻnglum andoqkim parixona.
Erur ul mansizin doim nishotu aysh ila har dam,
Vale man onsizin tun-kun gʻamu kulfatgʻa hamxona.
Tutar har subh elga kosa-kosa bodai vaslin,
Ichib man zahri hijron, har kecha paymona-paymona.
Ne tong, tushsam man ul koni malohat majlisidin dur.
Muyassar boʻlgʻamu hargiz gadogʻa bazmi shohona.
Ne hojat bodakim, ul mugʻbacha masti mudom aylar,
Mani yoʻq, borchani majlis aro gar kirsa mastona.
Chu qildi tiyra kulbam, ey saodat axtari, hajring,
Munavvar boʻlmoqi mumkin emas gar kelmasang yona.
Koʻngulda sirri ishqing yoshururman xalqdin doim,
Nedinkim bordurur ul ganjgʻa madfan bu vayrona.
Manga qil zulmu bedodingni bas, ey mahvashi Chini,
Yoʻq ersa aylaram bir kun qulingdin arz xoqona,
Havodis sangboridin desang mahfuz oʻlay xumdek,
Boʻlub sarshor maydin, qil maqoming kunji mayxona.
Mulozimpesha boʻlma joh uchun har pastfitratgʻa,
Tavakkal shohrohida taku-poʻ ayla mardona.
Agar bor et, vagar yoʻq, Komil ayrilmas dame sendin,
Kim uldur zarra, sen xurshid, san sham’u u parvona.
* * *
Savodi xattinga gar istamas boʻlmaq makon kogʻaz,
Bayoz ichra nedin daftar boʻlub ochmish doʻkon kogʻaz.
Koʻzu, qaddu, xatu, la’ling sifotin qilgʻali tahrir,
Midodim — koʻz, mijam — homam, siyohim — ashku jon — kogʻaz.
Sarigʻ chehramdurur ishqini qilgʻon fosh olamgʻa,
Nechukkim lafz ruxsorigʻadur oyinason kogʻaz.
Koʻngulning dogʻi boʻlsa ne ajab zohir jabinimdin,
Nazarlargʻa savodi nuqtani aylar ayon kogʻaz.
Zamirim lavhida naqshi xayoling oʻyladur mahfuz,
Ki ma’ni shohidigʻa bordurur dorulamon kogʻaz.
Falak mehri jamoling vasfini tahrir qilmoqgʻa,
Shahobin xomai anjumdin aylar zarfishon kogʻaz.
Jamoling vasfi tahririn tamom etmak emas mumknn,
Qalam ashjor esa, daryo siyohi, osmon kogʻaz...
Yozibmu ul pari Komilgʻa gulgun safhagʻa noma,
Oʻqurda yo koʻzi xunobidin boʻlmishmu qon kogʻaz?
* * *
Xabar topmish bu mahfilda jamolingdan magar koʻzgu
Kamoli hayrat ila oʻzdin oʻlmish bexabar koʻzgu.
Uzori otashining shu’lasi bskgʻach, yoqar jonim,
Koʻrubmu hech nozir zohir etkanni sharar koʻzgu.
Yuzung xurshidi zulf ostida jabhangdin namoyondur,
Quyosh ruxsorigʻa boʻlgʻon kabi shomu sahar koʻzgu.
Ruhing mir’otini tut zohidi xudbin koʻzidin dur,
Ne bahra topgʻusi koʻrgan bila ul bebasar koʻzgu.
Tamoshoyi jamolingdin, ne tong, shirinkalom oʻlsam,
Ki toʻtilarni doim soʻzlatur shirin-shakar, koʻzgu.
Jamoling ishtiyoqidin mudom ermas esa giryon,
Nedin boshdin ayoq boʻlmishdurur bir chashmi tar koʻzgu.
Yuzung mir’oti hijronida boʻldim necha kundur lol,
Suxansanj oʻlmakigʻa keldi toʻtining hunar koʻzgu(?)
Ruxing nazzorasi fikridin oʻzga yoʻq menga maqsud,
Koʻzumgʻa jilvagar boʻlgʻonda gar xurshid, gar koʻzgu.
Bu vajh ila alar nazzorasi bordur manga matlub,
Jamoli bezavolinggʻa erur shamsu qamar koʻzgu.
Jamoli jilvasin Komil zamiridin tamosho qil,
Ki mazharliqgʻa loyiq boʻlmagʻay ul yuzga har koʻzgu.
* * *
Yorim uzori avji saodat mahi erur,
Bu vajh birla husn eli shohanshahi erur.
Bordur chu xoʻblar aro mumtoz, goʻyyo,
Husn avjining najumi alar, bu mahi erur.
Behroq koʻrar chu mandin ul oy gʻayrni, ne tong,
Gar chehra sargʻarib, menga rashki behi erur.
Ne nav’ ohu nola bila hamrah oʻlmayin,
Doim raqib oning bilakim, hamrahi erur.
Yoʻq bulhavas oning kabi qadding huzurida,
Har odamiki moyili sarvi sahi erur.
Maqsad yuzin hamisha anga koʻrguьur jahon,
Har kimki chashmi nuri xiraddin tihi erur.
Komil, ne tong, gar ogah esa soʻz kamolidin,
Doim anisi Rojiy ila Ogahiy erur...
* * *
Ohkim bir sarvi gulruxsora oshiq boʻlmisham,
Bemuruvvat qotili xunxora oshiq boʻlmisham.
Oldi jonim, nozu istigʻnou yolgʻon va’dasi,
Bir sitamgar zolimu makkora oshiq boʻlmisham.
Ohu nolam qumri-yu toʻtidin oʻtsa, ne ajab,
Bir sixiqomat, shakarguftora oshiq boʻlmisham,
Sarvu gul xascha koʻrunmas koʻzima, ey bogʻbon,
Bir yuzi gul, qaddi xushraftora oshiq boʻlmisham.
Doʻstlar, gah bexudu, gah xastahol oʻlsam ne ayb,
Koʻzlari ham mastu, ham bemora oshiq boʻlmisham.
Hajrida koʻzdin toʻkarman tun-kun ashki lolagun,
Toki man ul xilьati gulnora oshiq boʻlmisham.
Yoruta olmas shabistonim quyoshing, ey sipehr,
Ul yuzi xurshidi puranvora oshiq boʻlmisham.
Aylama, Komil, manga firdavsu rizvon vasfini.
Vasli ishratgohida diydora oshiq boʻlmisham.
* * *
Manzilim chun boʻldi ushbu yil diyori Toshkand,
Jonu koʻnglum doim istar xor-xori Toshkand.
Burji mizonda edi masnadnishin shoxi Xoʻtan,
Ham barobar erdilar laylu-nahori Toshkand.
Nuru zulmat oʻlchanib tun-kun ufuq maydonida,
Birdek erdi subhi sofu shomi tori Toshkand.
Sarbasar ashjor zarrin bargidan bodi xazon,
Farsh qilgʻon barcha qasri zarnigori Toshkand.
Xush havoligʻ muncha boʻlsa anda ayyomi xazon,
Yorab, erkandur nechuk fasli bahori Toshkand.
Boʻldi mehmon joyimiz haq lutfidin bir bogʻkim,
Mevadoru, lolazoru naxldori Toshkand.
Garchi anda bogʻ ila boʻstongʻa yoʻq xaddu shumor,
Ziynat afzoliqda chun xoli uzori Toshkand.
Vus’atu nazhatda rashki jannatul-ma’vodurur,
Kavsari tasnimi nahru joʻybori Toshkand.
Toʻbi oso bosh chekib charxi muallo sorigʻa
Archau yel birla shamshodu chinori Toshkand.
Har kuni sayr aylar anda huru gʻilmon oʻrniga,
Sarvqaddu, guljabinu, guluzori Toshkand.
Lekin ushbu yilgʻa toʻgʻri aylabon bead hisob,
Dedi tarixini hotif chashmasori Toshkand.
Umr boqi boʻlsa olti yil yana Komil senga,
Yozgʻil oning solli tarixin shumori Toshkand.

Muxammaslar

* * *
Qaysi falak burjining mehri puranvorisan,
Qaysi sadaf durjining gavhari shahvorisan,
Kaysi Xoʻtan ohusi nofai totorisan,
Qaysi chamanzorning lolai gulnorisan,
Soʻyla menga, ey sanam, kimni sevar yorisan.
Qomatinga bandadur bogʻ aro sarvi ravon,
La’li labing rashkidin gʻuncha erur bagʻri qon,
Chunki chaman sahnida boʻlsa yuzing gulfishon,
Nolasin aylar fuzun bulbuli bexonumon,
Soʻyla menga, ey sanam, kimni sevar yorisan.
Yigʻlatur oshiqlaring la’l labing xandasi,
Qumrii nolon erur sarv qading bandasi,
Husnu jamol avjining axtari tobandasi
Koʻrsa agar orazing, boʻlgʻusi sharmandasi,
Soʻyla menga, ey sanam, kimni sevar yorisan.
Sen kabi bir dilbari guruxi siminbadan,
Vaqti takallum aro toʻtii shirinsuhan,
Majlis aro aylasang sha’badau la’bu fan,
Vola oʻlurlar senga ahli zamonu zamon,
Soʻyla menga, ey sanam, kimni sevar yorisan.
Oy yuzi — husnu jamol bogʻining ahmar guli,
Jon ila koʻnglum erur ushbu guling bulbuli,
Qumrii nolon erur sarv qadingning quli,
Yoʻq esa nechun ani boʻynida bordur gʻuli,
Soʻyla menga, ey sanam, kimni sevar yorisan.
Ayshu nashot istabon gʻamgʻa duchor oʻlmogʻon,
Mehringa dilbastai zoru nazor oʻlmogʻon,
La’l labing shahdigʻa bormu xumor oʻlmogʻon?
Dahr aro yoʻqtur senga oshiqi zor oʻlmogʻon,
Soʻyla menga, ey sanam, kimni sevar yorisan.
Bir kecha aylab menga mehru muhabbat ayon,
Hamrahu yoʻldoshsiz barcha ulusdin nihon,
Kulbai ahzonima boʻlsang agar mehmon,
Komili mahzuninga rostini etkil bayon,
Soʻyla menga, ey sanam, kimni sevar yorisan.

Navoiy Gʻazaliga Muxammas

Zinhor el ixtiloti birla xurram boʻlmangiz,
Mehnati har dam fuzunu rohati kam boʻlmangiz,
Men kabi bori nadomatdin qadi xam boʻlmangiz,
Doʻstlar, olam eligʻa yoru hamdam boʻlmangiz,
Yor ila hamdam demaykim, oshio ham boʻlmangiz.
Olam ahlidin vafo osorini kilmang gumon,
Naqd umrim sarf etib kildim alarni imtihon,
Uzlat istab ahli olamdin qoching boricha jon,
Oshnoligʻ aylabon, oʻz joningizgʻa har zamon,
Boisi yuz miig balou mehnatu gʻam boʻlmangiz.
Ruhparvar lablaridin istabon noʻshi hayot,
Urdim oʻz jonimgʻa oʻz ilkim bila nishi mamot,
Va’dasida yoʻqturur hargiz vafo birla sabot,
Yeb parivashlar firibin, soʻngra topmay iltifot,
Men kabi devonau rasvoi olam boʻlmangiz.
Yerdin gar marhamat yetsin va gar ranju alam,
Oshiqi sodiq tutar oni hamisha mugʻtanam,
Koʻrmagumdur vaslidin anduhi hijronini kam,
Vasli aysh omoda qilsa xalqni, ey dardu gʻam,
Siz buzuq koʻnglumdin oʻzga yerga mahram boʻlmangiz.
Garchi bu dam xotirimdur dardu mehnat ma’dani,
Jismi zorim yuz tuman anduhu kulfat maskani,
Sizni ham mandek qilur ul dilrabolar purfani,
Ey visol ahli, ul oyning dardi hajridin mani,
Koʻb koʻrub gʻamnok asru shodu xurram boʻlmangiz.
Ohkim, har kimga molu jonimi qildim fido,
Qildilar yaxshiligʻimgʻa ming yamonligʻ borho,
Ahli olamdin vafo aylab tama’, chekmang jafo,
Ey xarobot ahli, yoʻq insonda imkoni vafo,
Mastligʻdin dev oʻlung, zinhor odam boʻlmangiz.
Garchi Komil boʻldi furqatdin alil, ey ahli vasl,
Hajr oʻtigʻa tushti andoqkim xalil, ey ahli vasl,
Lek topti yor vasligʻa dalil, ey ahli vasl,
Gar Navoiy hajr aro boʻldi zalil, ey ahli vasl,
Emdi yaavbat sizgadur, muncha muazzam boʻlmangiz.

Munis Gʻazaliga Muxammas

Dardoki, yoʻq jahon elida sharmsorligʻ,
Koʻrganlar, izzatimni, manga berdi xorligʻ,
Erkan abas zamon elidin doʻstdorligʻ,
Yaxshi kunimda har kishikim berdn yorligʻ,
Doʻngach zamona, ayladi dushmanshiorligʻ.
Ulkim edi vujudi vafo ma’dani, bukun
Dushmangʻa lutfu, zulm mangodur fani bukun,
Derkim raqib sonida koʻrmon sani bukun,
Atfol etakgʻa tosh yigʻingkim mani bukun,
Devonalikgʻa yetkuradur beqarorligʻ.
Har kimsa oʻz nigori visoli zamonida,
Izzat mayini noʻsh etar ishrat makonida,
Faryodkim, boʻlolmadim agʻyor sonida,
Itlar azizroq koʻrunur xalq yonida,
Mandinki, qoʻying ichra chekarman bu xorligʻ.
Borsen agarchi davr eligʻa foiq, etma rad,
Ishqing aro bilib mani ham sodiq, etma rad,
Koʻrdum yuzungni, boʻldum agar oshiq, etma rad,
Man garchi suhbatinggʻa emon loyiq, etma rad,
Bu gulshan ichra gul ul erur boʻlsa xorligʻ.
Ushshoqni qilurgʻa chu qilding figʻon asir,
Nagʻmanggʻa boʻldi barcha eshitmak hamon asir,
Ne nav’ boʻlmayin mani bexonumon asir,
Ey mutrib, oʻldi halqai nagʻmanggʻa jon asir,
Sozinggʻa yor zulfilin oldingmu torligʻ.
Sansan sariri husn uza shohanshah, ey masih,
Gar xoʻblar kavokib esa, san mah, ey masih,
Komilgʻa koʻyung oʻlgusi manzilgah, ey masih,
Munisni gʻam yeturdi halokatga, ey masih,
Maqtulinga dami qilakoʻr gʻamgusorligʻ.

Ogahiy Gʻazaliga Muxammas

Soʻz duri noyob erur, oni qilur izhor til,
Husnidin foida gar boʻlmasa durbor til,
Oʻzga soʻzlar degach, oʻldi mujibi ozor til,
Bazm aro mundoq takallumgʻa chu ochti yor til,
Huqqai yoqutdin sochdi durya shahvor til.
Garchi qotil koʻzlari ushshoqigʻadur jonsiton,
Lek jonparvar kalomi bordurur ruhi ravon,
Bu jihatdin ishq yoʻlida mangadur biymi jon,
Yuz oʻlukni tirguzub toʻtidek aylar xushbayon
Ul masih ochsa qachon soʻz derga shakkarbor til.
Soʻz chogʻi alfozining behaddu poyon lazzatin,
Topgʻolv koʻnglum sogʻinmas obi hayvon lazzatin,
Vasf yuz ming til bila qilmoq ne imkon lazzatin,
Chui eshitgach, har soʻzidin topgʻoman jon lazzagin,
Vah boʻlur erkoi nuchuk odamgʻa bu miqdor til.
Hajr aro gar ming alam yetsun mani bermorgʻa,
Tigʻi gʻam yuz zahm yetkursun dili afgorgʻa,
Tarki nshq et dema hargiz, nosiho, man zorgʻa,
Yoʻq gʻamim ishq ichra oʻlmakdin, nedinkim yorgʻa
Qilgʻusi har dam masiho moʻ’jizin izhor til.
Eyki bir Layli gʻami koʻnglingda tushmishdur qaror,
Fosh etib, boʻlma ani, devonau Majnunshior,
Boʻlmasun desang bu maxfi rozim elga oshkor,
Ishq sirrin tilga kelturma koʻnguldin zinhor,
Kim emastur ishq eliga mahrami asror til.
Har necha boʻlsun soʻzung mavzunu, nugqung jonfizo,
Ahli dunyo ollida yoʻqtur anga qadru baho,
Ulki ikki nukta debtur bordurur biri xato,
E’tiboru izzat istar; kimsakim olam aro,
Yo kerak bisyor zar, yoʻq ersa purguftor til.
Komilo, nutqung agarchi guldurur bexor emas,
Soʻz necha shirin erur xomoʻshligʻcha bor emas,
Oqil uldur dahr aro harkimki purguftor emas,
Boʻlma mahzun, Ogahiy, gar til senga hamvor emas,
Sanda xud gar boʻlmasa xomangda bor hamvor til.

Masnaviy

(Qisqartirib olindi)
She’r koʻb vaqt kambaho erdi,
Shuaro baxti ham qaro erdi,
Lillohilhamdu vassanoki bu dam,
Joʻsh urub sizga bahri judu karam,
Saj’i bir tangadin baho boʻldi,
Shuaro kissasi toʻlo boʻldi,
Soʻzni gavhar demishlar oʻtkanlar,
Fazl doʻkonini yurutkanlar,
Bu zamonda guhar jugan1 boʻlmish,
Durni sotmok, juganga fan boʻlmish,
Yo javohirshunos emasmu alar,
Tanimaslar jugan bila gavhar.
Yo gʻalat deb dururlar ahli sadaf,
Yo jugan bordurur guhargʻa xalaf.
Yoki lafzi qadimda derlar,
Jugari otini alar gavhar.
Ulki ogohlarning ogahidur,
Fahmu donish sipehrining mahidur,
Soʻzi ortiqdurur guhardin ham,
Fazlu donishda olam ichra alam,
Soʻzni har necha qizsa bozori,
Bordur olamda bir xaridori,
Ming balogʻat bila soʻz aylab ado.
Qilur oni jugan bila savdo.
Ul dogʻi ushr, yo zakotdurur,
Anga in’omu bazl ot durur.
Mani bechorau gʻaribu haqir,
Ki soʻzum ichra zarrayoʻq ta’sir.
Soʻz desam kim anga quloq solur,
Kim ani yoki bir koʻnakgʻa olur.
Man ne yangligʻ soʻz aylayin insho,
Soʻz durigʻa bu nav’ boʻlsa baho,
Soʻzuma hech kishi jugan bermas,
Bersalar ham samon — yomon ermas.

Ruboiy

Har necha balo yetsa chekib boshni bukma,
Ta’jil yaqosigʻa boshingni suqma,
Amrozu, alam shiddatidin hovliqma,
Topgʻung yana, Komilo, shifo oshuqma,

Fard

Har kimsaki aylasa oshukmasiy xayol,
Yafrogʻni yifak kilur, chechak bargini bol.