OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifKonstantin Paustovskiy
Asar nomiYoz bilan hayrlashuv (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Romantizm
Mualliflar
   - Konstantin Paustovskiy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOygul Suyundiqova
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Yoz bilan hayrlashuv (hikoya)
Konstantin Paustovskiy

Necha kundirki, tinmasdan sovuq yomgʻir quyadi. Bogʻda namxush shamol shovullaydi. Kunduz soat toʻrtlardanoq kerosinli chiroqlarni yoqdik. Shunda beixtiyor yoz butunlay tugaganligi, yer tobora tumanlarga qorishib borayotgani, atrofni izgʻirin, ayni paytda, gʻalati qorongʻulik bosib kelayotganini ilgʻab qoldik.

Noyabr oxiri — qishloqdagi eng hazin palla. Eski oromkursiga joylashib olgan mushuk kun boʻyi uxladi, yomgʻirning qop — qora tomchilari deraza oynalariga shitob bilan urilganda bosinqiraganday uchib – uchib tushardi.

Yoʻllar hoʻllandi. Daryo boʻylab sargʻish toʻnkalar qalqib oʻtar, suv tekis oqardi. Qushlar boʻgʻotlar ostiga yashirinishdi. Mana, hafta oʻtdi hamki, meni hech kim yoʻqlab kelmadi: na Mitriy bobo, na Vanya Malyavin, na oʻrmonchi. Hammasidan ham kechki payt yoqimli kechardi. Biz pechga oʻt yoqardik. Olov gurlab, qizgʻish nurlari yogʻoch devorlar, Brlyullovning eski suvratida mavjlanardi. Oromkursiga oʻrnashib olgan musavvir bizga tikilib turardi: qoʻlida ochiq kitob, koʻzlari oʻychan, sharillab oqayotgan yomgʻir kuyiga quloq tutganday.

Chiroqlar yorqinlashib, samovar qoʻshigʻiini boshladi. U bilan xonamiz toʻlib qoldi. Oynalar namlandi, qayin barglari oynaklarga tinimsiz uriladi. Choy ichib boʻlgach, pechka yoniga oʻrnashib, kitob oʻqiy boshladik. Bunday paytlarda Dikkensning uzundan — uzoq , qalbni titratuvchi romanlari, «Niva» va «Rang – tasvir» jurnallarini oʻqish maroqli edi. Funtik – mallarang, mitti, qiyshiq oyoqli mushugimiz uyqusida tez – tez yigʻlardi. Oʻrnimizdan turib, uni issiq qalin mato bilan oʻrab qoʻyardik, u esa minnatdorchilik bildirganday qoʻllarimizni yalab, hoʻrsinib, yana pinakka ketardi. Devor ortida qorongʻulik hayqirar, yomgʻir shovqin solar, shamol kuchayardi. Shunday havoda koʻz ilgʻamas keng oʻrmonlarda qolib ketganlarni oʻylash qoʻrqinchli edi.

Bir kuni tunda gʻalati sezgi bilan uygʻonib ketdim. Tushimda kar boʻlib qolgan emishman. Koʻzlarimni yumganncha uzoq tingladim. Bildimki, eshitayapman. tashqarini oʻxshashi yoʻq sukunat qoplab olgan. Oʻrnimdan turib, deraza yoniga bordim – oynalar qorli va jim – jit. Tumanli osmonga qarasang, boshing aylangudek yuksaklikda — yolgʻiz oy, uni sargʻish – tilla gardish oʻrab turardi. Birinchi qor qachon yerga tushdiykin? Devordagi soatga yaqinlashdim. Shu qadar yorugʻ ediki, hatto soat millari tim qora boʻlib koʻrinib turardi. Vaqt tungi – ikki.

Koʻzim ilinibdi. Ikki soat ichida yer yuzi shu qadar oʻzgaribdiki, dalalar, oʻrmonlar va bogʻlar quyun ichida. Oyna ortidan bogʻdagi zarang daraxti butogʻida oʻtirgan katta kulrang qushni koʻrdim. Shox chayqaldi, shovullab qor toʻkildi. Qush asta qoʻzgaldi — da, uchib ketdi. Oynakka urilgan qor sochilib – sochilib ketardi. Atrof birdan jimib qoldi.

Ruvim uygʻondi. U oynadan tashqariga tikilib turdi — da, chuqur nafas olib:
— Birinchi qor yerga juda yarashdi. U iboli qizday oq libosiga oʻranibdi. – dedi.

Tongda hammayoq billurdek yarqirardi: muzlab qolgan daraxtlar, toʻkilgan yaproqlar, qor ostida tarvaqaylab yotgan daraxt tomirlari. Choy ichayotganimizda Mitriy bobo keldi, bizni ilk qor bilan tabrikladi.
— Yer qor suvi – kumush suv bilan tozarib oldi, — dedi.
— Mitriy, bunday soʻzlarni qaerdan olasan — a? — soʻradi Ruvim.
— Toʻgʻrimasmi? – kulimsiradi bobo. — Onam aytardiki, burungi zamonlarda qizlar kumush koʻzalardagi birinchi qor suviga yuzlarini chayisharkan. Shuning uchun ham ularni goʻzallik tark etmas ekan.

Qishning birinchi kuni. Uyga sigʻmay ketdik — Oʻrmon koʻllari tomon yoʻl soldik. Bobo bizni oʻrmon etagigacha kuzatib bordi. U ham koʻlga borgisi keldi — yu, lekin sovuqdan «suyaklarining zirqirashi» bunga yoʻl qoʻymadi. Suv tiniq, tim qora. Yuzada nimaiki qalqib turgan boʻlsa, qish payti suv tagiga choʻkib ketardi. Qirgʻoqlarda muzliklar oynaday tovlanib, qad kerishdi. Muzlik shu qadar shaffof ediki, yaqindan qarasang, koʻzing tinib, uni birdan ilgʻab olish qiyin. Qirgʻoqboʻyi suv yuzasida chavaq baliqlar galasini koʻrdim. Ular tomonga mayda – mayda toshlar otdim. Toshlar muzliklarga borib tegib, jaranglab ketdi. Yogʻochli toʻgʻonlarda baliq tangalari yaltirab – yaltirab ketar, sollar ichkarilab boradi. Muzlikda ularning ortidan oq izlar qolardi. Shundagina muzlik qatlamlari paydo boʻlganini payqadik. Qoʻllarimizni uzatib, muzchalardan olishga urindik. Ular qarsillab, barmoqlarimizda qor va buta mevasining qorishiq boʻyi anqidi.

Yaqin — yiroq yalangliklarda qushlar koʻtarildi, qanotlarini gʻamgʻinlik bilan silkib qoʻyishdi. Koʻk juda yorugʻ va oppoq. Quyuqlashib borayotgan ufq rangi qoʻrgʻoshinga gʻxshardi. Qorli bulutlar asta – asta silkinib kelardi. Oʻrmon qorongʻulashib borar, atrofda — jim – jitlik. Qalin qor yogʻdi. U koʻlning qop — qora suvlarida erib, yuzlarni chimchilar, oʻrmonni kulrang tutun bilan qoplardi.

Qish boshlandi. Ammo gʻovak — Gʻovak qorni yoyib, tozalab tashlansa, yangi gurkirab turgan oʻrmon gullariga koʻzingiz tushardi. Bilardikki, chittaklar qishlab qolishsa, pechimizda olov chirsillab tursa, bunday qishning zavqiga hech ne yetmaydi! Shunda qish koʻzimizga yoz kabi yanada maftunkor koʻrinib ketdi.

1940