OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Kostas Valetas. Orden (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifKostas Valetas
Asar nomiOrden (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Yunon adabiyoti
Boʻlimlar
   - Realizm
Mualliflar
   - Kostas Valetas
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonXurshid Davron
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Orden (hikoya)
Kostas Valetas

U qoʻlida nimanidir ushlab turganini sezdi, kaftini ochsa: orden ekan…

Eshikni taqillatishganda, u soqolini qirtishlardi.
- Kim u?
- Saroydan!
- Qaerdan?..

Eshikni ochguncha, hazillashayotgan kim ekan, deb oʻyladi. Ostonada mirshab turardi. U moviy bogʻichli – saroyga taklifnomani topshirdi.

Bu gʻaroyib hodisa haqida tezroq doʻstlariga xabar bermoq istagida telefonga yopishdi.

Biroq, saroyga tashrif buyurish uchun kostyum kerak edi. Bu haqda taklifnomada aniq qilib «Kiyim-bosh – marosimga mos kostyum» deb koʻrsatilgandi.

Kostyum izlab bir kunini yoʻqotdi. Ertalab yetti yarimda taksi ushlab F. ismli tanishinikiga kostyum uchun joʻnadi. Tanishining kostyumi unga qopdek osilib qoldi. Tikuvchiga qoʻngʻiroq qildi. Avval bittasiga… ikkinchisiga… uchinchisiga… Ammo kim ham bir kechada kostyumni uning egniga mos keltirib, bichib berishga koʻnardi?

Nihoyat bittasi koʻndi. Albatta ikki baravar haq evaziga. Bu tikuvchi oʻz kasbining ustasi hisoblanardi. Shu sabab, unga ortiqcha choychaqa berishga majbur boʻldi.

Oʻn beshta kam oʻn birda u allaqachon saroyda turardi. Taklifnomada «Sizni soat 11 da tashrif etishingizni soʻrardik» deb aniq yozib qoʻyilgandi.

Egnidagi yuqorida tarixi aytib oʻtilgan-kostyum oʻz kasbining ustasi hisoblangan tikuvchi qancha unnamasin telba-teskari osilib turardi.

Takabbur malay uni katta zalga boshlab kirgach, napaleoncha uchburchak qalpoq kiygan oʻta jiddiy rasmiy shaxs (marosimlar ministrimikan?!) unga yaqinlashib:
- Shu yerda kuting, sizni chaqirishadi, — deb ma’lum qildi.

(Yaxshiyam uydan chiqayotganda uzzu-kun eshik oldida qoʻqqayib turadigan qorovul uni koʻrmay qoldi: bilintirmay oʻtib ketishga va tezda taksi tutishga muvaffaq boʻldi. Agar uning yasanib olganini koʻrganida bormi, nima deb oʻylardi, xudo biladi?)

U divanda oʻtirgan yuzi tanish keksa bir janob yoniga choʻkdi.
- Kechirasiz, siz… siz professor Tamvakadis emasmisiz?
- Xoʻsh, ehtimol mendirman, — deb toʻngʻilladi chol, — ammo hozir oʻrniyam, vaqtiyam emas. Gapirish kerakmas, boʻlmasam chaqirib qolishsa eshitmay qolishimiz mumkin.
- Siz ham taqdirlanishgami?
- Nima, siz hammi? Shunday yoshingizda – ya…
- Ha, men bor-yoʻgʻi oltmish ikkidaman, xolos – dedi u magʻrur ohangda ovozini balandlatib – professorning qulogʻi ogʻirroq ekanini eshitgan edi. Oʻsha zahoti professor barmogʻini labiga bosib shivirladi:
- Jim-m… Menimcha boshlashdi. Jim oʻtirib quloq soling!…

U oʻrnidan turib zalni biroz aylangan boʻldi. Zalda oʻn beshtacha odam bor edi – ularning eng yoshi oʻzi ekan. Hamma jim oʻtirib kutar, hammaning egnidagi kostyumi xuddi unikiday shilvirab osilib turardi.

U oyna oldiga keldi va koʻngli koʻtarildi: harqalay uning kostyumi boshqalarnikidan durustroq edi. Keyin u podshohlikning ashaddiy dushmani hisoblangan yozuvchi N.K.ni koʻrib qoldi. U bu yerga nega keldiykan? Unga qarab yurgan edi, yozuvchi jubbanamo keng ishton kiyib olgan soqoldorning orqasiga bekinib oldi. «Mayli, — dedi u oʻzicha, zalni shoshmasdan nazardan oʻtkazarkan, — shunday boʻlganiyam yaxshi.» U yana oyna oldiga keldi. Bu safar nima uchundir oʻziga yoqmadi.
- Sizni chaqirishyapti, eshityapsizmi, sizni chaqirishyapti! – professor Tamvakadis uning qoʻliga yopishdi. – Boring, boring!

U yop-yorugʻ, uzun yoʻlak boʻylab uchburchak gʻaroyib qalpoq kiyib olgan oʻta jiddiy rasmiy shaxs (marosimlar ministrimikan?!) ortidan keta boshladi. Ular yanayam kattaroq, son-sanoqsiz chiroqlar bilan yoritilgan, dabdabali bezatilgan zalga kirishdi. U toʻrda shohsupaga oʻxshash narsani, shohsupaning atrofida juda koʻp rasmiy kishilar oʻtirganini koʻrdi. Oyoqlari qaltirab, qayoqqa yurishni bilmay toʻxtab qoldi. Qayoqqa yursam ekan? Oʻzini yoʻqotib atrofga olazarak boqdi.
- Bu yoqqa, — uni yengilgina turtishdi.

U shohsupaga yaqinlashdi. Boshi zil toshdek ogʻirlashdi. Oldinga yana bir-ikki qadam tashladi-yu… Shohsupada uning asari turardi!.. Uning qoʻlini siqishdi. U ham iloji boricha takallufona qisishga harakat qildi.
- Tabriklaymiz, — arshi a’lodan aytilganday bir sado jarangladi.
- Tashakkurimni qabul qilgaysiz, — deb gʻoʻldiradi u, uyalganidan soʻzlar tomogʻiga tiqilib.

Nihoyat u yana yoʻlakka chiqdi. Toʻxtadi. Choʻntagidan gʻijim roʻmolchasini olib terga gʻarq yuzini artdi. Keyin qoʻlida nimanidir ushlab turganini sezdi, kaftini ochsa: orden ekan.

Yangi Gretsiyaning Fidiysi[1] deb nom qozongan haykaltarosh F.L. hech narsaga qaramay kimsasiz koʻchaga yugurib chiqdi.

Uning yuzida ayanchli tabassum jilvalanardi.


  1. Fidiy — qadimgi yunon haykaltaroshi va me’mori.