OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Kozim Davron. Armon (hikoya)
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifKozim Davron
Asar nomiArmon (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Kozim Davron
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Armon (hikoya)
Kozim Davron

«Nega shunday qildim? Endi nima boʻladi?..» Kechki ovqat tayyorlayotgan Rahima goh-goh xoʻrsinib, shu haqda oʻylardi. Dili gʻash, koʻngli vayron. Koʻrgilik yomon. Ayniqsa, oʻzing tilab olsang. Na dardingni birovga ayta olasan, na bir maslahat soʻraysan. Yogʻing-da qovrilaverasan, qovrilaverasan.

U oyoq ostida yotgan bir quchoq gʻoʻzapoyadan tutamlab olib, oʻrtasidan sindirdi-da, oʻchoqqa tashladi. Tafti susayib qolgan olov xiyol vaqtdan soʻng yana gurilladi.

Sal narida gaz plitasi turardi. «Gaz plitasi turganida oʻchoqdan foydalanadimi?» deb ajablanmang. Gap shundaki, gazdan gʻoʻzapoya yaxshi. Ana, hovli etagida uyum-uyum boʻlib yotibdi. Kuzda bir aravasini bostirma tomiga bosib qoʻysangiz... O’choqda pishgan ovqat mazali boʻladi. Gaz esa choy qaynatishga tuzuk. Mehmon-pehmon kelib qolganida biron-bir suyuq ovqat hozirlasa ham boʻlaveradi.

Endigina yigirma bir bahorni qarshilagan Rahyma ham umrida biron marta oʻchoqqa oʻt qalashidan afsuslanmagan. Ayol kishi. Qismat-da. Chekingga tushsa—chekchayma. Turmushga chiqayotgan chogʻidayam ba’zilarga oʻxshab shohona yashashni xayoliga keltirmagan. Endi oʻqituvchi boʻlolmasligini oʻylab, koʻngli xijil tortgan, xolos.

Saldan soʻng hovliga ovsini — Mahfuza kirib keldi.
— Buvim qani?— dabdurustdan soʻradi u, qoshlarini chimirganicha.
— Uyda,— dedi Rahima.

Qaynonasining uyiga kirib ketayotgan Mahfuzani ortidan kuzat.ganicha qolgan Rahima yana oʻyladi: «Boshlandi shekilli. Nega buvimning oldiga kirib ketdi? Nimaga hech nima demadi? Qaerdanam kirdim uyiga?..»

Boya, qaynonasining gapi bilan rvsininikidan sut olib kelishga borgandi (oʻzlarining sigiri sut bermay qoʻydi), Mahfuza ichkariga manzirat qildi. Suhbatlashib oʻtirishdi. Elakka chiqqan ayolning ellik ogʻiz gapi bor-da. Bir vaqt qarasaki, qoʻl choʻzsa yetar-etmas narida bir taxlam roʻmol turibdi. Qiziqishi ustun kelib, bittasini oldi-da, yoyib koʻrdi. Kelinchaklarga nasib etadigan yangi xilidan ekan. Maqtadi. Bunday matohni hozir hech qaerdan topib boʻlmasligini aytdi. Ukasini uylantirishayotganiyu onasi xuddi shunday roʻmol qidirib zir yugurib yurganini esladi. Ovsinining aytishicha, roʻmollarni eri doʻkondan berib yuboribdi. Aqalli bir donasiyam ortiqcha emas, hammasining «egalari» bor ekan. Boz ustiga, mijozlar oldida yolgʻonchi boʻlaverib «beti» qolmabdi. Attang, avvalroq bilganida... Nima boʻldiyu suhbat soʻngida Mahfuza tashqari chiqib ketib, hayallab qoldi. Shunda uni shayton yoʻldan urdi! Roʻmollardan birini qoʻltigʻiga qistirdi...

Vaqt oʻtgan sari Rahimaning diqqati ortib borardi. Oshni damlab boʻlgach, oʻchoq ichidagi choʻgʻlarni chiqarib tashladi.

Shuni kutib turgandek, qaynonasi ichkaridan turib chaqirib qoldi. Rahima ayvonga koʻtarildi.
— Ha, buvi, chaqirdingizmi?
— Ovqatni pishirib boʻldingizmi?
— Ha.
— Unda lip etib ovsiningiznikiga kirib, eshigini qulflab chiqing. Bu menga toʻshak qavishyapti. Bugun tugatib qoʻyaqolaylik. Ovqatingizdan bir chinni berib yuborasiz, yotar-qoʻnoqqa shuyam yetadi.
— Kalit eshikning oʻzida,— qoʻshilishdi ovsini.

Rahima qaynonasining maqsadini uqdi. «O’zini-oʻzi fosh etsinmi? Shivir-shivir, gap-soʻzlarga qolib-a! Keyin qanday bosh koʻtarib yuradi?»
— Egasiz uyga kirmayman!—dedi u. Qaynonasi jim boʻlib qoldi-da, soʻngra dedi:
— Unday demang-da, bolam. Begonanikimidi? Egasi siz bilan biz.
— Baribir bormayman.

U iziga keskin burilib, yana oʻchoq oldiga bordi. Qoʻliga choʻp olib, ustini kul qoplagan choʻgʻ uyumini titkilay boshladi.

Kul titkilash unga «yoʻrgakda tekkan dard». Qizlik chogʻlarida, ota-onasining bagʻrida yurgan kezlari ham dadasi daladan qaytib, «ovqating tayyor boʻldimi, qizim», deya darvozadan kirib kelmagunicha shu koʻyi oʻtiraverardi. Ukalarining «qornim ochib ketdi», deb toʻngʻillashlarigayam parvo qilmasdi. Manglayiga oq durra bogʻlab, egnidagi shoyi koʻylagi terlagan badaniga yopishib qolganiga bee’tibor yuraveradigan dadasini yaxshi koʻrardi u.

Ovsini uydan qaytib chiqdi. Xomush. Qaynonasi kuzatib qoʻymoqchi yoki oyoq-qoʻlini yozmoqchi boʻldimi, harqalay unga ergashib chiqib keldi. Mahfuza shunchaki xayrlashib, uch-toʻrt qadam tashlagach, toʻxtadi. O’yga choʻmgan holda bunday dedi:
— O’gʻlingiz kelgach, deydiganini deydi-da.
— Men sizga aytdim-ku!— dedi qaynona.

Rahima boshini quyi eggan koʻyi qimir etmay oʻtiraverdi. Mahfuzaning sabri tugadi chogʻi, «dardini toʻkolmay tura olmadi»:
— He, olmay oʻlgur. Qoʻlingga kuydirgi chiqqur-a!
— Hay-hay, bu nima deganingiz!?— dedi qaynonasi rangi oʻzgarib, unga yaqinlasharkan.

Ovsinining soʻzlari Rahimani yuragini zirillatdi. Sapchib oʻrnidan turib ketdi.
— Nega bu yerda qargʻanasiz?! Qargʻanadigan joymi sizga?!
— Boʻldi qilinglar, boʻldi,— oraga tushdi qaynona.
— Sizga tegib ketdimi? Ajab boʻpti. Dadam bilan buvimning topgan-tutganiga eringizni topgan-tutganini qoʻshib, katta-katta yeb yotguncha, toʻplasangiz boʻlmaydimi?
— Hm... kuyib ketayapsizmi?! Erim peshonasini terlatib topib kelyapti.
— Biz haromxoʻr boʻlib qoldikmi hali!
— Boʻldi qilinglar!—Nochor edi shoʻrlik qaynona. Kelinlarining ogʻziga paxta tiqib qoʻyolmasa.— Yetti mahallani boshlaringga koʻtaryapsizlar-a!?

Shu mahal Rahimaning eri — qurilishda ishchi boʻlib ishlaydigan Qobil koʻchadan kirib keldi. Baqiriq-chaqiriqni eshitgan shekilli, hayron boʻlganicha onasiga yuzlandi:
— Nima gap oʻzi? Tinchlikmi?
— Tinchlik, tinchlik,— dedi onasi shoshib va uyingga kirib ketaver degandek ishora qildi. Keyin Mahfuzaga dedi:
— Uyat emasmi? Siz kattasiz, oʻzingizni bosing endi.

Chiqib ketayotgan Mahfuza baribir oʻzini batamom qoʻlga ololmadi:
— Bizdan soʻrab nima qilasiz! Halol, pokiza oyimtillangizdan soʻrang. Kampir boshini sarak-sarak qilib, uyiga qaytdi. Qobil xotiniga qarab qoʻyib, onasining izidan yurdi.

Rahima yana joyiga oʻtirdi. Tagʻin kul titkilashga kirishdi. Nihoyat, qat’iy qarorga keldi: «ketaman, hoziroq ketaman».

Uyiga kirib, mehrobdagi koʻrpa qatidan roʻmolni oldi. Ayvonga qaytib chiqdi-da, ustunga ilib qoʻydi. Soʻngra bir-bir bosib, koʻchaga chiqib ketdi...

Rahima ishlamas edi. Dalaga chiqay desa, tengquri yoʻq edi. Qishloq markazidagi fabrikaga ishga joylashmoqchi boʻlib, roʻyxatga yozilganiga bir yil toʻlgandi...

«Sharq yulduzi» jurnali, 1992 yil 7-son.