OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Lev Tolstoy. Iqrornoma
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifLev Tolstoy
Asar nomiIqrornoma
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Realizm
Mualliflar
   - Lev Tolstoy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOzod Sharafiddinov
Hajm171KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/05/23
Manbahttp://adabiyot.com/tarjima...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Iqrornoma
Lev Tolstoy

Bosilmagan Asarga Muqaddima

Men pravoslav xristian dini ruhida choʻqintirilganman va tarbiya topganman. Bolaligimdan boshlab, keyin esa butun oʻsmirligim va yoshligim mobaynida meni diniy ruhda tarbiya qilishdi. Ammo men 18 yoshga toʻlib, dorilfununning ikkinchi kursini bitirganimda menga oʻrgatgan narsalarining hech qaysisiga ortiq ishonmay qolgandim.

Baʼzi bir xotiralarimga qarab hukm qilinsa, men hech qachon menga oʻrgatgan narsalariga va kattalarning mening huzurimda qilgan iqrornomalariga jiddiy ishongan emasman. Ularga faqat ishonqirab qarardim xolos, ammo bu ishonqirashning zamini juda boʻsh edi.

Esimda, men oʻn bir yoshda edim — allaqachon olamdan koʻz yumgan Volodenʼka M. degan bir gimnaziya talabasi yakshanba kuni biznikiga kelib, gimnaziyada kashf etgan bir gapni katta yangilik sifatida gapirib berdi. Kashfiyot shundan iborat ediki, Xudo yoʻq va bizga oʻrgatgan narsalarning hammasi behuda gaplar (bu 1838 yilda boʻlgan edi). Esimda, akalarim bu yangilikka qiziqib qolishdi va meni maslahatga chaqirishdi. Yana esimdaki, biz hammamiz ancha hayajonga tushdik va bu gaplarni juda gʻalati va boʻlishi mumkin gaplar tarzida baholadik.

Yana esimda — akam Dmitriy dorilfununda oʻqib yurgan kezlarida birdan uning tabiatiga xos joʻshqinlik bilan dinga berilib qoldi va hamma ibodatlarga qatnay boshladi, roʻza tutdi, ozoda va pokiza hayot kechira boshladi. Shunda biz hammamiz, hatto kattalar ham tinimsiz tarzda uning ustidan kulib yurdik va uni negadir Nuh deb atadik. Esimda, oʻsha kezlarda Qozon dorilfununining mutavallisi boʻlgan Musin-Pushkin hammamizni tansa tushgani uyiga taklif qilgan edi. Akam borishdan boʻyin tovladi. Shunda u istehzo bilan Dovud ham kema oldida raqs tushgan deb, akamni koʻndirishga urinib koʻrdi. Oʻsha kezlarda kattalarning bunaqa hazil-huzullari menga ancha maʼqul tushgan edi. Men ulardan bitta xulosa chiqardim — diniy kitoblarni oʻqish kerak, ammo bularning barini haddan ziyod jiddiy qabul qilmaslik kerak. Yana shu narsa xotiramdaki, men juda yoshligimda Volʼterni oʻqiganman va uning istehzolaridan norozi boʻlish oʻrniga ularni oʻqib, kayfim chogʻ boʻlar edi.

Mening dindan qaytishim bizga oʻxshagan oʻqimishli odamlar oʻrtasida qanday sodir boʻlgan va boʻlayotgan boʻlsa, xuddi shunday roʻy berdi. Mening nazarimda, koʻp hollarda bu quyidagicha sodir boʻladi shekilli: hamma qanday yashasa, ayrim-ayrim odamlar ham shunday yashaydi. Hamma esa shunday ibtidolar asosida hayot kechiradiki, bu ibtidolarning diniy eʼtiqodlarga aloqasi yoʻqqina emas, balki koʻp hollarda ularga butkul zid hamdir, diniy eʼtiqodlar tirikchilikda ishtirok etmaydi, boshqa odamlar bilan muloqotda boʻlganingizda hech qachon diniy eʼtiqodlarga roʻpara kelmaysiz va oʻz hayotingizda ham hech qachon undan bahramand boʻlishingizga toʻgʻri kelmaydi; diniy eʼtiqodlarga kundalik hayotdan olisda va unga bogʻliq boʻlmagan holda sigʻinasiz. Agar unga toʻqnash kelib qolsangiz, faqat hayot bilan bogʻliq boʻlmagan tashqi hodisadek muomalada boʻlasiz.

Odamning hayotiga qarab, uning ishlariga qarab, uning Xudoga ishonish-ishonmasligini bilib boʻlmaydi. Avvallari shunaqa edi, hozir ham shunday. Mabodo bordi-yu, pravoslav dinidagi odam bilan uni inkor etuvchi kas oʻrtasida biron-bir tafovut boʻlsa, bu dindor odamning foydasiga boʻlmaydi. Avvallari boʻlgani kabi hozirgi paytda ham pravoslav mazhabini tan oluvchilar va uni oʻzlarining imoni deb bilganlarning koʻpchiligi aqli noqis, bagʻritosh va vijdonsiz odamlardir. Ular haddan ziyod oʻzlariga bino qoʻyishgan. Donolik, toʻgʻrilik, nomus, ochiqkoʻngillilik va diyonat esa koʻpincha oʻzlarini dinga ishonmaydigan deb tan oluvchilar oʻrtasida uchraydi.

Maktablarda diniy kitoblarni oʻqitadilar va shogirdlarni cherkovga qatnashga undaydilar; mansabdorlardan ibodatga qatnashlari haqida guvohlik talab qilinadi. Ammo ortiq biron joyda oʻqimaydigan, biron davlat ishida xizmat qilmaydigan bizning toifamizdagi odam hozirgi paytda ham, oʻtgan zamonlarda esa inchunin, oʻnlab yillar mobaynida xristianlar orasida yashayotganini biron marta xayoliga keltirmasdan va oʻzi ham xristian pravoslav dinidagi odam hisoblanishini esiga olmasdan umr oʻtkazishi mumkin edi.

Ana shunaqa. Hozir ham xuddi oʻtmishdagi kabi ishonib qabul qilganimiz va tashqi tazyiq bilan qoʻllab-quvvatlanib turiladigan diniy eʼtiqod diniy taʼlimotga zid boʻlgan hayotiy bilim va tajriba taʼsirida kamdan-kam erib bitmoqda. Odam esa, koʻpincha, bolaligidan unga singdirilgan diniy taʼlimot hamon uning ongida toʻla-toʻkis mavjud degan oʻy bilan koʻp yillar oʻzini-oʻzi ovutib yuraveradi. Holbuki, uning ongida diniy eʼtiqodlarning izi ham qolmagan boʻladi.

S. degan juda dono va rostgoʻy odam qanday qilib dinga ishonmay qoʻyganini menga gapirib bergan edi. Yigirma olti yoshga kirganida, ov qilib yurgan chogʻida, bolalikdan oʻrnashib qolgan odatiga koʻra kechqurun ibodat qila boshlabdi. U bilan birga ovga kelgan akasi pichan ustida yotib, uni kuzatibdi. S. ibodatni tugatib, yotishga chogʻlanayotganda, akasi unga: «Hali ham shu ishingni qoʻyganing yoʻqmi?» debdi. Ular bir-birlariga bundan boshqa bir ogʻiz ham gap aytishmabdi. Ammo S. shu kundan boshlab ibodat qilmay qoʻyibdi va cherkovga qatnashni ham bas qilibdi. Shu koʻyi oʻttiz yildan beri ibodat qilmayotgan va cherkovga bormayotgan ekan. Bunday qilganiga sabab — u akasining eʼtiqodlaridan xabardor boʻlgani va ularga qoʻshilishga tayyorligi emas, oʻz qalbida biror qatʼiy qarorga kelgani ham emas. Bor-yoʻq sabab shuki, akasining ogʻzidan chiqqan gap oʻz ogʻirligidan qulay-qulay deb turgan devorga turtkiday boʻlgan. Bu gap shunga ishora qilganki, u diniy eʼtiqod bor deb oʻylagan joyda allaqachon hech vaqo qolmagan ekan. Shuning uchun ham ibodat vaqtida uning ogʻzidan chiqqan iboralar, choʻqinishlari, sajdaga ketishlari — bari-barisi maʼnosiz harakatlardan oʻzga narsa emas ekan. Ularning maʼnosizligini anglagach, u ortiq toat-ibodatini davom ettirolmay qolgan.

Men oʻylaymanki, boshqa juda koʻp odam ham shu ahvolga tushgan va tushadi. Men bizning toifamizga mansub oʻqimishli odamlar haqida, oʻz-oʻziga rost gapiradigan odamlar toʻgʻrisida soʻzlayapman. Diniy eʼtiqodini bironta vaqtinchalik, oʻtkinchi maqsadga erishish vositasi qilib olgan odamlar bundan mustasno, albatta. (Bunday odamlar, aslida, uchchiga chiqqan dinsizlardir, negaki bunday odamlar uchun din hayotda muayyan marralarga erishish vositasi boʻlsa, bunaqa din din boʻlmaydi.) Bizning toifamizga mansub oʻqimishli odamlar shunaqa ahvoldaki, hayot va bilim nuri sunʼiy imoratni eritib yuborgan va ular yo buni sezib, joy boʻshatishgan yoxud hali uni sezishganlaricha yoʻq.

Bolaligimdan menga singdirilgan diniy eʼtiqod boshqalarda qanday boʻlsa, menda ham shunday gʻoyib boʻldi. Faqat farq shunda ediki, men juda erta oʻqishga va fikrlashga boshlaganim sababidan mening dindan qaytishim ilk qadamlardanoq ongli xarakter kasb etdi. Men oʻn olti yoshimdan boshlab ibodat qilmay qoʻydim va oʻz ixtiyorim bilan cherkovga qatnashni bas qildim. Men bolaligimdan boshlab menga singdirilgan aqidalarga ishonmay qoʻydim. Ammo nimagadir ishonar edim, biroq nimaga ishonishimni soʻzlar bilan ochiq-ravshan ifodalab berolmas edim. Men Xudoga ham ishonganman, toʻgʻrirogʻi, Xudoni inkor etgan emasman, ammo qanaqa Xudoga ishonishimni aytib berolmas edim. Men Isoni ham, uning taʼlimotini ham inkor etmadim, biroq bu taʼlimotning mohiyati nimada ekanini bilmas edim.

Endilikda oʻsha vaqtlarni eslar ekanman, shu narsa aniq-ravshan ayon boʻladiki, mening eʼtiqodim, yaʼni hayvoniy instinktlardan tashqari mening hayotimni harakatga keltirgan narsa, mening oʻsha kezlardagi yakkayu yagona iymonim komil inson boʻlishga ishonch edi. Ammo komillikning mazmuni qanaqa, uning qanday maqsadlari bor — buni aytib berolmasdim. Men oʻzimni aqliy jihatdan mukammallashtirishga harakat qildim — qoʻlimdan kelgan hamma narsani, hayot meni roʻpara qilgan narsalarning barini oʻrganishga intildim; men irodamni mukammallashtirishga harakat qildim — Oʻz-oʻzimga qoidalar yaratib, ularga amal qilishga urindim; oʻzimni jismonan mukammallashtirishga kirishdim — har xil mashqlar bilan kuchimni va chaqqonligimni oʻstirdim, har xil muhtojliklarni koʻrib, oʻzimni bardoshga va sabr-toqatga oʻrgatdim. Bularning barini men mukammallashuv deb hisobladim. Albattaki, hamma narsaning ibtidosi maʼnaviy mukammallashuvimda edi, ammo oradan koʻp oʻtmay, uning oʻrnini umuman mukammallashuv egalladi, yaʼni oʻz-oʻzimning nazdimda yoxud Xudoning qarshisida yaxshiroq boʻlish istagi emas, balki boshqa odamlar oldida yaxshiroq boʻlish istagi egalladi. Oradan koʻp oʻtmay boshqa odamlar qarshisida yaxshiroq boʻlishga intilish oʻrnini boshqa odamlardan kuchliroq boʻlish, yaʼni boshqalarga qaraganda shuhratliroq, dongdorroq, badavlatroq boʻlish istagi egalladi.

II

Vaqt-soati kelsa, men hayotim tarixini hikoya qilib beraman — yoshligimdagi oʻn yillik umrim juda ibratli va taʼsirchan kechgan. Oʻylaymanki, mening koʻnglimdan kechgan tuygʻularning koʻpi boshqalardan ham kechgan. Men butun qalbim bilan yaxshi boʻlishga intilgandim; ammo men yosh edim, hirslarimga asir edim, ammo yaxshi boʻlish yoʻllarini izlaganimda yolgʻiz edim, mutlaqo yolgʻiz edim. Har gal qalbimdagi eng yaxshi mayllarimni, yaʼni maʼnaviy jihatdan yaxshi boʻlmoqchi ekanimni namoyish qilsam, meni mazax qilishar va menga nafrat bildirishardi; yomon ehtiroslarga beriladigan boʻlsam, har gal meni maqtashar va ragʻbatlantirishar edilar.

Manfaatparastlik, shuhratparastlik, hokimiyatparastlik, shahvoniyat, mutakabbirlik, gʻazab, intiqom - bularning hammasi hurmatga sazovor edi. Bu hislarga berilganimda men katta odamlarga oʻxshab qolardim va mendan mamnun ekanliklarini his qilardim. Men xolajonim bilan birga turardim. Qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan bu pokiza ayol hamisha menga bir tilak bildirib, «er koʻrgan ayol bilan aloqada boʻlishingni istayman, chunki boadab ayol bilan aloqa qilgan yigitning savodi tez chiqadi» derdi. U menga yana bir toifa baxt tilardi - mening adʼyutant boʻlishimni, boʻlganga yarasha podshoning adʼyutanti boʻlishimni istardi; uning menga tilagan eng katta baxti shu ediki, mening juda ham badavlat qizga uylanishimni istar, bu uylanish oqibatida, menda son-sanoqsiz qullar boʻlishini xohlar edi.

Dahshatsiz, ijirgʻanmasdan, yurak zil ketmasdan shu yillarni eslay olmayman. Men urushda odam oʻldirganman, oʻldirmoq niyatida duelga chaqirganman, tasarrufimdagi mujiklarni qartaga boy berganman, ularning mehnati evaziga yashaganman, ularni qatl etganman, fahsh ishlar bilan shugʻullanganman, aldaganman. Yolgʻonchilik, oʻgʻirlik, har xil rangdagi zinokorlik, ichkilikbozlik, zoʻravonlik, qotillik... Men qilmagan jinoyat qolgan emas va buning hammasi uchun meni maqtashgan, tengdoshlarim meni nisbatan vijdonli odam, deb hisoblashgan va hozir ham hisoblashadi.

Shu ahvolda oʻn yil yashadim.

Bu davr mobaynida shuhratparastligim, manfaatparastligim, mutakabbirligim vajidan yoza boshladim. Hayotda nima nomaʼqulchilik qilgan boʻlsam, yozganlarimda ham shuni yozdim. Shuhratga erishmoq va pul topmoq uchun jamiki yaxshi narsani yashirib, yomon narsani yozmoq kerak edi. Men shunday qildim. Men yozgan narsalarimda loqaydlik pardasi ostida va hatto, jinday istehzo aralash yaxshilikka intilishlarimni necha martalab yashirib ketganman. Holbuki, yaxshilikka intilish hayotimning mazmunini tashkil qilardi. Shu yoʻl bilan shuhratga erishdim — meni maqtadilar.

Yigirma olti yoshga toʻlib, urushdan keyin Peterburgga keldim va yozuvchilar bilan topishdim. Meni oʻzlariga yaqin olib qarshi olishdi, menga xushomadlar qilishdi. Bir aylanib ulgurmasimdan men topishgan odamlarning hayotga mutakabbirona qarashlarini oʻzlashtirib oldim va yaxshiroq boʻlish borasida qilgan hamma avvalgi urinishlarim tag-tugi bilan xayolimdan uchdi-ketdi. Ushbu qarashlar beboshlik bilan kechirayotgan umrimga qoʻshilib bu hayotni oqlaydigan nazariyaga aylanadi.

Yozuvchilik borasidagi bu sheriklarimning hayotga qarashi shundan iborat edi: umuman hayot oʻz yoʻlida rivojlanib boradi va uning bu rivojida biz, yaʼni fikrlovchi odamlar asosiy ishtirokchilar sifatida koʻrinamiz; fikrlovchi odamlar orasida esa biz — sanʼatkorlar, shoirlar asosiy taʼsir kuchiga egamiz. Zimmamizdagi burchimiz — odamlarni oʻrgatish. Ammo bunda oʻz-oʻzingga beriladigan savol koʻndalang boʻlishi mumkin — xoʻsh, men oʻzim nimani bilamanu, odamlarga nimani oʻrgataman? Shu savol koʻndalang boʻlmasin uchun yuqoridagi nazariyamizda bir gap aytildi — sanʼatkor birovga bir narsa oʻrgatmogʻi uchun oʻzi biron narsa bilishi shart emas, sanʼatkor bilan shoir gʻayrishuuriy tarzda oʻrgatishadi. Men juda ajoyib sanʼatkor va shoir hisoblanardim, shuning uchun ham gʻoyat tabiiy bir tarzda bu nazariyani oʻzlashtirib oldim. Men — shoirman, sanʼatkorman, oʻzim nimani oʻrgatayotganimni bilmagan holda asar yozib, odamlarga oʻrgataman. Buning uchun menga qalam haqi berishadi, eganim oddimda, emaganim ketimda, turarjoyim soz, ayollar bisyor, ulfatlarim joyida. Xullas, shuhratim yuksak. Bundan kelib chiqadiki, men oʻrgatgan narsa juda yaxshi ekan.

Poeziyaning ahamiyatiga va hayotning rivojlanishiga boʻlgan bu ishonch — iymon edi va men uning muhiblaridan biri edim. Bu iymonning muhibi boʻlish qulay va yoqimli edi. Shu ahvolda shu iymonga sajda qilib, uning chinligiga shak keltirmay men ancha yashadim. Ammo ikki yil oʻtgach va ayniqsa, bunday hayotimning uchinchi yili boshlangach, men bu iymonning benuqsonligiga shubha qila boshladim va uni tadqiq qilishga kirishdim. Menda shubha tugʻilishiga turtki boʻlgan birinchi omil shu boʻldiki, bu iymonning muhiblari hamma vaqt ham oʻzaro ittifoq emas edilar. Baʼzilar deyishardi: biz — eng yaxshi va eng foydali ustozlarmiz, biz kerak narsani oʻrgatamiz, boshqalar notoʻgʻri oʻrgatishadi. Boshqalari esa bunday deyishadi: yoʻq, biz chin ustozmiz, sizlar notoʻgʻri oʻrgatasiz. Shunday deb ular bir-birlari bilan bahsga kirishadi, tortishadi, soʻkishishadi, bir-birlarini aldaydi, bir-birlariga makkorlik qilishadi. Bundan tashqari, ularning orasida shunaqa odamlar ham koʻp ediki, ular kim haqu kim nohakdigini oʻylab ham oʻtirishmasdi, balki bizning shu faoliyatimizdan foydalanib, oʻzlarining gʻarazli niyatlariga osongina erishardilar-qoʻyardilar. Bularning hammasi meni iymonimizning chinligiga shak keltirishga majbur qildi.

Bundan tashqari, yozuvchilik iymonining chinligiga shubha paydo boʻlgandan keyin men uning muhiblari hayotini sinchiklab kuzata boshladim va amin boʻldimki, bu iymonning deyarli hamma muhiblari — yozuvchilar vijdonsiz odamlar ekan, ularning koʻpchiligi yaramas odamlar ekan, ularni ikki pulga arzimaydigan kaslar desa ham boʻladi; ular avvalgi bebosh hayotimda, harbiy hayotimda uchratgan odamlarning koʻpidan tuban turadi, lekin ular juda ham oʻzlariga bino qoʻigan va oʻz-oʻzlaridan benihoya mamnun odamlar. Faqat avliyolargina oʻz-oʻzlaridan shunaqa mamnun boʻlishlari mumkin yoki avliyolik nimaligini bilmaydiganlargina shunaqa boʻlsalar, ehtimol. Men odamlarni yomon koʻrib qoldim, oʻzimdan ham koʻnglim qoldi. Shunda angladimki, bu iymon — yolgʻon!

Ammo gʻalati joyi shundaki, bu iymonning yolgʻonligini tushunib, undan yuz oʻgirganimdan keyin shu odamlar tomonidan menga berilgan rutbadan — sanʼatkor, shoir, ustoz rutbasidan yuz oʻgirmadim. Goʻllik bilan oʻylabmanki, men shoirman, sanʼatkorman, binobarin, oʻzim nimani oʻrgatayotganimni bilmagan holda hammaga aql oʻrgataveraman. Shunday qildim ham.

Bu odamlarga yaqin boʻlib men yangi bir gunoh orttirdim — menda mutakabbirlik juda avj olib ketdi va nima oʻrgatayotganimni bilmagan holda odamlarga aql oʻrgatish zimmamdagi burchimdir, degan majnunona ishonch paydo boʻldi.

Endilikda oʻsha zamonlarni esga olar ekanman, oʻzimning oʻsha paytdagi kayfiyatimni va oʻsha odamlarning (bunaqa odamlar hozir ham behisob) kayfiyatini xotirlar ekanman, ham kulgim keladi, ham yigʻlagim, ham rahmim qoʻzgʻaladi, ham dahshatga tushaman. Jinnixonaga tushgan odamning koʻnglidan shunaqa tuygʻular kechsa kerak.

U paytlarda biz hammamiz astoydil ishongan edikki, biz koʻp gapirmogʻimiz, tinmay yozmogʻimiz, yozganimizni betoʻxtov chop etmogʻimiz darkor, buni qancha tez va qancha koʻp qilsak, shuncha yaxshi, chunki bularning bari insoniyat manfaatlari uchun zarur. Va bizga oʻxshaganlardan son mingtasi bir-birini inkor etib, bir-birini soʻkib, boshqalarga aql oʻrgatib tinmay yozdilar va yozganlarini chop etdilar. Shunday qilib, biz hech narsa bilmasligimizni payqamagan holda, hayotning «yaxshi degani nimayu yomon degani nima?» degan eng oddiy savoliga nima deb javob berishni bilmagan holda, bir-birimizning gapimizni tinglamagan holda hammamiz yoppasiga gapira ketdik. Ammo baʼzan menga ham «barakalla» desinlar va meni ham jinday maqtab qoʻysinlar degan maqsadda, bir-birimizga ofarinlar yogʻdirdik va bir-birimizni maqtab, koʻklarga koʻtardik. Bu olagʻovur ichida ahyon-ahyonda gʻazabimiz ham qoʻzib turar va bir-birimizning ovozimizni bosib, qichqirishga tushardik. Bu ayni jinnixonaning oʻzi emasmi?!

Minglab ishchilar, tunu kun kuchdan qolib, horib-toliqib ishlashar, millionlab soʻzlarni terishar va bosishar, pochta esa ularni butun Rossiya boʻylab tarqatar edi, biz esa hamon uzluksiz ravishda jazavaga tushib oʻrgatar, oʻrgatar va yana oʻrgatar edik, bu oʻrgatishimizning keti-oxiri koʻrinmas edi va biz yana zarda ham qilib qoʻyardik — bizning gapimizni kam tinglashyapti.

Koʻp gʻalati edi bu, lekin endi menga hammasi tushunarli. Haqiqiy, chin yurakdan chiqqan mulohazamiz shu ediki, biz imkoni boricha koʻproq pul olishni va maqtov eshitishni istar edik. Bu maqsadga erishish yoʻlida biz kitob yozish va gazeta chiqarishdan boshqa hech narsa bilmas edik. Biz shu ishlarni qildik ham. Ammo shu qadar behuda ishlarni qilib turib, oʻzimizni juda kerakli ulkan odamlar deb komil ishonch bilan hisoblamogʻimiz uchun, bizning faoliyatimizni oqlaydigan, unga biron maʼno ato etadigan mulohaza ham kerak edi. Shu sababdan biz quyidagi gapni toʻqib chiqardik: mavjud narsaki bor, ularning hammasi aqlga muvofiqdir. Nimaiki mavjud boʻlsa, ularning hammasi rivoj topadi. Rivojlanish esa maʼrifat vositasida amalga oshadi. Maʼrifat deganimizning darajasi kitob va gazetalarning qay darajada tarqalishi bilan oʻlchanadi. Biz kitob yozganimiz va gazeta chiqarganimiz uchun bizga pul toʻlashadi, shuning uchun ham biz eng foydali va yaxshi odamlarmiz. Agar biz hammamiz shu mulohazaga qoʻshilsak, undan yaxshi mulohaza boʻlmas edi. Ammo bir odam tomonidan aytilgan bitta fikrga qarshi boshqa odam har doim butunlay unga zid boshqa bir fikr aytardi, bu esa bizni oʻylanishga majbur etardi. Ammo biz buni payqamas edik. Bizga pul toʻlashardi va firqamizga mansub odamlar bizni maqtashardi — shundoq boʻlgandan keyin bizning har qaysimiz oʻzimizni haq deb hisoblardik.

Endi menga ayonki, bularning bari jinnixonadagi ahvoldan sira ham farq qilmaydi. U paytlarda esa men buni gʻira-shira anglardim, xolos va hamma jinnilarga oʻxshab oʻzimdan boshqa hammani jinni deb atar edim.

III

<p align=«justify»>Ana shu tentaklik qoʻynida men uylangunimga qadar yana olti yil umr kechirdim. Bu vaqt ichida men xorijga borib keldim. Ovroʻpodagi hayot haqida Ovroʻpodagi ilgʻor, oʻqimishli odamlar bilan muloqot shu paytgacha amal qilib yashab kelganim mukammallashuv haqidagi eʼtiqodimni yanada mustahkamladi, chunki bu erdagi odamlar ham ayni shu eʼtiqodga sigʻinar ekanlar. Mendagi eʼtiqod bizning davrimizdagi oʻqimishli odamlarning koʻpchiligida boʻlgani kabi odatiy bir shaklga kirdi. Bu eʼtiqod «taraqqiy» degan soʻz bilan ifodalanar edi. U paytlarda menga bu soʻz allaqanday maʼno anglatadiganday tuyular edi. U paytlarda hali tushunmas edimki, men «qanday qilib yaxshiroq yashamogʻim kerak?» deganga oʻxshash savollar girdobida iztirob chekayotgan har qanday odam kabi «taraqqiyga muvofiq yashamoq kerak», deb javob berar ekanman, toʻlqinlar yuzida shamol har tomonga sudrayotgan qayiqqa tushib qolgan odam «yoʻl boʻlsin?» degan uning uchun yagona va asosiy savolga javob berish oʻrniga «allaqayoqqa elib ketib boryapmiz» degandek boʻlgan ekanman.

U paytlarda men hali buni payqamagan edim. Bizning davrimizda hayotni tushunib etmagan odamlar ana shu umumiy xurofot qobigʻiga burkanib oladilar. Men ahyon-ahyonda aqlim bilan emas, tuygʻularim bilan bundan norozi boʻlib qoʻyardim. Masalan, Parijda boʻlgan vaqtimda qatl manzarasini koʻrdimu, mendagi taraqqiyga eʼtiqodning zamini boʻsh ekanini sezib qoldim. Qatl qilingan odamning kallasi tanasidan judo boʻlib, ikkovi ham gupillab qutiga tushganday boʻlganini koʻrib, aqlim bilan emas, butun vujudim bilan angladimki, mavjud narsaning aqlga muvofiqligi va taraqqiyot haqidagi hech qanday nazariya bu ishni sira-sira oqlay olmaydi. Agar dunyodagi hamma odamlar qandaydir nazariyalarga amal qilib, dunyo yaratilgandan beri shuni zarur deb hisoblab kelgan ekanlar, men bilamanki, bu kerak emas, bu yomon ish. Shuning uchun nima narsa yaxshiyu nima narsa zarur ekanini odamlarning gap-soʻziyu qilgʻiliqlari emas, taraqqiyot emas, balki men yuragimning amriga koʻra belgilayman. Taraqqiyot degan narsaga xurofiy eʼtiqod qoʻyishning hayot uchun kifoya emasligini anglashimga sababchi boʻlgan yana bir voqea katta akamning oʻlimi boʻldi. Dono, bagʻrikeng, jiddiy odam edi u. U juda yosh kasalga chalindi, bir yildan ortiqroq azob tortdi va qiynalib, nimaga yashaganini tushunmay va nega vafot etayotganiga yanada kamroq aqli etib olamdan koʻz yumdi. U qiynalib uzila-uzila jon taslim qilaetgan kezlarda hech qanaqa nazariya bu savollarga na menga, na unga javob bera oldi.

Ammo bunday shubhalar ahyon-ahyondagina yuragimni chulgʻab olardi, aslida esa men taraqqiyot haqidagi eʼtiqodga ixlos qoʻyib yashashda davom etardim: «Hamma narsa rivojlanyapti, men ham rivojlanyapman, nima uchun hamma bilan birga men ham rivojlanyapman — keyinchalik koʻrarmiz».

Oʻsha paytlardagi eʼtiqodimni shunday deb ifodalasam boʻlar deyman.

Xorijdan qaytganimdan keyin men qishloqda istiqomat qila boshladim va dehqon bolalari oʻqiydigan maktabda dars berdim. Maktabdagi mashgʻulotlar menga juda manzur boʻldi, chunki ularda adabiy ustozlik faoliyatida men uchun ayon — oshkor boʻlib qolgan, xoʻb jonimga tegib ulgurgan yolgʻon yoʻq edi. Bu erda ham men taraqqiyot yoʻlida jonbozlik qildim, biroq endi men taraqqiyotning oʻziga tanqidiy munosabatda boʻlib qolgandim. Men oʻzimga oʻzim dedimki, baʼzi bir hodisalarda taraqqiyot notoʻgʻri sodir boʻlgan, endilikda ibtidoiy odamlarga, dehqon bolalarga batamom erkin munosabatda boʻlmoq kerak, ularga oʻzlari xohlagan taraqqiyot yoʻlini tanlab olishni taklif qilmoq lozim.

Vaholanki, men hamon oʻsha-oʻsha hal qilib boʻlmaydigan bitta masala atrofida aylanayotgan ekanman. Bu masala — nimaga oʻrgatayotganingni bilmay turib, birovga aql oʻrgatish edi. Nega desangiz, men koʻrdim — hamma har xil narsani oʻrgatar ekan va nima oʻrgatayotganlari oʻzlari uchun ham qorongʻi ekanini oʻzlaridan yashirmoq uchun bir-birlari bilan bahslashib yotishar ekan. Men oʻylaymanki, shu zahotiyoq dehqon bolalari bilan birgalikda bu qiyinchilikni bartaraf qilish mumkin — buning uchun bolalarga oʻzlari xohlagan narsani oʻrgatish kerak. Endilikda koʻnglimga kelgan oʻsha nomaʼqulchilikni amalga oshirmoq uchun qanchalik oʻlib-tirilganimni eslasam, kulgim qistaydi. Shuning uchun nomaʼqulchilikni, men ularga hech qanaqa kerakli narsani oʻrgata olmasligimni ich-ichimdan yaxshi bilardim, chunki nima kerakligini oʻzim ham bilmas edim. Maktabda bir yilcha dars berganimdan keyin yana xorijga joʻnadim. Bu gal maqsadim — xorijda oʻzi hech narsani bilmagan holda boshqalarga qanday taʼlim berishning yoʻllarini oʻrgatmoq edi.

Menga shunday tuyuldiki, men xorijda buni oʻrganib oldim va xorijning bu boradagi jamiki donoligi bilan qurollangan holda dehqonlar ozodlikka chiqqan yili Rossiyaga qaytdim va vositachilik oʻrnini egallab, maktablardagi savodsiz odamlarni ham, oʻzim nashr eta boshlagan jurnal orqali esa oʻqimishli odamlarni ham oʻqita boshladim. Ishlar yurishib ketgandek koʻringan edi, lekin koʻp oʻtmasdan aqlan uncha sogʻlom emasligimni va bu ahvol uzoq davom etishi mumkin ekanligini his qildim. Balki men oʻshandayoq keyinchalik — ellik yoshimda boshimga tushadigan chuqur tushkunlik dardiga giriftor boʻlgan boʻlardim. Meni bundan faqat bir narsa qutqarib qoldi — mening hayotimning yana bir tomoni bor ediki, men hali uni totib koʻrganim yoʻq edi. Hayotimning shu tomoni meni qutqaradi degan umidda edim. Bu — oilaviy hayot edi.

Bir yil mobaynida men vositachilik bilan shugʻullandim, maktabda dars berdim, jurnalda ishladim va haddan tashqari qiynalib ketdim. Men uchun hamma narsa ayqash-uyqash boʻlib ketdi — vositachilik borasidagi kurashlar menga juda ogʻirlik qildi, maktabdagi mashgʻulotlarimdan ham putur ketdi, jurnaldagi mavqeim oʻz-oʻzimga juda yomon koʻrinib qoldi. Bularning bariga sabab hamon oʻsha-oʻsha edi — nima taʼlim berishni bilmagan holda hammaga taʼlim bermoqchi, aql oʻrgatmoqchi boʻlardim va buni hammadan yashirmoqni istardim. Shu tufayli mey jismonan emas, ruhan xastalikka chalinib qoldim. Shunda hamma narsadan qoʻl siltadimda, toza havodan nafas olish, toʻyib qimiz ichish va vahshiyona bir tarzda hayot kechirmoq uchun choʻlga, boshqirdlar huzuriga yoʻl oldim.

U erdan qaytib kelib uylandim. Baxtiyor oilaviy hayotning yangi sharoiti meni hayotning umumiy maʼnosini izlash borasidagi har qanday xatti-harakatlardan butunlay qaytardi. Bu vaqt mobaynida mening butun diqqat-eʼtiborim oilamga, xotinimga, bolalarimga qaratildi, shuning uchun tirikchilik yoʻlida tuzukroq mablagʻ topish tashvishlari birinchi oʻringa chiqdi. Kamolotga intilish oʻrnini, avvalroq, umuman kamolotga, taraqqiyotga intilish egallagan edi. Endi uning oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri oilamning ahvolini baqadri imkon yaxshilash ishtiyoqi paydo boʻldi.

Shu ahvolda yana oʻn besh yil oʻtdi.

Men yozuvchilikni hech narsaga arzimaydigan behuda ish deb hisoblasam-da, bu oʻn besh yil mobaynida yozishda davom etdim. Men endi yozuvchilikning mazasini tushunib qolgandim, arzimagan mehnat uchun olinadigan jaraq-jaraq qalam haqiga, qarsaklaru ofarinlarga mazaxoʻrak boʻlib qolgandim. Shuning uchun damimni ichimga yutib, ulardan moddiy ahvolimni yaxshilash vositasi sifatida foydalanishda davom etdim va ular yordamida mening hayotim va umuman hayotning maʼnosi toʻgʻrisidagi koʻnglimdagi har qanaqa savollarning unini oʻchirishga harakat qildim. Bu kezlarda men uchun yagona haqiqat bor edi — shunday yashaginki, buning oqibatida oʻzing oilang bilan birga huzur-halovatda hayot kechir, imkoni boricha farogʻatda yasha. Yozgan asarlarimda ham shunday taʼlim berdim. Shu ahvolda yashashda davom etdim, ammo bundan besh yilcha muqaddam men gʻalati holatlarni kechira boshladim — avvallariga bir necha daqiqa davomida hayotim toʻxtab qolayotganday, dovdirab qolayotganday boʻladigan boʻlib qoldim. Goʻyoki qanday yashashim kerakligini, nima qilmogʻim kerakligini mutlaqo bilmas edim. Bunday hollarda esankirab, tushkunlikka tushib qolardim. Ammo bu oʻtib ketardi va men avvalgiday yashashda davom etaverardim. Keyin bu dovdirash daqiqalari tez-tez takror boʻla boshladi. Bu har gal bir xil shaklda sodir boʻlardi. Hayotning bunday toʻxtab qolishlari har gal bir xil — nima uchun? Xoʻsh, keyin-chi? — degan savollarda ifodalanardi.

Avvaliga menga shunday tuyuldiki, bular maqsadsiz, nooʻrin berilgan savollar. Nazarimda bularning hammasi maʼlum gaplar edi, agar men vaqti-soati kelib ularni hal qilish bilan shugʻullanadigan boʻlsam, bu ish men uchun sira-sira qiyin boʻlmaydi, faqat hozir bu bilan shugʻullanishga ortiqcha vaqtim yoʻq, kerak boʻlganda ularning hammasiga javob topa olaman. Biroq savollar ustma-ust qalashib yogʻilaverdi, borgan sari qatʼiyroq tarzda ularga javob talab qilinaverdi va ustma-ust bir nuqtaga tushgan kabi bu javobsiz savollar birlashib, kattakon bir qora dogʻni tashkil qildi.

Odamzod dardi bedavo bir dardga chalinadigan boʻlsa, odatda shunday boʻladi. Avvaliga xastalikning arzimas belgilari namoyon boʻladi. Bemor ularga eʼtibor bermaydi. Keyin bu belgilar takror-takror uchrayveradi va bora-bora boʻlinmaydigan, bitta yaxlit dardga aylanadi. Dard kuchaygandan kuchayadi va bemor biror tadorikni koʻrib ulgurmay anglaydiki, u oddiy xastalik deb qabul qilgan narsa uning uchun dunyodagi eng muhim narsa ekan. Bu — ajal ekan!

Men ham xuddi shuni boshimdan kechirdim. Men angladimki, bu tasodifiy xastalik emas, balki boshqa juda muhim bir narsa. Modomiki bir xil savollar takror-takror koʻndalang boʻlaverayotgan ekan, ularga javob bermoq kerak. Shunda men ularga javob berishga unnab koʻrdim. Savollar juda joʻn, bolalarnikiga oʻxshagan, bemaʼni savollarga oʻxshardi. Ammo men ularni olib, hal qilishga unnashim bilanoq shunga amin boʻldimki, birinchidan, ular bolalarning savoli emas, behuda emas, balki hayotdagi eng muhim va eng teran savollar ekan. Ikkinchidan, men har qancha boshimni qotirmay, ularni sira ham hal qilolmayman. Samaradagi mulkim bilan shugʻullanishdan avval, oʻgʻlimning tarbiyasiga kirishmoqdan, qoʻlga qalam olib kitob yozishga oʻtirmoqdan avval bularning hammasini nima maqsadda qilmoqchi ekanligimni bilmogʻim kerak. Nima maqsadda ekanini bilmagunimcha, men hech narsa qilolmayman. Oʻsha kezlarda xoʻjalik haqidagi fikrlar juda ham fikru zikrimni band etgan edi. Bir kuni shu oʻylar ichida bir fikr miyamga keldi: «Xoʻp, yaxshi, Samara guberniyasida sening 6000 desyatina ering, 300 bosh yilqing boʻlsin... Xoʻsh, keyin-chi?..» Mening juda Ham boshim qotib qoldi. Undan nari nima deb oʻilashni ham bilmay qoldim. Yoki bolalarni qanday tarbiyalayotganim haqida oʻylay boshlashim bilanoq, oʻzimga: «Nima uchun?» — derdim. Yoki xalq qanday qilib farovonlikka erishmogʻi mumkinligi toʻgʻrisida mulohaza yuritganda, toʻsatdan oʻz-oʻzimga: «Mening nima ishim bora!»— deb yuborardim. Yoki mening asarlarimni qanday shon-shuhratlar kutayotgani haqida oʻylasam, oʻzimga oʻzim derdim: «Xoʻp, yaxshi, sening shuhrating Gogolnikidan, Pushkinnikidan, Shekspirnikidan, Molʼernikidan, dunyodagi jamiki yozuvchilarnikidan ham ortiqroq boʻladi. Xoʻsh, nima boʻpti? Innaykeyin-chi?»

Bu savolga javob topolmay, tilimni tishlab qolardim.

IV

<p align=«justify»>Hayotim toʻxtab qoldi. Men nafas olishim, ovqat eyishim, suv ichishim, uxlashim mumkin edi, nafas olmasam ham, ovqat emasam ham, suv ichmasam ham, uxlamasam ham boʻlaverar edi. Lekin, bari bir, hayotim toʻxtab qolgan edi. Negaki, menda «qondirsam aqlga muvofiq ish qilgan boʻlaman» deb hisoblaydigan bironta xohish qolmagan edi. Agar men biror narsani xohlab qolsam, avvaldanoq bilar edimki, uni qanoatlantiramanmi yoki yoʻqmi, bari bir, bundan hech narsa chiqmaydi.

Agar biror sehrgar farishta kelsayu menga hamma istaklaringni bajo keltiraman desa, men unga nima deyishimni bilmagan boʻlardim. Agar shirakayf vaqtlarimda koʻnglimda istak emas, yoʻq, avvalgi koʻnikilgan istaklarning qoralamasi koʻrinib qolsa, sogʻ daqiqalarimda bilamanki, bularning bari roʻyo, istaydigan narsaning oʻzi yoʻq. Hatto haqiqatni bilishni ham istamay qoʻygandim, haqiqat nimada ekanini sezib turardim.

Haqiqat shunda ediki, yashashda hech qanday maʼno yoʻq edi.

Men goʻyoki yashab-yashab, yurib-yurib bir tubsiz jarlik boʻyiga kelib qolganday va oldinda halokatdan boshqa hech narsa yoʻqday edi. Toʻxtash ham mumkin emas, orqaga qaytib ham boʻlmaydi, oldinaa yolgʻon hayot va yolgʻon baxtdan oʻzga, chinakam iztiroblar va chinakam oʻlimdan, yaʼni toʻla-tutal mahv boʻlishdan boshqa hech narsa yoʻqligini koʻrmaslik uchun koʻzni yumib ham boʻlmaydi.

Hayot koʻnglimga urdi — allaqanday engib boʻlmaydigan bir kuch meni bir amallab undan xalos boʻlishga unday boshladi. Menda oʻz-oʻzimni oʻldirish istagi paydo boʻldi, deb aytolmayman. Meni hayotdan xalos boʻlishga chorlayotgan kuch xohishdan koʻra kuchliroq, toʻlaroq, umumiyroq edi. Bu kuch avvallari menda joʻsh urgan yashash istagiga oʻxshardi, faqat unga teskari yoʻnalishga ega edi. Men butun kuchim bilan hayotdan mosuvo boʻlishga intilardim. Avvallari hayotni yaxshilash haqidagi fikrlar koʻnglimga qanchalik tabiiy kelgan boʻlsa, endi oʻzimni oʻldirish haqidagi fikr ham shunaqa oʻz-oʻzidan keldi. Bu fikr shunchalar jozibador ediki, shoshib-pishib uni amalga oshirib qoʻymaslik uchun men oʻzimga nisbatan baʼzi bir chora-tadbirlarni koʻrmakka majbur boʻldim. Men faqat bir boisdangina shoshmaslikni ixtiyor etdim — kalavaning uchini topmoq uchun hamma harakatni qilib koʻrmoqchi boʻldim. Kalavaning uchini topolmasam, «bu ishni qilishga hamma vaqt ulguraman» dedim oʻz-oʻzimga. Men baxtli odam ekanman-da — Oʻshanda har kuni oqshomlarda oʻzim yolgʻiz oʻtiradigan xonadan tizimchani olib chiqib tashladim — echinayotib, bexosdan ikki javon oʻrtasidagi toʻsinga oʻzimni oʻzim osib qoʻymay dedim-da. Ovga ham miltiq koʻtarib bormay qoʻydim, chunki tepkini bir bosish bilan odam osongina hayotdan mahrum boʻladi-qoʻyadi — shunga laqqa uchmay dedim. Nima istashimni oʻzim ham bilmay qolgan edim: bir tomondan hayotdan bezib boʻlgan edim, undan xalos boʻlishni istardim va ayni chogʻda undan yana nimadir umidvor edim.

Bu voqealar boshimga tushgan kezlarda men har jihatdan mukammal baxt egasi deb hisoblanishim kerak edi, yaʼni men hali ellik yoshga toʻlganim yoʻq edi. Mening olijanob ayolim bor edi, u meni sevardi, men uni sevardim, farzandlarim yaxshi bolalar edi, mulkim bor edi — men sira harakat qilmasam-da, u oʻsib, gullab-yashnab yotardi. Yaqinlarim va tanishlarim meni hurmat qilishar, begonalar meni avvalgiga qaraganda oʻn chandon ortiqroq maqtashar va hech qanday zoʻrma-zoʻrakiliksiz men oʻzimni mashhur odam, deb hisoblasam boʻlaverardi. Buning ustiga men nafaqat jismonan yoki ruhan biron xastalikka chalingan edim, balki, aksincha, ham jismonan, ham ruhan shunaqa baquvvat edimki, bunaqa quvvatni tengqurlarim orasida kamdan-kam hollarda uchratganman: jismonan olganda, men pichan oʻrimida mujiklar bilan tengma-teng ishlay olardim, aqliy ish bilan esa surunkasiga sakkiz-oʻn soat ishlashim mumkin edi. Ishlaganda ham bunaqa zoʻriqish oqibatida, hech qanaqa aziyat chekmasdim. Ana shunday ahvolda men shunga keldimki, yashay olmay qoldim va oʻlimdan qoʻrqqanimdan jonimga bexosdan qasd qilib qoʻymasligim uchun oʻzimga nisbatan baʼzi chora-tadbirlarni koʻrib qoʻyishga toʻgʻri keldi.

Ruhiy holatim men uchun shunday ifodalandi: allakim menga qarshi yomon bir bemaʼni hazil qilib, menga shu hayotimni ato etgan. Men oʻzimning «biror» kimsa tomonidan yaratilganimni tan olmas edim. Shunga qaramay, bu dunyoda meni barpo eta turib, allakim ustimdan yomon bir bemaʼni hazil qilgan degan tasavvur men uchun eng tabiiy tasavvur shakli edi.

Beixtiyor ravishda menda shunday tasavvur paydo boʻlardi: yuqorida — allaqaerda kimdir bor. U mening oz emas — koʻp emas, 30 — 40 yil umr kechirganimni, bu yillar mobaynida oʻqib oʻsganimni, jismonan va ruhan baquvvat tortganimni, endi esa aqlim butunlay balogʻatga etganda, men hayotning eng baland choʻqqisiga etib kelganimni, bu choʻqqidan butun hayotni kaftdagidek koʻrib turganimni va shu ahvolda shu choʻqqi ustida hayotda hech narsa yoʻqligini, hech narsa boʻlmaganini va boʻlishi ham mumkin emasligini aniq-taniq anglaganimcha ovsarlarcha qaqqayib turganimni koʻrib ustimdan rosa mazax qilib kulyapti. «U yana kuladi-ya...»

Ammo mening ustimdan kulayotgan bu allakim bormi yo yoʻqmi — buning menga farqi yoʻq. Men na butun hayotimga, na undagi biron xatti-harakatimga aql bovar qiladigan hech qanaqa maʼno bera olmadim. Men faqat bir narsaga hayron edim — qanday qilib hayotimning dastlabki fasllarida mening bunga aqlim etmadiykin? Bularning bari koʻpdan beri hammaga maʼlum edi-ku? Bugun boʻlmasa ertaga sevgan odamlarim boshiga xastaliklar yogʻilib keladi, ajal gʻippa boʻgʻadi (baʼzilarni olib ham ketdi). Xastaliklaru ajal mening boshimga ham tushadi va ulardan keyin qoʻlansa hid bilan qurtlardan boshqa hech narsa qolmaydi. Nimaiki ish qilgan boʻlmay ularning hammasi unut boʻladi, ertami-kechmi oʻzimning xotiram ham butkul oʻchadi. Shundoq boʻlgandan keyin bu sarsonu ovoragarchilikning nima keragi bor? Qanday qilib odamzod bularning barini koʻrmasligi va yashashda davom etaverishi mumkin? Hammadan ham hayron qoladigan joyi shunda. Faqat sarxush holatdagina yashasang boʻladi, kayfing tarqashi bilan esa, bularning hammasi yolgʻon, oʻta behuda va bemaʼni yolgʻon ekanini koʻrmaslikning iloji yoʻq. Ha, shunaqa, bu ishning hech qanaqa kuladigan joyi yoʻq, mazax qilishning ham keragi yoʻq, bu oʻta shafqatsizlik va bemaʼnilikdan boshqa narsa emas.

Koʻpdan beri bir sayyoh haqida sharq masalini aytib yurishadi. Sayyoh dashtu biyobonda qahru gʻazabdan tutaqqan yirtqichga roʻpara kelibdi. Undan xalos boʻlish niyatida sayyoh suvsiz quduqqa sakrabdi. Ammo koʻrsaki, uning tubida dahshatli bir ajdaho sayyohni eyman, deb ogʻzini ochib turibdi. Shoʻrlik sayyoh nima qilishini bilmay qolibdi — quduqdan qaytib chiqay desa qonsiragan yirtqichning changalida halok boʻladi, quduqning tubiga tushsa, ajdahoga em boʻladi. Quduq devoridagi yoriqdan bir buta oʻsib chiqqan ekan — yoʻlovchi shu butaning shoxiga ilinib,

Muallaq osilib qoladi. Borgan sari uning bilaklaridan quvvat ketadi, oradan koʻp oʻtmay qismati tugashini, ikki tomondan uni kutib turgan xatarning biriga roʻpara kelishini his qiladi, lekin shundoq boʻlsa ham, u butani mahkam changallaganicha osilib turaveradi. Bir mahal sayyoh osilgan holida oʻgirilib qarasa, biri qora, biri oq ikkita sichqon u osilib turgan butaning tevaragida baravar uymalanib, tagidan kemirayotgan emish. Ana, koʻp oʻtmay, shox oʻz-oʻzidan qirsillab sinadi-yu, sayyoh ajdahoning ogʻziga tushadi. Sayyoh buni koʻrib turibdi, u biladiki, muqarrar halok boʻladi. Ammo hozircha osilib turar ekan, u tevarak-atrofiga alanglaydi va shoxning barglarida bir necha tomchi asal koʻradi. Soʻng bir amallab, uni tili bilan yalay boshlaydi. Men ham uulli shu sayyohga oʻxshayman: men ham hayot butogʻiga zoʻr-bazoʻr osilib turibman, bilaman meni parcha-parcha qilib tashlashga tayyor turgan oʻlim ajdahosi kutyapti; nima uchun men bu mislsiz qiynoqlar changaliga tushib qolganimni oʻzim tushunmayman. Shunday boʻlsa-da, men avvallari menga tasalli bergan asalni yalashga harakat qilaman, lekin bu asal endi menga ortiq huzur baxsh etmaydi, oq sichqon bilan qora sichqon, yaʼni tun bilan kun men ushlab olgan shohni kemirgandan kemiryapti. Men ajdahoni aniq-ravshan koʻrib turibman va endi asal menga shirin tuyulmayapti. Koʻzim faqat bir narsani — muqarrar ajdahoniyu sichqonlarni koʻryapti, xolos. Va men Ulardan nigohimni ayirib ololmayapman. Bu esa masal emas, bu chinakam, hech qanday shubha tugʻdirmaydigan va hammaga ayon boʻlgan haqiqatdir.

Avvallari yolgʻon hayot quvonchlari ajdahodan taraladigan dahshatni bosib turardi, endi bu meni ortiq alday olmaydi. Menga «sen hayotning maʼnosini tushuna olmaysan, bu haqda hadeb oʻylayverma, yashayver» deb har qancha uqtirishmasin, men buni qilolmayman, chunki avvallari buni ancha uzoq muddat davomida qilganman. Endilikda qarshimda yugurib ketayotgan va meni oʻlim sari eltayotgan kun bilan tunni koʻrmasligimning iloji yoʻq. Men faqat shuni koʻraman, negaki faqat shugina haqiqatdir. Qolgan narsalarning hammasi — yolgʻon!

Mening koʻzlarimni shafqatsiz haqiqatdan boshqa narsalardan koʻra uzoqroq vaqt mobaynida toʻsib turgan anavi ikki tomchi asal esa, yaʼni oilaga muhabbat va men sanʼat deb atagan yozuvchilikka ishtiyoq, men uchun ortiq shirasini yoʻqotdi.

«Oila...» — derdim men oʻz-oʻzimga, lekin oila degani — xotin, farzandlar... ular ham odam. Men qanday sharoitda yashasam, ular ham shunday sharoitda hayot kechiradi; ular ham yo yolgʻonga botib yashamoqlari kerak yoki dahshatli haqiqatni koʻrmoqlari zarur. Ular nima uchun yashamoqlari kerak? Nima uchun men ularni sevmogʻim kerak? Ularni avaylab, ularga gʻamxoʻrlik qilib, oʻstirib nima qilaman? Ular ham menga oʻxshash tushkunlik oʻtlarida qovrilsinmi yo hamoqat uchunmi? Ularni yaxshi koʻradigan boʻlsam, men ulardan haqiqatni yashira olmayman — bilish bobida qoʻyilgan har bir qadam shu haqiqatga olib boradi. Haqiqat esa — Oʻlim!

«Sanʼat, poeziya?..» Odamlarning maqtovi taʼsirida men uzoq vaqt davomida oʻz-oʻzimni ishontirib keldimki, bu ishni bajarsa boʻladi. Ha, qay bir soniyada oʻlim keladi, u hamma narsani — meni ham, ishimni ham, ular haqidagi xotirani ham mahv etadi, ammo shunga qaramay, bari bir, u ishni bajarish kerak. Biroq koʻp oʻtmay koʻrdimki, bu ham yolgʻon ekan. Menga shu narsa ayon ediki, sanʼat hayotning bezagidir, kitobxonni avrab, hayot qoʻyniga chorlaydi. Ammo hayot men uchun oʻzining jozibasini yoʻqotib boʻlgan, shunday boʻlgach, men qanday qilib boshqalarni avrashim mumkin? Men hali oʻz hayotim bilan yashay boshlamagan kezlarda, begona hayot toʻlqinlarida suzib borar ekanman, hali men ifodalashni bilmasam-da, «hayotda maʼno bor» deb ishonib yurgan paytlarimda har xil tusdagi hayotning sheʼriyatda va sanʼatda aks etishi menga huzur baxsh etar edi, men sanʼat koʻzgusidagi hayotni tomosha qilib zavqlanar edim, ammo men hayotning maʼnosini qidira boshlaganimdan keyin, men oʻzim yashamogʻim zarurligini his qila boshlagandan soʻng, bu koʻzgu men uchun yo ortiqcha, keraksiz va kulgili buyumga aylandi yoki menga azob bera boshladi. Koʻzguda koʻrgan narsalarim, unda aks etgan ahvolimning bemaʼniligi va tushkunligi menga ortiq tasalli bermay qoʻydi. Qalbimning ich-ichida mening hayotimda maʼno bor deb ishongan paytimda men bajonidil bu koʻzgudagi narsalarni koʻrib xursand boʻlardim. U kezlarda ana shu nur va soyaning oʻyini — hayotdagi kulgili, fojiona, taʼsirli, goʻzal, dahshatli narsalarning hammasi menga bir ermakday edi. Ammo hayot bemaʼni va dahshatli narsa ekanini bilganimdan soʻng koʻzgudagi oʻyin meni ortiq mashgʻul qilmay qoʻidi. Mening tayanchimni kemirayotgan sichqonlar bilan ajdahoni koʻrganimdan keyin asalning toti men uchun sira ham totli boʻlmay qoldi.

Ammo bu hali hammasi emas edi. Agar men hayotning maʼnosi yoʻq ekanini shunchaki tushunib qoʻya qolganimda, buni bilib xotirjam boʻlib qoʻya qolishim, «ha, endi qismatim shu ekan-da» deb koʻnib qoʻya qolishim mumkin edi. Ammo men shuning oʻzi bilan xotirjamlanib qoʻya qolmas edim. Agar men bir oʻrmonda istiqomat qilsamu shu oʻrmondan chiqib ketadigan yoʻl yoʻq ekanini bilsam, yashayverishim mumkin edi. Biroq men oʻrmonda adashib qolgan bir kimsa edim. U adashganini bilib, yanada tahlikaga tushadi, har tomonga bosh urib, yoʻlni topib olgisi keladi, har bir qadami uni yanada chalgʻitayotganini yaxshi biladi, biroq shunga qaramay, oʻzini har yonga urishdan toʻxtata olmaydi.

Ana shunisi dahshatli edi. Bu dahshatdan xalos boʻlmoq uchun men oʻzimni oʻzim oʻldirmoqchi boʻldim. Men boshimga tushajak dahshatni oʻylab, benihoya dahshatga tushdim, bu dahshat yuz beradigan holatdan koʻra dahshatliroq ekanini bilardim. Ammo bu dahshatni koʻnglimdan quvib chiqarishga va uning poyonini bardosh bilan kutishga majolim yoʻq edi. Zulmat dahshati haddan tashqari katta edi va men tezroq, imkoni boricha tezroq oʻq bilan yoki sirtmoq yordamida undan xalos boʻlishni istar edim. Xuddi ana shu tuygʻu meni oʻz jonimga qasd qilishga hamma narsadan kuchliroq undadi.

«Yoʻgʻ-e, ehtimol, men biron narsani koʻzdan ochirgandirman yoki biron narsani anglay olmagandirman? — derdim men qayta-qayta oʻz-oʻzimga. — Ana shu tutqunlik holati odamlarni doimo chulgʻab olgan boʻlishi sira ham mumkin emas-ku?» Shu vajdan men meni qiynagan savollarga odamlar jamgʻargan bilimlarning hamma sohalaridan javob izlay boshladim. Izlashlarim iztiroblar ichida uzoq davom etdi, men shunchaki bekorchi qiziqishimni qondirish uchun boʻshashibgina izlaganim yoʻq, balki halok boʻlib borayotgan odam najot izlaganiday, tunu kun, tish-tirnogʻim bilan tirishib, ne-ne azoblarga dosh berib izladim, lekin hech narsa topolmadim.

Men hamma ilmlardan javob izladim va javob topa olmadimgina emas, balki amin boʻldimki, menga oʻxshab ilmdan javob izlagan boshqa odamlar ham hech narsa topolmagan ekanlar. Topolmagangina emas, balki ochiq-oydin shuni eʼtirof qilishganki, meni tushkunlikka olib kelgan oʻsha narsa, yaʼni hayotning maʼnosizligi inson erishishi mumkin boʻlgan birdan-bir xulosadir.

Men hamma joyda izladim. Mening olimlar dunyosi bilan aloqalarim juda yaxshi edi. Shuning uchun xilma-xil ilm sohalaridagi olimlar bilan suhbatlar qurdim. Ular faqat kitoblar orqaligina emas, jonli suhbatlarida ham mening oldimda oʻz bilimlarini yashirmay toʻkib soldilar. Shu tufayli va yana hayotning oʻzi tufayli men hayot savoliga ilm nima, deb javob berishini batafsil bilib oldim.

Biroq ilm hayot savoliga bergan javobidan boshqa hech narsa deb javob berolmas ekan. Men bunga ancha vaqtgacha sira ishonmay yurdim. Ilm ohanglari juda sipo va oʻta jiddiy, uning koʻpgina qonun-qoidalarining inson hayotiga daxli yoʻq — ilm ularni tasdiqlash bilan ovora. Men bularni koʻrib, «ancha vaqtgacha ilm sohasiga tishim oʻtmayapti, hech narsa tushunmayapman» deb yurdim. Menga shunday tuyulardiki, men topgan javoblar savollarimga mos kelmayotgan ekan, bunda ilmning hech qanday aybi yoʻq, hamma gap oʻzimning nodonligimda, ilmsizligimda. Ammo bu ish men uchun shunchaki ermak yoxud bekorchilikdan shugʻullanayotgan ish emas edi, balki hayot-mamot masalasi edi. Shuning uchun xohlasam-xohlamasam shunday eʼtiqodga keldimki, mening savollarim har qanday ilmning negizini tashkil qiluvchi birdan-bir savollardir, shuning uchun bu savollarni qoʻygan boʻlsam, buning uchun men aybdor emas, balki ularga javob berolmagan ilm aybdor, chunki ilm shu savollarga javob beraman, deb daʼvo qiladi.

Ellik yoshimda meni oʻz-oʻzimga suiqasd qilishga undagan savol oddiy goʻdakdan tortib, donishmand qariyagacha har bir odamning qalbidan oʻrin olgan eng oddiy savol edi. Lekin bu savolga javob topmasa, yashab boʻlmaydi, buni men oʻz hayotimda sinab koʻrdim. Bu savol quyidagicha turur: «Men bugun qilayotgan ishdan qanday samara chiqadi? Ertaga qiladigan ishimdan-chi? Mening jamiki hayotimdan nima maʼno chiqadi?»

Boshqacha qilib ifodalasa, savol bunday boʻladi: «Men yashab nima qilaman? Biron narsani istashimdan nima maʼno? Biror ish qilmogʻimning nima keragi bor?» Yana boshqacharoq savolni bunday ifodalasa boʻladi: «Oʻlim haq, men, albatta, bu dunyodan oʻtaman. Mening yashashimda shunday maʼno bormiki, mening oʻlimim uni mahv eta olmasa?»

Har xil tarzda ifodalangan, aslida bir xil oʻlgan ana shu savolga men inson toʻplagan turli bilimlardan javob izladim. Oqibatda shunday toʻxtamga keldimki, shu savolga nisbatan olganda butun insoniyatning bilimi ikki bir-biriga zid yarim doiralarga ajralar ekan. Bu yarim doiralarning nihoyalarida bir-biriga zid ikki qutb boʻlar ekan. Ularning biri manfiy, ikkinchisi musbat; ammo na u qutbda, na bu qutbda hayot masalasiga javob yoʻq.

Bir qator ilmlar bu savolni tan olishmaydigan koʻrinadi, lekin ular oʻzlari mustaqil qoʻygan savollarga juda aniq va ravshan javob berishadi. Bular tajribaga asoslangan ilmlar, ularning eng chekka nuqtasida matematika turadi. Ikkinchi qator ilmlar savolni tan olishadi, lekin unga javob berishmaydi. Ularning eng chekka nuqtasida metafizika turadi.

Ilk yoshligimdan boshlaboq men ilmi aqliyaga qiziqib kelganman, keyinchalik esa matematik ilmlar ham, tabiiy fanlar ham eʼtiborimni tortdi. Men oʻz savolimni oldimga aniq-ravshan qilib koʻndalang qoʻymagunimcha, bu savolning oʻzi ich-ichimda pishib oʻtmaguncha va qatʼiyat bilan hal qilinishini talab qilmaguncha, men bu ilmlar oʻsha savolga bergan soxta javoblar bilan qanoatlanib keldim.

Tajriba sohasida men oʻz-oʻzimga derdim: «Hamma narsa rivojlanadi, tarkibiy qismlarga ajraladi, murakkablashish va mukammallashish sari boradi. Bu harakatni belgilab turuvchi qonunlar bor. Sen — butunning bir qismisan. Imkoni boricha butunni bilsang, rivojlanish qonunini bilsang, shu bilan sen shu butunlikdagi oʻz oʻrningni ham bilgan boʻlasan». Men uchun har qancha xijolatli boʻlsa ham tan olmogʻim kerakki, bir zamonlar men shu javobdan qanoat hosil qilgan edim. Bu oʻsha oʻzim murakkablashib, mukammallashib borayotgan kezlarimda roʻy bergan edi. Muskullarim chiniqib pishib borar, xotiram boyir, fikrlash qobiliyatim va idrokim ortib borardi. Men oʻsib-ulgʻaymoqda edim va butun vujudimda shu oʻsish-ulgʻayishni his qilib turardim. Tabiiyki, men «oʻz-oʻzidan butun dunyoning qonuni ayni shuning oʻzi boʻlsa kerak va hayotim savollariga javobni ham shundan topsam kerak» deb oʻylagandim. Ammo vaqti soati kelib men oʻsishdan toʻxtadim, endi ortiq oʻsmayotganimni, quruqshab borayotganimni his qildim, muskullarim zaiflasha boshladi, tishlarim toʻkila boshladi — shunda koʻrdimki, boyagi qonun menga hech baloni tushuntirib berolmas ekan. Qolaversa, hech qachon bunaqa qonunning oʻzi boʻlmagan ekan va boʻlishi ham mumkin emas ekan, hayotimning muayyan bir davrida oʻzimda topgan narsani men qonun deb yurgan ekanman. Endi men qonunni belgilashga yanada talabchanroq yondosha boshladim. Shunda menga ayon boʻldiki, intihosiz rivojlanish qonunlarining boʻlishi mumkin emas ekan; yana shu narsa ayon boʻldiki, «intihosiz makonda va zamonda hamma narsa rivojlanadi, tarkibiy qismlarga ajraladi, murakkablashadi, mukammallashadi» deyish hech narsa demaslik bilan barobar ekan. Bularning hammasi maʼnosiz soʻzlar, negaki intihosiz narsada na murakkablik, na soddalik, na orqasi, na oldi, na yaxshi, na yomoni bor.

Eng muhimi esa — mening shaxsiy savolim, yaʼni «xohishu istaklarim bilan birga men oʻzim nimaman?» degan savol hali ham mutlaqo javobsiz qolmoqda edi. Shunda angladimki, bu ilmlar juda qiziqarli va jozibali, ammo bu ilmlarning aniqligi va ravshanligi ularning hayot savollariga tatbiq qilinishiga teskari mutanosibdir: ular hayot masalalariga qancha kam tatbiq qilinsalar, shuncha aniqroq va ravshanroq boʻladilar, hayot masalalarini hal qilishga qancha koʻproq harakat qilsalar, shuncha mukammalroq va jozibasizroq boʻla boradilar. Agar bu ilm sohalarining hayot masalalarini hal qilishga uringanlariga, yaʼni fiziologiya, psixologiya, biologiya, sotsiologiya kabilarga murojaat qilsang, bunda kishini lol qoldiradigan fikriy qashshoqlikni, uchchiga chiqqan mujmallikni, hal qilib boʻlmaydigan masalalarni hal qilaman degan behuda dagʻdagʻalarni koʻrasan. Bunda bir mutafakkir boshqasi bilan uzluksiz qirpichoq boʻlib yotadi, hatto bir mutafakkirning oʻzida fikrlarida chigal ziddiyatlar uchraydi. Agar bordi-yu, hayot masalalarini hal qilish bilan shugʻullanmaydigan ilm sohalariga murojaat qilsang, ular oʻzlarining ilmiy, maxsus savollariga bergan javoblarini koʻrib, inson tafakkurining qudratiga lol qolasan, lekin oldindan bilasanki, ularda hayot masalalariga javob yoʻq. Bu ilmlar toʻgʻridan-toʻgʻri hayot savollarini chetlab oʻtishadi. Ular deydi: «Sening kim ekaning va nimaga yashayotganing toʻgʻrisidagi savolga bizda javob yoʻq. Va, umuman, biz bu bilan shugʻullanmaymiz. Ammo bordi-yu, sen yorugʻlik qonunlarini, kimyoviy birikmalar qonunlarini, organizmlar rivojining qonunlarini bilmoqchi boʻlsang, mabodo sen jismlar, ularning shakllarining qonunlarini, sonlar va kattaliklar nisbatini bilmoqni ixtiyor etsang yoxud oʻz aqling qonunlarini bilishga zaruriyat tugʻilsa, bularning hammasiga bizda aniq, ravshan va shubha tugʻdirmaydigan javoblar bor».

Umuman, tajribaga asoslangan ilmlarning hayot savoliga munosabatini bunday ifodalasa boʻladi. Savol: «Men nima uchun yashayapman?» Javob: «Cheksiz katta fazoda cheksiz uzoq vaqt davomida cheksiz kichkina zarralar cheksiz murakkablikda turlarini oʻzgartiradilar. Agar sen ana shu turlar oʻzgarishining qonunini anglasang, nima uchun yashayotganingni ham anglab olasan».

Ilmi aqliyaga taalluqli ilmlar sohasida oʻzimga oʻzim shunday derdim: «Butun insoniyat maʼnaviy ibtidolar va ularga rahnamolik qiluvchi ideallar asosida yashaydi va rivojlanadi. Bu ideallar dinlarda, fanlarda, sanʼatlarda, davlatchilik shakllarida oʻz ifodasini topadi. Bu ideallar yuksalgandan yuksala boradi va insoniyat eng oliy neʼmatlar sari boradi. Men insoniyatning bir boʻlagiman, shuning uchun ham mening vazifam insoniyat ideallarini anglash va amalga oshirishga koʻmaklashishdir». Men aqlim qodir vaqtlarimda shu gaplarga qanoat qilgan edim, ammo koʻnglimda hayot savodi aniq-taniq holda koʻndalang boʻlishi bilan bu nazariya bir zumda boshdan-oyoq kunpayakun boʻldi. Avvalo shuni aytish kerakki, bunga oʻxshash ilmlarda muayyan gʻirromlik bor — ular insoniyatning kichik bir qismini oʻrganish oqibatida chiqargan xulosalarini umumiy xulosalar oʻrnida taqdim etadilar. Bundan tashqari bunday qarashlarning turfa xil tarafdorlari oʻrtasida «insoniyat ideallari nimadan iborat», degan masala ustida bir-biriga zid fikrlar mavjud. Ammo eng bemaʼnisi demayligu, eng gʻalatisi shundaki, bu nazariyaga koʻra har bir odam qarshisida koʻndalang boʻluvchi «Men nimaman?» yoxud «Men nima uchun yashayapman?» yoki «Men nima qilmogʻim kerak?» degan savollarga javob berishdan avval inson bitta masalaga javob bermogʻi lozim. Bu masala quyidagicha turur: «Butun bir insoniyat bor. Uning nima ekani menga maʼlum emas. Men uning bir zarrasiman, binobarin, shu zarraning qisqagina bir muddat mobaynidagi hayotini bilaman. Shunga qaramay, men «butun insoniyatning hayoti nimadir? degan masalani hal qilib berishim kerak». Binobarin, odamzod oʻzining nima ekanini anglamoq uchun uning oʻzi kabi hali oʻzligini anglab etmagan ayrim-ayrim odamlardan tashkil topuvchi sirli imkoniyatning nima ekanini anglab olmogʻi zarur.

Eʼtirof etmogʻim kerakki, men bunga ishongan chogʻlarim boʻlgan. U chogʻlarda meni oʻzimning sevimli ideallarim bor edi, bu ideallar mening injiqliklarimni oqlar edi. Oʻshanda men bir nazariyani yaratish ishtiyoqida edim. Bu nazariyaga asoslanib, men oʻz injiqliklarimga insoniyat qonuni sifatida qaramogʻim mumkin boʻlardi. Ammo mening koʻnglimda hayot savoli butun ravshanligi bilan koʻndalang boʻlgani hamon, bu javob ham qoqigulday toʻzib ketdi. Shunda angladimki, xuddi tajribaga asoslangan ilmlarda haqiqiy ilmlar bilan bir qatorda oʻzlariga tegishli boʻlmagan savollarga javob berishga urinadigan chala ilmlar boʻlgani kabi, bu sohada ham oʻzlariga tegishli boʻlmagan masalalarga javob berishga harakat qiladigan bir qator ilmlar boʻlib, ular ancha keng tarqalgan ekan. Bu sohaning chala ilmlari — huqukdgunoslik, ijtimoiy ilmlar, tarixngunoslik — ayrim inson masalalarini hal qilishga kirishganida u qolib ketib, har qaysisi oʻziga xos tarzda butun insoniyat hayotining masalalarini hal qilishga kirishib ketadilar.

Ammo tajribaga asoslangan ilmlar sohasida «qanday yashamogʻim kerak?» deb chin yurakdan soʻraydigan odam «cheksiz makonda cheksiz zamonda cheksiz murakkablik bilan sodir boʻladigan cheksiz zarralar oʻzgarishini oʻrgan, shunda sen oʻz hayotingni anglaysan», degan javobga qanoat hosil qilolmaydi. Xuddi shunga oʻxshash samimiy odam «biz insoniyatning na ibtidosini, na intihosini bilamiz, biz uning kichik bir qismini ham bila olmaymiz. Lekin sen ana shu insoniyatni yaxlit olib, uning nimaligini angla. Shunda oʻzingning kimligingni anglab olasan» degan javobga ham qanoat qila olmaydi. Xuddi tajribaga asoslangan chala ilmlarda boʻlgani kabi bu chala ilmlar ham oʻz vazifalaridan nechogʻli chalgʻib ketsalar, ulardagi mujmalliklar, chaLkashliklar, bemaʼniliklar va ziddiyatlar shunchalik koʻpayib boraveradi. Tajribaga asoslangan ilmning vazifasi moddiy hodisalar oʻrtasidagi sababiy izchillikni oʻrganishdir. Ammo bu ilm hodisalar orasidagi eng soʻnggi sababiyat masalasini qoʻyishi bilan bemaʼni bir hol yuzaga keladi. Ilmi aqliyaning vazifasi hayotning besababiy mohiyatini idrok etishdir. Unda ham hodisalarni ijtimoiy, tarixiy deb ajratib olib, ular orasidagi sababiy aloqalarni tadqiq qilishga kirishish bilan bemaʼni bir vaziyat yuzaga keladi.

Tajribaga asoslangan ilm oʻz tadqiqoti doirasiga eng pirovard sababni kiritmagan takdirdagina ijobiy samara beradi va inson aqlining ulugʻvorligini namoyish etadi. Va aksincha, ilmi aqliya sababiy aloqalarning muntazamligi haqidagi masaladan mutlaqo yuz oʻgirib, insonni pirovard sababga nisbatan olib tadqiq qilgandagina haqiqiy fan boʻladi va inson aqlining ulugʻvorligini namoyish etadi. Bu sohadagi ilm, yaʼni yarim doiraning qutbini tashkil qiluvchi metafizika yoxud ilmi aqliya — falsafa ana shunaqa. Bu ilm bitta masalani aniq-ravshan qoʻyadi: «Men va butun dunyo nima? Men nima uchun yashayapmanu dunyo nima uchun mavjud?» Bu ilm vujudga kelganidan beri bu savolga bir xil javob berib keladi. Faylasuf mendagi va jamiki mavjud narsadagi hayotning mohiyatini gʻoya deydimi, substansiya deb ataydimi yoki ruh, iroda deb belgilaydimi, bari bir, bitta gapni aytadi: «Bu mohiyat mavjud va men oʻsha mohiyatni tashkil qilaman». Biroq u aniq mutafakkir boʻladigan boʻlsa, bu mohiyatning nima uchun kerakligini bilmaydi va bu savolga javob bermaydi. Men soʻrayman: «Bu mohiyatning borligi nimadan? Bu mohiyat mavjud boʻlsa va kelgusida ham boʻlsa, bundan nima kelib chiqadi?» Falsafa nafaqat bu savolga javob bermaydi, balki oʻzi ham qoʻshilishib soʻraydi. Agar u chinakamiga falsafa boʻladigan boʻlsa, uning butun ishi shundan iborat boʻlmogʻi kerakki, u shu masalani aniq-taniq qoʻymogʻi kerak. Agar u oʻz vazifasiga qattiq rioya qiladigan boʻlsa, «men nimaman va butun dunyo nima?» degan savolga «hamma narsa va hech narsa» deb, «dunyo nechun mavjud va men nimaga yashayapman»? degan savolga «bilmayman» deb javob berishdan oʻzga iloji boʻlmas edi.

Shunday qilib, falsafaning ilmi aqliya borasidagi javoblarini harchand aylantirib koʻrmaylik, men ulardan javobga oʻxshagan hech narsa topolmayman. Buning sababi nima boʻlsaykin? Albatta, tajribaga asoslangan fanlardagi kabi javob savolimga taallukdi boʻlmay qolganidan boʻlmasa kerak. Yoʻq, bu oʻrinda hamma aqliy faoliyat mening savolimga javob topishga qaratilgan, lekin shunda ham javob berilmadi. Negaki, javobning oʻzi yoʻq. Shuning uchun javobning oʻrniga yana oʻsha savolning oʻzi koʻndalang boʻlaveradi. Faqat har gal yangi, murakkablashgan shaklda...

V

<p align=«justify»>Hayot savoliga javob izlar ekanman, men xuddi oʻrmonda adashib qolgan odamda kechadigan tuygʻuni kechirdim. Yura-yura oʻrmon chetidagi yalanglikka chiqdim. Bir daraxt tepasiga chiqib, olis-olislardagi hududsiz makonni koʻrdim, ammo unda bironta ham imorat yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas edi. Qaytib oʻrmon qaʼriga kirdim, u erda zulmat hukmron edi, bu erda ham bironta imorat yoʻq edi.

Shu ahvolda inson bilimlari oʻrmonida tentirab yurdim. Bir tomonimda matematik bilimlar va tajribaga asoslangan bilimlar yogʻdusi. lar mening koʻz oʻngimda ravshan ufqlarni namoyon etdi, biroq ular shunday ufqlar ediki, uni moʻljallab borib, bironta ham imoratga yoʻliqa olmasding, chunki imoratning oʻzi yoʻq edi. Ikkinchi tomonimda ilmi akdiyaga mansub ilmlar zulmati. Men bu zulmat qaʼriga kirib borganim sari zulmat quyuqlashgandan quyuqlasha borardi. Nihoyat, ishonch hosil qildimki, qutulishning iloji yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas.

Bilimlarning nurli tomonlariga mahliyo boʻlib yurib, anglardimki, men savoldan oʻzimni olib qochyapman, xolos. Mening nigohim qarshisida namoyon boʻlgan ufqlar har qancha ravshan, har qancha jozibador boʻlmasin, bu intihosiz ilmlar qoʻyniga shoʻngʻimoq har qancha maroqli boʻlmasin, men endi yaxshi anglardimki, ular, yaʼni bu bilimlar menga qancha kamroq kerak boʻlsa, mening savolimga javob berishdan qancha uzoq boʻlsa, shunchalik ravshanroq edilar.

«Ha, ilm-fan shu qadar matonat bilan nimalarni bilishni istashi endi menga maʼlum», — derdim oʻz-oʻzimga. Ammo bu yoʻlda mening hayotim maʼnosi haqidagi savolga javob yoʻq. Ilmi aqliya sohasida esa bilardimki, ilmning maqsadi toʻgʻridan-toʻgʻri mening savolimga javob berishga qaratilgan boʻlishiga qaramay, balki ayni shu qaratilgani tufayli boʻlsa ham ajab emas, men oʻz-oʻzimga bergan javobdan boshqa javob yoʻq edi: «Mening hayotimning qanday maʼnosi bor?» — «Hech qanday». Yoki: «Mening hayotimdan nima chiqadi?» — «Hech narsa». Yoki: «Hamma mavjud narsa nima uchun mavjud va men nima uchun mavjudman?» — «Mavjudliging uchun mavjudsan». Insoniyat ilmining bir tomonini soʻroqqa tutib, men soʻramagan narsalarim haqida behisob miqdorda aniq javoblar oldim. Ular yulduzlarning kimyoviy tarkibi, quyoshning Gerkules yulduzlari turkumi sari harakati, inson va uning turlarining kelib chiqishi, cheksiz kichik atomlarning shakllari, efirning cheksiz kichkina vaznsiz zarralarining tebranishi haqidagi javoblar edi. Ammo «mening hayotimning maʼnosi nimada?» degan savolimga bilimlarning bu sohasi beradigan javob bir xil edi: «Sen — mening hayotim deb atayotgan narsaning aynan oʻzisan, sen - zarralarning muvaqqat tasodifiy qoʻshiluvisan. Bu zarralarning bir-biriga taʼsiri, oʻzgarishi sen «mening hayotim» deb ataydigan narsani barpo etadi. Bu qoʻshiluv bir necha muddat amal qilib turadi, keyin bu zarralarning oʻzaro aloqasi toʻxtaydi — shunda sen «hayotim» deb ataydigan narsa ham toʻxtaydi. Ana unda sening savollaring ham toʻxtaydi. Sen — tasodifan qorilib qolgan bir tutam allanimasan. Bu bir tutam allanima chiriydi. Shu allanimaning chirishini sen «oʻzimning hayotim» deb ataysan. Allanima shataloq otib yugurib ketadi — shu bilan chirish ham tugaydi, hamma savollar ham toʻxtaydi». Ilmlarning aniq tomoni shunaqa javob beradi. Agarda u oʻz asoslariga qatʼiy amal qilish niyatida boʻlsa, boshqa gap ayta olmaydi ham.

Bunaqa javobdan maʼlum boʻladiki, javob savolga javob bermas ekan. Men hayotimning maʼnosini bilmogʻim kerak, «sening hayoting cheksiz bir narsaning zarrasidir» degan gap nafaqat Hayotimga maʼno baxsh etmaydi, balki boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday maʼnoni mahv etadi.

Tajribaga asoslangan aniq ilmlarning bu tomoni aqli ilmiya bilan gʻira-shira til biriktirib, «hayotning maʼnosi taraqqiy etishda va bu taraqqiy etishga koʻmaklashuvda» der ekan, bu gapni ham oʻzining mujmalligi va xiraligiga koʻra javob qatorida hisoblab boʻlmaydi.

Bilimlarning boshqa tomoni, yaʼni ilmi aqliya oʻz asoslariga qatʼiy amal qilib, bu savolga bevosita javob berar ekan, hamma asrlar da va hamma joyda faqat bitta javobni aytib kelgan va hozir ham shuni aytadi: «Dunyo chek siz va anglab boʻlmaydigan bir narsa. Inso hayoti ana shu anglab boʻlmaydigan narsaning anglab boʻlmaydigan bir boʻlagi». Men yana ilmi aqliya bilan tajribaga asoslangan ilmlarning til biriktirishi oqibatida paydo boʻladigan huquqshunoslik, siyosatshunoslik, tarixshunoslik deganga oʻxshash chala ilmlarning keraksiz, ortiqcha yukini istisno qilaman. Bu ilmlarga ham yana mutlaqo xato qilgan holda taraqqiyotZ mukammallashuv tushunchalarini olib kiradilar! Faqat farqi shundaki, aniq fanlarda hamma narsaning taraqqiyoti haqida gapirilardi, bu erda esa gap odamlar hayotining rivoji haqida ketadi. Ammo har ikkovidagi xato bir xil: cheksiz narsaning taraqqiyoti, mukammallashuvi na maqsadga, na yoʻnalishga ega boʻlolmaydi va me ning savolimga nisbatan hech narsa deb javob berolmaydi. Ilmi aqliyaga xos ilmlar chinakam falsafaga oʻxshab, aniq ish yuritadigan boʻlsa faqat mavjud hodisalarni yangi falsafiy ka taklarga joylab, ularni yangi nomlar bilan atashga xizmat qiluvchi oʻsha Shopengauer aytgay professorona falsafa boʻlmasa, filosof eng muhim masalani nazariyadan qochirmasa, uning beradigan javobi hamisha bitta boʻladi. Bu jsavob Suqrot, Shopengauer, Sulaymon paygʻambar, Budda tomonidan berilgan javobdir.

«Biz hayotdan qay darajada uzoqlashsak, faqat shu darajada haqiqatga yaqinlashib boramiz, — degan ekan Suqrot oʻlimga tayyorgarlik koʻrayotganida. — Haqiqatni sevguchi bizlar hayotda nimaga intilamiz? Tanimizdan mosuvo boʻlishga va tan hayotidan kelib chiquvchi jamiki yovuzlikdan xalos boʻlishga intilamiz. Shundoq ekan, ajal eshigimizni qoqib kelganda, biz nechuk xursand boʻlmaylik?»

«Donishmand odam butun umri davomida oʻlimni izlaydi, shuning uchun oʻlim unga qoʻrqinchli emas».

«Dunyoning ichki mohiyatini iroda deb anglab, — deydi Shopengauer, — va bu iroda tabiatning koʻr kuchlarining ongsiz intilishlaridan boshlab insonning ong toʻla faoliyatigacha hamma hodisalarda moddiy tarzda namoyon boʻlishini eʼtirof etgan bilan biz bir natijani mutlaqo chetlab oʻtolmaymiz: irodani erkin inkor etish bilan birga, uning oʻz-oʻzini mahv etish bilan birga hamma hodisalar gʻoyib boʻladi, moddiylikning hamma bosqichlaridagi doimiy intilishlar hamda bemaqsad va beistirohat roʻy beradigan mayllar (holbuki butun olam shu intilishlar va mayllarda hamda ular orqali voqe boʻladi) yoʻq boʻladi, xilma-xil muntazam shakllari yoʻqoladi, shakllar bilan birga uning Hamma hodisalari oʻzining umumiy shakllari bilan birga, makoni va zamoni bilan birga roiib boʻladi va nihoyat, uning eng soʻnggi asosini shakli — subʼekt va obʼekt ham yoʻq boʻladi. Iroda boʻlmasa, tasavvur ham yoʻq, dunyo ha; yoʻq. Bizning qarshimizda, albatta, yolgʻiz hech narsa qoladi. Ammo ana shu hechlikka oʻtishga toʻsqinlik qiladigan narsa bizning tabiatimizCh dir. Tabiatimiz esa yashashga ishtiyoqimizdan; irodamizdan oʻzga narsa emas Bizning dunyomiz kabi oʻzimiz ham tarkiban ana shu irodadan iboratmiz. Biz hechlikdan qoʻrqib dahshatga tushamizmi yoxud ayni shundoq yashashn ni istaymizmi — buning faqat bitta maʼnosi bor: bizning oʻzimiz turgan-bitganimiz ana shu yashash ishtiyoqidan iboratmiz, undan oʻzga narsa emasmiz va undan boshqa hech narsani bilmaymiz. Shuning uchun oʻzimiz irodaga toʻla boʻlsak; biz uchun iroda mutlaqo mahv etilgandan keyin nima qoladi? Hech narsa. Biroq aksincha ham shunaqa — agar kimlardadir iroda oʻzgarib qolgan boʻlsa va oʻz-oʻzidan yuz oʻgirgan boʻlsa, ular uchun bizning voqeiy dunyomiz jamiki quyoshlari va jamiki somon yoʻllari bilan birga hech narsadan oʻzga emas».

«Hamma narsa behudadir, — deydi Sulaymon paygʻambar, — behudadan-behuda, nimaiki boʻlsa, bari behuda! Odamzod quyosh nurlari ostida terga pishib mehnat qiladi. Bundan unga nima naf? Avlodlar ketadi, avlodlar keladi, er esa mangu qoladi. Nima boʻlgan boʻlsa, oʻsha boʻladi, nima roʻy bergan boʻlsa, oʻsha roʻy beradi. Bu yorugʻ dunyoda hech qanaqa yangi narsa yoʻq. Baʼzan biroy narsa tilga tushadi — «qara, bu yangilik» deyishadi. Ammo bu bizdan avval necha asrlar muqaddam roʻy bergan boʻladi. Oʻtganlarni xotirda saqlamaymiz, ammo bundan keyin boʻladigan narsalar ham bizdan keyin boʻladiganlarning xotirasida saqlanib qolmaydi. Men — Yekleziast, Quddusi sharifda Isroil ustidan podsho edim. Koʻnglimda bir xohish uygʻonib, er yuzida roʻy berayotgan voqealarning hammasini tadqiq etmoqchi va aql tarozusidan oʻtkazmoqchi boʻldim. Bani odamga Xudo shu ogʻir mashgʻulotni ravo koʻradi. Bu yorugʻ dunyoda boʻlayotgan ishlarning hammasini koʻrdim. Koʻrdim — bari behuda, bekorga jonni qiynamang... Yurakdan chiqarib oʻzimga dedim: mana, sen oliy martabaga erishding, mendan avval Quddusi sharifda mavjud boʻlgan jamiki donolikdan ortiqroq donolikka erishding. Mening qalbim ham koʻp donoliklar koʻrdi, koʻp bilimlarga oshno boʻldi. Shunda men butun qudratimni donolikni anglashga, farosatsizlik bilan ahmoqlikni anglashga baxsh etdim. Ammo bildimki, bularning bari jonga jabr ekan. Sababki, donolik koʻp joyda gʻussa koʻp boʻlar ekan: bilimli koʻp odamning boshi qaygʻudan chiqmas ekan.

Shunda men oʻzimga dedim: «Qani, seni bir xurramlik sinovidan oʻtkazay, yaxshilikdan lazzatlanay». Ammo bu ham behuda ekan. Kulgi haqida «bu bemaʼnilik» dedim, xurramlik toʻgʻrisida esa «u nima qilyapti?» dedim. Keyin ich-ichimdan chiqarib, tanamni sharob bilan lazzatlantirmoqchi boʻldim. Yana shuni ixtiyor etdimki, koʻnglim donolikni rahnamo deb bilgani holda, uzim hamoqatning nimaligini ham bilmay, toki bani odam uchun nima yaxshi ekanini oʻz koʻzim bilan koʻray, ular bu yorugʻ dunyoda kechiradigan Qisqagina umrlarida nima ishlarni qilmoqlari kerakligini bilay. Men katta ishlarni amalga oshirdim: oʻzimga imoratlar qurdim, tokzorlar barpo etdim. Oʻzimga bogʻlar yaratdim va u erda har xil mevali daraxtlar oʻtqazdim, bogʻ-rogʻlarni, u erda oʻsayotgan daraxtlarni sugʻorish uchun hovuzlar qazdirdim, oʻzimga mulozimlar va kanizlar oldim, bola-chaqalarim ham serobgina edi, mendan avval Quddusi sharifda oʻtganlarning hammasinikidan koʻra men toʻplagan yirik va mayda chorva koʻproq edi: har xil podsholardan va viloyatlardan oʻzim uchun kumushu oltin hamda boshqa qimmatbaho toshlar yigʻdim; saroyimga xonandayu raqqosalarni toʻpladim, bani odamga zavq-shavq ato qiluvchi har xil musiqa asboblarini keltirdim. Shunda men Quddusi sharifda mendan avval oʻtganlarning hammasidan ham ulugʻroq va badavlatroq boʻlib qoldim. Donoligimga ham hamma tan bergan edi. Koʻzim nimani koʻrsa, men qaytarmay hammasini xarid qilar, koʻnglim qanaqa ermakni tusasa, men hech qaysisini rad etmas edim. Nihoyat, men oʻz qoʻllarim bilan qilgan hamma ishlarimga, peshona teri toʻkib qilgan mehnatimga nazar tashladim. Va koʻrdimki, bularning bari behuda va bari jonga jabr. Bu yorugʻ dunyoda ulardan naf yoʻq. Men orqamga oʻgirilib, donolikka ham, farosatsizlikka ham, ahmoqlikka ham nazar tashladim. Lekin bildimki, ularning barining qismaty bir ekan. Shunda ich-ichimdan chiqarib oʻzimga dedim: «Axir, tentak odamning qismati mening ham boshimga tushar ekan, nima uchun men juda ham dono boʻlib yuribman?» Shunda ich-ichimday oʻzimga aytdim: «Bu ham behuda», Negaki, ahmoq odamni xotirda saqlamaganlaridek, dono odamni xam mangu xotirda tutmaydilar, kelajak kunlarda ularning hammasi unut boʻladi va nadomatlar boʻlsinki, dono odam ham ahmoq bilan barobar dunyodan oʻtadi! Shunda men hayotni yomon koʻrib ketdim, chunki yorugʻ dunyoda qilinadigan ishlar koʻzimga yomon koʻrinib ketdi, chunki hammasi behuda va jonga jabr edi. Yorugʻ dunyoda qilgan jamiki mehnatim koʻzimga yomon koʻrinib ketdi, chunki men uni oʻzimdan keyin keladigan odamga qoldirmogʻim kerak. Chunki odamzod bu yorugʻ dunyoda mehnat qilib, bu mehnatidan, chekkan tashvishlaridan nima koʻradi? Negaki, uning hamma kuni qaygʻuli, hamma mehnati — tashvish. Hatto, kechalari ham uning yuragi tinim bilmaydi. Bu ham — behuda. Yeb-ichmokday neʼmat ham, mehnatdan soʻng rohatu farogʻat bilan jonini yayratish ham odamning oʻz hukmida emas.

Hamma narsaning va hammaning qismati bir. Batavfiq odamning ham, betavfiqning ham, yaxshi-yomonning ham, pokiza va iflosning ham, qurbonlik qilgan va qilmaganning ham, sersaxovat va gunohkorning ham, qasam ichuvchi va Qasamxoʻrning ham qismati bitta. Yorugʻ dunyodagi hamma ishlarda qismatning bitta ekani yomon, shu tufayli bani odamning yuragi yomonlikka toʻla, ularning yuragidan aql qochgan, hayotlaridan ham aql ketgan. Shundan keyin ular oʻtganlar safidan oʻrin oladi. Tiriklar orasida qolganlar hali nimalardandir umidvor boʻlsa boʻladi, negaki, oʻlik arslon boʻlgandan koʻra tirik kUchuk boʻlgan yaxshi. Tiriklar vaqt-soati etib, Qazo topishlarini biladilar, oʻliklar esa hech narsani bilmaydilar, ular ortiq inoyat ha^ koʻrmaydilar, negaki, ularning xotirasi ha^ unut boʻlgan, ularning muhabbati ham, ularning nafrati ham, ularning rashki ham gʻoyib boʻlib boʻlgan, bu yorugʻ dunyoda endi ular hech narsa bilan sharaflanmaydilar».

Sulaymon paygʻambar shunday deydi. Yoxud shu soʻzlarni yozgan odam shunday deydi.

Endi hind donishmandlari nima deyishini eshiting:

«Yosh baxtiyor shahzoda Sakna-Muniga xastaliklar, qarilik, oʻlim begona edi. Kunlardan birida u saylga boradi va tishlari toʻkilib ketgan, soʻlaklari oqib yotgan, munkillagan bir cholni koʻradi. Shu paytgacha qarilikni koʻrmagan shahzoda aravakashdan buning nimaligini, nima sababdan bu odam shu qadar ayanchli va xunuk ahvolga tushganini soʻraydi. Bunday qismat hamma odamlarning boshida bor ekanini, yosh shahzoda ham vaqt-soati kelib, albatta, shu ahvolga tushajagini eshitib, shahzoda saylga borgisi kelmay qoladi va bu gaplarning hammasini oʻylab koʻrmoq uchun orqaga qaytishni buyuradi. Uyga etib borgach, ichkariga berkinib olib, oʻylashga boshlaydi. Bir necha muddat oʻtgach, shahzoda bir narsadan taskin topadi. U yana shodu xurram va baxtiyor kayfiyatda saylga yoʻl oladi. Bu gal unga bemor roʻpara keladi. Uning koʻz oʻngida oʻlguday toliqqan, koʻkarib ketgan, koʻzlaridan nur ketgan, dagʻ-dagʻ qaltiroq bosgan bechorahol bir odam gavdalanadi. Shu paytgacha xastalik nima ekanini bilmagan shahzoda toʻxtab, nima gap ekanini soʻraydi. Shunda bu xastalik ekanini, hamma odamlar xastalikka uchrashi mumkinligini, uning oʻzi, sogʻlom va baxtiyor yurgan shahzoda ham, ehtimol, ertaga shunaqa bemor boʻlib qolishi mumkinligini eshitib, qayfi buziladi, kayfichogʻlik qilishga xushi qolmaydi va uyga qaytishni buyuradi. U uyida yana oʻzicha biror taskin izlaydi va uni topadi, shekilli. Chunki u yana bir marta sayru tomoshaga otlanadi. Ammo uchinchi marta ham yoʻlda bir voqeaga yoʻliqadi — odamlar nimadir koʻtarib ketishayotganini koʻradi. «Nima bu?» — «Bandalikni bajo keltirgan odam». — «Bandalikni bajo keltirish qanaqa boʻladi?» — deb soʻraydi shahzoda. — «Bandalikni bajo keltirish shu odamga oʻxshab jon taslim qilish boʻladi», — deb javob berishadi. Shahzoda tobutning oldiga boradi, pardani koʻtarib mayitning yuziga qaraydi. — «Bu odam endi nima boʻladi?» — deb soʻraydi shahzoda. — «Uni erga koʻmadilar», — deb javob berishadi shahzodaga. — «Nega?» — «Negaki, endi u hech qachon boshqa tirilmaydi, u chirib-iriydi, keyin tuproqqa aylanadi». — «Hamma odamlarning ham qismati shunaqami? Men ham shu koʻyga tushamanmi? Meni ham koʻmishadimi? Men ham irib-chirib, qurtlarga em boʻlamanmi?» — «Ha». — «Orqaga qayt! Men sayrga bormayman. Bundan keyin hech qachon hech Qanaqa sayrga bormayman».

Shunday qilib, Sakna-Muni hayotdan taskin topa olmadi va «hayotning turgan-bitgani ulugʻ bir yovuzlikdir» degan toʻxtamga kelib, butun Qalb kuchini undan xalos boʻlishga va boshqalarni Undan xalos etishga sarfladi. «Xalos etganda ham shunday qilmoq kerakki, odamning vafotidan keyin hayot bir amallab qayta tiklanmasin, uni butunlay, tag-tugi bilan tubdan mahv etigd kerak». Hind donishmandlari shunday deydi.

Insoniyat donolari hayot savollariga bergan bevosita javoblar bunday turur:

«Jismning hayoti yovuzlikdan va yolgʻondan iborat. Shuning uchun ham bu jism hayotini mahv etish neʼmatdir, biz shu neʼmatni tilamogʻimiz darkor», — deydi Suqrot.

«Hayot shunaqa narsaki, uning boridan yoʻgʻi yaxshiroq boʻlardi. Hayot — yovuzlik, yovuzlikdan hechlikka koʻchish hayotdagi birdan-bir neʼmatdir», — deydi Shopengauer.

«Dunyodagi hamma narsa — hamoqat ham, donolik ham, boylik ham, qashshoqlik ham, shod-xurramlik va qaygʻu-alam ham, hammasi behuda va arzimas narsalardir. Inson oʻladi va undan hech narsa qolmaydi. Bu bemaʼnilikdir», — deydi Sulaymon paygʻambar.

«Azob-uqubatlar, zaiflashish, qarish va oʻlim muqarrar ekanini anglab turib yashab boʻlmaydi, odam oʻzini hayotdan xalos etmogʻi, har qanday yashash imkonidan mahrum etmogʻi kerak», — deydi Budda.

Ana shu katta aql egalari aytgan narsalarni ularga oʻxshagan million-million odamlar ham aytgan, oʻylagan, his etgan. Men ham shunday oʻylayman va shunday his qilaman.

Shunday qilib, mening bilimlar oʻrmonida dovdirab yurishim nafaqat meni tushkunlik botqogʻidan xalos eta oldi, aksincha, uni yanada chuqurlashtirdi. Bir sohadagi bilimlar hayot savollariga javob bermadi, boshqa sohadagi bilimlar esa javob berdi-yu, bu javobi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri mening tushkunligimni tasdiqladi. Bu javob yana shuni koʻrsatdiki, men chiqargan xulosa adashishlarimning hosilasi emas, xasta tafakkurimning mahsuli emas, aksincha, u mening oʻylarim toʻgʻri boʻlganini tasdiqladi. Mening oʻylarim insoniyatning eng baquvvat aql egalarining xulosalariga toʻgʻri keldi.

Oʻzini laqillatishning hojati yoʻq. Hammasi — behuda. Tugʻilmagan odam baxtiyor, oʻlim hayotdan yaxshi; shuning uchun hayotdan xalos boʻlmoq kerak.

VI

Savolimga ilmlar bobida tuzukroq javob topolmagach, men uni hayotdan izlay boshladim. Men bu javobni tevaragimni qurshagan odamlar hayotidan topmoqqa umid qildim. Shuning uchun xuddi oʻzimga oʻxshagan odamlar hayotini kuzata boshladim, mening tevaragimdagi odamlar qanday yashayotganini, meni qiynoqqa solgan savollarga munosabati qanaqa ekanini oʻrganishga kirishdim.

Shunda maʼlumot darajasi va yashash tarziga koʻra men bilan bir xil mavqeda boʻlgan odamlardan topganim shu boʻldi: shuni topdimki, mening doiramga mansub odamlar uchun hammamiz tushib qolgan dahshatli ahvoldan qutulishning toʻrt yoʻli bor ekan.

Bu boshi berk koʻchadan chiqishning birinchi chorasi bilmaslik ekan. Uning maʼnosi shundan iboratki, hayot yovuz narsa ekanini va yashashning maʼnosizligini bilmaslik, anglamaslik kerak. Bu toifa odamlar — ayniqsa, ayollarning koʻpchiligi, yo hali juda yosh odamlar yoxud oʻta befarosat kishilar — Shopengauer, Sulaymon paygʻambar, Budda qarshisida koʻndalang boʻlgan hayot masalasini hali tushunib etmaydilar. Ular na pastda kutib yotgan ajdahoni, na ular yopishib olgan shoxni kemirayotgan sichqonlarni koʻrishadi, ular faqat asal yalash bilan ovora. Ammo ularning asal yalashlari fursati kelib toʻxtaydi, biror kimsa ularning eʼtiborini ajdaho bilan sichqonlarga qaratadi-yu, shu bilan ularning asal yalashi toʻxtaydi. Men bu odamlardan hech narsa oʻrgana olmayman. Bilgan narsangni bilmay qolishning iloji yoʻq-da...

Ikkinchi chora — epikurona chora. Uning maʼnosi shundan iboratki, hayotdan umidvor boʻlmoqning imkoni yoʻqligini bilaturib, hozircha mavjud neʼmatlarning hammasidan istifoda etiladi, na ajdahoga, na sichqonlarga qaraladi, asalni esa toʻyib-toʻyib yalayveriladi, ayniqsa, shoxdagi asal moʻl boʻlsa... Sulaymon paygʻambar bu chorani bunday ifodalaydi:

«Va men shodu xurramlikni alqadim, negaki yorugʻ dunyoda odam farzandi uchun eb-ichish va shodu xurramlik qilishdan koʻra yaxshiroq narsa yoʻq: bu yorugʻ dunyoda Xudo unga ato qilgan umrning kunlari mehnat bilan oʻtadigan boʻlgach, u eb-ichmogʻi va xurram boʻlmogʻi joiz.

Shunday qilib, bor, shodu xurramlik bilan noningni e va shodu xurramlik bilan sharobingni ich... Behuda ketadigan hayotingning hamma kunlarida, jamiki behuda kunlaringda yaxshi koʻrgan ayoling bilan turmush lazzatlarini tot... Negaki, bularning hammasi sening hayotdagi qismating, yorugʻ dunyodagi mehnating evaziga oladigan ulushing... Kuch-quvvatiga qarab qoʻling nima ishni bajarishga qodir boʻlsa, hammasini bajar, chunki sening soʻnggi manzilingda — goʻrda na ish bor, na mulohaza, na bilim bor, na donolik».

Mening doiramga mansub odamlarning koʻpchiligi ana shu ikkinchi yoʻlni maʼqul koʻradilar. Ular yashaydigan sharoit shunaqaki, bu sharoit ularni qurshagan noz-neʼmatlarni moʻl-koʻl qilib qoʻygan, ular yomonlikka kamroq roʻpara keladilar. Buning natijasida ularning vijdoni koʻr boʻlib qolgan. Bu esa ularning farovon sharoiti tasodif ekanini unutishga imkon beradi. Ular oʻylamaydilarki, hamma ham Sulaymon paygʻambarga oʻxshab 1000 xotinga va 1000 qasrga ega boʻlavermaydi, har bir 1000 xotinlik odamga 1000 ta xotinsiz erkak toʻgʻri keladi va har bitta qasrga peshonasining teri bilan bu qasrni qurayotgan 1000 ta odam toʻgʻri keladi. Bir tasodif bilan bugun men Sulaymon boʻlib qolgan boʻlsam, shu tasodifning oʻzi ertaga meni Sulaymonning quliga aylantirib qoʻyadi. Bu odamlarning xayoloti ham shu qadar sayoz va cheklanganki, ular Buddaga tinchlik bermagan narsalarni. unutib yuborishga imkon beradi. Xastaliklar, qarilik va oʻlim muqarrar ekanini ular eslariga keltirmaydilar. Holbuki, xastalik, qarilik, oʻlim keladi-yu, hamma huzur-halovat chippakka chiqadi. Bu odamlarning baʼzi birlari fikrlari va xayolotlarining nochorligini falsafa deb hisoblaydilar va uni pozitiv falsafa deb ataydilar. Ammo mening nazarimda, bu ularni savolni koʻrmay asal yalab yotganlar toifasidan ajratib olishga imkon bermaydi. Men bu odamlarga taq-lid qila olmasdim: ulardagi xayolotning nochorligi menda yoʻq edi va men uni oʻzimda sunʼiy ravishda bor qilolmasdim. Men har qanday tirik odam kabi bir marta koʻzim tushgandan keyin sichqonlar bilan ajdahodan koʻzimni uzolmasdim.

Uchinchi chora — kuch va quvvat chorasidir. U shundatt iboratki, hayot yovuz narsa ekanini va uning maʼnosizligini anglagach, hayotni mahv etadilar. Kamdan-kam odamlar bu ishni qiladilar — ular baquvvat va izchil odamlar boʻladi. Uning ustidan qilingan hazil naqadar bemaʼni ekanini anglab va oʻlim neʼmati tiriklik neʼmatidan nechogʻli afzal ekanini va undan koʻra yashamay qoʻya qolgan maʼqul ekanini anglab, jonlariga qasd qilishadi-yu, bu bemaʼni maynavozchilikka chek qoʻyisha qoladi. Suiqasd vositalari ham anqoning urugʻi emas — boʻyinga solgani sirtmoq, suv, yurakka sanchgani pichoq, temir yoʻllarda poezdlar... Bizning davramizga mansub kishilar oʻrtasida bu yoʻlga qadam qoʻyayotganlari borgan sari koʻpayib bormoqda. Bunday qiladigan odamlarning koʻpchiligi hayotning avji yuksak paytida, maʼnaviy kuchlari gullab-yashnab turgan kezlarda, inson tafakkurini tah-qirlovchi odatlar hali tabiatiga singishib ulgurmay, jonlariga qasd qiladilar. Men bu choraning eng munosib chora ekanini koʻrdim va oʻzim ham shunday qilmoqchi boʻldim.

Toʻrtinchi chora ojizlik chorasidir. U shundan iboratki, hayotning yovuz narsa ekanini va maʼnosizligini anglab, odam yashashidan hech narsa chiqmasligini oldindan bilsa-da, yashashda davom etaveradi. Bu toifa odamlar oʻlim hayotdan afzalroq ekanini bilishadi, ammo oqilona ish qilishga, yaʼni tezroq yolgʻonga xotima qoʻyib, oʻzlarini oʻldirishga kuchlari etmaganidan, goʻyo biror narsani kutayotgandek yuraveradilar. Ojizlik chorasi ana shudir, negaki, agar men yaxshiroq chorani bilsam va uni amalga oshirish oʻzimning hukmimda boʻlsa, nega endi shu yaxshiroq chorani qilmasligim kerak?.. Men shu toifaga mansub edim.

Shunday qilib, mening toifamdagi odamlar bu dahshatli ziddiyatdan ana shu toʻrt chora bilan xalos boʻladilar. Men aqlimni ishga solib, har qancha oʻylab koʻrmay, ana shu toʻrtta choradan boshqasini topolmadim. Birinchi chora — hayot maʼnosiz ekanini, yovuz va behuda narsa ekanini, undan koʻra yashamay qoʻya qolgan maʼqul ekanini anglamaslik. Men buni bilmasligim mumkin emas edi va uni bilganimdan keyin esa undan koʻz yummogʻimning iloji yoʻq edi. Ikkinchi chora — hayot qanday boʻlsa, shundayligicha qabul qilib, kelajakni oʻylamay undan istifoda etish. Men buni ham qilolmasdim. Men qarilik, iztirob, oʻlim borligini bilib turib, Sakna-Muniga oʻxshab ovga borolmasdim. Mening xayolotim haddan ziyod kuchli edi. Bundan tashqari, men mening hissamga bir lahzalik huzur-halovat ato etadigan bir daqiqalik tasodifdan ham mamnun boʻlolmasdim. Uchinchi chora — hayot yovuz va maʼnosiz narsa ekanini anglab, oʻz joniga qasd qilmoqdir. Men buni anglab etgandim, lekin nima uchundir hadeganda oʻzimga qoʻl koʻtarolmai kelyapman.

Toʻrtinchi chora — Sulaymon paygʻambar va Shopengauer holatida yashash, yaʼni hayot menga nisbatan qilingan bir bemaʼni, tahqirli hazid ekanini bilib turib, yashashda davom etishdir. Hech narsa boʻlmaganday yashayverasan, har kuni bet-qoʻlingni yuvasan, kiyimlaringni kiyasan, tushlik qilasan, gap sotasan va hatto, kitoblar yozasan. Bu men uchun turgan-bitgani azob-uqubat edi, oʻz-oʻzimdan ijirgʻanar edim, lekin shu ahvolda qolishda davom etardim.

Endilikda bir narsani koʻrib turibman — agar men oʻzimni oʻzim oʻldirmagan boʻlsam, buning sababi shundaki, yuritgan mulohazalarimda allanechuk adolatsizlik bor ekanini gʻira-shira his qilardim. Hayotning maʼnosizligini tan olishga olib kelgan mening mulohazalarimning va donolar mulohazalarining mantigʻi har qancha ishonchli va shubhasiz tuyulmasin, menda oʻz mulohazalarimning ibtidosi chinligiga allaqanday shubha saqlanib qolgan edi.

Bu shubha quyidagicha edi: men oʻz aqlim bilan hayotning bemaʼni ekanini eʼtirof etdim. Agar oliy tafakkur boʻlmasa (bunday tafakkur yoʻq va hech narsa uning borligini isbot qilib berolmaydi), unda oddiy tafakkur men uchun hayotning ijodkoridir. Agar mening tafakkurim boʻlmasa, men uchun hayot ham boʻlmas edi. Ammo tafakkurning oʻzi, aqlning oʻzi hayotning ijodkori boʻlsa, u qanday qilib, nechuk hayotni inkor etadi. Yoki boshqa tomondan olib koʻraylik: agar hayot boʻlmasa edi, mening tafakkurim, aqlim ham boʻlmas edi. Binobarin, aql — hayotning farzandi ekan-da! Hayot — hamma narsa. Aql hayotning samarasi va shu aql hayotning oʻzini inkor etadi. 5u oʻrinda nimadir joyida emasligini, allanechuk xatolik borligini his qilardim. «Hayot maʼnosiz yovuzlikdir, bunga shak-shubha yoʻq», — derdim men oʻzimga-oʻzim. Ammo men yashab keldim, yashayapman, butun insoniyat yashab keldi va yashamoqda. Nechuk shunday? Yashamay qoʻya qolsa ham boʻlaveradigan bir holda u nima uchun yashaydi?

Nima balo, biz Shopengauer bilan ikkimiz shu qadar donomizki, hayotning maʼnosizligini va yovuz narsa ekanini faqat ikkovimiz tushundikmi?

Hayotning oʻtkinchiligi, behudaligi haqidagi mulohazalar unchalik murakkab emas, eng oddiy odamlar ham koʻpdan beri shunday mulohaza yuritishadi va yashashda davom etishadi. Qandoq boʻldi? Ular yashashda davom etaverib, hayotning aqlga muvofiqligiga shubha qilishni hech qachon xayollariga keltirmaydimi?

Donolarning donolari tomonidan maʼqullangan mening bilimim tufayli kashf qildimki, bu dunyoda hamma narsa — organik dunyo ham, noorganik dunyo ham haddan tashqari oqilona tartibga ega, faqat birgina mening ahvolim bemaʼni, xolos. Bu tentaklar esa, yaʼni oddiy odamlarning koʻpchiligi olamda organik va noorganik dunyo qanday tartiblanganidan butunlay bexabar, lekin shunday yashashadiki, goʻyo ularga Hayotlari haddan tashqari aqlga muvofiq tartiblanganday tuyuladi.

Shunda birdan miyamga bir fikr keldi — balki men biron narsadan bexabardirman? Hali bilib ulgurmagan biron sinoat bordir? Axir bilimsiz odam ham shunday qiladi-ku? Bilimsizlik hamma vaqt shunday deydi-ku? Agar u biron narsani bilmasa, bilmagan narsasini bemaʼni, ahmoqona narsa deb ataydi. Bundan kelib chiqadiki, insoniyatni yaxlit oladigan boʻlsak, u oʻz hayotining maʼnosini anglab etganday shu paytgacha yashab keldi va yashamoqda, agar uni anglamaganida, tushunib etmaganida insoniyat yashay olmasdi, men boʻlsam, bu hayotni boshdan-oyoq maʼnosiz deyapman va yashay olmayman, deb nola chekyapman.

Hayotni inkor etishga Shopengauer ikkovimizga hech kim xalaqit bermaydi. Unday boʻladigan boʻlsa, oʻzingni oʻldir-qoʻy, mulohaza yuritmaysan. Yashashda davom etib, hayotning maʼnosini tushuna olmas ekansan, hadeb tipirchilashni bas qil, hayotni anglay olmayapman, deb gap sotishlarni, nola chekishlarni bas qil. Biror quvnoq davraga tushib qolsang, koʻrasanki, hamma shodu xurram, hamma nima qilayotganini yaxshi biladi, senga esa yoqmaydi, zerikasan, siqilasan. Oʻrningdan tur-da, ket.

Axir chindan ham, kimlarmiz biz oʻzimiz? Oʻz-oʻzimizni oʻldirishimiz zarur ekaniga amin boʻlsak-da, uni amalga oshirishga qurbimiz etmasa? Eng ojiz, eng betayin odamlar emasmizmi? Boshqacha aytganda, devona toʻrvasini hammaga peshkash qilganiday tentakligimizni hammaga koʻz-koʻz qiluvchi uchchiga chiqqan bemaʼni odamlar emasmizmi?

Axir, donoligimiz har qanchalik chin boʻlmasin, biz shu donoligimiz yordamida hayotimizning maʼnosini bila olmadik-ku? Harholda yashab kelayotgan insoniyat — millionlab odamlar hayotning maʼnosiga shubha qilmaydi.

Haqiqatan ham, men ozmi-koʻpmi biror jihatini biladigan hayot paydo boʻlgan qadim-qadim zamonlardan beri odamlar hayotning behudaligi, oʻtkinchiligi haqidagi mulohazadan xabardor holda yashab kelyapti. Bu mulohaza menga hayotning maʼnosizligini koʻrsatdi, holbuki odamlar unda qay bir maʼno bor deb biladilar. Odamlar biron-bir tarzda hayot kechira boshlagan zamonlardan beri ular hayotning maʼnosidan voqif boʻlganlar va shu voqiflik bilan bizning kunlarimizgacha yashab keldilar. Menda va mening tevaragimda nimaiki mavjud boʻlsa, bularning bari ularning hayotni bilishi samarasidir. Men bu hayotni muhokama qilishda va qoralashda muayyan fikr qurollaridan foydalanaman. Bu qurollarning barini men emas, ular yaratgan. Men oʻzim ham ular tufayli tugʻildim, oʻsdim-ulgʻaydim, balogʻatga etdim. Ular er qaʼridan temir qazib chiqarishdi, oʻrmon kesishni oʻrganishdi, sigirlarni qoʻlga oʻrgatishdi, otlarni oʻrgatishdi, ekin ekishni oʻrganishdi, birgalikda yashashni oʻrganishdi, hayotimizni tartibga solishdi, meni oʻylashga, gapirishga oʻrgatishdi. Men boʻlsam, ular barpo etgan bogʻning mevasi boʻla turib, ularning tuzini eb, suvini ichib ulgʻayib, ulardan oʻrganib, ularning fikrlari va soʻzlari bilan fikr qilib, ularga xayollari maʼnosiz narsa ekanini isbotlamoqchi boʻlib yuribman! «Bunda allanechuk xato bor, — deyman oʻz-oʻzimga. — Nimadadir adashyapman». Ammo bu xato nimada ekanini, nimada adashayotganimni sira topa olmasdim.

VII

<p align=«justify»>Bu shubhalarimning barini men hozirga kelibgina bir-biriga bogʻlab, maʼnolikkina qilib aytib beryapman. U paytlarda bunday gapirib berolmasdim. U paytlarda mening hayotning behudaligi haqidagi xulosalarim mantiqan har qancha muqarrar koʻrinmasin, eng buyuk mutafakkirlarning mulohazalari bilan tasdiqlanmasin, ularning qay bir jihatlari menga ancha nosozday koʻrinardi. Bu nosozlik mulohazalarning oʻzidami yoxud masalaning qoʻyilishidami — buni bilmasdim, faqat his qilardimki, uning mantiqiy ishontirish kuchi benihoya mukammal, faqat bu kifoya emas. Bu dalillarning hammasi meni inontirib, harakat qilishga majbur etolmadi, yaʼni men mulohazalarimdan kelib chiqadigan ishni bajarmadim — Oʻzimni oʻzim oʻldirmadim. Agar bu erda men aqlimni ishga solib, mantiqiy mulohazalar yoʻli bilan shu xulosaga keldim va oʻzimni oʻzim oʻldirmadim desam yolgʻon gapirgan boʻlar edim. Tafakkurim ishlab turgandi, lekin u bilan birga yana boshqa nimadir ishlab turgandi. Men uni faqat birgina yoʻsinda hayot tuygʻusi deb atay olaman, xolos. Yana shunday bir kuch ishlab turgan ediki, bu kuch boshqa bir narsaga emas, balki ayni shu narsaga diqqatimni jalb qilishga majbur etdi va meni nochor tushkunlik ahvolidan olib chiqib, fikrlarimni butunlay boshqa bir yoʻnalishga solib yubordi. Bu kuch meni eʼtibor berishga majbur qildiki, men oʻzimga oʻxshagan yuzlarcha odam bilan hali jamiki insoniyatni tashkil qilmaymiz, men hali insoniyatning hayotidan butunlay bexabarman, uni bilmayman.

Mening tegramni jips qurshab olgan tengkurlarimga qarab, men shunday odamlarnigina koʻrardimki, ular yo masalani tushunmas edilar, yo masalani tushunar edilaru, bu tushunganlarini piyonistalik dudlariga koʻmishga urinishardi; yo masalani tushunib, yashashlariga chek qoʻyishardi yoki masalani anglab, ojizliklari sababidan noumidlik va nochorlik qoʻynida kunlarini koʻrishda davom etardilar. Boshqacha odamlarni kOʻrganim yoʻq. Men uncha koʻpchilikni tashkil Qilmaydigan oʻqimishli, badavlat va bekorchixoʻja odamlar toifasiga mansub edim va oʻylardimks ana shu toifa butun insoniyatni tashkil qilads qolganlar, milliard-milliard yashab oʻtganlar va yashayotganlarga esa shunchaki bir gap, ular odam emas allaqanday jonivorlar...

Hozirda menga juda gʻalati, aql bovar qilmaydigan darajada tushunish qiyin boʻlib tuyuladi — qanday qilib men hayot haqida mulohaza yurita turib, tevarak-atrofimni har tomondan qurshab olgan insoniyatning hayotini koʻrmay qoldim ekan? Qanday qilib men shu darajada kulgili xato qildimki, oʻzimning hayotimni, Sulaymon paygʻambar, Shopengauerlar hayotini chinakam hayot, durust hayot deb oʻyladim-u, milliardlab odamlarning hayotini diqqatga arzimaydigan bir narsa deb hisobladim. Bularning bari bugun menga har qancha gʻalati tuyulmasin, eʼtirof etishim kerak — Oʻsha paytda shunday oʻylagan edim. Mutakabbirligim aqlimni koʻr qilib qoʻygan ekan oʻshanda. Shu sababdan biz Sulaymon paygʻambaru Shopengauer bilan birga masalani juda toʻgʻri va chinakamiga qoʻydik, boshqa hech qanaqa gap boʻlgani yoʻq, bunga zarracha shak-shabha boʻlishi mumkin emas, yana shunisi shubhasizki, anavi milliard-milliard odamlar hali masalaning butun mohiyatini tushunib oladigan darajaga etib borgan emas, deb oʻylabman. Va biror marta oʻylab koʻrmabmanki, «dunyoda yashab oʻtgan va yashayotgan milliard-milliard odamlar oʻz hayotlarining maʼnosini nimada koʻrganlar va hozir nimada koʻradilar?»

Men shu telbalik quchogʻida ancha uzoq yashadim. Bu telbalik soʻzda emas, balki amalda. U bizga, yaʼni eng liberal va oʻqimishli odamlarga xos. Ammo menda haqiqiy ishchi xalqiga nisbatan allaqanday gʻalati muhabbat bor — shu muhabbat meni ishchilarni anglashga va ular biz oʻylaganchalik ahmoq emasligini koʻrishga majbur qiladi. Bilmadim, shu sabab boʻldimi yoki oʻzimni osmokdan boshqa narsaga kuchim etmasligiga, men uchun eng yaxshisi shu ekaniga astoydil ishonganim sabab boʻldimi — bilmadim, harhodda, men agar yashamoqni istasam va hayotning maʼnosini bilmoqchi boʻlsam, men hayot maʼnosini, allaqachon bu maʼnoni yoʻqotib qoʻyib, oʻzini-oʻzi oʻldirish qasdida yurganlar orasidan emas, balki yashagan va yashashda davom etayotgan, yashaganda ham, oʻz emaklarida, ham oʻz hayotlarining, ham bizning hayotimizning yukini koʻtarib borayotgan milliard-milliard oʻtgan va hayot odamlardan izlashim kerakligini his qildim. Shunda men yashab oʻtgan va yashashda davom etayotgan odamlarning, olim emas, badavlat emas, oddiy odamlarning hayotiga oʻgirilib qaradim va butunlay boshqa bir manzarani koʻrdim. Shunda ana shu oʻtmishda yashab oʻtgan va hozir yashayotgan milliard-milliard odamlar — juda oz qismini istisno qilmaganda — mening tasnifimga toʻgʻri kelmasligini, men ularni masalani tushunmaydiganlar toifasiga kiradi, deb Hisoblay olmasligimni koʻrdim. Qoʻsha olmasligimning boisi shunda ediki, ularning oʻzlari masalani qoʻyishar va hayron qoladigan darajada ravshanlik bilan unga javob berishardi. Ularni aysh-ishratga mukkasidan ketgan odamlar deb ham eʼtirof eta olmasdim, chunki ularning hayotida huzur-halovatdan koʻra muhtojliklar va azob-uqubatlar koʻproq edi; ularning maʼnosiz hayotini gʻayrishuuriy tarzda bir amallab kechirib turgan odamlar sirasiga ham hech qoʻsha olmasdim, chunki ular har qanday hayot hodisasini va oʻlim hollarini izohlab berishadi. Oʻz-oʻzini oʻldirishni esa eng katta qabohat deb biladilar. Shunday boʻlib chiqardiki, butun insoniyat hayotning maʼnosini biladi, lekin men bu maʼnoni tan olmayman va undan nafrat qilaman. Shunday boʻlib chiqardiki, oqilona bilim hayotning maʼnosini bermaydi, hayotni istisno etadi, milliardlab odamlar tomonidan, butun insoniyat tomonidan hayotga beriladigan maʼno esa allaqanday soxta, laʼnatlangan bilimga asoslanardi.

Oqilona bilim olimlar va donishmandlar shaxsiyatida hayotning maʼnosini inkor etadi, millionlab odamlar, keng xalq ommasi, butun insoniyat esa nooqilona bilimda bu maʼnoni tan oladi. Ana shu nooqilona yoxud gʻayrishuuriy bilim iymon boʻlib chiqyaptiki, men uni nazardan soqit qilolmayman. Bu Xudo, uning oʻgʻli, Muqaddas Ruh, dunyoning olti kunda yaralgani, shaytonlar va farishtalar va men aqldan ozgunimga qadar sira qabul qilolmaydigan boshqa hamma narsalar.

Mening ahvolim juda ham yomon edi. Men bilardim — men oqilona bilim yoʻlida hayotni inkor etishdan boshqa hech narsa topolmayman, iymonda esa aqlni inkor etishdan boshqa hech narsa yoʻq. Aqlni inkor etish esa hayotni inkor etishdan koʻra qiyinroq. Oqilona bilimga koʻra shunday xulosa chiqardiki, hayot yovuz narsa, odamlar buni biladi, yashash-yashamaslik odamlarga bogʻliq, ular esa yashashda davom etishadi, men ham garchi hayotning maʼnosi yoʻqligini va u yovuz sarsaligini koʻpdan beri bilsam-da, yashashda davom etyapman. Iymonga koʻra shunday xulosa chiqar ediki, agar men hayotning maʼnosini anglamoqchi boʻlsam, oʻzi maʼnoga muhtoj boʻlgan aqddan bosh tortmogʻim darkor edi.

VIII

<p align=«justify»>Gʻalati ziddiyat. Undan qutulishning faqat ikki yoʻli bor: yo men aqlga muvofiq deb bilgan, oqilona narsa deb hisoblaganim men oʻylagancha oqilona emas yoxud menga noaqliy boʻlib tuyulgan, gʻayrishuuriy deb hisoblangan narsa, menga tuyulgan darajada noaqliy emas. Shundan keyin men oqilona bilimim mulohazalarining mantigʻini tekshira boshladim.

Oqilona bilimim mulohazalarining mantigʻini tekshirar ekanman, ular menga mutlaqo toʻgʻri boʻlib koʻrindi. Hayot hech narsa ekani toʻgʻrisidagi xulosa muqarrar edi, biroq men shu oʻrinda bir xatoni koʻrdim. Xato shunda ediki, mening fikrlashim oʻzim qoʻygan masalaga muvofiq emas edi. Masala bunday edi: men yashab nima qilaman? Yaʼni mening oʻtkinchi, bebaqo, mahv etilajak hayotimda qanday chin narsa chiqadi? Bu cheksiz dunyoda mening cheklangan hayotimdan qanday maʼno chiqadi? Bu savollarga javob berish maqsadida men hayotni oʻrgandim.

Qoʻyilishi mumkin boʻlgan hayot masalalarining barini hal qilsam-da, bu meni qanoatlantirmasligi mumkin edi, chunki mening savolim boshda qanchalik joʻn koʻrinmasin, cheklangan narsani cheksiz narsa bilan va, aksincha, izohlab berish talabini oʻz ichiga olar edi.

Mening savolim bunday edi: mening hayotimning gʻayrizamoniy, gʻayrisababiy va gʻayrifazoviy qimmati qanday? Bu savolga esa men bunday javob berardim: mening hayotimning zamoniy, sababiy va fazoviy qimmati qanaqa? Shunday boʻlib chiqdiki, xoʻp aqlimni ishlatib uzoq vaqt qiynalganimdan keyin men «hech qanaqa» deb javob berdim.

Men mulohazalarimda doimiy tarzda cheklangan narsasini cheklanganga, cheksiz narsani cheksiz narsaga tenglashtirib qoʻyardim. Boshqacha qilishga ilojim ham yoʻq edi. Shu sababdan mening mulohazalarimdan chiqishi kerak boʻlgan xulosalar chikdi, xolos. Yaʼni kuch kuchdir, jism jismdir, iroda irodadir, hechlik hechlikdir. Bundan ortiq biron narsa chiqishi mumkin emas edi.

Matematikada boʻladiganga oʻxshash bir voqea roʻy bergan edi — unda tenglamani hal qilyapman, deb oʻylaysanu, ayniyatni hal qilgan boʻlib chiqasan. Mulohazalaring mantiqan toʻgʻri, lekin javob A = A, X = X yoki 0 = 0 boʻlib chiqadi. Hayotimning qimmati masalasiga taalluqli mulohazalarimning natijasi ham shunday boʻlib chiqdi. Hamma ilmlarning bu savolga beradigan javobi ayniyatdan iboratdir.

Haqiqatan ham, qatʼiy oqilona ilm shunday ilmki, u hayot savoliga men topgan javobdan, yaʼni mujmal javobdan boshqa javob bera olmaydi. Chunki bunday ilm xuddi Dekart qilgani kabi ishni hamma narsaga shak keltirishdan boshlaydi, shunchaki toʻgʻri deb qabul qilingan har qanday taxminiy bilimlarni uloqtirib tashlaydi va hamma narsani boshidan aql va tajriba qonunlari asosida qaytadan koʻrib chiqadi. Avval-boshda menga shunday tuyuldiki, ilm musbat javob berdi. Bu Shopengauer chiqargan xulosa edi, yaʼni hayot maʼnosiz narsa, u yovuz narsa. Lekin masalani tahlil qilib koʻrdimki, yasavob musbat emas ekan. U menga shunday boʻlib tuyulgan ekan, xolos. Aslini olganda esa bu yasavob braxmanlarda, Sulaymon paygʻambarda, Shopengauerda ifodalangandek qatʼiy tarzda ifodalanadigan boʻlsa, faqat mujmal javobdir. 0 = O degan ayniyatdir: menga hech narsa boʻlib koʻringan hayot hech narsadir. Shunday qilib koʻrinadiki, falsafiy bilim hech narsani inkor qilmaydi, u faqat bu masalani falsafa hal qila bilmaydi, mabodo hal qilmoqchi boʻlsa, javobi mujmal boʻladi, deb javob beradi.

Buni tushungach, yana shuni tushundimki, oqilona ilmlardan mening savolimga javob izlab boʻlmas edi, oqilona ilmlar tomonidan beriladigan javob masala boshqacha qoʻyilgan tarzdagina, faqat mulohazalar doirasiga cheksiz narsaga cheklangan narsaning munosabati haqidagi masala jalb qilingan taqdirdagina javob olish mumkinligiga ishora boʻlardi, xolos. Men yana angladimki, din tomonidan beriladigan javoblar har qancha aqlga nomuvofiq va xunuk boʻlmasin, ular bir afzallikka ega: ularda har bir Javobga cheklangan narsaning cheksiz narsaga munosabati kiritilgan. Axir, busiz javobning boʻlishi mumkin emas-da! Men «qanday yashamogʻim Kerak?» degan savolni qoʻyishim bilan «Xudoning qonunlariga amal qilib» degan javobni olaman. «Mening hayotimdan qanaqa bir chinakam narsa kelib chiqadi?» degan soʻroqqa «Mangu azob-uqubat yoki mangu rohat-farogʻat» degan javob olaman. «Hayotimda oʻlim mahv etolmaydigan qanday maʼno bor?» «Haqning jamoliga erishish, cheksiz Xudoga qoʻshilish, jannat».

Shunday qilib, avvallari oqilona bilimlar menga yagona narsa sifatida tuyulardi, endi esa muqarrar tarzda shuni eʼtirof etishga majbur boʻldimki, hozir hayot kechirayotgan jamiki insoniyatda yana boshqa allaqanday bilim bor — bu nooqilona bilim — iymon. Shu iymon yashashga imkon beradi. Men hozir ham xuddi avvalgiday iymonning butun nooqilona xislatini koʻrib turardim, lekin men faqat iymongina insoniyatga hayot masalalariga javob berishini va shuning oqibatida yashashga imkon berishini tan olmasligim mumkin emasdi.

Oqilona bilim meni hayotning maʼnosizligini tan olishga olib keldi, mening hayotim toʻxtab qoldi va men oʻzimga suiqasd qilish yoʻliga tushib qoldim. Tevarak-atrofimdagi odamlarga, butun insoniyatga oʻgirilib qarab turdimki, odamlar yashayapti va hayotning maʼnosini bilamiz deyishyapti. Oʻzimga oʻgirilib qaradim: men hayot maʼnosini bilganim darajada yashagan ekanman. Boshqa odamlarga oʻxshab menga ham hayotning maʼnosini va yashash imkonini iymon bergan ekan.

Undan nariga oʻgirilib, boshqa mamlakatlarning menga zamondosh va oʻtib ketgan odamlariga qarab ham yana oʻsha ahvolning oʻzini koʻrdim. Qaerdaki hayot boʻlsa, oʻsha joyda insoniyat paydo boʻlgandan beri unga yashash imkonini beradigan iymon bor. Va iymonning asosiy belgilari hamma joyda va hamisha bir xil.

Har qanday iymon kimga boʻlmasin va qanday boʻlmasin javob bergan boʻlsa, iymonning har qanday javobi insonning cheklangan hayotiga cheklanmagan narsaning maʼnosini baxsh etadi va bu maʼnoni azob-uqubatlar, muhtojliklar, oʻlim mahv etolmaydi. Binobarin, faqat iymondagina hayotning maʼnosini va yashash imkonini topish mumkin. Shunda angladimki, soʻzning eng muhim maʼnosida olib qarasak, iymon «koʻz ilgʻamas buyumlarni» va hokazolarni fosh qilishgina emas, karomatgina emas (bu iymonning sifatlaridan birining tasviri, xolos), insonning Xudoga munosabatigina emas (Xudo orqali iymonni belgilash kerak emas, avval iymonni belgilab olib, soʻngra Xudoni belgilash lozim), koʻpincha iymonni mana bunday tushun, deb odamga aytilgan gaplarga qoʻshilishgina emas, balki iymon inson hayotining maʼnosini bilishdir va shu bilimi vajidan inson oʻz-oʻzini mahv etmaydi, balki yashaydi. Iymon hayotning qudratidir. Inson yashar ekan, u biror narsaga ishonadi, iymon keltiradi. Agar u «nima uchundir yashamoq kerak» deb biron narsaga ishonmasa, iymon keltirmasa, unda u yashamas edi. Agar u cheklangan narsani koʻrmasa va uning xayoliy bir narsa ekanini anglamasa, u ana shu cheklangan narsaga ishonardi; agar u cheklangan narsaning xayoliy ekanini anglasa, unda u cheksiz narsaga ishonmogʻi kerak. Iymonsiz yashab boʻlmaydi.

Shunda men ichimdan kechganlarning hammasini eslab, dahshatga tushdim. Endi menga bir narsa ayon edi — inson yashay olmogʻi uchun u yo cheksiz narsani koʻrmogʻi kerak yoki hayot maʼnosini shunday tushunmogʻi kerakki, buning natijasida cheklangan narsa cheksiz narsaga teng deb hisoblanmogʻi shart. Menda shunday tushuncha bor edi, biroq men cheklangan narsaga ishonar ekanman, uning menga keragi yoʻq edi. Shunda men uni akd tarozisida tekshira boshladim. Aql tarozisiga solib koʻrishim bilan avvalgi izohlarimning hammasi tirqirab ketdi. Ammo fursati etib, men cheklangan narsaga ishonmay qoʻydim. Shunda men oqilona asoslarga tayanib, bilganlarimdan shunday izoh tuza boshladimki, bu izoh hayotning maʼnosini uqtirmogʻi kerak edi. Ammo hech narsani tuzib boʻlmadi. Insoniyatning eng etuk mutafakkirlari bilan birga men 0 = 0 degan xulosaga keldim va bunaqa xulosaga kelganimni koʻrib rosa hayron boʻldim. Holbuki, oʻshanda boshqa hech qanaqa xulosaga kelib boʻlmas edi.

Tajribaga asoslangan bilimlardan javob izlaganimda men nima qilgan edim? Men nima uchun yashayotganimni bilmoqchi boʻlgan edim va buning uchun oʻzimdan tashqaridagi hamma narsani oʻrganishga tutingandim. Ravshanki, men juda koʻp narsa bilmogʻim mumkin edi, ammo oʻzimga kerak hech narsani bilolmas edim.

Falsafiy bilimlardan javob izlaganimda nima qilgan edim? Mening ahvolimga tushib qolgan, menga oʻxshab «nima uchun yashayapman?» degan savolga javob topolmagan odamlarning fikrlarini oʻrgandim. Ravshanki, men oʻzim bilgan narsadan, yaʼni «hech narsani bilib boʻlmaydi» degan xulosadan boshqa hech narsani bila olmas edim.

Men nimaman oʻzi? Cheksiz narsaning bir qismiman. Masalaning butun mohiyati ana shu yKki soʻzda ifodalangan. Nahotki faqat kechagi kundan boshlabgina insoniyat bu masalani oʻz oldiga koʻndalang qoʻygan boʻlsa? Nahotki, menga qadar hech kim ana shu joʻn savolni, har bir aqlli bolakayni tilining uchida turadigan shu savolni oʻziga oʻzi bermagan boʻlsa?

Axir bu masala odamzod bino boʻlgan zamonlardayoq qoʻyilgan, odamlar bino boʻlgan zamonlardanoq anglashilganki, bu masalani hal qilmoq uchun cheklangan narsani cheklangan narsaga va cheksiz narsani cheksizga tenglashtirmoq birday kifoya emas va odamlar bino boʻlgan zamonlardayoq cheklangan narsa bilan cheksiz narsaning munosabatlari topilgan va ifodalangan.

Cheklangan narsa cheksiz narsaga tenglashtirilgan va buning oqibatida hayotning maʼnosi kelib chiqadigan tushunchalarni, Xudo, erkinlik, yaxshilik tushunchalarini biz mantiqan tadqiq qilamiz. Unda bu tushunchalar aql tanqidiga dosh berolmaydi. Bilasizmi, bu nimaga oʻxshaydi? Biz bola kabi haddan tashqari oʻzimizga-oʻzimiz magʻrur boʻlib, oʻzimizdan-oʻzimiz mamnun boʻlib, soatni olamiz-da, butun ichak-chavogʻini agʻdarib koʻramiz, qoʻgʻirchoqdek uni xoʻb oʻynaymiz,. keyin esa soat yurmay qolganidan rosa hayratga tushamiz. Bu ahvol juda dahshatli boʻlmaganida haddan ziyod kulgili boʻlardi.

Cheklangan narsa bilan cheksiz narsa oʻrtasidagi ziddiyatni hal qilish va hayot savoliga yashashga imkon beradigan javobni topish kerak. Bu echim bor. Bu echim hamma vaqt, hamma joyda va hamma xalqlarda boʻlgan. Bu echim zamonlar qaʼridan kelib chiqadi, u shu qadar qiyin echim-ki, biz oʻzimiz sira ham bunday echimga kela olmaymiz. Ana shu echimni oʻzimiz kunpayakun qilamiz, bundan maqsad oʻsha hammaga xos va biz uchun javobsiz savolni yana qoʻyishdir.

Cheksiz Xudo tushunchasi, ruhning ilohiyligi, odamzod qilmishlarining Xudoga bogʻliqligi, yaxshilik va yomonlik, maʼnaviyat tushunchalari insoniyat hayotining koʻzlarimizdan yashirin olisliklari qaʼrida ishlab chiqilgan tushunchalardir. Bu tushunchalarsiz hayotning boʻlishi ham, mening oʻzimning boʻlishim ham mumkin emas. Men boʻlsam, butun insoniyat bajargan bu ishni itqitib tashlab, hammasini boshqatdan oʻz bilganimcha qilmoqchi boʻlib yuribman.

U paytlarda men hali bunaqa deb oʻylamas edim, ammo bu fikrlar miyamda uch bera boshlagan edi. Men, birinchidan, shuni tushunardim-ki, har qancha donoligimizga qaramay, biz Shopengauer va Sulaymon paygʻambar uchovimiz gʻoyatda bemaʼni ahvolga tushib qolganmiz: biz hayotning yovuz narsa ekanini bilamiz, bilamiz-u, yashashda davom etaveramiz. Bu uchchiga chiqqan bemaʼnilik emasmi? Men jamiki oqilona narsani haddan ziyod yaxshi koʻraman, shundoq boʻlgach, hayot bemaʼni boʻlsa, hayotni mahv etish kerak. Oʻshanda uni inkor etadigan odam qolmaydi. Ikkinchidan, men shuni tushunardimki, bizning hamma mulohazalarimiz behuda aylanayotgan gʻildirakday boshi berk koʻcha ichida aylanib qolgan. Biz har qancha yaxshi mulohaza yuritmaylik, masalaga javob ola olmaymiz, oladigan javobimiz hamisha O = O boʻladi, sababki, biz tanlagan yoʻl, aftidan, xato boʻlsa kerak. Uchinchidan, shuni tushuna boshladimki, iymon tomonidan beriladigan yasavoblarda insoniyatning juda teran donoligi mavjud, aql asosida ularni inkor etishga men haqli emasman. Eng muhimi esa faqat shu javoblardagina hayot savollariga javob mavjud.

Men buni tushunardim, lekin bundan hech qancha engillik koʻrmadim.

Men endi har qanday iymonni qabul qilishga tayyor edim, faqat bu iymon mendan aqlni bevosita inkor etishni talab qilmasa boʻldi. Negaki, bunday qilinsa, yolgʻon boʻlardi. Shu tarzda men kitoblardan buddizmni ham, islomni ham oʻrgandim, hammadan koʻra koʻproq ham kitoblardan, ham atrofimni qurshab olgan odamlarning hayotidan xristianlikni oʻrgandim.

Tabiiyki, men hammadan avval oʻz davramga mansub xudojoʻy odamlarga, olim odamlarga, pravoslav dinshunoslarga, qari monaxlarga, yangi yoʻnalishdagi pravoslav dinshunoslarga va hatto tavba-tazarru bilan gunohlardan poklanishni targʻib qiluvchi yangi xristian deb atalmish toifadagi xudojoʻylarga murojaat qildim.. Men ularning etaklaridan mahkam ushlab olib, ulardan iymonlari qanaqa ekanini, hayotning maʼnosini nimada koʻrishlarini surishtirdim.

Turli-tuman masalalarda ularga imkoni boricha yon berganimga, har xil bahsu munozaralardan oʻzimni tiyganimga qaramasdan men bu odamlarning iymonlarini qabul qilolmas edim, chunki koʻrib turardimki, ular iymon deb atayotgan narsa hayotning maʼnosini oydinlashtiradigats emas, aksincha xiralashtiradigan narsa edi. Ularning oʻzlari ham iymonlarini qattiq tutgan boʻlsalar, buni meni iymonga olib kelgan oʻsha hayot savoliga javob berish uchun emas, balki allaqanday boshqa, menga begona maqsadlar yoʻlida qilishgan edi.

Bu odamlar bilan muloqotga kirishganda necha martalab mening qalbimda umid choʻgʻlari yaltilladi. Shu umid choʻgʻlaridan keyin yana avvalgi tushkunlik, ilojsizlik holatiga qaytish men uchun juda ham iztirobli boʻldi. Ular menga oʻz diniy eʼtiqodlarini qancha koʻproq va batafsilroq bayon qilib bersalar, men ularning xatolarini nguncha ravshanroq koʻrar va ularning iymonlarida hayot maʼnosining izohini topaman, degan umidlarim chippakka chiqayotganini his qilardim.

Mening hafsalamni pir qilgan narsa bu odamlarning oʻz diniy eʼtiqodlarini bayon qilib berishayotganida men uchun hamisha yaqin boʻlgan xristian haqiqatlariga juda keraksiz va noaqliy narsalarni qoʻshib yuborganlari boʻlmadi; yoʻq, hafsalamni pir qilgan narsa bu emas; meni bezdirgan narsa shu boʻldiki, bu odamlarning hayoti ham xuddi menikiga oʻxshash edi. Faqat farqi shundaki, ularning hayoti oʻzlari diniy eʼtiqodlarini bayon qilib aytgan qoidalariga mos kelmasdi. Men aniq his qildimki, ular oʻzlarini oʻzlari aldayapti va ular ham oʻsha men bilgan hayot maʼnosidan boshqa maʼnoni bilishmaydi, yaʼni umring oʻtayotgan ekan, yashayver, hayot neʼmatlaridan imkoning etgancha istifoda qilaber. Men buni shunga qarab angladimki, agarda ular azob-uqubatlar, muhtojliklar va oʻlimdan qoʻrqishni mahv etadigan maʼnoni bilganlarida, bulardan qoʻrqmagan boʻlardilar. Holbuki ular, yaʼni mening davramga mansub boʻlgan bu xudojoʻylar xuddi menga oʻxshab toʻq va farovon turmush kechirishar, ngu farovonlikni koʻpaytirish va saqlab qolish gʻamini eyishar, muhtojliqdan, iztiroblardan, oʻlimdan qoʻrqishar hamda dinga ishonmaydigan bizlarga oʻxshab eng yaramas nafslarining gapiga kirib hayot kechirishardi, biz — dinga ishonmaydiganlardan koʻra ular koʻproq gunoh botqogʻiga botib ketishgan edi.

Hech qanaqa mulohazalar meni ularning iymoni chin ekaniga ishontirolmasdi. Meni ishontirishi mumkin boʻlgan birgina narsa bor edi — ularning xatti-harakatlari shundan dalolat bersaki, hayotning maʼnosini bilishadi; bu bilish esa ularga men uchun qoʻrqinchli boʻlgan qashshoqlik, iztirob va oʻlimdan tap tortmaslikka imkon beradi. Bizning davramizga mansub boʻlgan bu turfa xil xudojoʻylar orasida esa men bunday xatti-harakatni koʻrmadim. Aksincha, bunday xatti-harakatlarni men bizning davramizga mansub boʻlgan dinga ishonmaydigan odamlar orasida koʻrdim, lekin bizning davramizga mansub xudojoʻylar orasida esa zinhor-bazinhor koʻrmadim.

Shunda men tushundim — bu odamlarning iymoni men izlagan iymon emas, ularning iymoni, Umuman, iymon emas, balki hayotdagi ishratbozlik taskinlaridan biri, xolos. Men yana angladimki, bu iymon, balki taskinlikka yaramasd ham, oʻlim toʻshagida yotib, jamiki gunohlars uchun tavba-tazarru qilayotgan Sulaymon paygʻambarni jinday xotirjam qilishga yarar, lekin u koʻpchilik odamlar uchun sira yaramaydi, chunki bu odamlarning zimmasida boshqalarning mehnatlaridan foydalanib, vaqtichogʻlik qilish emas, hayotni barpo etish vazifasi yotadi. Butun insoniyat yashamogʻi mumkin boʻlsin uchun, hayotga maʼno baxsh etib, yashashni davom ettirish maqsadida yashamogʻi uchun, ular — ana shu milliardlar boshqa, chinakam iymonni bilmoqlari kerak boʻladi. Axir, iymonning mavjudligiga meni ishontirgan narsa — Sulaymon paygʻambar bilan Shopengauer uchovimizning oʻzimizni oʻzimiz oʻldirmaganimiz boʻlgani yoʻq, balki milliarddab odamlarning hayot kechirib kelgani va hamon yashayotgani, men bilan Sulaymon paygʻambarlarni oʻz hayot toʻlqinlarida koʻtarib' kelganlari boʻldi.

Shunda men qashshoq, oddiy oʻqimagan xudojoʻylar bilan, turli-tuman darveshlar, monaxlar, mujiklar bilan topisha boshladim. Xalqdan chiqqan bu odamlar ham xuddi bizning davraga mansub qalbaki xudojoʻylar kabi xristian diniy eʼtiqodiga ega edilar. Ularning xristian haqiqatlariga ham juda koʻp xurofot aralashgan edi, biroq farqi shunda ediki, bizning davramizga mansub xudojoʻylarning xurofotlari ularning oʻziga mutlaqo kerak emas edi, ularning turmushiga sira mos tushmasdi, faqat oʻziga xos bir ishratbozlik ermagi edi, xolos; mehnatkash xalqdan chiqqan xudojoʻylarning xurofotlari esa ularning turmushi bilan shu qadar yaqindan bogʻlanganki, bu xurofotlarsiz ularning hayotini tasavvur ham qilib boʻlmaydi. Bu xurofotlar ular yashashining zaruriy sharti edi. bizning davraga mansub xudojoʻylarning butun hayoti ularning iymoniga butunlay zid edi, mehnatkash xalqqa mansub xudojoʻylarning butun hayoti ularning iymoni bergan hayot maʼnosini toʻla tasdiqlar edi. Shunda men bu odamlarning hayoti va eʼtiqodlariga sinchiklab qaray boshladim va qaraganim sari chuqurroq amin boʻla bordimki, bu odamlarning iymoni chin iymon, bu iymon ular uchun juda zarur va yolgʻiz shu iymongina ularga hayotning maʼnosini va yashash imkonini beradi. Bizning davramizda iymonsiz ham yashayveradiganlar koʻp, ularning orasida zoʻr-bazoʻr mingtadan bittasi oʻzini xudojoʻy deb tan olishi mumkin. Bunga qarama-qarshi oʻlaroq, ularning muhitida mingtadan bitta Xudoga ishonmaydigan odam topilishi amrimahol. Bizning davramiz odamlarining hayoti bekorchilik ichida ermaklar bilan oʻtadi va yana hamma hayotdan norozi boʻladi. Bu odamlarning butun hayoti esa ogʻir mehnat ichida kechadi va ular badavlat odamlarga qaraganda hayotdan kamroq norozi boʻlishadi. Bizning davramizga mansub odamlar muhtojliklar va azob-uqubatlar uchun taqdirdan koʻproq noliydilar va unga qarshilik koʻrsatadilar. Bunga qarama-qarshi oʻlaroq, oddiy odamlar xastaliklar va gʻam-gʻussalarni hech qanday noroziliksiz, qarshilik koʻrsatmasdan, xotirjam qabul qiladilar. Ular qatʼiy ishonadilarki, bularning hammasi xuddi shundoq boʻlmogʻi kerak, boshqacha boʻlishi mumkin ham emas, bularning bari — Xudoning neʼmati. Biz qancha. aqlli boʻlsak, hayotning maʼnosini shuncha kam tushunamiz, iztiroblar chekishimiz va qazomizns allanechuk yovuz bir masxara deb hisoblaymiz. Bunga qarama-qarshi oʻlaroq oddiy odamlar osoyishta bir tarzda hayot kechiradilar, iztiroblar chekadilar va oʻz qazolari sari boradilar, Ular iztirob chekkanda ham qandaydir xotirjam boʻladilar, hatto, mamnuniyatlari sezilib turadi. Bizning davramizda xotirjam jon taslim qilish, nola-figʻonsiz, tushkunlikka berilmay vafot etish kamdan-kam uchraydigan voqea. Bunga qarama-qarshi oʻlaroq, xalq orasida nola-figʻon bilan isyon koʻtarib, gʻam-gʻussaga botib jon taslim qilish haddan tashqari kam uchraydi. Bu odamlar biz Sulaymon paygʻambar bilan oʻzimiz uchun hayotning yakkayu yagona hisoblanadigan juda koʻp narsalaridan mahrum, lekin shunga qaramay ular oʻzlarini benihoya baxtiyor deb biladilar. Bunday odamlar haddan tashqari koʻp. Men tevarak-atrofimga kengroq nazar tashladim. Mendan avval oʻtgan va men bilan bir zamonda yashayotgan son-sanoqsiz odamlarning hayotiga chuqurroq nazar tashladim. Va shunda hayotning maʼnosini anglagan, yashashni va jon taslim qilishni biladigan ikkita, uchta, oʻnta emas, yuzta, mingta, millionta odamni koʻrdim. Feʼli atvori, aqli, maʼlumoti, mavqeiga koʻra haddan tashqari xilma-xil boʻlgan bu odamlarning hammasi menga qarama-qarshi oʻlaroq hayotning maʼnosini bab-baravar darajada mukammal bilishardi, muhtojliklar va azob-uqubatlarni boshlaridan kechirib, xotirjam mehnat qilishardi, umrguzaronlik qilib vafot etishardi va bunda maʼnosiz, behuda narsani emas, ulugʻ bir neʼmatni koʻrishardi.

Shunday qilib, men bu odamlarni yaxshi koʻrib qoddim. Men tirik odamlarning hayotiga qancha duqur kirib borsam, men kitoblarda oʻqigan va eshitgan shunga oʻxshash odamlarning oʻtib ketgan hayotlariga qancha chuqur kirib borsam, ularni shuncha koʻproq yaxshi koʻrdim va oʻzim uchun ham yashash shuncha engil boʻlib qoldi. Shu ahvolda ikki yilcha hayot kechirdim va menda inqilob sodir boʻldi. Bu inqilob menda anchadan beri pishib etilib kelardi, uning uchqunlari hamisha men bilan birga edi. Menda shunday inqilob sodir boʻldiki, oqibatda bizning davramizning hayotini, badavlat, olim odamlarning hayotini jinimdan battar yomon koʻrib qoldimgina emas, bu hayot men uchun butkul maʼnosini yoʻqotdi. Bizning hamma xatti-harakatlarimiz, fikr yuritishlarimiz, ilm, sanʼat — bularning bari menga bir ermakday, tantiqlikday koʻrinib qoldi. Angladimki, bundan maʼno izlab boʻlmaydi. Hayotni ijod qiluvchi mehnatkash xalqning xatti-harakati esa menga birdan-bir arziydigan haqiqiy ish boʻlib koʻrindi. Shunda angladimki, shu hayotga ato qilingan maʼno haqiqatdir. Va men bu haqiqatni qabul qildim.

IX

<p align=«justify»>Gʻalati bir manzara: odamlar diniy eʼtiqodlarga sigʻinib, ularga zid tarzda hayot kechirganlarini koʻrganimda shu eʼtiqodlardan bezib ketgandim. Ammo odamlar xuddi shu eʼtiqodlarning Oʻziga amal qilib yashaganlarini koʻrganimda ular menga gʻoyatda jozibador va oqilona koʻrindi Shunda men nega bir vaqtlar bu eʼtiqodlardan. bezganimni, nega ularni maʼnosiz deb hisoblaganimni, endilikda esa nima sababdan ularni qabul qilganimni va juda maʼnodor, deb hisoblayotganimni tushundim. Men adashganimni va qanday qilib adashganimni angladim. Men notoʻgʻri fikr yuritganim uchun adashgan emas ekanman, balki gunohkorona hayot kechirganim uchun adashgan ekanman. Men angladim — haqiqat yuzini mendan yashirgan narsa fikrlarimdagi xatolik boʻlmagan ekan, balki favqulodda ishratbozlik sharoitida, maishatparastlik sharoitida, baloi nafsni qondirish yoʻlida oʻtkazgan hayotim boʻlgan ekan. Yana angladim — «mening hayotim nima?» — degan savolim va «yovuzlik» deb bergan javobim mutlaqo toʻgʻri boʻlgan ekan. Xatolik shunda boʻlgan ekanki, faqat mengagina taalluqli javobni butun hayotga nisbatan qoʻllabman. «Mening hayotim nima?» — deb oʻz-oʻzimdan soʻrab, «yovuzlik va maʼnosizlik», -deb javob olganman. Chindan ham mening hayotim baloi nafsni qondirishga qaratilgan boʻlgan va shuning uchun maʼnosiz hamda yomon boʻlgan, shuning uchun ham «hayot maʼnosiz va yovuz narsa» degan javob, umuman, odamlar hayotiga emas, yolgʻiz mening hayotimga taallukdidir. Men keyinchalik Injilda topganim haqiqatni angladim — unga koʻra odamlar yorugʻlikdan koʻra koʻproq zulmatni yaxshi koʻrganlar, negaki ular yovuz ishlarni koʻp qilishgan. Sababki, yomon ish qiladigan har bir odam yorugʻlikni juda yomon koʻradi va ishlari fosh boʻlishidan qoʻrqib, yorugʻlik sari bormaydi.

Men angladimki, hayotning maʼnosini tushunmoq uchun hammadan avval hayotning oʻzi maʼnosiz va yovuz boʻlmasligi kerak, shundan keyingina akd bilan uni tushunib olsa boʻladi. Men oʻz-oʻzidan koʻrinib turgan ana shu haqiqat tegrasida nima uchun bu qadar uzoq oʻralashib qolganimning sababini tushundim — insoniyatning hayoti toʻgʻrisida gapirib, oʻylaydigan boʻlsang, hayotdagi bir nechta tekinxoʻrlarning emas, insoniyatning hayoti toʻgʻrisida oʻylash va 'gapirish kerak. Bu haqiqat 2x2 = 4 ga oʻxshash hamisha haqiqat boʻlib kelgan, lekin men uni tan olgan emasman, chunki 2x2 = 4 ekanini tan olsam, men oʻzimning yaramas odam ekanimni tan olmogʻim kerak edi. Holbuki, 2x2 = 4 ligidan koʻra oʻzimni yaxshi odam, deb his etish men uchun muhimroq va zarurroq edi. Men yaxshi odamlarni sevib qoldim, oʻzimdan-oʻzim nafratlanib ketdim. Endi menga hamma narsa ravshan boʻldi.

Mabodo butun umrini qiynoqlarda odamlarning boshini olish bilan oʻtkazgan bir jallod yoki butun umrini bir qorongʻi xonada oʻtkazgan, bu xonasini najosatga toʻlatib, iflos qilib tashlagan va «shu xonadan chiqsam muqarrar halok boʻlaman» degan fikrni singdirib olgan biror uchchiga chiqqan piyonista yoxud jinni oʻz-oʻziga «Hayot nima?» deb savol bersa nima boʻlardi? Oʻz-oʻzidan ayonki, «Hayot nima?» degan savolga ular «Hayot eng katta yovuzlikdir» degan javobdan boshqa javob ola bilmas edilar. Bunda jinnining javobi mutlaqo toʻgʻri boʻlardi, biroq faqat uning oʻzi uchun toʻgʻri boʻlardi. Unda qandoq boʻladi — men ham oʻshanga oʻxshagan bir telbamanmi? Nahotki, bizning hammamiz — badavlat, oʻqimishli odamlar shunga oʻxshash telba boʻlsak?

Shunda angladim — ha, biz chindan ham ana shunaqa telbalarmiz. Harholda, men muqarrar tarzda ana shunaqa telbaman. Darhaqiqat, qugd shunday hayot kechiradiki, u uchmogʻi, ovqat jamgʻarmogʻi, in qurmogʻi kerak. Qush shunday qilayotganini koʻrsam qushdan xursand boʻlaman. Echki, quyon, boʻri shunday hayot kechirishadiki, ular qorinlarini toʻygʻazishi, urchishlari, oilalarini boqishlari kerak. Ularning shunday qilayotganlarini koʻrsam, men qatʼiyan ishonamanki, ular baxtiyor va ularning hayoti oqilona. Xoʻsh, inson nima qilmogʻi kerak? U ham xuddi jonivorlar qilgan ishlarni qilib hayot kechirmogʻi kerak, faqat farq shundaki, bu ishlarni inson yolgʻiz oʻzi qilsa, u muqarrar tarzda halok boʻladi, u faqat oʻzi uchun emas, hamma uchun qilmogʻi zarur. U hamma uchun bu ishlarni qilayotganini koʻrsam, men qatʼiyan ishonamanki, u baxtiyor va uning hayoti oqilona. Xoʻsh, men oʻzimning oʻttiz yillik ongli hayotimda nima qildim? Men nafaqat hamma uchun hayotni barpo etganim yoʻq, men loaqal oʻzim uchun ham tirikchilik arkonlarini yaratganim yoʻq. Men bir tekinxoʻr tarzida hayot kechirdim va oʻz-oʻzimdan «nimaga yashayapman?» deb soʻradim-da, «hech narsaga» deb javob oldim. Agar inson hayotining maʼnosi tirikchilik arkonlarini barpo etishda boʻlsa, men oʻttiz yil mobaynida bu arkonlarni barpo etish oʻrniga oʻzimda ham, boshqalarda ham ularni yoʻq qilish bilan shugʻullangan boʻlsam, qanday qilib «hayotim bemaʼni va yovuz narsa» degandan boshqa javob olishim mumkin? U haqiqatan ham bemaʼni va yovuz boʻlganda...

Dunyoning hayoti kimningdir irodasi bilan sodir boʻladi — mana shu dunyoning hayoti va bizning hayotimiz orqali kimdir oʻzining allaqanday ishini roʻyobga chiqaradi. Bu irodaning maʼnosini anglashga umidvor boʻlmoq uchun dastavval Uni bajarmoq kerak, yaʼni bizdan istayotgan ishlarini qilmogʻimiz kerak. Agar men mendan istayotgan ishlarini qilmasam, mendan nima istashlarini ham hech qachon bilolmayman, bizning hammamizdan va butun dunyodan nima istashlarini esa inchunun bilolmayman.

Chorrahadagi och, yalangʻoch bir tilanchini bir imorat ichidagi ajoyib bir muassasaga olib kelishsa, qornini toʻydirib, ichirib, allaqanday bir dastani goh yuqoriga koʻtarishga, goh pastga tushirishga majbur etishsa, oʻz-oʻzidan ayonki, tilanchini nega olib kelishganini, dastani nega koʻtarib tushirish kerakligini, butun muassasaning qurilishi aqlga muvofiqmi-yoʻqmi ekanini tahlil qilishdan avval tilanchi dastani harakatga keltirmogʻi zarur. Agar u dastani harakatga keltirsa, bu dasta nasosni harakatga keltirayotganini, nasos suv haydayotganini, suv esa joʻyaklarga taralayotganini fahmlab oladi. Shundan keyin uni usti yopiq quduqdan olib chiqib, boshqa ishga oʻtkazadilar — u mevalarni tera boshlaydi va xoʻjayinni mamnun qiladi. Joʻn ishlardan yuqoriroq ishlarga oʻtar ekan, u bu masalaning tuzilishini borgan sari chuqurroq anglay boradi va uning ishida ishtirok etar ekan, u hech qachon uzining bu erda nima qilib yurganini soʻramaydi. Harholda, zinhor-bazinhor xoʻjayinga taʼna qilmaydi. Xuddi shunga oʻxshab, xoʻjayinining irodasini bajo keltiruvchi oʻqimagan, oddiy mehnatkash odamlar ham xoʻjayinlariga taʼna qilmaydilar. Holbuki, biz ularni hayvon oʻrnidd koʻramiz-da, oʻzimizni dono hisoblaymiz, xoʻjayinning tuzini eymiz-u, xoʻjayin bizdan istagan ishni bajo keltirishni xohlamaymiz, uning oʻrniga davra olib oʻtirib olamiz-da, «Dastani koʻtarib tushirishning nima keragi bor? Juda bemaʼni ish-ku bu!» deb safsata sotamiz. Shu tarzda boʻladiganimiz boʻlib qolgan. Boʻladiganimiz boʻlgani shuki, xoʻjayinni tentak hisoblaymiz, boʻlmagani ham tuzuk edi deb bilamiz, oʻzimizni dono deb bilamiz, lekin hech narsaga yaramasligimizni his qilamiz va bir amallab oʻzimizni oʻzimizdan xalos etish payida yuramiz.

X

<p align=«justify»>Oqilona bilimlar xatoligini anglash behuda mulohazabozlik vasvasasidan xalos boʻlishimga yordam berdi. Haqiqat haqidagi bilimni faqat hayot orqaligina topish mumkinligiga qatʼiy ishonch meni oʻz hayotimning toʻgʻriligiga shubha qilishga undadi. Biroq men oʻzimning favqulodda odamligim haqidagi tasavvur changalidan qutulib qolishga ulgurdim va oddiy mehnatkash xalqning chinakam hayotini koʻrib, haqiqiy hayot faqat ana shu hayot ekaniga iymon keltirdim. Shu narsa meni qutqarib qoldi. Angladimki, agar men hayotni va uning maʼnosini anglamoqchi boʻlsam, mey tekinxoʻrga xos hayot kechirmogʻim kerak emas, balki chinakam hayot qoʻynida yashamogʻim zarur, haqiqiy insoniyat bu hayotga qanday maʼno berayotgan boʻlsa, shu maʼnoni qabul qilib, shu hayotga singib ketmogʻim va uni tekshirib koʻrmogʻim shart.

Xuddi shu vaqtlarda men yana bir narsani kechirdim. Butun bir yil mobaynida men deyarlik har daqiqada oʻz-oʻzimdan «boʻynimga sirtmoq solsammikan yo bir oʻq bilan bir yoqli qilsammikan?» deb soʻrab yurgan kezlarimda men aytgan shunday oʻylar va koʻnglimdan kechgan kuzatuvlar bilan yonma-yon yuragim allanechuk bir hisdan iztirobda edi. Bu hisni men «Xudo izlash» degan iboradan boshqa biron ibora bilan atay olmayman.

Gapimga eʼtibor bering: men Xudo izlashni his deyapman, mulohaza deyayotganim yoʻq. Sababki, bu izlashlar mening mulohazalarim oqibatida kelib chiqqani yoʻq, qolaversa, u, hatto, mulohazalarimga butkul zid edi, bu izlash toʻgʻridan-toʻgʻri yurakdan chiqib kelgandi. Bu tuygʻu jamiki yot, begona narsalar oʻrtasida qoʻrquv, yolgʻizlik, kimsasizlik tuygʻusi va kimningdir yordamidan umidvorlik tuygʻusi edi.

Xudoning mavjudligini isbot qilish mumkin emasligiga toʻlaligicha iymonim komil edi. Kant buni menga isbot qilib bergandi va men Xudoning mavjudligini isbot qilib boʻlmasligini aniq anglagan edim. Lekin shunga qaramasdan, Men Xudoni izladim, uni topishga umid bogʻladim va eski odatimga koʻra oʻzim izlayotgan narsaga iltijolar qildim, lekin topolmadim. Goh Men dilimda Kant bilan Shopengauerning Xudoning mavjudligini isbot qilish mumkin emasligi haqidagi dalillarini taftishdan oʻtkazardim, goh ularni rad etishga kirishardi. Men oʻz-oʻzimga derdim: sababiyat makon va zamon kabi tafakkur kategoriyalari emas. Agam men mavjud ekanman, demak, buning sababi bor va sababining sababi bor. Ana shu hamma narsaning sababi, sabablarning sababi — Xudo deb atalmish narsadir; men shu fikr ustida toʻxtab, butun vujudim bilan shu sababning mavjuddigini anglashga harakat qildim. Olamda bir kuch bor ekanini va men shu kuchning hukmida ekanimni anglay boshlashim bilanoq men shu ondayoq yashash mumkin ekanini anglay boshladim. Biroq men oʻzimga oʻzim savol berdim: «Nimadir, axir, bu sabab, bu qudrat? Men uning toʻgʻrisida qanday oʻylamogʻim kerak? Xudo deb ataganimga qanday munosabatda boʻlmogʻim kerak?» Bu savollarga faqat menga tanish javoblargina koʻndalang boʻlardi: «U — yaratuvchi, barpo etuvchi». Bu javoblar meni qanoatlantirmas edi va men koʻnglimda yashashim uchun zarur narsa gʻoyib boʻlayotganini his qilar edim. Men dahshatga tushib, izlaganimga sigʻinib, ibodat qilib, menga yordam berishini soʻrab tavallo qilardim. Ammo harchand ibodat qilganim sari, u mening tavallolarimni eshitmayotgani menga koʻproq ayon boʻlar va men tavallo qilish mumkin boʻlgan biron zot yoʻqligiga amin boʻlardim. Va men yuragimda Xudo yoʻqligini sezib, umidsizlikka tushsam-da, «Ey Xudo! Oʻzing rahm qil! Oʻzing najot ber! Ey Xudo! Oʻzing meni toʻgʻri yoʻlga sol!» deya tavallo qilishda davom etardim. Ammo hech kim rahm qoʻlini uzatmas va men hayotim toʻxtab qolayotganini his qilardim.

Ammo yana va yana boshqa har xil tomonlardan oʻdsh toʻxtamga kelaverar edim — axir, men hech qanday bahonayu sababsiz, biron-bir maʼnosiz dunyoga kelgan boʻlishim mumkin emas-ku? Axir, men inidan tushib ketgan bir polapon emasman-ku? Mayli, shunaqa polapon ham boʻla qolay, mayli, baland maysalar orasida chalqancha yotganimcha chiyillab yotibman, deylik. Ammo chiyillashimning boisi shuki, men bilaman — meni ochib chiqqan onam bor — meni isitgan, boqqan, sevgan. Qani oʻsha onam? Agar meni tashlab ketishgan boʻlsalar, kim tashlab ketdi? Kimdir meni yaxshi koʻrib dunyoga keltirganini men oʻz-oʻzimdan yashira olmayman. Xoʻsh, ana shu «kimdir» kim? — Yana Xudo!

«U mening izlanishlarimni, tushkunliklarimni, kurashimni koʻrib turibdi. U — bor», — deyman oʻzimga-oʻzim. Bir lahzaga buni eʼtirof etishim bilanoq menda hayot joʻsh ura boshlaydi va men yashash imkoni borligini koʻraman, yashash quvonchini his qilaman. Ammo Xudoning mavjudligini eʼtirof etgandan keyin men yana unga munosabatni izlay boshlayman va menga yana oʻsha Xudo, yaratganimiz, uch qiyofadagi xaloskor Oʻgʻlini yuborgan Xudo namoyon boʻladi. Yana oʻsha Dunyodan tashqaridagi, mendan tashqaridagi Xudo koʻz oʻngimda muz parchasidek erib bitardi va Undan hech narsa qolmasdi, yana hayot bulogʻi qurib qolardi va men qaytadan tushkunlikka tuyib, oʻzimni oʻldirishdan boshqa ilojim qolmaganini his qilardim. Eng yomoni shu ediki, men buni ham qilolmasligimga koʻzim etib turardi.

Ikki marta emas, uch marta emas, men oʻnlab, yuzlab martalab, shu ahvolga tushdim — goh shodu xurram boʻlib qolar va jon kirganday boʻlardim gohi yana yashash imkoni yoʻqligini anglab, tushkunlikka berilardim.

Esimda bor — navbahor kezlari edi. Yolgʻiz oʻzim oʻrmonda sayr qilib yurib, oʻrmon tovushlarini tinglardim. Oʻrmon tovushlarini tinglardimu kallamda hamon oʻsha oʻy — soʻnggi uch yil mobaynida doimiy ravishda miyamni band qilib kelgan oʻy charx urardi. Men yana Xudoni izlardim.

«Yaxshi, hech qanaqa Xudo yoʻq boʻla qolsin, -derdim oʻz-oʻzimga. — Mening tasavvurimdan tashqaridagi Xudo yoʻq deylik, ammo voqelik xuddi mening hayotim kabi. Hech narsa, hech qanaqa moʻʼjiza bunaqa narsani isbot qilib berolmaydi, chunki moʻʼjizalar mening tasavvurim doirasida, yana buning ustiga aql bovar qilmaydigan narsa boʻladi».

«Ammo mening tasavvurim Xudo haqidami? Oʻsha oʻzim izlayotgan Xudo haqidami? — deb soʻrayman oʻzimdan-oʻzim. — Bu tasavvurning oʻzi qaerdan kelib qoldi? Bu fikr koʻnglimga kelishi bilan yana mening vujudimda hayotning xurram toʻlqinlari qoʻzgʻoldi. Tevaragimdagi hamma narsa jonlandi, hamma narsa maʼno kasb etdi. Ammo mening shodligim uncha uzoq davom etgani yoʻq. Aql oʻz ishini davom ettirardi. «Xudo tushunchasi Xudo emas, — derdim oʻz-oʻzimga. -Tushuncha mening dilimda sodir boʻladigan narsa. Xudo haqidagi tushunchani men dilimda hosil qilishim ham mumkin, hosil qilmasligim ham mumkin. Bu men izlayotgan narsa emas. Men shunday narsani izlayapmanki, usiz hayotning boʻlishi mumkin emas». Shundan keyin tevaragimdagi va dilimdagi hamma narsa yana oʻla boshladi va men yana oʻz-oʻzimni oʻldirgim kelib qoldi.

Biroq shu erga kelganda men oʻzimga oʻzim oʻgirilib qaradim, dilimda sodir boʻlayotgan narsalarga nazar soldim, dilimda yuzlab marta sodir boʻlgan oʻlib-tirilishlarni esladim. Men faqat Xudoga ishongan kezlarimdagina yashaganimni esladim. «Avvallari boʻlgani kabi hozir ham, — derdim oʻzimga-oʻzim, — Xudoni tan olishim bilan menga jon kiradi, yashay boshlayman, uni unutsam, unga ishonmay qoʻysam, darhol oʻla boshlayman. Bu tirilish va oʻlishlar nima boʻlsaykin? Axir, Xudoning mavjudligiga ishonchimni yoʻqotgan kezlarimdagi hayotimni hayot deb boʻlmaydi, Xudoni topishimga gʻira-shira umidim boʻlmaganida edi, allaqachon oʻzimni-oʻzim oʻldirib qoʻya qolgan boʻlardim. Men faqat uni his qilgan chogʻlarimda, uni izlagan chogʻlarimdagina chindan ham yashayman. «Xoʻsh, men yana nimani izlayapman? — deb sado beradi dilimdagi ovoz. — Mana u. Usiz yashab boʻlmaydi. Xudoni tanimoq va yashamoq - aynan bir narsa. Xudo — hayotdir».

«Yasha, Xudoni izlab top, shunda hayoting Xudosiz boʻlmaydi». Shunda dilimdagi va atrofimdagi narsalarning hammasi har qachongidan kuchliroq nurlanib ketdi va bu nur meni ortiq tark etmadi.

Shu tarzda men jonimga suiqasd qilishdan Qutulib qoldim. Mendagi bu inqilob qachon va Qanday sodir boʻlganini aytib berolmayman. Mendagi hayot qudrati nechogʻliq asta-sekin, bilinar-bilinmas tarzda mahv qilina borgan boʻlsa va men yashashning iloji yoʻqligiga, hayotimning toʻxtab qolishiga, oʻz-oʻzimni oʻldirish, ehtiyojiga kelgan boʻlsam, xuddi shu tarzda asta-sekin, bilinar-bilinmas tarzda menga hayot quvvati qaytib keldi. Gʻalati joyi shunda edi-ki, menga qaytgan hayot quvvati yangi emas, juda eski hayotimning ilk pallalarida meni oʻziga jalb etgan oʻsha quvvat edi. Men hamma narsada avvalgilariga, bolaligim va yoshligimdagiga qaytdim. Men meni barpo etgan va mendan nimadir istaydigan ifodaga eʼtiqod qoʻyishga qaytdim; men hayotimning birdan-bir maqsadi - asosiy maqsadi yaxshiroq boʻlmoqdir, degan eʼtiqodga, yaʼni oʻsha iroda bilan rozi-rizolikda yashashga qaytdim; men koʻzimdan pinhon boʻlgan olis tarixda butun insoniyat oʻziga rahnamo qilib olish uchun bu irodani ishlab chiqqan, degan toʻxtamga qaytdim. Boshqacha aytganda, men Xudoga eʼtiqodga, maʼnaviy kamolot sari intilishga va hayot maʼnosini oʻzida eltuvchi rivoyatga qaytdim. Faqat farqi shunda ediki, bir zamonlar bularning hammasi ongsiz tarzda qabul qilingandi, endi esa men busiz yashay olmasligimni bilar edim.

Goʻyo men boshimdan bunday voqeani kechirganday edim: esimda yoʻq — qachondir meni qayiqqa oʻtqazdilar, menga nomaʼlum boʻlgan allaqanday sohildan meni yoʻlga ravona qildilar, boshqa sohilga tomon yoʻnalishni koʻrsatishdi, mening tajribasiz qoʻllarimga eshkakni tutqazishdida, meni yolgʻiz qoldirishdi. Men bilganimcha eshkak eshib, suzib ketdim. Ammo oʻrtaga etganim sari oqim tezlasha bordi; oqim meni manzildan boshka tomonga sudrardi. Yoʻlda esa oqim ixtiyoriga tushib menga oʻxshab sarsari suzayotgan yoʻlovchilar borgan sari koʻproq uchray boshladi. Eshkak eshishda davom etayotgan yolgʻiz yoʻlovchilar ham bor edi. Eshkaklari qoʻlidan tushgan yoʻlchilar ham bor edi. Odam liq toʻla katta qayiqlar, zoʻr kemalar ham bor edi — ularning baʼzilari oqimga qarshi kurashar, baʼzilari esa ixtiyorlarini butunlay oqimga topshirib qoʻyishgan edi. Men suzib borganim sari yoʻnalish boʻylab quyiga, barcha suzib borayotganlar oqimiga qarar ekanman, menga berilgan yoʻnalishni koʻproq unutardim. Oqimning qoq oʻrtasida, quyi tomonga ketayotgan kemalar va qayiqlar qatorida men yoʻnalishni butunlay yoʻqotib qoʻydim va eshkaklarni tashladim. Mening tevaragimda har tomonimdan elkanli va eshkakli qayiqlarda yoʻlchilar shodu xurramlik bilan qiyqirishib quyi tomonga elib borishar va meni ham, bir-birlarini ham boshqa yoʻnalishning boʻlishi mumkin emasligiga ishontirishmoqchi boʻlishardi. Men ularga ishondim va ular bilan suzib ketdim. Suzib ketaveribman, ketaveribman. Juda olislab ketib qolibman. Shu qadar oliski, shovvalarning ovozini eshitdim. Men bu shovvalarda toshlarga urilib nobud boʻlishim muqarrar edi. Shovvalarda dabdalasi chiqqan qayiqlarni koʻrdim. Birdan hushim joyiga keldi. Ancha vaqtgacha menga nima boʻlganini, qanaqa ahvolga tushib qolganimni aniqlay olmay turdim. Men qarshimda halokatdan boshqa narsani koʻrmas edim. Men shu halokat sari elib-yuguribman, undan juda qoʻrqar edim va hech qaerda undan qutulish chorasini koʻrmasdim, nima qilishimni bilmay qolgan edim. Ammo orqamga oʻgirilib qarab, hormay-tolmay oqimni yorib kelayotgan son-sanoqsiz qayiqlarni koʻrdim, sohil esimga tushdi, eshkaklarni, yoʻnalishni esladim va orqaga — oqimga qarshi sohil tomonga suza boshladim.

Sohil — Xudo edi, yoʻnalish — rivoyat edi, eshkaklar — menga berilgan erk edi. Men ularning yordamida sohilga — Xudoning jamoliga erishmoqqa suzmogʻim kerak edi. Shunday qilib, menda hayot qudrati qaita tirildi va men yana yashay boshladim.

XI

<p align=«justify»>Men davramizning hayoti zohiran hayotga oʻxshasa-da, aslida hayot emasligini tan olib, undan yuz oʻgirdim. Biz yashayotgan farovonlik sharoiti bizni hayotni anglash imkonidan mahrum qilar edi. Hayotni anglamoq uchun men istisnolar hayotini, oʻzimizning, yaʼni hayot daraxtiga yopishib olgan tekinxoʻrlar hayotini emas, oddiy mehnatkash xalq hayotini anglamogʻim, shu xalq hayotga beradigan maʼnoni tushunmogʻim lozim edi. Mening tevaragimdagi oddiy xalq rus xalqi edi. Men unga murojaat qildim, shu xalq hayotga beradigan maʼnoga murojaat qildim. Bu maʼnoni ifodalash mumkin boʻlsa, u quyidagicha edi: har bir odam bu dunyoga Xudoning irodasi bilan keladi. Xudo odamzodni shunday yaratgan-ki, har bir odam oʻzining jonini nobud qilishi yoki asrab qolishi mumkin. Odamning hayotdagi vazifasi — Oʻz jonini saqlab qolishdir. Oʻz jonini saqlab qolish uchun Xudoning buyurganlariga amal qilib yashamoq lozim. Xudoning buyruqlariga amal qilib yashash uchun esa hayotning hamma sharoitidan voz kechish shart, mehnat qilib, mutelik bilan, sabr-qanoat bilan saxovatlik boʻlib yashamoq kerak. Bu maʼnoni xalq oʻzi sigʻinadigan diniy eʼtiqoddan topadi; bu eʼtiqodlarni esa ularga ruhoniy buzruklar etkazib kelgan va hozir ham etkazib turadilar. Shuningdek, bu eʼtiqodlar xalq ichida yashaydigan rivoyatlarda, afsonalarda, maqollarda va hikoyalarda ifodalanadi. Bu maʼno menga yasuda ayon edi va yuragimga yaqin edi. Ammo xalq iymonining ana shu maʼnosi bilan xalqimizda juda koʻp shunaqa narsalar bogʻlanib ketadiki, ular meni oʻzidan uzoqlashtiradi. Men ularga izoh topolmayman: turli-tuman sehru jodular,-cherkov marosimlari, roʻza tutishlari, avliyolarning suyaklariga va suvratlariga sajda qilishlar shular jumlasidan. Xalq ularni bir-biridan ajrata olmaydi, men ham ajrata olmayman. Ammo xalq eʼtiqod qoʻygan narsalarning koʻpchiligi menga har qancha gʻalati tuyulmasin, men ularning hammasini qabul qildim, cherkovga qatnadim, ertalab va kechqurunlari ibodat qildim, roʻza tutdim, dastlabki paytlarda aqlim hech narsaga qarshilik qilmadi. Avvallari nazarimda sira qilishning iloji boʻlmagan narsalar endilikda menda hech qanaqa qarshilik uygʻotmadi.

Mening iymonga avvalgi munosabatim bilan Hozirgisi bir-biridan mutlaqo farq qilardi. Avvallari menga hayotning oʻzi maʼnoga toʻladay tuyulardi va iymon menga mutlaqo luzumsiz boʻlgan, aql bovar qilmaydigan va hayot bilan bogʻlanmagan qoidalarning koʻngil tusagan bir tarzdagi tasdigʻiday koʻrinardi. Oʻsha paytlarda men oʻzim oʻzimdan bu qoidalar qanaqa maʼnoga ega ekanini soʻrab va ularning maʼnosiz ekanigd ishonch hosil qilib, ulardan yuz oʻgirganman Endi esa butunlay buning aksi — men qatʼiy bilamanki, mening hayotim hech qanaqa maʼnoga. ega emas va ega boʻlolmaydi ham, shuning uchun iymon qoidalari menga nafaqat luzumsiz koʻringanlari yoʻq, balki men chinakam tajriba orqali shunday toʻxtamga kelgan edimki, faqat iymonning ana shu qoidalarigina hayotga maʼno beradi, Avvallari men ularga tishim oʻtmaydigan mutlaqo keraksiz yozuvlarga qaragandek qarardim, endi esa, mabodo ularni tungunmasam, bilardimki, ularning maʼnosi bor va men oʻz-oʻzimga ularni anglamoqni oʻrganish kerak derdim.

Men quyidagicha mulohaza yuritardim. Men oʻzimga derdim: iymonni bilish ham butun insoniyat va uning aqli kabi sirli bir ibtidodan kelib chiqadi. Bu ibtido Xudodir, bu - inson jismining ham, aqlining ham ibtidosi. Mening jismim menga Xudodan vorislik yoʻli bilan qanday etib kelgan boʻlsa, mening aqlim va mening hayotni tanishim ham menga shunday etib kelgan. Shuning uchun hayotni tanishimning hamma rivojlanish bosqichlari yolgʻon boʻlishi mumkin emas. Odamlar chinakamiga ishongan nimaiki boʻlsa, u haqiqat boʻlmogʻi kerak; u har xil yoʻsinda ifodalanmogʻi mumkin, biroq u yolgʻon boʻlmogʻi mumkin emas, shuning uchun ham mabodo u menga yolgʻon boʻlib tuyulsa, buning maʼnosy shundan iboratki, uni men anglamabman. Bunday tashqari yana oʻzimga dedim: har qanday iymonning mohiyati shundan iboratki, u hayotga oʻlim mahv etolmaydigan maʼno beradi. Tabiiyki, hashamat qoʻynida jon taslim qilayotgan podshoning, mehnat azobida oʻlayotgan qari qulning, norasida goʻdakning, donishmand keksaning, devonasifat kampirning, baxtiyor juvonning, ehtiroslar quyunida oʻrtanayotgan yigitning savoliga javob bermoq uchun, yaʼni turfa xil sharoitdagi har xil maʼlumot darajasiga ega boʻlgan odamlarning savoliga javob bermoq uchun — albattaki, hayotning «Men nima uchun yashayapman? Mening hayotimdan nima chiqadi?» degan oʻsha yagona mangu savoliga beriladigan javob bitta boʻlsa, iymon beradigan javob mohiyatiga koʻra bir xil boʻlsa-da, oʻzining koʻrinishlarida cheksiz xilma-xil boʻlmogʻi kerak. Albattaki, bu javob naqadar bir xilroq, teranroq, chinroq boʻladigan boʻlsa, har bitta odamning maʼlumoti va mavqeiga mos tarzda ifoda qilishga urinilishi jihatidan shunchalik gʻalati va badbashara koʻrinmogʻi lozim. Ammo men uchun iymonning marosimiy tomonlarining gʻalatiligini oqlaydigan bu tarzdagi mulohazalar men uchun yagona boʻlgan hayot ishida, yaʼni iymonda keyin oʻzim pushaymon qiladigan xatti-harakatlar qilishimga yoʻl qoʻymoqlik uchun harholda kifoya emas edi. Men xalq iymonining marosimli jihatlarini bajo keltirar ekanman, qalbimning jami kuchlari orqali xalqqa singib ketishni istardim, ammo bunday qila olmas edim. Agar shunday qiladigan boʻlsam, oʻz-oʻzimni aldagan boʻlib chiqardim, oʻzim uchun muqaddas boʻlgan narsani mazax qilgan boʻlardim. Shu oʻrinda bizning rus dinshunoslarining yangi asarlari menga yordamga keldi.

Bu dinshunoslarning tushuntirishiga koʻra iymonning asosiy aqoidi gunohlardan xoli turuvchi cherkovdir. Bu aqoidni tan olishdan muqarrar bir tarzda cherkov sigʻinadigan hamma narsa haqiqatdir, degan xulosa kelib chiqadi. Bir-birlari bilan muhabbat orqali bogʻlangan va shuning uchun ham chinakam bilimga ega boʻlgan xudojoʻylar majmui sifatida cherkov mening iymonimning negizi boʻlib qoldi. Oʻzimga-oʻzim dedimki: «Xudoning haqiqatiga bir odam yolgʻiz oʻzi erisha olmaydi, u bir-birlari bilan muhabbat orqali bogʻlangan odamlar majmuigagina namoyon boʻlishi mumkin. Haqiqatni tanimoq uchun boʻlinmaslik kerak; boʻlinmaslik uchun esa bir-birlarimizni sevmoq lozim va oʻzing rozi boʻlmagan narsa bilan murosa qilmoq zarur. Haqiqat sevgi qarshisida jamol koʻrsatadi; shundoq ekan, agar sen cherkov marosimlariga boʻysunmasang, sevgiga shikast etkazgan boʻlasan, sevgiga shikast etkazish bilan esa haqiqatni tanish imkonidan mahrum boʻlasan». Men hali u paytlarda bu mulohaza zamirida yotgan safsatani koʻrmagan edim. Men hali u paytlarda sevgi orqali birlashish juda ulugʻ sevgini keltirib chiqarishi mumkinligini, lekin zinhor-bazinhor Nikey ramziyotida muayyan soʻzlar bilan ifodalangan diniy haqiqat berilishi mumkin emasligini bilmagan edim. Xuddi shuningdek, muhabbat haqiqatning maʼlum ifodasini birlashtirmoq uchun hammaga majburiy bir narsa qilolmasligini ham koʻrmagandim. Men hali U paytlarda bu mulohazalardagi xatoliklarni sezmagandim va shu sababdan pravoslav cherkovi marosimlarining koʻp qismini tushunmagan holda qabul qilish va bajo keltirish imkoniga ega boʻlgandim. U paytlarda men butun qalb kuchim bilan har qanday mulohazakorlikdan qochishga, ziddiyatlarni chetlab oʻtishga intilgandim va oʻzim unchalik qoniqmagan cherkov qoidalarini imkoni boricha oqilona izohlashga harakat qilgandim.

Cherkov marosimlarini bajo keltirar ekanman, men aqlimni tizginlab olib, butun insoniyat rioya qiladigan rivoyatlarga oʻzimni boʻysundirdim. Men oʻz ajdodlarim bilan, sevikli otam, onam, bobolarim, buvilarim bilan birlashdim. Ular va ulardan avval oʻtganlar dinga ishonib yashashgan va meni dunyoga keltirishgan. Men xalqdan chiqqan, oʻzim hurmat qiladigan millionlab odamlar bilan birlashdim. Bundan tashqari, bu harakatlarimning hech qaysisida biron yomon jihat yoʻq edi (yomon deb men nafs balosiga berilishni hisoblardim). Erta tongda cherkov ibodatiga turar ekanman, bu ishim yaxshi ekanini bilardim. Negaki, fikratimdagi murakkab birlikni jilovlamogʻim uchun, oʻtgan ajdodlarim va zamondoshlarim bilan yaqinlashmogʻim uchun, hayot maʼnosini izlamoq niyatlarida jismim farogʻatidan kechmoqda edimda. Roʻza tutganimda ham, har kungi toat-ibodatni bajo keltirganimda ham, boshqa har xil rasm-rusumlarga rioya qilganimda ham shu boʻlardi. Bu qurbonlar har qancha arzimas boʻlmasin, ular yaxshilik yoʻlidagi qurbonlar edi. Men roʻza tutar, Uydagi va cherkovdagi kundalik toat-ibodatlarni bajo keltirardim. Cherkovdagi ibodatlar vaqtida amri maʼruflarni tinglar ekanman, ularning har bir soʻzini anglashga va ilojim boʻlgan kezlarda ularga maʼno berishga harakat qilardim. Ibodatdagi men uchun eng muhim gap — «Bir-birimizni sevib hamfikr boʻlaylik...» — degan gap edi. Undan keyin keladigan «Ota, Oʻgʻil va Muqaddas Ruhga sigʻinaylik» degan iborani tushirib qoldirardim, negaki ularni tushuna olmas edim.

XII

<p align=«justify»>Yashamoq uchun iymonga ega boʻlmoq oʻsha kezlarda menga shu qadar zarur ediki, men diniy eʼtiqodlarning ziddiyatlari va noaniqliklarini oʻz-oʻzimdan ongsiz ravishda yashirib keldim. Ammo marosimlarni bunday idrok etishning chegarasi bor edi. Ibodatlar vaqtida rohiblar tomonidan aytiladigan baʼzi bir iltimosnomalarning mazmuni menga borgan sari ravshanroq boʻlaverdi. Men ulardagi ayrim iboralarni bir amallab oʻzimga oʻzim tushuntirib berdim. Podsho va uning qarindosh-urugʻlari haqida tez-tez takrorlanib turadigan ibodatlarni shu bilan izohladimki, ular yoʻldan ozdiradigan parchalarga koʻproq roʻpara keladilar, shuning uchun ularning haqiga koʻproq ibodat qilmoq kerak. Yana baʼzi bir tushunish qiyin boʻlgan ibodatlarni dushmanning yovuzligi bilan izohladim. Ammo yana bir qator ibodatlar va sehrli marosimlar bor ediki, ularni harchand tushuntirgan bilan tushunib boʻlmas edi. Yoki men ularni bir amallab tushuntirmoqchi boʻlar ekanman, gaplarim yolgʻon ekanini his qilardim va bu bilan oʻzimning Xudoga munosabatimni yakson etayotganimni va iymonli boʻlishning har qanday imkonini butunlay yoʻqotib qoʻyayotganimni fahmlab turardim. Asosiy bayramlarni bayram qilishda ham men xuddi shularni boshdan kechirardim. Shanba kunini yodda tutish zarurligi, yaʼni bir kunni Xudoga murojaat qilishga bagʻishlash kerakligi menga tushunarli edi. Ammo asosiy bayram qayta tirilish hodisalarini eslash ediki, men uning chinligini sira tasavvur qila olmas va anglay olmas edim. Va har haftada bayram qilinadigan kun ana shu qayta tirilish nomi bilan atalardi. Xuddi shu kuni sirli Yevxaristiya marosimi sodir boʻlar ediki, buni men mutlaqo tushuna olmasdim. Mavluddan boshqa qolgan oʻn ikki bayram moʻʼjizalar haqidagi xotirotlardan iborat edi. Eslasam, ularni inkor etmay degan maqsadda men ular toʻgʻrisida oʻylamaslikka harakat qilardim. Bu bayramlar Meʼroj, Xudoning jamol koʻrsatishi va boshqalar edi. Bu bayramlar bayram qilinganda men uchun haddan tashqari arzimas boʻlib koʻringan narsalarga allanechuk muhimlik berilayotganini koʻrib, men yo oʻzimga taskin beradigan biron izoh topishga harakat qilardim yoki meni vasvasaga solayotgan narsani koʻrmaslik uchun koʻzimni yumib olardim.

Bularning bari menda eng muhim deb hisoblanadigan, aslida menga odatdagi bir narsa boʻlib tuyuladigan choʻqintirish marosimida juda kuchli bir tarzda sodir boʻlardi.

Bunda men tushunarsiz bir narsaga roʻpara Kelardim emas, aksincha, juda tushunarli haralotimga aylandi. Moʻʼjizalarni soqit qilib ularga bir fabuladay qarar ekanman, bu mutolaa menga hayotning maʼnosini namoyon etdi. kitoblarda Ulugʻ Makariyning, Ioasaf — shahzodaning (Buddaning tarixi) hayoti bor edi. Ularda Ioann Zlatoustning soʻzlari, quduqdagi yoʻlovchi tilla topib olgan Monax, sargardon Petr haqidagi hikoyalar bor edi. U erda hammalari yakdillik bilan oʻlim hayotni istisno qilmaydi, degan shahidlarning tarixi bor edi. Savodsiz, telbanamo, cherkov taʼlimotidan butunlay bexabar odamlarning tarixi bor edi.

Ammo men Xudoga ishonadigan olimlarga yaqinlashib, ularning kitoblarini qoʻlga olishim bilanoq dilimda allanechuk shubhalar, noroziliklar, bahslardan gʻazablanish paydo boʻlardi va men ularning gaplarini chuqurroq anglay borganim sari haqiqatdan tobora uzoqlashayotganimni va tubsiz jarlik sari borayotganimni his qilardim.

XIII

<p align=«justify»>Men necha martalab savodsizliklari va ilmsizliklari uchun mujiklarga havas qilganman. Iymonning menga oʻta maʼnosiz boʻlib koʻringan qoidalari ularga sira ham yolgʻon boʻlib tuyulmasdi; ular bu qoidalarni qabul qilishar va haqiqat deb ishonishardi. Bu haqiqatga men ishona olmasdim. Faqat men shoʻrlikkagina ayon ediki, haqiqat koʻz ilgʻamas rishtalar orqali yolgʻon bilan chatishib ketgan va men uni bu ahvolda qabul qilolmayman. Shu ahvolda uch yil yashadim va dastlabki paytlarda endi koʻzi ochilgan odamday haqiqatni bir chimdim-bir chimdimdan oʻzlashtira bordim. Men faqat sezgimning chorlovi bilan menga nurliroq tuyulgan tomonga tusmollab borardim. Unda haqiqat va yolgʻon oʻrtasidagi bu ziddiyatlar meni bu qadar lol qoddirmagan edi. Biron narsaga aqlim etmagan chogʻlarda oʻz-oʻzimga derdim: «Men oʻzim aybdorman, oʻzim ahmoqman». Ammo men oʻzim oʻrganayotgan haqiqatlar ichiga koʻproq kira borganim sari, bu haqiqatlar hayotimning asosi boʻla borgani sari, bu ziddiyatlar ogʻirroq va dahshatliroq boʻlib borar, men aqlim etmagani uchun anglamagan narsa bilan oʻz-oʻzimga yolgʻon gapirmasdan anglash mumkin boʻlmagan narsa oʻrtasidagi chegara keskinroq namoyon boʻlardi.

Ana shu shubhalar va iztiroblarga qaramay men hali ham pravoslaviya tarafida edim. Biroq bir joyga kelib hayot masalalari koʻndalang boʻldi, ularni hal qilmoq kerak edi. Cherkov bu masalalarni men sigʻinadigan iymon asoslariga zid tarzda hal qila boshladi. Bu esa meni pravoslaviya bilan muloqotda boʻlish imkoniyatidan uzil-kesil voz kechishga majbur qildi. Bu masalalar, birinchidan, pravoslav cherkovining boshqa cherkovlarga — katoliklarga va ixtilofchilarga munosabati masalasi edi. Bu kezlarda diniy eʼtiqodlarga qiziqishim oqibatida men Har xil yoʻnalishdagi, har xil mazhablardagi dindorlarga yaqinlashgan edim. Ular orasida katoliklar ham, protestantlar ham, qadimchilar Ham, molokanlar ham bor edi. Ularning orasida men vijdoni toza va chinakamiga xudojoʻy odamlarni koʻp uchratganman. Men bu odamlarga birodar boʻlishni istardim. Xoʻsh, nima boʻldi?

Men bilgan diniy taʼlimot menga yagona iymots va sevgi orqali hammamizni birlashtirishna yaktan qilishni vaʼda qilgan edi. Buning oʻrniga bu taʼlimot oʻzining eng yaxshi vakillari orqali menga bunday dedi: bu odamlarning hammasi yolgʻon botqogʻiga botgan, allanima ularga hayot qudratini berarmish, bu — shayton vasvasasidan boshqa narsa emas, faqat bizgina boʻlishi mumkin boʻlgan yagona haqiqatga egalik qilamiz. Shunda koʻrdimki, pravoslav rohiblar oʻzlari bilan bir xil diniy eʼtiqodlarga sigʻinmagan odamlarning hammasini kofir hisoblashar ekan. Xuddi shuningdek, katoliklar bilan boshqalar ham pravoslavlarni kofir deb bilishar ekanlar. Koʻrdimki, kimda-kim pravoslavlarga oʻxshab oʻz diniy eʼtiqodlarini oʻsha ramzlar va oʻsha soʻzlarda ifodalamasa, pravoslavlar ularga dushmanlik munosabatida boʻlar ekanlar. Albatta, pravoslavlar buni yashirishga urinishardi. Holbuki, aslida oʻzi shundoq boʻlishi ham kerak. Sababki, birinchidan, «sen yolgʻonga botgansan, men haqiqatga erishgan» degan gapning oʻzi bir odam boshqa odamga aytishi mumkin boʻlgan eng shafqatsiz gapdir. Ikkinchidan, oʻzining farzandlari va birodarlarini yolgʻon iymonga sigʻintirishni istagan odamlarga doʻstlik munosabatida boʻlishi mumkin emas. Qizigʻi shuki, diniy taʼlimotni qancha koʻproq bilishsa, bu dushmanlik shuncha kuchaya boradi. «Haqiqat odamlarning sevgi orqali birlashuvidadir», — deb hisoblaganim uchun beixtiyor menga shunday koʻrindiki, diniy taʼlimot oʻzi barpo qilishi kerak boʻlgan narsani oʻzi vayron qilyapti.

Bizga oʻxshagan maʼrifatli odamlarga bu holning bemaʼniligi oʻz-oʻzidan ayon; shu darajada ayonki, dastlabki pallalarda shunaqa munosabatlarning boʻlishi mumkinligiga aql bovar qilmaydi. Biz aholisi turli dinlarga sigʻinadigan har xil mamlakatlarda yashaganmiz va koʻrganmiz: katolik pravoslavga va protestantga, protestant katolik va pravoslavga, pravoslav ham har ikkoviga nafrat bilan muomalada boʻladi, bir-birlarining eʼtiqodini sira ikkilanmay, komil ishonch bilan rad etishadi. Qadimchilar, pashkovchilar va boshqa mazhablarga munosabat ham xuddi shuning oʻzi. Oʻz-oʻzingga deysan: «Axir, bunday boʻlishi mumkin emas, nahotki bu shu qadar joʻn boʻlsa? Axir, ikki xil fikr qarama-qarshi boʻlib, bir-birini rad etsa, na unisida, na bunisida iymonni tashkil qiluvchi yagona haqiqat boʻlishi mumkin».

Odamlar buni koʻrmasliklarining sira ham iloji yoʻq. Bu erda nimadir bor. Buni qandaydir izohi boʻlishi kerak. Men shunday izoh bor deb oʻylagan edim va uni qidira boshladim, shu masalaga taallukdi adabiyotlarning imkoni boricha hammasini oʻqidim, iloji boʻlgan odamlarning bari bilan maslahatlashdim. Lekin hech qanaqa izoh topa olmadim. Faqat topganim latifanamo bir izoh boʻldi — unga koʻra Suma gusarlari butun dunyodagi eng peshqadam polk deb Suma polkini hisoblashadi, sariq ulanlar esa dunyodagi eng peshqadam polk deganda sariq ulanlar polkini tushunishadi. Turli-tuman diniy eʼtiqodlarga mansub ruhoniy arboblar, ularning eng yaxshi vakillari menga: «Biz oʻzimizni haqqa erishgan deb bilamiz, qolganlar adashadi, ularning haqiga duo qilishdan boshqa hech narsa qoʻlimizdan kelmaydi», — degan gapni aytishdi, xolos. Men arximandritlar, arxiereylar, pirlar, tarkidunyo qilgan keksalar huzuriga bordim, lekin ularning hech qaysisi menga buni tushuntirib berishga urinib ham koʻrgani yoʻq. faqat ulardan bittasigina menga hamma narsani tushuntirib berdi, ammo shundoq tushuntirdiki, men keyin hech kimdan hech narsa soʻramay qoʻydim.

Men degan edimki, dinga ishonmaydigan odamlar ichidan kimda-kim iymonga yuz oʻgirsa (bizning jamiki yosh avlodimiz iymonga yuz oʻtirmogʻi kerak) birinchi koʻndalang boʻladigan masala «Nima uchun haqiqat lyuteranlikda emas, katoliklikda emas, balki pravoslaviyada?» — degan masala boʻladi. Katolik bilan protestant ham birdan-bir haqiqat oʻzlarining dinlarida ekanini tasdiqlaydi. Buni mujik bilmasligi mumkin, lekin yoshlar biladi, chunki buni ularga gimnaziyada oʻqitishadi. Har bir xudojoʻy oʻz eʼtiqodlarini roʻyobga chiqarayotganda oʻz tomoniga tortqilaydigan dalillar kifoya emas. «Diniy taʼlimotni eng oliy yuksaklikda anglasa boʻlmasmikin? — dedim men. — Shu darajada yuksak boʻlsaki, unda tafovutlar yoʻq boʻlib ketsa? Qadimchilar bilan birga biz bir yoʻldan boramiz-ku! Shu yoʻldan yana nariga ketaversak boʻlmasmikin? Ular salb, hamd-sano va mehrob tevaragida aylanish bizda boshqacha deyishadi. Biz ularga dedik: sizlar Nikeya ramziga, etti sir-sinoatga ishonasizlar, biz ham ishonamiz. Kelinglar, shunda bahamjihat boʻlaylik, qolganida istaganingizni qiling. Bizni bular bilan birlashtirgan narsa shu boʻldiki, biz iymondagi eng muhim narsani nomuhim narsadan yuqori qoʻydik. Endi katoliklarga ham «sizlar falon va falon masalalarga ishonasizlar, bular eng muhim masalalar, boshqa masalalarda istagan ishlaringni qilaveringlar» desak boʻlmasmikin? Xuddi shu gaplarni protestantlarga aytib, ular bilan ham eng asosiy masalada hamjihat boʻlsak boʻlmaydimi?

Suhbatdoshim mening fikrimga qoʻshildi, lekin dediki, bunaqa yon berishlar diniy hokimiyatni malomatga qoʻyadi, uni ota-bobolarimizning dinidan chekinishda va dindorlar oʻrtasida ixtilof tugʻdirishda ayblashadi, holbuki diniy hokimiyatning asosiy vazifasi bizga bobokalonlarimizdan meros boʻlib qolgan yunon-rossiya pravoslav dinini koʻz qorachigʻiday pokiza saqlashdir.

Shunda men hamma gapga tushundim. Men iymon izlayman, hayotning qudratini izlayman, ular esa odamlar oldidagi muayyan insoniy majburiyatlarini yaxshiroq ado etish vositalarini izlashadi. Bu insoniy ishlarni ado etar ekanlar, ularni insoniy tarzda bajaradilar. Ular adashgan birodarlari uchun taassuflari haqida, Xudoning taxtiravoni oldida ularning haqiga qiladigan ibodatlari toʻgʻrisida har qancha gapirishmasin, insoniy ishlarni ado etmoq uchun kuch ishlatmoq kerak. Kuch hamisha ishlatilgan, hozir ham ishlatilyapti, bundan keyin ham ishlatiladi. Ikki xil tariqat har qaysisi oʻzini haqiqat yoʻlida deb bilsa, bir-birlarini esa yolgʻonga choʻmgan deb hisoblasa, birodarlarini haqiqatga jalb qilmoq uchun ular oʻz taʼlimotlarini targʻib qiladilar. Agar yolgʻon taʼlimotni cherkovning oʻzini haqiqatga oshno deb hisoblovchi tajribasiz qavmi oʻrtasida targʻib qilsa, cherkov bu kitoblarni yoqib yubormasligi, qavmini vasvasga solgan odamni koʻzdan nari qilmasligi mumkin emas. Pravoslav cherkovining fikriga koʻra soxta olov alangasida yonayotgan va eng muhim masalada, iymon masalasida cherkov qavmini yoʻldan ozdirayotgan mazhabparastni nima qilmoq kerak? Uning kallasini olmoqdan yoki oʻzini zindonga solmoqdan oʻzga iloj bormi? Aleksey Mixaylovich zamonida gulxanda yoqishtan, yaʼni zamonasining oliy jazosini qoʻllashgan; bizning davrimizda ham yana oʻsha oliy jazoni qoʻllashadi — bir kishilik hibsga mahkum etishadi. Men diniy eʼtiqod yoʻlida qilinayotgan ana shunaqa ishlarga eʼtiborimni qaratdim-da, dahshatga tushdim va pravoslaviyadan deyarli yuz oʻtirdim. Cherkovning hayotiy masalalariga ikkinchi munosabati uning urushga va qatllarga munosabati edi.

Shu paytda Rossiyada urush boshlanib qoldi. Ruslar xristian sevgisini alqab oʻz birodarlarini oʻldira boshlashdi. Bu toʻgʻrida oʻylamaslikning iloji yoʻq edi. Qotillik har qanday dinning birlamchi asoslariga zid boʻlgan yovuzlik edi. Buni koʻrmaslik mumkin emas edi. Holbuki, cherkovlarda bizning qurolimizning muvaffaqiyati uchun ibodatlar qilindi va din peshvolari qotillikni dindan kelib chiquvchi ish, deb tan olishdi. Nafaqat urushdagi bu qotillikni, balki urushdan keyin sodir boʻlgan gʻalayonlar vaqtidagi odam oʻldirishlarni ham sharʼiy bir narsa deb eʼtirof etishdi. Men cherkov arboblarini, pirlarini, monaxlarni koʻrdim — ular adashgan nochor yigitlarning oʻldirilishini maʼqullashdi. Men xristian diniga sigʻinadigan odamlar tomonidan qilinadigan ishlarning hammasiga eʼtiborimni qaratdim. Qaratdim-u, dahshatga tushdim.

XIV

<p align=«justify»>Shunda shubhalarni yigʻishtirib, uzil-kesil amin boʻldim — men kelib baridan tutgan iymon bilimi hali toʻla haqiqat emas ekan. Avvallari bu diniy taʼlimot boshdan-oyoq hammasi yolgʻon derdim; ammo endilikda bunday deb boʻlmas edi. Butun xalq haqiqatni bilishga erishgan edi, bunga shubha boʻlmogʻi mumkin emas edi, aks holda bu xalq yashamagan boʻlar edi. Haqiqatni taniy oladigan boʻlib qolganimdan tashqari men allaqachon shu haqiqat bilan yashamoqda va uning jamiki chinligini his qilmokda edim, biroq ana ngu bilimimning oʻzida yolgʻon ham bor edi. Bunga ham mening shubham yoʻq edi. Shunday qilib, avvallari meni bezdirgan narsalarning hammasi endilikda jonli bir tarzda qarshimda gavdalandi.

Ammo yolgʻon qayoqdan kelib qoldi-yu, haqiqat qayoqdan keldi? Yolgʻon ham, haqiqat ham cherkov deb atalgan narsa tomonidan tarqatiladi. Yolgʻon ham, haqiqat ham rivoyatlarning tarkibidadir. Ularni muqaddas rivoyatlar va muqaddas kitoblar deb atashadi.

Shu tarzda xohlasam-xohlamasam men ana shu rivoyatlar va kitoblarni oʻrganishga, tadqiq etishga majbur boʻldim. Holbuki, hozirgacha ayni shundan qoʻrqar edim.

Men bir vaqtlar keraksiz narsa sifatida nafrat bilan oʻzim uloqtirib tashlagan dinshunoslikni oʻrganishga kirishdim. U paytlarda dinshunoslik menga bir qator keraksiz bemaʼni narsalarning yigʻindisiday tuyulgandi, u paytlarda mening tevaragimni har tomondan menga aniq-ravshan va maʼnoga toʻliq boʻlib tuyulgan hayot hodisalari qurshab olgan edi, endilikda esa sogʻlom kallaga sigʻmayotgan narsani bajonidil uloqtirib ham tashlar edimu, ammo noiloj qolgan edim. Bu — diniy eʼtiqodning poydevori edi, harholda u menga namoyon boʻlgan hayot maʼnosini yaxlit bilish bilan chambarchas bogʻliq edi. Mening keksa, baquvvat aqlimga u har qancha vahshiyona koʻrinmasin, u xalos boʻlishning birdan-bir omili edi.

Uni anglamoq uchun, hatto, men ilm qoidalarini anglaganday emas, shunchaki joʻn anglamoq uchun uni ehtiyot bilan sinchiklab tekshirib chiqmoq kerak edi. Iymon bilimining xususiyatini bilib turib, men buni izlamayman va izlay olmayman. Men hamma narsaning izohini izlab oʻtirmayman. Men bilaman — hamma narsaning izohi hamma narsaning ibtidosi sifatida cheksizlik ichida yashiringan boʻlmogʻi kerak. Ammo men shunday anglamoq istaymanki, men buning oqibatida muqarrar tarzda izohlab boʻlmaydigan narsaga kelay; istaymanki, jamiki izohlab boʻlmaydigan narsa aqlimning talablari notoʻgʻri boʻlgani uchun emas (akdimning talablari toʻgʻri, ulardan tashqarida men hech narsani anglay olmayman), balki men oʻz akdimning chegaralarini koʻrib turganim uchun izohlab boʻlmaydigan boʻlsa. Men shunday anglamoq istaymanki, har qanday izohlab boʻlmaydigan qoida mening qarshimda men ishonishim kerak boʻlgan narsa sifatida emas, akdning zaruriyati tarzida namoyon boʻlsa...

Diniy taʼlimotda haqiqat borligi menda zarra shubha tugʻdirmaydi. Ammo unda yolgʻon mavjud ekaniga ham zarra shubham yoʻq. Men ana shu haqiqat bilan yolgʻonni topib, ularni bir-biridan ajratib olmogʻim kerak. Men ana shu ishga kirishdim. Diniy taʼlimotda men qanday yolgʻon narsani topganim, qanday haqiqatni topganim, qanday xulosalarga kelganim navbatdagi asarimning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bu asar biror narsaga arzisa va biror kimsaga keragi boʻlsa, biror vaqtda yozilar va biror joyda chop etilar...

Men bularni uch yil avval yozgan edim.

Endilikda uning chop etilayotgan qismini qayta koʻrib chiqar ekanman va oʻsha paytdagi fikrlarim mantigʻiga hamda koʻnglimdan kechgan hislarga qaytar ekanman, yaqinda bir tush koʻrdim. Shu tushda jamiki kechirgan tuygʻularim va tilga olgan hodisalar juda ixcham bir tarzda ifodalangan edi. Shuning uchun oʻylaymanki, tushim meni anglaganlarning ham xotirasini yangilaydi, men yuqoridagi sahifalarda uzundan-uzoq bayon qilib bergan narsalarni bir joyga jamlab, aniqroq tasavvur qilishga yordam beradi. Mana oʻsha tush: men toʻshakda yotgan emishman. Oʻzimni yaxshi ham, yomon ham his qilmayotgan emishman. Chalqancha yotgan ekanman. Shunda yaxshi yotibmanmi, deya oʻylay boshlabman. Shunda oyogʻimni noqulay his qilibman, kalta emishmi-ey, tagi notekis emishmi-ey, bilmadim, harholda noqulay emish-da. Men oyogʻimni qimirlatib koʻribman va shu bilan birga nimaning ustida qanday yotganimni oʻylay boshlabman. Shu paytgacha bu gap xayolimga kelmagan ekan. Toʻshagimni koʻzdan kechirib qarasam, arqondan toʻqilgan toʻr karavotda yotibman. Oyogʻimning uchi past tomonda yotibdi, tizzam ochilib qolibdi. Shundan noqulaylik sezayotgan ekanman. Negadir bilar ekanman — tagimdagi toʻr toʻshakni u yoq-bu yoqqa sursa boʻlarkan. Oyogʻimni qimirlatib, toʻr karavotning etak qismini bir yonga jinday suribman. Shunday qilsam, tinchroq yotadiganday koʻrinibman. Lekin men uni koʻproq surib yuboribman, oyogʻimga ilintirmoqchi boʻlibman, lekin oyogʻim etmabdi, aksiga olib toʻr karavot yana jinday siljibdi-yu, oyoklarim osilib qolibdi. Qulayroq oʻrnashib olishga komil ishonch bilan, butun gavdam bilan harakat qilib toʻr karavotni oʻnglab olmoqchi boʻlibman, ammo bu harakatim bilan ish oʻnglanish oʻrniga batamom chappasiga ketibdi. Bir mahal qarasam, butun gavdam havoda muallaq osilib qolgan emish, oyogʻimni choʻzsam, erga tegmas emish. Yuragim vahimaga toʻlib, qoʻrqib ketibman. Shu erga kelganda avval miyamga kelmagan bir narsani soʻrayman: «Men qaerdaman va nimada yotibman?» Tevarak-atrofimga alang-jalang qarayman. Hammadan avval pastta — gavdam osilib turgan tomonga qarayman. Hali-zamon oʻsha tomonga qulashimni tuyaman. Pastga qarayman-u, koʻzlarimga ishonmayman. Men shunaqa yuksakdamanki, qoʻyaverasiz. Eng baland minoraning yoki togʻ choʻqqisining balandligi ham uning oldida ip esholmaydi. Bunaqa balandlik avvallari etti uxlab tushimga kirgan emas.

Men aniq-taniq ilgʻay olmayman — quyida, tepasida muallaq turganim va hadeb meni oʻz bagʻriga chorlayotgan tubsiz oʻpqonda biror narsani koʻryapmanmi, yoʻqmi? Yuragim uvushadi, oʻzim dahshatga tushaman. Quyiga qarash qoʻrqinchli. Sezib turibman, pastga qarasam, yotgan joyimdan sirgʻanib tushib ketamanu nobud boʻlaman. Men qaramayman, lekin qaramaslik yana ham yomon, chunki men «hozir tushib ketsam nima boʻladi?» deb oʻylayman. Sezib turibman, qoʻrquvdan eng soʻnggi kuchlarimni yoʻqotib, asta-asta orqamda sirgʻalib, pastga tushib ketyapman. Yana bir lahzadan keyin tamom. Shunda birdan xayolimga: «Bu haqiqat boʻlishi mumkin emas, — degan fikr keladi. — Bu — tush. Uygʻon». Men uygʻonishga harakat qilaman, lekin uygʻonolmayman. «Nima qilish kerak? Nima qilsa boʻladi?» — deya oʻzimdan-oʻzim soʻrayman va yuqoriga qarayman. Yuqorida ham tubsizlik. Men samoning bu tubsizligiga qarayman-u, quyidagi tubsizlikni esdan chiqarishga tirishaman va chindan ham unuta boshlayman. Quyidagi cheksizlik meni dahshatga soladi va oʻzidan bezdiradi, yuqoridagi cheksizlik esa oʻziga tortadi va menga kuch beradi. Men hamon tubsizlik ustida toʻr karavotda ilinar-ilinmas osilgancha muallaq turibman. Muallaq turganimni bilaman, lekin faqat yuqoriga qarayman. Qoʻrquv meni asta-sekin tark eta boshlaydi. Koʻpincha tushda boʻladigan kabi allaqanday ovoz deydi: «Bilib qoʻy, bu — Oʻsha!» — shunda men yuqoridagi tubsizlik qaʼriga borgan sari yutoqib qarayman va sekinasta xotirjam boʻla boshlaganimni his qilaman. Nimaiki boʻlib oʻtgan boʻlsa, hammasi esimda; bularning bari qanday roʻy berganini eslayman — mana, oyoqlarimni qimirlatdim, mana, muallaq osilib qoldim, mana, qoʻrquvdan dahshatga tushdim, mana, yuqoriga qarab, qoʻrquvdan xalos boʻldim va halokatdan omon qoldim. Shunda oʻz-oʻzimdan soʻrayman: «Xoʻsh, endi bu yogʻi nima boʻladi? Hamon muallaq osilib turibmanmi?

Endi men alang-jalang boʻlmayman, lekin butun vujudim bilan qaysi nuqtaga tayanib turganimni his qilaman. Koʻramanki, men ortiq muallaq osilib turganim yoʻq, qulayotganim ham yoʻq, balki turgan joyimda mahkam turibman. Men oʻzimdan nechuk bunchalik mahkam turganimni soʻrayman, tevaragimga qarayman, paypaslanaman, qarasam, ostimda, belimning tagida toʻr karavotdan bir boʻlagi bor ekan, men shuning ustida osmonga qaragancha yotibman va u meni avvalgiday koʻtarib turibdi. Xuddi shu chogʻda xuddi tushlarda boʻladigandek, meni koʻtarib turgan kuch koʻz oʻngimda namoyon boʻladi. Garchi bu kuch oʻngimda hech qanaqa maʼnoga ega boʻlmasa-da, tushimda gʻoyatda tabiiy, tushunarli va hech qanday shubha tugʻdirmaydigan boʻlib koʻrinadi. Men tushimda hatto taajjub qilaman — nechuk men buni avvallari anglamadim ekan? Buni qarangki, mening miyamning ichida bir ustun bor ekan. Bu ustunning mustahkamligi har qanday shubhadan tashqari edi. Holbuki, bu nozik ustunning hech qanday tayanchi yoʻq edi. Keyin shu ustundan bir ip oʻtkazilgan ekan. U shunaqa ustalik bilan va ayni chogʻda shunaqa joʻn bir tarzda oʻtkazilgan ekanki, shu ipning ustiga beling bilan yotib, yuqoriga qarasang, pastga qulash haqidagi fikr, hatto, xayolingga ham kelmas ekan. Bularning bari menga ayon boʻldi va men bundan mamnun boʻlib, xotirim jam boʻldi. Goʻyo allakim menga: «Buni koʻrib eslab qol», — deganday boʻldi. Shu joyda uygʻonib ketdim.