OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifLi Mi Ye
Asar nomiOʻgʻrincha dars (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Koreys adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Li Mi Ye
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOtabek Yoʻldoshev (koreys tilidan)
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oʻgʻrincha dars (hikoya)
Li Mi Ye

Bolalik chogʻlarimda qoʻshni xovlida bir qoʻli yoʻq bola yashardi. U oʻn ikki yoshlar chamasi boʻlib, biz maktabga boradigan maxalda oʻz uyining tomiga chiqar va xovlimizni tomosha qilib oʻtirar edi. Kimdir oʻziga nigoh tashlayotganligini sezsa, shu zahotiyoq oʻzini panaga olar, negadir odamlarning koʻziga koʻrinmaslikka harakat qilar edi. Ba’zan dadamga:

-Dadajon,anovi bolaning qoʻli yoʻq ekan. Shuning uchun maktabga olishmagan ekan, - derdim men. Dadam esa afsus bilan boshini sarak-sarak qilib qoʻyardi.

Bir kuni kechqurun dadam yertoʻlada yotgan siniq stol-stulni olib chiqdi va bolgʻa-mix olib ta’mirlashga tushdi. Stol «oyoqchali» boʻlgach, xovlining qoq oʻrtasiga oʻrnatdi.

-Qani, qizim, beri kel! – deya chaqirdi dadam. – Bugundan boshlab men oʻzim mana shu joyda senga dars beraman.

Shunday qilib kechalari dadmning q    o’li ostida dars qiladigan bo’ldim. Qor yoki yomg’irli kunlardan tashqari har kuni dadam menga shaxsiy muallimlik qilar edi. U qo’limga kitob tutqazarkan:

-Qani bugun maktabda oʻrganganlaringni baland ovozda oʻqib ber-chi, - derdi.

Men esa vaqt allamaxalga qadar kuchanib-kuchanib kitob mutolaa qilardim.

Bir kuni dadam ishdan kelib, gap topib keldi:

-Qizim,qoʻshni bola bu yerdan koʻchib ketarkanmi?

Kunduzi qoʻshni xovli oldida yuk mashinasini koʻrgandim.

-Ha, shunaqa boʻlsa kerak,dedim men.

-Tushunarli, - dedi dadam afsus bilan. – Ishqilib qaerga borsa ham oʻqishni tashlab qoʻymasinda bolakay.

Men dadamning soʻnggi soʻzlarini unchalik tushunmadim. Lekin buni oradan bir necha yil yillar oʻtgachgina angladim.

Kunlarning birida uyimizga pochta orqali bir quticha olib kelishdi. Yuboruvchining nomi ham, manzili ham noma’lum.Dadam hayronligini yashirolmay qutichani asta ochdi. Qutichadan yangi bir kitob va xat chiqdi.

«Yigirma yil avval sizga qoʻshni xovlida yashagan bir nogiron bolani eslay olasiz,deb umid qilaman», deb boshlanadi xat. «Oʻshanda xovlingizda qizingiz bilan olib borgan darslaringizni yashirincha kuzatib, juda qiziqqanligimdan tomda oʻtirib ta’lim olgan edim. Kech boʻlasa-da minnatdorchiligmni qabul qiling».

Oʻsha nimjongina nogiron bolakay dadamning xovlidagi darslarini eshitib, oʻrganib, bu yerdan koʻchib ketgandan soʻng hatto universitetga oʻqishga kiribdi. Qutichadagi kitobni oʻsha nogiron bola yozganligiga ishongim kelmasdi. Oʻsha kuni dadamning xonasidagi chiroq tonggacha oʻchmadi.