OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifLing Sung Yan
Asar nomiOna quyonning chaqqon yordamchilari (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Xitoy adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Ling Sung Yan
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonDilmuod Usmonov (ingliz tilidan)
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ona quyonning chaqqon yordamchilari (hikoya)
Ling Sung Yan

Ona quyon daladan bir qancha sholgʻom terib kelish uchun yoʻlga otlanibdi.
— Onajon, men ham siz bilan borsam maylimi, sizga yordamlashaman, - debdi onasiga quyoncha.
— Yoʻq, hozir emas, quyosh botayotgan mahalda borsang, men koʻpgina sholgʻom yigʻib qoʻygan boʻlaman. Ularni olib kelishib qoʻyasan. Hozircha uyda oʻtira qol, xoʻpmi, bolajonim, - deya jilmaygancha quyonchaning yelkasini qoqib qoʻyibdi ona quyon.

Onasi ketgach, quyoncha uyda qolibdi va darsini tayyorlay boshlabdi. Ancha vaqtlardan keyin, u uy vazifalarini endi tugatay deb turganda eshik ochilib, doʻstlari – malla mushukcha va qora uloqcha kirib kelib qolibdi.
— Quyoncha, kel birga oʻynaymiz, - deyishibdi ular.

Quyoncha rozi boʻlibdi va ular berkinmachoq oʻynay boshlashibdi.

Uloqcha pichan gʻarami orasiga berkinib olibdi, quyoncha uni topa olmabdi. Malla mushukcha esa daraxt ustiga chiqib, qalin barglar orasiga yashirinib olibdi. Quyoncha uni ham topa olmabdi.

Quyoncha hamma joyni qidiribdi, biroq ularni hech qaerdan topa olmabdi. – Qaerdasizlar, - deya qichqiribdi quyoncha. Shu payt u yer ustida turgan kattakon toshga turtilib yiqilib tushibdi. Bu holni koʻrib turgan mushukcha darhol yordamga otilibdi. Uloqcha pichan orasidan shoshib chiqib kelibdi va ular quyonchani oʻrnidan asta turgʻazib qoʻyishibdi.
— Lat yemadngmi, - deyishibdi ular.
— Hechqisi yoʻq, - debdi quyoncha.

Shu tariqa ular yana shodon kayfiyatda oʻynashda davom etibdilar. Bir mahal, quyoncha yuqoriga, ufq tomonga qarabdi va qichqirib yuboribdi:
— Voy, xudoyim, quyosh deyarli botib qolibdi-ku!. Men shoshishim kerak. Onamning oldiga, dalaga borib, sholgʻom olib kelishda onamlarga yordam berishim kerak! Men hozir ketaman. Onamning oldilariga borish vaqti boʻlibdi. Sizlar ham uyga boringlar, - debdi doʻstlariga.

Lekin malla mushukcha va qora uloqcha uning gapiga rozi boʻlishmabdi:
— Yoʻq, biz uyga ketmaymiz. Aksincha dalaga borib onangga yordamlashamiz.

Shunday qilib ular dalaga yoʻl olishibdi. Dalaga kelib qarasalar, ona olmaxon allaqachon ishini tugatib quyonchani kutib oʻtirgan ekan. Yordamchilarni koʻrib xursand boʻlib ketibdi va shunday debdi:
— Salom, bolajonlar. Sizlarning kelganlaringdan boshim koʻkka yetdi.
— Quyon xola, sizga yordam bergani keldik, deyishibdi quyonchaning doʻstlari.

Quyoncha, malla mushukcha va qora uloqcha Ona quyonning qoʻlidagi sholgʻomli savatlarni koʻtarishda yordamlashib yuborishibdi. Ular ikkita tayoqchni olishibdi-da, savat dastasidan oʻtkazibdilar. Savatchalardan birini ona quyon bilan quyoncha, ikkinchisini esa mushukcha bilan uloqcha koʻtarib olibdilar. Shu tariqa ular baqirib qoʻshiq kuylaganlaricha orqaga, uylari tomon yoʻl olishibdi.

Uyga yetib kelishgach, ona quyon ularga yana bir bor minnatdorchilik bildiribdi:
— Sizlarga katta rahmat, aziz bolajonlarim.
— Arzimaydi, - deyishibdi quyonchaning doʻstlari.
— Kelinglar, sizlarga yeyish uchun ajoyoyib bir narsa pishirib beraman, debdi ona quyon.

Ular hammalari ona quyonga ovqat qilishda yordamlashibdilar.

Quyoncha chelakda suv olib kelibdi. Uloqcha oʻchoqqa olov yoqibdi. Mushukcha boʻlsa qozonni yuvibdi. Ovqat pishgach hammalari maza qilib tamaddi qilishibdi

Tamaddi qilib boʻlishgach, quyoncha idishlarni yuvishga olib boribdi. Mushukcha esa ularni tozalab yuvibdi. Uloqcha stolni tozalabdi.
— Taq! Taq! Taq! – toʻsatdan eshik taqillabdi. Eshikni ochib qarasalar ona mushuk bilan ona echki bolalarini qidirib kelishgan ekan. Quyoncha ularni ota-onalariga rosa maqtabdi.

Shunday qilib ona quyon bilan quyoncha ularni ostonada qoʻl silkib kuzatib qoʻyishibdi.

— Ertaga koʻrishguncha xayr! Yaxshi dam olinglar!