OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifLola Nasrulloh
Asar nomiKoʻngil ta’limoti
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Lola Nasrulloh
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Maqolalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
"Hurriyat" gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Koʻngil ta’limoti
Lola Nasrulloh

Inson qalbini koʻzguga oʻxshatishadi. Agar uni tez-tez artib, poklab tursang yaltirashidan diling quvnaydi. Aksi boʻlsa, zang bosib, qarovsiz holga keladi. Qalbning poklanishi xuddi yaltiragan koʻzgu kabi. U gʻuborlardan, yovuz illatlardan, yomon xulqlardan tozalanmasa, zanglaydi...

Tasavvuf ta’limotida nafs tarbiyasi haqida juda koʻp gapiriladi. Negaki, koʻngilni poklash faqat nafs tarbiyasi bilan amalga oshadi.

Janobi Haq Maryam oʻgʻli Isoga: «Ey, Iso! Avvalo oʻz nafsingga oʻgit berib koʻr, agar bu oʻgitning foydasini koʻrsang, boshqalarga ham oʻgit ber, yoʻqsa, Mendan uyalgin» — deb buyurdi (Daylamiy Abu Muso hazratlaridan rivoyat etgan).

Inson avval oʻz qusurini koʻrib, uni tuzatib, keyin atrofga nazar tashlasa, «Moʻmin moʻminning koʻzgusi» deyilgan hadisning ma’nosiga tushunadi. Demak, birodaringda koʻringan qusur uniki boʻlmay, oʻzingning qusuringdir. Alloh bir birodaring yordamida seni ogohlantiryapti.

Insonning nafsi tarbiyalangani sari uning xulqi goʻzallashaveradi. Tarbiya olganingiz sayin esa, oʻzingizdan nafratlanasiz, xolos. Chunki insonda qusurlar, kamchiliklar shu qadar koʻpki...

«Islom, Tasavvuf va Axloq» nomli kitobdan iqtibos: «Hazrati Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam: — Oxir zamonda fitnalar boʻladi, — deydilar.
— U paytda nima qilamiz? — deb soʻraydilar.
— Uyingizda berkinib, aralashmang! — deydilar. Ya’ni, musulmonlar orasida tortishuv, shovqin-suron boʻladi.
—Xoʻp, uyimizga kelsalarchi?...
— Hazrati Odamning yaxshi farzandlari kabi boʻling! — dedilar.

Xayrli, yaxshi avlodi qaysisi? Ibodati qabul boʻlgani... Qoʻl koʻtarmanglar, bir-birlaringiz bilan toʻqnashmanglar! — deydilar. Islomning tarbiyasi budir. Amalga oshirish ayri masala. Chunki musulmonlik goʻzal, musulmonlar esa juda qusurli, nuqsonlidir...»

Darhaqiqat, Islom juda goʻzaldir. Biz undagi goʻzalliklarni tasavvuf ta’limoti orqali yanada teranroq anglaymiz. Bu ta’limot vakillari Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy hazratlari, Mavlono Jaloliddin Rumiy, Abdulqodir Giloniy kabi aziz insonlardir. Ular xushaxloq, fidoyilik bilan barchaning muhabbatini qozonganlar.

Bugun yon-atrofimizda sodir etilayotgan johilona harakatlar negizida tom ma’noda ma’rifatsizlik yotmaydimi? Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, islomiy haqiqatlar tasavvufiy ta’lim asosida tushuntirilishi lozim. Chunki tasavvufsiz ma’rifat va haqiqat qaror topmaydi. Inson johil emas, Allohni tanigan, ma’rifatullohga erishgan, orif boʻlgan bir kishi boʻlishi kerak. Irfon va ma’rifatulloh ham, nafs tarbiyasi ham, taqvo va ixlos ham barchasi tasavvufning asosiy masalalaridandir, deya uqtiradilar tariqat peshvolari.

Mavlono Jaloliddin Rumiyning «Ichingdagi ichindadir» nomli asarida bir ibratli voqea bor. Ushbuni keltirishdan maqsad, ayni paytda oʻzlarini moʻmin-musulmonman, deya da’vo etayotganlarning ba’zilarida ma’naviy holni koʻrmaysiz, hattoki ular suhbatidan fayz ham olmaysiz. Nega? Insonda nafs tarbiyasi boʻlmas ekan, u oʻzini koʻklarda koʻradi. Toʻgʻri, ilmi bor, nutqi goʻzal, lekin axloqichi? — Kim ilm oʻrganib, unga amal qilmasa, ilm faqat uning kibrini ziyoda qiladi, — deydilar Ibn Mas’ud roziyallohu anhu. Xullas, voqea bunday bayon etiladi: «Usmon roziyallohu anhu minbarga chiqdi va xalq: «Ajabo, u ne der ekan?»— deya kutdi. Biroq Usmon indamadi. Aqalli bir soʻz ham aytmadi, faqat boqdi va xalqda shunday bir hol paydo qildiki, tashqariga chiqishga ularda mador qolmadi. Shu vaqtgacha qilingan yuzlab zikr, va’z va xutbalardan xalqda bunday hol hosil boʻlmagan edi. Hamda ular bunday hol soyasida oʻzlari uchun foyda va sirlarni hech qachon bunchalik koʻp kashf etmagandi. Yigʻin soʻnggiga qadar Usmon gapirmadi. Faqat minbardan inmoqchi boʻlgandagina: «Siz uchun faol imon mahmadona imondan xayrlidir» (hadis) — deya buyurdi. U haq gapni aytdi. Chunki soʻz aytmoqdan maqsad bir foyda bermoq, qalbga ta’sir etmoq, axloqni oʻzgartirmoq va hokazo yaxshiliklar qilmoqdir. Holbuki, Usmon lom-mim demasdan gapirgan vaqtidagidan koʻproq foyda keltirdi. Shuning uchun uning aytgani tamoman savobdir.

Usmon oʻzini faol dedi. Holbuki, minbarda ekan, koʻz bilan koʻrish mumkin boʻlgan biron ish qilmadi. Namoz qilmadi, hajga bormadi, sadaqa bermadi, zikr etmadi va, hatto, xutba oʻqimadi. Demak, amal va fe’l faqatgina bu koʻringan harakat va faoliyatdan iborat emas. Bular, balki u amalning suratidir va u (amal) jondir. Mustafo: «Mening ashobim yulduzlarga oʻxshaydi, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyatga erishasiz» (hadis) deya buyuradilar. Inson yulduzga qarab yoʻlini topadi. Lekin yulduz unga biron narsa deydimi? Yoʻq, aslo! Kishi yulduzga boqib, toʻgʻri yoʻlni xatolardan ajratib olganidek, valiylarga qarab ham maqsadiga yetishadi. Valiylar uni vuslat manziliga olib borurlar».

Alloh taolo bizlarga mustaqillikni ne’mat qilib berdi. Bu ne’matdan oʻzini musulmon sanagan har qanday inson esa hamisha shukrda boʻladi, Allohdan qoʻrqadi. Paygʻambarimiz bunday duo qilar ekanlar: «Yo Rabbim, menga haqni haq oʻlaroq koʻrsat va unda yashashni nasib et. Botilni botil oʻlaroq koʻrsat va undan qochmoqni nasib et».

Hayot murakkab va oʻta nozik. Bu dunyoda yashashni ham goʻyoki qiyomatdagi sirot koʻprigiga oʻxshatgim keladi. Chunki haq bilan botilni bilmaslik oqibatida inson nimalar qilib qoʻyayotganini bilmaydi. Bularni bir-biridan ajratib olish uchun har tomonlama ilm-ma’rifatli boʻlish, bu kun talabi.