OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifLuqmon Boʻrixon
Asar nomiAldoqchi tunlar (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Luqmon Boʻrixon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm30KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/01
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Aldoqchi tunlar (hikoya)
Luqmon Boʻrixon

Shorn qorongʻusi quyilib kelayotgan bir paytda Nur qoʻrboshi xarsangtoshlar panasidan bosh koʻtarib, keng yalanglikdagi qishlogʻi tomon ma’yus-mahzun termildi.

Yo rab, huvillab yotgan manov xarobazor nahot uning ota maskani?! Qani, qir bagʻrida yoyilib yuruvchi suruv-suruv qoʻy-qoʻzilar? Qani, butun qishloqni qiy-chuvga koʻmib yuboradigan bolalar? Suv bahona, buloq boshiga qimtinib-qimtinib yigʻiluvchi qiz-juvonlar qani?

Nur qoʻrboshi oʻz qishlogʻiga uch bahoru uch qishdan beri bu qadar yaqin kelmagan, huvv, oʻsha iliq koʻklam saharida oʻn baytalga

bir dunyo qorakoʻl teri yuklab, qarshilik savdogarlar bilan Qashqar taraflarga otlanganida safarining bunchalik uzayib ketishini sira-sira kutmagan edi. Oʻshanda otasi — keksa chorvador boy koʻzlaridan oʻt chaqnab turgan yigirma besh yashar oʻgiini, odatdagidek, ishonch bilan faxrlana-faxrlana kuzatib qolgandi.

Ammo atigi bir yillik bu safar qayroqdek Nur boyvachchaga ham naq bir asr choʻzilganday boʻldi. Haybatli-haybatli togʻlardan oshib, qahratonning sovuq shamollariga qorishib, olis Qashqar bozorlariga ham yetib kelgan allaqanday inqilob toʻgʻrisidagi mishmishlar hamma musofirlar qatori uni ham tashvishlantirib qoʻygandi. Ayniqsa, ketar payti orqasida chirqirab qolgan bir yashar oʻgʻilchasini oʻlarday sogʻinganidan koʻngliga qil sigʻmasdi. Shu sabab, goho, savdoni ham yigʻishtirib, oʻtar-qaytar bolakaylarni tomosha qilib oʻtirar, ularga koʻp-koʻp sovgʻalar ulashar edi. Oxiri, sabr kosasi limmo-lim toʻlib, ilk koʻklam kunlaridan birida, sheriklarini qistay-qistay yoʻlga chogʻlandi. Sogʻinchu intizorlikda boyvachchadan kami yoʻq doʻstlari ham jon-jon deya otlarga qamchi bosdilar.

Ular yoʻllar ayrilar sarhadda uzoq-uzoq xayrlashishdi.

Oʻsha yili koʻklam xiyla issiq kelib, qor-muzlar hil-hil erib oqar, keng qir bagʻrilariyu sayhonliklarda koʻm-koʻk oʻt-oʻlanlar gurkirab yotar, gul-chechaklarning tovusdek tarovati koʻrgan koʻzni quvontirar edi. Ammo, sogʻinchini ichiga sigʻdirolmagan Nur boyvachcha orqa-oldiga qaramay, shoshib-toshib yoʻl bosardi.

Bir payt, qadrdon qishlogʻiga yarim kunlik yoʻl qolgan bir mahal, tor bir yalanglikda bir toʻp otliqlar oldini toʻsib chiqishdi.

Nur qoʻrboshi chavandozlarning vajohatidan oʻtakasi yorilsa-da, ular ichidagi hamqishlogʻini, qishloq oqsoqolining arzanda bolasini tanib, hayajon bilan otidan sakrab tushdi.
— Assalomu alaykum, — dedi quchoq ochib koʻrishuvga chogʻlanib. Lab-lunji quvonchdan yoyilib ketgandi.

Ammo hamqishloq Sulaymon argʻumogʻini chir-chir aylantirarkan, quruqqina salomlashdi:
— Yaxshi yetib keldingmi?

Nur boyvachcha angraydi-qoldi: yo, Olloh, qishloq oqsoqolining mullavachchaoʻgʻli Sulaymonmi shu?! Yo, ajab, nozikkina, sipogina, qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan yigitcha edi-ku? Muncha qahru gʻazab, muncha shiddat qaydan keldi unga?! Yelkasida antiqa miltiq, ust-boshi kirchil, soch-soqoli oʻsiq, bu ne hoi?!
— Ogʻir boʻl, Nur, - dedi Sulaymon ot jilovini mahkam tortib. - Koʻrgulik! Hammayoqda inqilob balosi!

Emishki, uch oycha ilgari qishloqni qizil qoʻshin moʻr-malaxdek bosibdi. Mol-mulkka koʻz olaytiribdi, zangʻarlar! Qishloq oqsoqoli nomusiga chidayolmay, hovlisida amirlardek kezinib yurgan askarlarga oʻroq olib tashlangan chogʻ qizil qoʻmondon kaklikdek otib tashlabdi uni! Sulaymon esa derazadan chiqib qochganmish. Nurbekning otasidan uch xum oltin talab qilib, uni otxonaga qamab qoʻyishibdi. Bechora cholni yozilgani ham olib chiqishmabdi, «Otxona keng, bilganingni qilavermaysanmi, ahmoq», deya qah-qah urishibdi. Ertasiga, qovugʻi yorilib, oʻsha kechayoq tinchigan qariyani oigan xachirdek tashqariga sudrab tashlashibdi.

Boshidan toʻqmoq yegandek, allaqachonlar yalpayib yotgan Nur boyvachcha, bir mahal, goʻyo, toʻsatdan uyqusi oʻchgan injiq goʻdakday uvv tortib yubordi.
— Otajo-o-on, uvvvv, ota-a...

U toshloq yerni alam bilan mushtlar, gʻujanak boʻlib tipirlar edi.

Boyvachchaning jazavasidan asov tulporlar ham hayratlanganday tek qotdilar. Chavandozlar birin-ketin otlardan tushib, lekin jilovlarni qoʻldan qoʻymay, yerga tizzalab oʻtirishdi. Sulaymon qisqagina mungli tilovat qildi.

Fotihadan soʻng toʻdaboshi hamon oʻzini bosolmay, hiqillab yotgan alamzadaning yelkasiga jundor qoʻlini qoʻyib:
— Islomning turk navkarina koʻz-yash yarashmas, — dedi xiyol boshqa lahjada.

Nur boyvachcha, «esa, nima qilay», degandek, yoshli koʻzla-rini unga qaratdi. Atrofdagilar, xuddi shuni kutib turgan kabi, chuvillay ketdilar:
— Qonga qon! Al-qasos!
— Hech kimning dardi senikidan kam emas, — dedi Sulaymon qamchi sopi bilan yigitlarga ishora qilib.

Nur boyvachcha changga belanib qad tikladi, xoʻrsindi. Soʻng, togʻlar ortidagi qishlogʻi taraf gʻamgingina qarab turarkan, pichirladi:
— Menga ham yarogʻ bering...

Uning naq ikki yilga choʻzilgan qonli safari xuddi shu toshloq soydan boshlandi.

Ular oʻsha kuniyoq Anvar poshshoning buyuk lashkariga qoʻshilish niyatida Boysun togʻlari tomon yoʻl oldilar.

Kechga yaqin bir tubsiz jar labidagi soʻqmoqdan oʻtish arafasida Nur boyvachcha yonma-yon ot yoʻrttirib borayotgan Sulaymonga botinmaygina koʻz tashlab, oʻgʻli haqida soʻradi. Soʻradi-yu, goʻyo, yana noxush xabar eshitadiganday, dami ichiga tushib, yuragi bejo ura ketdi.
— Oʻgʻling, - deb gap boshladi Sulaymon, sochqin oʻylarini bir zum yigʻib, - oʻgʻling Nishon xizmatkorning qaramogʻida, xotining... Oʻshanga tegdi, yaramas ...

U gapini tugatar-tugatmas, Nur boyvachcha otiga achchiq qamchi tortdi.

Nurbek bir chaqirimcha joydan ot boshini qayirib, yana toʻdaga qoʻshildi. Uni hayron kuzatib turgan chavandozlar bir-birlariga ma’noli-ma’noli qarab oldilar.

Hamqishloqning zavqi Sulaymonga ham yuqqandi. U boshlarini siltab-siltab pishqirayotgan Nurbekning otiga havas bilan tikilarkan:
— Tulporingga besh ketaman-da, Nur, - dedi. — Toshtuyoqmisan, toshtuyoq!

Boyvachcha siniq jilmaydi.

Toshtuyoq! Nurlarning butun vohaga dongʻi ketgan dulduli! Koʻpkarilarning koʻrki edi u! Uloqni tishlab uzatardi-ya, jonivor?! Ayniqsa, poygalarda qanotsiz uchishini aytmaysizmi?!

Nurbek Toshtuyoqning yollarini mehr bilan silay-silay, yana beixtiyoroʻgʻlini oʻylab ketdi. Xayolan, uni Toshtuyoqqa mingazib, chavandozlikka oʻrgatdi... qilich sermash, oʻq otishni mashq qildirdi.

«Oʻgʻlim, bardam boʻl!» — deb pichirladi Nur ich-ichida va tashida ogʻir xoʻrsindi. Bu xoʻrsiniq yana ikki yil boʻgʻzini kuydirib yurishidan hali xabarsiz edi u!

Ertasiga, peshin namozidan soʻng, boyvachcha gʻoʻdaygan yoshgina navkardan bir quloch tasma topib, oʻgʻliga atab kelti-rayotgan, yogʻochdan ustakorlik bilan yasalgan oʻyinchoq toyni boʻyniga durbinday osib oldi.

Oʻsha gʻaroyib kiyimli savdogarning labi-labiga tegmay ta’riflashicha bu matoh naq Farangistonda yasalgan emish.

Qahrli, suronli damlar... Jangu jadal — Qashqar bozorida mol sotish emasligini Nur boyvachcha lahza sayin his qila bordi. Oʻgiining hidiga zor dumogʻi qon isi, oʻq-dori isiga koʻnikdi. Hatto, bu islarsiz turolmaydigan, koʻzi tinib, boshi aylanadigan azobga yoʻliqdi. Shu sababdanmi, har qalay, u savashlarda sherdek olishar, sachrayotgan qonni koʻrib telbalarcha xaxolar edi.

Bir oqshom, siyrak archazor ustida adashib charx urayotgan toʻrgʻayga xayolchan termulib turgan Nurbek, shundoq yongina-sida, boʻynidagi oʻyinchoq toyga oshufta tikilayotgan sardorni sezmay qoldi.
— Oʻgʻlonimizni Olloh panoh etsin! - dedi sardor jilmayib. Boyvachcha hayratlanib unga yuzlandi.

Oʻgʻli borligini u qaydan bildi?! Sulaymon aytdimikan, yo? Unda «oʻgʻlonimiz» demoqning boisi ne? Yo, sardorning ham oʻgʻli bormikan?

Nurbek toʻdaboshining mehrli tilagidan boʻshashib, qoʻlini koʻksiga qoʻydi:
— Tashakkur, afandim...

Ularning sardori Istanbul taraflardan kelgan boʻlib, Anvar poshshoning ishongan noiblaridan biri ekan. Qizillar orasida «Qari qoplon» laqabi bilan dong chiqargan bu sakson yashar cholning gʻoyat tetikligi hammani hayratga solardi. Hatto, harbiarning birida ogʻir yaralanib yotsa ham xiyla vaqt koʻzlari chaqnab turdi. Nihoyat, «Olloha shukrlar... bobolar yurtina shahid boʻlmak nasib etmish...», deya entika-entika jon berdi.

Oʻshanda Nur boyvachchaning qilich tutganiga rosa bir yil toʻlgan edi. «Qari qoplorfning murdasi sovimay turib, qoʻrboshilik da’vo qilmish bir chaqchaygan gʻalamisni u qoq ogʻzidan otib tashladi. Soʻng, oʻsha choshgoh ulugʻ qariyani izzat-ikrom bilan koʻmishgach, Nurbekning oʻzi ustalik bilan yigitlarni savashga boshlab kirdi. Endi, u — Nur qoʻrboshi edi!

Koʻp oʻtmay, Anvar poshsho ham daydi oʻqqa uchdi-yu, «buyuk lashkar» toʻzgʻib qoldi. Beklar, ponsodlar hokimlik talashib, bir-birlariga tigʻ koʻtardilar. Anchadan buyon sarosimada yurgan qizil qoʻshinning yelkasiga oftob tegdi.

Nur qoʻrboshi esa esi borida etagini yigʻdi-yu, yuztacha navkarini boshlab, yana izga — Oʻz qishlogʻi yoqqa qaytdi. Ular yoi-yoʻlakay - Oqbosh ovuli atrofida katta birtoʻdaga yoʻliqishdi. Uchragan toʻda sardori Nurbekni mensimay, uning boʻynidagi farangi oʻyinchoqni yayrab-yayrab mazax qildi.

«Hali goʻdak ekansan-ku, ota oʻgʻil, yigitlarni menga topshir, haqi uchun boshqa zoʻr oʻyinchoq topib beraman«, deya qah-qah otdi. Biroq oʻsha tunda, uning oʻzi sakson azamatini «goʻdak»ka meros qoldirib, zaharlangan qovurdoqdan til tortmay quladi.

Oʻsha yili Nur qoʻrboshi Boysuntogʻ etaklarida ivirsib qolib ketdi. La’nati qizil qoʻshin deganlari daqiqa sayin kuchayib borar, har uchragan sayhonlik, har uchragan dovonda miltiq oʻqtalib turar edi.

Nurbek yigitlarini zimdan kuzatarkan, ular ham, oʻzidan battar, horib, ezilib borayotganini, miltiqlargumburidan, qilichlar jarangidan bezib boiganini his qilardi. Qaysidir kech, polvon yigitlardan biri oʻzini jardan tashlab yubordi. Rahmatlikning izidan havas bilan qarab qolmish navkarlarning shivir-shiviricha, huv, qir etagida bechoraning oʻynab-oʻsgan ovuli qolib ketayotir ekan.

Shunday qaqshagan kunlarning birida ular keng yalanglikda bemalol chuvalashib, yeb-ichishayotgan yogʻiy ustidan chiqib qolishdi!

Avvaliga, Sulaymon uch azamatini yoniga olib, qay bir archa panasida, bosmachilardan koʻra komandirlaridan bekinib, xotirjam qartabozlik qilayotgan toʻrt soqchini qoʻyday boʻgʻizlab keldi.

Andan soʻng, qonsirab, toʻlqinlanib turgan yuz yigirma nafar chavandoz bab-baravar otlar jilovini boʻshatishdi. Keng yalanglikni vahshiy qiyqiriqlar qoplab ketdi.
— Oʻq otilmasi-i-in! Faqat burdala-a-ang, burdalang! — deya oʻkirardi koʻzi qonga toʻlib, quyundek charx urib borayotgan qoʻrboshi. Uning boʻynidagi oʻyinchoq toy shiddatdan afsungardek silkinar, goʻyo sardorini tortqilab-tortqilab qirgʻinga undayotganday koʻrinar edi.

Butkul vahimada qolgan hangu mang qizillar palapartish oʻq uza-uza duch kelgan yoqqa tumtaraqay qocha ketdilar. Jang hidini sezgan otlari esa achchiq-achchiq kishnar, qoziqlari atrofida chir-chir aylanar edi.

Urho-ur ichida kalxatday shoʻngʻib kelmish qoʻrboshi ikkala qoiini ham joni boricha koʻtarib javdirayotgan askarning boʻgʻzini tilib yubordi. Ariqday ochilib qolgan kekirdakdan sharillab issiq qon otila ketdi. Undan sal narida kimdir allaqachon ikkiga boʻlib oʻtgan gavdatipirlab yotardi.

Gʻolib qiyqiriqlarga bir zumda dodu faryod, ingroq saslari qorishib ketdi. Otlar tuyogʻidan koʻtarilayotgan chang-toʻzon keng yalanglikni kirchil pardadek qopladi.

Koʻz ochib-yumguncha chavaqlangan yuzga yaqin yogʻiy askari quyuq qon bugi taratib, doʻppayib-doʻppayib qoldilar.

Oʻnboshi Sulaymonning navkarlari, toʻyga keltirilgan qoʻylardek, yigirma chogii asirni urib-tepib bir yerga toʻplashdi.

Chindan ham bugun toʻymisan toʻy ekan. Asirlardan birining tutila-tutila tushuntirishicha, ulugʻ inqilobning nechadir yilligini tantanali nishonlashayotgan ekan.

Gʻoliblar qah-qah otib kuldilar. Asirlar esa oʻychan kezinayotgan qoʻrboshining boʻynidagi farangi oʻyinchoqqa noumid termilisha-termilisha oʻz taqdirlarini kutishardi.

Nurbek, nihoyat, horgʻin koʻzlarini olis-olis choʻqqilar tomon olib qocharkan, buyurdi:
— Otib tashlansin!

Oradan oylar oʻtib, qizillarning beshafqat ta’qiblaridan qocha-qocha, qishning qahrli ayozlarida gʻorma-gʻor biqinib diydirasharkan, oʻsha oxirgi gʻalabani lazzat bilan eslab yurishdi.

Nur qoʻrboshining koʻngliga qil sigʻmasdi. U harblarning birida daydi oʻq yarmini yulib ketgan oʻyinchoq toyni bagʻriga bosganicha qahratondan bir amallab chiqib olish rejalarini oʻylab oʻtirardi.

Hech goʻrdan ta’minotning yoʻqligi, ustiga-ustak, tevarakdagi boshqa toʻdalarning, xuddi dushmaniga qaraganday, gʻijinib ola-yishlari yigitlaming koʻnglini butkul choʻktirib yuborgandi. Yaratganga shukrkim, baland-baland qoyalar orasidan manovi — qoʻy qumaloqlari boʻyraday toʻshalib yotgan gʻorlar topila qoldi. Har nechuk boshpana.

Yigitlar tevarak-atrofda gʻij-gʻij oʻsib yotgan archalardan keltirib gʻorlar oʻrtasida gulxanlar yoqishar, soʻngra lovullab yonayotgan olov tegrasida toʻp-toʻp oʻtirib, turli-tuman xayollarga gʻarq boʻlishar edi.

Gʻorlar ichida boʻrtib-boʻrtib chiqqan tosh boʻlaklari, allaqanday daraxt ildizlari tez orada qora qurum bilan qoplanib ketdi.

Bir kuni asr namozidan soʻng oʻnboshi Sulaymon sekin pichirladi:
— Nur, qishloqlardan oipon yigʻaylik, yigitlar och! Qoʻrboshi yalt etib unga yuzlandi:
— Shuncha yil qon kechmoqdin maqsading shu edimi, qori?! Sulaymon unga gap uqtirib boʻlmasligini anglab, ogʻir tin oldi. Qoʻrboshi esa koʻzlarini chala yumib, «yarador» oʻyinchoqni silaganicha yana xayolga choʻmdi.

Sulaymonning gʻashligi qoʻzgʻaldi:
— Oʻyinchoq oʻynaguncha, - deb dimogʻidan kuldi u, -navkarlar gʻamini ye!
— Sulaymon! Oqboshdagi sardorni unutma! — dedi Nurbek oʻzini arang bosib, ammo yuguruk qoilari, beixtiyor, yonidan mauzerni sugʻurdiyu tizzasiga qoʻydi.

Oʻnboshi shart turib, engashgancha gʻordan chiqib ketdi va oʻsha tunda gumburlagan oʻq tovushidan hamma oyoqqa qalqdi. Izidan, Sulaymonning alam-iztirobli mazaxga limmo-lim hayqirigʻi togiardan togʻlarga, daralardan daralarga urilib yangradi:
— E, he-he-he-he-ey, — (ovoz qaydan kelayotganini hech kim ilgʻayolmasdi), - Nurbekka ishonmangla-ar, u oʻgʻlini qutqarish payida yuribdi-i-i, baribir, sizlami sotadi-i-i!

Nur qoʻrboshini titroq bosdi: «Yo, Olloh, bu ne koʻrgulik...» — lekin shu lahzayoq gapga chechan navkarlardan birining javobi koʻnglini togʻday oʻstirdi.
— Hey, — dedi u butun zulmatni larzaga keltirib. - Sen hezalakda yoʻq boʻlsa yoʻqdir, biz hammamiz oʻgʻilli-i-i! Hammaning niyati bir!

Navkar gapini tugatar-tugatmas chiyillab kelgan oʻq orqadan qoyaga urildi.

Toʻdaning yarmini Sulaymon avrab, ergashtirib ketgan ekan. Otishma boshlandi.

Qariyb ikki yildan buyon oʻq yomgʻiri ostida izgʻigan Nur qoʻrboshi, ilk bor, shu yerda yelkasidan yaralanib, ingraganicha quladi... va zor-zor kutilgan koʻklamning oʻrtalariga dovur turmadi.

Togʻlarda qorlar erib, daryolar shovullay boshladi, qushlar chugʻurlashib, koʻkatlar boʻy tarab qolishdi.

Biroq alamzada toʻdaning yurak-bagʻri hamon muz edi.

Qoʻrboshi tunu kun alahlab, mulozimlar qurshovida yotar, goho oʻgʻlini chaqira-chaqira sapchib turib, gʻor ogʻzini qidira qolar edi. Mulozimlar hay-haylashib, qoʻliga oʻsha... «yarador» ot oʻyinchoqni tutqazishgach, qaltiray-titray, oʻz-oʻzidan tinchib, yana choʻzilardi.

Nihoyat, navkarlaridan ham battar ozib-toʻzib ketgan Nurbek oyoqqa turdi. Ertasi kuni sadoqatli mulozimlar qoʻrqa-pisa gap boshlashdi:
— Bek, bu yerlarda endi kunimiz bitganga oʻxshaydi, oʻzga yurtlarga bosh olib ketaylik...
— Siz Qashqar taraflarni xoʻp bilarmishsiz...
— Inshoolloh, yana qaytarmiz...

Qoʻrboshi seskanib-seskanib tushdi, ammo ozgʻin qoilari bu gal toʻpponchaning sovuq dastagi tomon uzalmadi.

Mulozimlar haq edi. Butkul holdan toygan yigitlar arzimagan hujumga ham dosh berolmasdilar. Xudoga shukr, qizillar negadir yoʻqlab kelishmayapti, yo, «ayozda qirilib bitgan», deya oʻylashayap-timikan?! Ustiga-ustak, Toshtuyoqdan — Nurbekning suyukli tulporidan boshqa hamma otlarni soʻyib yeyishgandi...
— Safarga tayyor emasmiz hali, — dedi qoʻrboshi ohista, u gap ohangidagi rozilik alomatlarini payqagan mulozimlar yengil nafas oldilar.

Olis va ogʻir yoiga taraddud rosa bir oyga choʻzildi. Oʻq-dori, oziq-ovqat gʻamladilar. Hatto, shu atrofda qoʻy boqib yurgan choʻponni ishga solib, yana oʻn besh nafar ot ham topishdi.

Ammo safar soatlari yaqinlashgan sayin yigitlar allanechuk kalovlanib, parishon kezinadigan odat chiqarmoqda edilar. Ayniqsa, ' koʻzlarida bitmas-tuganmas karaxtlik qotib qolgan Nur qoʻrboshi kundan-kunga bukchayib borardi. U ba’zan kun boʻyi tuz totmay, qorni ogʻriyotganini bahona qilib, qirma-qir daydib yurar, chirqillab uchayotgan qushlarga, asriy archalarga, haybatli qoyalarga soatlab tikilib oʻtirar edi. Lekin otdan tushsayam egardan tushmaydigan bu qaysar navkarlariga tez-tez achchiq-tiziq buyruqlar qilar, goho oʻzicha hazil-mutoyibachiga aylanar, ishqilib, hech kimga sir boy bermaslik ilinjida boʻlar edi.
— Ertaga otlanamiz! — dedi Nurbek, nihoyat, may oyining oxirlarida.

Oʻsha kech xufton namozini haddan tashqari ezib oʻqidilar. Fotihalar ketidan fotihalar, iltijolar ketidan iltijolar jarangladi.

Ibodatdan soʻng, tagiga egar-jabduqlarini qoʻyib, hamma jim-jim choʻzildi.

Tun... Taqdirdek qop-qora tun! Yuksak choʻqqilar tarafdan sovuq shamol esmoqda. Shoshqin soy boʻzlab shovullaydi. Tun hasharotlari tinmay chirqillaydilar.

Nur qoʻrboshi sachrab ketgan uchqunlardek koʻk toʻla yulduzlarga termularkan, huvv, ajoyib yoz kechalaridan birini ezilib esladi. Oʻshanda, chorbogiari oʻrtasidagi supachada agʻnab yotar, xotini ilondek toigʻanib uning qoʻ1-oyoqlarini uqalar, oʻgʻilchasi esa osmonga qoʻl choʻzib, «yulduz obbering», degan ma’noda xarxashalar qilardi.

«Katta boʻlsang, oʻzing olasan», deyishardi eru xotin goʻdak injiqligidan battar zavqlanishib.

Hozir oʻgʻli rosa yettiga toʻlgan! Uni koʻrsa tanirmikan?! Taniydi, taniydi! Axir, Nur uch yasharligida olis savdo safaridan qaytuvchi otasini topib, oldiga yugurib chiqqandi-ku?!

Qoʻrboshi ayol va goʻdak isini dumogʻida tuyib, besaranjom-landi. Shu choq sal narida yotgan yigitlardan biri:
— Yulduzlar yigʻlayapti, — dedi shivirlanib.

Nurbek yalt etib unga yuzlandi. Ammo, navkar butun borliqni unutib, koʻkdan koʻz uzmas, hatto ilkis qoʻzgʻalib, yuziga baqrayib tikilayotgan sardorni ham sezmas edi.

Qoʻrboshi yashin tezligida oʻn besh navkarning bariga bir-bir angrayib chiqdi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, uningcha allaqachonlar dong qotib uxlayotgan yigitlar... moʻltillabgina qarab yotar, goʻyo, allanechuk gʻaroyib musiqani qilt etmay, nafas olmay, qayta-qayta tinglar edilar.

Qoʻrboshining gʻimirlab qolganidan sergak tortgan oʻng mulozimi ohista yonbosh boʻldi, lekin hamishagiday, «Nega bezovtasiz, bek?!» - deya soʻramay, tubsiz qorongʻulikka tikilib turaverdi.
— Bek, — pichirladi u, — soy munchalar shovulladi-ya?!
— U ham sogʻinadi, - deb yubordi Nurbek beixtiyor.
— Ha, sogʻinadi, - dedi allakim turib oʻtirarkan. Qolganlar ham birin-ketin qoʻzgʻalib qoldilar:
— Ha, sogʻinadi.
— Ha sogʻinadi.
— Sogʻinadi...

Navkarlarining har biriga moʻltirab-moʻltirab tikilayotgan Nur qoʻrboshining oʻz-oʻzidan oʻpkasi toʻlib kelardi. Bir mahal u shartta choʻkka tushdi:
—Yigitlar...

Biroq, boʻgʻziga mushtdek tiqilgan xoʻrlik gapirmoqqa qoʻymadi.
— Yigitlar...

U shunday dedi-yu, ortiq bardoshi yetmay, oʻkirib, yonidagi mulozimining tizzalariga oʻzini tashladi.

Hech kim uni tinchlantirmasdi. Goʻyo, koʻpdan intiq kutilgan yomgʻirda iviyotgan ishqibozlardek, ma’yus entika-entika jim oʻtirardilar.
— Azizlarim, — dedi Nur qoʻrboshi koʻz yoshlariga qorishib bosh koʻtararkan, allaqanday xirqiragan, xirillagan tovushda. Ruxsat beringiz, birodarlar, oʻgʻlimni opkelay, Olloh haqi, ortiq toqat qilolmayman...

U javob ham kutmasdan sapchib qoʻzgʻaldi-da, egar-jabdugʻini yerdan supurib koʻtardi.
— Bek, - dedi oʻng mulozim turib-turib. - Yolgʻiz ketmang...
— Yoʻq-yoʻq, oʻzim... U yoqda qizillar qarorgohi...

Egasining sharpasini sezgan Toshtuyoq qisqa-qisqa kishnaganicha depsinib turardi.
— Bizni kuting, - deyardi Nur qoʻrboshi orqa-oldiga qaramay, otni chogʻlar ekan. — Ertan sahar shu yerda boʻlamiz, inshoolloh!

Koʻp oʻtmay uchqur tulpor tuyoqlarining gumbur-gumburi butun togʻu toshni tutib ketdi.

* * *

Shomdan soʻng tevarak-atrof chodrasiga burkandi-yu, Nur qoʻrboshi alanglay-alanglay xarsang panasidan chiqdi. Ulkan archa tagida pishqira-pishqira oʻtlab turgan Toshtuyoq quloqlarini dikkaytirganicha orqasidan qarab qoldi.

Nur qoʻrboshi bu yerlarni besh qoʻlday bilardi. Ammo, ayni paytda, toshdan toshga kiyikdek sakray turib, toʻrt tarafni ehtiyotkorlik bilan kuzatar, tiq etgan har tovushga, nafas olmay, sergaklanib quloq tutar edi.

Qishloq itlari biri qoʻyib, bin olib uzluksiz hurgani-hurgan. Unda-munda miltillagan chiroqlar koʻzga tashlanadi. Huvv, qir etagida adashib qolgan buzoq moʻngramoqda. Allaqaydandir chala kuygan tezak hidi anqiydi.

Nur qoʻrboshi zum oʻtmay soyga tushib, nafas rostlash dardida yerbagʻirlab yotdi. U puxta rejalartuzib olgandi oʻzicha:

«Boradi. Hovlining qorongʻi bir burchida biqinib, la’nati Nishonning tashqari chiqishini kutadi. Albatta, chiqadi u yebtoʻymas. Oʻsha payt, shartta boʻgʻziga toʻpponcha tirab: «Oʻ haromi, -deydi. — Joningdan umiding boʻlsa, gʻinging chiqmasin, men oʻgʻlimni olamanu ketaman!«... Yoki toʻppa-toʻgʻri borib, eshikni taqillatadi, ichkaridan anovi nonkoʻrning sasi chiqdi deguncha, bir zarb bilan eshikni qoʻporadiyu bostirib kiradi. Agargapga koʻnmay hunar koʻrsatgudek boʻlsa...»

Nur qoʻrboshi qovjiroq lablarini qimtib, mushukdek pusa-pusa ilgarilab borarkan, yuguruk qoʻllari beixtiyor yarogʻ izlab paypaslandi.

Mana, bostirmalari hurpayib turgan birinchi hovlidan ham oʻtdi. Anovi qorayib koʻrinayotgan joy, sobiq qaynotasi — tegirmonchining uyi! Ungayam, qizigayam ming la’nat! Nahotki, uch talogʻini olmay turib boshqaning qoʻyniga kirish shunchalar oson? Yana kelib-kelib Nishon isliqiga tekkani-chi?

Nur qoʻrboshi toʻngʻizday et-soʻlli Nishonning tuzsiz koʻzlarini xayolida jonlantirarkan, nafrat va jirkanishdan boʻgʻriqib ketdi. U, bir vaqtlar, katta shahar bozorida gadoylik qilib yurgan kezlari qoqsuyak narsa edi, Nurning otasi achina-achina uni bu yerga ergashtirib keldi-yu, yil oʻtmay novvosday semirib ketdi, zangʻar. Ammo boʻrdoqi boqish, otlarga qarash degan xizmatlarni doʻndirardi. Balki shuning uchun ham uni haligi... nima edi... ha, shoʻro raisi etib tayinlashgandir? Balki, anovi megajin shu mansabiga uchgandir? Eh, baribir, tagi pastligiga boribdi-da, yaramas?! Tuf, hammasiga tuf, unga oʻgʻli kerak, oʻgʻli! Oʻgiini oladi-yu, Toshtuyoqni toʻpirlatib yoʻqoladi bu yerlardan.

Qoʻrboshi alamli xayollar girdobida hamon sharpadek sirgʻanib borar, har uch qadamda tevarakni alanglab kuzatar edi.

Huvv tepalikdagi hashamatli bino - bechora oqsoqolning uyi. Qoʻrboshining eshitishicha, hozir u yer allaqanday shoʻroning idorasi emish. Shu gap toʻgʻriyov, ana, atrofida bir askar parishon aylanib yuribdi. Shu orada Nurbekning koʻz oldida Sulaymon qori jonlandi-yu, ich-ichini iztirobli qoʻmsash timdalab oʻtdi: «Eh, doʻstim...»

Bir mahal qoʻrboshining xayollari xazondek toʻzgʻib, butun vujudi titrab ketdi. Axir, qirq-ellik qadam narida uning uyi mungʻayibgina turardi! Ana, ota makon!

U bir paytlar anovi qoʻshqanotli darvozadan, ingichka moʻylovini silab, ohorli kiyimlarda, chaqmoqday boiib chiqib ketgandi.

Mana, qaytdi...

... boshida salla qiyiqcha, soch-soqoli oʻsiq, kir-chir, egnida yupqarib ketgan olacha toʻn, belida «Qari qoplon»dan qolgan qoʻrboshilik kamari.

... boʻynida oʻsha antiqa oʻyinchogʻu yonida yarogʻ bilan qaytdi!

Hovli atrofi toshqoloq bilan oʻralgan. Sal pastda yastanib yotgan chorbogʻ, goʻyo, kimnidir yoʻqlaganday, mahzun shovullaydi.

Nurning otasi dabdabayu hashamga sira Qiziqmasdi. Shu bois hovlilari keng boʻlsa-da, ammo koʻrimsizgina. Yaxshiyam shundayligi, esam ularnikiyam haligidaqa shoʻro-toʻralarga in boʻlib ketgan boʻlarmidi? Lekin, baribir, hovlining Nishonga qolgani Nurbekni alam oʻtida qovurardi. Bersa, ana, Ermat choʻpongabersin edi, ana, Mirzo bogʻbonga bersin edi.

Aytgancha, qay bir shaharda ham otasining hayhotday uy-joyi, bola-chaqasi bor, deb eshituvdi, ularning ahvoli nima kechdi ekan?! Eh, bu dunyo!

Nur qoʻrboshi tosh devordan oshib, ichkari tushdi. U tobora sutdek koʻpira borayotgan hayajondan qalt-qalt titrar, yuragi guro-gurs urib, nafasi qaytar edi.

Qoʻrboshining nazarida, hoziroq, yugurdaklar peshvoz kelib, xizmatiga ilhaq turadigandek, otasi ayvonda yonboshlab choy ichayotgandek, bosh irgʻab, Nurni yoniga imlayotgandek tuyulardi. Uning oʻy-xayolida ajoyibdan-ajoyib manzara lop-lop etib jonlana boshladi:

...ana, deraza oynasidan kuzatib turgan xotini, koʻz-koʻzga tushgach, nozlana-nozlana oʻzini panaga oldi. Zum oʻtmay, ichkaridan zavq-shavq bilan oʻgʻilchasi pildirab chiqdi...

Nurbek hatto bolasining shodon qiyqirigʻini eshitganday boʻldi.

Biroq hovli qabristondek huvillab yotardi. Faqat narigi chek-kadagi hujraderazasidan chiroqning xira yogʻdusi lipillab turardi.

Ishkom tagida serrayib qolgan Nurbek, qalt-qalt titrab, oʻsha yoqqa yurdi. Shu tobda u qay niyatda kelganini butkul unutgan, shomdan beri pishitib yurgan rejalari keraksiz bir xayolga aylanib qolgandi.

Qoʻrboshi jur'atsizlik bilan hujra eshigini taqillatdi. Shu lahzadayoq, yosh bolaning «otam keldi, otam», degan quvnoq ovozi va dup-dup yugurgilagani eshitildi.
— Oʻgʻlim!

Nurning zor qaqshagan boʻgʻzidan, yuragi tubida zardobdek yigʻilib yotgan sogʻinchu ilhaqlik, oʻkinchu sevinch birgina shu soʻz tusida otilib chiqdi:
— Oʻgʻlim!

Ammo ichkaridan boshqa sado chiqmadi. Nurbek esa oʻz-oʻzidan qaynab toshayotgan koʻz yoshini arta-arta, eshikka qapishganicha turardi. U shu chogʻda, qocha-qoch, quva-quvlardan butkul zada boʻlganini, hech qayoqqa oshiqmayotganini, hech qachon endi ortga qaytolmasligini chuqur his qildi. Qaniydi, dunyoda yogʻiy zoti boʻlmasa-yu, u bir umr mana shu qoʻpol eshikka suyanib tursa?!
— Oʻgʻlim, - dedi Nurbek yana botinmaygina eshikni taqillatarkan.

Ichkaridan ayol kishining jonholatda pichirlagani quloqqa chalindi-yu, qoʻrboshi bir seskanib oʻziga keldi. Allaqachon uni tark etgan niyati, rejalari yana qayta miyasida charx ura boshladi.

Demak, ichkarida oʻgʻli va anovi!... Nishon qaygadir yoʻqolgan! Aftidan, anovi bolani eshikka yoʻlatmayapti!

Shu payt, goʻyo Nurbekning fikrini tasdiqlaganday, oʻktam bolakayning chars-chars ovozi eshitildi:
— Otam majlisda, siz — bosmachi! Keting! Keting!

Qoʻrboshining koʻz oldi qorongʻilashib, eshikni zarb bilan itarib yuborganini oʻzi ham bilmay qoldi.

Bir boʻlak zanjiri uchib ketgan eshik qarsillab ochila ketdi. Ochildi-yu, ichkaridan ayol kishining «Voy!» degan ojizona sasi, yosh bolaning vahimali chinqirigʻi tashqariga otildi.

Qadrdon hujra hidi, koʻzga tanish manzaralar gʻoyat dovdiratib qoʻygan Nurbek bir zum karaxt boʻlib turdi.

Tokchadagi eski chiroqning xira yogʻdusidan vassajuftlar, taxmonlar, devordagi uch-toʻrt qoziqqa ilingan kiyim-boshlar andak yorishib turardi.

Ana! Ana uning oʻgii! Uning arsloni! E-he, katta yigit boʻlib ketibdi-ku?!

Nurbek boʻsagʻaga sekin choʻnqayarkan:
— Oʻgʻlim, — dedi entikib.

Ammo bir burchakda toshdek qotgan, koʻzlari ola-kula xotinning etaklariga mahkam chirmashib olgan bolakaydan hech bir sado chiqmadi.
— Oʻgʻlim, bu men, - dedi Nurbek arang, - tanimayapsanmi, bolam?!

Soʻngra u xoʻrligi kelib, quchogʻini keng yoyganicha oʻgʻli tomon sudraklandi.

Bolakay esa hiq-hiq yigʻlab, orqaga tisarilaverdi.

Yo, Olloh! Bu ne koʻrgulik? Uch yildirki, xayolida zor-zor kutgan, chopqillab yoʻliga chiqqan, boʻyniga erkalanib osilgan oʻz oʻgʻli tanimadi-ya?!
— Bu men-ku, axir, bolam! — deb qaqshadi qoʻrboshi koʻz yoshlarini tiyolmay. — Kel, birbagʻrimga bosay, kel!

Shu choq orqa tarafdan doʻrillagan buyruq yangradi:
— Qimirlamang, qoʻrboshi!

Nurbek tiz choʻkkanjoyida shart oʻgirilib ortgaqaradi: «Nishon!» U boʻsagʻada toʻpponcha oʻqtalib turar, izida yana oʻn chogʻli navkar miltiqlarini shaylab ichkariga moʻralashardi.
— Xush kelibsiz, — dedi Nishon dimogʻidan kulib. — Biz sizni yolgʻiz kutmagandik, qolganlar qayda, bek?

Qoʻrboshi siyrak qoshlarini chimirib, qaqroq lablarini qimtib, yana oʻsha qirgʻin dunyosiga qayta boshladi. Sogʻinchu ilinjning, oʻkinchu sevinchning omonat dunyosi yana toʻzgʻib ketdi.
— Ota-a-a!

Onasining pinjida biqinib turgan bolakay Nishon tomon hayqirib yugurdi. Uning har bir xatti-harakatini entikib kuzatayotgan Nurbekning ich-ichida nimadir uzilib ketgandek boʻldi va...

Koʻz ochib yumguncha varanglagan oʻq tovushi hovlining ichu tashini zirillatib yubordi. Izidan, oʻz oʻqi oʻz boʻgʻzini teshib oʻtgan Nur qoʻrboshi gursillab quladi. Boʻynida osigʻliq oʻsha gʻaroyib oʻyinchoq toy qonga belanganicha sirgʻalib yerga tushdi...

Oʻsha tun Toshtuyoqning achchiq-achchiq kishnashi butun togʻu toshni titratdi. Qadrdon otxona hidini olib kelgan bu tulpor oʻz chavandozini izlab, toshqoloq tevaragida chir-chir aylanardi.