OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifLyuis Kerroll
Asar nomiAlisa moʻjizalar mamlakatida (ertak)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Britaniya adabiyoti
Boʻlimlar
   - Absurdizm
Mualliflar
   - Lyuis Kerroll
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Ertaklar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonM. Zohidova
Hajm15KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Alisa moʻjizalar mamlakatida (ertak)
Lyuis Kerroll

Yoz kunlarining birida Alisa quyuq soyali daraxtning katta shoxida о’tirar, opasi esa daraxt tagidagi maysada unga tarix kitobini о’qib berardi. Alisaning qulogʻiga gap kirmaydi, chunki u suratsiz kitoblarni yaxshi koʻrmaydi-da.

– Alisa, diqqat bilan eshit. Dunoda suratsiz boʻlsa ham juda qiziq kitoblar koʻp, – dedi opasi.

– Bu olamda balki shundaydir, – hayolga berilgancha javob berdi Alisa. – Lekin mening olamimda, agar u mavjud boʻlsa, hamma kitoblar faqat suratli boʻladi.

Alisa oʻzining Dina laqabli kichkina mushukchasini ushlab oldi-da, daraxtdan tushdi:

– Mening olamimda sen Miyov emas, balki Rahmat, Alisa xonim degan bolarding. Mening olamim – Mojizalar Mamlakati deb atalgan boʻlar edi.

Birdan u shu atrofdan yugurib oʻtib ketayotgan Oq Quyonni koʻrib qoldi. Quyon kostyum kiyib olgan, qoʻlida kattakon soat. U soatga qarab, vaqtni bilish uchun toʻxtadi.

– Voy, – qichqirdi u, – kech qolayapman, kech qolayapman!

– Qiziq, – hayron boʻldi Alisa, – Quyon qaerga kechikishi mumkin? Demak, juda muhim uchrashuv ekan-da?

Qiz yoʻlka boʻylab Quyon ortidan yugurdi.

– Janob Quyon! – baland ovozda chaqirdi u. – Toʻxtang, iltimos!

– Yoʻq, yoʻq, men juda kechikayapman, – javob qildi Oq Quyon yugurib ketayotib.

– Hatto salom deyishga vaqt yoq. Hayr! Men kechikayapman, kechikayapman.

U yana tezroq yugurdi.

Alisa ham orqasidan chopdi-yu, faqat Quyonning katta inga kirib ketganini koʻrishga ulgurdi, xolos.

– Uchrashuv uchun juda gʻalati joy ekanmi? – oʻyladi Alisa qorongʻulik ichiga qarab.

Keyin ikkilanmasdan, Oq Quyon ortidan oʻsha chuqurlik sari shoʻngʻidi. Qizning koʻylagi huddi parashut singari yoyilib ketdi va tushish tezligini pasaytirdi. Qandaydir pastlikka uchib tushar ekan, yoʻlida oʻsha yerosti qasrining devorlaridagi koʻzgu va suratlarni bir chiroq yoritib oʻtib ketganini koʻrdi. Nihoyat, quduqning tagiga yetdi. Hayolida bunga juda koʻp vaqt ketgandek edi.

Alisaning oldida uzun yerosti yoʻli paydo boʻlib, uning oxirida Oq Quyonni koʻrib qoldi. Quyon esa bir zumda tunnel oxiridagi muyulishga burilib ketdi. Alisa ham uning ketidan bordi. Muyulishdan oʻtgach, katta bir xonaga kirganini sezdi. Lekin xonada Oq Ouyon yoʻq edi. Xonaning narigi tomonida eshik bor ekan, Alisa uni ochdi. Qarang-ki, undan keyin ikkinchi, uchinchi... xullas, birin-ketin eshiklar kelardi. Ularning har bittasi oldingisidan kichikroq edi. Borgan sari torayib ketayotgandi. Oxiri, juda kichkina eshikchaga duch keldi. Bu eshik qulf edi. Alisa egilib, kalit solinadigan teshikchadan qaramoqchi boʻldi va eshik tutqichini burab koʻrdi.

– Voy, juda qattiq burading-da! – degan pastgina shuvillagan ovoz eshitildi. – Xoʻsh, mendan qanday yordam kerak?

Gapiradigan eshik Tutqichini koʻrib, Alisa hayron qoldi.

– Oq Quyonni izlab yurgandim. Chamamda shu yerga oʻtdi. Men ham...

– Yoʻq! Sen juda kattasan, sigʻmaysan. Huv anavi stol ustidagi shishadan ozgina suv ichib kor-chi.

Shu zahoti gʻayritabiiy ravishda Alisaning oldida stol paydo boʻldi. Qiz shishani oldi, unga «Meni ich», deb yozib qoʻyilgan edi. Biroz ikkilanib turdi-yu, undagi suvning hammasini ichib yubordi.

– Eh, nima qilib qoʻydim? – baqirdi Alisa. Chunki oldidagi shisha kattakon, oʻzi esa juda kichkina boʻlib qolgandi.

Endi eshikchaga bemalol sigʻishi mumkin edi.

Eshik Tutqichidan oʻtkazib yuborishini soʻradi.

Iltimosiga javoban gʻichirlagan kulgini eshitdi:

– Qara-ya, senga aytish esimdan chiqibdi. Eshikni ochish uchun senga stol ustidagi kalit kerak.

Ammo Alisa endi shunchalik kichkina edi-ki, stolga boʻyi umuman yetmasdi. Stolning oyoqlaridan biriga tirmashib chiqishga harchand urinsa-da, buni eplay olmadi. Chunki u juda silliq boʻlib, Alisa sirgʻanib ketaverar edi. Nihoyat, u yengilishga tayyor edi. Shu payt kutilmaganda stol tagida quticha paydo boʻldi. Eshik tutqichi Alisaga oʻsha qutichani ochishni buyurdi. Qutichada pishiriq boʻlib, unga «Meni ye!» deb yozilgandi.

– Nima boʻlsa boʻldi! – dedi Alisa. U endi pishiriqni yeb tugatgandi hamki, qoʻllari borgan sari kattalasha boshladi, oyoqlari ham choʻzilib-choʻzilib ketdi, oxiri boshi shipga tegdi.

– Obbo Xudoyim-ey! Endi shunchalik kattamanki, eshikka hecham sigʻmasam kerak.

– Alisaning hoʻrligi kelib, yigʻlab yubordi. Koʻzlaridan yosh tomchilari daryo-daryo boʻlib oqdi.

– Bunaqa yigʻlayversang, hammamiz choʻkib ketamiz, – dedi Tutqich qoʻrqib. – Yaxshisi, qara-chi, shishada hech narsa qolganmikin?

Bu vaqtda shisha Alisaning koʻz yoshlaridan hosil boʻlgan dengizda qalqib yurardi. Qiz uni oldi-yu, tagida qolgan suyuqlikni koʻrdi. Ichgan edi, yana kichraya boshladi. Shu qadar kichrayib qoldi-ki, koʻz yoshi endi ummonga oʻxshardi.

– Bekorga shuncha yigʻlabman-a! – dedi Alisa oʻziga-oʻzi.

U qulf teshikchasidan suzib oʻtdi. Eshikning narigi tarafi qup-quruq edi. Mitti Alisaga bu yerdagi maysalar oʻrmon boʻlib koʻrinar, havoda son-sanoqsiz gʻalati kapalaklar uchib yurardi. Bunday ajoyibotdan hayratda qotgan Alisa tush koʻrayotganga oʻxshar edi.

Shundoq yonida bitta barg ustida yalqovlarcha choʻzilib yotgan, koʻzi yarim yumuq holatdagi katta Qurtni koʻrdi. Alisa bu gʻaroyib jonivorga, Oq Quyonni izlab yurganini, salgina kattaroq boʻlishni xohlashini aytdi. Qurt esa qoʻziqoringa qarab turib, shunday dedi:

– Qoʻziqorinning bir tomoni seni katta, ikkinchi tomoni kichkina qiladi.

Alisa qoʻziqoringa bir oz qarab turarkan, uning qaysi tomonini yesa katta, qaysi tomonini tishlasa kichkina boʻlishini aniqlashga harakat qildi. Keyin qoʻziqorinning har ikki tomonidan ozgina tishladi. Shu payt uning boʻyi birdan choʻzilib daraxtlarga tenglashdi. Hattoki qushning ini ham boshining ustida turib qoldi.
— Yordam beringlar, yordam! – baqirdi Zangori Qush Alisaning boshi atrofida aylanarkan.
— Hoy, alvasti! Mening polaponlarimga tegma! Shu-u, shu-u!
— Alvasti? – hayron boʻldi Alisa, - men alvasti emasman.
— Unda kimsan? – soʻradi Ona-Qush.
— Men shunchaki kichkinagina qizaloqman, - javob berdi Alisa.
— Kichkina?! – xoxolab yubordi Zangori Qush, - Xa-xa-xa-xa!

Alisa oyoqlariga qaradi. Ular ancha pastda edilar.
— E, yoʻq, - yigʻlagundek boʻldi u, - men qoʻziqorinning kattaroq boʻlagini yeb qoyganga oʻxshayman. Shuning uchun shunaqa oʻsib ketdim shekilli.

Alisa qoʻziqorinning boshqa tomonini tishlab asl holatiga qaytmoqchi boʻldi.
— Shunisi ma’qulroq, - xoʻrsindi u, - menimcha endi birinchi marta hammasini toʻgʻri qildim-a.

Alisa uning har ikki tomonidan sindirib oldi, keyin bittasidan kichkinagina boʻlagini tishladi. Nihoyat, u oʻzining oldingi holatiga qaytdi.
— Xayriyat, – yengil nafas oldi qizcha. – Birinchi marta toʻgʻri іsh qildim shekilli.

Keyin qoʻlidagi qoʻziqorin boʻlaklariga qarab, ularni choʻntagiga solib qoʻydi:
— Ular hali menga yana kerak boʻlib qolishi mumkin.

Endi qaysi yoʻldan borsam ekan, deb oʻylanib qoldi. Alisa birdan orqasidagi tovushni eshitdi. Qayrilib qarasa, daraxt shoxlari orasida oppoq katta tishlar va bir juft charaqlagan koʻz yaltirab koʻrinardi. U yaxshiroq tikildi: ulkan ola mushuk ekan.
— Men – Cheshir Mushugiman, – ogʻzini katta ochib ochib kuldi u.

– Kechirasiz, – dedi Alisa mushukka. – Aytib berolmaysizmi, qaysi yoʻldan borsam ekan? Men Oq Quyonni izlayotgan edim.

– Unday boʻlsa, men Tentak Shlyapnikdan yoki Ovsar Quyondan soʻrashim kerak. Albatta, uyam jinni.

– Lekin men jinnilar bilan uchrashishni istamayman.

– Boshqa iloji yoʻq. Bu yerda hamma jinni. Shu jumladan men ham.

Shunday dedi-yu, Cheshir Mushugi Alisaning koʻz oʻngida birdan gʻoyib boʻlib qoldi.

Qizcha yana bir oz yurdi. Endi u birov qoʻshiq kuylayotganini eshitdi. Bu Ovsar Quyon edi. Tentak Shlyapnik ikkalasi katta stol yonida oʻtirib choy ichishardi. Stol ustida choynaklar, qaynoq choy quyilgan piyolalar ham koʻp. Alisa boʻsh joylardan biriga oʻtirib oldi. Oʻsha zahoti Ovsar Quyon qoʻshiq aytishdan toʻxtab:
— Joy yoʻq! Joy yoʻq! – deya baqirdi. - Axir, shuncha boʻsh joy turibdi-ku! – dedi Alisa.

Ovsar Quyon boʻlsa: - Taklifsiz oʻtirish juda notoʻgʻri, bu – madaniyatsizlik, – dedi.

Alisa ham kechirim soʻrashga oʻtdi:

– Tugʻilgan kuningizni buzib qoʻyganim uchun uzr. Menga ashulangiz juda yoqdi-da.

– Rahmat, lekin bu tugʻilgan kun emas.

– Boʻlmasa nima? Axir, bu tugʻilgan...

– Yoʻq, bu tugʻilmagan kun! – dedi Tentak Shlyapnik.

– Bizda yilda faqat bitta tugʻilgan kun. Qolgan uch yuz oltmish toʻrt kun – tugʻilmagan kun deyiladi.

– Demak, menda ham bugun tugʻilmagan kun, – xursand boʻldi Alisa.

Ovsar Quyon esa yana kuylay boshladi:

Tugʻilmagan kuning bilan,

Tugʻilmagan kunim bilan.

Tugʻilmagan kun muborak,

Tugʻilmagan kun muborak!

Qoʻshiq tugadi. Tentak Shlyapnik Alisaning oldiga sakradi. Egilib, shlyapasini yechdi. Qizning koʻz oldida chiroyli bezatilgan, ustida sham yonib turgan tort paydo boʻldi.

Bu-u-um! Toʻsatdan tort havoga qarab uchdi-yu, portlab ketdi. Tutun ichidan kichkina sichqon chiqib, keyin oʻtlar orasiga yashirindi. Ovsar Quyon va Tentak Shlyapnik xoholab kulib yubordilar. Aftidan, ular Alisani esdan chiqarishgan edi. Qiz ham qoʻl siltab, oʻrmonga qarab ketdi. Bir oz yurgach, adashib qoldi. Daraxtlarda Bu yoqqa, Toʻgʻriga, U yoqqa emas, Orqaga degan yozuvlar ilinib turardi...

Alisa koʻp oʻylanmay, eng yaqin yoʻlakdan ketaverdi. Ammo biroz yurgach, zerikib ketdi. U Moʻjizalar mamlakatining yoʻllaridan charchagan edi. Yana orqasida shovqin eshitdi. Oʻgirilib qarasa, bir it. Uning boshi supurgi, yoʻlida uchragan narsani, hatto soʻqmoqning oʻzini ham supurib ketardi.

– Obbo, – qoʻrqib ketdi Alisa. – Endi bu yerdan hech qachon qaytib chiqolmasam kerak.

Ammo shu paytda tanish kulgi eshitildi. Boshini koʻtarib, daraxtda oʻtirgan Cheshir Mushugini koʻrdi.

– Ha, yana adashib qoldingmi? – kinoyaomuz soʻradi Mushuk. – Haliyam Oq Quyonni izlab yuribsanmi?

– Boʻldi, jonimga tegdi, – dedi jahl bilan Alisa. – Hech qanaqa Quyonning ham keragi yoʻq. Charchadim, uyga ketmoqchiman.

– Sen Qirolicha bilan uchrashib boʻldingmi? – davom etdi Mushuk, – hech kim uni koʻrmasdan Moʻjizalar mamlakatini tark eta olmaydi, axir.

U shu gaplarni aytar ekan, daraxtda bir eshik ochildi. Alisa undan ichkariga kirdi. Gulzorlar bilan oʻralgan chiroyli bogʻ. Kiraverishda bir katta daraxt. Uchta gulchi daraxt ustidagi oq atirgullarni qizil rangga boʻyashmoqda. Qizga yaqinroq kelib qaradi-yu, ular oʻynaladigan karta ekanini koʻrdi.

Salomlashgach:

– Nima uchun bu atirgullarni boʻyayapsiz? – deb soʻradi.

– Bilasizmi, xonim, bu daraxt qizil boʻlishi kerak.

Chunki Qirolicha faqat qizil gullarni yaxshi koʻradi. Agar aslida oq ekanini bilib qolsa bormi, kallamizni olishga buyruq beradi. Yoʻq, yoʻq! Voy, ana oʻzlari!

Bogʻning katta darvozasi ochildi. Ikki qator askarlar qadam tashlab oʻtdi. Birinchi qatordagi askarlar karta oʻyinidagi tappon, ikkinchisidagi – qargʻa koʻrinishda edi. Ularning oʻrtasida Oq Quyon karnay chalganicha oʻtib borardi. Birdan u toʻxtab qoldi.
— Imperator janobi oliyalari... iltifotli xonim... Qirolicha janoblari...

Dillar qirolichasi... – dedi u nafasi tiqilib. – Ha, yana...
— Qirol janoblari... – qoʻshib qoʻydi kichik tanaffusdan soʻng.

Qirolicha atirgul daraxtiga yaqinlashdi.

– Gullarimni kim boʻyadi? – soʻradi zarda bilan. – Boshlari tanasidan judo qilinsin!

Keyin Alisaga koʻzi tushdi:

– Xoʻsh, sen kimsan?

– Mening ismim Alisa. Men Oq Quyonni izlab yurgan edim, janobi oliyalari, – dedi unga ta’zim qilarkan.

– Oq Quyonni? Qanday bema’nilik! Xoʻp, mayli, kroket oʻynay olasanmi, oʻzi?

– Ha, janobi oliyalari.

– Boshladik, boʻlmasa! – buyurdi Qirolicha.

Alisa umrida bunaqa gʻalati kroket oʻyinini koʻrmagan edi. Sharchalar oʻrnida tipratikanlar, toʻqmoqlar flamingo qushlari bilan almashtirilgan. Qizcha esa mahoratini ishga solib, toʻgʻri oʻynashga harakat qilar edi. Ammo flamingoning boshi bilan kirpini uraman desa, qush uchib ketar va unga qarab turar edi.

Qirolicha boʻlsa oʻyindan zavqlanardi. U endi yutuqli yurishni bajarmoqchi edi, birdan orqasiga Cheshir Mushugi sakrab tushdi-da, qoʻrqitib yubordi. Flamingo vahima koʻtardi. Qirolicha muvozanatini yoʻqotib, oyoqlari osmondan kelib, yiqilib tushdi.

Alisa kulib yubordi. Askarlar ham kuldi. Hatto Qirol ham oʻzini kulgidan toʻxtata olmadi. Lekin Qirolicha oʻrnidan turgan zahoti kulgi taqqa tindi-qoʻydi. Qirolicha

jahldan qip-qizarib ketgandi.

– Hozir kimningdir boshi olinadi! Seniki!!! – qichqirdi u Alisaga. – Senga ishonishim kerak emasdi oʻzi! Sen gʻishtin qargʻa emassan, qargʻa ham, chillik ham! Umuman, tappon kartayam emassan!

– Men bu yerga kelmoqchimasdim. Mening aybim yoʻq, – oʻzini oqlamoqchi boʻldi Alisa.

Lekin Qirolicha uni gapirishgayam qoʻymadi:

– Bu qanaqasi yana? Bu yerda faqat men buyuraman! Olib chiqilsin! Boshi tanasidan judo etilsin!

Alisa tushundiki, uni hech kim qutqara olmaydi. Shunda choʻntagidan qoʻziqorin boʻlagini olib, tishlay boshladi. U borgan sari kattalashardi. Hamma qoʻrqib ketdi. Askarlar har tomonga qochishga tushdi. Qirolichaning:

– Boshi olib tashlansin! – degan buyrugʻiga hech kim parvo qilmasdi.

– Axir sizlar oddiygina oʻynaladigan kartalar ekansizku! – dedi Alisa Qirolichaga, Qirolga va askarlarga tepadan qarab.

Shu soʻzlarni aytdi-yu, oʻzining yana kichraya boshlaganini his qildi.

Qirolicha qoʻllarini bir-biriga ishqab:

– Nima deding, asal qiz? – deya soʻradi.
— Endi nima qildim-a? – Alisa yurgan yoʻlida qoqilib-qoqilib ketardi. Oyoqlari birdan ogʻirlashdi.

Haliyam Qirolichaning tovushi tinchlik bermasdi. Lekin endi uzoqdan eshitilardi.
— Bu yerdan chiqib ketishim kerak! Boshi olinsin!,

– Alisa shu soʻzlarni shivirlar edi. Shu payt kimdir chaqirayotgandek boʻldi.

– Tursang-chi, axir, Alisa! Tarix darsidan biror narsani eslab qoldingmi oʻzi?

Alisa koʻzlarini ochib, tepasida unga engashib turgan Alisa koʻzlarini ochib, tepasida unga engashib turgan opasini koʻrdi.

– Boʻldi, yur, uyga ketamiz, – derdi opasi

Alisa tizzasidan mushukchasini qoʻliga oldi. sini qoʻliga oldi.

– Bilasanmi, Dina, men baribir Moʻjizalar Mamlakatini emas, oʻzimizning ana shu dunyoni tanlagan boʻlardim, – dedi u.