OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMaʻsuma Ahmedova
Asar nomiKechmish hisobi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Maʻsuma Ahmedova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm10KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Kechmish hisobi (hikoya)
Maʻsuma Ahmedova

Uydan asabiy chiqdi. Xotiniga biron nima deyishga haddi boʻlmadi. Toʻgʻrisi, gapni koʻpaytirmadi. Ustiga-ustak, mashinaning akkumulyatori ham oʻtirib qolibdi.

Jahl bilan yerga tupurdi. Xotinining betoʻxtov vaysashini eshitmay, deb yomgʻirpoʻshining tugmasini ustma-ust qadaganicha koʻchaga shoshildi.

Qarasa, trolleybus kelayotibdi. Chopib chiqib oldi. Aslida, taksi toʻxtatsa ham boʻlardi. Endi bu trolleybus deganlari shunday tashbaqa yurish qiladiki, tushib olib, yayov yugurib ketgilaring keladi. Ertalab bir kayfiyating buzilib, ishing yurishmasa, tamom, oxirigacha yurishmaydi. Endi qachon yetib boradi-yu... Mashinaga oʻrgangan odam, jamoat ulovida yurishi qiyin ekan. Odam oʻzini xoʻrlangandek xis etadi. Xayolidan shunday oʻy kechar ekan, u bir qur trolleybus ichiga nazar solib chiqdi. Shunda toʻsatdan qulogiga tanish, judayam tanish ovoz eshitildi. Eshitildi-yu, shuurini agʻdar-toʻntar qilib yubordi.
— Mastura opa, ishga boriyb turibsizmi?— yoshgina ovoz yonidagi hamrohi boʻlgan ayoldan soʻroqlardi.
— Ha, aylanay, bormay boʻladimi. Uydayam ezilib ketarkan odam. Picha betoblanib qoluvdim, oʻtirolmadim, siqilib ketdim. Bor-e, deb ishga chiqib oldim.

U beixtiyor ovoz kelgan tomonga oʻgrildi. Ugirildi-yu, yuragi orqasiga qalqib ketganday boʻldi.

U qachonlardir bir kun kelib, uni uchratishini, yuzma-yuz kelishini his qilardi. Lekin uni hech qachon bunday kepatada, bunday raftorda koʻraman degan oʻy hayolining bir chekkasidan oʻtmagan edi.

Ayolning yuzlari osoyishta koʻrinardi. Chamasi, u hech nimaga da’vogar emas, umidvor ham emasdi. Bir paytlar shu ayol, ha, bir paytlar shu yoshgina qiz kulganicha, bari oʻtar-ketar, lekin xotira qolar, derdi.

Qiz bashorati haq chiqdp.

Kishi borib-borib kelajak orzusi bilan emas, xotiralar bilan yasharkan.

Esida, bari esida. O’shanda, shunday qoʻshiq boʻlardi:

«Eh, kechki poezd, kechki poezd,

Seviklimni olib ketding-a... »

Bu qoʻshiqda qaygʻudan koʻra betashvish ohang, shoʻxchang ohang mujassam edi. Quyoshning soʻnggi nurlari olamni gʻarq etayotgai palla. Kuy tinimsiz yangraydi, shoʻx sadolar xonani tutadi. Quyoshning soʻnggi nurlari ostida, kechki poezdning relslarini taraqlatib kelishidan temir yoʻl chekkasidagi za’faron tus devonagullar, yashil maysalar titrab ketadi. Aslida hech qanday poezd relslarni gumburlatib oʻtmaydi. Bu shunchaki qoʻshiq qoʻzgʻagan taassurot, xolos.

Tevarak fayzli, yoz shomi ham emas.

Tashqarida qor maydalab, ezilib yogʻyapti. Buni uzun simyogochlarga osilgan chiroqlar nuridan payqash mumkin.

Qiz kuyga monand irgishlaydi, dimogʻida qoʻshiqqa joʻr boʻladi.

U toʻsatdan ayol oʻtirgan suyanchiqqa yaqin borgisi, ayolning kiftlariga qoʻl qoʻyib, oʻziga qaratgisi, kechki poezdni soʻroqlagisi keldi. Xayoliga kelgan bu oʻydan oʻzi uyalib ketdi.

Yana... yana keng paxtazor esida qolgan. «Keng paxtazor. Hamma dalada». Bu siyqasi chiqqan iborani oʻshandan hozirgi dovur bamaylixotir ishlatib kelishadi. Qiz oʻshanda uzoqlardan unga peshvoz yugurib keldi. Ha, ha, oʻshanda ular... yettinchi sinfdagilar paxtaga chiqishgan edi. Qiz esa oltinchi sinfda oʻqir, oʻshanda dadasiningmi, kimningdir oʻrniga paxtaga chiqqaya edi chogi.

Ha, oriqqina qiz yelib keldi-yu, qoʻlidagi tushlikda non bilan yeyman, deb olib kelgan bir bosh uzumni unga tashlab ketdi. Xayolida shu manzara mixlanib qoldi. Olislardan istiqboliga yugurib kelayotgan nozikkina qiz... Qoʻlidagi uzumni tashlab, ortiga qaytayotgan qiz...

Keyin... bir safargi kuz xayolida qolgan. Usha xotirasida qolgan yagona kuz. Kolxoz bogʻi, jarlar orasidan mungli oqayotgan soy. Shox-butoqlarida tinimsiz «chirq-chirq» qilayotgan qushlar. Atrof sokin, - odamzodning tiq etgan tovushi eshitilmaydi. Shu qiz ikkalasi jiyda terishga, jiyda xazanakka chiqdilar. Ikkalovi jiyda izlashga tutindilar. Jiyda degani qani endi topila qolsa. Sababi - jiyda allaqachonlar orqalab olib ketilgan. Faqat shox ostida shitir-shitir etgan xazonlar orasidan ahyon-ahyon chirik jiyda hidi gurkiraydi. Bahorda toʻlib-toshib, koʻpirib oqayotgan soyda endi tiniq suv jildiraydi. Odamlar bogʻlardan koʻchib boʻlgan, yozdagi gavjum klublar yolgʻiz, soʻnik! Hozir ham quloqlari ostida oʻsha sukunatning ovozi jaranglaydi. Ular oʻshanda kuz sukunatiga birga quloq tutdilar. Tugab borayotgan kuz ularga yal-yal yongan bahordan a’loroq boʻldi.

Axir, qachon, qachon bu kunlardan qaytish boʻldi? Qachon axir?

U xom sut emgan banda, bundan ham baxtiyorroq, bundan ham totliroq onlar kelajak, bundan ham goʻzal kunlar boʻlajakligiga qat’iy ishongan edi.

Yana ular bir safar tongni birga qarshi oldilar. Tong chogʻi qalbida kechgan hislarni, koʻngil holatini birga-birga tong kutganlar aytsin!

Qiz uning pinjiga suqilgancha, gʻalati hislar qurshovida pichirladi
— Ayting, ayting, kishi hech oʻzi sevgan, ishongan narsasiga xiyonat qilmaydi-ya!

U ha, dedi, oʻsha paytda ha, der edi! Hozir-chi? Qachon oʻsha kunlarga xiyonat boʻldi? Endi oradan koʻp yillar oʻtib anglasa, qiz oʻshanda oʻzi ishongan, ishonmagan, shubha qilgan savollarga undan javob izlagan ekan.

«Ee, kechki poezd, kechki poezd, sevikliyimni olib ketding-a!»

Plastinka charchamay aylanadi, tinmay aylanadi, relslarni taraqlatib poezd yelib oʻtadi. Temir yoʻl boʻyidagi koʻm-koʻk maysalar, devonagullar oʻtib ketayotgan poezd zarbidan titranadi.

Qiz kursiga choʻkkanicha, roʻmolchasini oʻynaydi. Bir yigitga, bir yerga qaraydi. Yigitning esa yuragi negadir xijil. Hozir ham oʻsha paytda nega ichi xijil boʻlganligini, koʻnglidan nimalar kechganini aniq ayta oladi bu qiz uning kelajagi emas edi! Hovir oʻzini-oʻzi toptagisi, tepkilagisi keladi. Xoʻp, kelajaging kim boʻldi, nima boʻldi, galvars?!

Qiz oʻshanda yotoqxona kursisida oʻtirganicha, roʻmolchasini oʻynaganicha mash’um haqiqatni aytdi. Boʻlgani boʻldi, dedi, endi nima qilamiz, dedi. Ushanda u quloqlariga ishonmadi. Xonada uyoqdan — buyoqqa yurdi, boshini changalladi.

Qiz oʻrnidan turdi.
— Nega bunchalik ezilasiz, nari borsa... - qiz gʻaribgina jilmaydi.
— Nari borsa, toʻy qilarmiz degin, a, seni... — U shunda odobning barcha chegaralaridan chikdi. Kabih soʻzni ogziga oldi. O’shanda, bir oz keyin ham oʻsha soʻzni aytganiga pushaymon boʻlgan edi.

Qiz beixtiyor yigit qarshisiga bordi. Tili kalimaga kelmadi, titradi. Uning esa jahli boʻgʻziga keldi, qarshisida turgan qizni itarib yubordi.

Qiz yerga mukkasidan tushdi. Asta turishga intildi. U qizga qaramadi, sapchib chiqib ketdi. Eshik taraqlab yopildi.

Endi bilsa, oʻshanda yoshlikka, oʻsha kunlarga xiyonat boʻlgan ekan... Odamzot noshukurda, himmatni bilmaydi.

Yodida, bu mash’um falokatga tunlari, kunlari chora izlaganlari... Hozirga kelib oʻzini oqlashga chora izlayapti.

Esida, oʻshanday kunlari hamkursi, «Chiqarkansiz, bir qiz sizni soʻrayapti»», — deb qoldi. Shu payt tovonigacha qaltiroq turdi. Ichida qizni yana, koyidi. Tashqariga chiqdi. Dilida ming bir bahonani roʻkach qildi. Devorga suyanib turgan qizni koʻrib, darsdan keyin gaplashamiz, deyishga ogiz juftladi.

Qiz uni koʻrdi. Yigitga peshvoz yurdi.

Qizning holatidan goʻyo hech nima boʻlmadi, hech hodisa roʻy bermadi.

O’shanda u qivzi tanimadi.
— ... Hozir, gapirib boʻlay, keyin ketaverasiz. Faqat meni kechirsangiz boʻlgani, — qiz oʻsha bir vaqtlar, ahil damlardagiday andak gʻamda, andak erkalik bilan soʻzlardi - urishmaysiz-da. O’sha kuni sizga oʻsha gapni... hazillashib aytgan edim.
— A? Nima?— O’z ovozi oʻziga begona eshitildi.
— Aytyapman-ku, hazillashdim, deb. Sizni nima qilarkansiz, deb aytgandim. — Kiz hech nima boʻlmaganday xurram kuldi.

Keyin, kizning oʻsha holatini koʻp esladi, koʻp xayolida tikladi, boʻlmadi. O’shanda qiz chin kuldimi, yolgʻon kuldimi, bilmadi.

Shundan keyii u qizni aslo koʻrmadi.

O’shanda qiz qaysi gapni gapirib uni aldadi — buni ham bilmadi.

Bu unga jumboq boʻldi. Toʻgʻri, oʻshanda xavf, tufon oʻtib ketdi, zilday yuk yelkasidan agʻdarildi.

Keyin, esida, jumboqni yechmok, umidida qizni izlab oʻqish joyiga bordi, topolmadi. Kishloqdan izladi, topmadi - qiz izsiz yoʻqoldi.

Qishloqdagilar, qizni shu shaharga oʻqishga ketganicha qaytmadi, deyishdi. Shahardan esa - topmadi. Keyinchalik, qishloqdan, onasi bechora qizi dardida kuyib ketdi, Mastura turmush ham qilmabdi, deb eshitdi.

Nimaiki eshitsa bari mish-mish boʻldi. Mana, hozir oradan qancha yil oʻtgach, kallani bir joyga qoʻyib oʻylasa, koʻnglining bir chekkasida qizning oʻsha gapi, oʻsha voqea chin boʻlganligiga amin boʻldi. Shunda oʻzini qoʻyishga joy topolmadi.

Mana, ayol osoyishta ketyapti. Ma’yusgina, garibgina ketyapti, dunyodan shunday oʻtyapti.

«Dardingni olay, sevgilim... »

Koʻngli muztar boʻldi. Beixtiyor oldinga intildi. Hozir uni tutib qololmasa, soʻramasa-soʻroqlamasa, oyogʻiga bosh urmasa, gʻaflatda qoladi, u dunyosiyu bu dunyosi kuyadi...

U shoshqaloqlik bilan oldidagi odamlarni itarib oʻsha suyanchiqqa yaqin bordi. Chaqiraman, dedi. Nafasi boʻgʻziga tiqilib qoldi.
— Kap-katta odam, nega turtasiz?— yonida turgan bakaloq xotin unga gazab qildi.

Shunda ayol oʻrnidan qoʻzgʻaldi.
— Boʻpti, Mastura opa, yaxshi boring.
— Boʻpti, jonim, xayr.

Trolleybus «gʻiyq» etib toʻxtadi. Ayol oʻrnidan turdi, eshikka bordi. Bir muddat hamrohiga oʻgʻirildi.

U hovliqdi, jon-jahdi bilan ayol tomon intildi. Shunda koʻzlari toʻqnash keldi. Ayol uni payqamadi. Bilmadi, tanimadi. Uning esa soʻzga majoli boʻlmadi.

O’tkinchi-ketkiichilar yoʻlda tushib qoldi.

Ayol ham tushdi ketdi.

U shosha-pisha oyna tomonga oʻtdi. Yuzlarini oynaga yopishtirib qaradi.

Nahotki, uni tanimay adashtirgan boʻlsa? Nahotki? Axir yonidagi hamrohi ham, Mastura opa, dedi-ku!

Yoʻg-e, ana, boʻy-basti ham, yurish ham oʻsha-oʻsha-ku. Ana, ayol asta ketmoqda. Kulrang yomgʻirpoʻsh bari engidan silkinib-silkinib ketmoqda.

Boshini magʻrur koʻtargancha, xotirjam ketmoqda.

Trolleybus gʻizillab ketdi. Shu payt nazarida ayolning koʻzlari trolleybusga intiq, shoshilib tikilganday boʻlib ketdi!

Axiyri kulrang yomgʻirpoʻshni koʻz ilgʻamay qoldi. Ancha ortda qolib ketdi.