OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

3 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMahbuba Xolova
Asar nomiOʻzim aylanay (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Mahbuba Xolova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oʻzim aylanay (hajviya)
Mahbuba Xolova

Shu ayrim xotinlarga hayronman-da... Bitta erkakning koʻnglini topisholmaydi. Eri koʻrindi deguncha dagʻ-dagʻ titrashadi. Erkak degani, asli yosh boladay gap-da. Oʻzim aylanay, deb, ikki ogʻiz shirin gapirsangiz, choyga solingan qandday erib ketadi.

Toleimdan aylanay, oʻzimning erginam ajoyib-da. Qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan... Birovning tiyinidan hazar qiladi. Ayrimlar kulib turib choʻntagingizni qoqlaydigan zamonda bir chaqa topsa ham «bu kimniki» deb, ming kishidan soʻraydi. Egasini topmasa, e’lon yozib, sim yogʻochga osib ketadi. Toʻqqiz qizdan keyin tugʻilgani uchunmi hazil-hazim. Shunday tortinchoqki, hatto u menga turmushga chiqishni emas, men unga uylanishni taklif etganman.

Xayriyat onasi erimga qaraganda dadilroq ekan. Bir-ikki sovchi boʻlib kelib, toʻyni boshlagan. Toʻydan oldin shart qoʻydim: «Men sizlarnikida emas, siz bizlarnikida turasiz», «E, axir qiz yigitnikiga tushmaydimi, men yolgʻiz oʻgʻil boʻlsam» — dedi u. «Siz yolgʻiz oʻgʻil boʻlsangiz, men yolgʻiz qizman», dedim qat’iy. «Mayli, siz nima desangiz shu», dedi u yerga qarab...

Mana shundan buyon umrguzaronlik qilib kelyapmiz. Xudoga shukr, zamonlar oʻzgarib, dunyoga yoʻlimiz ochilgandan buyon toʻrt tomonimiz qibla boʻlib qoldi. Eronu Turkiya, Hindistonu Suriya qilib yuribmiz. Rossiyaning yoʻlini-ku chuqur qilib tashladik. Ham sayohat, ham tijorat deganday, yangi yurt koʻrib, oshna-ogʻayni orttirib, orzu-havas qilib yurganga nima yetsin. Gʻing deydigan odam yoʻq. Gʻing deydiganlarning ham tomogʻi bor...

Toʻgʻri, ba’zan erimiz xarxasha qilib qoladilar. Bir kun tijoratdan qaytsam qovoq-tumshuqlari soliq, uylar yigʻishtirilmagan, ovqat yoʻq. «Ha! Nima jin urdi, roʻzgʻor deb yugurib yurgan xotinni shunday kutib oladimi?» deb baqirdim. Erimning koʻzlarida yosh aylandi: «Endi men uyda oʻtirmayman, ishlayman». «Ishlayman?! Hali koʻngillari ish istab qoldimi? Oʻn yil tashkilotda ishlab biringiz ikki boʻldimi? Topganimni yeb, shukr qilib oʻtiring. Nima yetishmayapti oʻzi? Hammomga ham mashinada eltib qoʻysam, qoʻllariga tilla uzuklarni taqib qoʻygan boʻlsam... Xolodilnikdan goʻshtu sariyogʻ arimasa, yana ishlayman emish...»

Erim hiqqillab yigʻlab yubordi. — Nima qilay, odamlar gapiraverib bezor qildi-da... Kecha hovli supura tursam, hamsoyalar devordan qarab, «boshingga roʻmol oʻrab ol», deb piching qilishdi.
— Ha ogʻzidan qoni kelsin ularni, koʻrolmay aytgan-da. Quloq solmang, boʻldi, bas qiling diydiyoni. Ha, oʻzim aylanay, dadajonisidan. Turing, choy-poy qoʻying.
— Xoʻp, siz choʻzilib dam olib turing. Ha, aytganday menga nima olib keldingiz, onajonisi?
— Sizga yaponskiy jemper olib keldim. Boring jiz-biz qilib keling. Keyin kiyib koʻrasiz, — deb chiqarib yubordim.

Eh, bu odamlar, yerni suv buzadi, odamni gap, deganlari shu-da. Shunday moʻmin-qobil erimni yoʻldan urmoqchi boʻlishadi-ya. Xayriyat, arazlab ketib qolmadi uyiga.

Mana shundan buyon gʻing degan mash-masha yoʻq. Yuribman dunyoni kezib... Shu Yaponiya bilan Amerikaga borolmay turibman-da. Buning uchun koʻproq dollar yigʻishim kerak. Dollar oʻlgurdan ancha toʻplaymanu, narsaga oʻchligim qursin, yana xarjlab qoʻyaman-da.

Siz «Oylab shaharma-shahar kezsangiz, uy, bola-chaqa nima boʻladi», deysizmi? Parvo qilmang, erginamga bir kulib «oʻzim aylanay dadajonisidan» desam boʻldi.

Uydan-ku koʻnglim toʻq. Ammo uyquni yoʻqotganman-da. Hamma narsa bor, halovat yoʻq. «Essiz, shuncha mol-dunyo, bir kuni hammasi qolib ketadi-da», deb yurakkinam achishadi. E, mayli, halovat boʻlmasa boʻlmasin, pul boʻlsin, pul.