OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMahmud Ozay
Asar nomiJannat bogʻi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Mahmud Ozay
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
Hikoyat Mahmudova


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Jannat bogʻi (hikoya)
Mahmud Ozay

«
Ustozim Hikmat Turkka bagʻishlayman.
»

Bu shaharchada juda koʻp bogʻlar bor edi, lekin ulardan birortasiyam keksa oʻqituvchi Haydar Gurerning bogʻidek shuhrat qozonmagandi. Bu bogʻ atigi toʻrt dyonyumgina yerni egallashiga qaramay, odamning jonidan boshqa hamma narsa topilardi: oʻrik, nokning har xil turlari, gilos, olcha, zardoli, shaftoli va boshqalar. Uzumning turli navlari ishkom-ishkom qilib ekilgan edi: razzoqi, buvaki, muskati, daroyi, husayni, shivilgʻoni, chillaki, kishmish. Sizga uzumning yana boshqa birorta navi ma’lum boʻlsa ayting, ularning hammasi keksa oʻqituvchining bogʻidan topiladi. Mushmulaning barcha turlari, olmalar, behi, anor. Haydar Gurerning oʻzi esa bebaho odam edi! Agar, mabodo, nok yoki olmaning falon navidan oʻzida yoʻqligini eshitib qolsa bormi, uni topmaguncha qoʻymasdi — mamlakatning har bir burchagiga xat yuborar, soʻrab-surishtirar va nihoyat, endigina kurtak olgan niholchani topib kelar va uni oʻzi payvand qilardi.

Taftishchi amaldorlar, guberna boshliqlari, bu shaharchaga xizmat yuzasidan keladigan harbiylar, shuningdek, hangomatalablar ham keksa oʻqituvchi Haydar Gurerning bogʻini tomosha qilish uchun albatta qadam ranjida qilardilar. Shaharchaga keluvchilar bogʻ sayrini oʻzlari uchun ham farz, ham qarz hisoblashar, keyinchalik boshliqlarga safar natijalaridan hisobot bera turib, gap orasida bogʻni ham qistirib oʻtishardi:
— Ruxsatingiz bilan, bey afandim, kechga tomon iste’fodagi oʻqituvchi Haydar Gurerning bogʻiga boruvdim. Siz, balki u haqda eshitgan boʻlsangiz, kerak. Haqiqatanam, bogʻmisan bogʻ ekanda, oʻziyam! U yerda qanday meva daraxtlari yoʻq deysiz, bey afandim! Butun boshli dahadan kunduzi chiroq yoqib bunday bogʻni topolmaysiz! Bu bogʻ shaharchadan bir chaqirim nari-berisida joylashgan, bey afandim.

* * *

Bundan besh yil oldin Haydar Gurer yoshiga qarab, oʻqituvchiligining oʻttiz sakkizinchi yili iste’foga chiqdi. U xushchaqchaq, sertabassum, juda ham xushmuomala qariya edi. Pedagogika bilim yurtini tugatganidan keyin uni Gursu okrugiga ishga yuborishdi. Usha joyda u bir yilga yaqin oʻqituvchilik qildida, keyinchalik ona shaharchasida oʻqituvchilik qilayotgan Inegyollik hamkasabasi bilan joy almashishdi, Ushandan beri oʻttiz sakkiz yil davomida shu yerda ishladi, Shaharchaning deyarli hamma aholisi uning qoʻlida oʻqishgandi. Kattalarga ham xalq sinflarida yangi alifbo ni u oʻrgatgandi. Advokat ham, injener ham, vrach ham, oʻqituvchi ham, qoymaqom ham, voliy ham, harbiylar ham hamma-hamma uning shogirdlari edi. Bayram kunlari uyi tabriklagani kelganlar bilan toʻlib ketar, yozuv stolida esa otkritkalar, xat hamda telegrammalar keragidan ortiq edi, ularda: «Bayramni shod-xurramlik bilan oʻtkazishingizni tilaymiz. Rafiqangizning qoʻlini oʻpib qolamiz»,— kabi soʻzlar bitilgan boʻlardi.
— Buni qariya,— deyardi Haydar Gurer rafiqasiga,—hammalari sening qoʻlingni oʻpamiz, deb yozishibdi

* * *

Bu voqea may oyining oxirida boʻlgandi. Kunlardan bir kuni Haydar Gurer bogʻidagi daraxtlarni sinchiklab tekshira turib, ulkan olma daraxti oldida toʻxtadi. Boshini koʻtarib, olmaning barglariga qaradi.
— Yana bargidan ham koʻp meva solibdi-ya. Lekin, afsuski, qarib qoldida. Endi undan yaxshi olma olib boʻlarmidi? Koʻm-koʻk, hamda kichkina-kichkina boʻlib qoladi. Boz ustiga, bu kampirshoning soyasi apelsinning oʻsishiga xalaqit beryapti. Kuzda bitta-yarimtani chaqirib tag-tugi bilan olib tashlashga toʻgʻri keladi.

Keksa olma ildizidan qir uchigacha titrab ketdi! Demak, uning bir necha oylik hayoti qolibdida. Kech kuzda esa bolta koʻtargan sarjinchi paydo boʻladi. Xoʻjayinning hukmiga qarshi borib boʻpsan! Hujumni qanday qilib daf qila olarding? Sen axir atigi daraxtsan-ku!

Rahm-shafqat soʻrab iltijo qilganing bilan kim ham seni tushunib, kim ham nolangga quloq tutardi, deysan! Utkir boltaning bir nechta zarbi ostida sharti ketib parti qolgan tanang gumburlab qulaydi. Sovuq kuz shamoli esib, daraxtlardagi barglar sargʻayib, xuddi koʻz yoshi kabi ohista yerga tushadi.

Keksa olmaga alam qildi, judayam alam qildi! U haqiqatanam bogʻdagi eng keksa daraxtlardan biri edi. Faqat shundoqqina uyning oldida oʻsgan, ulkan koʻm-qoʻk chedirini tom ustiga tashlagan qora tutgina unga tengdosh boʻla olardi. Boshqa daraxtlarni keyinroq ekishgan. Haydar uni, ya’ni olmani, Nigdedan olib kelganda, u yoʻgʻonligi barmoqday keladigan niholcha boʻlib, boʻyi bir yarim metrcha kelardi. Uni Nigdedan keltirishgan boʻlsa ham, negadir omosiy olma, deb atashadi. Qim biladi deysiz, balki uning ajdodlari haqiqatanam oʻz boshlanishlarini omosiy olmalardan olishgandir, uning onasi yoki buvisi oʻsha yoqdan olib kelingan boʻlsa ham ajab emas. Qora tutni esa, aftidan, Tnredan olib kelishgandi, shekilli. Chunki, uning mevalari pishganda, bogʻni tomosha qilgani kelgan odamlar: «Voy tavba-ey, Tnredagi qora tutning oʻzginasi-ya. Munchayam shirin, munchayam chiroyli boʻlmasa! Darvoqe, Tireda qora tutni shifobaxsh, deb hisoblashadi»,—deyishardi.

«Mana shunaqa, tutjon, mening qorakoʻz dugonajonim! Sen yashayver! Senga bir kunmas-bir kun hukm chiqarib, kesib tashlashlaridan qoʻrqishning hojati yoʻq! Chunki sen bu goʻzal bogʻda hech kimga xalaqit bermaysan, boz ustiga, uyni soya-salqining bilan jaziramadan saqlaysan. Axir, sening barglaringning soyasida bayram dasturxoni tuzashmaydimi? Sen uzoq yillar davomida mevang toʻla idishlarda stollarga qoʻyilib, maqtov soʻzlarini tinglagancha yashagansan! Faqat bu dasturxonda keksa dugonangning mevalari boʻlmaydi. Qismating shunday boʻlgandan keyin nima ham qilarding! Yoshgina qizlar shoxingga argʻimchoq ilib maza qilib uchishadi. Shamol ularning qoʻngʻiroq sochlarini hamda koʻylaklarini hilpiratadi, ular baxtu shodlikdan entikkancha qiyqirishadi. Sening halokating, mening qorakoʻz dugonajonim, inson qoʻlida emas, sen turgan joyingda oʻlasan!» , Qaygʻuga, qattiq qaygʻuga choʻmgandi keksa olmaoy.
— Oh, Haydar Gurer, yaxshisi sen oʻsha soʻzlarni aytmasang boʻlardi. Nahotki, daraxtlar ham his qilishi, azob chekishi mumkinligini eshitmagan boʻlsang? Koʻp yillardan beri menga: «Bolajonim, azizim, birpas sabr qilginchi, manavi shoxchangni toʻgʻrilab qoʻyaman! Voy-boʻ, bu shoxingda mevang judayam koʻp ekan-ku Qanoting sinib qolmasligi uchun tirgovich qoʻyishga toʻgʻri keladi!»—deyarding. Axir, oʻzing shunday deganding-ku! Yoki esingdan chiqdimi? Yaxshisi, sen oʻzingning hukmingni e’lon qilmay tursang boʻlardi, kech kuzgacha oʻz yogʻimga oʻzim qovurilmasmidim!

Keksa olma qaygʻuga tushgandi. Demak, tanasini agʻdarib, shoxlarini butashadi, boʻlak-boʻlak qilib arralab, harbiy pudratchiga yoki hammomchiga oʻtin qilib sotishadi. Ingichka shoxlarimni esa hovlida yoqishadi. U yerda yondim nimayu bu yerda yondim nima, bari bir emasmi, lekin har holda, soldat oshxonasida yonganim foydaliroq boʻladi, shekilli. Darvoqe, yoʻgʻonroq shoxlarimni keyinchalik tirgovich yoki uzumga poya qilish uchun olib qolishadi. Albatta, undan stol, stul, shkaf yeki etajerka ishlashlarini judayam xohlardiyu, lekin odatda ular uchun daraxtning boshqa turlaridan foydalanishadida.

Boshga tushganni koʻz koʻrar! Bir qancha shoxlaring tok poyalari uchun tirgovich sifatida xizmat qilishini sezish baxt emasmi, axir? Boshqa daraxtlar uchun ham tirgak boʻlish, oʻzingning yosh doʻstlaringning ulgʻayishiga yordam berishing qanday yaxshiki! Yaqinda qoʻshnilar sening novdangdan payvand qilish uchun olishdi-ku, Ulardan ba’zilari albatta oʻsib ketishi aniq!

Keksa olma chuqur oʻyga toldi. Binobarin, Haydar Gurer bir vaqtlar: «Agar yoshlarga oʻzlarini tutib olishlariga yordam bersang, sening hayoting abadiy davom etadi!»—demaganmidi.