OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMahmud Yoʻldoshev
Asar nomiSenga oyi boʻlolmayman, Olakoʻz (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Mahmud Yoʻldoshev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Senga oyi boʻlolmayman, Olakoʻz (hikoya)
Mahmud Yoʻldoshev

Maktab boshlanishidan oldinroq maktabga ertaroq borishni hamma bolalarday men ham orziqib kutayapman. Axir, ancha vaqtdan buyon uchrashmagan joʻralar bilan uchrashaman. Ammo, ich-ichimda birinchi sentyabr tezroq kelmasa, eng boʻlmaganda yana bir ikki kun kechikibroq kelsa deyman. Buning sababi bor. Menga oq matodan shim tikib berishayapti. Nimagadir u hech bitavermaydi.

Oyim tirik boʻlganlarida bunday boʻlmasdi. Eh oyijonim. Mana, bir yarim yildan oshayapti, biz dadam, buvim, bu yil ikkinchi sinfga boradigan singlim bilan birga turamiz. Buvim qari, kun boʻyi urinib faqat bizga osh qilish va non yopishga kuchi yetadi.

Biz bu qishloqqa yaqinda koʻchib kelganmiz, bir kishining hovlisida yashayapmiz. Oʻzimizning qishloq dashtda, dadamning ishlashi uchun bu yerga, suvlikorga koʻchib keldik. Dadam har kuni ertalab ishga chiqib ketadida, kun qorayganda kirib keladi. Bu yerda hammaning hovlisida sabzi, piyoz, kartoshka uzumi bor. Biz ham ozgina sabzi va biroz piyoz ekkanmiz. Buvim sabzi va piyoz ekilgan joyning atrofiga oshkadi ekdi. Ular juda katta palak otar ekan. Oshkadining orasiga tushgan bodringlar kattarmasdanoq ularni biz singlim ikkalamiz uzib olib yeb turdik. Qoʻshnilarnikida bodring pomidorlar koʻpu, ammo har kuni soʻrayvermaysanda. Mol haydab chiqqanda bolalar qoʻllarida bodring, pomidor, uzum, olma ushlab chiqishadi.

Bari bir men kutmaganim boʻldi, oʻqish ham boshlandi, ammo birinchi sentyabrga yangi shim kiyib borolmadim. Ezilib qancha yigʻlab olganimni bilsangiz edi, buvim ham yigʻladi, ammo nima ham qilamiz, qoʻlimiz kalta emish.

Maktab boshlanishga boshlandiyu, ammo bolalar paxtaga chiqib ketdi. Yoʻq, bir kun oʻqidik. Ikkinchi sentyabrdan hamma paxtada. Faqat birinchi, ikkinchi va uchinchi sinflar tushgacha oʻqiydi, tushdan keyin ular ham paxtada. Men ich-ichimdan eski qishloqdagi maktabimizni qoʻmsab ketdim. Axir biz u yerda paxtaga chiqmasdik. Tushgacha oʻqib tushdan keyin bekor edik.

Paxta terishga juda qiziqib tushdim. Ammo, tushgacha tergan paxtam bolalar terganining yarmicha ham boʻlmapti. Sinf rahbarimiz sal koyiganday boʻldi, ammo birinchi bor paxta terayotganimni eslab boʻlsa kerak, «tushdan keyin yaxshilab harakat qil», deb qoʻydi.

Bolalar bilan birga oʻtirib ariqning boʻyida tushlik qildik. Hamma oʻzi bilan olib kelgan narsalarni umumiy dasturxonga qoʻydi, ba’zilarning olib kelgan oqvatlari mening ishtahamni ochib yubordi. Ammo umuman olganda men unchalik uyalmasam ham boʻlar ekan.

Bari bir mening olib kelgan narsalarim boshqalarnikidan ancha kamligini koʻrib ancha uyaldim, shuning uchun tushlik qanchalik shovqin suron bilan oʻtmasin biroz tortinibroq ovqatlandim. Keyinchalik bolalar mayda mayda guruhlarga boʻlinib ketishdi. Paxta terishning ham oʻziga yarasha gashti, urf odati, qonun qoidalari bor ekan. Sinfimizning bolalari bir sinfdan boʻlishiga qaramasdan yoz boʻyi mayda-mayda guruhlarga boʻlinib paxta terishar va birga oʻynashib birga ovqatlanar ekan. Men hali u guruhda, hali bu guruhda aralashib yurdim. Bari bir hech bir guruhda ham oʻzimni erkin seza olmadim, boshqa qishloqdan kelganligim hali sezilib turar edi. Ammo koʻpincha qizlar orasida, qizlar guruhida koʻproq boʻlardim. Buning sababini keyinchalik sezdim.

Gʻamgin, gʻaribona kamtar koʻrinishim, boshqalarga ma’yus qarab turadigan katta-katta koʻzlarim qizlarga yoqar ekan. Mening paxta terolmasligimni, dashtdan kelganligimni bilib olgan katta sinf qizlari oʻz guruhlarida koʻproq olib yurishar edi. Ular orasida yurib tezgina laqab ham orttirdim. Keyinchalik hamma mening ismimni aytib emas «Olakoʻz» deb chaqirishadigan boʻldi. Dam olishga oʻtirganlarimizda ular meni tinmasdan she’r oʻqitar, buncha koʻp she’rlarni yod bilishimga hayron boʻlishardi. Men esa gʻamgin yoshligimning hamrohi boʻlgan kitoblardan yod olgan mungli she’rlarni ularga yoddan aytib berishni oʻzim ham yoqtirardim.

Yoshligimdan kitoblar orasida oʻsganman, uyimizda eski gazetalar, dadam qaerlardandir olib kelgan eski jurnallar koʻp boʻlar edi. Ularni bir boshidan oʻqish va ichidan topilgan she’rlarni yodlash men uchun qiyin ish emas, aksincha oʻta yoqimli mashgʻulotim boʻlar edi.

Buvim eskicha kitoblarni ham oʻqishni oʻrgatgan edi. Lutfiyning bayozi, «Ming bir kecha» va boshqa uyimizdagi koʻplab kitoblar mening yoshligimni bezagan. Ammo eskicha kitoblarni oʻqiy olishimni uydagilarimizdan boshqa hech kim bilmas, bu haqda oshkora gapirilmas edi. Buvimning aytishiga qaraganda yetti avlodim kitobga tikilib va kitob titkilab oʻtgan odamlar boʻlgan ekan.

Nima ham boʻldiyu, bir kuni bir bola bilan sal jigʻillashib qoldik. Men bir musht urgan boʻlsam u ikki musht urgandir, har holda janjal paxtazorda qoldi, ammo oʻsha-oʻsha men butunlay katta sinf qizlari qaramogʻiga tushib qoldim. Ular meni oʻz panasiga olib paxta terishimda yordam berar, shirin-shirin mevalar bilan siylashar shu bilan birga she’r oʻqitishni ham kanda qilmas edi.

Qizlar orasida menga eng yoqadigani, eng chiroylisi, eng terimchisi va menga oʻxshash gʻamgin ruhda yuradigan Oysuluv xolam haqida uzoq yillar oʻtishiga qaraasdan bugunlari oʻylasam ham yuragim ezilib ketadi. Xolam deyishimning sababi, u kishi buvimning aytishiga qaraganda uzoqroq qarindoshimiz ham boʻlar ekan. Biz bir birimiz bilan tanishib olganimizdan keyin doimo birga yuradigan boʻlib qoldik. Oysuluv xolam bu yil maktabni bitirishi kerak. Har kuni menga bir ikki etak paxta beradi, qornim och toʻqligidan ham xabar olib turadi.

Odamning bu qadar mehri iliq boʻlishini ilgari bilmas ekanman. Buning sababi balkim oyimning yoʻqligidan va qaysi bir sabablar bilan Oysuluv xolamning meni yaxshi koʻrishidandir. Nima boʻlganda ham paxtazordan oyimni topib olganday ruhda yuraman, menga paxtaga chiqish oyimning oldiga borishday bir holatga aylanib qoldi.

Tong ertalab dalaga kelgandan Oysuluv xolamni topamanda, uziq yuliq uydagi yangiliklarimni aytib beraman, dadam qaerdandir topib kelgan kitobni fartugimdan chiqarib Oysuluv xolamga sirli koʻrsataman. Kitobni olib biroz varaqlaydida, «mallimlar koʻrib qolishmasin», olib qoʻyishadi, deb paxta terishga tushib ketadi.

Men ham paxta teraman, ammo mening tergan paxtam sira-sira oʻnmaydi. Keyingi paytlarda oʻqituvchilar qattiq-qattiq urishadigan ham boʻlishdi. Ayniqsa bir marta dalada kitob koʻtarib yurganimni koʻrib qolishgandan keiyn bu hol ayovsiz tus oldi. Nima ham qilardim. Paxta dalasi kitob oʻqiydigan joy emas. Toʻgʻrida, paxta oz terilsa oʻqituvchilar ham gap eshitishsalar kerakda.

Paxta dalasida yurgan bolakayda nima yangilik boʻlardi, kundalik yangiliklar aytilib boʻlganidan keyin Oysuluv xolam mendan oyim toʻgʻrisida juda koʻp soʻrar, u kishi toʻgʻrisida qanchalik koʻp gapirsam shunchalik berilib tinglar edi. Ayniqsa oyimning dadam bilan muomalalari, ularning bir birlarini sizlab gapirishlari haqida soʻrar, biron voqeani eslab aytib bera boshlaganimda, kutilmagan savollar bilan voqeaning tafsilotlarini soʻrashni yaxshi koʻrar edi. Oyim kasal boʻlib yotgan paytlari dadamning qishda qovun topib kelgani, bunga oyimning quvongani Oysuluv xolamning xayollarini parishon qilib yuborganiniga hayron boʻlib kuzatganman.

Bir kuni Oysuluv xolam bilan ertalabdan paxta terishga tushib ketdik. Kundalik yangiliklar aytilib boʻldi. Men bir agatning hali boshidaman, Oysuluv xolam ikki agatni tozalab qaytib kelmoqda. Biz qarama qarshida uchrashdik va yana nimalarnidir gaplashib turgan edik, mening koʻzlarimga birdan yosh kelib ketdi. Chunki qarshimda turgan Oysuluv xolam birdan oyimni juda-juda eslatayotganini koʻrib qoldim. Ikkalamizning ham etagimizda paxta bor. Men emranib borib Oysuluv xolamning etagidan ushladim, xola menga juda-juda oyimni eslatayapsiz, menga oyi boʻlsangiz qanday yaxshi boʻlar ediya, deb yuborganimni oʻzim ham bilmay qolibman.

Xolam seskanib tushdi, ammo meni birdan bagʻriga bosib mungli bir ovozda «senga oyi boʻlolmayman Olakoʻz», dedi.