OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMahmudxoʻja Behbudiy
Asar nomiOq yelpogʻichli chinli xotun (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/jadid adabiyoti
Boʻlimlar
   - Jadidizm
Mualliflar
   - Mahmudxoʻja Behbudiy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/31
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Oq yelpogʻichli chinli xotun (hikoya)
Mahmudxoʻja Behbudiy

Sungʻiy mamlakati aholisidan Chungʻichin nom zot bir adib bor edi. Bu olami fanogʻa inonmas va har zamon andin pirovoz va rihlat etmoqqa toliblik qoʻlidan kelmas edi. Oni uchun jonini ovuntirmoq uchun xayolilar fikr va befikrgʻa xotur etkuvchi ishlargʻa ruju’ etmoqla oʻziga tasalli berardi. Vafotidan soʻngra dunyoni nekbaxt va mahsudlaridan hisoblandi.

Chungʻichin Xitoy muzofotlaridan birinda nomi Havo togʻining etaklarinda kezar ekan, birdan oʻzini bir mozoristonda koʻrdi. Oh, mozoriston — ming-ming nomuntazam tepachalar sado va nidodin xoli maxsus zamini ma’volar (boshpana, makon). U tepalar ostinda chor va nochor inson yotarlar edi. Ufqi jadid sari tamoman mushtagʻil (band) qabrlarni koʻrar-koʻrmaz sayyoh shu fikrgʻa botdi. Afsus, butun tiriklik hayot yoʻlini oxiri kelib yetgan joyi budur. Bu iqomatga mavt va manzilga xomushona bir karra kirildimi yana qaytmoq mumkin yoʻq. Boq xotimai hayot na oʻldi? Chin ahli faqat bir tiriklik bilar. U hayotki shu’lai shams ila munavvar, havoi sof ila ihotadur. Chin faylasufi bu fikrlargʻa sirona qabrgʻa-da yurar ekan, libosi motam kiymish yosh bir xotungʻa rost keldi. Bu xotun yangidan tepalangan bir qabr kanorinda oʻlturub qoʻlinda yelpogʻichi lukurni yelpiyur va ham doimiy yelpiyur.

Bu qadar ajib bir harakat sababini anglamoq shavqina tushub, sayyoh yosh bonugʻa odob-la salom berdi.
— Xonim, o, bu mozorgʻa yotgan kimdur, na uchun shu tufroqni muttasil yelpimak zahmatigʻa giriftorsiz, soʻramogʻim mumkinmi?

Mani faylasufim har ish sababini bilmoqchi, ammo sizning bu amalingiz aslo ihota tafakkurimgʻa kirmaydur, dedi. Bechora xotun yelpogʻichni yelinmoqda muttasil lo-yan qat’i davom etardi. Xotun qizardi, boʻzardi, boshini oldingga engkdi. Faylasuf behuda yergʻa savolini takror aytdi. Motamkash xotundan javob eshitmadi va aslo quloq bermay jonining bor quvvati-la yelpogʻichni harakatga kelturub turar edi.

Chungʻichin u mahaldin mutaassufona ayrildi. Xotunning illat va sabab harakatini bilmay orzusidin hamda shiddatlik orzusidin oʻzini saxlab bilmoq edi. Shabparrak qanoti kabi mutavalli harakatlanib turmish yelpogʻichga har zamon doʻnub eng chuqur va mutahayyirona bir-fikr ila boqib bechora faylasuf aslo bir shay anglamayur edi. Asnoi tahayyurda muqobilinda bir ojiza chiqib faylasufni bir qabr kanorigʻa imlab, shu soʻzlarni soʻyladi: «Eshitdimki, xonumdin savol soʻrdingiz, ammo javob ololmadingiz. Man orzungizni daf’ etarman. Ammo muqobili umid aylarmanki, siz ham manga bir necha pul bersangizki, borib, umrumni uzun boʻlishi uchun duoxonlardin bir tumori sehrangiz olayin». Chungʻichin kissasidin oqcha chiqardi va a’juza xotun ham bu mojaroni soʻyladi:

«Qabr kanorinda koʻrganingiz shu xotun Lu ismlik xonimdur. Uzun bir bemorlikdin oʻlmish To’u nominda bir adibni bevasi va u qabr oʻlgan erining qabridur. Er va xotun yaki digarini shiddatlik bir ishq va muhabbat ila sevarlardi. Hatto, oxirgi nafasinda To’u xotunidin ayrilmoq kulfatidin shikoyat etar, goʻzal bu xotinini hanuz bahor hayot va husnini sitoratlik zamonda tashlab ketmoq dardi fikrigʻa soʻzan urardi. Lekin na chora, muqtasi’ qadrga tobe’ boʻldi, boshqa iloj yoʻq.

Bemorlik holida Lu xonim xasta To’uning boshidin hech ayrilmas, eridin soʻngra dunyoga tirik qolmaslikni va bolin hayotgʻa ishtirokidek qarorgʻa, mamotgʻa ham sherik boʻlushini ahd ila bayon ayladi. Lekin To’u munga javoban: «Zinhor xonim buyla ahd va yamin aytmangiz«, — der edi. Xotun: »Agarda sizdin soʻngra sheriklik balosiga giriftor boʻlib, koʻzlaringiz yumulganidan soʻngra shu ziyoi oftobni koʻrmoqgʻa majbur boʻlsam, yaxshi bilingki, boshqa birovning xotini boʻlmoqgʻa aslo roʻyi rizo koʻrsatmayman», — deb javobini berdi.

To’u: «Xonim bonu, zinhor bu fikrdan voz keching,—derdi. To’u xonim: «Ey To’u, qoʻyingiz asror etmangiz, bori besh sanagʻacha uylanmaslikgʻa ahd etoying».

Lekin bu safar deya To’u: «Bonu, bunday ahd etmang, faqat mozorim ustidaki tufroq quriguncha qadar mani unutmaslikka ahd etsangiz kifoya...»

Lu xonim muni uchun mahkam ahd etdi. To’u ikkinchi ochmaslik uchun koʻzini yumdi. Bonu kadaridin devona kabi boʻldi. Xumor va xitoyi koʻzlaridin dumu’ (koʻz yoshlari) otashin shashqator joriy, xumoi (isitma, kasallik) shadid (shiddatli) mahdumlari kabi oʻzini shash jihata etardi bedard-bedavo.

Dunyo odati uzra har shay kechar. Bu sil gʻamum va baroi hujumda kechdi-ketdi. Oh-nolalar kechmas, faqat kelmasun — To’uning vafotidin uch kun soʻngra Lu xonimning koʻzi bir ma’qul sifatgʻa kirdi. Shuylaki erini shogirdlaridin bir javon (yosh yigit) ta’ziyatga keldi. Qadrdon shogirdni oh va oh ila qabul etdi. Bu javon nihoyat muzayyan (bezangan) bir chehra sohibi edi. Asnoi mukolamada bir oz To’udin va koʻbroq bonudin bahs etdi. Bekaning latofat andomidin, goʻzalligidin va ziyodasi-la xushlaganidin bayon etdi. Xonim ham andin mamnun va rozi qoldi. Javon shogird yana kelishini va’da ila vido’ etdi.

Bir vido’i umidvoriy...

Sodiq ul-va’da Lu xonum u va’dalargʻa intizoran, koʻrganingiz, qabr ustigʻa keldi. Kunlarni yelpogʻich shamoli-la eri qabrining tufrogʻini qurutub ahd etmoqgʻa vaqf etar...» Kampir hikoyani bitirar-bitirmas faylasufingiz shu fikrgʻa botdi. Umr qisqa, yoshlik shirin, yosh xotun va erlarni zavq havolargʻa uchirar. Har holda Lu xonim soliha bir xotun emishki, ahdini paymol etmak istamaz.

Intiho

Ey qori, hikoyaning hosili mundin iboratdur. Adabiyot jadidai mustaqbala (kelajak zamon) mizga raqamidin yodkori xayr iltifotigʻa yetsa, xoʻjandi shoir muhtaram Sayriy afandigʻa bir tuhfadur. Mutolaasigʻa tanzil buyursalar, shoyadki, rishtai nazma chekilsa, bizu sizdin bir xotirai mustaqbala qolurdi. Bu dahmi she’r bilmam qalbimdin chiqdi. Muqaddam shoir emas edim:

Bu olami hama hayhot behuda,
Naqshi zar ob paymuda (omonat)...[1]

1909 yil, dalvi devona, Samarqand, Mahmudxoʻja ibn Behbudxoʻja.

  1. Hikoya «Tasodif» deb nomlangan debocha bilan boshlanib, unda ushbu yozilish tarixi berilgan. Muallif 1909 yil qish (dalv —20 yanv.—19 fevr.) kunlarida goh oʻgʻli Mas’udxoʻja bilan turli darsliklar mutolaa qilar, goh sihhat, mantiqqa oid kitoblarni, goh esa turli badiiy asarlarni koʻzdan kechirar ekan, bir kuni nogoh mazkur hikoyaga duch kelib qoladi. U buni oldin ham koʻrgan edi. Behbudiy asli xitoy adabiyotidan olingan ushbu hikoyani oʻz qalbi va qalami bilan oʻzbek oʻquvchisiga taqdim etmoqchi boʻladi. Hikoya «Turkiston viloyatining gazeti»da 1909 yilgi 12-sonida e’lop qilingan. 1995 yil «Vatan» gazetasining 28-sonida yosh tadqiqotchi Halim Sayid kichik soʻzboshi bilan qayta chop etdi. Hikoya H. Sayid nashri asosida tayyorlandi.