OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMalika Boyxon
Asar nomiTekin dori (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Malika Boyxon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Yoshlik» jurnalining 2012 yil 5-sonidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tekin dori (hajviya)
Malika Boyxon

Voy, nimalar deyapsiz, ovsinjon. Oʻlar boʻlsam oʻlib boʻldim-ku. E-e-e, sizda nima tashvish, uyingiz boshqa, joyingiz boshqa. Keling, mundoq oʻtiring, hammasini oʻz koʻzingiz bilan koʻrasiz. Yaxshi koʻrinsin, deb divanni shu yerga joylashtirganman. Ana, ana keldilar bizning qarib quyulmagan qaynotamiz. Naq Majnun deysiz. Hamisha qoʻllaridagi toʻrvaxalta toʻla. Qarang-qarang, oʻn yil koʻrishmagandek, yelkalaridan quchib soʻrashadilar. Kampirshoyam shu kunlarda rosa ochildilar. Bunaqa parvarish kimga ham yoqmaydi, deysiz. Ora-chora guldasta ham olib keladilar. Hay ovsin, bular umuman otasiga tortmagan. Qarang-qarang, choy uzatishini koʻryapsizmi? Xuddi bir haftalik kelinchakday, yetti bukilganlariga oʻlaymi, oʻzi shundogʻam belni zoʻrgʻa tutadilar.
– E-e-e, ovsinjon nimasini aytay, koʻrib kuyib ketaman, ana hayot, ana muhabbat... Xaltani ochyaptilar. Bu yogʻi endi ochil dasturxon: baliq deysizmi, tabaka deysizmi... Ana aytmadimmi. Endi tomoshaning zoʻri boshlanadi: «Sen je, men je». Nimasi yaxshi, voy tavba, «doʻstingdan top» degani shu boʻlsa kerak-da. Voy-voy-voy, nimasi yaxshi, bu muhabbatga toʻla hayot sahnasining ishtirokchisi emas, quruq tomoshabini boʻlishning nimasi yaxshi?! Ha, hozir, soʻppayib kirib keladilar. Ana, koʻzingiz uchib turuvdi, keldilar. Bu kishi ham toʻgʻri «bogʻi safo»ga yoʻl oladilar. Shu-shu, ota-ona duosini olish kerak, savil. Nilu, choy qoʻy, dadang keldi. Non yoʻq boʻlsa, tishingni tishingga bosib chidab tur, ana dadangga tutqazishyapti. Bu yoqdagilarga boʻlaveradi. Voy-voy, tarang qilganlariga oʻlaymi, ichlarida jon-jon deb turibdilaru. Qaerdan kelardi, ovsin, jiyan-japo, kelin-kechak deganday. Bilasiz-ku bular oʻzi it urugʻ. Rostiyam shu-da. Biri keladi, biri ketadi, hech kim quruq kelmaydi. Ha, endi bizga ham dengizdan tomchi deganday, yetib turibdi. Voy, ana kelyaptilar, endi bizning sahna boshlanadi.
– Assalomu alaykum, dadajonisi, kelyapsizmi charchamay? Ishlaringiz yaxshimi, ha, juda yayrab oʻtiribmiz. Nimalar deyapsiz, kunda oʻn marta xabar olaman-ku, koʻrdingizmi, hamma yoqni chinniday qilib tozalab berdim. Voy nimasi minnat, qanaqa minnat. Xoʻp, mana oʻchdim. Gapirmadim. Oshxonaga oʻtavering, bolalaringiz kutib oʻtirishibdi. – Nilu, dasturxon tayyorla. Boshim naq yorilay deyapti. Yuragimga qil sigʻmaydi. Hamma narsa yetarli, oshib-toshib yotibdi, lekin bir chimdim mehrga zorman. Na otasi, na bolalari qadrimga yetadi. Kundan-kunga ahvolim ogʻirlashib boryapti. Qaerim boʻlardi, oshqozonim tinimsiz ogʻriydi, yara boʻlganmi deyman? Ustiga-ustak dorilar zahardan qimmat. Tekin dori deysizmi, qaerda bor ekan?! Nima-nima? Osoyishtalik... Bunaqa dorini endi eshitishim.

– E-e-e, qoʻysangiz-chi, oshqozonga asabning nima aloqasi bor. Yeganim yoqmaydiyam, yuqmaydiyam. "Ayb siz yegan narsada emas, sizni yeyayotgan narsada» deysizmi? Meni nima yeydi, oʻlay agar, tushunmadim. Hay toʻxtang, qayoqqa ketyapsiz, shoshmang, mundoq odamga oʻxshab ochiqroq gapirmaysizmi? He, odam boʻlmay oʻl, kelib-kelib shunga hasrastimni ochdimmi? Nimaga kelganakan oʻzi? Vo-o-oy, «oʻgʻlim mashina oldi» dedimi, «qaerga desangiz olib borib-olib keladi, kelinoyisi» emish. Voy-voy-voy! Oshqozonim yomon sanchdi-ku! Nilu, dorim qaerda, hoy yashshamagur, dorini top deyapman...