OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMarat Sharipov
Asar nomiFaqat ehtiyot boʻlinglar! (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Marat Sharipov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Faqat ehtiyot boʻlinglar! (hajviya)
Marat Sharipov

— Sizlarni bu yerga yigʻishimdan maqsad, muhim bir masalani hal etish, — dedi Mingboyev oromkursiga yanada yaxshiroq yastanib olar ekan. — Bilasizlar, anchadan buyon birgalikda suv kelsa simirib, tosh kelsa kemirib kelyapmiz. Ammo soʻnggi kunlarda bir oʻy menga sira tinchlik bermay qoʻydi. Otam rahmatli: «Oʻgʻlim, halol ishla» der edilar. Keyingi paytlarda shu gapni koʻp oʻylaydigan boʻldim. Sovgʻa-salom niqobida olayotgan jaraq-jaraq pora pullarimiz toʻgʻrisida oʻylab koʻrish fursati yetmadimikan? Necha yillardan buyon tinimsiz olamiz. Oʻzi bermasa, majburlab ham choʻzdiramiz. Menimcha, bunga chek qoʻyishimiz kerak-ov. Nima dedinglar?

Toʻplanganlar orasiga ogʻir jimlik choʻkdi. Anchadan soʻng Toshyutarov horgʻin xoʻrsinib soʻz boshladi.
— Gapingiz balki toʻgʻridir. Lekin, toʻxtatishga sal erta emasmikan? Yana hech boʻlmasa bir yil olaylik, keyin nima desangiz rozimiz.
— Mirza akaning gaplarida jon bor, — deb uni quvvatladi Joʻrayev. — Menimcha, birdan toʻxtatsak boʻlmas, yana ozgina vaqt kerak. Bu yoqda kenja xotin mengayam mashina olib berasiz, deb mingʻirlab turibdi.
— Dala hovlilarimizni bitkazib olsak ham mayli edi, — xoʻrsiniq bilan dedi Boybuvayev.
— Tushunayapman, tushunayapman, — dedi piyoladagi sovub qolgan choyni hoʻplarkan Mingboyev. — Lekin odam yoshi oʻtgan sayin qoʻrqar ekan-da. Axir, «Yemoqning qusmogʻi bor» deb bejiz aytishmagan. Qolaversa, biz bir-birimizga bogʻliq boʻlgan «zanjirmiz». Bittamizga shikast yetsa, qolganlarimiz ham sharaq-shuruq «uzilib» ketamiz. Xudo koʻrsatmasin, qopqonga tushib qolsak bormi, bor-budimizdan ajrab qolamizmi deyman-da. Koʻryapsizlar har kuni «menman» deganlar gumburlab qulayapti, «koʻki» ham, «sarigʻi» ham ularni qutqarib qololmayapti. Shuning uchun vaqt gʻanimatida etagimizni yigʻishtirib olaylik. Nima, shu qarorga kelish menga oson deb oʻylaysizlarmi? Uzatilmagan ikkita qizim bor hali...
— Toʻgʻri gapni aytdingiz, — deya uni quvvatladi Togʻayev. —Tumshugʻimizdan ilinmasimizdan yigʻishtirishimiz kerak. Hamma narsaning ham chegarasi bor. Ana, kecha televizorda koʻrsatishdi. Qayerdadir pora bilan qoʻlga tushgan bir guruh poraxoʻrlarni umr boʻyi qamoq jazosiga hukm etishdi.

Yigʻilganlar orasida birdan jonlanish sezildi.
— Yoʻgʻ-e, oʻsha yoqlarda ham pora bor ekanmi?
— Boʻlganda qandoq, — iljaydi Toshyutarov. — Gazetada oʻqidim, biz eng rivojlangan mamlakat deb yurgan joylarda ham pora bor ekan.

Xonaga bir necha daqiqalik sukunat choʻkdi.
— Qurgʻur oʻzi yaxshi narsada, — xoʻrsindi kimdir.

— Demak, boshqa davlatlarda ham pora olish bor ekan, denglar, — oʻsmoqchiladi Mingboyev. — Nachora, xorij tajribasini oʻrganishga toʻgʻri keladi. Faqat, ehtiyot boʻlinglar!