OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMarchello Venturi
Asar nomiBiz hech qachon unutmaydigan yoz (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Italiyan adabiyoti
Boʻlimlar
   - Neorealizm
Mualliflar
   - Marchello Venturi
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonKarim Bahriyev
Hajm13KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Biz hech qachon unutmaydigan yoz (hikoya)
Marchello Venturi

— Bu sening bolangmi? - askar koʻrsatkich barmogʻini nuqib soʻradi.
— Ha, - dedi dehqon.
— Bu esa - xotining? - soʻradi nemis.
— Ha, - dedi dehqon.

Yoz edi.
— Men bolani yaxshi koʻradi, - dedi askar. Quyosh dalalardagi bugʻdoyni va oʻrmonlardagi archalarni jizgʻanak qilib yondirardi; u Pistoyya togʻlarida koʻmilib yotgan dehqon uylarini kuydirardi.

Qariyalar: «Bunaqa jazirama yozni biz umrimiz bino boʻlib koʻrmagan edik», - derdilar.
— Meniki uyda koʻp bolalar bor, - dedi askar. Uning qoʻllarida yuk aravasining gʻildiraklaridan yechilgan charm kamera bor edi. U charmni jilvir qogʻoz parchasi bilan qirtishlab tozalardi. Peshonasidan ter quyilardi. Juda jazirama yoz edi, 1944 yilning yozi.
— Xotin, bola bor, - dedi askar. Soʻng tishlarini gʻichirlatib kuldi.

«Yo, tangrim, - oʻyladi dehqon, - ular rostdan ham boshqa odamlarga sira oʻxshamaydi, aslo». «Ular kulganda ham qanaqadir boshqacha kuladi», - oʻyladi dehqon.
— Menga bolalar yoqadi, - dedi askar charmgʻildiragini gʻijimlarkan. U yertoʻla tomonga kelib, argʻuvon daraxti tagiga oʻtirdi. U bir chelak suv soʻradi. Dehqon unga suv keltirdi, keyin uyining ostonasida gʻoz turdi. Uning ortida - aravasining charmgʻildiragini jilvir qogʻoz bilan tozalayotgan askarga qarab turgancha bola koʻtargan ayol.

Yoz edi. Jazirama yoz - avval hech qachon boʻlmagan jazirama yoz. 1944 yilning biz endi hech qachon unutolmaydigan yozi. Dalalarda tuproq ham ichidan nimadir kuydirgandek qurigan va yorilib ketgan, daraxtlardagi poloponlar goʻyo aqldan ozganday. Chigirtkalar tashnalikdan kunduzi ham chirillab kuyardi. Chunki saraton jazirama edi, qonga choʻmilganday qizil edi.
— Men tezda Olmoniyada, - dedi askar. - Hammasi kaput, men ham Olmoniyada.

«Kaput», - oʻyladi dehqon. Keyin xotiniga:
— Sen uyga kir, - dedi.

Oʻsha kunlarda Modenga olib boruvchi katta yoʻldan yuk mashinalari qator-qator oʻtardi. Va koʻpincha bu yuk aravalaridan birortasi toʻxtar, oq tusli nemislar kelib, tuxum, sut yoki boshqa biror-bir yegulik soʻrashardi.
— Hech vaqo yoʻq, - derdi dehqon. Soʻng xotinining qoʻlidagi bolasiga ishora qilardi.

Nemislar tunukaning shaqirlashiday temir ovozlarda goʻldiragancha omboru saroylarlarni aylanishardi. Ular pulemyot tasmalari bilan oʻrangan bu oʻq shodalarini hayitga otlangan kelin marvarid shodalarini taqqandek farogʻat bilan taqib yurishardi.
— Amerikaliklar Arnoda, - dedi nemis. Peshonasidan terni sidirdi: - Yaqinda hammasi tamom, kaput, - qoʻshib qoʻydi u.

Endi u charmgʻildirakning yagʻir joyiga yelim surqardi, dehqon esa uyi ostonasini toʻsgancha qotib qarab turardi.

Quyosh oʻz nurlari bilan bugʻdoyzor dalalarni shafqatsiz kuydirishda dovom etardi, 1944 yilning qizil yozidagi bugʻdoylar ham sariq emas, qip-qizil edi. Oʻrmonlarda qaragʻaylarga oʻt ketar, togʻ etaklarida sochilib yotgan qishloqlar ham alanga ichida kuyardi. Pastga, kenglikka qarab togʻlardan yelkasiga butun uyini ortmoqlagan erkaklar va ayollar tushib kelishardi. Tayoqning uchida loʻkillab osilib kelayotgan qora tugunchaga tugilgan uy.
— Meniki Olmoniyaga qaytish, - dedi argʻuvon daraxti soyasida oʻtirgan nemis. - Urushda hech yaxshi yoʻq.

Oʻylang: erkaklar va ayollar yelkalarida oʻz uylari, oʻzlari va oʻz marhumlarining mol-mulklari tugilgan tayoqni tutamlagancha togʻlardan ittifoqchilarning qoʻshinlariga peshvoz tushishardi. Buning sababi aslo quyosh emasdi. Maxsus nemis toʻdalarining olovotar qurollari edi. Hozir eshik kesakisiga suyanib charmgʻildiragini tuzatayotgan nemisga qarab turgan dehqon ham kun ketidan kun sanab, uning dalasiga ham bu otash tushishini, hosilini yamlab, uyini vayron qilishini kutardi.

«Chunki bu bir doʻlga oʻxshaydi, - qariyalar koʻzlarini yerga tikkancha shunday derdilar. Keyin qoʻshib qoʻyardilar: - Bu yilgiday yoz hech qachon boʻlgan emasdi».

Nemis boshini koʻtardi va dehqonga tikilgancha sovuq jilmaydi. Keyin gapirdi:
— Charm kaput. Endi hech narsa kaput. Hammasi joyida, - dedi u. - Meniki ketmoq.

Dehqon unga qoʻshilgandek bosh irgʻadi.
— Lekin juda issiq, - dedi nemis. - Men kechqurun ketish. Tushunding? - soʻradi u. - Juda yegim keladi, - jaranglatib kulgancha qoʻshib qoʻydi. U charmgʻildiragini maysaga, daraxt soyasiga tashladi. Qoʻlini suv solingan chelakka tiqdi. Keyin mashinasi oʻrindigʻining tagidan latta olib, qullarini artdi. Shoshmasdan dehqonga yaqinlashdi. Undan ter shovullab quyilardi. Ter kichkina oq tomchilar boʻlib peshonadan sirgʻalar, yonoqlardan oqar, boʻyniga tomchilardi. U qoʻli bilan peshonasini sidirdi.
— Issiq, - dedi u. - Meniki oqshomni, quyosh uxlashini kutmoq.

Doʻstlar, biz 1944 yilning oqarguncha lovullagan yozini unutolmaymiz. Va yelkalarimizdagi tayoqlarda osilgan tugunchani unutolmaymiz. Oʻsha tugunchada uyimiz, toʻshagimiz, qabristondagi goʻrimiz tugilgan edi.

Yonayotgan qaragʻaylar - bizning qaragʻaylarimiz edi. Va bugʻdoy - bizning bugʻdoylarimiz edi. Daraxt shoxlarida boʻyni choʻzilib osilib yotganlar - bizning birodarlarimiz edi. Yodimizda tutaylik, doʻstlar, qanchalarmimizning otalarimizni oʻldirdilar. Bizlarni, tirik qolganlarni ham necha martalab oʻldirdilar.

— Sening tuxuming bor, suting bor? - nemis dehqonning qarshisida toʻxtab, soʻradi. Dehqon boshini quyi solib, yalang oyoqlariga, eski, seryamoq shimiga boqdi.
— Menda hech vaqo yoʻq, - javob berdi u.
— Hech vaqo? - soʻradi nemis. Endi u kulmayotgan edi; uning yuzi tundlashdi va toshday qotdi.
— Italiyaliklar doim hech vaqo, - dedi u.

Dehqon qoʻllarini yozgancha tushuntirishga tutindi:
— Sigir yoʻq, sening oʻrtoqlaring kelib, olib ketishdi. Men oʻrtoqlaringga aytdim, yosh bolamiz bor, dedim. Axir, sen uni koʻrding-ku? Men oʻrtoqlaringga aytdim: sizlar sigirimni olib ketsanglar, bu begunoh goʻdak ochlikdan tamom boʻladi. Ammo ular: biz urushyapmiz, sening yeringni himoya qilyapmiz, shuning uchun sen bizni boqishing kerak, deyishdi. Mana, ular menga nima dedilar.
— Meniki hech narsa bilmaydi, - dedi nemis.
— Sen hech narsani bilmaysan, - dedi dehqon. - Ammo men nima demoqchiligimni yaxshi bilaman. Men aytmoqchimanki, menda hech narsa yoʻq. Men aytmoqchimanki, mening faqat koʻzlarim qoldi - yigʻlash uchun. Mana, bor-yoʻgʻi ana shu qoldi. Sut esa yoʻq.
— Sut yoʻq? - soʻradi nemis. Undan avvalgiday ter quyilardi. Uning peshonasi, afti-angori, boʻyni - hammasi terga botgan. 1944 yilning yozida daryo boʻlib quyilgan terlar... Ado boʻlayotgan dalalarga termulib turgan dehqonning tomogʻi quridi. U shundoqina qarshisida turgan nemisning koʻk koʻzlaridagi sovuq nigohga toʻqnashib qolmaslik uchun dalaga qarayotgan edi.
— Unda, demak, - dedi nemis, - senda tuxum bor?

Dehqon quyoshning koʻzni qamaщtiradigan nurlari ostida gezarib yotgan keng va boʻm-boʻsh omborxonasi tomonga qoʻllarini yozgancha bosh chayqadi.
— Sening oʻrtoqlaring, - u yana tushuntirishga tutindi, - sigirni olib ketgan oʻrtoqlaring, tovuqlarni ham tortib olishdi. Yettita tovugʻimiz bor edi. Men leytenant bilan sigir borasida gaplashib turgan paytimda boshqalari ogʻildagi hamma tovuqlarni oldilar. Men buni sezib qolgan zahoti leytenantning ortidan chopdim va unga: «Yo, xudoyim, endi men nima qilaman? Bolamni nima bilan boqaman?» - dedim. Ammo leytenant: «Meniki hech narsani tushunishni istamaydi», - dedi.

Qariyalar oyoqlarining tagiga boqqancha: «Mayli, ular shu bilan rohatlanaversinlar», - derdilar.

Yelimlangan charmgʻildirak omborxonaning narigi tomonidagi argʻuvon daraxtining tagida turardi. Endi yuk mashinasi ketaverishi ham mumkin edi. Ammo nemis dehqonning oldida turardi. Uning kamzuli rasamadidagiday qalin qayish bilan bogʻlangan edi. Qayishdan esa dehqon avvallari ham koʻp koʻrgan uzun avtomatli toʻponcha-yu uning teridan ishlangan gʻilofi osilib turardi, Dehqonning nazari ana shu toʻpponchali gʻilofda toʻxtadi.
— Non, - dedi dehqon, - men senga faqat non berishim mumkin. Chunki menda ozgiga un qolgan edi. - Keyin qoʻshib qoʻydi: - Agar oʻzimiz yanchmaganimizda, bu yil hech qanaqa yegulik boʻlmasdi, chunki mashinalarni joʻnatishmadi. Senga non berishim mumkin.
— Non, - dedi nemis.
— Ha, - dedi dehqon. - Non. Yana vinobop mevalar va shaftoli. Bularni bera olishim mumkin.
— Men kirishni xohlayman, - dedi nemis, - bu yer juda issiq.
— Argʻuvon daraxtining soyasida, - dedi dehqon, - senga uydagidan salqinroq boʻladi.
— Yoʻq, - dedi nemis, uni itarib yuborarkan. - Men kirishni xohlayman.

Oʻsha 1944 yilning yozida qanchalar nemislar bizning uylarimizga yuvuqsiz oyoqlari bilan bostirib kirdilar?

Dehqon uning izidan kirdi, biz hammamiz shunday ularning izidan kirganmiz va ularning bizning xonadonimizda aylanib yurishlariga boqib turganmiz.
— Sen yuqoriga chiq, - dedi dehqon xotiniga. Ayol qoʻlida goʻdagini koʻtarib turardi, bolaning boshchasi osha kulib qoʻydi. Bu 1944 yil yozining kulgusi edi, shunchaki kulgu emasdi, haqiqiy kulgu emasdi.
— Nega? - soʻradi ayol zinadan chiqishga chogʻlanayotganini koʻrgan nemis. - Qoʻrqyapsanmi? - soʻradi u. Uni qolishga majbur qilish uchun qoʻshib qoʻydi: - Menda bolalar bor, Olmoniyada. Xotin ham. Senda qoʻrqish kerak yoʻq.

Ayol, nima qilishni bilmasdan, erining nigohini izladi va turgan joyida, zinaning pillapoyasida, bolasini bagʻriga bosgancha turib qoldi.

Xonada stol turardi. Bir necha kursi ham. Nemis oʻtirdi va choʻntagidan roʻmolchasini chiqardi. U yonoqlaridan oqayotgan terni artdi.
— Men non xohlayman, - u ayolni tinchlantirayotganday dedi. - Vinobop mevalarni ham. - Keyin soʻradi: Necha yosh? - U bolani koʻrsatdi.
— Uch, - dedi ayol, zinadan tushmay. U yuqoriga koʻtarilishni ham, xonada qolishni ham bilmasdi.

Dehqon dehqon devorga suyanib turar, qoʻli choʻntagida solingan, nigohi toʻgʻriga qaratilgandi.
— Kichkina, - dedi nemis. - Sen-chi?

Ayol yana eriga qaradi.
— Sening yoshing necha? - soʻradi nemis.
— Yigirma besh, - javob berdi ayol. Soʻng eriga yalinchoq nazar soldi. U boshqa xonaga borishni ham, nemis buyurganiday shu yerda qolishni ham bilmasdi. Uning koʻzlarida yosh qalqayotgandi va u yuzlarini bolasining boshchasi ortiga yashirishga urinardi.
— Sen goʻzal sinora, - dedi nemis, - senda qoʻrqish kerak yoʻq. Men shu yerda oʻtiraman, chunki mashina bilan issiq. Men oqshomni kutmoq, - dedi u. - Hozir nafas olish qiyin.

Oʻsha 1944 yilning yozida nafas olish qiyin edi. Biz jaziramadan va olovotar qurollar koʻtargan nemis askarlaridan boʻgʻilib yotardik. Daraxtlar mash’alalardek lovullardi. Bizning qaragʻaylarimiz. Ayollar va erkaklar qoʻylarday tentirab vohaga tushib kelardilar. Ammo ular qoʻylar emasdilar, ular odamlar edilar, tayoqqa tugilgan uylarini ormoqlagan odamlar.

Nemis papiros tutatdi.
— Mening ham, - dedi u, - xotin bor. Juda goʻzal meniki sinora. Ammo sen goʻzaroqsan, - dedi u.

Ayol koʻz yoshlarini yashirish uchun yuzini bolasining boshi orqasiga yashirdi. Yuragi qoʻrquvdan qattiq tepa boshladi. Tomogʻiga nimadir tiqildi.
— Non qani? - dedi nemis, dehqonga murojaat qilib.

Dehqon, goʻyo nogohon sarosimadan chiqqanday, sekin javonga tomon yurdi, eshikchani ochib, bitta butun non chiqardi. Pichoqni oldi. Non va pichoqni nemisning oldiga qoʻydi.

Keyin avvalgi joyiga va yana devorga suyandi, qoʻllari choʻntakka kirdi; boʻm-boʻsh koʻzlarini yana toʻgʻriga tikdi. Uning xotini ham avvalgiday zinopoyada turar, koʻz yoshlarini bolasining boshchasiga ishqalab artishga urinardi.

Nemis bizning nonimizdan bir parcha kesib oldi.
— Sen aytding - vinobop mevalar, - dedi u. - Men vinobop meva xohlaydi.
— U yoqda, - dedi dehqon eshik ortini koʻrsatib.
— Sen mevalaringni keltir, - dedi nemis.

Ammo dehqon devorga suyangancha, qilt etmay turardi. Shunda ayol zinapoyadan tushib vinobop mevalardan uzish uchun poliz tomonga yoʻnaldi.
— Men olib kelaman, - dedi u.

Nemis kursidan turib, uni toʻxtatdi.
— U boradi, - dedi nemis erini koʻrsatib.

Dehqon eshikka yoʻnaldi, ochiq eshikdan hovlidagi lovullagan yozga, argʻuvon daraxti tagida turgan charmgʻildirakka nazar soldi, keyin oʻgirildi va xotiniga qaradi. U ularning bolasining boshlari ortidan unga qarab turardi. Quyosh jizgʻanak qilayotgan oqish polizga borayotgan erini koʻrdi. Uning yuragi tomogʻiga tiqilardi.
— Issiq, - dedi nemis ayolga. U ohista yurib borib, eshikni bekitdi.
— Seniki qanaqa ism? - soʻradi u ayoldan.

Ayol tushunmadi. U faqat kimningdir qoʻli uning siynasi va bolasi oʻrtasiga suqilayotganini sezdi.
— Och! - dehqon eshik orqasidan baqirdi. - Och, nemis. Bu yerdan tirik ketmaysan.

Ayol nemis avtomat toʻponchasini chiqarganini, peshonasini artayotganini koʻrdi. Otishga tayyor toʻponcha bilan eshikka qarb borganini ham koʻrdi. Ayol koʻzlarini yumdi.

1944 yilning yozi edi. Bu voqea oʻsha yozda boʻlgan edi. Oʻsha dehqon men edim, u sen eding, qoʻllarimizda pichanxonadan, pichan tagiga berkitib qoʻyilgan joyidan olingan miltiqlarni mahkam siqib turardik. Biz hech qachon unutolmaydigan yoz lovullab turardi. Biz uni hech qachon unutmaymiz. Oʻshanda, oʻsha yozda biz otishni oʻrgangan edik.