OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Marina Svetayeva. Bolalarga maktub
 
Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMarina Svetayeva
Asar nomiBolalarga maktub
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Marina Svetayeva
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Ochiq xatlar va maktublar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOygul Suyundiqova
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
Tarjimondan: Hassos rus shoirasi Marina Svetayeva qoldirgan boy adabiy merosida uning maktublari alohida e’tiborga molik. E’tiboringizga havola qilinayotgan maktub aslida 1937-38 yillar, may oylarida yozilgan boʻlib, 1969 yilda «Yangi dunyo» (Novыy mir) jurnalining 4-sonida bosilgan. U bolalarga atab yozilgan. Maktub, uning gʻoyasi va samimiyati sizni loqayd qoldirmaydi, degan umiddamiz.


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Bolalarga maktub
Marina Svetayeva

Aziz bolalar!

Men barchangizni birdek yaxshi koʻraman, barchangiz azizsiz menga. Sizlar ham bilar kabi katta-kichik odamlarsiz. Har bir avlod, har bir nasl oʻziga xos. Mening sizlarga aytadigan gaplarim koʻp.

Hech vaqt suvni bekordan bekorga isrof qilmangiz. Xuddi shu damlarda sahrolarda kimdir suvsizlikdan jon berayotganini unutmang. Zinhor kalta oʻylamangki, men suv toʻkkan oʻsha odamga, oʻsha choʻlga yetib borarmidi deb. Suv yetib bormasa ham, oʻsha kimsa xuddi shu suvni ichmasa ham, dunyoda yana bitta qonunlarda yozilmagan jinoyat kamayadi.

Hech qachon nonni yerga tashlamang, urvogʻini ham. Uvoli tutmasin. Qaerda koʻrib qolsangiz, yerdami, oyoq ostidami, qoʻlingizga olib, qoʻl yetadigan, koʻz tushadigan joyga qoʻying. Bu dunyoda tashnalikdan madori quriyotganlar bilan birga burda nonga zorlar ham bor. Har qalay, tuproqqa, changga, loyga botib, qorishib yotgan nonni olib yetgandan koʻra balandroq joydagi toza nonni olib yeyish qulayroq, yegani oʻziga botadi. Sizni bilmasa ham duo qiladi. Savobga qolasiz.

Hech qachon telba odamlardan qoʻrqmang. Ularga duchlan-sangiz, dardiga sherik boʻling. Balkim shunda oʻzingiz ham bilmagan holda uni shu darddan bolalarcha soddaligingiz, samimiyatingiz, begʻuborligingiz, ta’masizligingiz bilan forigʻ etarsiz. Uni dilidagini topishga urining, nimani istaydi oʻzi, soʻrab biling, soʻrab koʻring. Odam taftini odam koʻtaradi, axir. Bundaylarning ustidan aslo kulmang! Boshqalar ham kulayaptilar-ku, gapirishayapti-ku, deb gunohingizni boshqalarga agʻdarmang, Oʻzingizga oʻzingiz loyqayd boʻlmang, oʻzingizga oʻzingiz ma’sul boʻling. Erkin, mustaqil fikrlashga oʻrganing.

Ota-onangizni ranjitmang. Ulardan boʻlar-boʻlmasga arazlamang, Unutmangki, ular ham sizdek qachonlardir bola boʻlishgan, vaqti-soati yetib, siz ham ulardek keksayasiz. Ota-onalaringizni erta qarishlariga, bu dunyodan bevaqt koʻz yumishlariga sababchi boʻlib qolishdan saqlaning. Ularni yerni tepib yurishlarining oʻzi katta bebaho davlat, suyanchiq.

Yoʻlingizda tosh koʻrinsa, olib tashlang. Faraz qilingki, siz chopib ketayapsiz, koʻrmay-bilmay shu toshga surinib ketdingiz. Burnimiz qonadi, shikastlandingiz. Hech boʻlmasa, oʻzingiz uchun shu toshni yoʻldan chetga olib qoʻying.

Odamlar orasida, transportlarda oʻzingizdan kattaga joy berishdan uyalmang, aksincha, bermasangiz uyaling! Moddiy tomondan ustunligingizni hech vaqt koʻz-koʻzlamang.

Raqibingiz, dushmaningizni yengsangiz, gʻururlanmang. Gʻoliblik nashidasini ichdan anglab yetishning, sezishning oʻzi-kifoya. Birovning ortidan mazax qilib kulmang, hattoki aybini, kamchiliklarini bilsangiz ham. Ayniqsa, sizni gij-gijlaganlardan qoching, ular sizni gij-gijlab qochib ketishadi.

Sinalmagan otning yonidan oʻtmang. Oʻz uyinggizga tosh otmang, bu uy siz bilan qoladi, oʻzgalar uyiga sizni baribir kiritishmaydi, sigʻmaysiz, ortiqchasiz ularga.

Kitobni varaqlaganda, varaqni yuqori qismidagi uchidan ochib boring.

Nega deysizmi? Chunki kitob oʻqilganda pastdan yuqoriga emas, yuqoridan pastga qarab oʻqiladi.

Tamaddi qilayotib, likopchangizni oʻzingizga yaqinroq, qulayroq qoʻying. Bexosdaan dasturxongami, qarshingizdagi kishigami, tizzangizgami toʻkilib ketmasin.

Maboda, sizga bularning bari romantika deyishsa, ulardan soʻrab koʻring: «Romantika nima oʻzi?» Shunda ular tilini tishlab qolishadi, ilmsizliklarini bildirib qoʻyishadi. Faqat fikrlay olmaydigan odamlargina shunday savol berishadi. Siz ularga Jukovskiyning oʻlmas, buyuk soʻzlari bilan javob bering: «Romantika - bu yurak».