OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMarina Svetayeva
Asar nomiPasternakka maktublar
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Marina Svetayeva
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Ochiq xatlar va maktublar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOygul Suyundiqova
Hajm10KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
Tarjimondan: Marina Svetayeva - ulugʻ rus shoirasi, uning betakror ijodida zamondosh shoirlarga yozgan maktublar alohida xususiyatga ega. Ularda oʻsha davr nafasi, ijod, she’riyatning qismat ekanligi ufurib turadi. Xususan, e’tiboringizga havola etilayotgan Boris Pasternakdek katta shoirga yozilgan maktublarda shoir shaxsi aks etadi.


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Pasternakka maktublar
Marina Svetayeva

Pasternak!

Siz mening birinchi shoirimsiz. Tirik shoirim. Sizning ertangi kuningizga oʻzimnikiga ishonganday ishonaman. Beqiyossiz, shoirim.

Pasternak men hayotimda koʻp shoirlarni koʻrdim:: kattasini ham, kichigini ham. Ular she’r yozuvchilar edi, hatto ajoyib qilib yozib qoʻyishardi.

Vassalom. Ularning birontasining manglayida shoirlik qismatini koʻrmadim. Bu qismat, mashaqqat olis-olislarga borib yetguvchi, yondirguvchidir! Shoirlikni yorliq qilib olganlar ham koʻp ekan, aytgancha ular juda osonlik bilan turmush sinovlaridan yengiladilar. Ular soʻzlarning kushandasi, ayni chogʻda, umrlarini ham bexudaga yerga sovuradilar.

Qiziq, xuddi shu narsa ularni qoniqtiradi, qoniq-tiradigina emas, toʻydirib yuboradi. Hatto haddilaridan hm oshib ketishadi bu toʻqlik bois. Endilikda ular she’r yozishni hordiq chiqarish usuli deb qaray boshladilar. Yoki shunchaki sayrga chiqishganday qoʻliga qalam oladilar… Ayni chogʻda shoir boʻla olmaganliklari uchun ham xudbinlashadilar: yozgan-chizganlari uchun toʻlov talab etadilar, toʻlov! Bular-tavoze, ta’zimlar, lagnbardorlik, tiriklik chogʻidayoq qoʻyilgan haykallar. Men ham xushomadni qoyillatdim-ulardan ketdim.

Men shoirlarni ishtaha bilan ovqatlangisi kelganda yaxshi koʻrib ketardim. Negaki, ular ham oddiy odamlar. Ularga ham kimdir mehr bilan enagalik qiladi, kimdir shirin taomlar pishiradi. Shunday shoirlar oldida shoirligimni unutardim. Ilhom parisiga emas, aynan enagaga aylanardim. Shoirligimni esga solishsa, tonardim.

Qizigʻ shundaki, avvaliga men ularning she’r yozishiga ishtiyoqini koʻrib, daholarga tengladim. Oʻzimning tantiq qalamimga qaradim. «Men ham shoirmanmi? Men yashayapman, xolos. Quvonaman, yigʻlayman, mushugimni sevaman, she’rlar hm yozaman. Mana, Mendelshtam, mana, Churilin. Ularni shoir desa boʻladi».

Shunday holat yaraldiki, mendan hamma oʻzini olib qocha boshladi. 1912 yildan (oʻshanda 18 yoshda edim) 1922 yilgacha bironta toʻplamim nashr etilmadi. Holbuki, qoʻlimda beshta kitobga yetarli qoʻlyozmalarim bor, taxt.

Yaxshisi sizga qaytaylik, Pasternak, yuragi toza shoirsiz. Bundaylar kam yoki boshqa yoʻq. Siz Bayron kabi ertasi bor dahosiz. Zamondoshlarim orasida faqat sizga shu quvonchimni ishonch bilan ravo koʻraman. Bu yerda gap na men, na sizda. Na mening, na Sizning gunohingiz bor bunda. Siz bundan yuz yil oldin hayotdan koʻz yumganligingiz uchun aybdor emassiz. Gap nimadaligini tushunib turibsiz. Odamlar ruhoniyga emas, xudoga sigʻinadilar. Men ham sizga emas, sizdagi ruhga sigʻinaman. U sizdan-da ulugʻ va buyuk, ishonaman, unga rashk qilmaysiz.

Kuzning soʻnggi kunlarini Sizga, hayolingizga bagʻishladim. Hatto mutolaaga qoʻlim bormadi. Yaqinda Pragaga yoʻlim tushdi. Bizning kichikkina namxushgina poezd stantsiyasiga gʻira-shirada, hali tong otmasdan yetib bordim. Qorongʻu platformaning u yogʻidan bu yogʻigacha boraman-kelaman, qanday uzoq masofa! Chirogʻi yoniq ustunlarning biri oldida toʻxtadim. Sizni chaqirdim: «Pasternak!» - yonma-yon turib uzoq suhbatlashdik darbadarlarcha. Men Sizni hamisha ikki joyda koʻrib qolishni juda istardim: Veymer va Kavkaz. Bu-xayol ogʻir…

Oʻsha kuzda Sizni chorlaganim-oʻzim ham tizgingiz tuygʻular izmida edim. Ich-ichimdan shuni hohladim. Sizni, yuragingizni chorlash hamisha sirlarni chorlashday oson va zavqli, chunki ularning qachon, qaerda boʻlishini bilmaysan hech qachon!

«Vokzalga« va »Pasternakka». Bu bir xil hodisa, tushuncha, holat. Men vokzalga emas, Sizga borardim. Tushimda uchayotgan yoʻllar, balandlik yerga tegmayotgan oyoqlar. Stantsiyadan uzoqlashib, poezdga oʻtirdimmi, bas, oʻzimga kelardim, hushimga kelardim. Siz mening hayotimga kirmagansiz. Men hech qachon hech yerga ataylab bormaganman. Pragaga yoʻlim tushmay qolgan damdan boshlab, Siz ham tugadingaz. Neki boʻlsa - boʻlib oʻtdi, aytdim. Hamisha, hamisha, hamisha. Pasternak, hayotimning barcha vokzallari, taqdirimning chiroqli ustunlari, ravon yoʻllar uzra - mening chorlovim. Sizing tashrifingiz.

Kitobingiz qoʻlimda. Pasternak, bir oʻtinchim bor: «Loʻlilar shunday boshlaydilar» she’ringizni menga bagʻishlang. (Xayolimda aytayapman, uzr.) Tuhfa eting menga shu she’rni. U faqat menga tegishli ekanligini his etay. Toki hech kim u meniki deya oʻylay olmasin, haddi sigʻmasin.

Pasternak, Siz sirli chiziqlarga yashiringansiz. Sizni «omma« tushunmasligini unga nokeraksan, deya qaraganlarining mohiyati shunda. Sizda shohonalik yohud sarkardalik hislati bor. Peshonangizga Pasternak dahosining chiziqlari topilgan. Sizni sevmaslar Sizdan qoʻrquv hissini tuyadilar. Kimdir "Ortda qolish"dan choʻchiydi, kimdir-hujumga shay, faqat qoʻrqoqlarcha, zimdan. Ammo sizni bilmoq, sizni anglamoq ne sir…Buni hatto men bilmayman. Balki Pasternak ham bilmas. Pasternak harflarni teradi, yozadi, yarim tunda yogʻdusida anglab yetadi. Axir, tongda uni unutib yuborishadi-ku. Dunyoda esa boshqa olam ham bor, Pasternak. Bu - bolalik yozuvlari. Boshingizni egmang, tik turing! Ana, qarang, Sizni "Politexnika zal"ingiz kutib turibdi! Ikki safardan buyon xatlaringiz ogʻir, juda ogʻir. Sababi- odamlar Sizni siqib qoʻyibdi. Siz uchuvchisiz! Kengliklar farzandisiz. Uchib keting. Tangrining oldigi boring, daraxtlarga yaqinlashing. Bu lirik emas, shifokor maslahati. Odamlar shaxar tashqarisida bekorga yashamaydi. Germaniyada bu osonroq kechadi hozirgi kunda. Birdan hamma istagan istaganingizga yetishasiz. Kitoblar, daraxtlar, daftarlar, havo, orom, qadr. Mana bu yer xatingizdagi eng ogʻriqli joy: oʻylaysizki, »men achchiq va siqiq» tuygʻularni oʻldirmoq oʻyida Berlindan tashqarida yashayotibman! Yoʻq, aksincha!

Berlin meni talab boʻldi, qoʻllarim boʻsh, yoʻllarim yopiq, ruhim chilparchin.

Qalam ahli-xarob! Yaratganda esa hamisha bir narsani soʻrayman, shu hayotimni koʻp koʻrma. Butxonali quduq, jilgʻalar tovushi, baland choʻqqim, echkilarim, daraxtlarim, daftarlarim, Seryoja va Alya. Sizning va S.Volkonskiy kitoblaridan meni ayirmasin.

Men haqimdagi oʻzgalar quloq solmang. Doʻstlarimnikiga ham! Negaki, men koʻplarning joniga tegdim. Sevdim-sevmay kuydim, oʻstirdim-koʻndim. Ularning bari-bariga tantilik bilan omonlik tilayman.

Siz ularni tinglamang. Soʻzlarim ogʻir, beshafqat, biroq haqiqat!

Qadrli Pasternak!

Men bu gal Sizning yozuvlaringiz mabodo vaqt va qogʻoz yetsa, oʻzim haqida yozmoqchiman. Kitobingiz - olov. Avvalgisi, jala edi, bunisi gulxan. Ushladim - qoʻlim kuydi. Oʻqidim - dilim yondi, vujudim, ruhim chatnadi, toblandim. Tunlarim ham kunlarim ham yoʻq. Yolgʻiz - Siz. Men - yigʻuvchiman. Oʻzimdan olaman kuchni. Oʻzimni oʻzim talab, yeb boʻlgandan soʻnggina orom topaman.

Azizim, Pasternak! Sakrashga izm bering. Siz favqulodda hodisasiz, Siz hech narsaga koʻnmay yashay olgansiz. Aslida, Tangri Sizni eman daraxtiday qudratli va yengilmas qilib yaratganu, odamga aylantirgan. Sizni chaqin ham, pul ham, balo ham urmaydi. Bu - qismat.

Siz - she’rsiz ham shoirsiz. Sizning - suhbatingiz shoir, chehrangiz shoir. Nima uchun har bir she’ringiz eng soʻnggisiday jaranglayveradi, tuyulaveradi? «U shundan soʻng bir satr ham yozmadi». Siringizmi bu?

Sirlar. Birinchisi, soʻzga boʻlgan ishtiyoqingiz. Bu dadil, bu-manba. Ishtiyoq - bu, tanglikdan, umidsizlikdan chiqa olish uslubi. Tovushni soʻzdan ham kuchliroq sevasiz, shovqin tovushdan ham qudratli. Chunki, unda hammasi mujassam. Siz - soʻzlar tutqunisiz. Siz soʻzlar diyorida qilib boʻlmas ishlarga qoʻl urasiz. Siz nishonga olib boʻlmas shoirsiz. Sizni xudo saqlaydi.

Ikkinchisi. Siz tomoshabin emas, taqdir boshqaruv-chisisiz. Gʻaroyib xislatlaringiz she’laringizda harakatlanadi, jonlanadi, yashaydi. Bilasizmi, Pasternak, siz katta ishga bel bogʻlashingiz zarur. Bu - Sizning ikkinchi hayotingiz. Birinchisi, xudo bergan umr. Yoza boshlasangiz, barcha ogʻirliklar koʻtariladi. Kishanlar yechiladi ruhingizdan, ozod boʻlasiz. Hech kim va hech narsani sezmaysiz. «Ogʻirligingiz» shundaki, siz odamlarga, she’rlarga, zoʻrma-zoʻraki suqilib kirmoqdan zoʻriqib ketmoqdasiz. Bularning bari befoyda. Bu bilan mushkulotlaringizni hal qila olmaysiz. Eshiting, bir marta berilgan umrda necha yoshgacha kirishingiz ahamiyatli emas, muhim emas. Gap - qanday yashashda! Bu dunyoga kim toʻyibdi, kim armonsiz ketibdi, kimning ishi bitibdi, deysiz! Oʻzingizni qogʻoz va qalamga topshiring. Aks holda, ilhom daqiqalari telbalik soatlariga aylanib ketishi hech gap emas.

Lirik she’rlar - harakatning oniy lahzalari. Bolaligingizdagi aylanuvchi koleydoskoplarni eslaysizmi? Harakatni koʻz oldingizga keltiring, burasangiz bas shiddatli burilish. Lirik - bu yoʻnalish, olisdan qora boʻlib koʻrinadi. Tikilib qarasang, nuqtalar orasidagi masofalar havosiz kengliklarga olib boradi. Mana, nima uchun siz she’rdan she’rgacha oʻlib borasiz. Bu - har bir she’r eng soʻnggisi degani.

Roman, poema, hatto maqolalarning oʻz qonuniyatlari bor. Ularda bunday holatga duch kelmaysiz. Chunki kitob yozuvchini, yozuvchi kitobni, qahramonlar esa kitob va yozuvchini boshqarib boradi. Ayniqsa, qahramonlar juda yashovchan boʻlishadi. Sira oʻlishni istashmaydi. Siz ham nasrda yozasiz deb, eshitganim bor. Bolalik haqidamikin … Oʻqib koʻrmaganman, qoʻlimga tushmadi hali. Moskvada bu bu haqda oʻzingiz soʻz ochmaganmidingiz? Yo Lilitdan eshitdimmi? Gelikon gapirganday boʻldimi? Nima boʻlganda ham menga bu haqda yozib yuborishni unutmang.

Endi kitob haqida. Eng sevimli she’rlar - Margarita. «Bulut, yulduzlar. Va yonboshdan…«, "Men ularni unutaman" - va oxirgisi. Ulardan olov ufuradi, olov. Qachondir, qaerdadir, nimadir yozilishi tabiiy, gap bu haqda emas. Kitobingizda »Umri boqiy» she’rlar shu qadar koʻpki, ular yetti qavatni yorib, bosh koʻtarib chiqa oladilar. Ayta olasizmi, qaysi kitobingiz siz uchun birinchilarning birinchisi, oʻsha kitobni yoza olganmisiz?