OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Marina Svetayeva. Qayliq (ocherk)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMarina Svetayeva
Asar nomiQayliq (ocherk)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Marina Svetayeva
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Ochiq xatlar va maktublar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOygul Suyundiqova tarjimasi

Hajm10KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
Tarjimondan: Mashhur rus shoirasi M. Svetaeva (1892-1943) XX asr qiyofasini butun quvonchlari, ranglari, ziddiyatlari bilan kuylay oldi. Ulugʻ rus shoirlari A. Blok, A. Axmatova, B. Pasternak, S. Yesenin va boshqalar bilan bir davrda yashab ijod qildi.
e’tiboringizga uning shaxsiy hayotiga oid «Qayliq» ocherkini havola etdik. Bu ocherk «Soʻnggi xabarlar» kundalik gazetasi (Parij, 1933 yil 15 oktiyabr) da bosilgan. Unda yozuvchi A.K. Vinogradov (1888-1946) haqida soʻz ketadi. U Svetaevlar oilasiga tanish shaxslardan biri, badiiy-avtobiografik asarlar muallifi. Garchi bitik ocherk deb atalsa-da, undan Marinacha ehtiros, keskinlik suratlari koʻrinib turadi.



iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qayliq (ocherk)
Marina Svetayeva

U na meniki, na Asyaniki boʻla oldi, chunki hech birimizning koʻnglimizga oʻtirmadi. Bizdan katta opamiz allaqachon uyli-joyli. Boshi ochiq boʻlganda ham, ungayam yoqishga mutlaqo ishonmayman. Qayliq yosh, kelishgan boʻlmasa-da, istarali. (odobli, axloqli, begʻaraz, sanasa ancha fazilatlari bor-a! Ammo biz bilan qovushib ketolmadi…) Ayniqsa, unga kelajagi bor, degan gap chippa yopishadi. Hamma gap-mana shu kelajakda, buni yaratish biz-otamizning turmushga chiqmagan ikki qizidan birining zimmasida edi. U bizga sovchi qoʻydi, koʻnglimizni olishga urindigina emas, ostonamizda yotib oldi. Nimaga oʻxshatsam ekan? Qassob atrofida girdikapalak mushukday. Bu mushuk toʻq edi, anchagina toʻq. Uzun boʻyli, basavlat bu yigitdan gʻalati yoqimsiz hid kelardi. Teri ostida toʻplangan yer osti suvlari bilan bogʻliq nimalardir bor edi.

Koʻzlari tiniq edi. Gʻoyat sof halol edi. Bir juft boʻm-boʻsh ifodasiz boʻshliq sizga qarab turibdi. Bolalikda bunday koʻzlarni samoviy deyishardi. Nima uchun ayollarning bunday koʻzlari suv parisinikiga qiyoslanadi-yu, erkaklarniki halollikka? Ular halollik kafolati deb talqin etilsalar-da, aslida eng dogʻuli insonlarda uchraydi. Ular xuddi shu koʻzlari bilan yuqorilaydilar! Oʻquvchilik, kuyovlik, direktorlik… Qoʻysangiz-chi, odam bunday koʻzlar bilan unday ishlarga, deya e’tiroz bildirmang. Yoʻq, aynan shunday beozorgina koʻringan koʻzlar sizga tik, kiprik qoqmay qaraydi, nigohingizni chillak oʻyinidagiday oʻrab, chirmaydi.

Lablari boshqacha, koʻzlari boshqacha soʻzlaydi. Men barini bilaman, degan suvrat bor lablarida.

Qayliqning suv bilan yana bir uygʻunligi-Oka uchrashuv joyimiz. Daryo boʻyidagi Tarusa shaharchasida uning ota-onasiga tegishli dala hovli bor. Bu yerga ilk qadam qoʻyishimizdayoq qadamimizni gumonsirash, xavfsirash ta’qib qilgan.
-Nimaga shunday boʻlayapti-a?-bahslashardik opa-singil Tarusadan oʻzimizning Qumsohil toʻlqinlariday yastangan qirlardan chopqillab, chiqib-tusharkanmiz. –Biz haqiqiy knyaginyalar, mashhur aktrisalar emasmiz-ku! Ajabo, hozirgi holatimizda nimamizga qiziqadi?
-E’tibor berdingmi, har bir soʻzimizni qoʻllab-quvvatlashgani yetmaganday, zavqlanib hi-hilashadi ham?
-Ayniqsa, otasi.
-Ayniqsa, onasi.
-Tolya, Tolya-chi, tamshanib, yutinib oʻtirdi. Asya, ont ichamanki, barisi seni, seni deb!
-Bema’ni gaplaringni qoʻy. Agarda u shunday qilgan boʻlsa, faqat sen tufayli, chunki men sendan yoshman. Turmushga chiqishimga erta hali. Senga esa atigi bir yil qoldi.

Tolyaning joni-dili hammom edi. Tarusagami, Moskvadagi mehmondorchilikka chaqirishsa borsak, singlisi Nina boʻsagʻadayoq:
-Tolya hali yoʻq. Hammomda Sizlarga bildirmasligimni oʻtindi. Doʻstligimiz haqqi aytyapman buni, - deya shivirlardi.
-Hammom mujigi,-derdi Asya achchiqlanib. –Unga she’r yozishdan koʻra savdogarlar qashlagichi bilan qashlanib oʻtirish koʻproq yarashadi. Bu kabi ruhoniyni sevib turmushga chiqqandan koʻra, sevmasang-da podshoga erga tekkan ma’qul. Bu bechoraga-ku sevgiyam yarashmaydi.

Tugʻilgan kun ziyofatlari! Katta zal, oppoq, toʻkin dasturxon, hashamatli stol atrofida xizmat qilayotgan bizning uy xodimamiz-nemis ayoli, navqiron, qadrdon chehralarni oralab-oʻtib, oqishroq malla soqol-moʻylovli Anatoliy Asya ikkovimizning nigohimizni ovlash bilan ovora. Koʻzlari goh menga, goh singlimga uchib qoʻndi.
-Marina! Sirli orzularimiz uchun! Asya!
-Nima-a-aa?!
-Xudo haqqi, bolaginam, bunday chinqirma!
-Ajoyib yigit-da, - hazillashardi uning har bir tashrifidan soʻng bizning nemka. –Bosiq, tavozeli, yaxshi hulqli. Afsus, basharasi sal… Gimnastika bilan shugʻullansa edi. Koʻproq qora olxoʻrining sharbatini ichish kerak.

Anatoliylar xonadonining oqsochi-odmigina, joʻngina ayol esa Tolyani jini suymasdi.
-Asenka, hech qachon, hech qachon unga turmushga chiqmang! Qorni toʻq, rangi oq. Koʻzlari moviy boʻlsa-da, ishonmang u koʻzlarga! Bunaqalar albatta kaltaklashadi. Yoki loʻttivozlik qilib, chimchilab koʻrishadi. Hech boʻlmasa, ignalar bilan sanchib-sanchib olishadi. Chunki ularning yuragi ilonnikiday sovuq, juda sovuq.

Qayliq bir yil davomida bizning oʻrtamizda chayqalib yurdi. Nihoyat, Asyaga moyilligi koʻrindi. Singlim hali judayam yosh, koʻrkam, quvnoq. Ular oʻrtasida jonli devor Tolyaga past koʻrindi. Men bilan uning orasini muqaddas Yelenaning metin qoyalari toʻsib turadi.

Toʻrt qatorli bagʻishlov she’rlari, koʻzlarni qayirmoqqa uringan oʻtkir nigohlar, ammo Asya barini keskin rad etdi.
-Asya, qachon oʻzingizga nomunosib davralarni, allaqanday Grisha va Mishalarni tark etasiz? Qachon ulgʻayasiz?
-Siz uchun ulgʻayishga toqatim yoʻq.
-Qachon aqlingiz kiradi?
-Siz uchun aqlim kirishini mutlaqo xohlamayman.
-Bunchalar gʻoʻr, bunchalar yoshsiz!
-Sizga yoqmaydimi? Hamisha shunday boʻlib qolaman.

Moskvada Tolyaning ishlari yomonlashgandan yomonlashdi: Tarusa quchogʻida mish-mishlar suv boʻlib oqdi. Okaning oʻzi ularni qayliqqa yetkazib turdi: kecha kim bilan qaysi teshik qayiqda uning oʻn uch yoshli qayligʻi sayr etdi, kim bilan qumda oʻtirib olib, tonggi soat uchga qadar ovozi boʻgʻilib qolguncha Transval, Transval, mening yurtim,-deb qoʻshiq aytdi… Qizigʻi shu ediki, tanishuvlar, uchrashuvlar haqida Asyaning oʻzi birinchi boʻlib suyunchilar edi:
-Men bir realist bilan tanishib qoldim. Tolya, uning koʻzlari qop-qora-Pushkinnikiday.
-Pushkinning koʻzlari moviy edi,-mingʻillardi Tolya.
-Aldayapsiz, Tolya, moviy koʻzlar faqat sizgagina tegishli. Uning ismi Pasha, men uni posho deyman. Shunday deyishni yaxshi koʻraman. Axir Turkiya va Misr sultonlari, harbiy sarkardalarni shunday atashgan-da.
-«Urush va tinchlik» dagi Anatoliyga oʻxshasangiz ham mayli edi. Ammo siz Levinga ham oʻxshamaysiz…
-Sizga bunday jiddiy kitoblarni oʻqishga hali erta ruxsat berishmoqda,-uning soʻzini boʻlardi Tolya, oʻzining kimga oʻxshashligini tinglashga ortiq toqati qolmay.
-Sizga oʻxshagan kitobni-chi? Erta emasmikan? Yaxshisi, sizday kitoblarni oʻqimagan ma’qul.

Oʻsha kunlarda dadam bilan oramizda shunday suhbat boʻlib oʻtdi:
-Dada, sizga Anatoliy yoqadimi?
-Yangi qorovulimizmi?
-Yoʻq. Qorovulimiz-Anton, u esa-talaba, Tixonravov.
-A-a-aa… U uzoqqa borolmadi, chogʻi? Undan gʻalati yoqimsiz hid keladi.

Yillar oʻtdi. Bizga atab ekilgan yongʻoqlar boʻy koʻrsatdi, ularga qoʻshilib oʻzimiz ham oʻsdik.

Biz soʻnggi sinflardamiz, soʻnggi bosqichdamiz. Kutilmaganda Tarusadan Asyaga xat tashuvchi maktub olib keldi. Tolyaning yozuvi. Ochamiz: jimjimador harflar orasida yanchilgan semiz kapalak qurtining rasmi.
-Ahmoq,-dedi Asya sovuqqonlik bilan.
-Avtoportret,-aniqlik kiritdim. Rasmnng tagida oʻzingizni oʻzingiz va men uchun asrang, degan yozuv.
-Surbet. U menga shunday xat yozishga haqqim bor deb, oʻylabdi-da! Shu yerning oʻzida maktub orqasiga: Mulkingizni qaytarmoqdaman, menda sizga atalgan hech narsa yoʻq, boʻlmaydi ham, deb yozib qaytarib joʻnatdi.
-Ehtiyot boʻl, Asya, u hali bizga bu kapalak qurtini eslatib qoʻyadi!

Kapalak qurti ma’shum boʻlib chiqdi. U Anatoliy bilan Asya oʻrtasidagi ittifoq boʻlishi mumkinmasligini ta’kidlovchi eng soʻnggi qalin qora oʻchmas chegara edi. Shu qishda Asya Boris ismli yigit bilan tanishib, tez orada unga turmushga chiqdi.

1921 yil, bahor. Asya Feodosiyadan yaqindagina qaytdi. U 1917 yildan buyon oʻsha joyda yashayotgan edi. Soʻnggi yillar oʻtlarni qaynatib kun koʻrdik. Singlim ozgʻin, haminqadar kiyingan, ammo oʻsha-oʻsha tinib-tinchimas.
-Marina! Muzeyga ishlashga boraman!
-Esingni yeb qoʻyibsan! U yerda hozir direktor-Anatoliy.
-Anatoliy direktormi? Hatto bizga uylanmay ham shu martabaga erishibdi-da. Baxti kulibdi yigitning!
-Risoladagiday oyimqizga uylangan.

Risoladagiday oyimqiz? Hoziroq Muzeyga boraman! (Soʻz ularning otasi-I.V.Svetaev tashkilotchiligida qad koʻtargan (1898-1912) Rossiyadagi ilk tasviriy san’at muzey haqida bormoqda. U 1913 yilda yurak xurujidan vafot etdi).

Asya borib keldi.
-Kirib bordim. Otamning oʻrnida oʻtiribdi, qilt etmadi, turmadi ham. –Kelganingizga ancha boʻldimi?-Kecha. –Nima istaydilar?-Muzeydan ish. Boʻsh oʻrinlar yoʻq. –Shunda men unga juda qisqa, ammo chertib:-Ehtimol, men uchun topilib qolar? Tolya, baribir oʻylab koʻring,-dedim. Oʻylab koʻraman. Biron narsa topilganda ham sizga toʻgʻri kelarmikin…-dedi. Marina, shunda xotini kirib keldi, taqillatmasdan, bemalol, oʻz uyiga kirib kelganday. Yoshgina, xushroʻygina-chindan ham koʻzga yaqin. Qoʻgʻirchoq deysan-tirnoqlari, tirsakchalari, qoʻsh etakli oq koʻylakchalari. U bizlarni tanishtirmadi ham. Meni oʻtirishga taklif ham etmadi. Suhbat, voqealardan karaxtlanib, oyoqda tik turdim.

Asya gapirayotib jilmaydi.

Hafta oʻtib, direktor imzosi bilan bildirish xati keldi. Asya kutubxonaga shtatdan tashqari xodim etib tayinlangan edi. Oyligi esa… arzimas. Asya muzeyda oʻn yil ishladi. Shundan toʻqqiz yarim yili Anatoliy rahbarligida kechdi. Noma’lum sabablarga koʻra, kunlarning birida undan direktor oʻrnini boʻshatib qoʻyishni soʻrashdi. Biroq u nima qilganda ham, otamning oʻrnida oʻtirib ketdi.

Anatoliy hozir-yozuvchi. Uning kitoblari eng yaxshi qogʻozlarda chop etilardi. Muqovalari qalin, qizil matoli hoshiya chiziqlari bor. Xorij hayotidan yozadi. Shunaqa, u bizga uylana olmagan boʻlsa-da, yozuvchi boʻla oldi. Faqat-qanday yozuvchi?