OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMark Tven
Asar nomiShlyapadagi sariyogʻ (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Amerika adabiyoti
Boʻlimlar
   - Realizm
Mualliflar
   - Mark Tven
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOʻroq Ravshanov
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Shlyapadagi sariyogʻ (hikoya)
Mark Tven

Qish oqshomlaridan biri edi. Qishloq magʻozasi mudiri doʻkonini bekitmoqchi boʻldi. Derazalarni yopayotib ichkarida yurgan odamga koʻzi tushdi. U shkafdan bir funtcha sariyogʻ oldida, shlyapasiga soldi. «Bir boplayki, oʻgʻirlik qilganiga pushaymon boʻlsin», deya ahd qildi mudir.
— Ha, Set?— dedi u eshikni ochib.

Set eshik tutqichini ushlab, tashqariga chiqishga shaylanib turardi.
— Qani, mundoq oʻtir-chi, borasan-da uyingga. Shunday sovuqda issiq xonaga ne yetsin.

Set nima qilishini bilmay qoldi. Juftakni rostlamoqchi boʻlgandi, mudir yelkasidan tutib, pechka yoniga — yogʻ solingan boʻchkalar orasiga oʻtqizib qoʻydi.
— Xoʻ-oʻsh, endi doʻkonni ozgina isitamiz,— dedi u va pechkaning eshikchasini ochib, tarasha qaladi.— Yaxshilab isinib olmasang, sovqotib qolasan.

Set nogoh yogʻning eriyotganini sezib, oʻrnidan irgʻib turdi.
— Hali isiganing yoʻq, Set,— dedi mudir beparvo.— Oʻtir, gurung qilamiz.
— Vux, juda isib ketdim...
— Oʻtir bunday, shoshilib qayoqqa borasan.
— Mollarga qarashim... Yem solishim kerak, axir!..
— Shoshma, Set, mollarga boshqalar qarar. Bechora Set! U nima qilishini bilmasdi. Sariyogʻ

erib, koʻz va yuzlariga oqib tusha boshladi. Mudir esa hech narsa koʻrmagandek gap sotar, pechkaga tarasha tiqardi.
— Ajoyib oqshom boʻldi-da!..— dedi u.— Set, nega shlyapangni yechmaysan? Isib ketibsan-ku. Ke, shlyapangni ilib qoʻyay.
— Yoʻ-oʻq!— deya qichqirib yubordi Set.— Yoʻq! Men ketishim kerak! Meni chiqarib yuboring. Mazam qochyap-ti... Ketay, axir!..

Yogʻ boyoqishning boʻyniga yetib kelgan, hatto tuflisi ichiga sizib tushmoqda edi. U bamisoli yogʻ toʻlgʻizilgan togʻorada choʻmilardi.
— Nima derdim,— dedi mudir istehzoli jilma-yib,— ketmoqchi boʻlsang, mayli, ruxsat.

Set oʻrnidan turgach, qoʻshimcha qildi:
— Set, xafa boʻlma, ozgina ermak qildim-vaqtichogʻlik uchun. Shu bois sendan yogʻ puli olmayman. Xayr. Kep-tur.

Xato oʻxshatish

Doʻstim ikkimiz Nuy-York yaqinidagi Salomanka bekatiga sal kechikib yetib keldik. Bekat sahnida yoʻlov-chilar gʻuj-gʻuj, odamga liq toʻla poezdga chiqib olish uchun yelib-yugurishardi.

«Mendek mashhur yozuvchini ham shunday qisishadimi odamlar», deya oʻylab, kassaga zoʻrgʻa yaqinlashdim. Chip-tafurush yigitdan xos vagonga ikkita chipta soʻradim. U: «Chipta yoʻq», deb, tuynukni qarsillatib yopdi. Qoʻyarmidim, bekat boshligʻini topib, undan xos vagondan joy olib berishni iltimos qildim.
— Joy yoʻq! Meni bezovta qilmang!—U orqasiga oʻgirildi. Bu qiligʻi kaminaga ogʻir botdi.
— Men bilan bu ohangda gaplashishlariga sabab shuki,— dedim doʻstimga oʻzimni oqlamoqchi boʻlib,— ular meni tanishmayapti. Tanimasni esa siylamas deydilar. Agar Mark Tvenligimni bilishganida...
— Tushingni suvga ayt,— dedi doʻstim gapimni boʻlib.— Oʻylaysanki, agar ular kimligingni bilishsa, poezddan senga yoʻq joyni topib berishadi.

Doʻstimning soʻzlari oʻlganning ustiga tepgan boʻldi. Yana oʻsha boshliq huzuriga kirdim va oʻzimni tanishtirdim:
— Men — Mark Tven...
— Sizga aytdim-ku,— deya gapimni boʻldi u,— boshqa bezovta qilmang!

Boshliq yana orqasiga oʻtirildi. Najot kutib atrofga qaradim va bir hammol meni kuzatib turganini sezdim. U vagon ogʻasining qulogʻiga nimadir deb shivirlardi. Vagon ogʻasi hovliqib menga yaqinlashdi.
— Yaxshimisiz? — dedi u takalluf bilan.
— Poezdga chiqmoqchimisiz?
— Ha,— dedim xursand boʻlib.— Lekin joy masalasi...
— E, u masala ham, oʻziyam zoʻridan. Tom, buyoqqa kel,— deya hammolni chaqirdi u.
— Bu kishining jomadonlarini bizning vagonga olib bor. Qani, ketdik.

Tom bizni xos boʻlmaga joylashtirib, dedi:
— Agar xizmat boʻlsa, bemalol.
— Xoʻ-oʻsh, chiroq xira ekan, shuni boshqasiga almashtirsang,— dedim.
— Bir ogʻiz soʻzingiz,— dedi hammol ta’zim bilan. Hammol chiqib ketgach, men hamrohimga gʻoʻdaydim:
— Xoʻsh, doʻstim, endi nima deysan? Mening Mark Tvenligimni bilgach, ularning muomalasi oʻzgardimi, a? Mark Tvenning obroʻyini koʻrib qoʻy!

Shunday deyishim bilan boʻlma eshigi oldida hammol paydo boʻldi.
— Bilasizmi,— dedi u yaltoqlanib,— koʻchadayoq koʻ-zimga issiq koʻringandingiz, janob Makkellan.
— Hm...— dedim yerga qarab.

Hammol kaminaning qoʻlidan tangani oldi-da, koʻzdan gʻoyib boʻldi.

— U seni Nyu-York hokimi janob Makkellan deb oʻyladi, shekilli,— dedi doʻstim qotib-qotib kular-kan.— «Koʻchadayoq koʻzimga issiq koʻringandingiz, janob Makkellan». Xo-xo-xo!..