OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMas’uma Ahmedova
Asar nomiBillur guldon (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Mas’uma Ahmedova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/02
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Billur guldon (hikoya)
Mas’uma Ahmedova

Katta imorat pastida bozor qiziydi. Qoʻshni kampirlar pastakkina kursichalarda oʻtiradilar, ermak qilib, savdo qiladilar. Oldilarida turfa buyumlar yoyilgan, rang-barang pufaklardan tortib, banka qopqoqlari-yu, chinni idishlar...

Birov paypoq toʻqigancha oldidagi eski qoʻgʻirchoq, sirli kastryulga ahyon-ahyon oʻtib qolgan oʻtkinchilarni chorlaydi. Birovi oldidagi narsalarni uyoq-buyoqqa surib qoʻygan boʻladi. Birov beparvo, qoʻllarini chalmashtirganicha oʻtiradi.

Shu yerdan oʻtib ketayotgan qiz beixtiyor toʻxtab qoldi. Ana shu eski buyumlar orasida bir guldon uning e’tiborini tortdi. Qiz engashib qoʻliga guldonni oldi. Billur guldon nafisligi, bezaklari koʻzini yayratdi. Asta barmoqlari bilan guldonni chertdi. Guldondan koʻngil tubiga borib tegadigan ajib nozik ovoz taraldi.
— Ehtiyot boʻl, qizim, — dedi qotmagina kampir unga yuzlanib. Aftidan, kampir idish egasi boʻlsa kerak, kuyunchaklik bilan qoʻshib qoʻydi: —Bunaqa billur hozir topilmaydi. Chexlarniki. Oʻhoʻ, buni bir paytlar erim olib kelgandi. Shunday qimmat, shunday qimmat... Rosa koyigandim oʻziniyam

Qiz guldonni qoʻlida avaylab tomosha qildi. Billur quyoshda jilva qildi.
— Qancha deyapsiz? — soʻradi qiz guldonni qoʻlidan qoʻymay.

Kampir yutingancha indamay qoldi.
— Qancha? — qiz uni eshitmadi, deb oʻylab savolini takrorladi.
— Matveevna, senga gapiryapti, — kampirning yonida oʻtirgan hamrohi uni turtib dedi. — Aytsang-chi narxini.

Kampir goʻyoki guldonni qaytib olmoqchiday, beixtiyor qoʻllarini qizga silkidi.
— Guldonni rostdan olmoqchimisan?
— Olmasam, soʻrarmidim, buvijon, — dedi qiz kulib.
— Bu guldon ne-ne baxtli kunlarni koʻrmagan... — kampir xayolga toldi.— U baxt keltiradi.
— Mayli, baxt keltira qolsin, shuning uchun ham sotib olmoqchiman-da, — dedi qiz yana miyigʻida kulib. — Axir qancha narxi?

Kampir oʻylanib qoldi.
— Klava, savdosi kelganda, nega jim oʻtiribsan, aytsang-chi?

Kampir qizga yuzlandi:
— Guldonni qaytib bera qoling, qizim.

Qiz hayron boʻlib qoldi. Atrofdagilar ham unga taajjublanib qarashdi.
— Sotishdan aynidingizmi? Yo puli yetmaydi deb oʻylayapsizmi? — dedi qiz jon-dili bilan.
— Yoʻq, yoʻq....
— Jinnimisan, Matveevna, nega bunday qilyapsan? — dedi unga hamrohi kuyunib.
— Guldonni sotmoqchi emasman... fikrimdan qaytdim.
— Ie, nega? — dedi qiz ajablangandan-ajablanib. — Sotmoqchi boʻlmasangiz, nega olib chiqdingiz?

Atrofdagilar ham chuvillashib ketishdi.
— Bera qoling... — kampir dedi qizga yolvorib, goʻyoki u guldonni olib, qochib ketadiganday.

Qiz noiloj istamaygina guldonni unga uzatdi.

Kampir guldonni shosha-pisha olib, qogʻozga oʻradi.

Qiz orqasiga qaray-qaray nari ketdi.