OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMatnazar Abdulhakim
Asar nomiZohiriy faqr, botiniy qudrat
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Matnazar Abdulhakim
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Maqolalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm11KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/28
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2004 yil 51-sonidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Zohiriy faqr, botiniy qudrat
Matnazar Abdulhakim

Muhammad Rizo Ogahiy hazratlarining qalamiga mansub «Ash’ori forsiy» manzumalar turkumi muborak an’analar asosida bitilgan, mohiyatan tasavvufiy she’riyatning ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan ohanglarda ijod etilgandir:

Yo rab, sening tufaylidir martaba, ashku ohimiz,
Sen aybimizni ayla avf, kechir bizim gunohimiz.

Shoirning «Ta’viz-ul-oshiqin» devonining tarkibiy juzvi boʻlmish «Ash’ori forsiy» turkumining dastlabki gʻazali mana shunday matla’ bilan boshlanadi. Ushbu misralardan ayon boʻladiki, shoir qalamga olgan mavzularning mavzui, insonni kamolotga sazovor qiladigan fazilatlarning manbai, unga barcha ne’matlarni turli vositalar orqali tuhfa etguvchi Allohdir. Modomiki, bizning bir-birimizga qilgan ezguliklarimizni yuzimizga solib, ta’na qilishga haqimiz yoʻq, bil’aks, bu ezguliklarga bizni sazovor etishga vositachi qilib tanlaganligi uchun, avvalo, Allohdan, qolaversa, bir-birlarimizdan minnatdor boʻlmogʻimiz, minnatdorligimizning mantiqiy natijasi oʻlaroq, shukronalik tarzida, mazkur yaxshiliklarimizni yana ham ziyoda qilib hamda mustahkamlab bormogʻimiz kerak boʻladi.

Ogahiyning talqinicha, bundan boshqa yoʻl tanazzulga mahkumdir, gumrohlikka eltguvchidir. Shuning uchun ham har bir odam faqat mana shu yoʻlni izlamogʻi, mana shu yoʻldan yurmogʻi kerakdir.

Sargashtamiz biz bir umr ayriligʻingda dasht aro,
Qil iltifot, koʻyinga eltsin bizi rost rohimiz.

Yuqoridagi misralardan tagʻin ayon boʻladiki, bu «rost roh»ga, ya’ni toʻgʻri yoʻlga musharraf boʻlishning birdan-bir iloji — tinimsiz riyozatdir. Modomiki, shoir «Sargashtadirmiz bir umr ayriligʻingda» deb yozayotgan ekan, demak, bu toʻgʻri yoʻlga mutlaq tushib olish nihoyatda mushkul, shuningdek, lozim boʻlgan fazilatlarning fazilatidir. Shoir fikricha, bu muvaffaqiyatga bir umr toʻgʻri izlanish tufayligina erishiladi.

Navbatdagi bayt ham ma’rifatga, ya’ni ilohiy yogʻduni koʻngil koʻzi bilan ilgʻash tufayli erishiladigan ma’naviy jamolga bagʻishlangandir:

Gʻam tunida qolib keturmiz, oh, biz saharsifat,
Qorongʻudan forigʻ etib, yorut, ki, subhgohimiz.

Ma’rifattalab har bir inson uchun eng qoʻrqinchli hol bu — jaholat zulmatiga tutqun boʻlib qolishdir. Shuning uchun ham, ushbu baytda lirik qahramon Allohdan yorugʻlik iltijo qiladi. Bu baytda qorongʻilikdan ozurdalik bilan yorugʻlik umidi bir-biriga uygʻun boʻlib ketganki, Ogahiy bobomizning mana shu ziddiyatli holatni ifoda etishi oʻquvchida hamfikrlik kayfiyatini uygʻotadi. Negaki, har bir odamning hayotida ham surur va gʻam, umid va umidsizlik tuygʻulari aksar yonma-yon keladi va har bir odam oʻz ishonchu e’tiqodiga munosib ravishda salbiy holatlardan xalos boʻlib, yutuqlarga vosil boʻlmoq umidida yashaydi.

Insonda anduhlarni bartaraf qilish niyatida chekilgan mashaqqatlar tufayli shodliklarga erishuv umidi ustuvor boʻlmogʻi, gʻamni shodlikka aylantirish yoʻlida u qattiq kurashlar olib bormogʻi va gʻalabaga erishmogʻi joiz.

Qaqrasa jismu jonimiz goh oh samumi birlakim,
Iliq bulutlaring bilan koʻkart bizim giyohimiz.

Mana shu bayt yuqoridagi fikrimizga dalildir. Bu dalolat, umuman, Ogahiy she’riyatining optimistik yoʻnalishini belgilaydigan fazilatlardandir. Shunisi e’tiborga molikki, bordiyu Ogahiy lirik qahramonining, gʻazalda ta’kidlanganidek, «Goh oh samumi birla jismu joni qaqrab», «Iliq bulutlari ila giyohi koʻkarmagan» taqdirda ham, Yaratganga noshukr boʻlishga haqi yoʻq. Bordiyu yaratganning ravo koʻrgan jabri bilan unga bu jahon tor kelgan taqdirda ham, uning lutfi tufayli u inoyatdan umidvor boʻlavermogʻi lozim. Bunday taqdirda, shoirning ta’kidlashicha, banda:

Bosh olibon charx javridan qochib chiqib ketar esak,
Koʻlankang, oh, boʻlur bizim boshimiza panohimiz —

deb shukr qilmogʻi lozim. Chunki Haqning inoyatlari, gʻazalda ta’kidlanayotganidek, samoning cheksizligi yangligʻ behududdir.

Muhammad Rizo Ogahiy inson hayotda yoʻl qoʻyishi mumkin boʻlgan nuqsonlardan forigʻ boʻlishning imkonini ibodatda koʻradi. U yozadi:

Yoʻlingga boshimiz qoʻyib, sajda qilish bilan sango,
Shoistai sujuding, o, boʻlsak edi, ilohimiz.

Misralardan anglashilayotganidek, gap faqat sajdada emas, balki «Shoistai sujud»da, ya’ni sajdaga noil boʻla bilishda hamdir. Shoirning uqtirishicha, sajdaga yetib borguncha mavjud yoʻlni bosib oʻtish ham insondan oʻziga yarasha fazilatlarni talab qiladi.

Shu oʻrinda hadisi shariflardan bittasi yodga tushadi. Bir kuni Alloh Rasuli Muhammad (s.a.v.) aytgan ekanlarki, «Yaxshi amallaringiz boʻlmasa, faqatgina ibodatlaringiz bilan jannatga kira olmaysizlar!», «Siz hammi, yo Rasululloh?» deb soʻrashibdi undan. «Ha, men ham!» javob beribdi Muhammad (s.a.v.). Albatta, bu hadisi sharif ibodatning ahamiyatini pasaytirmaydi, balki yaxshi amallarning naqadar muborak ekanligini ta’kidlaydi. Demak, ilohiy amallar dunyoviy amallar bilan mustahkamlangandagina savobli samaralar beradi. Shuning uchun ham:

Ham boshimiz bilan yurib, yoʻlingga tushsak erdi bir,
Samodan ham baland boʻlur edi bizim kulohimiz.

Ma’lumki, «ham bosh» va darveshlik kulohi Haq subhonahu va taologa e’tiqod tufayli erishiladigan faqrlik darajasi. Biroq bu masnadning, shoir talqinicha, «samodan ham baland boʻlishi» alohida diqqatga sazovordir.

Qulligimiz qabul esa gar eshigingda nogahon,
Qaydaki baxt, baridan ham baland boʻlurdi johimiz.

Ogahiy hazratlari qullik tuzumi mavjud boʻlgan zamonda yashadi. Garchi bu davrda jamiyat qullikni hali ochiqdan-ochiq inkor qilishgacha yetib kelmagan boʻlsa-da, xalq oʻrtasida bu mudhish illatdan qutulish haqidagi fikrlar ochiq-oydin tilga olinayotgan, hatto odamlardagi bu tabiiy istakni bahona qilib, birmuncha taraqqiy topgan davlatlar qoloq mamlakatlarga qoʻshin torta boshlagan vaqtlar edi. Ogahiyning mazkur baytida ham ana shunday zaminiy isyonning sadolarini koʻrish mumkin. Ya’ni Allohga qullikdan boshqa qullik ragʻbatlantiriladigan jihat emas. Shuning uchun ham, inqirozga mahkumdir. Yana shunisi ham borki, bunday ruhiy-ma’naviy mashaqqatlarni boshidan kechirgan odamning jismoniy jihatdan ham dardmand boʻlishi tabiiydir. Ogahiyning misralariga qaraganda, ul zoti sharif ham («Qariligʻ dardidan aftoda boʻlgan Ogahingdurman») jismoniy dardlardan ozor chekib yashagan koʻrinadi va bu holni shoir oʻzining ma’naviy riyozatlari bilan bogʻlaydi:

Ogahiydek gʻaming aro boʻlibmiz ojizing sening,
Egik qadu sariq yuzi erur bunga guvohimiz.

Sharq donishmandlaridan biri aytganidek, ikki dunyo, aslida, bir oʻrilgan kokil yangligʻ chambarchasdir. Aytmoqchimizki, she’riyatimizdagi, xususan, tasavvuf she’riyatidagi «dudamalik», qoʻshtigʻlikning mutlaqo mantiqiy asoslari bor. Bu, bir jihatdan, insonni oʻlimdan keyingi ikkinchi hayotga tayyorlab, xotirjam etsa, ikkinchi tarafdan, jahonning muamolarini ham ana shu asnoda bartaraf qilishni oʻrgatadiki, bu saboq unga har qanday vaziyatda ham asqotib turadi. Shunisi ham muhimdirki, shoirlarimiz oʻzlarining qamrovli, koʻlamdor manzumalarida inson ruhiy hamda moddiy hayotining turli jihatlarini olib, poetik tahlildan oʻtkazganlar, oʻquvchini hayotning nihoyatda keng saltanatiga turli eshiklardan olib kirib, mazkur shukuhli mulkning bor murakkabligini uning koʻz oldida namoyon qilganlar, uni hayotga qomusiy bir tarzda tayyorlaganlar. Buni ular, albatta, epik janrlardagiga qaraganda tafovutli bir tarzda, she’riyatning oʻziga xos badiiy imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib amalga oshirganlar.

Chunonchi, yuqoridagi gʻazal tahlilida Ogahiyning oddiy insonni tavba-tazarru, ma’naviy riyozat, hayotning turli jihatlaridan kelib chiqib, yashash jarayonida orttirilgan ruhiy gʻuborlardan ilohiy kayfiyat yordamida, ma’rifat ohanglarida tarbiyalaganini koʻrsak, navbatdagi gʻazalida bu tarbiyaning oʻzgacha bir jihatini kuzatamiz.

Bu ohangda qalam surar ekan, Ogahiy hazratlari endi bir muncha, yaxshi ma’noda, «osmondan kelib» ijod etadi. Odamni dabdabali illatlardan forigʻ qilish uchun, zaharni zahar kesadi deganlaridek, dabdabali ohanglarda navolar qiladi:

Ki ey, sendan boʻlib purzeb kuloh, iqbolu davlatlar,
Kuyingga bosh qoʻyib topdi necha Xisravlar izzatlar.

Bu misralar bevosita ilohiy bir jamolga qaratilgan xitob boʻlsa hamki, shubhasiz, u bilvosita insonning idrokiga ta’sir qilish maqsadida bitilgan baytdir. Ogahiy bu baytda, xususan, oʻz davrining xisravlariga muntazam bir shukronalik hamda ogohlik bilan hayot kechirishlari lozimligini uqtiradi.

Falak yuksakligidan, oftob oʻz nuridan hayron,
Qoʻyib ostonanga yuz, topdilar me’roji rif’atlar.

Alloh dargohi shu qadar kengki, uning ostonasiga nafaqat oftob, balki falakning oʻzi bosh qoʻyadi. Yuksak daraja topadi. Bu — buyuklikning chinakam oʻlchovi, haqiqiy mezonidir. Modomiki shunday ekan, Xisravlarning kerilishiga oʻrin qolmasligi kerak. Ular Allohning bir me’yorda hayot kechirishlarini ta’minlash uchun yaratilgan bandalaridirlar.

Boʻlib oftob tojingga guhar, taxtingga Zuhro dur,
Boʻlib shohlar quling, orzu qilar qilmoqni xizmatlar.

Biz tovush tezligi deymiz, nur tezligi deymiz. Tovush tezligi falakdagi mayda bir jismlarning bir-birlariga toʻqnashuvidan hosil boʻladigan saslar sur’ati. Nur tezligi boʻlsa falakning bagʻrida, izmida boʻlmish jismlardan chiqayotgan yorugʻlikning tarqalish tezligi. Bu tezliklarning barchasi falakning oʻzi koʻrsatayotgan tezliklar qoshida toshbaqa odimlaridan ham sanoqsiz karra ohistaroq bir siljishdir, xolos. Falakki Allohning xizmatiga shunday tezliklar bilan shoshilar ekan, bandalarining ham bir-birlarining xizmatlariga naqadar kamarbasta boʻlishlari lozimligini anglab olish qiyin emas. Negaki, insonning insonga xizmati insonning Yaratganga xizmati hamdir. Alloh iltifoti umid qilinadi, talab qilinmaydi. Bu haqiqatni biz quyidagi baytdan idrok qilishimiz mumkin:

Boʻlib afkandaing shohlar, kulohlar sharmisoringdir,
Boʻlib arzandaing Rumo, Sifohon topdi shavkatlar.
Topib lutfingda baxt shohlar, kulohlar furqating ichra,
Sening hukmingga erku, uzlatu, ta’qiqu, sunnatlar.

Shunisi diqqatga sazovorki, Ogahiyning lirik qahramoni haqiqiy saltanat egasining xizmatu madhida boʻlsa ham, oʻzini hali Alloh koʻyiga bosh qoʻygan imtiyozli odam oʻrnida koʻrmaydi. U oʻzini kamtarin tutib, deydi:

Bu muztar oxiri bir kun qoʻyar xoki koʻyingga bosh,
Duoingni qilib haddan fuzun, kutgay ijobatlar.

Biroq umidini uzmaydi:

Ki ey xoʻblar shahi, Ogahiyingni sarfaroz ayla,
Gʻamingdin qolmadi jismingda oning shavku quvvatlar.
Aslida, mana shu zohiriy quvvatsizlik — botiniy qudratdir. Ezgulikdan umidvorlik va bu yoʻlda muttasil sa’y-harakatda faoliyat koʻrsatish, ayon boʻladiki, Ogahiyning ijoddan maqsadi, Allohdan umididir.