OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Maxtumquli. Saylanma
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMaxtumquli
Asar nomiSaylanma
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turkman adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Maxtumquli
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonMirzo Kenjabek (Turkmanchadan)
Hajm249KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/18
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Turkmanchadan tabdil etib, nashrga tayyorlovchi, soʻzboshi, lugʻat va izohlar muallifi: Mirzo Kenjabek
Mas’ul muharrir: Sayfiddin Sayfulloh
Taqrizchi: Zuhriddin Isomiddinov (filologiya fanlari nomzodi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi direktori)
Muharrir: Umrzoq Hoji Zokirov



Annotatsiya
Ushbu "Saylanma" Maxtumqulining yilda "Turkmaniston" nashriyotida chop etilgan ikki jildlik turkmancha "Saylangan asarlari"dan tanlab olindi. Ilgari oʻzbek tilida nashr qilinmagan she’rlari bilan birga tanish she’rlari ham turkmanchadan qayta tabdil etilib, kitobga kiritildi. Birinchidan, u she’rlarga muhabbatimiz kuchli boʻlib, kitobxon xalqimizning ham ularga ehtiyoji bor. Ikkinchidan, u she’rlarning ba’zilaridan mustabid tuzum qolipiga sigʻmagan ayrim bandlar qisqartirilgan, ayrim soʻz va iboralar esa oʻzgartirilgan ediki, bunda ularni toʻliq taqdim etmoqdamiz.
Tarjimada ixtiyorsiz yoʻl qoʻyilgan nuqsonlar uchun kitobxondan uzr soʻrab, toʻplam xususida muhtaram oʻquvchilarning fikr-mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul etishga hozir ekanimizni bildiramiz.
Ushbu kitob, shubhasiz, dunyo va oxirat mohiyatini anglashda insonga madadkor, ma’naviy oziq, ruhga quvvat, iymonga dalda boʻlgaydir.
Maxtumquli - turkiy xalqlarning sayroqi tili, sahroning guli, gulning bulbuli, Haqning sodiq, oshiq va orif qulidir. Alloh muborak aylasin!


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Saylanma
Maxtumquli

«
Kalomda koʻrganin soʻylar tilimiz,
Axir, ajal ustidadir yoʻlimiz,
Maxtumquli aytar: bizning holimiz
Yo Rab, ul kun qanday boʻlar, yoronlar?!.
»

Maxtumquli – Valiy Shoir (Tarjimon Muqaddimasi)

Maxtumquli Firogʻiy XVIII asr ma’rifiy she’riyatining buyuk dargʻalaridan boʻlib, butun turkiy xalqlar uchun tushunarli va sevimli shoir, ma’rifatli siymo, orif oshiq, sohibi hikmat boʻlgan valiy zotdir. Uning insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan she’riyatida pok islomiy ma’rifat ruhi gurkirab, yashnab turadi.

Maxtumquli taqriban yilda Turkmanistonning janubi-gʻarbidagi Atrek (Atrok) daryosi sohillarida, ma’rifatli islomiy oilada dunyoga keladi. Otasi Davlatmand Ozodiy oʻz davrining taniqli shoirlaridan boʻlib, uning she’riy kitobi hamda "Va’zi Ozod" nomli asari mavjud. Ozodiy ijodi, ayniqsa, "Va’zi Ozod" kitobi, chamasi, toʻliq islomiy ruhda boʻlgani bois shoʻro davrida yetarli oʻrganilmagan. Bu kitobda muallif ulugʻ mutafakkir shoir Alisher Navoiy ijodini yaxshi oʻzlashtirgan, ayniqsa, "Mahbub ul-qulub" asaridan ta’sir olgan adib sifatida namoyon boʻladi.

Davlatmand Ozodiy shunchaki shoir emas, balki zamon allomasi, taqvo va ma’rifat ahlining peshvosi, avliyoi barhaq ekanini Maxtumqulining bir necha marsiyasidan anglash mumkin. Shoir otasi haqidagi marsiyada yozadi:

Molu davlatlarga koʻngil qoʻymadi,
Bu jahonning ishratini suymadi,
Eski sholdan ortiq poʻshish kiymadi,
Oxirat uyi boʻldi qasdi otamning.

"Munkir bilmas, muxlislarning shakki yoʻq, Paygʻambar dastidir dasti otamning" satrlari hazrati Rasululloh (s.a.v.)ning: "Kimki bir olim kishini hurmat qilsa, muhaqqaq, u meni hurmat qilgan boʻladi" hamda: "Har bir muttaqiy olim mening ahli baytimdandir" degan muborak hadisi shariflariga asoslangan.

Nuqabo der: uch yuz eran koʻrishdi,
Chiltanda otamga nazarim tushdi,
Nujabo borsam, hafttanlarga qorishdi,
Abdollardir chin payvasti otamning.

Bu misralar Ozodiyning shubhasiz valiy zot ekanini anglatadi. Nuqabo, Nujabo avliyolarning muayyan guruhlaridir. "Nuqabo" – "naqib" soʻzidan, naqiblar – biror jamoa va guruhning ulugʻlari, e’tiborli kishilari, raislari; "nujabo" – "najib" soʻzidan, najiblar – buzurgvorlar va tanlangan aziz zotlar degani. Abdollar – valiylikning qutbdan oldingi martabasiga erishgan zotlar, demakdir.

Mahshar kuni gʻamsiz kirar behishtga,
Har kim chindan boʻlsa doʻsti otamning! -

Bu satrlar hazrati Paygʻambarimiz(s.a.v.)ning "Kishi oxiratda yaxshi koʻrgan kishisi bilan birga boʻladi", degan hadisi shariflariga tayanadi. Maxtumqulidek shariatda sobitqadam va istiqomatda mustahkam zotning bu mujdasi oddiy ta’rif emas, balki ma’no olamidan yetgan shavq natijasidir.

* * *

Maxtumquli otasi singari boshlangʻich ta’limni qishloq maktabida oladi. Keyin Markaziy Osiyoning ulkan madaniyat va ilm-fan markazlaridan boʻlmish Koʻhna Xiva shahrida, "Shergʻozixon" madrasasida oʻqiydi. Qiziloyoq ovulidagi (hozirgi Chorjoʻy viloyati, Xalaj tumani) Idris Bobo madrasasida bir qancha vaqt ilm oladi. U Buxoroi sharifdagi Koʻkaldosh madrasasida ham ta’lim olgan, degan ma’lumot bor. Xivadagi eng nufuzli oʻquv dargohi sanalmish "Shergʻozixon" madrasasida Maxtumquli uch yil oʻqib, muhim ilmlarni oʻzlashtirib, Qur’oni karimni xatm qiladi, oʻzi aytganidek, dili ochiladi, oq-qorani, haq-nohaqni, doʻst-dushmanni ajratadigan boʻladi. Yosh olim madrasa bilan xayrlashuv she’rida shukrona tuygʻularini bunday ifoda etadi:

Haqdan bizga buyruq – farz erur bilim,
Senda ta’lim oldim, ochildi dilim,
Kelsin deya kutar ul Karkaz elim,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi".
Ajratarman endi oqu qaroni,
Doʻst-raqib, qardoshim, Haqni, yoronni,
Oʻqidim, koʻtardim Kitob – Qur’onni,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi".

Shoir she’r davomida "Ilm, ta’lim olgan seni unutmas", desa, oxirida "Aslo unutmasman tillo qopisin" deya minnatdorlik izhor etadi. Biz bu she’rga "Xivadagi Shergʻozixon madrasasi bilan xayrlashuv" deya ost sarlavha qoʻydik. U Xivadan qaytgach, mudarrislik qilgani, ayni vaqtda zargarlik bilan shugʻullangani naql qilinadi.

Maxtumquli arab, fors tillarini puxta oʻzlashtirgan, chigʻatoy – eski oʻzbek tilini mukammal bilgan. Bu hol uning ijodidagi soʻz boyliklaridan ham ayondir.

Ijodidan ma’lum, Maxtumquli Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning bir qancha diyorlarini kezgan, Buxoro, Xiva, Afgʻoniston, Ozarboyjonda boʻlgan.

"Zangi Boboni koʻrsam", deyishiga koʻra, Toshkentga ham kelgan boʻlishi kerak.

Na’layni Arshga tojdir,
Nomi olamga foshdir,
Ikki jahon muhtojdir -
Arab zabonni koʻrsam, -

deyishiga koʻra, Madinai munavvarada hazrati Paygʻambarimiz(s.a.v.)ning muborak ravzalarini ziyorat qilmoq niyatida ekani, yana: "Iymonim yoʻldosh boʻlsa, Borsam, Ka’bani koʻrsam" yoki: "Niyatim Ka’badir, xayolim hajdir, Ixlosim bor haj tavofin etmoqqa", deyishiga qaraganda, muborak haj ibodatini ado etmoqni niyat qilganligi anglashiladi.

* * *

Naqlga koʻra, Maxtumqulining ilk she’ri "Turgil, dedilar" manzumasidir. Shoir she’rda Alloh taolo ato etgan ma’naviy ikromni shukrona va hissiyot bilan bayon etadi:

Bir kecha yotardim, tunning yarmida,
Toʻrtta otliq kelib, "Turgil!", dedilar,
"Xabar bergaydirmiz fursat yetganda,
Bul yerda erlar bor, koʻrgil!" dedilar.
Nazarim tushganda ul toʻrt mardona,
Koʻnglim joʻsha keldi, boshim gardona, -

deya shoir ma’no olamida erlar – valiy zotlarni koʻrib, koʻngli joʻsh urib, boshi aylanganini aytib, his-hayajonini izhor etadi. Ma’no olamidan Maxtumquliga insonlarni she’r bilan Haqqa da’vat etish izni va iste’dodi berilgani manzuma zamirida ifodalangan. Bu "Oʻgʻlon, Alloh yoring, borgil, dedilar" satridan ham anglashiladi.

Ye.E. Bertel's bu she’rni A.S. Pushkinning "Prorok" ("Paygʻambar") nomli she’ri bilan taqqoslab, mushtarak va farqli jihatlarini topishga uringan. Chunki, unda ham "Turgil, ey Paygʻambar, chorla, da’vat et!" degan xitob bor. Ammo Pushkinning "Paygʻambar" she’ri aslida hazrati Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida boʻlib, unda, shaqqi sodr, ya’ni, bolalikda hazrati Paygʻambarimizning koʻkraklarini farishtalar yorib, qalblarini poklagani, keyin esa koʻksilariga hikmat toʻla choʻgʻdek oltin jom joylaganlari hamda vahiy voqealari, u zotga insonlarni ogoh etib, Haqqa da’vat qilish amr etilgani ifodalangan. She’rdagi: "Vosstan, prorok, i vijd, i vnemli" ("Turgil, ey Paygʻambar, chorla, da’vat et") satri "Muddassir" surasidagi "Qum fa anzir" – "Tur va ogoh et!" oyatidan olingan. Pushkin yozadi:

Yotardim kimsasiz yobon ichinda,
Menga vahiy keldi Allohdan shunda:
"Turgil, ey Paygʻambar, chorla, da’vat et,
Irodamga boʻysun, bas, tamomila;
Sen barru bahrni kezib, irshod et,
Insonlar qalbin yoq, haq Kalom ila!"

Pushkin Qur’oni karim tarjimasini oʻqib, "Podrajaniye Koranu" ("Qur’ondan iqtibos") she’riy turkumini yilda yozgan boʻlsa, oradan ikki yil oʻtib, yilda "Paygʻambar" degan she’rini bitgan. Demak, bu orada u hazrati Paygʻambarimiz(s.a.v.)ning hayotlarini ham oʻrgangan, deyish mumkin. Ammo she’rda Paygʻambarga mos boʻlmagan nojoiz soʻzlar ham borki, bu ifodalar shoirning oʻz shaxsiga oiddir. Negaki, u she’rning ilk nusxasida soʻnggi baytni oʻz-oʻziga xitob qilish bilan yakunlagan. Keyin qayta ishlab, Qur’on oyati ma’nosini ifodalagan.

Maxtumqulining "Turgil, dedilar" she’ridagi tafsilot zohiran hazrati Paygʻambarimiz voqealariga oʻxshagani uchun Bertel'sni qiziqtirib qolgan. Holbuki, Hazrati Paygʻambarimiz voqealari vahiyga va Qur’onga asoslangan, Maxtumquli voqeasi esa ma’no olamidan yetgan xabardir. She’rlarda oʻxshashlik yoʻq, voqealarda oʻxshashlik bor. Bas, Bertel'sning taajjubi ilmga asoslanmagan, balki zohiriy oʻxshashlikdan tugʻilgan mulohazalardir.

* * *

Maxtumquli oʻz davrida bosqinchilar zulmi ostida qolgan xalqni birlashtirishga, yurtni tashqi va ichki dushmanlardan ozod etishga oʻz iste’dodi bilan harakat qildi. Shoir yozadi:

Ustimizdan dushman hukm suribdur,
Moʻ’min bari jabru jafo koʻribdur,
Oʻgʻil-qizni xor oʻrniga beribdur,
Xatarlar ul joydan surilsin endi!..

Boshqa she’rida esa shoir el-yurt ahvolining kundan-kunga yomonlashib borayotganidan, chamandek vatan tikanzorga aylanayotganidan faryod chekadi:

Naylayin, kun kundan yomon,
El yurtimni tutdi tuman,
Marg ostida ajab chaman,
Boq, bu kun ul xorga doʻndi...

Hamisha el-yurt dardu armoni bilan yashagan Maxtumqulining yoniq she’riyatida shafqat va zulm, yaxshilik va yomonlik, mardlik va nomardlik, joʻmardlik va tubanlik kabi xususlar bir-biriga qarama-qarshi holda tavsiflanadi, yaxshi xislatlar ulugʻlanib, yomon xislatlar qoralanadi.

Maxtumqulining ijodi Qur’oni karim, hadisi shariflarga, tasavvuf ta’limoti, valiylar hikmatiga hamda Alloh Oʻz huzuridan ato etgan ilmi laduniyga asoslangan. Uning siyosiy qarashlari ham sogʻlom e’tiqod tamoyillariga tayangan boʻlib, bu moʻ’jaz bir ilmiy tadqiqotga asos boʻladigan mavzudir. Davr hukmdori – Ahmad shohga bagʻishlangan she’rida shoir: "Sen dinni rivojlantir. Shohlarning shohisan, islomning quvvatisan" deydi.

Albatta, shoirning siyosiy gʻoyalari oʻz davri tarixi bilan izohlanadi.

* * *

Maxtumquli she’riyati – nurli she’riyat. Uning ijodida dunyoviy va uxroviy ilm-ma’rifatdan xabar beruvchi savol-javob tarzidagi she’rlar alohida mavqe’ni ishgʻol etadi, yuraklarni larzaga soladi. Adibning Turdi shoir bilan aytishuviga diqqat qilaylik:

Maxtumquli:

– Ul nimadir, yoqasi bor, yoni yoʻq?
Ul nimadir, qanoti bor, qoni yoʻq?
Ul nimadir, odam yutar, joni yoʻq?
Shoir boʻlsang, shundan bizga xabar ber!

Turdi shoir:

– Ul kafandur, yoqasi bor, yoni yoʻq,
Kapalakdur, qanoti bor, qoni yoʻq,
Qaro yerdur, odam yutar, joni yoʻq,
Bizdan salom boʻlsin, javob shundaydir...

Maxtumquli:

– Ul nimadur, yemadilar, toʻydilar?
Ul nimadur, qiyomatga qoʻydilar?
Ul kim edi, tovonidan soʻydilar?
Shoir boʻlsang, shundan bizga xabar ber!

Turdi shoir:

– Ul diydordur, yemadilar, toʻydilar,
Ul namozdur, qiyomatga qoʻydilar,
Nasimiyning tovonidan soʻydilar,
Bizdan salom boʻlsin, javob shundaydir...

Savol-javob she’rlarida "tajohuli orifona" tarzida, ya’ni bilib turib bilmaslikka olib, zamondoshining iste’dodi va ilmi-ma’rifatini sinash uchun savollar oʻrtaga qoʻyiladi. Bu soʻroqlarga javob berish uchun esa iste’doddan tashqari, keng qamrov, nozik farosat, ulkan ilm-irfon ham boʻlishi zarur.

* * *

Aytganimizdek, Maxtumquli faqat iste’dodli shoir emas, balki ulkan alloma, ahli hol, ahli sirr, ahli hikmat boʻlgan orif zotdir. Ma’no olamida uning bir qancha aziz siymolar bilan irtiboti borligi anglashiladi. Bir qancha she’rida u haq Paygʻambarlar, mashhur avliyolar bilan bogʻliq tushlarini farah va shukrona bilan bayon etadi. Chunonchi, hazrati Shoh Bahouddin Naqshband huzurida olgan fayzlarini bunday ifodalaydi:

Bir kecha yotardim, Shohi Naqshband
Karami joʻsh urib, bir non ketirdi;
Oʻng qoʻlida boda – gulgun sharobi,
Chap qoʻlida toza biryon ketirdi...

She’rda Maxtumquli Bahouddin Naqshband hazratlarining ma’naviy tavajjuh va himmatlariga mazhar boʻlganini oshkor etmoqda. "Boda – gulgun sharob"dan murod ishqi ilohiy, ulugʻ valiy ruhoniyatidan yetgan ma’naviy tavajjuh, "toza biryon" esa hikmat natijasi boʻlgan ma’naviy nasibadir.

Boshqa bir she’rida shoir "sayron ichinda" – sulukdagi sayr chogʻida Paygʻambarlar va aziz avliyolardan iborat nafar siymoni koʻrganini bildiradi va: Turkiston egasi – Xoja Ahmad Yassaviy ham ular orasida borligini aytadi:

Turkiston egasi – sarvar,
Imom Qosim, Imom Ja’far,
Yahyo bilan Nuh Paygʻambar,
Boyazid Sulton ichinda...

She’rda zikr qilingan Imom Qosim – xojagon silsilasidan hazrati Qosim ibni Muhammad ibni Abu Bakri Siddiq, Imomi Ja’far esa hazrati Ja’fari Sodiq raziyallohu anhumo hazratlaridir. She’r yakunida shoir: "Maxtumquli, sirim koʻpdur..." deb oʻz-oʻziga sigʻmayotganini, loyiq sirdosh izlayotganini bildirib oʻtadi.

Shoir ijodida ilohiy ishq mavzuyi alohida oʻrin tutadi. Ammo u koʻplab mumtoz shoirlardek, ijodda majoziy muhabbatni bahona qilmaydi, balki haqiqatni kuylaydi. Shoir aytadi:

Oshiqlar Haq ishqinda
Hayrondadir-hayronda.
Koʻz intizor izinda
Giryondadir-giryonda...
* * *

Zamonlar oʻtgan sari, shoirlarni yalpi qoralovchi, hatto ularga noloyiq ayblar taqovchi guruhlar paydo boʻla boshladi. Ilmi va ma’rifati sayozligi yoki nokomil "ustoz"lardan ta’lim olib, chetdan kelgan dunyoqarashlarga berilgani sabablimi, ba’zilar Qur’oni karimda shoirlar haqida kelgan oyatlarni notoʻgʻri tushunib, oʻzlaricha ta’vil qiladi. Holbuki, unda istisno oyati ham bor boʻlib, mehribon Alloh iymonli shoirlar bilan iymonsiz shoirlar oʻrtasidagi tafovutni aniq-ravshan bayon etgandir. Chunonchi, Alloh taolo aytadi: "Shoirlarga yoʻldan ozganlar ergashur. Ularning (soʻz vodiylaridan) har vodiyda daydishlarini (ya’ni, oʻzlariga yoqib qolgan eng tuban kimsa yoki narsalarni ham koʻkka koʻtarib, yoqtirmaganlarini tuproqqa qorishlarini) va oʻzlari qilmaydigan narsalarni gapirishlarini koʻrmadingizmi?" ("Shuaro" surasi, --oyatlar. Alouddin Mansurning izohli tarjimasidan).

Bu oyatlar hazrati Paygʻambarimizni va Islomiyatni hajv qilib, qoralagan iymonsiz, kofir shoirlar xususidadir. Keyingi oyatda esa Alloh taolo bunday deb marhamat qiladi: "Magar iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda doim Allohni yodda tutgan va (ilgari) mazlum boʻlganlaridan keyin (Islom zafar topgach), Qolib boʻlgan (qasdlarini olgan) kishilar (ya’ni, shoirlar yoʻldan ozdirguvchi emaslar). Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar". ("Shuaro", -oyat).

Bu oyati karimadan shoirlarga baho berishda asosiy mezon iymon-e’tiqod, solih amallar va Allohni koʻp zikr qilish ekanligi anglashilmoqda.

Ulugʻ vatandoshimiz Faqih Abullays Samarqandiy bu oyati karima sharhida bunday deydilar: "Haqni – haqiqatni soʻylovchilar – faqatgina iymon keltirib, solih amallar qiladigan, Allohni koʻp zikr etadigan kishilardir. She’r va boshqa narsalar bilan mashgʻul boʻlishlari ularni Allohning zikridan chalgʻitmas, aksincha, bu ishlar Allohni yanada koʻproq zikr qilmoqqa sabab boʻlur". ("Tafsir ul-Qur’on", -sahifa).

Yana Abullays Samarqandiy hazratlari aytadilar: "Allohni va Uning Rasulini madh etadigan, insonlarga nasihat va oʻgit beradigan hamda ularni yaxshilikka tashviq etadigan she’rlar mamduh – maqtalmoqqa loyiqdir. Bunday she’rlarni yozgan shoirlar Allohning huzurida maqbuldir». (Oʻsha asar, -sahifa).

"Ruhul-bayon" kitobida ham mazkur oyati karima tarixiy misollar bilan sharhlangan.

Ma’lumki, ezgu fikr-gʻoyalarni, ishqi ilohiyni majoz yoʻli bilan ifodalaydigan shoirlar "Majoz haqiqatning koʻprigidir" degan hadisi sharifga asoslanadilar.

She’r va shoirlar xususida bir qancha hadisi shariflar ham mavjud. Chunonchi, hazrati Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "Soʻzda ­ sehr, she’rda ­ hikmat bor" deb lutf qilganlar.

Sahobalardan boʻlgan bir shoir kelib, Paygʻambar alayhissalomga: "Alloh taolo shoirlar haqida aytgan bu soʻzlardan (yuqoridagi oyatlardan) keyin bizlarning holimiz ne kechadi?" – deydi. Shunda hazrati Paygʻambarimiz (s.a.v.): "Moʻmin kishi ham tigʻi, ham tili (ya’ni, qalami) bilan Alloh yoʻlida kurashadi. Yaratgan Egamning nomiga qasamki, sizlar otadigan oʻqning tigʻi oʻtkirroqdir", deganlar.

Imom Buxoriy hazratlarining "Al-Jomi’ as-Sahih" ("Eng ishonchli hadislar toʻplami") kitoblarida ham she’r va shoirlar haqida hadisi shariflar bor.

Imom Termiziyning "Shamoyili Muhammadiyya" kitoblarida esa, hazrati Paygʻambarimiz (s.a.v.) oʻqib yurgan she’rlar alohida bobda bayon qilingan.

Binobarin, shoirlarga baho berishda mezon ularning iymonidir. Ularning iymon-e’tiqodi esa yozganidan ma’lum. Shu bois, bu masalaga insof va sof dil bilan yondashgan ma’qul. Shoir aytganidek:

Maxtumquli, kimki ichin sof etmas,
Ma’lumdirki, oxiratdan xavf etmas,
Ojiz tani oʻtli gurzga tob etmas,
Yo Rab, qanday boʻlur holi bandaning?!.

Hazrati Jaloliddin Rumiy, Nasimiy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, Boborahim Mashrab, Muhammadrizo Ogahiy singari yuzlab mumtoz shoirlar she’riyatida esa komil iymon, ishqi ilohiy porlab turadi. Bu mustasno shoirlar silsilasida Maxtumquli Firogʻiyning oʻz maqomi bor... Shoirning majoz kuychisi emas, balki Xoja Ahmad Yassaviy, Soʻfi Allohyor singari haqiqat kuychisi ekani uning xalq ommasi orasida gʻoyat sevimli boʻlishining sabablaridan boʻlsa, ajabmas.

Haq yoʻlidagi haqiqiy iymon sohiblari uchun she’riyat ezgulik, goʻzallik, poklik va halollik, taqvo va sadoqat, fayzi ilohiy samarasidir. Chunki hadisi sharifda aytilganidek, "Hikmatning boshi Allohdan qoʻrquvdir" va yana: "She’rda, albatta, hikmat bor". Hikmat esa Allohning xos ikromidir. Chunonchi, Qur’oni karimning Baqara surasi, -oyatida Alloh taolo: "U (Alloh) Oʻzi xohlagan kishilarga hikmat ato etur. Kimgaki hikmat berilgan boʻlsa, bas, muhaqqaq, unga koʻp yaxshilik berilibdi" deb marhamat qiladi. Hikmat – sogʻlom aqlga, sogʻlom qalbga, iymon-e’tiqod va ilmu irfonga muvofiq soʻz, barcha diniy va dunyoviy narsalarning haqqoniy hukmlaridir. Maxtumquli, shubhasiz, ana shunday sohibi hikmat zotlardandir.

Maxtumqulining butun ma’rifati, islomiy muhabbati, ishqi, shavqi, qaygʻusi she’rlarida aks etadi. She’riyat shoir qalbining koʻzgusidir.

Maxtumquli she’riyati bani basharga qilingan otashin va ma’rifiy xitoblardan iborat.

Maxtumquli she’riyati Qur’oni karim va hadisi shariflar ma’nolarining she’riy sharhidan iborat.

Maxtumquli she’riyatining bosh yoʻnalishi: iymon-e’tiqod, oʻlim va hayot, qiyomatning haqligi, dunyoning foniyligi va oxiratning boqiyligi, ogohlik bilan oxiratga hozirlik koʻrmoq zaruriyati kabi ezgu gʻoyalardir.

Maxtumquli, sen dam-badam
Oxirat sari ur qadam.
Yaxshi-yomon – barcha odam
Ajalning giriftoridir.

Maxtumquli she’riyati ezgulikka da’vatdir. Foniy dunyoga aldanmang, deydi shoir.

Ma’lumotlarda Maxtumquli yoshlikda Menglixon ismli qizni sevgani, lekin unga uylanish nasib qilmagani, keyin shoir Oqqiz ismli ayolga uylanib, undan ikki oʻgʻil koʻrgani, farzandlari yoshligida oʻlib ketgani zikr qilinadi. Mashhur sharqshunos Ye.E. Bertel's: "Bunday judolikdan keyin oilaviy hayot shoirga lazzat bera olmagani haqiqatga juda yaqin", degan fikrni bildiradi. Insoniy jihatdan qarasangiz, bu fikr toʻgʻriga oʻxshaydi. Ammo mustashriqning: "Ehtimol, Maxtumqulining koʻpchilik she’rlaridagi gʻam-alam ohanglariga shoirning oilaviy baxtsizligi ham sabab boʻlgandir", degan fikri Maxtumqulining ma’rifati, ishqi, dardi va gʻoyalarini toʻliq tushunmaslik natijasidir. Olim keltirgan:

Jahongashta devonalar,
Men kabi hech yongan bormi?
Ishq qurboni – parvonalar,
Ul olovdan qongan bormi? –

degan band esa faqat insoniy-majoziy ishq xususida emas, balki "devonalar", "parvonalar" ifodalaridan anglashilib turganidek, ishqi ilohiy xususidadir.

Toʻgʻri, shoirning sevgisi, musibatli judolik dard-alamlari ham uning she’rlarida aks etgan. Ammo shoir ijodidagi "gʻam-alam ohanglari" aslo oilaviy baxtsizlik natijasi emas. Maxtumquli orif, oshiq, dunyo va oxiratning mohiyatini anglagan, gʻofillik, johillik, gunoh-ma’siyatlar avj olib, dunyo shitob bilan shak-shubhasiz qiyomat sari ketayotganini ogohlik koʻzi bilan koʻrib turgan mard inson, alloma, iymoni butun, qaygʻusi olamshumul, dardi hayotbaxsh valiy zotdir. Oʻz-oʻzini xor tutib, aybdor sezib, osiy va gunohkor ekanligini izhor etib, nadomat chekishi esa solih va muttaqiylik alomatlaridandir.

Chunonchi, bir she’rida shoir oʻz yigʻisining sababini bunday bayon etadi:

Ketgan kelmas yoʻlindan,
Yomon qaytmas fe’lindan,
Diyonat xalq qoʻlindan
Uchdi, deya yigʻlarman.
Hozir bizning zamonda -
Yomon soʻzlar zabonda,
Zulm ishlari jahonda
Joʻshdi, deya yigʻlarman!..

Binobarin, shoirning ulugʻ dardu Qamini foniy-dunyoviy narsalarga bogʻlash insofdan emas.

* * *

Maxtumquli ijodi turli kotiblar tomonidan koʻchirilgan yuzlab nusxalardan hamda turkman va oʻzbek tillarida takror-takror nashr qilingan kitoblardangina iborat emas. Uning asarlari toʻliq saqlanmagan, oʻzi hayotligidayoq ba’zi dushmanlar shoirning qoʻlyozma kitoblarini yoʻq qilgan. "Yozgan kitoblarim selga oldirib, Koʻzlarim izinda giryon ayladi" satrlari hamda quyidagi hasratli soʻzlari bunga dalildir:

Gʻofillikda dushman oldi dashtimni,
Tarqatdi har yonga tengu toʻshimni,
Besh yilda bir kitob etgan ishimni
Qizilboshlar olib, vayron ayladi.

Shu yoʻsin shoir aziz umri guldek soʻlganidan gʻam-alam chekadi.

* * *

She’rlaridan Maxtumqulining piri otasi ekani anglashiladi. Ammo u boshqa koʻplab murshidi komillarni ham zikr qiladi. Yana koʻplab she’rlarida u Xoja Ahmad Yassaviy, Mavlono Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, Soʻfi Allohyor, Boborahim Mashrab va boshqa valiy shoirlar singari, bir piri komilni izlash, bir murshidga qoʻl berib bogʻlanish zarur ekanini ta’kidlaydi.

Ixlos bilan bir komilga qoʻl bergan
Yetar bir manzilga, yetmayin qolmas;

Yoki:

Oqil boʻlsang, ista bu yoʻlda bir pir,
Rizqingga kafildir Alloh – Muqtadir;

Yoki:

Qirqingda tavba aylab, bir murshidga qoʻl bersang,
Koʻnglingni birga bogʻlab, aziz Subhona kelding;

Yoki:

Pulsirot ustinda, hayhot kuninda,
Soʻfiylarni karomatli Pir chekar, -

satrlari bunga dalildir. Shuningdek, hazrati Bahouddin Naqshband haqlaridagi ehtiromli va muhabbatli she’rlaridan Maxtumqulining Naqshbandiya tariqatiga e’timodi kuchli ekanini payqash mumkin.

* * *

Maxtumqulining ilohiyot mavzuidagi she’rlari, jumladan, ilohiy ishq va islomiy ma’rifat tarannum etilgan asarlari mustamlaka davrida xaspoʻshlandi yoki ularning mohiyati buzib talqin etildi. Bu kungi istiqlol kunlarida biz koʻplab mumtoz adiblar qatorida Maxtumqulining ham ilohiy ruhdagi she’rlarini sharhlash imkoniga ega boʻlib turibmiz. Shoirning ana shunday teran ma’rifiy ma’nodagi asarlaridan biri "chiqar" radifli gʻazalidir.

Gar tutsa holimdan xabar, quruq ogʻochdan qon chiqar,
Inson sharorimdan asar topsa, tanidan jon chiqar.

"Agar mening ma’naviy holimdan, dardu ishqimdan xabar topsa, inson u yoqda tursin, hatto qurigan ogʻochdan qon chiqadi. Sharorimdan – ichimdagi olovdan bir inson asar topsa, bu ishq oʻtining bir uchquni unga yetsa, togʻat qilolmay, tanidan jon chiqadi".

Shoir ishq dardida, ma’naviy holini, ilohiy tajalliylar ta’sirini mubolagʻa bilan oshkor etayotir. "Quruq ogʻochdan qon chiqar" ifodasida esa, aslida oʻz bagʻrining qonga toʻlganiga ishoradir. Qurigan daraxtdan qon chiqqach, tirik insondan jon chiqadi.

Qorun qilib molin ado, sad jon istar – boʻlsa fido,
Kun sham’idan boʻlib judo, nurin qoʻyib, pinhon chiqar.

Agar mening holimdan xabar topsa edi, benihoyat boylik egasi boʻlgan Qorundek mutakabbir va xasis kimsa ham erib, molini sarflab ado qilar, yuz jon bu ishq yoʻlida fido boʻlishni orzu qilar edi. "Quyosh oʻz oyidan judo boʻlib, hatto oʻz nurini qoʻyib, mening sharorimni koʻrib, uyalganidan pinhon chiqar edi".

Qorun – Qur’oni karimda zikr qilingan, Muso alayhissalomga zamondosh boʻlib, adabiyotda boylik va xasislik timsolida qoʻllanadi.

Quyoshning nursiz holda pinhon chiqishi Maxtumquliga xos yangicha ifodadir.

Bir koʻchada boʻlsam muqim, dilga ketirsam qadri siym,
Har koʻchai vayronadan sad ganji bepoyon chiqar.

"Agar shu ishq dardi, shu ma’naviy holim bilan bir koʻchada muqim turib qolsam va siymu zarga biror qadr-qimmat bersam, koʻnglimga xazina fikrini keltirsam, har bir vayrona koʻchadan yuztadan bepoyon – hadsiz-hisobsiz ganj, xazina chiqar edi. (Ammo mening bunga xohishim yoʻq)".

Shoir oʻz qalbidagi ma’naviy xazinalar har qanday dunyoviy boyliklardan avlo ekaniga ishorat qilmoqda va agar men siymu zar istasam edim, mendan gʻaniyroq kishi boʻlmasdi, ammo mening botin xazinam menga kifoyadir, demoqda.

Koʻnglimga kelgan naqshlar koʻzlarga paydo boʻlsa gar,
Qoʻshulsa koʻp nodonlar, komil boʻlib, mardon chiqar.

"Agar mening koʻnglimdagi naqshlar – ilohiy tajalliylar, ishq va muhabbat tasvirlari, hol manzaralari odamlarning koʻziga koʻrinsa edi, koʻp nodonlar birlashib, komil boʻlib, mardi Xudo boʻlib, avliyo boʻlib chiqar edi".

Naqsh – matohga oʻyiladigan xilma-xil ranglar, gullar, tasvirlar, yozuvlar; tarh va loyiha; yoziq – taqdir yozuvi; timsol, shakl; ogohlik kabi ma’nolarda qoʻllanadi. Shoh Bahouddin hazratlarining kasbi matohga naqsh solish edi. Keyin u zot muridlar qalbiga ishqi ilohiyni naqsh aylaydigan murshidi komil ma’nosida Naqshband deb nomlanganlar. Shunga koʻra, bu oʻrindagi naqsh ilohiy ishq va ilohiy tajalliylar ma’nosidadir.

* * *

Naqsh – yana solikka, ya’ni suluk ahliga Haqdan xabar beruvchi, uni nafsidan qutqaruvchi, ibodatga va qanoatga da’vat etuvchi vosita, solikni gʻaflat uyqusidan uygʻotuvchi, ovoralik sarxushligidan qutgʻarib, oʻziga kelishini ta’minlovchi haq jazbasidir. "Tasavvuf lugʻati"da shunday keltirilgan.

Tariqat – komil inson boʻlish, ilohiy axloq bilan xulqlanish yoʻli. Adib ana shu tabarruk yoʻlga ishora qilayotir.

Hech anglamay zeru zabar, gar topsa jazbamdan asar,
"Alif"dan, "be"dan bexabar, har damda bir Qur’on chiqar.

"Zeru zabar – arabiy yozuv harakatlari nimaligini bilmagan, "alif"dan, "be"dan bexabar inson agar jazbamdan xabar topsa, ilohiy ogohlik da’vati yetib, har nafasidan bir Qur’on chiqadi".

Bu bayt yuqoridagi baytni toʻldirib, sharhlab keldi va naqsh ilohiy jazba ekanini isbot etdi. Haq jazbasidan asar topgan johillar ham Qur’onga muvofiq yashashni oʻrganadi, deydi adib.

Jabr etdi Jamshid joniga, kim, kirdi ma’dan koniga,
Yuz yil kirib poyoniga, na Zolu na Luqmon chiqar.

"Jamshiddek ulugʻ podshoh ham ma’dan koniga, dunyo boyliklari ichiga kirib, oʻz joniga jabr qildi. Agar dunyo xazinalari ichiga kirsa, hech kim uning poyoniga yetolmaydi, undan na Zol chiqadi, na Luqmon chiqa oladi".

Jamshid – qadimiy eron shohlaridan biri. U Firdavsiyning "Shohnoma" asarida va fors asotirida ta’riflangan mashhur timsol. Uning Qaroyib jomi boʻlib, unda dunyoning hamma tomoni koʻrinib turgan, deb tasvirlanadi. Shoir, Jamshiddek mashhur sulton ham dunyo jilvasiga aldandi, demoqda. Zol – Rustami dostonning otasi.

Men ham, Firogʻiy, ul qadar aqlimni qildim darbadar,
Bir behunar topsa xabar, par bogʻlabon osmon chiqar.

"Ey Firogʻiy, men ham aqlimni shunchalik sarson qildimki, agar bu ishqimdan, bu jazbamdan bir behunar, gʻofil xabar topsa, unga ogohlik yetib, qanot bogʻlab, osmonga chiqadi".

Gʻazaldagi barcha baytlarga asos boʻlgan narsa adibning holi, sharora, ishq olovi, koʻnglidagi naqshlari, Haqdan yetgan jazbasidir.

Maxtumquli, oz ayla soʻz, barcha qolar togʻu dengiz,
Tuproqqa toʻlsa ushbu koʻz, Haqdan yana farmon chiqar.

"Ey Maxtumquli, soʻzni kam qil, gapning qisqasi shuki, necha ma’dan konlari, oltin va kumush xazinalarini oʻz ichida yashirgan togʻlar ham, necha marvarid va javohirlarni oʻz qa’rida berkitgan dengizlar ham qoladi, inson esa oʻtadi. Inson vafot etib, koʻzlari tuproqqa toʻlsa ham, Haqdan yana farmon chiqib, qiyomat kuni u qayta tiriladi, hisob-kitob boshlanadi. Bas, shundoq ekan, iymon-e’tiqodingni pok tutib, Haq ishqida toʻgʻri yasha".

Baytdagi "Haqdan yana farmon chiqar" jumlasi "qayta tirilishga hukm boʻladi", ma’nosidadir. Bu baytni shoirning boshqa satrlari bilan sharhlash mumkin:

Maxtumquli, sirim choʻxdur,
Men nalayin, ochan yoʻqdur,
Oʻlmoq haq, tirilmoq haqdur,
Oʻqudim Qur’on ichinda...

Ya’ni, Haqdan farmon chiqib, qayta tirilish Qur’onda bildirilgan ilohiy haqiqatdir, deydi shoir. Chunonchi, Qur’oni karimda Haq taolo: "Oʻlik yer ular uchun (qayta tirilishga) bir oyat alomatdir" ("Yosin" surasi, -oyat) deydi, "Qiyomat" surasida esa: "Inson Bizni uning (chirib tuproqqa aylanib ketgan) suyaklarini hargiz toʻplay olmas, deb gumon qilurmi?! Yoʻq, Biz uning barmoqlarini (ham) tiklab, joy-joyiga keltirishga qodir Zotdirmiz" (, -oyatlar) deb ogohlantiradi. Bu haqda oyatlar koʻp. Maxtumquli ana shu oyatlarga ishora qilayotir.

* * *

Maxtumquli XVIII asrning 0-yillarida vafot etgan. Uning qabri tugʻilgan yurti – Atrek (Atrok) bilan Sangitogʻ orasidadir. Shoir otasi Ozodiy yoniga dafn etilgan.

Maxtumquli odamzodning dardu armonlari bilan yashab, oʻz ma’rifati bilan barcha xalqlarga sevimli boʻlgan valiy shoirdir.

Ogʻir mustamlaka zamonlarida Maxtumquli she’riyatini takror-takror oʻzbek kitobxonlariga taqdim etgan muhtaram tarjimon Jumaniyoz Sharipov shoir ijodiga qoʻl urayotgan barcha yangi tarjimonlarga haqli ustozdir. U kishining tajriba maktabidan biz ham bahramanddirmiz.

Ushbu "Saylanma" kitobi Maxtumqulining yilda "Turkmaniston" nashriyotida chop etilgan ikki jildlik turkmancha "Saylangan asarlari"dan tanlab olindi. Ilgari oʻzbek tilida nashr qilinmagan she’rlari bilan birga tanish she’rlari ham turkmanchadan qayta tabdil etilib, kitobga kiritildi. Birinchi bois, u she’rlarga muhabbatimiz kuchli ekani boʻlsa, ikkinchi bois – u she’rlarning ba’zilaridan mustabid tuzum qolipiga sigʻmagan ayrim bandlar qisqartirilgani, ayrim soʻz va iboralar esa oʻzgartirilganidir. Bunda ularni toʻliq taqdim etmoqdamiz. Tarjimada ixtiyorsiz yoʻl qoʻyilgan nuqsonlar uchun kitobxondan uzr soʻraymiz. Toʻplam xususida muhtaram oʻquvchilarning fikr-mulohazalarini kutamiz.

Ushbu kitob, shubhasiz, dunyo va oxirat mohiyatini anglashda insonga madadkor, ma’naviy oziq, ruhga quvvat, iymonga dalda boʻlgaydir.

Maxtumquli – turkiy xalqlarning sayroqi tili, sahroning guli, gulning bulbuli, Haqning sodiq, oshiq va orif qulidir. Alloh muborak aylasin!

Mirzo Kenjabek


Sen Jahonga Toʻluqsen, Jahon Sendan Bexabar

Sensan oroyishi jon, bu jon Sendan bexabar,
Sen jahonga toʻlugʻsen, jahon Sendan bexabar.
Andisha daryosinda sirim safiynasini
Yuz tarafga suzdirdim, sayron Sendan bexabar
Gar desalar kufr oʻlar: ashyo Sendan xolidir,
Manzil Sendan mustagʻraq, makon Sendan bexabar.
Zamin, osmon, gʻarbu sharq partavingda gardondir,
Zamoniga Sen gardon, zamon Sendan bexabar.
Istar Seni dengizlar, toʻlqinlanib shavqingdan,
Sen ular ichra ma’lum, ummon Sendan bexabar.
Zamin tilar osmonda, osmon tilar zaminda,
Bir-biriga gumonda, gumon Sendan bexabar.
Maxtumquli, koʻr endi, ashyolar ne ishdadir,
Yoʻq emish bu ashyoda, hamon Sendan bexabar.

Habibulloh, Seni Istar

Habibulloh, seni istar
Topar qaysi yoʻlda seni?
Valloh, koʻrmoqqa mushtogʻdir,
Bek-da, xon-da, qul-da seni.
Oshiqlar gul yuzi soʻlar,
Ming kun yigʻlab, bir kun kular,
Bulbul sanoda orzular
Toza gʻuncha, gulda seni.
Ne gavharsen, yoʻq qimmating,
Jahonni tutmish himmating,
Tinmay yod etar ummating,
Togʻda, tuzda, choʻlda seni.
Eranlar yoʻlingni izlar,
Darvishlar siringni gizlar,
Mashriq, magʻrib – tamom koʻzlar
Barcha sogʻu soʻlda seni.
Davlat falak bilan doʻnar,
Kimdan uchar, kimga qoʻnar,
Koʻrmasa, oshiqlar yonar,
Hafta, oyda, yilda seni.
Biz ham – ummat deb boʻzlarmiz,
Yod etarmiz, havaslarmiz,
Chaqirib, madad izlarmiz,
Yaxshi-yomon holda seni.
Maxtumquli der: oʻtim bor,
Arzim bor, Haqqa dodim bor,
Shafoatdan umidim bor –
Qil koʻprikda – tolda seni.
* * *
Maxtumquli, sirim koʻpdir,
Men naylayin, ochgan yoʻqdir,
Oʻlmoq haq, tirilmoq haqdir,
Oʻqidim Qur’on ichinda!..

"Turgil!" Dedilar!..

Bir kecha yotardim, tunning yarmida,
Toʻrtta otliq kelib, "Turgil! – dedilar,-
Xabar bergaydirmiz fursat yetganda,
Shul yerda erlar bor, koʻrgil!" – dedilar.
Nazarim tushganda ul toʻrt mardona,
Koʻnglim joʻsha keldi, boshim gardona.
Shul vaqtda bor edi ikki devona:
"Turma, oʻgʻlon, anda borgil!" – dedilar.
Ul ikki devona tutdi qoʻlimdan,
Olibon ketdilar turgan yerimdan,
Bir ishorat boʻldi uning birindan:
"Sayronda boribon turgil!" – dedilar.
Oʻltirgandik, keldi ikki pirzoda,
Koʻzindan yosh oqar, tili duoda,
"Huv! Haq!" – deya chiqdi olti piyoda,
"Odam endi kelar, koʻrgil!" – dedilar.
Toʻrtta otliq keldi, bari sabzaboz,
Asolari yashil, oti tablaboz.
"Majlis halqasini qurmang bunda oz,
Odam koʻpdir, katta qurgil!" – dedilar.
Dashtdan chiqdi oltmish otliq, koʻrdilar,
"Muhammad!" – deb bari qarshi yurdilar,
Sogʻlik-salomatlik bir-bir soʻrdilar,
"Turmang, ulugʻ joyga yurgil!" – dedilar.
Bir otning ortiga meni berdilar,
Sayronda shul joyga borib turdilar,
Bari oʻltirdilar, majlis qurdilar;
Manga: "Oʻgʻlon, aro kirgil!" – dedilar.
"Alidir", – dedilar, tutdi dastimdan,
Boʻryo toʻshagimni oldi ostimdan,
Bilmadim, bir zot ne quydi ustimdan,
"Yoʻliqqan davron bu, surgil!", – dedilar.
Haydardan soʻradim barin otma-ot,
"Hazrati Paygʻambar uldir, boʻlma yot,
Bul Salim Xojadir, bul Bobo Zuryod,
Bul Vaysal-Qarandir, bilgil!" – dedilar.
"Ul Bahouddindir, ul ham bir erdir,
Ul Zangi Bobodir, ul ham nomdordir,
U yonma-yon turgan chahoriyordir,
Maqsading ne boʻlsa, aytgil!" – dedilar.
Shul zamonda turgan ikki shayxi shob:
"Oʻgʻlonga fotiha bering, dedi, sof!"
"Yuz yigirma toʻrt ming anbiyo, ashob,
Barisi shundadir, bilgil!" – dedilar.
Rasululloh aytdi: "Yo Shohimardon!
Ayo Salim Xoja, yo Bobo Salmon!
Abu Bakr Siddiq, yo Umar, Usmon!
Bu qulning maqsudin bergil!" – dedilar.
Salim, Bobo Salmon buyurdi mardga,
Piyolani tutib, soldilar dardga,
Ketdi aqlu hushim, yotdim shul yerda,
"Arshda, Farshda borin koʻrgil!" – dedilar.
Yel boʻldim, yugurdim, yer tomiriga,
Nazarim toʻqindi Arsh kamariga,
«Jabrut olaminda Jalil siriga,
Kelib, oʻzing qarab, koʻrgil!» – dedilar.
Neki xayol qilsam, qoʻlga ketirdim,
Qayga boqsam, unga nazar yetirdim,
Bu hol bila farogʻatda yotardim,
Yuzimga dam urib, "Turgil!" –dedilar.
Rasululloh aytdi: "Ashoblar, yuring,
Oʻgʻlonni kuzating, fotiha bering".
Aytdi toʻrt otliqqa: "Eltib, topshiring,
Keltirgan joyingga qoʻygil!" – dedilar.
Turib, Maxtumquli, koʻzin ochibdir,
Boshiga ne koʻylar kelib-kechibdir,
Mast tuyadek oq koʻpiklar sochibdir,
"Oʻgʻlon, Alloh yoring, borgil!" – dedilar.

Ota-Oʻgʻil Dardlashuvi

Ozodiy:

- Oshkor et siringni, saqlama pinhon,
Ammoki, soʻzimdan chiqmagil, oʻgʻlim!
Kunda yuz oʻy kelar-ketar bu boshga,
Ogʻritma koʻnglimni, yiqmagil, oʻgʻlim!

Maxtumquli:

- Uyalardim, sirim fosh aylamasdim,
Oshkor qil, deb soʻrar boʻlsang, Ozodim!
Yuz oʻy kelar-ketar har kun bu boshga,
Istak bordir, safar qilsak, Ozodim!
- Jafo qilma oʻzing, chaqir Mavloni,
Orzu qilma xonni, bekni, sultonni,
Basdir bizga avval Tangri bergoni,
Qoldirma koʻnglimni, ketmagil, oʻgʻlim!
- Ketgimiz yoʻq olti bilan, besh bilan,
Sayron etsak necha tengu toʻsh bilan,
Magar shunda Qamgin koʻnglim xush boʻlar,
Koʻngil qalqar, qaror etmas, Ozodim!
- Varzishing yoʻq, yoshsan, keta bilmassan,
Shovur bor, shovqin bor, chiday bilmassan,
Har ishga bosh qoʻshib, eta bilmassan,
Ketmoqlik da’vosin qilmagil, oʻgʻlim!
- Kishi soʻzlamasa, siri fosh boʻlmas,
Yaxshini, yomonni bilgan yosh boʻlmas,
Shu kez yubormasang, koʻnglim xush boʻlmas,
Ra’yimiz qaytarma, qoʻybor, Ozodim!
- Bizni nechuk bunday tark etgusing bor?
Bu yoʻl behudadir, chin ketgusing bor.
Bas, ketmagil, sendan koʻp tarsishim bor,
Qaygʻu, alamlarga botmagil, oʻgʻlim!
- Qalbimga kiribdir Islom havasi,
Tangadir, dirhamdir xalqning tama’si,
Koʻnglim malul etma, qoʻrquv nimasi? –
Bir safar ishidir, qoʻybor, Ozodim!
- Qur’on oʻqib yurgil, yaxshi Kalomdir,
Dushman berahmdir, dining Islomdir,
Yoʻllar qaroqchidir, oʻgʻri-haromdir,
Oʻlgungmi, qolgungmi, ketmagil, oʻgʻlim!
- Sinayin, koʻrayin bu kun iqbolim,
Yaxshi kun, yaxshi vaqt, kelganda solim,
Qasd etib jonimga, yetsa ajalim,
Bu yerda boʻlsa ham, topar, Ozodim!
- Bilib olay, oʻzing qayon otarsan?
Qandoq ishdir, buni bundoq tutarsan?
Aytgil, axir, kimning bilan ketarsan?
Oh chekib, har yonga boqmagil, oʻgʻlim!
- Jilovdori boʻlgum Yosirxon pirning,
Koʻngil qushi parvoz urar faqirning,
Bu kun yetti kundir, "Alhamd" oʻqirmen,
Shod ayla koʻnglimni, qoʻybor, Ozodim!
– Ozodiy der: birga safo suraylik,
Yoʻqsa, yuboraylik, sinab koʻraylik,
"Omin!" deb tur, oʻgʻlim, duo beraylik,
Bir Alloh yor boʻlsin senga, bor, oʻgʻlim!
– Maxtumquli aytar: qolmisham chogʻdan,
Koʻngil qushi talvos urar yiroqdan,
Har yerda Sogʻligim tila Ul Haqdan,
Duo qilib, Haqqa yolbor, Ozodim!..

Xush Qol, Goʻzal "Shergʻozi!"

(Xivadagi «Shergʻozixon» madrasasi bilan xayrlashuv)
Makon aylab, uch yil yedim tuzingni,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi!"
Oʻtkazdim qishingni, navroʻz, yozingni,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi!"
Haqdan bizga buyruq, farz erur bilim,
Senda ta’lim oldim, ochildi dilim,
Kelsin deya kutar ul Karkaz elim,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi!"
Ajratarman endi oqu qaroni,
Doʻst-raqib, qardoshim, haqni, yoronni,
Oʻqidim, koʻtardim Kitob-Qur’onni,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi!"
Aqlim qisqa edi, koʻksim qaynadi,
Jigar talvos urdi, yurak oʻynadi,
Ilmi Islom bilan jonim yayradi,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi!"
Hislar yuragimda mavj urar, bitmas,
Qaynar, toʻlqinlanar, hech loyga botmas,
Ilm ta’lim olgan seni unutmas,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi!"
Paymon toʻlmay, kelsak, togʻat yetmasdan,
Sirin zohir qilmas, aql ketmasdan,
Bodipoy otlandim, sayron etmasdan,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi!"
Daryoga kirsam-da, gʻavvos suzarman,
Behasrat yayrabon, begʻam kezarman,
Dahon ichra asal zabon ezarman,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi!"
Kamol topib, saranjomlik qilibmen,
Mushfiqimdan, ul padardan qolibmen,
Ka’bamdan – oyimdan judo boʻlibmen,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi!"
Qutbda sa’y koʻzlab, kamona tushdim,
Nayson quydi, ummon qaynadim-joʻshdim,
Xush qol, bu kun Jayhun bahridan oshdim,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi!"
Maxtumquli tashlab butkul qaygʻusin,
Alqadi pirini, mullo, soʻfisin,
Aslo unutmasman tillo qopisin,
Ketar boʻldim, xush qol, goʻzal "Shergʻozi!"

Oʻrtandim, Ado Boʻldim

Sanduvochi sarmastman, bargimdan judo boʻldim,
Bargimni xazon oldi, besavtu sado boʻldim,
Bir gulchehra yoʻlinda behuda fido boʻldim,
Bad ishlarga boy boʻldim, xayr ishda gado boʻldim,
Furqat, vuslat, neki bor – aslin az Xudo bildim,
Barchani bedor koʻrdim, oʻzim uyquda boʻldim,
Dunyoga kelib, evoh, aylanmay gado boʻldim,
Yeganim ogʻu bildim, kiyganim rido bildim,
Yondim-kuydim, yor-doʻstlar, oʻrtandim, ado boʻldim.
Yoronlar, yoʻldosh boʻldim, nafsu havo zolimga,
Kiyikday qochar, bormas nasihatgoʻy olimga,
Subhonga sarkashligin mashhur etdi olamga,
Men netayin, ey doʻstlar, omadsiz iqbolimga,
Qoʻymadi oʻz holimga, yururga, majolimga,
Ne qozonchga quvonchim, ne xushvaqtlik molimga,
Bir choʻp miqdori kechmas bu jahon xayolimga,
Bilmam, olam ne koʻyda, men hayron oʻz holimga,
Yondim-kuydim, yor-doʻstlar, oʻrtandim, ado boʻldim.
Jahl ishiga chobukman, Alloh ishiga susttar,
Gʻarqi zalolat boʻldim, hidoyatni sen koʻstar,
Ne darvishman, ne mullo, ne soʻfi, ahli dastor,
Qardoshlar quloq bersa, aytsam soʻzimni rosttar,
Fikr aylang, kimim bordir Egamdan oʻzga, doʻstlar,
Bandalikda boʻlmasang, boʻlganing yaxshi nesttar,
Koʻrmadim Kun ostinda hargiz oʻzimdan pasttar,
Otashga loyiq boʻlmas ado boʻlgan xokistar,
Yondim-kuydim, yor-doʻstlar, oʻrtandim, ado boʻldim.
Fuqarosin Sulaymon, gar qilsa yuz siyosot,
Kelsa pari podshohi, Oqtamiru Jonpoʻlot,
Yuz ming devga bosh boʻlgan dev toʻrasi – Damirbot,
Magas shohi – Turtarus hamrohlik etsa, xayhot,
Moʻr maliki – Munzara kelsa behad, bagʻoyot,
Muso gar qoʻlin ochib, Iyso oʻqib yuz oyot,
Xizr duo aylabon, Ilyos qilsa munojot,
Mundogʻ murda jasadga maholdir topmoq najot,
Yondim-kuydim, yor doʻstlar, oʻrtandim, ado boʻldim.
Maxtumquli, miskinman, koʻngil uyim noma’mur,
Soʻzga yaqin bandaman, xayrim kamu sharrim zoʻr,
Oʻzim xalqqa noqobil, iqbolim kech, baxtim shoʻr,
Noshoyista a’molim, goʻyo qadam urar koʻr,
Magar Egam istasa, boʻlgay nuru ’alan-nur,
Tir turfatul-aynda tushgandir, boʻlib mahjur,
Bad qiliq bilan boʻldim jahon ichinda mashhur,
Tegirmonday bonggirman, samandarday otashxoʻr,
Yondim-kuydim, yor-doʻstlar, oʻrtandim, ado boʻldim.

Karam Ayla, Yo Rab, Qudratli Subhon

Karam ayla, yo Rab, qudratli Subhon,
Gʻarib, gʻamgin kechgan holimga mening.
Aqlim hayrondadir, etibman pushmon,
Bilmaslikda kechgan solimga mening.
Mahshar kun boʻlmasang Sen menga dalda,
Yo Rab, qanday boʻlar ishim u holda!
Iymonim matohin eltuvchi yoʻlda,
Rahzanlar qoʻymagil yoʻlimga mening.
Din qilichin ursam, tanda zoʻrim yoʻq,
Muhtojga non bersam, qoʻlda zarim yoʻq,
Faqirdirman, Sendan oʻzga yorim yoʻq,
Bir tasalli bergil koʻnglimga mening.
Istasa teng-toʻshlar boshga oltin toj,
Faqirlik mulkindan ber menga iloj,
Ey Yaratgan, etma nomardga muhtoj,
Tilagim duch etma zolimga mening.
Ojizdirman, Sendin oʻzga kimim bor,
Oʻzing bergan jonga jabr etma, Jabbor,
Maxtumquli aytar: karamli oʻaffor,
Boqma qilmishimga, fe’limga mening!

Iymonim Yoʻldosh Boʻlsa

Dehistonning bayirinda
Bodi saboni koʻrsam.
Bahouddin, Mir Kulol,
Zangi Boboni koʻrsam.
Na’layni Arshga tojdir,
Nomi olamga foshdir,
Ikki jahon muhtojdir,
Arab zabonni koʻrsam.
Kelgan ketar shasht etib,
Sayr etmas guzasht etib,
Koʻngil aytar: gasht etib,
Olam-jahonni koʻrsam.
Xizir kabi choʻllarda,
Ilyos kabi koʻllarda,
Kovus kabi togʻlarda
Yaxshi-yomonni koʻrsam.
Oldinda Hindistonni,
Orqada Turkistonni,
Avliyolar ummoni –
Ul Rumistonni koʻrsam.
Jon foniy, jahon shaydo,
Mundan hech yoʻqdir foyda,
Yetti togʻ, yetti daryo –
Dali dunyoni koʻrsam.
Maxtumquli xush boʻlsa,
Oqsa, diydam yosh boʻlsa,
Iymonim yoʻldosh boʻlsa,
Borsam, Ka’bani koʻrsam!..

Bir Jum’a Kechasi

Bir jum’a kechasi koʻrdim tushimda:
Bol urib, koʻklarga uchdim, yoronlar.
Parvoz aylab, sayron etdim dunyoni,
Bir obodon joyga tushdim, yoronlar.
Kahkashonga chiqdim: turli samarlar,
Ming turli mevalar, xurram shajarlar,
Norinji, turinji, limu, olmalar,
Bir obodon bogʻga tushdim, yoronlar.
Ochilmishdir unda rang-barang gullar,
Shoʻrishu afgʻonda shaydo bulbullar,
Marmardan hovuzli kavsardek suvlar,
Tahayyur aylabon shoshdim, yoronlar.
Ul qaro bogʻ ichra koʻrdim bir chaman,
Ajoyib majliski, koʻrdim – anjuman.
Davra kirib koʻrdim: oʻltirmish chiltan,
Salom berib, qoʻlin quchdim, yoronlar.
Hamma ovoz aylab, "Alayk!" dedilar,
Ishorat aylabon, "Oʻtgil!" dedilar,
Davra qurib, jomga sharob quydilar,
Menga yetgach, qoʻlim ochdim, yoronlar.
Bilmadim, koʻpmi yo menga oz berdi,
Oʻzga olam boshqa bir ovoz berdi,
Ishq oldi koʻnglimni, dilga soʻz berdi,
Oyoqdan-oyoqqa tushdim, yoronlar.
Maxtumquli, hushyor boʻldim, uygʻondim,
Uygʻondim, oʻrtandim, tutashdim, yondim,
Ma’no bozorinda hayotga doʻndim,
Shirin gʻazal toʻnin bichdim, yoronlar.
Gul Farxordek qizil rangim soʻldirsam,
Qoʻbiz olib, ulugʻ na’ra choldirsam,
Yo Rab, xabar bilarmanmi, Yor, Sandan.
Iyso kabi xilvat tutsam samoda,
Idris kabi qulluq etsam ziyoda,
Xizr, Ilyos kabi kirsam zulmota,
Yo Rab, xabar bilarmanmi, Yor, Sandan.
Maxtumquli, oshiqlaring mastinda,
Xira koʻzi hayron boʻlar doʻstinda,
Yetti yerda, toʻqqiz falak ustinda,
Yo Rab, xabar bilarmanmi, Yor, Sandan.

Haqqa Ayon Erdi Holim

Tengu toʻshim – boʻz yigitlar,
Har kim bir ishga ulashdi.
Haq har kimga bir yoʻl berdi,
Har kim bir burchga talashdi.
Kimlar kirdi Haq yoʻliga,
Yaxshilik tushdi fe’liga,
Kim qilich oldi qoʻliga,
Choldi, Islom dinin ochdi.
Nor-bedovli beklar, xonlar,
Otlansa, toʻlar maydonlar,
Urdi eshik, toʻkdi qonlar,
Qochoqlar boshindan kechdi.
Biz istadik ulugʻ yoron,
Nasib bizni etdi hayron,
Kim ketdi Eron, Turon,
Kim Isfahon, Tabriz oshdi.
Haqqa ayon erdi holim,
Xalqda bilgan – boʻlmas ma’lum,
Maxtumquli, mening yoʻlim
Ul doʻstlardan ayro tushdi.

Dasti Otamning

(Marsiya)
Oltmish yoshda, navroʻz kuni, luv yili,
Turdi ajal, yoʻlin toʻsdi otamning.
Bu dunyoning ishi shundaymish, balli,
Umrining tanobin kesdi otamning.
Molu davlatlarga koʻngil qoʻymadi,
Bu jahonning ishratini suymadi,
Eski sholdan ortiq poʻshish kiymadi,
Oxirat uyi boʻldi qasdi otamning.
Derdi: dunyo turmas, umri boqiy yoʻq,
Kunduz roʻza, kecha boʻlsa, uyqu yoʻq,
Munkir bilmas, muxlislarning shakki yoʻq,
Paygʻambar dastidir dasti otamning.
Koʻrmasam, soʻzlamam xayolan chandon,
Maqsudiga yetar, yukingan chindan,
Yarmisi malakdan, yarmisi jindan, -
Mujovirsiz boʻlmas usti otamning.
Nuqabo der: uch yuz eran uchrashdi,
Chiltanda otamga nazarim tushdi,
Nujabo borsam, hafttanlarga qorishdi,
Abdollardir chin payvasti otamning.
Olam ichra odam qolmas, ot kezar,
Bu sirlardan jahon xalqi yot, kezar,
Joni jannat ichra, koʻkda shod kezar,
Yerda xushvaqt yotar poʻsti otamning!
Maxtumquli, pinhon siring bor ichda,
Komil topsang, qil qullugʻin sarishta,
Mahshar kuni gʻamsiz kirar behishta -
Har kim chindan boʻlsa doʻsti otamning!..

Ota Marsiyasi

Falak, izlar edim, sen duchor boʻlding,
Koʻzimning nuroni – Ozodim qani!
Yuragim sugʻurib, saklarga berding,
Shahrimning sultoni – Ozodim qani!
Imomsiz qolgandir masjid-mehrobim,
Chiqmadi nur sochib ul mohitobim,
Yolgʻiz qoldim, sel olibdir atrofim,
Koʻnglimning ummoni - Ozodim qani!
Shakar edi, zahar boʻldi soʻzlarim,
Za’farondek sargʻayibdir yuzlarim,
Quvvat ketdi, gʻuborlandi koʻzlarim,
Minbarim azoni – Ozodim qani!
Toʻrt faslim oʻt boʻldi, togʻlar eridi,
Tiriklar uchdiyu oʻlik yuridi,
Ketgan borib, Haq rahmatin koʻradi,
Elimning zaboni – Ozodim qani!
Tuproqlar sel boʻldi, sellar gum boʻldi,
Xumlar jom boʻldiyu jomlar xum boʻldi,
Havaslar ya’s boʻldi, pesham gʻam boʻldi,
Yuragim oromi – Ozodim qani!
Oʻliklar tirilib, arzga bordilar,
Haqdan bir kalomni chandon soʻrdilar,
Koʻp yolborib, "Qoʻybor!" deya turdilar,
Oʻlik-tirik davroni – Ozodim qani!
Kofirlar boʻlibdir yigʻlab musulmon,
Haqqa yolboribdir Xizr, Sulaymon,
Bugʻ boʻlib oʻrlagan koʻkka, boq, ummon,
Goʻklan pahlavoni – Ozodim qani!
Armonim yoʻq, falak, bir savash qilsam,
Yo yiqsang, bosilsam, yo boshing olsam,
Saklarga osh aylab, bozorga solsam,
Bogʻimning rayhoni – Ozodim qani!
Quloqlar eshitgach, bari kar boʻldi,
Togʻlar erib oqdi, toshlar yer boʻldi,
Mullolar Qur’onsiz, pirlar koʻr boʻldi,
Sohiblar Qur’oni – Ozodim qani!
Zamin yuzin siyoh tumon aylading,
Aytgil, falak, kimni omon aylading,
Firogʻiyni, boq, beamon aylading,
Nomusim, iymonim – Ozodim qani!..

Yo Rab, Qulamasmi Buyuk Togʻlar, Hey!..

Qismat boʻlmas, ketsam uzoq yoʻllarga,
Nasib qoʻymas, ketar yoʻlim bogʻlar, hey!
Hayron Majnun boʻlib chiqay choʻllarga,
Borib maskan tutay sizni, togʻlar, hey!
Oʻyin bilan oʻgʻlonlikning damindan,
Yetib keldim komillikning jamindan,
Koʻnglim larzon boʻldi dunyo gʻamindan,
Tutdi siynam parcha-parcha dogʻlar, hey.
Qayta-qayta oʻgʻlonlikning royindan,
Yetib keldim komillikning poyindan,
Botdi boshim, chiqa bilmam loyindan,
Yodga tushar burun kezgan chogʻlar, hey!
Johillikda chor tarafga otishgan,
Bilmaslikda hamma ishga qotishgan,
Ojiz qolib, qarilikka yetishgan,
Dardlar chekib, oʻz-oʻzidan yigʻlar, hey!
Ma’no olgan Maxtumquli soʻzindan,
Fikra tushar, yoshlar oqar koʻzindan,
Hamma narsa tagʻyir topar Oʻzingdan,
Yo Rab, yigʻilmasmi buyuk togʻlar, hey!

Sendan Soʻngilarga Yodgor Boʻlar!

Yaxshilikda oʻzin elga tanitgan,
Olqish olib, darajasi zoʻr boʻlar.
Yomon boʻlib, yaxshilikni unutgan,
Izzatin yoʻqotar, itdan xor boʻlar.
Mungli boʻlar murodiga yetmagan,
Zalil boʻlar Haq amrini tutmagan,
Oʻz rizqiga hech qanoat etmagan,
Koʻzin tikar kas oshiga, zor boʻlar.
Har kim yomonlasa tengi-toʻshini,
Oʻzi mushkul etar oson ishini,
Kim tark etsa aql bilan hushini,
Qilar ishin bilmas, sharmsor boʻlar.
Murodi kech boʻlar yoʻli yangʻilgan,
Beixtiyor boʻlar qoʻli tangʻilgan,
Kurashda yigʻilgan, jangda yengilgan
Ichi toʻla nomus bilan or boʻlar.
Gʻayrati kam boʻlar gavhari ozning,
Qiymati past boʻlar motamda sozning,
Uyiga borsangiz bir beniyozning,
Koʻkragi qisilar, koʻngli tor boʻlar.
Kim baloni sotib olsa boshiga,
Rashk etib, raqiblar kechar tashiga,
Ruju’ qilsa kim bajarmas ishiga,
Savdosidan kela bilsa, er boʻlar.
Keyin tavba etmas haq yoʻldan ozgʻon,
Oʻt yoqsang, qaynamas bir quruq qozon,
Fahm eting, har yerda bir fe’li yomon,
Yovuz musallatga sazovor boʻlar.
Xazonga aylandi umrimning guli,
Nazarin past tutar eldan, bergili,
Beiqbol, yoziqli, yomon koʻrguli -
Toʻqnash kelsa, bir yomonga yor boʻlar.
Oldda-ortda koʻrsang har kas gʻulomin,
Undan ayamagin Tangri salomin,
Kim oʻqib, unutsa, Haqning kalomin,
Qiyomat kun ikki koʻzi koʻr boʻlar.
Holi mushkul boʻlar kuyib yonganning,
Iymoni shikast yer harom yeganning,
Qasddan roʻza, namozini qoʻyganning
Oʻzi kofir boʻlib, joyi nor boʻlar.
Maxtumquli, soʻzla har ne bilganing,
Oʻzingga oid bil aytgan oʻlaning,
Tarashlab, porlatgil dilga kelganing,
Sendan soʻnggilarga yodgor boʻlar!

Iymon Paydo

Kelsa navroʻz olamga, rang qilar jahon paydo,
Bulutlar ovoz urib, togʻ qilar tuman paydo,
Bejonlarga jon kirib, etarlar dahon paydo,
Koʻkarmagan giyohlar koʻkarib ravon paydo,
Etarlar hayvonotga ham sud, ham ziyon paydo.
Yer yuziga yoyilib, yurarlar nihon-paydo,
Vobasta dahon qushlar qilarlar zabon paydo.
Choʻl tarafin berkitib, dar ochar suvga xarchang,
Zamin sabzazor boʻlib, tanidan ayrilar zang,
Jonivorlar mast boʻlib, goʻyo ichmish aroq, bang,
Har ashyoning oʻziga oʻz ovozi boʻlar gang,
Sabza ichra sanduvoch yuz tilda qilar ohang,
Zamin xizrpoʻsh boʻlib, gul ochibdir rang-barang,
Xurujga kelib olam, qilarlar figʻon paydo.
Surudu sado birla jahon yuzi oboddir,
Boʻlma surudga magʻrur, oqibati barboddir,
Haq ishqinda zinda jon, biling, boqiy hayotdir,
Har tandaki ishq yoʻqdir, roʻzi azal mamotdir,
Yoz oʻtguncha Yeru Koʻk kundan-kunga ziyoddir,
Bir hashri qiyomatdir, bir yavmi arosatdir,
Dahr ichra boʻlar har dam, jahon ichra jon paydo.
Zarbofga zavqing qoʻyma, baqo yoʻqdir davlatda,
Umringni yelga berma, sen bu dorul-mehnatda,
Yetar senga erta-kech, ne yozilsa qismatda,
Joningga jafo aylab, buncha kezma hasratda,
Savob yaxshi amalda, yoxud yaxshi niyatda,
Olam barcha xizmatda, odam yotar gʻaflatda,
Hosiling otash boʻlgay, aylasang yomon paydo.
Maxtumquli, yigʻlarman bu baxti siyohimdan,
Qoʻrqarman jon ofati – qoʻl-oyoq guvohimdan,
Umidim hosil boʻlmas, bu umri tabohimdan,
Jon kuydi jasad ichra, bu otashi ohimdan,
Qoʻlim choʻzib, tilarman hojatim Allohimdan,
Bandaman, umid shulki Ul karamli Shohimdan,
Aylagay arosatda gul kabi iymon paydo.

Barcha Ish Haqning Koridir

Yigit koʻngliga xush yoqqan
Otning koʻrki - raftoridir.
Elga, ulusga xush kelgan
Osh, qilich – er guftoridir.
Ortingga boq, olding koʻzla,
Xush soʻzing ayt, qahring gizla,
Soʻzlay bilsang, yaxshi soʻzla,
Xalq yomonning bezoridir.
Dunyo daroz, umr qolmas,
Ajal kelsa, chora boʻlmas,
Ne ish boʻlar – odam bilmas,
Barcha ish Haqning koridir.
Oʻtar davron, bermas solim,
Bu kun yomon, dema, holim,
Munda navbat sursa zolim,
Erta Haq gʻarib yoridir.
Oʻz erkim bilan soʻz demam,
Kelajak rizqqa gʻam yemam,
Jahonda bor ishdan yomon -
Bir moʻ’minning ozoridir.
Anglar kishi duch kelmasa,
Sirlasharga yor boʻlmasa,
Yil-kunda qadr qolmasa,
Soʻz ham ne dardga doridir!
Maxtumquli, sen dam-badam
Oxirat sari ur qadam,
Yaxshi-yomon – barcha odam
Ajalning giriftoridir.

Yomgʻir Yogʻdir, Sultonim!..

Seningdek Qodirdan tilak tilarman,
Rahm aylabon, yomgʻir yogʻdir, Sultonim!
Gʻaribman, gʻamginman, nolish aylarman,
Rahm aylabon, yomgʻir yogʻdir, Sultonim!
Qodir Alloh, toʻkkil nusrat boroni,
Ekinning hamdasti, yerning yoroni,
Yeru koʻkning, Arshu Kursning Subhoni,
Rahm aylabon, yomgʻir yogʻdir, Sultonim!
Bulbullar mast boʻlsin, olam evrilsin,
Qaygʻular daf’ boʻlsin, gʻamlar sovrilsin,
Noʻshirvon davridek jahon yayrasin,
Rahm aylabon, yomgʻir yogʻdir, Sultonim!
Rahmating eshigi Arshdan ochilsin,
Nuring inib, yer yuziga sochilsin,
oʻubor koʻchsin, olam gardi yuvilsin,
Rahm aylabon, yomgʻir yogʻdir, Sultonim!
Olam taqdir koʻzlar – Haqning farmoni,
Jahonni serob et, ketsin armoni,
Sendan bitar dardlilarning darmoni,
Rahm aylabon, yomgʻir yogʻdir, Sultonim!
Bechora bandaman, ne bordir menda,
Rahiym – Sen, Rahmon – Sen, karam-kon Senda,
Karaming boʻlmasa, qoldik armonda,
Rahm aylabon, yomgʻir yogʻdir, Sultonim!
Dargohdan tilanar nolishli qullar,
Munojot aylabon ochilar tillar,
Yomonlik daf’ boʻlib, yayrasin ellar,
Rahm aylabon, yomgʻir yogʻdir, Sultonim!
Maxtumquli, ishqing aylar iroda,
Ishqingni komil et, qoʻyma aroda,
Yetkazgil maqsada, ma’shar muroda,
Rahm aylabon, yomgʻir yogʻdir, Sultonim!

Roʻzu Shab Nolishim Shuldir Xudoga

Yo Ahmadshoh, yerda tarqalib choving,
Oting osmon ketar – Arshi a’loga.
Kelgan navkaringdir, kelmagan oving,
Buyuklik zinasin top poya-poya.
Eronga qilich ur, yurut sipohi,
Boshingda boʻrk boʻlsin – davlat kulohi,
Humoyun togʻinda sherlarning shohi,
Goʻyo bir nahangsen mavji daryoga.
Beshalarning ov izlagan sherisan,
Rumiston baynisan, devning birisan,
Zol oʻgʻlining olmos paykon-tirisan,
Gushtasp oʻgʻli kabi zidsan baloga.
Olding Eron boʻlsa, orting Turondir,
Ishingga doʻst xushvaqt, dushman hayrondir,
Iqboling ochilar, ishing davrondir,
Marhamat nazaring solsang bir joga.
Firogʻiy der: rivojlantir, dinni sen,
Shohlarning shohisan, islomning zayni,
Amringga mute’ et Eron zaminni,
Roʻzu shab nolishim shuldir Xudoga.

Bildingimi?..

Qalam olib, nomani goʻndarganim bildingmi?
Afsun urib, Hudhudni indirganim bildingmi?
Arsh ustiga koʻtarib, mindirganim bildingmi?
Toʻrt kecha, uch kun yigʻlab, tindirganim bildingmi?
Markab mingan Iysodek yeldirganim bildingmi?
Majnun kabi sahroda yigʻlay-yigʻlay kezganim,
Koʻz yoshimni marjonday tizim-tizim tizganim,
Varqo kabi Gulshodam oʻlib, umid uzganim,
Joʻshqin boʻlib ishq oʻti, qaynab-qaynab qizganim,
Shibliy kabi bir togʻni yondirganim bildingmi?
Hudhud kabi Farangdan Chin-Mochinga borganim,
Bogʻ ichinda Bilqisning sochin ochib koʻrganim,
Sulaymonning taxtindan soʻzlab, xabar berganim,
Qush qoʻnsin deb boshimga, bulbul kuyin qurganim,
Chorshanba kun chosht vaqti koʻndirganim bildingmi?
Surohning orqasinda Majnun qurdi jodani,
Bismilloh deb boshladi, chaqirdi ustodini,
Haqdan gʻayri bir kimsa eshitmadi dodini,
Qirq oshiq na’ra tortib, shu’lalatdi oʻtini,
Koʻz yoshimdan suv olib, soʻndirganim bildingmi?
Shirvonxonning savdosi, ne ajoyib savdodir,
Qil koʻprikdan toydirsa, qiyomat kun rasvodir,
Yuz yigirma saf qurib, har safda bir gʻavgʻodir,
Oshiqlik bir – joʻshqinlik, oqmas toshqin daryodir,
Bir jur’adan qirq oshiq qondirganim bildingmi?
Yetilmamish shunqorim, qamish qanot, oq turpoq,
Dunyo meni toydirdi, bir yonim qildi urpoq,
Jonon jigarim tilib, tortar qon, qoʻymas tuproq,
Har tikandan yuz shona, har qirq guldan bir yaproq,
Togʻu toshni aylanib, undirganim bildingmi?
Maxtumquli soʻzlagay: toʻqqiz falak Zuhrosi,
Yetti yulduz qardoshi, Oyning, Kunning porasi,
Nuri diydam yaktosi, koʻzim oqu qarosi,
Obi Zamzam chashmasi, Safo-Marva arosi,
Sulaymondek ahdimni doʻndirganim bildingmi?

Chin Bedovlar Maydoninda Bilinar

Eshak oʻzin kam deb bilmas bedovdan,
Qiymat bersang, ot yoninda bilinar.
Bedov degach, boʻlmas hamma bedov teng,
Chin bedovlar maydoninda bilinar.
Oʻgʻlonlikda bilmas eding, bek eding,
Yomonga hech yoqmas soʻzing, oʻguting,
Orif boʻlsang, aslin soʻrma yigitning,
Adabinda, ikrominda bilinar.
Bu jahondan toʻymas koʻzing, ser boʻlmas,
Har tulkidan yoʻlbars boʻlmas, sher boʻlmas,
Yigit degach, hamma yigit bir boʻlmas,
Boʻz yigitlar mehmoninda bilinar.
Davlat qoʻnsa boʻz yigitning boshinda,
Himoyatli eli kerak qoshinda,
Yigit oʻzin ma’lum etar ishinda,
Qilichinda, zaboninda bilinar.
Maxtumquli, gʻariblarning koʻz yoshi
Togʻlarni yondirib, eritar toshi,
Faqirga jabr etgan zolimning ishi
Roʻzi mahshar devoninda bilinar.

Bilmadim, Yaqinmi Oxirzamona

Koʻnglim aytar, doʻstlar, aylayin bayon,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Dunyo uchun shariatni tashlabon,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Mullalar ilmiga etmadi amal,
Shariat ishiga aylamay jadal,
Fe’limiz buzilib, koʻpaydi kasal,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Muftilar mol olib, rivoyat berar,
Nohaq pulni olar, haqni kuydirar,
Fe’llari buzilib, fasod koʻpayar,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Rais boʻlsa, bechoradan pul olar,
Bermasa, boʻyniga qil arqon solar,
Gunohlar koʻpayar, shariat qolar,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Eshonlari riyo aylar namozin,
Gʻaflatda oʻtkazar qish bilan yozin,
Yolgʻon soʻzlab, eldan olar niyozin,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Soʻfilar nafs uchun malla toʻn kiyar,
Shubhali taomni halol deb, yeyar,
Shayton fe’li bilan karomat deyar,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Shayx deganlar nazr ustinda urishib,
Bir pul uchun, zan, farzandga soʻkishib,
Avliyo qoshida mundoq boʻlishib,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Xoʻjalar faxr etar asli zotini,
Qiyom Isomiddin qoʻyib otini,
Falon kas xoʻja deb xom avlodini,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Kadxudo boʻlganlar toʻgʻri soʻzlamas,
Pora olar, lekin Haqni koʻzlamas,
Nohaq guvoh boʻlar, da’vo tinglamas,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Boylarda qolmadi xayru saxovat,
Dunyo deb kezarlar, boʻlmas farogʻat,
Hariblar boylardan koʻrmas kifoyat,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Oʻgʻli xushroʻy boʻlsa, etarmishlar shod,
Goʻyoki davlati boʻlgandir ziyod,
Kun-kundan jahonda koʻpaydi fasod,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Qiz-juvonda yoʻqdir hayodan asar,
Yigitlar qiz bilan oʻynashib kezar,
Yomon ish koʻpaydi kun kundan badtar,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Zamona ishlari yomon boʻlibdir,
Jahon ichra fasod ishlar toʻlibdir,
Fe’limiz aynibon, ranglar soʻlibdir,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Boylar zakot bermay, boʻlibdir sudxoʻr,
El ichinda koʻpayibdir hasadkor,
Umr oʻtib, gʻaflatda boʻlibmiz magʻrur,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.
Gunohlar koʻp boʻlib, ozaydi savob,
Qoʻrqaman, bu jahon boʻlgay deb xarob,
Kasb etib sotarlar arogʻu sharob,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona
Maxtumquli, muncha qilmoq hikoyat,
Oqillarga, shoyad, boʻlgay kifoyat,
Dunyoning ishiga yoʻqdir nihoyat,
Bilmadim, yaqinmi oxirzamona.

Bilgan Bormi, Yoronlar

Ishq yoʻlin havas aylab,
Kelgan bormi, yoronlar?
Dardimni bayon etsam,
Bilgan bormi, yoronlar?
Boʻlmisham mastu shaydo,
Hazor pesha, sad-savdo,
Olamda menday rasvo
Boʻlgan bormi, yoronlar?
Tashim dard, ichim biryon,
Etarman nola, giryon,
Mendayin mastu hayron
Qolgan bormi, yoronlar?
Yolgʻon dunyoda yayrab,
Kezarmen kulib, oʻynab,
Ishq matbaxinda qaynab,
Oʻlgan bormi, yoronlar?
Ishq duch kelsa bir mardga,
Xok boʻlar, doʻnar gardga,
Mendayin oʻzin dardga
Solgan bormi, yoronlar?
Tob etmayin zulmga,
Bordi holim oʻlimga,
Yigʻlamayin holimga,
Kulgan bormi, yoronlar?
Maxtumquli jon cheksa,
Rahm etmaslar, yosh toʻksa,
Ishqing yoʻlinda, yoʻqsa,
Tolon bormi, yoronlar?

Kel, Koʻnglim, Sidq Ila Yolbor Allohga

Kel, koʻnglim, sidq ila yolbor Allohga,
Yaratgandan hech yashirin ish boʻlmas.
Rizq bir muqaddardir shohu gadoga,
Qalam birdir, bunda yozgan besh boʻlmas.
Bir nechalar yoʻrtar kecha yotmayin,
Birov yotar oʻydan jafo tortmayin,
Taqdiri azaldan hargiz ortmayin,
Kezgan ortiq boʻlib, yotgan boʻsh boʻlmas.
Bir boʻz yigit yolgʻon dunyoga kelsa,
Qiliq, qilich, nonu dasturxon boʻlsa,
Foniy yurtda obroʻy ham iymon boʻlsa,
Yetmish, sakson, yuzdan ortiq yosh boʻlmas.
Kimlardir davlatmand, kimlardir gʻarib,
Kimlar-chi, xayr etib, zakotin berib,
Kimlari umrinda non deya horib,
Kimlardadir yostiq, toʻshak, osh boʻlmas.
Maxtumquli, bu kuningga shukr ayla,
Allohning qudratin koʻrib, fikr ayla,
Rizq uchun gʻam yema, Haqni zikr ayla,
Azalda yozilgan sendan tash boʻlmas.

Adolat Yaxshi

Aslo odamzodga achchiq soʻz qilmang,
Faqiru miskinga dalolat yaxshi.
Baxilga uchramang – kular yuz boʻlmang,
Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi.
Yetimni koʻrganda kular yuz boʻlgil,
Qoʻldan kelsa, unga taom-tuz bergil,
Gʻamginni koʻrganda shirin soʻz bergil,
Chorasiz qullarga himoyat yaxshi.
Yigit uldir, soʻzga aylasa amal,
Qoʻldan kelmas ishga etmasa jadal,
Allohning amriga qilmagil badal,
Bekka – saxo, shohga adolat yaxshi.
Hariblik bir darddir – odam oʻldirmas,
Oʻldirmas, hayotda lekin kuldirmas,
Boʻriga ajzini it ham bildirmas,
Albatta, dushmanga siyosat yaxshi.
Maxtumquli, shukr, shirin til berdi,
Daraxtlar koʻkarib, samar, gul berdi,
Goʻroʻgʻli Rayhonga qanday yolbordi? -
"Omonliq" deganga diyonat yaxshi.

Yigʻlarman

Ey yoronlar, umrimdan
Kechdi deya yigʻlarman.
Ketdi aqlim oʻrnindan,
Shoshdi deya yigʻlarman.
Ketgan kelmas yoʻlindan,
Qaytmas yomon fe’lindan,
Diyonat xalq qoʻlindan
Uchdi deya yigʻlarman.
Hozir bizning zamonda
Yomon soʻzlar zabonda,
Zulm ishlari jahonda
Joʻshdi deya yigʻlarman.
Bu ayyomda badkorlar
Yuz til bilan aldarlar,
Qani, ne-ne dildorlar,
Kechdi deya yigʻlarman.
Necha sodda teng-toʻshlar
Shayton qiligʻin boshlar,
Yuz oʻgirib qardoshlar,
Qochdi deya yigʻlarman.
Koʻring falak oʻyinin,
Uzar olamning boʻynin,
Ne-ne jonlar yer qoʻynin
Quchdi deya yigʻlarman.
Maxtumquli der marda:
Dunyo – kishan, tan – parda,
Bir boshim sonsiz darda
Tushdi deya yigʻlarman.

Niyatim Ka’badir, Xayolim Hajdir

Oltmish yashar, yetmish yashar soʻfilar,
Oz qolibdir oy-kuningiz botmoqqa.
Choʻl yerlarda tozi koʻrmas tulkilar,
Xayol etar yotgan sherni otmoqqa.
Qargʻa aytar: "Yoʻqdir mendayin shahboz",
Ming qargʻa yigʻilsa, lochin boʻlmas, rost,
Mitti kaltakesak kun qargʻab nosoz,
Dam chekadir ajdarhoni yutmoqqa.
Oqsoq kiyik yuz boʻrsiqqa yettirmas,
Sher bolasi yuz tulkiga tuttirmas,
Oʻlik ilon yuz kalxatga yuttirmas,
Aql kerak bu ishlarga yetmoqqa.
Yetmish yashab, yod etmaslar tavbani,
Xurram boʻlib oʻynatarlar gahbani,
Munkirlar jam boʻlib, yiqdi Ka’bani,
Yazid ketdi ogʻochlarin sotmoqqa.
Boqing bu ayyomni, koʻring gardishni,
Faqirga zulm etmoq boʻldi varzishi,
Haq yoʻlinda toʻgʻri kezgan darvishni,
Qoʻymaydilar oʻz holiga yotmoqqa.
Yuragim sabrdan ketdi, qarordan,
Yomon ishdir bugʻz aylamoq er, yordan,
Koʻp bezor boʻlibman bunday diyordan,
Majbur qoldim boshim olib ketmoqqa.
Maxtumquli aytar: baxtim bevajdir,
Nasibim, taqdirim, iqbolim kajdir,
Niyatim Ka’badir, xayolim Hajdir,
Ixlosim bor haj tavofin etmoqqa.

Yaxshi Qaysi, Yomon Qaysi, Bilinmas

Dardim koʻpdir diyorimdan, davrimdan,
Xayr qaysi, ehson qaysi – bilinmas.
Zolimlarning jafosindan, jabrindan
Islom qaysi, iymon qaysi – bilinmas.
Suhbatinda Haq kalomin soʻylash yoʻq,
Majlisinda bir nasihat aylash yoʻq,
Halol qaysi, harom qaysi – saylash yoʻq,
Sud qaysidir, ziyon qaysi – bilinmas.
Xaloyiqda qiyofa yoʻq, koʻrim yoʻq,
Boylarinda saxovat yoʻq, berim yoʻq,
Xotinlarda hayo, qizda sharm yoʻq,
Adab qaysi, arkon qaysi – bilinmas.
Kishining moliga koʻzni soldilar,
Taassub-la dilga kiyna toʻldirar,
Bir-birini nohaq holda oʻldirar,
Najot qaysi, omon qaysi – bilinmas.
Maxtumquli, jon mehmondir, gavda – losh,
Yaxshiga doʻst koʻp, yomonga yoʻq qardosh,
Bu ayyomda bosh oyogʻdir, oyoq – bosh,
Yaxshi qaysi, yomon qaysi – bilinmas.

Yomonlar Yaxshidan Qocha Boshladi

Endi bildim zamonaning ozganin,
Yomonlar yaxshidan qocha boshladi.
Qaytib badnasllar aslzodadan,
Pisand etmay, toʻrga kecha boshladi.
Riyo boʻldi koʻpning qilgan namozi,
Tangri hech biridan boʻlmadi rozi,
Paygʻambar oʻrnida oʻtirgan qozi,
Pora uchun qoʻlin ocha boshladi.
Shohlarda qolmadi hukmi adolat,
Bir pul uchun muftiy berar rivoyat,
Bil, bu ishlar – nishonai qiyomat,
Zolimlar tavbasiz oʻta boshladi.
Dodxohlar turubon, yuzin sargʻaytib,
Kim toʻrasin topib, rangin qizartib,
Zolimlar mazlumga, sirtin qabartib,
Qamchisindan qonlar socha boshladi.
Mujtahid soʻziga amal boʻlmadi,
Munofiqlar Yaratganni bilmadi,
Soʻfilar piridan ta’lim olmadi,
Dunyo uchun dindan kecha boshladi.
Bir guruh soʻfilar "soʻfiman" deydi,
Soʻramay, zolimlar taomin yeydi,
"Bizni yaxshi kishi desinlar" deydi,
Har eshikda xalqa qura boshladi.
Qariga aylandi biz koʻrgan yoshlar,
Oyoqqa aylandi biz koʻrgan boshlar,
Bemahal yuk bogʻlab endi qardoshlar,
Oxirat azmiga koʻcha boshladi.
Oqil kishi gʻamda yuragin ezib,
Dardining darmonin soʻroqlab kezib,
Zamonaning fasod boʻlganin sezib,
Foniydan boqiyga koʻcha boshladi.
Ne asl beklarning navbati oʻtdi,
Soxtakorga, qaroqchiga soʻz yetdi,
Dunyoda kim qolib, murodga yetdi? –
Muhabbat chirogʻi oʻcha boshladi.
Qozi boʻlgan bir javobda turmadi,
Tunlar mehnat tortib, kitob koʻrmadi,
Shariat yoʻlinda toʻgʻri yurmadi,
Nafs uchun iymonsiz oʻta boshladi.
Maxtumquli aytar: borho yoʻl tani,
Besh kun sinamoqqa yubordi sani,
Sendan burun oʻtgan insonlar qani? -
Har kim navbatinda oʻta boshladi.

Keldi Qiyomatdan Nishon

Topdi shuhrat xalq ichinda bu jaholatdan nishon,
Qoldi darvishlar dilinda dogʻu hasratdan nishon,
Qolmadi mazlumlara hech rastu nusratdan nishon,
Sarbasar toʻldi jahona bu bad ofatdan nishon,
Tegdi olam ahliga yuz ming xijolatdan nishon,
Er bilarlar, kimda boʻlsa ul sharoratdan nishon,
Yodga solmas xayr ishin, topgan zalolatdan nishon.
Ne muruvvatdan asar bor, ne adolatdan nishon,
Shak emasdir, doʻstlarim, keldi qiyomatdan nishon.
Qay kishi bid’atga botsa, oni, bas, er bildilar,
Mahshara munkir boʻlib, yoʻq dunyoni bor bildilar,
Shar’ ishin bad anglayib, xoʻb ishni bad kor bildilar,
Sodiqlari xoin bilib, xoinlari yor bildilar,
Tome’lari qoni’ deya, qoni’lari zor bildilar,
Kim shariat ahli boʻlsa, hajv etib, xor bildilar,
Munkiri murshid bilib, yolgʻonni iqror bildilar,
Gumrohni taqvo sanab, taqvoni inkor bildilar,
Shak emasdir, doʻstlarim, keldi qiyomatdan nishon.
Hurmat ahli boʻldi ul kimning qoʻlinda sozidir,
Kim Kalom oʻqusa, xalq yonida xor ovozidir,
Virdlari darvishlaring xilvatda xalq anbozidir,
Oʻrtada qizu juvon, dersanki, toʻydir, bozidir,
Sakrashar qizu kelin ustingga, goʻyo tozidir,
Haq ishindan bexabar xalq ichra ba’zi qozidir,
Tobi’i jindir aning, haqqoki, shayton oʻzidir,
Baski, doʻzax joyidur, har kim bu ishga rozidir,
Shak emasdir, doʻstlarim, keldi qiyomatdan nishon.
Tangri, Paygʻambar soʻzindan bexabar bepirlar,
Fosiqin qozi bilib, noibni sulton derlar,
Har kishi, avval kelib koʻrsangki, "rishvat ber"lar,
Bogʻlabon boʻhton ila faqr ahliga taqsirlar,
Salla bogʻlab boshiga, och boʻri – soʻfi, pirlar,
Aylabon xalq ustiga koʻp hiylai tazvirlar,
Gar halolu gar harom topsa, tiqarlar, yerlar,
Roʻzi mahshar Haq, Rasulga ne javobni derlar?! -
Shak emasdir, doʻstlarim, keldi qiyomatdan nishon.
Aytaver, Maxtumquli, soʻz birla darding har zamon,
Ne uchun zolimga navbat berdi bu davru zamon,
Ul sababdan koʻz koʻrib, eshitsa kim, kechdi gumon,
Aylabon bir-biriga da’voyi botilni hamon,
Arzimas bir mol uchun, shaksiz, berar qoʻldan iymon,
Oʻzini er deb bilar, kim ortiq ish qilsa yomon,
Bu koʻngil yuz shavq etar, nohaq uchun toʻkmakka qon,
Gurbaning yetsa kuchi, qoplonga hech bermas omon,
Shak emasdir, doʻstlarim, keldi qiyomatdan nishon.

Oʻlim Barobardir Shohu Gadoga

Muhammad ummati molsiz boʻlmasin,
Molsiz boʻlsa, tuqqan qardosh yot boʻlar.
Qochar ogʻang, ining, boʻlmas xotiring,
Quvonar dushmaning, doʻsting mot boʻlar.
Gʻarib, oyoqyalang – xordir, xashakdir,
Bir ma’raka boʻlsa, oʻrni poygakdir.
Gʻariblar ot minsa, oti – eshakdir,
Davlatlilar eshak minsa, ot boʻlar.
Bir tilak tilasang, hojating bitmas,
Doʻsting ixlos bilan marhamat etmas,
Ma’rakada aytgan soʻzing joy tutmas,
Tinglamaslar, quruq soʻzing bod boʻlar.
Kurash bir obroʻydir, urush bir dastdir,
Kishini kamsitgan – oʻzi nokasdir,
Bir moʻminni gʻiybat etmoq abasdir,
Gʻiybatchining qozongani oʻt boʻlar.
Maxtumquli, shukr aylagil Xudoga,
Oʻlim barobardir shohu gadoga.
Besabr qul tez yoʻliqar baloga,
Sabrli qul bora-bora shod boʻlar.

Koʻnglim

Uygʻon xobi gʻaflatdan, ajalsiz oʻlan koʻnglim,
Umid uzib olamdan, dargohdan tilan, koʻnglim,
Mard kerakki, chiqarsin bu botib qolan koʻnglim,
Tubsiz daryoga tushdi, koʻrganga kulan koʻnglim,
Jon foniy, jahon foniy, kafanga oʻran, koʻnglim,
Soʻz bilan iching farqli, qabz oʻlib, doʻlan koʻnglim.
Olimlar soʻzin tingla, nasihatin ol, koʻtar,
Tur, Haqning dargohiga munojot qil, qoʻl koʻtar,
Riyozatning yukini, uzun arqon sol, koʻtar,
Bu ish mardning ishidir, mardona tur, kel, koʻtar,
Komil poyiga bosh qoʻy, yolgʻonchidan el koʻtar,
Tavba qilib, bir pirning xokiga bulan, koʻnglim.
Ishqim bordir Majnundan oltmish hissa ziyoda,
Kuch-quvvatim bor, qirq yil dars aytarga Farhoda,
Yuragim yoqib oʻtda, Xojamga borsam doda,
Karam daryosi joʻshib, yetkazarmi muroda? -
Qolsa, koʻngil topilmas, chiqsa bu jon dunyoda,
Mard kerakdir olmoqqa bu gʻarib qolan koʻnglim.
Sahar turib, duo qil, "Omin!" desin farishta,
Ne bordir gʻofil yotib, behuda oʻltirishda,
Mulki jahon tutdirmas, aylasang ming sarishta,
Abdol jandasin kiyib, ket devona koʻrishda,
Yoʻqsa, qolarsan tanho, gʻamgashtayu sargashta,
Aytgan soʻzingga fe’ling boʻlmasin yolon, koʻnglim.
Maxtumquli, noʻsh etdim, gʻam bodasin ikki tos,
Uch icharga ragʻbat yoʻq, chun jondan boʻldim xalos,
Boshimda sonsiz savdo, ichda "Vasvosil-xannos",
Keling, bir tadbir aylang, bu dardga, ayyuhannos,
Tiz choʻkubon, dam ursa, Iyso, Xizr ham Ilyos,
Tirilmas, zinda boʻlmas, xud murda boʻlan koʻnglim.

Yaxshidir

Odam oʻgʻli, bu olamdan oʻtguncha,
Ot chigʻarib, obroʻy olgan yaxshidur.
Quzgʻunlarning soyasida yotguncha,
Burgut panjasida qolgan yaxshidir.
Benamoz qoʻlindan taom ichmanglar,
Istanmagan yerda guftor ochmanglar,
Hargiz nomard koʻprigidan kechmanglar,
Gʻarq boʻlib, daryoda qolgan yaxshidir.
Xotiring koʻrkidir moyalar, narlar,
Ilmning quvvati – mardona erlar,
Yolgʻonchi – Allohning dushmani, derlar,
Ammo oʻz oʻrnida yolgʻon yaxshidir.
Maxtumquli aytar: soʻzim togʻ oshmas,
Nomard odam yoʻldoshiga qarashmas,
Musibatxonada kulmoq yarashmas,
Toʻylar majlisinda kulgan yaxshidir.

Oshiq Aytar: "Yo Subhon!.."

Bani Odam surilar
Hazor ostona sari.
Falak baqqol oʻtirmish
Bozor ostona sari.
Qaro yer ogʻzin ochar,
Gʻofildir odam, kechar,
Bulbullar istar – koʻchar
Bogʻu boʻstona sari.
Nur ato, Bobo Darxon,
Tegrasi daryo, qoʻrgʻon,
Bordi kori Bogʻirgʻon
Ul Turkistona sari.
Haqdan rahmat yogʻilar,
Imoratlar yopilar,
Ketsang, Ka’ba topilar,
Ul Rumistona sari.
Kunchiqardan kunbotar -
Tarso, juhud ham totor,
Shaharlar qator-qator
Magʻribistona sari.
Oshiq aytar: "Yo Subhon,
Mushkulim ayla oson!"
Shafoat ayla, yoron,
Shul Dehistona sari!
Maxtumquli tillanar,
Koʻzda yoshi sellanar,
Kunda koʻchar – yoʻllanar,
Mozoristona sari...

Hosiling Nedir Sening?..

Bormi bormoqqa joying, boshqa – Xudodan gʻayri?!
Bormaganing bormidir roʻyi siyodan gʻayri?!
Kezgancha charxning ostin jahonda jonlar chekib,
Ne talab bor senga bul jabru jafodan gʻayri?!
Haq etib, nohaq etib, yursang koʻzdan qon toʻkib,
Oʻosiling nedir sening jurmu gunohdan gʻayri?!
Yeb-ichib, mahbub quchib, yotsang gar rohat ila,
Toating qani saning roʻyi siyodan gʻayri?!
Koʻz – goʻzalda, nafs – yemak, til yana gʻiybat bilan,
Shavkating sharr, boshda yoʻq oʻylov, havodan gʻayri!
Avvali anglamadim, anglab soʻzga yurmadim,
Bu baloda kimsa yoʻq men benavodan gʻayri!
Fikr, ayla Maxtumquli, foniyga boq, ne koʻrding,
Soʻngi yoʻq, aldovi koʻp favtu fanodan gʻayri?!

Xabar Ber!..

(Turdi shoir bilan dardlashuv)

Maxtumquli:

- Ul nimadir, yashil-qizil oʻsadir?
Ul nimadir, oyogʻi yoʻq kezadir?
Ul nimadir, yetti daryo suzadir?
Shoir boʻlsang, shundan bizga xabar ber!

Turdi shoir:

- Ul ekindir, qizil-yashil oʻsadir,
Ul ilondir, oyogʻi yoʻq kezadir,
U baliqdir, yetti daryo suzadir,
Bizdan salom boʻlsin, javob shundaydir!
- Ul nimadir, yoqasi bor, yoni yoʻq?
Ul nimadir, qanoti bor, qoni yoʻq?
Ul nimadir, odam yutar, joni yoʻq?
Shoir boʻlsang, shundan bizga xabar ber!
- Ul kafandir, yoqasi bor, yoni yoʻq,
Kapalakdir, qanoti bor, qoni yoʻq,
Qaro yerdir, odam yutar, joni yoʻq,
Bizdan salom boʻlsin, javob shundaydir!
- Ul nimadir, darvozasiz qal’adir?
Ul nimadir, derazasiz binodir?
Ul nimadir, bir-biridan a’lodir?
Shoir boʻlsang, shundan bizga xabar ber!
- Ul koʻnguldir, darvozasiz qal’adir,
Ul qabrdir, derazasiz binodir.
Ul oy-kundir, bir-biridan a’lodir.
Bizdan salom boʻlsin, javob shundaydir!
- Ul nimadir, yemadilar, toʻydilar?
Ul nimadir, qiyomatga qoʻydilar?
Ul kim edi, tovonidan soʻydilar?
Shoir boʻlsang, shundan bizga xabar ber!
- Ul diydordir, yemadilar, toʻydilar,
Ul namozdir qiyomatga qoʻydilar.
Nasimiyning tovonidan soʻydilar,
Bizdan salom boʻlsin, javob shundaydir!
- Ul nimadir, yetti oʻlka kezadir?
Ul nimadir, belin bir zot ezadir?
Ul nimadir, odam kabi sezadir?
Shoir boʻlsang, shundan bizga xabar ber!
- Ul choʻpondir, yetti oʻlka kezadir,
Ul qoʻy erur, belin tayoq ezadir,
Bedov otlar odam kabi sezadir,
Bizdan salom boʻlsin, javob shundaydir!
- Ul nimadir, tuproq uzra surinmas?
Ul nimadir, odamlarga koʻrinmas?
Ul nimadir, hech bir toʻnga oʻranmas?
Shoir boʻlsang, shundan bizga xabar ber!
- Eranlardir, zalil boʻlib surinmas,
Ul balodir, kelsa koʻzga koʻrinmas,
Yolgʻon gurung oshkor boʻlar, oʻranmas,
Bizdan salom boʻlsin, javob shundaydir!

Kim Bordirki, Falak Bagʻrin Ezmamish!..

Sogʻ-salomat, sarmast boʻlib kezgan jon,
Dard-baloning birisindan ingrarlar.
Yo sovuqdan, yo issiqdan qurir qon,
Tan ustinda tabiblar bel bogʻlarlar.
Rizq vakili kelar rizqing yoʻq etib,
Koʻksingni quritib, yoʻling berk etib,
Nafas farishtasi daming tugatib,
Yiling, kuning oʻzga yurtga chogʻlarlar.
Oʻksiklaring soch yoyarlar, bosh toʻkib,
Yoru doʻsting yigʻlasharlar yosh toʻkib,
Qardosh-tuqqan qatnagaylar osh toʻkib,
Qoʻnsa, koʻchmas yurtga qaror bogʻlarlar.
Xabar tushar: "Falon kimsa oʻtdi" deb,
Chirogʻi oʻchdi, deb, kuni bitdi, deb,
Bu dunyodan u dunyoga ketdi deb,
"Alloh rahmat qilsin!" deya tarqarlar.
Kim bordirki, falak bagʻrin ezmamish,
Rizqini qiymamish, koʻnglin buzmamish,
Maxtumquli, togʻ, daryolar toʻzmamish,
Bu dasturdir, ayriliqqa yigʻlarlar.

Oxirzamon Ichinda!..

Koʻngil, ne ish bitirding, kelding jahon ichinda,
Qolding dunyo gʻaminda, yuraging qon ichinda,
Obod deya qoʻl choʻzding, tagi vayron ichinda,
Tan tuproqdir, aylanmas javhari jon ichinda,
Rustam qumga qorilib, qoldi yakson ichinda,
Sen alarning yoninda qolmassan son ichinda.
Dunyolik deb choparsan, to ichingda dam bordir,
Dam ichingdan chiqqanda boshingda ming gʻam bordir,
Gʻam ostinda yotarsan, na anga malham bordir,
Toʻymas koʻzing, toʻlmoqqa bir hovuch xok-qum bordir,
Bu jahonda, odamzod, sendan gʻofil kim bordir?-
Qurtga, qushga nazar qil, kulli farmon ichinda.
Ey yoronlar, ul dunyo borgan bordir, kelgan yoʻq,
Oʻlik tirik holindan xabar, xotir bilgan yoʻq,
Charxi falak dastindan yigʻlagan bor, kulgan yoʻq,
Fikr qiling, qardoshlar, koʻhnalardan qolgan yoʻq,
Yolgʻonchining vafosi yoʻqdir desam, yolgʻon yoʻq,
Dunyoga bel bogʻlagan qoldi ziyon ichinda.
Yo Iloho, Sen saqla qaroqchidan yoʻllarda,
Sogʻu soʻlda sarsonlar qoldirmagin choʻllarda,
Koʻngil dunyo ishqinda, harom soʻzlar tillarda,
Men bir ojiz bandaman, kaminaman qullarda,
Koʻp gunohlar topibman oz fursatli yillarda,
Xijolatda qoʻymagil yaxshi-yomon ichinda!
Maxtumquli, aldaydi kelin dunyo bezanib,
Koʻnglingni moyil qilma, unga qarshi tuzanib,
Ne farogʻat, yotarsan, qoʻl-oyogʻing uzanib,
Ajal yotar oldingda, oʻqin, yoyin kezanib,
Mahshar kuni boraver iymoningni qozonib,
Quruq kelding, boʻsh ketma oxirzamon ichinda!..

Foniydir Bu Yolgʻon Dunyo

Kel, koʻnglum, kengash qilaylik,
Soʻzlamasang, fosh boʻlmassan.
Foniydir bu yolgʻon dunyo,
Bir kun undan xush boʻlmassan.
Bir guldirsan, ochilarsan,
Bir kun soʻlib, sochilarsan,
Ham tashlarsan, ham tishlarsan,
Yana bizdan tash boʻlmassan.
Haqning amridir, netarsan,
Biz uchun bir yon ketarsan,
Kelganni qarshi yutarsan,
Bir dam bizdan boʻsh boʻlmassan.
Avval doʻstsan – kuldirarsan,
Bir oz oʻtgach, yeldirarsan,
Bir kun bosib oʻldirarsan,
Boqiy qarindosh boʻlmassan.
Maxtumquli bilmish holi:
Bir kun yogʻoch ot minali,
Tavba deb, Haqqa doʻnali,
Bundan keyin yosh boʻlmassan.

Iymondan Oʻzgasi Hechdir, Yoronlar!..

Namozxon darvishlar, davlatli boylar,
Falakning gardani kajdir, yoronlar!
Minnatli oʻgʻilgan namoz qabulmas,
Davlatga tayanmang, puchdir, yoronlar!
Qisilsa nafaslar, sargʻaysa yuzlar,
Qurisa dudoqlar, toʻxtasa soʻzlar,
Koʻkarsa tirnoqlar, oqarsa koʻzlar,
Iymondan oʻzgasi hechdir, yoronlar!
Asling hovuch tuproq, dam bir nafasdir,
Oʻzingga bir qara, ishing xabasdir,
Jasad bir manzildir, tan bir qafasdir,
Jon bir – koʻzi bogʻli qushdir, yoronlar!
Gʻofil boʻlmang, dunyo kelgan ketarlar,
Bunda xushvaqt boʻlmang, bordir batarlar,
Chekilar karvonlar, yurur xatarlar,
Bir izi uzilmas koʻchdir, yoronlar!
Ajal yoqang tutar, kuygan bagʻirdir,
Ketgan qaytib kelmas, bu bir taqdirdir,
Manzillar yiroqdir, yuklar ogʻirdir,
Ertaroq qoʻzgʻoling, kechdir, yoronlar!
Qutularsan, Haq yoʻlinda jon bersang,
Mulla boʻlar, bir gʻaribga toʻn bersang,
Soya boʻlar, bir muhtojga non bersang,
Bir ochni toʻydirmoq – hajdir, yoronlar!
Bu dunyo deganing ikki varoqdir:
Yarmisi qarodir, yarmisi oqdir,
Bir kecha tush koʻrding, davomi yoʻqdir,
Dunyoning timsoli tushdir, yoronlar!
Maxtumquli, boʻyin bergil bu amra,
Molga mashgʻul boʻlib, qolmagil gumrah,
Yuz yillik tadorik – besh kunlik umra,
Fikr aylang, bu nechuk ishdir, yoronlar!

Oqil Uldir, Mayl Etmasa Dunyoga

Kech, koʻngil, dunyodan, aylama havas,
Foniydir, hech kimga poyoni boʻlmas!
Jon qushi bulbuldir, taning – bir qafas,
Bir kun uchar, doim turgoni boʻlmas.
Bir nechani shohlik bilan shod etib,
Shahriyor deb, alam ichra yod etib,
Ajalning dastidan bir kun dod etib,
Ketdilar barisi, yurgoni boʻlmas.
Insu jinga shohlik etgan Sulaymon,
Jamshidu Iskandar, qani Nushirvon?
Qani Haq habibi – ul faxri jahon?
Ketdi bari, hargiz gumoni boʻlmas.
Qolmadi Doroing, na Shahriyoring,
Qani ul Gulchehra, siymin uzoring?
Qani shohsuvoring, zarrin Hisoring,
Hech birining nomu nishoni boʻlmas.
Necha mursal kechdi, necha ming nabiy,
Necha boligʻ kechdi, necha ming sabiy,
Hosil boʻlib har birining matlabi,
Foniy ichra boqiy qolgoni boʻlmas.
Kimni gʻaniy qildi, kimlarni halloj,
Yoʻqsilni boylarga ayladi muhtoj,
Kelsa, ajal bodi, boʻlar noiloj,
Ketgusidir, yaxshi-yomoni boʻlmas.
Molu dunyo berib, necha ming gʻani,
La’lu javohirdan boʻlib maskani,
Ketdi, qoʻyib qasru koʻshku ayvonni,
Borgandan soʻng, qaytib kelgoni boʻlmas.
Dunyoga kelganning bari yoʻq boʻlar,
Gʻofil odam bilmaslikdan aldanar,
Yiqqaning barisi dunyoda qolar,
Hech bir odam olib borgoni boʻlmas.
Qomati sarvdek nozik badanlar,
Zebu zanaxdonli gʻuncha dahanlar,
Gul yuzli parilar, siymin zaqanlar,
Olamda shod boʻlib kulgoni boʻlmas.
Yoʻq vafosi, doʻstlar, foniy dunyoning,
Oʻlguncha tark etma xayru ehsoning,
Borgach, soʻng kelmoqqa yoʻqdir imkoning,
Inon, bu soʻzlarning yolgʻoni boʻlmas!
Oqil uldir, mayl etmasa dunyoga
Sidq ila sigʻinsa qodir Allohga,
Maxtumquli, bir surati zeboga
Boqmagil, ularning poyoni boʻlmas!..

Aziz Subhona Kelding

Bu naqldir, odamzod, sen bu makona kelding,
Avval otang belindan sizib nihona kelding,
Otadan ena borib, bir qatra qona kelding,
Enada surat boʻlib, bu shirin jona kelding,
Toʻqqiz oyni oʻtkazib, enib jahona kelding,
Emib onang sutini, yoʻrgakli toʻna kelding.
Yaratgan qudratindan tish bilan dahon berdi,
Soʻzlamoqqa soʻz bilan dahonda zabon berdi,
Koʻngling ketib har yona, turding, oyogʻing yurdi,
Bilding yaqin-yodingni, koʻzing dunyoni koʻrdi,
Yetti-sakkiz yoshingda otang mulloga berdi,
Oʻqib Qur’on kitobin, ulgʻayib oʻn-a kelding.
Oʻn besh yoshga borganda oʻgʻlonlikdan ajralding,
Qiz-kelinga mayl etib, koʻngil berib, kuylanding,
Goʻyo borib oq uyning toʻrt toshiga aylanding,
Haqning farmoni bilan oxir bir kun kuylanding,
Yigirma yoshga bording, asbob ila shaylanding,
Bedov minib, sakratib, surib maydona kelding.
Oʻttiz yoshga borganda goʻyo bir olgʻir shersan,
Dunyo gʻami boshingda, goʻyo chopib-elarsan,
Dunyoga toʻymoq yoʻqdir, boʻlguncha-boʻlsin dersan,
Ahli musulmon boʻlsang, oʻlguncha halol yersan,
Qirqingda tavba aylab, bir murshidga qoʻl bersang! -
Koʻnglingni birga bogʻlab, aziz Subhona kelding!
Ellik yoshga borganda toʻgʻrilikda boʻlarsen,
Goʻdaklikdan ayrilding, shevalikni bilarsen,
Har necha jafo cheksang, oxir bir kun oʻlarsen,
Besh vaqt namozing oʻqib, Haqqa shukr qilarsen,
Oltmish yoshga borganda qariganing bilarsen,
Ekkan ekining pishib, oʻroq-oʻrmona kelding.
Yetmish yoshga kelganda qoning qochar yuzingdan,
Oq tishlaring toʻkilar, shu’la ketar koʻzingdan,
Quvvat sendan ayrilar, kuching qochar tizingdan,
Hech kishi hazar etmas sening aytgan soʻzingdan,
Sakson yoshga borganda koʻngling kechar oʻzingdan,
Ketar boʻlsang dunyodan, yaqosiz toʻna kelding.
Maxtumquli, mehnatdir, har kim toʻqsondan oʻtsa,
Kam-kam kelar jahonga, agar yuz yoshga yetsa,
Hech kimdan madad boʻlmas, ajal yoqangni tutsa,
Iymoningni qozonsang, yoʻlingni ravon etsa,
Oxir boʻlaring shuldir – taning yer bilan yotsa,
Eshigi, tuynugi yoʻq qoronQu xona kelding!..

Beklar

Mard bilan nomardning ishi teng kelmas,
Nomardlar savashda ziyondir, beklar.
Nomard boʻz yigitning qadrini bilmas,
Nomardning har ishi vayrondir, beklar.
Komil – boʻz yigitlar haqqini yemas,
Dunyo molin bersang, nomardlar toʻymas,
Nomard masalahatga – kengashga uymas,
Nomardning har ishi ayondir, beklar.
Bir otada olti ota suyi bor,
Bir nodonning yuz xiyollik oʻyi bor,
Boʻz yigitlar qayga borsa, uyi bor,
Nomardning oʻz uyi zindondir, beklar.
Davlat boshga kelsa, doʻst-yorin koʻrmas,
Qazo kelsa, bagʻrin yerdan koʻtarmas,
Haqdan deya hargiz iymon keltirmas,
Maxtumquli, shunday zamondir, beklar!..

Ayrilsa

Qora toshli, sariq tuman bu togʻlar
Tuproq boʻlar, qora toshdan ayrilsa.
Sel boʻlib, toʻlgʻonib oqar buloqlar,
Chilla toʻlib, qorlar qishdan ayrilsa.
Dunyoda bir gʻavgʻo uzoqdan boʻlar,
Koʻz xonasi qondan, qon yoshdan toʻlar,
Qur’on koʻrmay kezgan pirlar och qolar,
El unutib, sari peshdan ayrilsa.
Koʻp aytarman: dunyo qoldi yomona,
Rahm etmas boʻldi, boq, musulmona,
Lochinlar pir-pirab kelar osmona,
Harom oʻlgan qoʻzi-loshdan ayrilsa.
Zinokor siylamas elu yurtini,
Gʻayri qochar, koʻrsa erning mardini,
Odam oʻgʻli ayta bilmas dardini,
Yurak yonib, chashmi yoshdan ayrilsa.
Nomard juvonparast, holi zabundir,
Mardni koʻrsa yigʻlar, koʻzlari xundir,
Doʻsti gʻarib kelsa, mardlar majnundir,
Nomard doʻst istamas, oshdan ayrilsa.
Yurt dardiga yarar elda mardonlar,
Nomard qochib borar, boqing, yoronlar,
Mol deya yurt kezar baxil-nodonlar,
oʻamga botar, goʻzal xeshdan ayrilsa.
Nomard-zanon gapda hech turqi boʻlmas,
Vazirlar nodondir, hech erki boʻlmas,
Kular yuzli yorning hech koʻrki boʻlmas -
Siyoh zulf, qaro koʻz, qoshdan ayrilsa.
Bozurgonlar mudom yoʻlga bel bogʻlar,
Nodon ketsa, yiroq ketsa, el chogʻlar,
Maxtumquli Haqni yodlar, qon yigʻlar,
Shoh-gadolar aqlu hushdan ayrilsa.

Haq Majlisi Maydonidir

Toʻrtdir bu jonning zillati,
Sogʻliq aning sultonidir,
Tan mulkining sar davlati,
tinmas, oʻtar mehmonidir.
Nafs aylabon sarkashligin,
tan taxtining maydonida,
Roʻzi azal ruhing, yaqin,
shul ahdu shul paymonidir.
Bozorga bul kelgan kishi
ixlosini pok aylasin,
Qobil esa ixlosli qul,
mardonlaring mardonidir.
Desa boʻlar sad ofarin,
ruhin boqib, nafsin ezan,
Haq yoʻl aning bozoridir,
Haq majlisi maydonidir.
Voy holiga, nafsin sevan,
jon deb esin ojiz qoʻyan,
Roʻzi jazo yoʻldosh anga -
bad ishlarin pushmonidir.
Mard topmadim, qulluq etay,
yoʻl topmadim, hajga ketay,
Bu ikki ish bu tan aro
bu joniming armonidir.
Maxtumquli, bir gʻamzada,
toki bu dard birlan ketar,
Besh kun bu foniy dunyada,
bir oshigʻing davronidir.

Haqdan Gʻayri Tamom Ziyon Koʻrinar

Bu dam gʻanimatdir, nechun bilmasmen,
Chiqsa dam, kirmogʻi gumon koʻrinar.
Bizdan burun kelgan koʻchibdir tongla,
Yoʻl uzoq, qorongʻu, tumon koʻrinar.
Oqil boʻlsang, ista bu yoʻlda bir pir,
Rizqingga kafildir Alloh, Muqtadir,
Oltin-kumush, olmos, yoqut ila dur,
Haqdan gʻayri tamom ziyon koʻrinar.
Allohni unutib, aqling yitirma,
Har nafas ogoh boʻl, gʻaflat ketirma.
Behuda, befoyda umring oʻtirma,
Dunyo baqosizdir, ayon koʻrinar.
Xoja, sayyid, podsho – soʻralmas nasab,
Hashr-nashr boʻlsa, olarlar hisob,
Haromga azob bor, shubhaga itob,
Munda yaxshi, unda yomon koʻrinar.
Maxtumquli, oʻqib bildim Qur’ondan,
Asar yoʻqdur avval ketgan karvondan,
Goʻrda yolgʻiz yotajaging makondan,
Ey doʻst, ilon bilan chayon koʻrinar...

Orif Boʻlsang, Soʻz Ma’nosin Ocharsan

Magʻrur boʻlma sen bu qoʻngan yurtingga,
Bebaqodir, aylanmassan, koʻcharsan.
Sogʻi ajal davr-davr sunular,
Sen ham borib, bir davrda icharsan.
Bu rabotda bir tingan yoʻq, oqqan yoʻq,
Butun bozor, bir mustahkam doʻkon yoʻq,
oʻamxonadir, aniq manzil-makon yoʻq,
Bu makonga kelgan boʻlsang, kecharsan.
Ayriliq yurakda dardu dogʻingdir,
Tavba qil Allohga, yigit chogʻingdir,
Umring shu’la ursa, yurak yogʻingdir,
Yogʻ tuganar, piltang yonar, oʻcharsan.
Tutqun boʻlib ilinsang gar qulloba,
Lahad qumga toʻlar, xonang xaroba.
Suyak kulga ketar, taning turoba,
Toʻymas-toʻlmas yer bagʻrini qucharsan.
Dunyo turar, hech tuganmas bir gʻalva,
Umr baqo bersa, qirqdir bir palla.
Ajal oʻtdir, tan miltiqdir, jon – qulla,
Rizq yoʻliga otash tushsa, koʻcharsan.
Yaxshi soat, ajab vaqtdir, xush ayyom,
Umr ozdir, aql – koʻtoh, ishing – xom,
Jon bir qushdir, dunyo – dona, falak – dom,
Qachon bundan qutularsan, qocharsan?!
Maxtumquli soʻzlar, soʻzin soʻnglamas,
Bedard kishi dardli soʻzin tinglamas,
Nodon soʻzdan fikr aylamas, anglamas,
Orif boʻlsang, soʻz ma’nosin ocharsan.

Beklar-Shohlar Qolmaslar

Gʻam chekma, gʻarib odam,
Beklar-shohlar qolmaslar,
Azim-azim shaharlar,
Oq saroylar qolmaslar.
Qolsa soʻzdan qizil til,
Jon javhardir, tan bir kul,
Hazor maqomli bulbul,
Ulugʻ bogʻlar qolmaslar.
Shuni anglabdir aqlim,
Yigʻilar yetti iqlim,
Yer boʻlar buklim-buklim,
Erir, togʻlar qolmaslar.
Haqdan yetishsa farmon,
Ne chora bor, ne darmon,
Osmon, Quyosh, Oy larzon,
Ham yulduzlar qolmaslar.
Na yer qolar, na yurtlar,
Na turk qolar, na kurdlar,
Na qush qolar, na qurtlar,
Parrandalar qolmaslar.
Na gard qolar, na gardon,
Na mard qolar, na mardon,
Fil, pashshayu karkidon,
Darrandalar qolmaslar.
Maxtumquli, yosh surgan,
Ogʻir hangomlar qurgan,
Joʻshqin-joʻshqin mavj urgan
Bu daryolar qolmaslar.

Ul Uy Ichra To Qiyomat Yotarsan

Kelgan ketar, qoʻngan koʻchar, odamzod,
Yurgil, sen ham bir manzilga yetarsan.
Bebaqoda xushdur, qolsa yaxshi ot,
Bu dunyoga kelmish boʻlsang, oʻtarsan.
Gʻofil odam yodga solsa oʻz aslin,
Falak qoʻymish ajal otli masalin,
Kelgan ketsa, ekkan yigʻsa hosilin,
Oʻrta yerda sen ne ishlar tutarsan?!
Jafo qilma, koyitmagin bu joning,
Sarrishtasi hech tuttirmas jahonning,
Talpingancha dardi ortar dunyoning,
Qadam qoʻysang, gavdang birlan botarsan.
Joʻshqin keldi, haddin oʻtdi, soʻz ochdi,
Bu yoʻllardan toʻgʻri borgan tuz oshdi.
Behuda emasdir umring guzashti,
Har shashtingga bir kuningni sotarsan.
Tuzoq turar, ol kumoshing, siym-zaring,
Guzargohin tutib turmish bu yering,
Garm aylading, falak, sen bu bozoring,
Ma’lumdirki, bu savdoda yutarsan.
Magʻrur boʻlib bu toʻrt kungi tirlikka,
Abad qolma qiyomat kun xorlikka,
Inonmagil bu dunyo deb borliqqa,
"Bor-bor" deya yoʻq boʻlarsan, yitarsan.
Maxtumquli, boshingda yuz oʻy bordir,
Ayri manzil, ayri maskan, joy bordir,
Lahad degan tor, toʻshaksiz uy bordir,
Ul uy ichra to qiyomat yotarsan.

Odam Oʻgʻli, Yotma Gʻofil

Odam oʻgʻli, yotma gʻofil,
Tur-ho, tong otmasdan burun,
Yigitlikda toat qilgil,
Qarilik yetmasdan burun.
Qarilik toat qildirmas,
Ishing abasdir, bildirmas,
Falak yigʻlatar, kuldirmas,
Sur davron, oʻtmasdan burun.
Bandaga aylama qasdni,
Ranjitmagil yoru doʻstni,
Bir kun kelib, ajal dasti
Yoqangdan tutmasdan burun.
Qardoshlaring yigʻlab qolar,
Yeng-yoqasiz toʻnga solar,
Bir kun omonatin olar,
Sen tavba etmasdan burun.
Bu dunyoga kelgan kechar,
Xaloyiq ul maydan ichar,
Bir ajdarho ogʻzin ochar,
Vahm ayla, yutmasdan burun.
Mashgʻulsan dunyo oʻyniga,
Kirarsen yerning qoʻyniga,
Ajal bandaning boʻyniga,
Qayta qol, minmasdan burun.
Ajal barchani adolar,
Qolmaslar shohu gadolar,
Haromdan qoch, kadxudolar
Roʻsiyo boʻlmasdan burun!
Saqla gʻiybatdan tilingni,
Bogʻlatma ikki qoʻlingni,
Ochilgan toza gulingni
Alloh soʻldirmasdan burun.
Bandaga etma xiyonat,
Bari jon Tangriga omonat,
Bu soʻzda bor hadis, oyat,
Fahm ayla, oʻlmasdan burun!
Tur sahar, Tangriga yigʻla,
Haq deya yuraging dogʻla,
Tavba qurin mahkam bogʻla,
Qirqingga kelmasdan burun!
Maxtumquli, toʻgʻri soʻyla,
Umring kelib, ketar boʻyla,
Zinhor keksalarni siyla,
Bosh goʻrga kirmasdan burun!

Aylanmas

Bulbul navo qilgan havoli bogʻlar.
Bulbul sendan ketar, figʻon aylanmas.
Yoqimli, yomgʻirli, umrli togʻlar,
Sellar sendan ketar, tumon aylanmas.
Odam yaratilmish balandli-pastli,
Aqlli, fikrli, dalili-mastli,
Yigitlik bir koʻyga – bahorning fasli,
Bahor sendan ketar, zamon aylanmas.
Kelganni qarshila, boʻlsa majoling,
Yaxshi tutavergil niyating, fe’ling,
Dunyo davroninda ochiq tut qoʻling,
Davr sendan ketar, davron aylanmas.
Bu dunyo gʻavgʻodir, bir qol-maqoldir,
Kimi "Berho-ber"dir, kim "Olho-ol"dir,
Yigitlar, bu dunyo shunga misoldir,
Barq urar osmonda, boron aylanmas.
Bu manzildir uch kun sen yeb-ichganda,
Oʻrnashib, tirmashib, beling ochganda,
Uzanging tortarlar, toʻrt kun kechganda,
Besh kundan yuqori mehmon aylanmas.
Bagʻrin ochar bir kun, yer seni gizlar,
Qaro xokdan toʻlar bu nargis koʻzlar,
Otingga ishonma, chamanli tuzlar,
Chaman senda qurir, jayron aylanmas.
Maxtumquli aytar orif doʻstiga,
Kim qolar tushmasdan ajal dastiga? -
Falak bir kun solar yerning ostiga,
Ogʻizdan til ketar, zabon aylanmas.

Topilmas

Duomga duch kelgan koʻkarar guldek,
Gulning mavsumidek davron topilmas.
Qahrimning otashi kuydirar kuldek,
Kul oʻrnida qaytib boʻston topilmas.
Koʻngil musofirdir, jasad yurttadir,
Jonim joʻshqindadir, yurak darddadir,
Fikrim komildadir, koʻzim marddadir,
Shum shartimdan hech bir mardon topilmas.
Koʻngil qoʻygil goʻzal Alloh koʻyiga,
Mashgʻul boʻlib yotma malo, oʻyinga,
Odamzod mehmondir dunyo uyiga,
Bir kun uy ichinda mehmon topilmas.
Gʻaflat ichra gʻofil yotma, turaber,
Har ne bersang, qoʻling birla beraver.
Tiriklikda oʻlim ishin koʻraver,
Bir kun jasad ichra bu jon topilmas.
Koʻngil ovlayin deb uchrasam har yon,
Da’vodir, urushdir, koyish topar jon,
Aytilmas nasihat, oʻgʻilmas Qur’on,
Jonga yoqar adab-arkon topilmas.
Dargohga duom koʻp, nolishim behad,
Toleyim zabundir, tanim bequvvat,
Qochganim – anjuman, istagim – xilvat,
Menga hech bir joyi pinhon topilmas.
Maxtumquli, jon taqdirga tan berdi,
Har kim oʻzin saqlay bilsa, naf koʻrdi,
Qanday yomon zotdir, anglamas dardni,
Johillik dardiga darmon topilmas.

Bu Dunyo Foniydir....

Bu dunyo foniydir, tutmas binoni,
Bu dunyoga kelgan kechib boradir.
Kimdir yolgʻonchida tutgan jahonni,
Tutganning qoʻllarin ochib boradir.
Shirin-shirin solar hisobga dunyo,
Achchiq-achchiq qoʻyar azobga dunyo,
Yettirmas, tuttirmas bu gahba dunyo,
Tutdim-tutdim deysan, qochib boradir.
Davrlar aylanar, gardishlar doʻnar,
Nechalar koʻchadi, nechalar qoʻnar,
Nechaning mash’ali yangidan yonar,
Nechaning chirogʻi oʻchib boradir.
Kimi Haqdan qoʻrqib, rangi sarQayib,
Kimi dunyo quvar, yugurib yelib,
Kimi yuz hasratda, kimisi kulib,
Kimi koʻzda yoshin sochib boradir.
Kimi bekligida, tushmas ayvondan,
Kimi yoʻqsullikda, koyinar jondan,
Kimi harom bilib, qochadir mundan,
Kimi aroq, sharob ichib boradir.
Kimi yolgʻonchida ishratda yayrab,
Kimi halol qoʻyib, haromni saylab,
Kimi farq etmasdan, bir ishni aylab,
Koʻzi bogʻli qushday uchib boradir.
Tushib boʻlmas gʻaddor falak olliga,
Lablaring tamshanar dunyo moliga,
Bir kun oʻrogʻini olar qoʻliga,
Hoʻlmi-quruq, oʻrib-yanchib boradir.
Ikki kun xush boʻlsa, uch kuni voydir,
Qandayin manzildir, qandayin joydir,
Bu dunyo koʻhna bir karvonsaroydir,
Kelgan yuk qoldirib, koʻchib boradir.
Maxtumquli aytar: tikandir, guldir,
Yigitdir, qaridir, xojadir, quldir,
Tilanchi, darmonda, boydir, yoʻqsuldir, -
Barchasi yer bagʻrin quchib boradir.

Bir Nuri Iymon

Kerak nechun bunday, odamzod,
Uryon kelding, toʻn kerak.
Oq sut emding, ulgʻayding,
Yigʻlagaysan: non kerak.
Otang xushnud boʻlmoqqa,
Onang mehrin solmoqqa,
Yettingda din bilmoqqa,
Oʻqurga Qur’on kerak.
Saylabsan sen dilbanding,
Kuchlanar beling, banding,
Oʻn beshda orzumanding -
Qiz kerak, juvon kerak.
Juvon topding quchmoqqa,
Ayshu ishrat ochmoqqa,
Undan soʻng yeb-ichmoqqa
Bir tuganmas non kerak.
Koʻnglun injitib xalqning,
Xushnud etsang oʻz xulqing,
Rum, Farang boʻlsa mulking,
Oʻanuz ozdur, kon kerak.
Yotsang toʻshakda bemor,
Qiziqtirmas molu kor,
Zar toʻksang xarvor-xarvor,
Koʻzga ilmas, jon kerak.
Duodan el koʻkarar,
Yomgʻirdan yer koʻkarar....
Er uldir – olqish olar,
Yerlarga boron kerak.
Ajal kelar, oʻyda yoʻq,
Koʻrmoq yilda, oyda yoʻq,
Hech narsadan foyda yoʻq,
Bir nuri iymon kerak.
Maxtumquli, soʻzlagan,
Necha maxfiy gizlagan,
Bir ma’no fahm aylagan
Aqlli yoron kerak.

Odamzod

Yotsa-tursa xayolindan chiqarmas,
Qaysi ishga moyil boʻlsa odamzod.
Hariblikning gʻami koʻnglin choʻktirmas,
Ayol istab, soyil boʻlsa odamzod.
Gunohdan qoʻrqmagan roʻyi siyodir,
Buning ma’lum kuni roʻzi jazodir,
Bu dunyo mulkinda sultondir, shohdir,
Qismatiga qoyil boʻlsa odamzod.
Har kishikim, soʻz-ma’niga tushmondir,
Bir dardlidir, darmon unga dushmandir,
Qiyomat kun hamma ishi pushmondir,
Haq ishiga kohil boʻlsa odamzod.
Iqbollining qilgan ishi oʻng kelar,
Dunyo yuzi qoʻlga kirsa, teng koʻrar,
Johillikda kechgan ishlar tang qilar,
Qirqdan oshib, oyil boʻlsa odamzod.
Fikr ayla jahonning rohin, ravishin,
E’tibor etmagil dunyo turushin,
Maxtumquli, yaxshi koʻrmagay ishin,
Qirqidan soʻng johil boʻlsa odamzod.

Foniy Dunyoga Inonmang

Xarning ishi xardir, doʻstlar,
Ming maqtasang, otcha boʻlmas.
Bad aslga amal tegsa,
Biling, asl zotcha boʻlmas.
Foniy dunyoga inonmang,
Oltin-kumushga quvonmang,
Koʻngilsizga koʻngil bermang,
Bir tuqqan zuryodcha boʻlmas.
Koʻp yoʻllarni koʻrsa koʻzing,
Har ma’nidan bilsang oʻzing,
Bir nodonga aytgan soʻzing
Esib ketgan bodcha boʻlmas.
Boshing yostiqqa yetganda
Sabru qaror boʻlmas senda,
Kuching-quvvating ketganda
Oʻgʻil-qizing yotcha boʻlmas.
Maxtumquli, ajab chogʻlar,
Kimdir kular, kimdir yigʻlar,
Turli meva bergan bogʻlar
Sovrilar, Jannatcha boʻlmas!

Bu Manzilga Kelgan Ketmayin Qolmas

Ixlos bilan bir komilga qoʻl bergan,
Yetar bir manzilga, yetmayin qolmas.
Daryo ichra suzgan, choʻllarda yurgan
Dam hisobin tugal etmayin qolmas.
Chunki kelding bu yolgʻonchi jahonga,
Oyogʻinga boqmay, boqding osmonga,
Falak bozorinda yeganing nonga,
Odam oʻgʻli umrin sotmayin qolmas.
Hamrohim yoʻq borib sirim ocharga,
Dardim tortisharga, oʻtim oʻcharga,
Dunyo bir manzildir kelib-kecharga,
Bu manzilga kelgan ketmayin qolmas.
Falak – tomoshagoh, osmonga chiqib,
Odamzod mol uchun yuragin yoqib,
Dunyo ajdarhosi dam bilan chekib,
Jumla jonzod tuxmin yutmayin qolmas.
Maxtumquli, bu dunyoning davlatin,
Kelgan koʻrar, chekar oʻlim mehnatin,
Mudom yurgizarlar ajal sharbatin,
Bu sharbatdan hech kim totmayin qolmas.
QUR’ONGA QULOQ SOLIB, FARMONGA NAZAR AYLA
Tan qafasga giriftor, kel, jonga nazar ayla,
Boq koʻngul koʻzgusiga, jononga nazar ayla,
Ibrat koʻzini ochib, jahonga nazar ayla,
Ikki kema tutmagil, bir yonga nazar ayla,
Hech kimga boqavermas, davronga nazar ayla,
Davroniga tayangan insonga nazar ayla,
Bu qoʻnib-koʻchib borgan karvonga nazar ayla!
Bu davron ichra koʻngul qushlari aylar parvoz,
Goʻyo murgʻi sahardur, shab suxan aylar ogʻoz,
Bogʻ ichra bulbul boʻlib, oʻqir nagʻma, hazor soz,
Xudoga tavba aylab, dargohiga qaytdim boz,
Umr oz, davron daroz, ne roʻza bor, ne namoz,
Uygʻon xobi gʻaflatdan, Hashr misol – fasli yoz,
Olimlar tasbih aytar, har yonga nazar ayla!
Oʻlmasman, deb tushmasin koʻngling bu gumon ichra,
Umrga yoʻq e’tibor oʻtkinchi zamon ichra,
Ajal qoʻymish oʻq-paykon, kiray deb kamon ichra,
Bandaga ne armondur, jon bersa iymon ichra,
Soʻzla, soʻzing yoyilsin bu yaxshi-yomon ichra,
Oz umrda ogʻir ish koʻribsan jahon ichra,
Muqim ishini tutgan mehmonga nazar ayla!
Voh, ne xushdir oshiqqa, xilvat, yorga ulashmoq,
Oʻol-ahvolin soʻrashib, qoʻl boʻyinga solishmoq,
Mahsharning nashri yangligʻ tan-jon kabi boʻlishmoq,
Bir-biriga dard toʻkib, sarguzashtin qilishmoq,
Tob berilgan rishtaday chirmashibon chalishmoq,
Doʻstlar, ne mushkul ishdir, qovushib, ayrilishmoq,
Visolga magʻrur boʻlma, hijronga nazar ayla!
Maxtumquli, soʻzlatmay qoʻymas turmoqqa darding,
Yolgʻonchida aylanib, oltmish tomon qoʻl kerding,
Foniyni boqiy bilding, yelding, esding, yugurding,
Doʻstingga izo berding, dushmaningga yuz burding,
Ojiz joning fido qil soyasida bir mardning,
Oʻttiz toʻrt yoshga bording, bu jahonda ne koʻrding!? -
Qur’onga quloq tutib, farmonga nazar ayla!..
QOʻYMASLAR XUSh KYeZMOQQA YoLGʻON DUNYoDA BIZNI
Bir tomchi pok suv aylab avval otoda bizni
Suvrat aylab, jon berding soʻngra onoda bizni,
Xushvaqt aylab kezdirding dorul-fanoda bizni,
Har ishga moyil etding nafsu havoda bizni,
Kim bilarki, naylarsen dorul-baqoda bizni.
Goh dunyo talab aylab, ham yoʻrtarmen, yelarmen,
Goh yigʻlab oʻz holimga, goh shod boʻlib kularmen,
Men bir ojiz bandamen, Senga arzim qilarmen,
Xudoyo, qilma rasvo, karamingdan tilarmen,
Bu dunyoyu qiyomat qoʻyma uyota bizni!
Osiy boʻlib yurarsen koʻp kula-kula bul dam,
Azob chekib yotarsen yerning ostinda ul dam,
Yigʻlab faryoda kelsang, kim senga boʻlar hamdam?
Yer senga aytar shuni: "Eshit, ey Gʻofil odam!
Qoʻymaslar xush kezmoqqa yolgʻon dunyoda bizni!"
Tutsalar qilkoʻprikda, turmasa anda toban,
Soʻralgan vaqt xayru sharr, yassirlana hisoban,
Moʻminga xush vaqtidir "Va saqohum sharoban!"
Desa ul vaqt kofirlar: "Ya laytaniy turoban!"
Yo Rab, ul kun lutf aylab, otmagil oʻt-a bizni!
Haqiqatning yoʻlini rahbarsiz kezmoq boʻlmas,
Jamol istagan oshiq koʻrmayin qizmoq boʻlmas,
Oshiqlikning balosin chekmayin, sezmoq boʻlmas,
Visolga toʻymoq boʻlmas, hijronga toʻzmoq boʻlmas,
Oʻrtama ishq oʻtida bundan ziyoda bizni!
Kel, koʻngil, sabr aylagil, munchalik oʻtga tushma,
Oz bilib, koʻp soʻzlabon, gʻam chashmasini ichma,
Betob boʻlib toʻkarman koʻz yoshim chashma-chashma,
Yaxshi-yomon ishimning hech biriga qarashma,
Gunohim guzasht aylab, yetkaz muroda bizni!
Maxtumquli – benavo, bechora andalibi,
Bir parcha Qam davroni boʻlmish aning nasibi,
Yigʻilsa, chora qilmas unga dahr tabibi,
Har majlisu suhbatda shod aylang biz Gʻaribi,
Ey yoronlar, yod eting xayru duoda bizni!..

Jon Achchigʻin Cheka-Cheka Ketarsan

Foniydan boqiyga koʻchho-koʻch boʻlsa,
Termulubon, boqa-boqa ketarsan.
Ajal jomin sunub, ichho-ich boʻlsa,
Jon achchiQin cheka-cheka ketarsan.
Oʻgʻlonlaring turar zoru giryona,
Xotin-qiz soch yoyib, tushar larzona,
Moling taqsim boʻlib, kelar talona,
Qoʻling yuvib, chiqa-chiqa ketarsan.
Mol uchun injitib qardosh-tuqqaning,
Oz bilding tillodan sotib tugkaning,
Talasharlar halol-harom yiqqaning,
Sen azobin cheka-cheka ketarsan.
Bu dunyodan borsang ul dunyo, qardosh,
Nelar koʻrajakdir bu shum, qora bosh?
Xayr ish qil bunda – yoningga yoʻldosh,
Yoʻqsa, goʻrga yakka-yakka ketarsan.
Odam oʻgʻli yodga olsa oʻz aslin,
Qazo qoʻymish ajal otli bir mislin,
Aqling boʻlsa, oxiratning hosilin
Bu dunyoda eka-eka ketarsan.
Jahonda ayondir qudrat ishlari,
Qanoting quvvati yengar qushlari,
Yigit kuchi sindiradi toshlarni,
Qirqdan oshding, choʻka-choʻka ketarsan.
Maxtumquli, tushding ishq guzariga,
Kim bor soʻzlasharga, borib huzuriga,
Hech rivoj topmading soʻz bozoriga,
Xaridorsiz, toʻka-toʻka ketarsan.

Gʻofil Odam, Goʻr Ogʻzida Yotibsan...

Gʻofil odam, goʻr ogʻzida yotibsan,
Oʻtdi umring, mayda-chuyda kor bilan.
Dunyo mordir, yastanibon yotibsan,
Tinch boʻlarmi, birga yotsa mor bilan?!
Iymon qozon, insofingni yutmagil,
Koʻra-bila oʻzing oʻtga otmagil,
Bunda bedor kechavergil, yotmagil,
Oxir toʻzib yotajaksan goʻr bilan.
Qayon ketsang, borar yering goʻr boʻlar,
Yaxshilik qil, yotgan yering nur boʻlar,
Yaxshi boʻlsang, joying Jannat, hur boʻlar,
Yomon boʻlsang, kuydirarlar nor bilan!
Koʻzing yumding, sendan ayrilar moling,
Oʻlgan soʻng, tiriklar ne bilar holing,
Yaxshi-yomon – har ne qilgan a’moling,
Qarshi olib turar mudom bor bilan.
Aslo kufr musulmonga yarashmas,
Chin musulmon harom ishga yondashmas,
Manzil ketmas – hech bir joyga yetishmas,
Boshliq tutib, yoʻlga kirgan koʻr bilan.
Umringga aldanma, oʻtganga yonma,
Molinga quvonma, mulkka tayanma,
Bunda bad ish qilma, unda uyalma,
Oʻisob kuni xayring olib bor, bilan.
Maxtumquli, toʻgʻri soʻzga tan bergil,
Savob bundan oʻtmas, topsang, non bergil,
Koʻngling topgan doʻst yoʻlida jon bergil,
Ishing nedur, demas, sening Yor bilan!

Asling Nedir, Etgil Nazar

Odam oʻgʻli, oʻzing bilmay,
Qadam-qadam oʻtajaksan.
Egangning amrini qilmay,
Oʻz koʻnglingni kutajaksan.
Istarsan olamni olsang,
Qorun boʻlib, ganjga botsang,
Halol-harom – har ne topsang,
Koʻzing yumib, yutajaksan.
Nedan boʻlding, bilgil borni,
Unutding Parvardigorni,
Dilga kelgan har ne korni,
Fikr qilmay, etajaksan.
Asling nedir, etgil nazar,
Tutgan ishingdan qil hazar,
Ajal senga etsa guzar,
Xabarin ber, netajaksan?
Dunyoni qizgʻonch tutmagil,
Ishing koʻr, bekor yotmagil,
Maxtumquli, unutmagil,
Ketajaksan, ketajaksan!

Dard Qaysidir, Darmon Qaysi, Bilmadim

Falak menga gʻam bodasin bergaydir,
Visol qaysi, hijron qaysi, bilmadim.
Haq ishiga tan berganman, koʻrgali,
Orzu qaysi, armon qaysi, bilmadim.
Banda boʻlsang, koʻzla Haqning rizosin,
Jabr aylasa, chekavergil jazosin,
Ajal otar bir kun tiri qazosin,
Paykon qaysi, kamon qaysi, bilmadim.
Bir suratman, boqmang bu kun oʻzimga,
Orif boʻlsang, quloq solgin soʻzimga,
Dunyo tubi yoʻq koʻrinar koʻzimga,
Davr qaysi, davron qaysi, bilmadim.
Oʻz umrimni koʻp savdoga sotibman,
Oʻzim bilmay, ul daryoga otibman,
Ne ummondir, ne talabdir, botibman,
Zamin qaysi, zamon qaysi, bilmadim.
Har kim kirsa ul talabga, ummonga,
Boshin olib chiqa bilmas bir yonga,
Qadam qoʻydim ul sahroga, maydonga,
Jon qaysidir, jahon qaysi, bilmadim.
Men dunyoni osmondagi rang bildim,
QizQin-qizgʻin talashdim-u, soʻng bildim,
Endi uning borin-yoʻgʻin teng bildim,
Sud qaysidir, ziyon qaysi, bilmadim.
Maxtumquli, yoʻlning oldi, orti bor,
Tortar yukin, har kishining mardi bor,
Yuragimda pinhon ishqning dardi bor,
Dard qaysidir, darmon qaysi, bilmadim.
EY OGʻALAR, YIGʻLARMAN, KYeLDI, KYeChDI ZAMONA
Ey ogʻalar, yigʻlarman, keldi, kechdi zamona,
Yaxshi qadri bilinmay, tegdi davr yomona,
Yomon oldi jahonni, kelmas tili iymona,
Koʻp faqirlar yigʻlashib, kelar undan omona,
Istagi bor, oz vaqtdan yaxshi boʻlsa zamona.
Ne safoli kun koʻrdik, teng-toʻsh bilan bosh qoʻshmon,
Boshing qaro, bilmading, na doʻst bilding, na dushmon,
Ey yoronlar, sud etmas, endi etsang ming pushmon,
Dunyosiga talashmam, oʻgʻil-qizga bulashmon,
Ne huzurli kun koʻrdik, boʻlib ketsak devona.
Tushmagin xom xayola: "Dunyo kelgan oʻlmaslar",
Kelgan kechar dunyodan, biri omon qolmaslar,
Jonlar chekib chaqirsang, toʻgʻri yoʻlga kelmaslar,
Har ne boʻlsa, yutarlar, halol-harom bilmaslar,
Derlar: Haqdir Muhammad, boʻysunamiz Qur’ona.
Davron, nechuk davronsan, gʻarib yigʻlar, el tinmas,
Zulmi ortar zolimning, hech koʻngilga rahm inmas,
Jahonni yoqdi-ketdi, yomonning oʻti soʻnmas,
Bir Muhammad hurmati, yer yorilmas, koʻk inmas,
Charx quvonar bu ishga, boʻlmas oxirzamona.
Gʻofil qoldim, yoronlar, oʻz-oʻzimdan, rishtim yoʻq,
Haqdan Qayri hech yerda panohim yoʻq, pushtim yoʻq,
Faqr bahriga kirdim, yelkanim yoʻq, kishtim yoʻq,
Maxtumquli, men bundan chiqadigan dashtim yoʻq,
Qoʻlim bersam, tutgan yoʻq, tushdim tubsiz ummona.

Koʻngul

Bilmasam hech, qaysi dardning mubtalosidir koʻngul,
Yo Rab, ul bir benavoning koʻp havosidir koʻngul.
Ishq daryodir, tubi yoʻq, hijron bir oʻt – oʻchmagay,
Ishqqa mayl etgan bu oʻtlarga yonosidir, koʻngul.
Bilmagan otmish oʻzin ishq oʻtiga parvonadek,
Endi bilmas chorasinkim, ne qilosidir, koʻngul,
Iysoning dami muhol, Luqmon u yerda gungu lol,
Yo Rab, ul dardning muhol ish davosidir, koʻngul.
Garchi ishqning dardidir, devonai jon ofati,
Oshno ahli bu gʻamni doim egosidir, koʻngul.
Necha mahram benavolar topdilar andin navo,
Man’ edan andan meni, boqdim siyosiydir, koʻngul.
Yigʻlabon, Maxtumquli, dargohga arzing aytaver,
Ne uchun, koʻp yigʻlagan bir kun kulosidir, koʻngul.

Haqqa Toʻgʻri Boʻlsa Yoʻli Bandaning

Ey yoronlar, harom ishga qoʻl urmas,
Agar durust boʻlsa fe’li bandaning.
Haromga yondoshmas, kirga bulgʻanmas,
Haqqa toʻgʻri boʻlsa yoʻli bandaning.
Toza umring soʻlar ajal bodindan,
Oxir nuqson kelar dunyo sudindan,
Boshi ozod boʻlar doʻzax oʻtindan,
Haqni yod aylasa tili bandaning.
Qabringga solmaslar dunyo molidan,
Yuzi qaro, javob kelmas tilidan,
Qiyomat kun shikva etar qoʻlidan,
Zakotsiz yigʻilgan moli bandaning.
Nafs xayolda, koʻngil dunyo koʻyinda,
Yoʻl yiroqdir, yuk ogʻirdir boʻyinda,
Oyogʻi talabda, qoʻli oʻyinda,
Ajal ogʻzindadir beli bandaning.
Maxtumquli, har kim ichin sof etmas,
Ma’lumdirki, oxiratdan xavf etmas,
Ojiz tani oʻtli gurzga tob etmas,
Yo Rab, nechuk boʻlgay holi bandaning?!.

Yor Jamolin Koʻrmaguncha Koʻz Bilan

Kimim bordir, arzim Yorga yetkazsin,
Ishq oʻtida kuydim-ketdim koʻz bilan.
Kelib, qoʻli bilan oʻtim oʻchirsin,
Yoʻqsa soʻnmas boron bilan, muz bilan.
Kelgan kechdi, kelajakka yurt qoʻydi,
Oshnoligʻni nomard buzdi, mard qoʻydi,
Yor siynamda dogʻ ustiga dard qoʻydi,
Dard ustiga murch qoʻyibdir tuz bilan.
Ma’shuqim topdirmas, topsam, qoʻl bermas,
Iqbolim uygʻonmas, baxtim ham kulmas,
Yuragim tinchimas, koʻngil tek turmas,
Yor jamolin koʻrmaguncha koʻz bilan.
Bir dardga tushibman, hech kimsa bilmas,
Iyso uqmas, Luqmon chorasin qilmas,
Kelgan turmas, tuman boshdan ayrilmas,
Har zamon bir dardni chekkum soʻz bilan.
Ming ishq bilan molu dunyo yiQarsan,
Bir narsa deb, yuz koʻngilga tegarsan,
Dunyo-daryo, tan bir soldir, agar san,
Qachongacha tay ketarsen tuz bilan?
Bu dunyo molindan kim eltdi bir zot,
Avvali – Qam-qaygʻu, oxiri – barbod,
Boʻlajaging shudir sening, odamzod,
Yoʻq boʻlarsan tuproq bilan, tuz bilan.
Maxtumquli, ne manzilda turarsan,
Yurt kimningdir, ogʻir ishlar qilarsan,
Qismat boʻlsa, parcha yerga kirarsan,
Nasib boʻlsa, olti quloch boʻz bilan.

Yuzim Yuvsam Yoshlar Bilan

Koʻngil aytar: xalqdan qolib,
Kezsam togʻlar, toshlar bilan.
Yozigʻimni yodga olib,
Yuzim yuvsam yoshlar bilan.
Har kim, koʻrsam, bir peshada,
Mening koʻnglim andishada.
Koʻhisor ichra koʻchada
Oʻtirsam ogʻochlar bilan.
Qari dunyo ol ichinda,
Odamzod xayol ichinda,
Jahon qol-maqol ichinda,
Har kim yuz taloshlar bilan.
Allohning ishqinda mastlar,
Bas kelolmas zabardastlar,
Koʻngil parvoz etar, doʻstlar,
Tinmas yuz ilojlar bilan.
Koʻp koʻylar bilan oʻtirdim,
Bilmadim, ne ish bitirdim,
Gumroh boʻlib, yoʻl yitirdim,
Oʻtirdim bevoshlar bilan.
Bekor qoʻyma umr taxtin,
UyQotsak uxlagan baxtin,
Duo qilib sahar vaqti,
Nolish qilsam qushlar bilan.
Maxtumquli, tavfiq olsam,
Bir pir topsam, qulluq qilsam,
Koʻngil aytar: yoʻldosh boʻlsam,
Dam chekkan darvishlar bilan.

Obod Qaysi, Xarob Qaysi, Bilmadim

Abdol, menga abad jomin sungaydir,
Masjid qaysi, mehrob qaysi, bilmadim,
Ul gudozda jonim erib, yongaydir,
Obod qaysi, xarob qaysi, bilmadim.
Bir tobishga tob etmadim, toʻz boʻldim,
Tuproq boʻldim, otash boʻldim, soʻz boʻldim,
Tashdan pishdim, ichdan kuydim, koʻz boʻldim,
Tanoʻr qaysi, kabob qaysi, bilmadim.
Guzar etdim bir makonsiz makona,
Sayron etdim bir maydonsiz maydona,
Hayron qoldim bir jahonsiz jahona,
Bayt qaysidir, ham bob qaysi, bilmadim.
Nafsim dedim, oʻzni bildim, hirs boʻldim,
Aql ishin toʻgʻri sanab, tars bildim,
Har ashyodan Yor sifatin dars oldim,
Qur’on qaysi, Kitob qaysi bilmadim.
Maxtumquli ul makonda maks etdi,
Shayxlar turdi, yigitlarday raqs etdi,
Har ashyoda Yor jamoli aks etdi,
Ob qaysidir, sharob qaysi, bilmadim.

Qanotim Yoʻq, Ucha Bilmam, Naylayin

Koʻngil istar, kezsam dunyo-olamni,
Qanotim yoʻq, ucha bilmam, naylayin!
Oʻqirmen, koʻrarmen "Favzul-kalom"ni,
Ma’nosini socha bilmam, naylayin!
Koʻplar unda gʻavvos boʻlib suzarlar,
Menga zohir, xalqdan pinhon kezarlar,
Gul bodada gulgun sharob ezarlar,
Qoʻl uzatib, icha bilmam, naylayin!
Oʻy dashtidan sharob isin noʻsh qildim,
Ketdi aqlim, oʻzim bilmay, joʻsh qildim,
Sarmast boʻldim, darsiz koʻshkka duch boʻldim,
Ruxsat boʻlmay, ocha bilmam, naylayin!
Yitti yoʻlim, togʻ qaysidir, tuz qaysi,
Bilmas koʻnglim, ma’no qaysi, soʻz qaysi,
Fahm aylamam, yoʻl qaysidir, iz qaysi,
Umid uzib, qocha bilmam, naylayin!
Maxtumquli, bu dunyoning hammasin,
YiQib, tugib, qoʻlga berdim nomasin.
Fikr daryosiga aqlim kemasin -
Botirganman, kecha bilmam, naylayin!

Turdi Shoir, Sendan Soʻrab Koʻrayin

Turdi shoir, sendan soʻrab koʻrayin,
Oʻtgan Paygʻambarning yoshi nechadir?
Hukmi, Sulaymonning yashil taxtining
Maxrajin eshigi, qoshi nechadir?
Ul kim edi, yurtdan koʻchdi – tarqadi,
Ul kim edi, doʻstin qoʻldan sudradi?
Ul kim edi, ishqqa sahro uchradi,
Samardan asosi, peshi nechadir?
Ul kimdir, boqiyda mubtalo qolgan?
Ul kimdir, eliga tolonlar solgan?
Qirq yil hijron chekib, sargʻayib-soʻlgan,
Oʻziga gurz urgan kishi nechadir?
Ul ne qordir, mudom yogʻar, erimas?
Ul ne daryo, mudom joʻshar, horimas?
Ul ne odam, suv ichinda chirimas,
Oqar koʻzlarining yoshi nechadir?
Ul ne daraxt, oltmish ikki butogʻi,
Qirq sakkiz koʻz-oʻq, oʻn ikki sadogʻi,
Ul ne xondir, sakkiz erur oʻtogʻi,
Oʻtogʻin ichining oshi nechadir?
Ul kimdir, boqiyda bir ravshan koʻz bor,
Oldida ma’nisi, toʻrt ming toʻrt yuz bor,
Otasi eridir, oshiq bir qiz bor,
Qoʻshilmas hurlarga, toshi nechadir?
Maxtumquli aytar: yod etgil bizi,
Yettidir qarosi, oqdir sakkizi,
Bir suratda nedir, oldir toʻqqizi,
Boshidagi aqlu hushi nechadir?

Haq-Chun Ne Ish Bitirding?..

Bir kun otang ishq etdi,
Sulbidan joʻshga yetding.
Suv eding, soʻng qon boʻlding,
Qondan soʻng loshga yetding.
Hukm ayladi ul Xudoy,
Toʻqqiz soat, toʻqqiz oy,
Oʻn ikki andom joy-bajoy,
Soʻnggi uloshga yetding.
Goʻsh berdi, dahan berdi,
Dahanga zabon berdi,
Aql berdi, jon berdi,
Koʻz berdi, qoshga yetding.
Yoshding, elga yetishding,
Yurib, yoʻlga yetishding,
Soʻzlab, tilga yetishding,
Non yeding, oshga yetding.
Yettingda maktab koʻrding,
Oʻqiding, yoʻlga kirding,
Qiz bilan bozi qurding,
To oʻn toʻrt yoshga yetding.
Haq berganin yeb-ichding,
Har yoʻlga bir bosh qoʻshding,
Mahbub bilan suyushding,
Belga chaloshga yetding.
Yigirma yoshga kelding,
Yigit boʻlib, sen yelding,
Ot minding, qilich olding,
Jangga-savashga yetding.
Oʻttizingda yeringdan,
Tuman ketmas saringdan,
Yigitlikning zoʻrindan
Kezding, tamoshga yetding.
Surding, dunyoni surding,
Oxir vafosin koʻrding,
Qirqingga qadam urding,
Komilsan, hushga yetding.
Bor olmading bogʻingdan,
Xazon urdi togʻingdan,
Ellik, soqol oqingdan
Uyal, bir yoshga yetding.
Oltmishga yosh yetkazding,
Boshing gʻamga botqizding,
Xush kunlarni oʻtkazding,
Yozing yoʻq, qishga yetding.
Yetmishda "Haq!" deb kelding,
Quvvating yoʻq, yigʻilding,
Qariding, ishdan qolding,
Soʻyla, ne peshga yetding?
Saksonga yetganda sol,
Nechuk kechar bunday hol?
Oʻtdi qizgʻinli mahal,
Oʻroqsiz xoʻsha yetding.
Toʻqsonda yanglishar soʻz,
Qora boʻp koʻrinar boʻz,
Qaqshar suyak, tinar koʻz,
Yuz ming andeshga yetding.
Maxtumquli, oʻtirding,
Umring Gʻofil oʻturding,
Haq-chun ne ish bitirding,
Agar yuz yoshga yetding?!.

Boʻlsam Iymon Ichinda

Fikr qildim yer-koʻkni
Beaql jon ichinda.
Koʻrdim, jon ham "Alloh!" der,
Et, tomir, qon ichinda.
Ketar yoʻling bilmasang,
Toʻgʻri yoʻlga kelmasang,
Haqni yodga olmasang,
Qolding armon ichinda.
Yerdan chiqqan nabotlar,
Qizil gullar, koʻk oʻtlar,
gʻofil odam, bu zotlar
Bari farmon ichinda.
Nafsing aytar: "Joʻsh boʻlsam,
Toʻkinlikka duch boʻlsam,
Yesam-ichsam, xush boʻlsam,
Yotsam alvon ichinda".
Koʻngil, sen bir bozorsan,
Har ishga bir yonarsan,
Tursam deya kezarsan,
Jurmu isyon ichinda.
Yoyilar qanot-parlar,
Xoʻb ochilar daftarlar,
Toʻda-toʻda kaptarlar,
"Oʻuv!" der xirmon ichinda.
Bulbul aytar: "Kichikman,
Bahorga koʻp intiqman,
Men gulzorga oshiqman,
Bogʻu boʻston ichinda".
Oshiq aytar: "Illalloh!",
Qalmoch: "Alhamdulilloh!",
Laylak der: "Qul huvalloh!",
Hannon-Mannon ichinda.
Yorqanot der: "Yo, Mavlo,
Solding meni bu yoʻlga,
Berma Oy, Kunga, yelga,
Saqla pinhon ichinda!"
Anqo aytar: "Yoʻlchiman",
Oʻudhud aytar: "Elchiman,
Sulaymonga sovchiman,
Yolgʻon jahon ichinda".
Boʻztoʻrgʻaydir hayrona,
Hayron boqib har yona,
Zanbur chiqib sayrona,
Kezar davron ichinda.
Turna aytar: "Ucharman,
Bagʻdod suvin icharman,
Qish Hindiston koʻcharman,
Lolazoron ichinda".
Boyqush aytar: "Dardim bor,
Tasbihim bor, virdim bor,
Vayronada yurtim bor,
Zoru giryon ichinda".
Haqqush aytar: "Faqirman,
Qullugʻumga haqirman,
Haq yodini oʻqurman
Sham-shabiston ichinda".
Musicha der: "Ketarman,
Keldim, bildim – oʻtarman,
Uch ogʻochni chotarman,
Guzlab vayron ichinda".
Lochin aytar: "Hushimdan,
Mast boʻldim oʻz joʻshimdan,
Qoldim, Tangri, ishimdan,
Bandi zindon ichinda".
Turoch tili sanoda,
Oʻrdak tili duoda,
Gʻoz qagʻillar havoda,
Koʻzi ummon ichinda.
Qumrilar ovoz bilan,
Tovus ishi noz bilan,
Qaqnus qushi soz bilan,
Shul Oʻindiston ichinda.
Toʻti qushlar rozlashib,
Haq amrini koʻzlashib,
Odam tilin soʻzlashib,
Kezar inson ichinda.
Toʻrgʻay hazor uyam der,
Ajoyib, xush Egam der,
Doʻzax oʻti harom, der,
Oxirzamon ichinda.
Bilmas falakning farjin,
Yeldir, tutmish koʻk burchin,
Bir toʻp kaptar-guvarchin,
"Huv!" der xirmon ichinda.
Kiyik aytar: "Yigʻlarman,
Haqqa sidqim bogʻlarman,
Bolam deya boʻzlarman,
Yuragim qon ichinda".
Boʻri aytar: "Uzarman,
Qaydan qilsam guzar man,
Rizqim izlab kezarman,
Choʻl-biyobon ichinda".
Ot aytar: "Aslim zoʻrdir,
Buncha qimmatim bordir,
Ustimga mingan erdir,
Togʻu yobon ichinda".
Yobi aytar: "Men ganda,
Ustimga mingan banda,
Azobim koʻpdir kunda,
Xizmat-imkon ichinda".
Eshak aytar: "Aslim tosh,
Xizmat bilan bagʻrim boʻsh,
Somon topsam, koʻnglim xoʻsh,
Bul qahraton ichinda".
Sigir aytar: "Men boshdim,
Yetmas ilojim-kushtim,
Dumim oʻynatib qochdim,
Chibin-chirkon ichinda".
Tuya aytar: "Oʻtlarman,
Oʻtgan yerim yodlarman,
Mudom yurtga yoʻrtarman,
Yantogʻ, yobon ichinda".
Yetti yer boʻlmish bino,
Har zot oʻqir bir sano,
Oʻtlar ham der: "Rabbano!",
Navroʻz – boron ichinda.
Koʻngil aytar gadoga,
Sahar tursam sadoga,
Nolish qilsam Xudoga,
Boʻlsam iymon ichinda.
Qiyomat kun qoʻlingdan,
Xabar yetar holingdan,
Qaytgil yomon yoʻlingdan,
Koʻrding Furqon ichinda.
Umidli boʻl Yusufdek,
Sabrli boʻl Ayyubdek,
Gar uchrasang Ya’qubdek
Dardga, Kan’on ichinda.
Nafsim aytar: "Xoʻsh ayla,
Jomi jur’a joʻsh ayla,
Karamingga duch ayla,
Tongla devon ichinda!"
Maxtumquli, oʻzingga
Boq, yosh keltir koʻzingga,
Ayb aylamang soʻzimga,
Yoru yoron ichinda!

Yiqqaning Qoldi-Ketdi

Bu dunyo bozigardir,
Bozisin chaldi-ketdi.
Gumroh etib nechani,
Yoʻldosh deb oldi-ketdi.
Oʻyla, fikr et har qachon,
Yuz qoʻngan bor, yuz koʻchgan,
Taxti osmondan kechgan
Sulaymon oʻldi-ketdi.
Yo, muruvvatli shohim,
Umidim, qiblagohim,
Shuncha yashab Ibrohim,
Nimani oldi-ketdi?
Jigarin dogʻlay-dogʻlay,
Zunnorin bogʻlay-bogʻlay,
Nechalar yigʻlay-yigʻlay,
Nechalar kuldi-ketdi.
Nechalar gulga doʻndi,
Gul yonib, kulga doʻndi,
Nechalar gilga doʻndi,
Nechalar soʻldi-ketdi.
Qolarsan goʻrda bogʻli,
Ma’lum bir yurtda bogʻli,
Behuda, odam oʻgʻli,
Yiqqaning qoldi-ketdi.
Laqmalik bilan oʻzim,
Bilmadim aytgan soʻzim,
Maxtumquli der: "Koʻzim
Qon yoshga toʻldi-ketdi".

Bu Foniy Jahonga Koʻngil Berganlar

Bu foniy jahonga koʻngil berganlar
Ishin barbod aylab, oʻtib boradir.
Qarang, Qur’on ochib, talay nodonlar
Iqbolni bir pulga sotib boradir.
Jafosi koʻp, foniy, bu yolgʻon jahon,
Mard koʻnglida tutar boʻldi ul makon,
Iyso eslab, Luqmon qilmas dard ehson,
Koʻz yumib, tush kabi oʻtib boradir.
Kimlar bu jahonda bemalol yotmish,
Kimlar osmon uchib, kim loyga botmish,
Kimlardir molini baqoga otmish,
Kimlar hirsi dunyo tutib boradir.
Gʻavgʻodan tinmadi qanchaning boshi,
Kimi yoqar boʻldi padar, qardoshin,
Kimsalar har joyda tayyorlab oshin,
Kimsalar dong qotib yotib boradir.
Kimlar toju taxtda farmon joʻnatib,
Kimlar saman minib, surar sakratib,
Kimlar padarini, elni xor etib,
Gunoh zindoniga botib boradir.
Kimsalarning chiqmas aylagan zori,
Kimlarning bogʻinda bitmish anori,
Kimlarning tutashib jonida nori,
Xor-tikan taniga botib boradir.
Kimlar doim surar boʻldi davronni,
Oʻzin bilmas, kim unutar jahonni,
Kimsalarning doim doʻzax makoni,
Kimlardir behishtga yetib boradir.
Kimsalar bosh qoʻshar ajab jononga,
Kimsalar zan istab, azoblar jonga,
Kimsalar koʻz tutib har ganji konga,
Dinu iymonini sotib boradir.
Kimlargadir bermas ul ikki koʻzni,
Kimsa eplay olmas, soʻzlasa soʻzni,
Kimsalarning ajab ekandir yuzi,
Kimlardir roʻyini oʻrtib boradir.
Kimlar, alam bilan oʻtibdir soli,
Kimlarni band etmish goʻzal xayoli,
Kimlardir umrinda totmaydi bolni,
Kimlar zahar-zaqqum yutib boradir.
Kimsalar Haq demas, gʻalatga doʻnar,
Kimsalar ucharu, kimsalar qoʻnar,
Nechalarning farzand-zuryodi unar,
Qanchalar befarzand oʻtib boradir.
Kimlar bu dunyoda iqbol otmishdir,
Kimdir tutgan niyatiga yetmishdir,
Kimlar Haqni chorlab, yigʻlab yotmishdir,
Bu dunyoda har kim yoʻrtib boradir.
Kimlar ojiz jonni mol deya yoqib,
Kimlar ketmish vatanini tark etib,
Kimlar elni, din-iymonni unutib,
Kimlar uni qoim tutib boradir.
Maxtumquli, kimsa dashtdadir sarbon,
Kimsa aylar boʻldi bir zolim farmon,
Kimlar bu dunyodan aylabon armon,
Kimlar xandon boʻlib, oʻtib boradir.

Dardimning Borin Soʻylayin!..

Tirik dushmanim, naylayin,
Qari falak gʻolib tushdi.
Dardimning borin soʻylayin,
Tepa sochim bir dam uchdi.
Ayirdi koʻzda nurimdan,
Bogʻda olma, anorimdan,
Mengli degan ul yorimdan,
Yonib yurak, qaynab toshdi.
Chiqmas boʻldi suhbat-sozim,
Eshitsa Alloh ovozim,
Koʻrinmas boʻldi yulduzim,
Oyim botdi, kunim oshdi.
Zahardir berilgan oshlar,
Bor, soʻra, ketdi qardoshlar,
Tarqab koʻngildosh, sirdoshlar,
Eron, Turon, Afgʻon oshdi.
Yot boʻldi Islomning yoʻli,
Hech kimning yoʻq oʻy-xayoli,
Yolgʻiz qolgan Maxtumquli,
Bas aylagil, aqling shoshdi!..

Oʻlsang, Seni Kimlar Yodlar?..

Odam oʻgʻli, falak sening
Bir kun toʻning bichar-ketar,
Senga urar xanjarini,
Jallod qoning sochar-ketar.
Kezma dunyoga mayl etib,
Behuda yerda sayl etib,
Avval qoʻnganlaring oʻtib,
Koʻz ochguncha koʻchar-ketar.
Oʻlsang, seni kiming yodlar? -
Kishnab qolar bedov otlar,
Uni mingan boʻz yigitlar
Qora yerni quchar-ketar.
Dunyoning soʻngi barboddir,
Benamozning joyi oʻtdir,
Oʻlim bir achchiq sharbatdir,
Har kim undan ichar-ketar.
Koʻngil aytadir: "Oʻlmasang,
Lahadda tanho qolmasang,
Egangga toʻgʻri boʻlmasang -
Iymon sendan qochar-ketar».
Maxtumquli, bu ne joydir,
Ajab bir karvonsaroydir,
Dunyo bir loʻli-oroydir,
Bir kun seni quchar-ketar.

Kimdir Gado, Kimdir Sulton Falakdan

Boy oʻgʻliga aytar: "Izim tutarsan" -
Bexabar boʻlubon nodon falakdan.
Koʻrgan aytar: murodingga yetarsan,
Unutibdir, kelar armon falakdan.
Togʻlar, ishonmagil toshli boʻrkingga,
Navjuvon, tayanma yuzda koʻrkingga,
Odam oʻgʻli, quvonmagil erkingga,
Erta vatan boʻlar zindon, falakdan.
Umrim soli karvonini yoʻqotdi,
Kimlar folga chopib, iymon unutdi,
Falakdan mol oldi, qayta tarqatdi,
Kimsa gado, kimsa sulton falakdan.
Falak urar boʻldi, gar topsa evin,
Azmidan larzondir osmonu zamin,
Ul Sulaymon, Iyso, Mahdiy ham Amin -
Bari oʻtdi, koʻrib ziyon falakdan.
Falak tashvishini kimlar bildilar,
Koʻplar yigʻlar boʻldi, ozlar kuldilar,
Yoʻlbars, boʻri tulkilanib keldilar,
Haq qoshiga, tilab omon falakdan.
Bizning koʻrgan doʻstlar ovvora qaytdi,
Bosh koʻtargan erlar bechora qaytdi,
YoʻrQa arab otlar, boq, xora qaytdi,
Qimmati ayrilib yomon falakdan.
Duch kelganlar bilan ul savash qildi,
Majolsiz odamga, boq, kurash qildi,
Bir necha baxillar xunuk ish qildi,
Kelar deya qoʻlga davron, falakdan.
Aql oʻtmas, dur yasalmas ustodsiz,
Odam oʻgʻli, oʻtar boʻlding sen otsiz,
Bunda kelib, qolar boʻldi qanotsiz,
Tamosho aylanglar, parron falakdan.
Poy ostinda ogʻir jisming koʻtarib,
Fotiha olmadim, ishing bitirib,
Maxtumquli, tilga doston keltirib,
Chekar boʻldi ohu figʻon falakdan.

Sayyod Dunyodir

Odam oʻgʻli, tingla soʻzim bir zamon,
Jon izlab sargardon, fasod dunyodir.
Bir kun yoqang tutar, bilsang, begumon,
Ammoki, bir zarur hojot dunyodir.
Kimga nasib etdi ul obi hayot,
Dardi oshib kelar bu jondan ziyod,
Bu jahonga sayr qilgan odamzod,
Umriga qilguvchi la’nat dunyodir.
Qani, boqing, Qorun fe’lin, nayladi,
Oʻzi oʻtar boʻldi, molin nayladi?
Nuh nabiyning, koʻring, solin nayladi,
Bahor fasli chiqqan nabot dunyodir.
Iskandar goʻlmidi jahonni olgan,
Qani, koʻring, ayting, kim undan qolgan?
Bu foniy jahonning tashvishi yolgʻon,
Baxillarga ulugʻ izzat dunyodir.
Rustam, Zol ne ishning boshini tutdi,
Gardishga sar soldi, ul falak yutdi,
Jon matosin borib tuproqqa sotdi,
Izinda yigʻlatgan togʻat dunyodir.
Chin-Mochinni qoʻydi zulm ostinda,
Doʻzax ochar boʻldi zamin ustinda,
Hindistonni ohu zorning qastinda
Qoʻyib borgan, koʻring, pisand dunyodir.
Qorun kechar boʻldi, fe’lin koʻzlabon,
Yusuf oʻtar boʻldi, kalom soʻzlabon,
Odam oʻgʻlin zamin ichra gizlabon,
Undan chiqmas qilgan lahad dunyodir.
oʻavvosni band qildi ummon ichinda,
Bulbul asir tushdi boʻston ichinda,
Lu’ band boʻldi, boqing, daryo ichinda,
Har kimga ser solgan xunbod dunyodir.
Bodi shutri minib, alvona yursam,
Koʻzim botil boʻlsa, jahonni koʻrsam,
Istasa ul Yorim, bosh bilan yursam,
Dashtga tushib urgan sayyod dunyodir.
Maxtumquli aytar: majolim bordir,
Kunlar oʻtar boʻldi, oh-zorim bordir,
Chekkanim jabrdir, pesham ozordir,
Yolgʻiz qolib borgan oqibat dunyodir.

Nodon Falak, Amon-Amon!..

Beklarimiz qilar kengashni,
Nodon falak, amon-amon!
Boshga qoʻyarsen tashvishni,
Nodon falak, amon-amon!
Davlat qushi osmon keldi,
Haq siyladi, nazar soldi,
Oy-Kunlar koʻrib uyaldi,
Nodon falak, amon-amon!
Yaxshilar kengashni tutgan,
Falakni keyinga otgan,
Zindon ichra Gʻofil yotgan,
Nodon falak, amon-amon!
Ancha jabr qilar boʻlding,
Omonatni olar boʻlding,
Choh-gardishga solar boʻlding,
Nodon falak, amon-amon!
Nomardlar yoʻlbars boʻlibdir,
Yil-kunimga hars boʻlibdir,
Zanon bari bars boʻlibdir,
Nodon falak, amon-amon!
Koʻp chekibman jabru jafong,
Roʻyin koʻrmamisham safong,
Dasting tutdim, ajab turfang,
Nodon falak, amon-amon!
Maxtumquli aytar: "Amon,
Yaqin keldi oxir zamon,
Togʻ boshinda hijron tumon,
Nodon falak, amon-amon!"

Hazrati Yusufni Bayon Aylayin

Daftarlar ichinda bir kitob koʻrdim,
"Qasasul-anbiyo" otli, yoronlar.
Hazrati Yusufni bayon aylayin,
Qissasi shakardan totli, yoronlar.
Ranji azim, rohati koʻp, shuni bil,
Soʻzlari hadisdir, oyati dalil,
Bani Ishoq ibni Ibrohim Xalil,
Yalovuch urugʻi, zotli, yoronlar.
Oʻn ikki oʻgʻli bor, aytsam zuryodin,
Xabar soʻrsang, shudir bu asl zotin,
Illalloh, Tangrining ul moʻ’jizotin,
Ya’qubni nobino etdi, yoronlar.
Yetti yoshda koʻrdi Yusuf bir tushni,
Yoronlar, taajjub Allohning ishi,
Sham’un, Raybil degan oʻgay qardoshi
Yusufni bir chohga otdi, yoronlar.
"Yusufjonni boʻri yedi", dedilar,
Bir boʻrini tutib, bogʻlab keldilar,
Hazrati Ya’qub bir duo qildilar,
Boʻri oʻz holini aytdi, yoronlar:
"Bir bolam bor, yoʻqotibman yonimdan,
Uch kun boʻldi, istab topmam yobondan,
Tilaging qabuldir sening Subhondan,
Duo qil", deb umid etdi, yoronlar.
Yusufni soldilar tahti zaminga,
Uning dogʻi koʻngli boʻldi kamina,
Haq amr etdi ul Jabroil aminga,
Bir damda Yusufni netdi, yoronlar.
Choh ichinda yotdi uch kecha-kunduz,
Hazrati Jabroil saqladi tamiz,
Bir Oy-u bir Quyosh, soʻng oʻn bir yulduz
Yusufga koʻp ta’zim etdi, yoronlar.
Bir karvon kelardi Misrdan Shomga,
Nogahon yetdilar ushbu maqomga,
Bashir, Bashar degan ikki gʻulom-a,
Quduqdan kuvini tortdi, yoronlar.
Kuvini chiqardi chohning tashina,
Yusuf chiqdi, oydek boʻlib nishona,
Yuz ming shukr qildi ul dam Subhona,
Qullar iymon arzin etdi, yoronlar.
Allohning amriga sunib boʻynini,
Beklar, koʻring, bu shum falak oʻynini,
Hazrati Ya’qubning nuri ’aynini,
Qullar Xojasiga eltdi, yoronlar.
Malik tujjor olib bordi Kan’ona,
Xabar topdi qolgan oʻn toʻrt devona,
Yusuf: "Sodiq qulman" dedi mardona,
Oʻn sakkiz dirhamga sotdi, yoronlar.
Podshoh Roʻyon Malik edi, ey falak,
Vazirining nomi Azizdir, beshak,
Ular Zulayxoga berdilar darak,
Malik tujjor anga sotdi, yoronlar.
Dallollar yigʻilib, baho qoʻydilar:
"Boʻyiga teng oltin-kumush", – dedilar,
La’lu javohirdan ancha uydilar,
"Hali ham arzon", – deb aytdi, yoronlar.
Shahar oʻrtasinda bir taxt qurdilar,
Yusuf: "Sodiq qulman" – deya turdilar,
Qiymat qoʻyib Zulayxoga berdilar,
Oxir murodiga yetdi, yoronlar.
Oshiq boʻldi er Yusufning koʻrkiga,
Soldilar yetti qat yerning berkiga,
Olti xotin qoʻymadilar erkiga,
Yusuf ham ularga netdi, yoronlar?!
Xotinlar makridan qochdi, qutuldi,
Koʻylagin yirtdilar, tashda tutildi,
Necha yillar zindon ichra yotildi,
Yusufdan barchasi oʻtdi, yoronlar.
Yusuf sodiq yotar zindon ichinda,
Podshoh bir moʻ’jiza koʻrdi tushinda,
Munajjimlar bari qotib qoshinda,
Har qaysi bir ta’bir aytdi, yoronlar.
Alqissa, bu ta’bir Yusufga yetdi,
Yusuf ham ul tushning bayonin etdi,
Ibrat olib, podshoh ra’yindan qaytdi,
Barini musulmon etdi, yoronlar.
Yusuf taxtga minib, podshoh boʻldilar,
Tamom Misr xalqin sotib oldilar,
OQalari kelib, ta’zim qildilar,
Kulli gunohlarin oʻtdi, yoronlar.
Maxtumquli, soʻzlar Haqning san’atin,
Bandasan, Hotifning amriga koʻngin,
Kimga besh kun berar, kimgadir oʻn kun,
Suravering, davron oʻtdi, yoronlar!..

Gunohim Guzasht Ayla

Ey, Karimi korisoz,
Gunohim guzasht ayla!
Ey, Rahimi chorasoz,
Gunohim guzasht ayla!
Yetmasa karam Sendan,
Ketdi ixtiyor mendan,
Jurmum chiqardim chandon,
Gunohim guzasht ayla!
Yuz gʻam birla tanda jon,
Istaydir Sendan amon,
Fazling birla, yo Subhon,
Gunohim guzasht ayla!
Garchi boʻldim gunohkor,
Satr ayla aybim, Sattor,
Karam ayla, yo Gʻaffor,
Gunohim guzasht ayla!
Lutfingni izhor aylay,
Koʻnglimni qaror aylay,
Tavfiqingni yor aylay,
Gunohim guzasht ayla!
Aql yetmas zotingga,
Fikr oʻtmas sifotingga,
Birliging hurmatiga,
Gunohim guzasht ayla!
Maliksan, boʻlsa har na,
Kim yetdi sun’ing sirina?
Uch ming isming xotirina,
Gunohim guzasht ayla!
Biz bechora ummatning,
Ummati Muhammadning,
Hurmatiga Ahmadning,
Gunohim guzasht ayla!
Sun’ing tushib shavqiga,
Etding Ahmad zavqiga,
Osmon, zamin haqqiga,
Gunohim guzasht ayla!
Saxiylar ehsoni-chun,
Shahidlarning qoni-chun,
Junbandalar joni-chun,
Gunohim guzasht ayla!
Senga boqqan yuzlar-chun,
Sen deb yigʻlar koʻzlar-chun,
Hamding aytgan soʻzlar-chun,
Gunohim guzasht ayla!
Koʻkda yulduz hurmati,
Yerda navroʻz hurmati,
Kecha-kunduz hurmati,
Gunohim guzasht ayla!
Baland togʻlar haqqiga,
Choʻlu qirlar haqqiga,
Yerlar, suvlar haqqiga,
Gunohim guzasht ayla!
Sendan boʻlmasa madad,
Holimga voy, yo Ahad,
Firogʻiy der: Yo, Samad,
Gunohim guzasht ayla!

"Alif" – Avval Ibtido!..

"Alif" – avval ibtido, hamding yetkaz Xudoga,
"Be" – boʻsh yurma qullikda, tushsang dardu baloga,
"Te" – tur xobi Qaflatdan, umring kelmish aroga,
"Se" – saqar bor, hazir boʻl,
"Jim" – jahd ayla yarovga,
"He" – hilmingning hurmati, rahm et men benavoga,
"Xe" – xasorat-alamni mendan oʻzga kim aylar,
"Dol" – dardimga davoni Sendan oʻzga kim aylar,
"Zol" – zunubu gunohga,
"Re" – rahming marham aylar,
"Ze" – zor aylasa xashming, barchasin barham aylar,
"Sin" – saharlar bedor et, koʻzingni tik Xudoga.
"Shin" – shavqingga tushganlar,
"Sod" – sabr etib turmaslar,
"Zod" – ziyongni olganlar, hey, yurarlar hormaslar,
"To" – talabi diydoring, orom-qaror qilmaslar,
"Zo" – zohirdir
"’ayn" – ilming, bildirmasang, bilmaslar,
"Gʻayn" – Gʻaflat ichinda qoʻyma meni firoQa.
"Fe" – fikringni qilganga
"Qof" – qudrating bas erur,
"Kof" – "Kun!" degan binongga
"Lom" – lam’ating bas erur,
"Mim"dan ma’no olganga,
"Nun" ne’mating bas eru.
"Vov" – vaslingga yetguncha
"Ho" – hijrating bas erur.
"Lom-alif" – yoʻq e’tibor dunyoi bevafoga.
"Yo" – yolgʻonchi dunyoning peshasi ol bilandir,
Olin koʻrib quvonma, tubi zavol bilandir,
Charxning ishi har zamon bir ayri hol bilandir,
Maxtumquli, bir koʻnglim yuz ming xayol bilandir,
Ishim oson etmasang, qaytar "’alas-salo"ga.

Ul Muhammad Ahmadi Muxtori Koʻrdim – Shundadir

Yaxshilar tutmish bino, bir shahri koʻrdim – shundadir,
Ishq matoini sotar bozori koʻrdim – shundadir,
Xoʻb shajarlar boʻy choʻzibdir, bori koʻrdim – shundadir,
Namli gullardek pari Farxori koʻrdim – shundadir,
Yuz karashma-shevali dildori koʻrdim – shundadir.
Qoim oʻlsang istamaslar, ketsangki ovoz aylabon,
Soʻzlasang bermas sado, soʻzlamasang roz aylabon,
Koʻnglingni ham band aylabon, oʻzingni parvoz aylabon,
Bir pari pinhon oʻtirmish "Kelma" deb noz aylabon,
Ul pari-paykar sifatli yori koʻrdim – shundadir.
Ul Xizr, Ilyos bilan Ahmad, Sulaymon anda bor,
Ul Salim shoh, Makka xoni – ibni Sulton anda bor,
Boyazid, Sulton Uvays, Xarqonu Sufyon anda bor,
Bir necha Majnun kabi choki girebon anda bor,
Tayanar Muso asosi – mori koʻrdim – shundadir.
Bahr aro baliq ichinda rohat aylab uxlagan,
Imtihon uchun unga gʻurmi kalonlar beklagan,
Doʻst boʻlib Allohiga, dushman qoʻlida saqlagan,
Manjaniqqa bogʻlanib, bir otash ichra otlagan,
Ka’ba bunyod aylagan me’mori koʻrdim – shundadir.
Yuz yigirma toʻrt mingu yetti yuz Paygʻambari,
Uch ming oʻn uch mursalu, ham alar – toji sari,
Yuz yigirma toʻrt ming durdonaning bosh gavhari,
Ummatining shofi’i, Maxtumqulining manzari,
Ul Muhammad Ahmadi Muxtori koʻrdim – shundadir.

Koʻnglim Ichra Keldi Bir Necha Misol

Uchradim Ilyosga, Xizr oʻldi visol,
Koʻnglim ichra keldi bir necha misol.
Qoʻl koʻtardim, turdim nazru niyozga,
Dedim: "Ruxsat boʻlsa, aytayin savol".
Dedim: "Nedir bu dunyoning borligi?",
Dedi: "Yotsang tushdir, turganda-xayol".
Dedim: "Yo, Rab, dunyo nega oʻxshaydir?",
Dedi: "Qari kampir, yuzida yoʻq xol".
Dedim: "Nedir mulki jahon sevgisi?",
Dedi: "Dardisardir, boʻyningga vabol".
Dedim: "Dunyo uchun nadir bahsu jang?",
"Behuda bugʻz etmoq, bekor qol-maqol".
Dedim: "Ahli zamon nega band oʻlmish?",
"Oʻgʻil-qiz suymoqqa, jam’ etmoqqa mol".
Dedim: "Bu sevgidan, moldan ne hosil?",
"YiQmoQi qayQudir, ketmoQi malol".
Dedimki: "Zulm ahli qanday zumradir?",
Dedi: "It va boʻri, mushuk va shoqol".
Dedim: "Andan nafsim necha ram boʻlur?",
Dediki: "Bir qilmoq bilan goʻshimol".
Dedim: "Banda jahdi boshga yetarmi?",
Dedi: "Yetmas, istamasa Zul-jalol".


Dedim: "Yo, Rab, kadxudolik qandaydir?",
Dedi: "Yoshga – ishrat, qaygʻu – kalonsol".
Maxtumquli soʻzi durdir bilganga,
Boshda hushing boʻlsa, soʻzga quloq sol!

Sahar Turib, Biruborga Yuz Bursang

Duo qilsam, dargohiga borarmi? -
Sahar turib, Biruborga yuz bursang.
Yo Rab, barhaq, doʻsti xushvaqt boʻlarmi? -
Bir koʻngil-chun yuz hunarga yuz bursang.
Sahar turib, nolish qilsang Xudoyga,
Kunga qoʻl koʻtarib, yolborsang Oyga,
Davlat uchun boqsang davlat humoyga,
Ganj uchun sehr oʻqib, morga yuz bursang.
Gʻarq boʻlsang daryoga, duch kelsang darda,
Tama’ uchun ochma yuzingdan parda,
Saqlan, yaqin borma nojins-nomarda,
Ishing tushib, doʻstu yorga yuz bursang.
Nomardga yuz bursang, ishing undirmas,
Itdan suyak soʻrgan bir zot tindirmas,
Tulki oʻzin kunda bir bor toʻydirmas,
Sozdir, och boʻlsang ham, sherga yuz bursang.
Maxtumquli, garchi baxting shoʻr boʻlar,
Mavlom nazar qilsa, davlat yor boʻlar,
oʻam sendan daf’ boʻlar, darding dur boʻlar,
Kamolxon afgʻondek erga yuz bursang.

Oshiqlar Haq Ishqinda

Oshiqlar haq ishqinda
Hayrondadir-hayronda.
Koʻzlar zaif izinda,
Giryondadir-giryonda.
Qildi anga Haq rahmat,
Nuri tajalliy qudrat,
Xirqa kiygan Xoja Ahmad
Sayramdadir, Sayramda.
Yerdan chiqqan ogʻochlar,
Tili sanoli qushlar,
Subhon suygan darvishlar
Davrondadir, davronda.
Ayil, oshiQim, ayil,
Majnun boʻl, xalqqa yoyil,
Xalil oʻgʻli Ismoil
Qurbondadir, qurbonda.
Tur togʻinda turanlar,
Necha gʻoyib eranlar,
Jamolini koʻranlar
Farmondadir, farmonda.
Toʻldirgan bu dunyoni,
Soʻzlar har du saroni,
Kulli ishning bayoni
Qur’ondadir, Qur’onda.
Maxtumquli, och tillar,
Qulluq qil oylar, yillar,
Erta qulluqsiz qullar
Armondadir, armonda.

Kechdi

Ellik ming yil davron surgan Bani jon
Dunyoda qolmadi, yerma-er kechdi.
Yuz yigirma naslu farzand keltirgan
Odam Havvo bilan sar-basar kechdi.
Haq Oʻzi boshlaydir yoʻlga bandani,
Yoʻlga kirib, umidli boʻl san qani,
Shis bilan Kayumars kiygan jandani
Rustam, Zol kiyibon, qalandar kechdi.
Devlarni band etib, dinga yetkazgan,
Sura-sura, bu dunyodan ketkazgan,
Zaminu daryoga hukmin oʻtkazgan
Sulaymon sifatli Iskandar kechdi.
Yusha’ oʻgʻli Dovud olamni surdi,
Haq anga Zaburdek kalomni berdi,
Hazrati Dovudning huzzor shogirdi -
Olti ming olti yuz ohangar kechdi.
Koʻplarni kechirmish bu koʻhna jahon,
Oxiri insondir, oldi – Bani jon,
Maxtumquli aytar: qolmadi yakson,
Yuz yigirma toʻrt ming Paygʻambar kechdi.

Ketgum Yusuf Deya-Deya

Muxammas
Hijronida haddan ortiq yongum Yusuf deya-deya,
Necha durdonadir, koʻzdan toʻkkum Yusuf deya-deya,
Qon yigʻlarman shomu sahar, netgum, Yusuf deya-deya,
Men Ya’qubman, ohu zorni chekkum Yusuf deya-deya.
Koʻzlarimdan qonli yoshim toʻkkum Yusuf deya-deya.
Bu dunyoning jafosindan girihlar tushdi qoshima,
Dushmanim ham qon yigʻlaydir koʻzimdan oqqan yoshima,
Sirrimni izhor aylasam, olamda bir yoʻldoshima,
Falak yigʻlar koʻz yoshima, ne savdo tushdi boshima,
Majnun boʻlib togʻ boshiga chiqqum Yusuf deya-deya.
Boqmadimi Oy nozanin, gulgun yuz uzra sunbula,
Magʻrur oʻlma bunday tila, kim, mushkin anbar kokila,
Gulning vafosi boʻlmamish, yuz nola qilsa, bulbula,
Bir tarafdan jilgʻa-jilgʻa, bulut oʻynar, solar koʻla,
Oʻn olti togʻ, yetti choʻlga ketgum Yusuf deya-deya.
Ishqning balosidan yetib xanjar manga, ey siymu zar,
Jonimga hajring oʻtidan bir turfa yetdi dardisar,
Bul vasfining zavqi bilan yozdim, boʻlib xuni jigar,
Ketdi Yusuf, kelmas xabar, yigʻlab turarman har sahar,
Qal’a-qal’a, shahar-shahar kezgum Yusuf deya-deya.
Tarahhum qilmas ul dilbar, hijronida bu nolaga,
Ogʻzim qurib, damo-dame Layli kabi shakarxoga,
Qilsa tabassume gar ul, men jafoli dil yaroga,
Magar Yusuf tushdi chohga, jamoling deb boqqum Oyga,
Iroq zamin, Karbaloga boqqum Yusuf deya-deya.
Bu falakning shiddatidan, kim tilimda zohir dogʻlar,
Zulmi bashar xayolikim, koʻnglimda giribon bogʻlar,
Koʻrsa bu holimi kishi, holima zoru zor yigʻlar,
Hasratima falak yigʻlar, oshiq boʻldi tilsiz zogʻlar,
Farhod boʻlib, buyuk togʻlar yiqgum Yusuf deya-deya.
Koʻyingni istab, ey nigor, men bormisham yoʻldan-yoʻla,
Berdim savtu navongni man jon birla har guldan-gula,
Qanot bogʻlab uchsam edi, men Qoz kabi koʻldan-koʻla,
Yusuf kezar tildan-tila, shaydo boʻlib choʻldan-choʻla,
Soʻroq solib, eldan-ela chiqqum Yusuf deya-deya.
Ichdi sening zolim koʻzing mening qonim qona-qona,
Zulfing domiga sayd oʻldim, koʻrib xoling dona-dona,
Jonim fido qilsam, ozdir, sening kabi jona-jona,
Oʻtar kunim doʻna-doʻna, kechar bu jon yona-yona,
Ertayu kech Oy-a, Kun-a boqqum Yusuf deya-deya.
Soʻrsa Nizomiy, dunyada jonlanar yaxshi soʻzidan,
Topmay kushoda baxti, ul tole’ ila yulduzidan,
Koʻrsa mundogʻ vafolari, har kim turib oʻz-oʻzidan,
Maxtumquli, doʻst yuzidan, tinmay yosh oqar koʻzidan,
Bulbul boʻlib, Yor soʻzidan aytgum Yusuf deya-deya.

Bir Kun Hazrati Ali

Ey yoronlar, musulmonlar,
Koʻring bu hukmi Dovari:
Ki masjidda oʻltirmishdi
Bir kun Murtazo Ali.
Orqa qoʻymish mehroba,
Oʻzin bermish Kitoba,
Katta-kichik sahoba
Yigʻilmishdi ham bari.
Ul shohi safdar bildi,
Bir koʻkcha kaptar keldi,
Oʻltirib ta’zim qildi:
"Salom ’alayk, yo Ali!
Sensan dinim, iymonim,
Sanga qurbon bu jonim,
Falon yerda oshyonim,
Yosh bolam bor, yo Ali!
Yeru Koʻk orasinda,
Xirmonlar qirrasinda,
Xudoning panosinda,
Kelardim saharlari.
Tayr etardim har yona,
Shukr etardim Subhona,
Istarman, yigʻsam dona,
Soʻng eltsam oshyon sari.
Dushmandan gʻofil edim,
Xurramu xushhol edim,
Bolamga mashgʻul edim,
Koʻrdim-ku, bir shohfari .
Koʻrdim, bir lochin kelar,
Havoda havolanar,
Bildimki, jonim olar,
Omon bermas, yo Ali!
Qoʻrqib, betogʻat boʻldim,
Shirin jondan qoʻl yuvdim,
Sening yoningga keldim,
Qutqar meni, yo Ali!"
Ali chun voqif boʻldi,
Kaptarning holin bildi,
Lutf ila karam qildi,
Dedi: "Kaptar, kel beri!"
Kaptar keldi yoniga,
"Bermam lochin changiga" -
Qoʻl uzatdi, yengiga
Soldi kaptarni Ali.
Shul damda lochin keldi,
Hazratga arzin qildi,
Lutf ila ta’zim qildi:
"Salom ’alayk, yo Ali!
Har saharlar ovlardim,
Togʻu dashtni poylardim,
Bir kaptarni quvlardim,
Kelibdir sizning sari.
Dardmondaman, muhtojman,
Sharmandaman, gʻallojman,
Bu kun uch kundir, ochman,
Ovim bergil, yo Ali!"
Ul sheri Parvardigor,
Ul sohibi zulfiqor,
Ul shohi duldulsuvor,
Nido qildi Qambari.
Qambar chun zohir boʻldi,
Lutf ila karam qildi,
Dedi: "Xizmat, ne boʻldi,
Chaqirdingiz bizlari!"
Dedi charxi chambara,
Mushk qoʻshilgan anbara,
Ali dedi Qanbara:
"Olib kelgin xanjari!"
Koʻring, endi ne qilar,
Istar – ul karam qilar,
Lochin dedi Aliga:
"Siz netarsiz xanjari?"
"Ey lochin, men Haydaram,
Sohibi lutfu karam,
Oʻz tanamdan et beram,
Sen tilama kaptari!"
Xanjar chiqdi qinidan,
To et kesgay yonidan,
Lochin tutdi qoʻlidan,
Dedi: "Kesma, yo Ali!
Sening ishing karamdir,
Qoʻllaring muhtaramdir,
Bu et bizga haromdir,
Ey sen, Sogʻi kavsariy!
Lochin deb bilmang mani,
Kaptar demanglar ani,
Sinamoq uchun sani,
Kelgandik sizning sari!"
Shohdan ruxsat oldilar,
Oyoq uzra turdilar,
Uchib, parvoz qildilar,
Ketdilar osmon sari.
Tamom boʻldi bu soʻzlar,
Etsa kerakdir asar,
Maxtumquli xokisor -
Shohimardon chokari !..

Bu Qurumsogʻ Kimga Vafo Ayladi

Vasfin bayon aylay Xoʻtan shohining,
Oʻz yuzin olamga jilo ayladi.
Barcha malak chiqarmoqqa jahd etib,
Birdan tasbih aytib, sado ayladi.
Xudoning amrini shayton tutmadi,
Odamni tuproq deb, qabul etmadi,
Hammasi bosh qoʻydi, shayton egmadi,
Sajda qilmoqlikdan ibo ayladi.
Xazina oʻrniga toʻldirib toat,
Umrining boricha qilmay farogʻat,
Oxir tushdi unga bir tavqi la’nat,
Alloh mehnatlarin bejo ayladi.
Yoronlar, aytayin yangi hikoyat,
Nusxalarda koʻrdim shunday rivoyat,
Oʻzi eshon edi – piri hidoyat,
Zamonida bir ish bino ayladi.
Qirq ming muridi ham bor edi, komil,
Oʻzi bir eshondir – piri mukammil,
Oxirida bir ish qildi ul johil,
Alloh uning yuzin qaro ayladi.
Boʻlib erdi oʻzi vosili dargoh,
Nomi erdi aning Shayxi Barsiso,
Oxirida bir ish qildi ul gumroh,
Oʻzi oʻzin roʻyi siyoh ayladi.
Shahri Madinaga shuhrati ketib,
Uning ovozasi olamni tutib,
Navbat Hasan otli yigitga yetib,
Muxosim qoʻymayin, rizo ayladi.
Hasanda bor edi bir toza xohar,
Mohi tobon erdi, husni munavvar,
Kimga topshirmoqni aylab muqaddar,
Oʻz koʻngliga shayxni barjo ayladi.
Singlisining qoʻlin tutibon yurdi,
Yugurib ul shayxning yoniga bordi,
Singlisining holin shayxiga yordi,
Shayx oʻzini unga panoh ayladi.
Shayx ul nozaninning jamolin koʻrib,
Unga koʻp oshiqi nigoron boʻlib,
Oshiqlik sharbati shayxni mast qilib,
Shayx Tangridan qoʻrqib, ibo ayladi.
Bir kuni yoʻliqdi ul shayxga shayton,
Shayton oʻzin yasab bir azim eshon,
Shaytonga inondi ul shayxi nodon,
Shaytonga ixlosin bajo ayladi.
Shayx dedi: "gʻam bilan oqar koʻz yoshim,
Aning uchun doim yigʻlamoq ishim,
Bir gunoh qilibman, toʻzmaydir boshim",
Shaytonni shayx oxir rizo ayladi.
Dedi: "Ishq dardining davosi uchun,
Alloh tutmas aning gunosi uchun,
Haqqa ibodat qil rizosi uchun" -
Shayton mal’un soʻzin ado ayladi.
Barsiso shaytonning soʻziga kirib,
Ham sharob ichib, ham zinoga yurib,
Mast boʻlib, ul qizning yoniga borib,
Nolishiga boqmay, zino ayladi.
Ul qizning boʻyida homila qoldi,
Shayx qizni oʻldirib, dashnovga soldi,
Singlisini istab ogʻasi keldi,
Shayx dedi: "Qardoshing qazo ayladi".
Hasan yigʻlab ketdi, uftona-xezon,
Banogoh oldiga uchradi shayton:
"Singlingni oʻldirdi ul shayxi nodon" -
Hasanning koʻnglini taboh ayladi.
Hasan qaytib, shayxning uyiga yurdi,
Singlisin oʻligin dashnovda koʻrdi,
Shayxni olib, shohning yoniga bordi,
Hasan arzin shohga bayon ayladi.
Shoh buyurdi: "Shayxni osinglar dora!"
Shayx suvsab, tilini qildi ming pora,
Suv uchun iymonin, ul yuzi qora,
Shayton suvga ani taboh ayladi.
Maxtumquli, besh kun sogʻ boʻlsin joning,
Oʻlguncha tilingdan qoʻyma ehsoning,
Qanchasini koʻrdim foniy dunyoning,
Bu qurumsogʻ kimga vafo ayladi!..

Kim Foniy Dunyoda Qolar, Yoronlar?..

Kel, koʻnglim, azm ayla boqiy dunyoga,
Kim foniy dunyoda qolar, yoronlar?!
Bu dunyo mulkinda Mulki Mavloga,
Ne kufrdir, munkir boʻlar, yoronlar.
Kim qolar oʻlmasdan, ajal yetgan soʻng,
Qoʻymaslar kezmoqqa, yaqo tutgan soʻng,
Iyso bilan Mahdiy kelib yetgan soʻng,
Isrofil bir sayha qilar, yoronlar.
Haqning qudratiga boqsin koʻzlaring,
Yuzlari choʻl qolar togʻu tuzlarning,
Ucharning, yurarning, tili soʻzlarning,
Azroil jonini olar, yoronlar.
Azroil qahr ila kelar shaytonga,
Shayton ojizlanib, qochar har yonga
Bilarki, qutulmas, qochib bir yonga,
Sarandibga borib oʻlar, yoronlar.
Ul kunning dahshati kechar fardoga,
Osmonni sust aylar, zaminni zoya,
Gʻazab toʻnin kiyib, kelar daryoga,
Daryolar qoʻrqibon, qurir, yoronlar.
Yigʻilar, yoʻq boʻlar togʻlar, saroylar,
Yulduzlar toʻkilar, ketar bu joylar,
Quyosh nursiz chiqar, tutilar Oylar,
Togʻlar qoʻrgʻoshindek erir, yoronlar.
Odamning jonidek yogʻar boroni,
Maysadek tuproqdan chiqar insoni,
Azroil ham berar omonat jonni,
Toʻrt farishta tiriladur, yoronlar.
Isrofil sur chalar, chinqirib har yon,
Yoʻq boʻlgan jasadlar, ayrilishgan jon,
Kesilgan tomirlar, quruq ustuxon,
Aksirib-aksirib turar, yoronlar.
Bir yondan soʻroq bor, bir yondan javob,
Bir yondan otash bor, bir yondan azob,
Bir yondan mezon bor, bir yondan hisob,
Qilgan ishing bir-bir soʻrar, yoronlar.
Dinga quvvat derlar farzni, sunnatni,
Yetmish firqa turar, koʻring millatni,
Oʻn ikki guruhda Rasul ummati,
Har biri bir jinsda turar, yoronlar.
Qoʻlsiz turar "qoʻshnim yomon" deganlar,
Toʻngʻiz boʻlib turar namoz qoʻyganlar,
Zakotsizning qorni ilon, chayonlar
Toʻlubon, qozonday qaynar, yoronlar.
Erta ochiladi berkilgan sirlar,
Yolgʻondan guvohlik bergan esarlar,
Ensadan boʻgʻizga qadar kesarlar,
Oʻtli gurzi bilan urar, yoronlar.
Jabr etgan hokimlar boʻlarlar koʻzsiz,
Koʻrib, aytmaganlar qolarlar tilsiz,
Zinokorlar boshi qornida, qoʻlsiz,
Oyogʻi boshida boʻlar, yoronlar.
Mahshar xalqi bad boʻylardan irganar,
Gunohlari yerdan koʻkka yuksalar,
Sudxoʻr ichaklari yerda sudralar,
Qorni otash-oʻtdan toʻlar, yoronlar.
Bu dunyoda "manim-manim" deganlar,
Jabr qoʻlin xalq ustiga qoʻyganlar,
Bir oʻt boʻlur yetim molin yeganlar,
Roʻsiyo, sharmanda boʻlar, yoronlar.
Poraxoʻrning koʻzi boʻlmas oʻrnida,
Tishi – sigir shoxi, turar burnida,
Labi koʻkragida, tili qornida,
Yegani ogʻzidan kelar, yoronlar.
Ota-ona ranjitganning kunlari –
Ichi-tashi oʻtdan boʻlar toʻnlari,
Xalqqa rasvo, ola boʻlar tanlari,
Suv oʻrniga zahar berar, yoronlar.
Oʻn ikkinchi guruh, koʻringlar, netar:
Masjid tuya boʻlib, minibon ketar -
Imom boshlab borar, muazzin haydar,
Yuzlari oy kabi porlar, yoronlar.
Bular chaqmoq kabi Sirotdan kechar,
Yugurik otdek yo par bogʻlab uchar,
Egni yetmish toʻnli hur qizni quchar,
Hasrat ketib, ishrat kelar, yoronlar.
Kalomda koʻrganin soʻzlar tilimiz,
Axir, ajal ustidadir yoʻlimiz,
Maxtumquli aytar: bizning holimiz,
Yo Rab, ul kun qanday boʻlar, yoronlar?!.

Ul Ne Odamzotdir, Bir Ot Minarlar?..

Ne oʻn besh ayoldir, ortmas farzandi,
Ul oʻn besh ayolning uchi avloddan.
Uchi egiz, oʻn toʻrt erur payvandi,
Ul na, jimo’ aylar, na, chiqar yotdan?
Ul ne xalqdir, koʻk-falakka qoʻnarlar,
Gohi tushib, yer yuzinda tinarlar?
Ul ne odamzoddir, bir ot minarlar -
Uzangisi suvdan, jilovi boddan?
Mudom sayron kezar ul toʻrt tengu toʻsh,
Boʻlar undan jumla olam yuzi xush,
Ul toʻrtning biridir mudom sabzapoʻsh,
Kallasi muzdandir, oyogʻi oʻtdan?
Ul kimdir, yalongʻoch, gʻarib oʻtirmish,
Ovozsiz olamga soʻzin aytarmish,
Ogʻzin ochib, oʻzin ya’sga botirmish? -
Soʻrasang, xabar bor senga har zotdan.
Maxtumquli, solma elga ovoza,
Bular ayon turgan narsadir koʻz-a,
Oqil erning fahmi yetar bu soʻz-a,
Hojat ermas, borib soʻrmoq ustoddan.

Bari Oxiratga Oʻtdi, Yoronlar

Toʻrt ming toʻrt yuz yashar Luqmon Hakimning
Boshi qaro yerga botdi, yoronlar,
Kark bedovli, ogʻir gurzli Rustamning
Ajal jilovidan tutdi, yoronlar.
Yusufning armoni Ya’qub yoninda,
Suygani bagʻrinda, dardi joninda,
Kimning qadri bordir charxning yoninda,
Yusufni qul deya sotdi, yoronlar.
Olamga hukm etgan Iskandar sulton,
Ajal tadbiriga topmadi darmon,
Taxtin yel koʻtargan hukmi Sulaymon,
Qolmadi dunyoda, ketdi, yoronlar.
Uch yuz oʻn uch mursal, qolmadi biri,
Qani Osaf, Sulaymonning vaziri?
Qani ul Haq Rasul, Haqning oʻz sheri?
Bari oxiratga oʻtdi, yoronlar.
Maxtumquli aytar: Gʻofil oʻtirmang,
Qilcha jonni uzun Qamga botirmang,
Yolgʻonchini hasrat bilan oʻtkarmang,
Bir fasl davrondir, oʻtdi, yoronlar!..

Haq Manzil Berdi Jona

Yoʻq yerdan surat aylab,
Haq manzil berdi jona.
Toʻqqiz oylab oʻtirding,
Inib kelding jahona.
Doyasiga mindirdi,
Quchdi, boʻynin sundurdi,
Suyub, mehrin indirdi
Harib ota, ham ona.
Haris nafsing tindirmas,
Qochar dunyo, yetdirmas,
Umring oʻtar, tutdirmas,
Bu bozingar zamona.
Ishqimning yeli joʻshar,
Aqlim tumani shoshar,
Soʻz bordir: haddan oshar,
Ketsang, bundan u yona.
Necha jahon yayrarmen,
Bu jahonni naylarmen?
Ayb aylamang, soʻylarmen,
Har soʻz kelsa zabona.
Maxtumquli: Yo Jabbor,
Oʻzing boʻlgil madadkor,
Koʻhna ishqqa yangi yor
Dardin qilding bahona.

Shunda Jahona Keldim

Ota belindan tushdim, ona rahmina keldim,
Qirq quvan bilan chiqib, bir zarra qona keldim,
Bir mohiyi bejonman, daryo-ummona keldim,
Toʻrt oy, oʻn toʻrt soatda tirildim, jona keldim,
Toʻqqiz oy tamom boʻldi, shunda jahona keldim.
Otam, onam suydilar, koʻtardilar quchoqqa,
Kiyimlarim kiydirib, beladilar qoʻndoqqa,
Gohida emaklardim, goh turardim oyoqqa,
Ona sutin emardim, qayrilib soʻlu Sogʻqa,
Ikki yoshga yetganda, yemakka-nona keldim.
Uch yoshimga yetganda men oʻynabon kulardim,
Besh yoshimda onamdan ul-bul narsa tilardim,
Yetti yoshga yetganda doʻst-dushmanim bilardim,
Toʻqqiz yoshga yetganda besh vaqt namoz qilardim,
Oʻn yoshimga yetganda adab-arkona keldim.
Oʻn ikkida har kimga men biyron soʻz qotardim,
Oʻn uch yoshga yetganda ogʻir majlis tutardim,
Oʻn beshimga yetganda tiyru toʻfang otardim,
Oʻn yettiga borganda ishq savdosin koʻtardim,
Ishqning savdosi bilan surib, maydona keldim.
Oʻn yettidan oʻtganda shuhrat uyiga kirdim,
Oldim bir nozaninni, zavq ila safo surdim,
Bu gʻunchai gulzorning alvon gulini terdim,
Yigirmaga yetganda falak jabrini koʻrdim,
Falak oldi yorimni, ajal-Qamxona keldim.
Oʻttizga yetdi umrim, kirdi tiyru kamona,
Koʻngil xuruj ayladi, boʻldim dali-devona,
Ot minib, yaroq bogʻlab, surib kirdim maydona,
Rustami doston kabi savash qildim mardona,
Qirqqa yetganda umrim, oʻqib, Qur’ona keldim.
Qirqdan oʻtar boʻlganda, ketdim ellik yoshimga,
Keldi oʻlim nishoni, raxna kirdi tushimga,
Har kim qari deyardi, hayron qolib ishimga,
Keksaydim, tushkun boʻldim, gʻavgʻo keldi boshimga,
Qoʻlga aso koʻtarib, toʻgʻri makona keldim.
Oltmishga yetdi umrim, koʻrmas boʻldi koʻzlarim,
Keksaydim, gʻamgin boʻldim, qishga doʻndi yozlarim,
Mening soʻzim tutmaslar, ham oʻgʻil, ham qizlarim,
Olamga xush kelmadi mening shirin soʻzlarim,
Olamga yolbormoqdan toldim, amona keldim.
Yetmishga bordi umrim, yigʻlar edim zoru zor,
Koʻzimdan yosh ketardi, misli abri navbahor,
Quloqlarim berkilib, koʻzlarim tutdi gʻubor,
Hovlimga yigʻildilar qavmu qarindosh – kim bor,
Kiyimlarim yechildi, taxti ravona keldim.
Yotar edim bistarda, nogoh Azroil keldi,
Bulbul tilim bogʻlanib, qizil yuzlarim soʻldi,
Yuz ming jafo-jabr ila jismimdan jonim oldi,
Dunyoni puch kechirdim, barcha armonim qoldi,
Keldi oʻlim nishoni, ajal-gʻamxona keldim.
Gʻassol qoʻlin oʻrabon, jasadim yuvdilar pok,
Yogʻoch otga mindirib, eltdilar ul soʻyi xok,
Azroilning changidan ruhim boʻlibdi chok-chok,
Ikki gurzili keldi, sahmnoku gʻazabnok,
Ruhim taslim etdilar, tirildim jona keldim.
Soʻradilar: "Ey odam, ayt, koʻray holing nadir?
Dunyoda xayr etmading, bu qiylu qoling nadir?
Ketding shayton royiga, javob-savoling nadir?
Endi tuproq ostida ilmu kamoling nadir?"
Gurzi soldi tepamdan, choʻkib xamona keldim.
Jondan dedim: "Yo Ali!" – Topildi Shohimardon,
Ogʻoyi mushkilkushod, ul amiri moʻ’minon,
Maxtumquli der: jonim aylayin unga qurbon,
Ul Munkaru Nakirlar turmadilar bir zamon,
Shul yerda Rabbim asrab, toʻgʻri makona keldim.

Mashgʻul Boʻling Toat Bilan

Umr besh kun, manzili uch,
Davroning bir soat bilan,
Yurar karvon, chekilar koʻch,
Yotibsan farogʻat bilan.
Sen dema: birov qoʻl choʻzar,
Oqillar munda ish koʻrar,
Beaqllar hangom qurar,
Ishrat istab, rohat bilan.
Kofir nafsu, shaytondir shum,
Ishlar tutar, aylab hujum,
Bir kun chiqarsanku mahrum,
Kezma xush qanoat bilan.
Jonga jafo ber, nafsga hay,
Ish qil, oxirat gʻamin ye,
Paygʻambarga salovat de,
Shavq etsang shafoat bilan.
Banda boʻlsang, odamzod boʻl,
Jabbor demabdur: "Jallod boʻl",
Xayr ishlab bor, ozod boʻl,
Uyalma xijolat bilan.
Odam oʻgʻli oʻzin bilmas,
Nafs payinda bekor boʻlmas,
Qismatindan qarich qolmas,
Kezsang yuz xayolot bilan.
Maxtumquli der: ey yoron,
Xalq tutgan ishga men hayron,
Kechar fursat, oʻtar davron,
Mashgʻul boʻling toat bilan!

Yigʻlamasdan, Kulgan Bormi?..

Ey yoronlar, musulmonlar,
Yigʻlamasdan, kulgan bormi?
Yolgʻonchi – foniy dunyoda
Ketgach, qaytib kelgan bormi?
Falak, kimlarni shod etding,
Kimni gʻamdan ozod etding,
Bir nechalarni mot etding,
Sendan rozi boʻlgan bormi?
Kimdir vafo tuxmin ekar,
Kimdir ajal zaxmin chekar,
Kimni gʻamdan ozod etar,
Sargʻaymasdan soʻlgan bormi?
Bildim bu dunyo chogʻligin,
Gʻam-gʻaflatda turmoqligin,
Xasta boʻlmasdan, Sogʻligin
Gʻanimatin bilgan bormi?
Bu dunyo ikki boʻlakdir,
Biri qaro, bir oqdir,
Manzil ikki, yoʻl yiroqdir,
Uning fikrin qilgan bormi?
Maxtumquli, kelar, kechar,
Bu guzarda qoʻngan koʻchar,
Yigitlik chirogʻi oʻchar,
Bul soʻzimda yolgʻon bormi?..

Haqning Yodin Aytgan Odam, Bil, Oʻlmas

Har nokasga jon chekmogʻing abasdir,
Qayt himmatdan, senga hargiz el boʻlmas.
Boʻston sayri har odamga havasdir,
Har sabzadan, har rayhondan gul boʻlmas.
Muxannasning hargiz boʻlmas koʻngli sof,
Mardning ishin koʻrib, aylarmiz insof,
Behudadir ani tutganing muof,
Nomardga mard boʻlgan kishi el boʻlmas.
Boshingga kelganin bandadan bilma,
Agar odam boʻlsang, behuda yelma,
Yaxshilarga ergash, izidan qolma,
Bu yoʻlda togʻ bilgan hargiz choʻl boʻlmas.
Gʻiybat bilan yuzing terisin shilma,
Hargiz shayton bilan nafsingga uyma,
Zinhor, ersen, Haqning yodini qoʻyma,
Haqning yodin aytgan odam, bil, oʻlmas.
Maxtumquli, tushni yaxshi qil ta’bir,
Rozi boʻl, nominga ne yozsa taqdir,
Odam boʻlsang, berma holingga tagʻyir,
Kishiga bu yoʻldan yaxshi yoʻl boʻlmas.

Odamdan Dunyoda Qolsa Bir Nishon

Odamdan dunyoda qolsa bir nishon,
Oʻchmas oti uning shul bunyod bilan,
Xarob boʻlmay qolmas bunyodi makon,
Ne sud yetar unga quruq ot bilan.
Oʻlimning fikridan boʻlmagin Gʻofil,
Koʻp ani fikr etgay, kim boʻlsa oqil,
Dunyo bunyodiga qoʻymagil koʻngil,
Yiqar ajal, bir puflasa bod bilan.
Umring boʻlsin besh yuz yildan ziyoda,
Rikobingda dushman yursin piyoda,
Oʻzing ham savsandan boʻlgil ozoda,
Safar qilgung bir kun yogʻoch ot bilan.
Bir kun qabring koʻrib, hasrat aylarsen,
Dunyoning ishratin nechun tilarsen?
Falakning oʻyinin bir kun koʻrarsen,
Qarindosh etganda seni yot bilan.
Oqil kishi qoʻymas Tangrini yoddan,
E’tibor aylamas hazinu shoddan,
Maxtumquli, bir kun ketgung hayotdan,
"Vodarigʻo, darigʻ!" ham "Hayhot!" bilan.

Haq Uchun

Ey Yaratgan, murodimga yetkazgil,
Yo jamoling, Jalilulloh, Haq uchun.
Karamingdan iqbolingga dast bergil,
Avval Odam Safiyulloh, Haq uchun.
Odobi-arkoni, sharmu hayosi,
Dalilu burhondir uning guvosi,
Olamni gʻarq etdi Nuhning duosi,
Doʻsting Nuhi Nabiyulloh, Haq uchun.
Baytul Muqaddasda, Imron elinda,
Otasiz bor boʻlgan ona belinda,
Qudrating mashhurdir Maryam oʻgʻlinda,
Yo Rab, Iyso ul – Ruhulloh, Haq uchun.
Kofirlar boqqandir yoshlik chogʻinda,
Bir oʻtga yoʻliqqan Doʻst firogʻinda,
Borib roz aytishgan Sino togʻinda,
Turi Muso Kalimulloh, Haq uchun.
Oʻtlabon suvlagan Arshi A’loda,
Qoʻchqorlar yuborib, qilding ozoda,
Ismoil qurboning boʻldi Minoda,
Yo Ibrohim Xalilulloh, Haq uchun.
Bu yoʻlda farq qilmas beklar, sultonlar,
Ey Qoyiblar, toʻgʻri yoʻlga eltganlar,
Oʻn ikki imom, yetti valiy, chiltonlar,
Xizr, Ilyos – Hikmatulloh, Haq uchun.
Yetib bordi ul Me’roj qal’asiga,
Buroq minib chiqdi Arsh pallasiga,
Boshmogʻi toj boʻlmish Koʻk kallasiga,
Yo Muhammad Rasululloh, Haq uchun.
Yod aylashib, oʻqidilar Qur’onni,
"Alhamdu" surasi, "Yosin", "Toho"ni,
Abu Bakr Siddiq – Rasul yoroni,
Umar, Usmon, Asadulloh, Haq uchun.
Maxtumquli, chorla Rabbul-ibodni,
Dunyoyu oxirat bergil murodni,
Rasululloh qoʻymish otin Ozodni,
Otam – Davlat Muhammad mullo, Haq uchun.

Kim Allohga Oʻgʻlin Kafforat Etdi?

Fahm ayla soʻzimni, oshiqlar boshi,
Kim Allohga oʻgʻlin kafforat etdi?
Xalilulloh Haqning Ka’bataroshi,
Kim undan soʻng Ka’ba imorat etdi?
Oziq yuklatilmas – uloqsiz koʻch ne?
Olti ne, yetti ne, toʻrt nedir, besh ne?
Oqdan qora boʻlgan sharafli tosh ne,
Oti nedir, har kim ziyorat etdi?
Bilarmisen, qanday yoʻldir, solindi
Avval qaysi Muxtor boʻldi, olindi?
Sham’i shu’la urdi, yondi, bilindi,
Ul sham’ni Haq kimga karomat etdi?
Kimdir, Xotam ismin koʻrib Tavrotda,
Yoʻliqibdir tosh oyoqlar Barotda,
Bilarmisen, hayot oqar zulmatda,
Xizr bilan, kimdir, tahorat etdi?
Suvratparast nedir, vafosi hechdir,
Xabar bergil, Nuh qayigʻi ne ishdir?
Ozganga, toʻzganga dastgir ne qushdir,
Kimning turbatini ziyorat etdi?
Ul ne toʻrtdir, inib keldi sultondan,
Xalqlar shuhrat topdi, bil, necha jondan,
Qaysi malak inib tushdi osmondan,
Qay Odam oʻgʻliga inoyat etdi?
Maxtumquli, kimdir, bir joyga tushdi,
Ul kimdir, bir kecha dev olib qochdi,
Necha yildan soʻngra keldi, qovushdi -
Tangri panohida salomat etdi?

Bizdan Salom Oʻrozmengli Shoirga

Bizdan salom Oʻrozmengli shoirga,
Musulmon, kufforning farqi kimdadir?
Ul ne qushdir, qoʻnar odam boshiga,
Uning qoʻnar, qoʻnmas erki kimdadir?
Qay bandadir, qulluq etar, zot boʻlmas,
Ne oshnodir, ming yil ketar, yot boʻlmas,
Ul kimdirki, yigʻlar, kezar, shod boʻlmas,
Qayda suhbat qurar, rizqi kimdadir?
Idris shunda qayda qurar suhbati,
Bil, kimdadir yerning-koʻkning quvvati,
Ul ne qushdir, olti mingdir qanoti,
Oy-Kunning, yulduzning erki kimdadir?
Bosh uzra osdilar qaysi ogʻochni,
Haq qaysi doʻstiga berdi Me’rojni,
Bizning Paygʻambarga berilgan tojni,
Xabar bergil, shunday boʻrki kimdadir?
Beklar, Maxtumquli, lison joʻsh keldi,
Ayt, Iyso koʻkda ne shaharga yeldi,
Paygʻambar qay zotga vasiyat qildi,
Asosi, xirqasi, boʻrki kimdadir?

Goʻzal Haqning Falagidir

Boshimizga savdo solgan
Goʻzal Haqning falagidir,
Shayton chiqar tinglamoqqa,
Yulduzlar uning oʻqidir.
Qalam yozganda sarxatni,
Osiy yozmish biz ummatni,
Odam Atoning sulbati
Yetti yerning tuprogʻidir.
Agar soʻzga bersang quloq,
Farishtalar turar lak-lak,
Koʻk koʻtargan sakkiz malak,
"La ilaha!" tilagidir.
Xalil keldi tigʻ chekmoqqa,
Oʻgʻlini qurbon etmoqqa,
Qoʻymagan qonin toʻkmoqqa,
Jabroilning yelagidir.
Gurg yigʻlar Ya’qub yoninda,
Duldul Alining shoninda,
Iyso eshagin minganda,
Sigir Muso ulovidir.
Tangri yaratdi hayvonni,
Behisht koʻrmas mahshar kuni;
Sakkiz hayvonning maskani,
Derlar, jannat bulogʻidir.
Ajab yerlar, ajab joylar,
Kun qizdirmas, botmas oylar,
Behisht oʻtlogʻini saylar,
Oʻavzi Kavsar suvloQidir.
Namrud Haqqa oʻq tashladi,
Shaddod bir jannat boshladi,
Toʻrt yuz yillik bogʻ ishladi,
Nomi ham Eram bogʻidir.
Maxtumquli, soʻz boqiysi,
Koʻzinda gʻaflat uyqusi,
Qarshida ajal sogʻiysi,
Gʻofil odam tuzogʻidir.

Qodir Haqqa Arz Emasmi?

Zaboniya malaklari,
Qoʻllarinda gurz emasmi?
Sakkiz Arshni koʻtargan,
"La ilaha!" varz emasmi?
Bilmas, kechar ahmoqlik,
Qaygʻu, gʻussa chekmoqlik,
Koʻzda yoshin toʻkmoqlik
Qodir Haqqa arz emasmi?
Umidin uzmasin deya,
Behuda kezmasin deya,
Moʻminlar ozmasin deya,
Shariat bir marz emasmi?
Etmagil xiyonatni,
Yutmagil diyonatni,
Tangrining omonati -
Jon taningda qarz emasmi?
Maxtumquli, gʻavgʻomiz,
Boshdan oshar savdomiz,
Qiyomat kun guvohimiz -
Sunnat bilan farz emasmi?

Avval Odam Indi Dunyoga

Avval odam indi dunyoga,
Bu dunyoni ekib kechdi.
Har Paygʻambar bir kasb etib,
Kasbin mudom etib kechdi.
Balo keldi lanbar-lanbar,
Duo qildi anbar-anbar,
Oʻz davrida Nuh Paygʻambar,
Najjor ishin tutib kechdi.
Azroilga jonin bergan,
Uning bilan suhbat qurgan,
Jannat ichra tirik kirgan,
Idris koʻylak tikib kechdi.
To Iyso kelguncha, doim
Ashobi Kahf yotar qoim,
Haqning yoʻlida Ibrohim
Jonin oʻtga yoqib kechdi.
Zoti egri tuzalmadi,
Asli toʻgʻrilar qaytmadi,
Qurt Ayyubning tanin yedi,
Iblis shuncha nuqib kechdi.
Sulaymonning oliy johi,
Toʻrt yuz qurular borgohi,
Insu jinning podshohi,
U ham zanbil toʻqib kechdi.
Tur togʻi deb tushar yoʻlga,
Roz aytishar Alloh bila,
Asosini olib qoʻlga,
Muso qoʻylar boqib kechdi.
Qobus togʻining burninda,
Oʻgʻlin topmadi oʻrninda,
Yunus baliqning qorninda,
"Anta subhon!" oʻqib kechdi.
Kan’on ichinda qirq yillab,
Kecha-kunduz duo aylab,
Yusufning hidini poylab,
Yoʻl ustida Ya’qub kechdi.
Xurmo terib xushk ogʻochdan,
Oyni ikki boʻldi Arshdan,
Rasululloh ul qurayshdan,
Ne jafolar chekib kechdi.
Oldilar jannat ayvonin,
Haq yoʻldosh etdi iymonin,
Bir necha imomlar qonin
Karbaloda toʻkib kechdi.
Soʻzim yoqar Haq doʻstiga,
Kor etmas dunyo mastiga,
Dushman jafosi doʻstiga,
Oʻysiz yerda bukib kechdi.
Maxtumquli, har kim xosdir,
Ishi dargohga ixlosdir,
Bizga ulardan merosdir,
Har doʻstiga tegib kechdi.

Kunlar, Hey!..

Bilmadim, yigʻildim, turdim yerimdan,
Boshimga oʻy kelib, joʻshgan kunlar, hey!
Aql-fikrim toshdi yeri-erindan,
Sarimdan oqibon oshgan kunlar, hey!
Qulluq aylab, qoim xizmatda turdi,
Malaklar sayrinda unga yer berdi,
Odam sajdasinda takabbur qildi,
Azozilga tavqi tushgan kunlar, hey!
Ummati Paygʻambar yurdi Qur’onga,
Habibim nur soldi olam-jahonga,
Buroq otni mindi, keldi osmonga,
Raf-raf minib, Me’roj oshgan kunlar, hey!
Haribam, oshiqam, musohib dardam,
Oʻtganni yod etib yigʻlarman har dam,
Jannat armoninda otamiz Odam,
Havvo aytar: "Shayton tushgan kunlar, hey!"
Yetti kunda Haqdan ulush oldilar,
Ibrohim Paygʻambar boʻlib keldilar,
Manjaniqqa bogʻlab, oʻtga soldilar,
Ibrohim der: "Oʻtga tushgan kunlar, hey!"
Nohaq jabri koʻpdir koʻhna jahonning,
Haq ishiga sarf et, boʻlguncha joning,
Uhud urushida ul Mustafoning
Ikki tishi shahid tushgan kunlar, hey!
Kofirlar qasd etdi Rasul joniga,
Rasul duo qildi dunyo moliga,
Togʻlardan ikki togʻ Rasul yoniga
Oltin-kumush boʻlib tushgan kunlar, hey!
Yusuf – sohibjamol, Ya’qub oʻgʻlinda,
Ojiz qoldi qardosh tuqqan elinda,
Ogʻalari ozib shayton yoʻlinda,
Yusuf der: "Zindonga tushgan kunlar, hey!"
Maxtumquli, dardda qoldim tilimdan,
Kelgan miqdorini yozdim elimdan,
Hazrati Paygʻambar tutib qoʻlimdan,
Sahobalar bilan qoʻshgan kunlar, hey!

Shukr Haqqa, Biz Ham Bu Yoʻlga Tushdik

Shukur Haqqa, biz ham bu yoʻlga tushdik,
Kechirdim, bir necha ayyomni koʻrdim.
Ma’rifatning daryosiga yetishdik,
Oriflar tortarlar, yuz gʻamni koʻrdim.
Xizr sayron etar qudrat olamin,
Muso oʻqir haqiqatning kalomin,
Yetti kun olmamish Tangri salomin -
Qutbul-aqtob nomli badnomni koʻrdim.
Toza tobon boʻlgan umrim chirogʻi,
Qish ayozi tegsa, koʻkarmas bogʻi,
Koʻz solib qarshida bir necha sogʻiy,
Har biri oʻynatar yuz jomni koʻrdim.
Yigʻladim, yigʻildim, tutdim qoʻlini,
Toʻrt peshvosi bilan hazrat Alini,
Sanjar Xon, Salim Shoh, yetti valiyni,
Bir sahar oʻn ikki imomni koʻrdim.
Sulaymonni koʻrdim, yotur ayvonda,
Bir necha gʻoyiblar jam boʻlmish onda,
Qulzum daryosida, tubsiz ummonda,
Ali, Xotam solgan lijomni koʻrdim.
Qorun bu dunyoni oldi mol bilan,
Iblis osiy boʻldi, kelmas yoʻl bilan,
Samangan shahrida botir Zol bilan,
Dev bilan jang solgan Rustamni koʻrdim.
Maxtumquli, farmon boʻldi Allohdan:
Yerga inib keldi Arshi A’lodan -
Jabroil keltirmish ulugʻ dargohdan,
Muhammadga ingan Kalomni koʻrdim.

Ikki Dunyoning Sultoni

Ey yoronlar, musulmonlar,
Ikki dunyoning sultoni,
Roʻzi azalda yaratdi
Rasul jasadinda jonni.
Yerda Musoning Turidan,
Koʻkda bihishtning huridan,
Yaratdi Rasul nuridan,
Oy-Kunni, Yeru Osmonni.
Orzu aylab gul ruxsoring,
Kezdim togʻinda abrorning,
Soʻrogʻini solib yorning,
Gasht etdi koʻnglim dunyoni.
Aqlim hayron boʻlib shoshdim,
Oxir bir yerga yetishdim,
Oltmish olti togʻdan oshdim,
Kechdim oʻn ikki daryoni.
Maxtumquli, beqarorsan,
Bu ne oʻtdir, sen yonarsan,
Har narsadan bekanorsan,
Bilmassan sudu ziyonni.

Oʻlmoq Haq, Tirilmoq Haqdir

Ey yoronlar, Odam oʻgʻli
Boʻz tuproqdan boʻlmoq haqdir.
Asli xokdan ungan odam,
Yana xokka bormoq haqdir.


Kalomda har ish bayondir,
Barcha ish Haqqa ayondir,
Inonsang, sanga iymondir,
Oʻlmoq haq, tirilmoq haqdir.
Ayyub boʻlmading sabrda,
Togʻating yoʻqdir jabrda,
Munkar, Nakirlar qabrda
Soʻroq-savol qilmoq haqdir.
Qilgan ishlaring soʻrarlar,
Kun qizir, mezon qurarlar,
Tugʻ chekilar, alam oʻrlar,
Yovuz kunlar kelmoq haqdir.
Maxtumquli, ozsang yoʻling,
Ul kun nechuk kechar holing?
Bu kun zoʻrlab olgan moling,
Erta qaytib bermoq haqdir.

Ne Savdolar Koʻrajakdir!..

Odam oʻgʻli, bu dunyoga
Qoʻymas seni, olajakdir.
Halol-harom yiqqan moling
Soʻngra sendan qolajakdir.
Harchandki yashasang uzun,
Yaxshi-yomon qolar soʻzing,
Xumor koʻzing, guldek yuzing
Xazon urib, soʻlajakdir.
Tandan judo boʻlar qoning,
Bekor qolar ustixoning,
Shuncha yilki turgan joning,
Ayri-boshqa boʻlajakdir.
Oʻtdi yozing, keldi qishing,
Namoz, roʻza boʻlsin ishing,
Bu dunyoda sulton boshing
Ne savdolar koʻrajakdir.
Bu dunyoga kelgan jonlar,
Biri biriga mehmonlar,
Xoʻja-sayyid, beku xonlar,
Oxir soʻngi oʻlajakdir.
Xizmat qil Qodir Xudoga,
Umringni oʻtkazma zoya,
Eshiksiz, tuynuksiz joyga
Bir kun eltib solajakdir.
Barham boʻlar, qolar joying,
Buzilar koʻshku saroying,
Yaratgan qodir Xudoying
Tanho Oʻzi qolajakdir.
Maxtumquli – osiy quling,
Kufr soʻzdan saqla tiling,
Qiyomatda toʻgʻri yoʻling,
Sirot koʻprik boʻlajakdir.

Makkadan Chiqdi Bir Goʻzal

Makkadan chiqdi bir goʻzal,
Madinaga ravon boʻldi.
Koʻrgan toj etdi sariga,
Koʻrmagan bagʻri qon boʻldi.
Haqdan unga indi Kalom,
Oti – Shamchirogʻul-Islom,
Mute’ boʻldi jumla olam,
Shunday sohibzamon boʻldi!
Doʻstga yetdi bora-bora,
Yetti koʻkni yora-yora,
Kimki munkirdir ul yora,
Kofirdir, begumon boʻldi.
Qoʻl koʻtarib, Rasul yigʻlar,
Qaqshadi Qunchalar, bogʻlar,
Badr urushinda togʻlar
Yetti oylab tumon boʻldi.
Saf qurdi botir jangchilar,
Savashga chiqdi zanjilar,
Qonga botdi uzangilar,
Alining dasti qon boʻldi.
Muqotil etmadi tashvish,
Ali bilan soldi doʻvush,
Tuproq, temir, poʻlat, kumush
Qal’alari vayron boʻldi.
Maxtumquli, Rumistonga,
Chaldi qilich, Hindistonga
Badaxshonu Turkistonga,
Yetti iqlimga xon boʻldi.

Men Anda Quling Boʻldim

Yoʻqdan borga keltiring, men anda quling boʻldim,
"Alastu bi Rabbikum?" deganda quling boʻldim,
Iroda diyorinda, adamda quling boʻldim,
Gar foniy-u gar boqiy – har qanda quling boʻldim,
Mushti xokka jon berding, bir zinda quling boʻldim,
Jonni tandan ayirsang, bir murda quling boʻldim,
Har hafta, har soatda, har damda quling boʻldim,
Har yildayu har oyda, har kunda quling boʻldim,
Gar ishrat bila yurdim, gar gʻamda, quling boʻldim,
Xudoyo, men ne osiy, sharmanda quling boʻldim!
Ushbu dorul-fanoda yoʻqdir manimday badkor,
Bari Senga ayondir, ne hojat qilmoq izhor,
Yaxshidan yiroq qolib, yomon bilan boʻldim yor,
Bormi gunoh dardiga, yo Rab, menday giriftor,
Bu jurm ila kelibman, dargohingga, yo oʻaffor,
Yuzim yoʻqdir aytarga holimni men sharmisor,
Sen boʻlmasang nigohdor, kimdir manga madadkor? -
Saningday oʻafforim bor, jahonda ne gʻamim bor,
Yuragimda ne orim, ne koʻnglim ichra qaror,
Xudoyo, men ne osiy, sharmanda quling boʻldim!
Goʻyoki men sarbonmen, karvon izin yitirgan,
Oʻngu soʻlim bilmayin, yoʻl ustinda oʻtirgan,
Yo Rab, meni, bormikin, bir manzilga yetirgan,
Boshim yoʻlinda koʻrsin bu ishlarni bitirgan,
Men ermasmen Xojamga qulluq bajo ketirgan,
Oʻzi erur bandani uygʻotganu yotirgan,
ShinovarliQ bilmasmen, teran daryo botirgan,
Yo Rab, tanib aytgaymu bir kanorda oʻtirgan,
Yoʻqmish menday jahonda umrin gʻofil oʻturgan,
Xudoyo, men ne osiy, sharmanda quling boʻldim!
Dunyo qaygʻusi birla boʻldi qaro bagʻrim qon,
Oxiratni unutdim, yeldim, yugurdim har yon,
Bir dardga duchormanki, siynamda erur pinhon,
Topilgaymu soʻratsam, yo Rab, bu dardga darmon,
Bilgan davosin etdi har bandai musulmon,
Bildim, qilmas ilojin yuz yil urinsa Luqmon,
Tilim bormas tilakka, koʻngil yuz ming parishon,
Lutf aylagin, yo Subhon, hasrat bila bordi jon,
Barcha mushkul ishlarim Sen Oʻzing ayla oson,
Xudoyo, men ne osiy, sharmanda quling boʻldim!
Maxtumquli, xatodan gʻayri qoʻldan ish kelmas,
Choʻmdim gunoh chashmiga, yurak qaynab joʻsh kelmas,
Xayr yiroq xayoldan, sharr koʻnglimdan tash kelmas,
Masti dunyo boʻlibman, aql ketar, hush kelmas,
Qoʻrqarman, ul dargohga zori qilsam, xush kelmas,
Bagʻrim andoq qiymadir, uhdasindan tosh kelmas,
Toshdan batar qotibmen, koʻzlarimdan yosh kelmas,
Ijobat nishoniga niyoz oʻqim duch kelmas,
Ixlos bilan tilangan dargohingdan boʻsh kelmas,
Xudoyo, men ne osiy, sharmanda quling boʻldim!

Hayronda Qoʻymagil, Yo Zuljalolim!..

Yo yaratgan Qodir, qudratli Jabbor,
Armonda qoʻymagil, yo Zuljalolim!
Nafsimning ra’yinda, karamli Gʻaffor,
Farmonda qoʻymagil, yo Zuljalolim!
Tanim dardli qilma, oʻzimni Halloj,
Koʻnglim keng et, qoʻyma ochu yalangʻoch,
Zolimga duch etma, nomardga muhtoj,
oʻammonda qoʻymagin, yo Zuljalolim!
Saqlagil qaygʻudan, gʻamdan, mehnatdan,
Xoli qilma dunyolikdan, davlatdan,
Navmid etma shafoatdan, rahmatdan,
Darmonda qoʻymagil, yo Zuljalolim!
Ayo Qodir, Sendan qudratli kim bor,
Karaming kuchlidir, gunohim bisyor,
Bir zolim qoʻlinda aylab giriftor,
Hayronda qoʻymagil, yo Zuljalolim!
Maxtumquli, sharr ham boʻlsa shonimda,
Xayr-a qaytar, armon qoʻyma jonimda,
Avval-oxir, doʻst-dushmanning yoninda
Sharmanda qoʻymagil, yo Zuljalolim!

Egam, Sen Lutf Etib, Qutqargil Undan

Jalil-ey, Jabbor-ey, Oʻzing bilarsan,
Jahon ichra jurmim chiqardim chandon.
Bandaman, ne qilsang, Oʻzing qilarsan,
Gunohim kuch olib, bosdi kun-kundan.
Dargohingdan darmon tilanay necha,
Uzun umrim sa’yin sarf etdim hecha,
Yuk ogʻir, yoʻl yiroq, qorongʻu kecha,
Jon ham javlon urar chiqmoqqa tandan.
Rohrav edim, monda boʻlib oʻtirdim,
Karamingga sigʻinib, panoh oʻtindim,
Yoʻldoshim yoʻqotdim, yoʻlim yitirdim,
Nafs insofdan ketdi, shum shayton – dindan.
Hosilim isyondir gandaligimdan,
Oʻlim oson erur zindaligimdan,
Sharmanda-osiyman bandaligimdan,
Senga loyiq amal kelmadi mendan.
Hasrat bilan kechdim, hayronda qoldim,
Dargohing daldadir, sigʻinib keldim,
Nafs ila shaytonning poymoli boʻldim,
Egam, Sen lutf etib, qutqargin undan.
Ixlosimni sof qil, yolgʻonim yoʻq et,
Tilimni daroz qil, yuzimni oq et,
Xatardan hifz ayla, haromdan pok et,
Tavfiqing yor aylab, tavba ber chindan.
Maxtumquli, oshnoliq ber ishq ila,
Siynamga sir bila, koʻzga ashk ila,
A’molim anglasam, qoldim mushkila,
Joyim yoʻq, ayrilib bororga Sendan.

Ozodiy Bilan Aytishuv

(Ota-oʻgʻil musohabati)
Ozodiy:
- Shaytonning qaysi oʻgʻlidir,
Odam Ato bilan tushdi?
Haqning Rasuli – Paygʻambar
Xaybarda qancha urushdi?
Maxtumquli:
- Shaytonning Xannos oʻgʻlidir,
Odam Ato bilan tushdi.
Xaybar togʻinda Paygʻambar
Chun yetti oylab urushdi.
- Hozir egasi Duldulning,
Bilarmisen, kimdir, biling?
Qaysi kun Qobil Hobilning,
Oʻldirib, qonini ichdi?
- Hozir egasi Duldulning,
Malak farishtadir, biling.
Shanba kun Qobil Hobilning,
Oʻldirib, qonini ichdi.
- Nedir, qalqib, havo uchdi,
Nimasindan yerga tushdi?
Necha kunda Nuhning kishti
Junud togʻiga yetishdi?
- Daryo qalqib, havo uchdi,
Koʻpigindan yerga tushdi,
Yetmish kunda Nuhning kishti
Judiy togʻiga yetishdi.
- Rum shahrining sardori
Qayda soldirmish gulzori?
Qaysi qal’aning devori
Muhammad-la me’roj oshdi?
- Shaddod Rumning sardori,
Shomda soldirmish gulzori,
Muqaddas shahar devori
Muhammad-la me’roj oshdi.
- Ozodiy aytadir; yetmish
Nedir, bu dunyoni tutmish?
Qaysi Paygʻambardir yitmish,
Qayda qardoshina tushdi?
- Maxtumquli aytar; yetmish
Iqlimdir, dunyoni tutmish,
Yusuf Paygʻambardir yitmish,
Misrda qardosha tushdi.

Masjid Ichra Bilol Bor

Sahar turdi Paygʻambar,
Masjid ichra Bilol bor,
Chiqdi Bilol ichkaridan,
Koʻrdi ikki xalal bor.
Dovud qoʻlinda poʻlat,
Yumshab-qotar, ne holat,
Ul yetmish ikki millat,
Yuzda oʻn toʻrt dalol bor.
Chorang yoʻq, betobdirsan,
Tongla ne javob dersan,
Ne uchun harom yersan? -
Haq bergani halol bor.
Yetti darvish – ahli hol,
Isfandiyor, Rustam, Zol,
Qirq oshiq bor, qirq abdol,
Har boshda bir xayol bor.
Maxtumqulining bandi
Dashtdir, eshit bu pandi,
Barcha ishning sarbandi -
Yaratgan Zul-jalol bor.

Turdi Shoir Bilan Maxtumquli Aytishuvi

Turdi shoir:
- Bizdan salom Maxtumquli ustoda,
Otamiz Odamning toʻnin kim bichdi?
Tumanli boshingga qurbon boʻlayin,
Taqdirdur, bas, hiyla mayin kim ichdi?
Maxtumquli:
- Bizdan javob boʻlsin Turdi shoirga,
Jabroil keltirdi, rizvonlar bichdi.
Qudrat bilan, ul shaytonning sharbatin
Odam Ato, Havvo Onamiz ichdi.
- Olamning tegrasi ne rangli togʻdir?
Ul ne qushdir, doim anda tuzoqdir?
Oshiqlar sevguvchi bu ne buloqdir,
Haftayil abvobin borib, kim ochdi?
- Qof togʻi zabarjad, rang-barang togʻdir,
Qaqnus bir qush, doim unda tuzoqdir,
Muqosot deydilar, ajab buloqdir,
Haftayil abvobin oshiqlar ochdi.
- Ta’lamun togʻida kimlar kezdilar,
Moʻ’min munda, Barot unda yozdilar,
Shomixotda Buroq oti tuzdilar,
Necha yilda yerdan koʻkka yetishdi?
- Ta’lamun togʻinda zohid kezdilar,
Moʻ’min munda, Barot unda yozdilar,
Shamixotda Buroq oti tuzdilar,
Har qirq yilda Zuhro koʻkka yetishdi.
- Tangrining jahonda, bil, togʻi necha,
Behishtda Tuboning butogʻi necha,
Yuzining mashqining varogʻi necha,
Behishtning kaliti, ayt, kimga tushdi?
- Yetti iqlim bordir, yettidir togʻi,
Yetmish mingdir ul Tuboning butogʻi,
"La ilaha" boʻlar mashqin varogʻi,
Behisht kaliti Rasulullohga tushdi.
- Bil, qayda yaratdi sakkiz jannati,
Necha binosi bor, necha gumbadi,
Necha arigʻi bor, nimadir oti,
"Toyron abobil"lar kimga qovushdi?
- Osmonda yaratdi sakkiz jannati,
Olti ming binodir, birdir gumbadi,
Ichinda toʻrt ariq, Musavvar oti,
"Abobil" "Ashobil" bilan qovushdi.
- Bil, qayda yaratdi Saqar doʻzaxi,
Necha qudugʻi bor, necha bulogʻi,
Ichinda bir ilon, nedir soʻrogʻi,
Qudrat bilan ul mor kimga doʻlashdi?
- Yetti qat yerdadir Saqar doʻzaxi,
"Vayl"dir qudugʻi, "Sijjiyn" bulogʻi,
Qarich ilon, gʻiybatchidir soʻrogʻi,
Yolgʻonchi, zinokor, oʻgʻri doʻlashdi.
- Turdi shoir aytar: Yoʻllar uzoqdir,
Men bilmayman, foniy kimga tuzoqdir,
Sharhini bilmasang, joying doʻzaxdir,
Toʻqson toʻqqiz ming er qayda qovushdi?
- Maxtumquli, ishq maydoni uzoqdir,
Foniy dunyo moʻ’minlarga tuzoqdir,
Alloh bilar, kimning joyi doʻzaxdir,
Toʻqson toʻqqiz ming er Surda qovushdi.

Maxtumquli Bilan Zunubiy Aytishuvi

Maxtumquli:
- Ul ne gavhar, boʻlsin aning bayoni,
Yo muallim, bizga shundan xabar ber!
Ne sandiqdir aning manzil-makoni,
Ustod boʻlsang, bizga shundan xabar ber!
Zunubiy:
- Iymon gavhar, shuldir aning bayoni,
Ustod desang, bizdan xabar shundaydir.
Koʻngil sandigʻidir manzil-makoni,
Bizni ustod bilsang, xabar shundaydir.
- Ne tovusdir, aning boʻlsin bayoni,
Qaysi manzil erdi aning makoni,
Ul ne ustod erur, nedir doʻkoni,
Ustod boʻlsang, bizga shundan xabar ber!
- Rasul nuri – tovus, boʻldi bayoni,
Shajaratul-yaqiyn erdi makoni.
Qodir Alloh – ustod, qudrat – doʻkoni,
Bizni ustod bilsang, xabar shundaydir.
- Necha ayyom oʻshal manzilda boʻldi?
Fahm aylabon soʻzla, necha ish qildi?
Besh vaqt namoz asli ne beshdan keldi?
Ustod boʻlsang, bizga shundan xabar ber!
- Yetmish ming yil oʻshal manzilda qoldi,
"Mir’ot al-Hayga" ul bir nazar soldi,
Oʻz suratin koʻrib, besh sajda qildi,
Bizni ustod bilsang, xabar shundaydir.
- Necha ma’bud bir Ma’buddan bosildi?
Qaysi isbot boʻldi, qaysi "Lo" boʻldi?
Islom dini nedan quvvatli keldi?
Ustod boʻlsang, bizga shundan xabar ber!
- "La ilaha illalloh" deb bitildi,
Uch yuz oltmishta but Ka’bada oʻldi.
Islom dini soʻngra quvvatli keldi,
Bizni ustod bilsang, xabar shundaydir.
- Ul ne daryo, kirgan chiqmagay zinhor?
Ne manzardir, Haqning nazar-nuri bor?
Fahmi shumor ila qilib ixtiyor,
Ustod boʻlsang, bizga shundan xabar ber!
- Ont – bir daryo, kirsa chiqmas har banda,
Nazargoh bor har moʻ’minning koʻnglida,
Uch yuz oltmish nazar aylar Haq kunda,
Bizni ustod bilsang, xabar shundaydir.
- Ul ne bogʻdir, anda meva topilmas?
Ne bulutdir, aning boroni boʻlmas?
Ne zulmatdir, qamar shu’lasin solmas?
Ustod boʻlsang, shundan bizga xabar ber!
- Amalsiz olimlar – bogʻdir samarsiz,
YoQmas bulut – osiylardir xabarsiz,
Kuffor ahli bir zulmatdir, qamarsiz,
Bizni ustod bilsang, xabar shundaydir.
- Ne yerdan qildi Haq Odamning boshin?
Ne manzil xokindan ayladi tishin?
Ne yerdan ayladi bu koʻngil xushin?
Ustod boʻlsang, bizga shundan xabar ber!
- Baytul Muqaddasdan qildi boshini,
Kavsar tuprogʻidan qildi tishini,
Firdavsning xokidan – koʻngil xushini,
Bizni ustod bilsang, xabar shundadir.
- Oyoqlarni bir-bir ayon aylagil,
Suyaklarni bir-bir bayon aylagil,
Chashmi ne yerdandir, bayonin degil,
Ustod boʻlsang, bizga shundan xabar ber!
- Oyoqlarin Hindistondan ayladi,
Suyaklarin Dogʻistondan ayladi,
Chashmin Havzi ul boʻstondan ayladi,
Bizni ustod bilsang, xabar shundaydir.
- Muborak jamoli, ayt, nedan boʻldi?
Qoʻllarining xokin ne yerdan oldi?
Bayon ayla, tilin ne yerdan qildi?
Ustod boʻlsang, bizga shundan xabar ber!
- Jannat tuprogʻidan qildi jamolin,
Oʻng qoʻlin Ka’badan, Forsdan chap qoʻlin,
Toif tuprogʻidan ul shirin tilin,
Bizni ustod bilsang, xabar shundaydir.
- Ne xuqqadir, ne barradir jihori?
Ne bulbuldir, ne ajdardir, ne boʻri?
Ne choʻpondir, boqar laylu nahori?
Ustod boʻlsang, bizga shundan xabar ber!
- Koʻngil huqqasinda barra iymondir,
Nafsing ajdarhodir, boʻri shaytondir,
To’ating bulbuldir, aqling choʻpondir,
Bizni ustod bilsang, xabar shundaydir.
- Ne quyoshdir, hisobini qilaylik?
Necha yildir koʻzdan nihon, bilaylik?
Nechuk sirdir, sizdan xabar olaylik?
Maxtumquli aytar: shundan xabar ber!
- Rasul – quyosh, hisobini tutaylik,
Ming ikki yuz oʻn bir yil deb bitaylik,
Ajal – koʻprik, kel, diydorga oʻtaylik,
Zunubiy der: bizdan xabar shundaydir.

Oxirat Yoʻldoshing –Iymon, Dedilar

Yotib erdim gʻamda, keldi eranlar,
Turgil, ho, oʻrningdan, uygʻon! – dedilar,
Koʻzim ochib, koʻrdim jumla jahonni,
Shul turgani Shohimardon, dedilar.
Eranlar jam boʻlib, bozor etdilar,
Munofiqlar turib, hazar etdilar,
Ali bobom bizga nazar etdilar,
Bir kosa may berib, ichgin, dedilar.
Uygʻonib gʻaflatdan, ochdim koʻzimni,
Eranlar poyiga surdim yuzimni,
Oʻqitdilar, haq soʻzladim soʻzimni,
Sakson ming kalomi bayon, dedilar.
Eranlar jam boʻlib, bundan koʻchdilar,
Sirot koʻprigidan bir-bir kechdilar,
Ul Havzi Kavsardan sharob ichdilar,
Ichgan shahbozlarni sulton, dedilar.
Maxtumquli, soʻzla bu shirin tilda,
Umidim koʻpdurur shul turgan yoʻlda,
Besh vaqt namozingni oʻqi har kunda,
Oxirat yoʻldoshing – iymon, dedilar.

Rasul Soʻzi Bir-Bir Keldi, Yoronlar!

Zamon oxir boʻldi, alhazar aylang,
Rasul soʻzi bir-bir keldi, yoronlar.
Qolmadi adolat beku xonlarda,
Yurtda zulmu sitam toʻldi, yoronlar.
Olimlar ilmiga amal etmadi,
Qur’on oʻqib, ma’nosiga yetmadi,
Elga aytib, oʻzi birin tutmadi,
Eldan pinhon gunoh qildi, yoronlar.
Qozilar hukmini riyo ayladi,
Rishvat olib, yuzin qaro ayladi,
Oʻzining joniga balo ayladi -
Goʻrga ilon-chayon toʻldi, yoronlar.
Bir necha gumrohlar iymon aytdilar,
Iymonini qoʻy-qoʻziga sotdilar,
Boʻyni yoʻgʻonlarni murid tutdilar,
Yolgʻon soʻz iymonin oldi, yoronlar.
Bir necha kofirlar tarozi tortar,
Nafsining izinda it kabi yoʻrtar,
Ortiq aylab, oʻtga jonlarin otar,
"Vayl" degan chohda qoldi, yoronlar.
"Vayl" degan bu choh doʻzax ostinda,
Na’ra tortar tarozibon qastinda,
Ochilar eshigi doʻzax ustinda,
Tarozibon holin bildi, yoronlar.
Bechoradir sudxoʻr, bir necha ahmaq,
Ul ish bilan boʻlar kofiri mutlaq,
Goʻrindan oʻt chiqar, nechogʻli bu haq,
Sudxoʻr zamonasi keldi, yoronlar.
Tavba qil, Firogʻiy, oxirzamondir,
Bu ishlar har kimda boʻlsa, yomondir,
Iymonli qul ikki dunyo omondir,
Gul ochilib, chaman soʻldi, yoronlar.

Tangri Sevgan Muhammadning Ummati

Tangri sevgan Muhammadning ummati:
"Bismilloh" deb avval Haqni yor chekar.
Beiymonlar hargiz koʻrmas jannatni,
Doʻzax ichra koʻp azoblar bor, chekar.
Gʻam chekib, oxirat uyin tuzganlar,
Haqaqatni, shariatni tuz tutar,
Jafo chekib, Haq yoʻlinda kezganlar,
Sahar turib, toatlarin ir chekar.
Odam oʻgʻli, qiyomat kun boʻlganda,
Moʻ’minning gunohi qolmas taninda,
Pulsirot ustinda, xayhot kuninda,
Soʻfiylarni karomatli Pir chekar.
Tar ochilgan toza gullar soʻlganda,
Azroil odamning jonin olganda,
Qiyomat oxiri mahshar boʻlganda,
Sudxoʻrlarni, gʻiybatchini nor chekar.
Safarkashlar yiroq yoʻldan qaytganda,
Ogʻir yukli shuturlari hayronda,
Logʻar choʻkib, yuki qolsa maydonda,
Muzlamasdan, qatordagi nor chekar.
Maydon ichra borib savash qurilsa,
Toblantirib, arab otlar surilsa,
Bir boʻz yigit qolib, boʻyni burilsa,
Uning orin ot yurakli sher chekar.
Kimlar kezar Biru Borga yolborib,
Kimlar kezar haqaqatda yoʻl yurib,
Bir bechora koʻrsa – turgan termulib,
Uning ishin bir haqiqiy er chekar.
Maxtumquli, ishing tushsa mard bilan,
Nomard botir boʻlmas, jadal-shart bilan,
Duch kelganda hamroh boʻlsang gurg bilan,
Harchand boʻlsa, ot ustinda or chekar.

Dod Etib, Sirdoshing Qolar

Gʻofil odam, ketar boʻlsang,
Karamli yoʻldoshing qolar.
Jallod kelib jon olganda,
YiQlashib qardoshing qolar.
Tanda mehmon – aziz joning,
Qozongil nuri iymoning,
Sufra yoyib, toʻkkil noning,
Bu dunyoda oshing qolar.
Jallod xanjarin solganda,
Azroil joning olganda,
Ikki soʻroqchi kelganda,
Boshda aqlu hushing qolar.
Bu dunyoni tutma qizgʻin,
Yoʻldan chiqib, boʻlma ozgʻon,
Bevafodir, umid uzgin,
Xok quvonar, loshing qolar.
Nomahram koʻrgan koʻzlaring,
Shul Gʻiybat qilgan soʻzlaring,
Boʻzlashar oʻgʻil-qizlaring,
Goʻrga kirib, goʻshing qolar.
Borsang iymoningni olib,
Ul besh gaz boʻzga oʻralib,
Qora tuproqqa belanib,
Zamin ichra boshing qolar.
Ajal keldi, navbat yetdi,
Kim ham bu dunyoni tutdi,
Maxtumquli, umring oʻtdi,
Dod etib, sirdoshing qolar.

Chin Erlar Iblisning Yoʻliga Ketmas

Kel, koʻngil, boshingni chiqar tumandan,
Yakka qolding gʻam uyingda dard bilan.
Nomard bilan uzoq yoʻlga ketmagil,
Bosh qoʻshaver bir tavakkul mard bilan.
Chin erlar iblisning yoʻliga ketmas,
Munofiqlar Haqning amrini tutmas,
Iymon bilan shayton bir uyda yotmas,
Nechuk mador topar, qoʻylar gurg bilan!
Jon shahrinda ajal qushlari yayrar,
Koʻnglimning daryosi mavj urib qaynar,
Gavdor oʻgʻli, toʻngʻiz bilan it oʻynar,
Bek bolasi shatranj oʻynar nard bilan.
Chin oshiqlar boʻlmas tilda ziyoni,
Buni bilgil, iqror saqlar iymonni,
Yaqin kelsa, oxirzamon ayyomi,
Da’vo ortar, ont icharlar shart bilan.
Firogʻiy der: yetti iqlim choʻl qolar,
Na xon qolar, na bek qolar, qul qolar,
Na togʻ qolar, na tuz qolar, el qolar,
Dajjol chiqar, tarso, juhud, kurd bilan.

Rabbim Jalil

Oʻn sakiz ming olam ahlin bor edan Rabbim Jalil,
Qaytarib dargohiga ham zor edan Rabbim Jalil,
Qudrati-la Arsh uyin davvor edan Rabbim Jalil,
Haybati-la farsh uyin hamvor edan Rabbim Jalil,
Amr etibon, bayzani anvor edan, Rabbim Jalil.
Ayri savdoga solibon, royini har bandaning,
Xush ajab sarrishta birla murdaning ham zindaning,
Beshalar ichra ul arslon, yirtqichu darrandaning,
Yer yuzinda har naki bor, moʻru mor – junbandaning,
Rizqini taqsim etib, tayyor edan Rabbim Jalil.
Necha Paygʻambarga Sen qilding atoyi davlati,
Imtihon aylab necha qullarga dardu mehnati,
Lutf etibon bergach ul Musoga fathu nusrati,
Dinga da’vat aylagach, Fir’avn ortib shirkati,
Bu jahonda barchani xor-zor etan Rabbim Jalil.
Kimni sulton aylamish, kimning tanida joni yoʻq,
Kim esa ishrat bilan, kimni yemoqqa noni yoʻq,
Kimlari Qorun kabi yigʻmish, xayr-ehsoni yoʻq,
Oʻam bu dunyo, ham u dunyo kimlaring armoni yoʻq,
Kimlaring oʻrnin azobun-nor edan Rabbim Jalil.
Ey Xudo, Maxtumquliga lutfu ehson aylagil,
Barcha ummat jurmini afvingda yakson aylagil,
Maqsudi dunyoyu oxirni Sen oson aylagil,
Kashf etib ilmi ladunni, ahli irfon aylagil,
Bexabarlarga sirin oshkor edan Rabbim Jalil.

Barchaning Boshiga Yetar Bu Dunyo

Xush qol endi, yoru doʻstlar, yoronlar,
Ishonma, hammadan oʻtar bu dunyo.
Chora topmadilar oʻtgan valiylar,
Barchaning boshiga yetar bu dunyo.
Birovni shoh etar, berar koʻp rivoj,
Bir nechalar yigʻlar, bir pulga muhtoj,
Kimlar chora topmas, oʻtar noiloj,
Har kimga yuz alam tutar bu dunyo.
Nazar qilsa, pora etar toshlarni,
Bir nechaga ogʻu etar oshlarni,
Bir nechalar olib aziz boshlarni,
Bir yot oʻlkalarga ketar, bu dunyo.
Nurindan yaratdi Iysoni Jabbor,
Erk Oʻzingda, har na qilsang, Biru Bor,
Bir Gʻaribman, Sendan oʻzga kimim bor,
Meni koʻp qimmatga solar bu dunyo.
Hazrati Odamni aylading hayron,
Oʻavvo judo tushdi, koʻzlari giryon,
Xudoga roz aytdi hazrati Luqmon:
«Nomardga etmasin duchor bu dunyo!»
Qani ul Iskandar, qani Sulaymon,
Oxirinda boʻldi joyi goʻriston,
Qani Suhrob, Barzu, Rustami doston,
Biridan qoldirmas asar, bu dunyo.
Maxtumquli, koʻnglingda yuz kulfat bor,
Qazoning damiga boʻldik giriftor,
Yaratgan, xor etma, boʻlgil xabardor,
Yoʻqsa, ishim armon etar bu dunyo.

Hech Kim Bilan Yoʻlga Ketmading, Dunyo!

Bir aybing bor, aytay sening yuzingga,
Hech kim bilan yoʻlga ketmading, dunyo!
Oldin kelganlarga muhabbat etding,
Soʻnggi kelganlarga etmading, dunyo!
Soʻzla endi, kimni barqaror etding,
Necha kadxudoni xoru zor etding,
Sulaymon taxtini toru mor etding,
Yusufni qul qilib, sotdirding, dunyo!
Naylading sultonni, oʻldirding xonni,
Shohi Kaykovusni, Rustamu Zolni,
Devlarga hukm etgan Sulaymon qani? -
Ular bilan birga ketmading, dunyo!
Yigit kerak, maydon ichra tik boʻlar,
Yigitga oʻq bilan yoylar otilar,
Bobo Umar ketdi, qayda qutular,
Uni quva-quva sen tutding, dunyo!
Maxtumquli, Sendan qoʻrqar yuragim,
Haq yoninda qabul boʻlsin tilagim,
Hasan, Husayn, Arshu Kursi keragim,
Karbaloda shahid sen etding, dunyo!

Bir Zamon Xush Boʻlib, Gʻanimat Yuring

Bir zamon xush boʻlib, gʻanimat yuring,
Dunyoning vafosi boʻlmas, yoronlar.
Qutulgan yoʻq ajal changidan, koʻring,
Jonli Zotdan jon qutulmas, yoronlar.
Dunyo avval-azal makkor, qallobdir,
Charxi chambar bozingari kazzobdir,
Dunyo bir daryodir, odam hubobdir,
Hubob suvda boqiy qolmas, yoronlar.
Mushkul safar boʻlar oʻlim safari,
Vahimi koʻp boʻlar, koʻpdir xatari,
Qaytmasdir chopari, kelmas xabari,
Bu safarga ketgan kelmas, yoronlar.
Dunyo yolgʻonchidir, hirsu havasdir,
Yolgʻonchiga bel bogʻlamoq abasdir,
Haromidir, haromzoda, nokasdir,
Bir ahdu paymonda turmas, yoronlar.
Maxtumquli, dunyo foniydir, foniy,
Oʻasrat manzilidir, oʻlimning koni,
Bozorinda mato – odamning joni,
Undan boshqa mato boʻlmas, yoronlar.

Bu Dunyoning Gʻavgʻosiga Bosh Urma

Bu dunyoning gʻavgʻosiga bosh urma,
Ul gʻavgʻoga kirsang, chiqa bilmassan.
Mal’un shayton kabi bezab, tosh urma,
Soʻngra mahkam boʻlar, yiqa bilmassan.
Tilingga oʻrgatmish Haqni, sanoni,
Ranjitmagil ota birla ononi,
Togʻlardan, toshlardan ulugʻ gunohni,
Ogʻirdir gunohing, cheka bilmassan.
Qorningni toʻydirma harom ne’matdan,
Tilingni saqlagil turli gʻiybatdan,
Olimlarga qilma yovuz tuhmatdan,
Qorning oʻtdan toʻlar, toʻka bilmassan.
Darveshlarning boshlarini xor etma,
Oʻksiklarni yigʻlatibon zor etma,
Yetimlarning molin olib, zoʻr etma,
Gunohni gʻayriga taqa bilmassan.
Ishq daryosi joʻshar – kelar saxodan,
Koʻnglingni saqlagil yolgʻon vaqodan,
Ajal kelar, tutar bir kun yaqodan,
Sogʻingga, soʻlingga boqa bilmassan.
Yaxshi niyat ayla, yaxshi pesh ayla,
Yaxshilarning soʻzin jonga noʻsh ayla,
Safar qilsang, oziq kerak, doʻsh ayla,
Yer ostinda ekin eka bilmassan.
Miskin Maxtumquli, yoqang tutaver,
Xayr aylabon, ul sharobdan yutaver,
Ummat boʻlsang, Biruborga ketaver,
Rasulning yuziga boqa bilmassan.

Koʻring Odamzodni, Ne Xayol Etar!

Doʻstlar, bel bogʻlamang koʻhna dunyoga,
Bu dunyo bozingar, biling, ol etar.
Oʻzingni tashlayur daryo tubiga,
Olar joning, soʻzlar tiling lol etar.
Xush soʻzlagil, bir musofir duch kelsa,
Xursand boʻlar, gʻarib koʻngli boʻsh kelsa,
Mard yigitga yomon xotin duch kelsa,
Yigit yoshda soch-sogʻolin chol etar.
Kamollik soʻzindan jon boʻlar toza,
Begʻamlarning shakli oʻxshar toʻngʻizga,
Bu dunyo aylanmish bir chirik xasga,
Koʻring odamzodni, ne xayol etar!
Yigit bor – qarasang, choʻlning hayvoni,
Yigit bor – qarasang, jonning darmoni,
Mardlardan dunyoga kelgan kayvoni,
Oʻzi yil-kun xizmatingda yoʻl etar.
Bir pisand ish chiqmas undan hech soʻzda,
Yaqinu yotini bilar bir koʻzda,
Ikki xasm shayton solsa angizda,
Aro tushsa, zahar ogʻzin bol etar.
Maxtumquli aytar: dunyoning ishi,
Soʻzning ma’nosiga yetmas har kishi,
Har kishining oʻlsa tuqqan qardoshi,
Falak uning alif qaddin dol etar.

Odam Havvosidan Ayrilmadimi?!.

Nurindan yaratdi ikki azizni,
Bugʻdoy yeb, Behishtdan ayrilmadimi?
Uch yuz yil axtarib, sargardon boʻlib,
Odam Havvosidan ayrilmadimi?
Odam Ato haj ayladi bosh bilan,
Yuzin yuvdi koʻzdan oqqan yosh bilan,
Qobil urdi ul Hobilni tosh bilan,
Ini ogʻosidan ayrilmadimi?
Vo-vaylo, yer yuzi kufrda boʻldi,
Nuhning azob suvi jahonga toʻldi,
Musulmon boʻlganlar kemaga mindi,
Nuh ham oʻz oʻgʻlidan ayrilmadimi?
Paygʻambar, podishoh, xalifa boʻlib,
Qoʻliga muhr olib, nasihat qilib,
Bir kuni koʻngliga manmanlik kelib,
Dovud qirq oʻgʻlidan ayrilmadimi?
Dovud oʻtdi, farzandiga yer qoldi,
Xudoyimdan unga bir uzuk keldi,
Nurdan boʻlgan ul uzukni dev oldi,
Sulaymon taxtidan ayrilmadimi?
Haqning Oʻzi bilan soʻzlashgan Muso,
Ul vaqtda yoʻq edi uningdek raso,
Bibi Maryam oʻgʻli – hazrati Iyso,
Qochib, kofirlardan ayrilmadimi?
Ibrohim Paygʻambar dunyoga keldi,
Orzu-armon bilan Hojarni oldi,
Koʻp oʻt yoqib, Namrud ul oʻtga soldi,
Namrud oʻz qizidan ayrilmadimi?
Ya’qub yigʻlab, ojiz boʻldi koʻzidan,
Hech foyda topmadi aytgan soʻzidan,
Orzuli yoridan, guldek yuzidan -
Yusuf Zulayxodan ayrilmadimi?
Chahoryor yosh toʻkib, ul Paygʻambardan,
Shayxlar murididan, shohlar navkardan,
Toʻti hamrohidan, zanbur shakardan,
Bulbul gulistondan ayrilmadimi?
Maxtumquli, ta’lim olgil ustoddan,
Bu dunyoda har kim kechar bir otdan,
Layli Majnunidan, Shirin Farhoddan,
Vomiq Uzrosidan ayrilmadimi?

Sendan Avval Kelib, Koʻp Jon Kechibdir

Nodon koʻnglim, oʻlim uchun gʻam yema,
Sendan avval kelib, koʻp jon kechibdir.
Yolgʻon dunyo poyon beribdir kimga,
Qancha yaxshi, qancha yomon kechibdir.
Qani Odam Ato, Havvo onosi,
Qani din bobomiz – Xalilullohsi,
Qani Muso Kalim, moʻ’jiz asosi
Gohi koʻprik, gohi ilon kechibdir.
Iskandar, Sulaymon shahanshoh boʻldi,
Xizmatinda dev-parilar yigʻildi,
Ne gʻulgʻula ham devonlar qurildi,
Qancha shohu sohibqiron kechibdir.
Iyso kechdi, damdan jon kirib murda,
Agar ochsa Yusuf yuzindan parda,
Koʻrgan behush boʻlib yotar shul yerda,
Shunday husni mohitobon kechibdir.
Onhazrat – haq Rasul Me’rojga oshdi,
Osmonlar dar-badar eshigin ochdi,
"Qoba qavsayn" borib, Haqqa qovushdi,
Shul sarvari ikki jahon kechibdir.
Abu Bakr kechdi riyozat bilan,
Umar podshoh boʻldi adolat bilan,
Usmon kechdi Qur’on tilovat bilan,
Din qilichin chalib, Arslon kechibdir.
Hasan, Husayn – dinning anvori, mohi,
Qani Fotima Zahro, hurlarning shohi,
Qudrat bilan yoqqan nuri ilohiy,
Shunday moʻ’jizalar chandon kechibdir.
Koʻring, ne jononlar ishqqa yetishdi,
Umrin zoye qilib, xorlik topishdi,
Oh urib, ayriliq dardindan kechdi,
Termula-termula, giryon kechibdir.
Ne goʻzallar kechdi, husni hur oliy,
Goʻyo oʻn toʻrt kunlik oydir misoli,
Ne oshiqlar oʻtdi – aftoda holi,
Ularning ishqida hayron kechibdir.
Ne oʻlkalar qoldi vayron boʻlishib,
Elu xalqi zer-zabaron boʻlishib,
Boyqushlar sayrashib, itlar hurishib,
Na sherlar qolibdir, jayron kechibdir.
Qani hiyla bilan mollar yiqqanlar,
Qani uylar toʻla siym bilan zarlar,
Qani sandiq, huqqa, la’lu gavharlar,
Barin solib, oshkor, nihon kechibdir.
Ne yaxshilar kechib, suhbatlar tutdi,
Ne davronlar kelib, xush boʻlib oʻtdi,
Umring oʻtdi, yoshing yetdi, hol ketdi,
Maxtumquli, sendan davron kechibdir.

Sahar Vaqti Yotmang, Tilak Chogʻidir

Sahar vaqti yotmang, tilak choQidir,
Umr yeldek kelib-kechar, yoronlar,
Ajal-sogʻiy yurar, qoʻlinda jomi,
Ul maydan xaloyiq ichar, yoronlar.
Umr kelib-kechar, besh kun davrondir,
Besh vaqt namoz Haqdan bizga farmondir,
Jon qushi bu tanda besh kun mehmondir,
Parvoz etib, bir kun uchar, yoronlar.
Odamning aslini soʻrsangiz, loydir,
Yuz ming yil yashasang, bir kuni voydir,
Bu dunyo, bilsangiz, koʻhna saroydir,
Xaloyiq karvondir, koʻchar, yoronlar.
Doimo Haq yodi boʻlsin soʻrogʻing,
Safar qilmoq kerak, tutgil yarogʻing,
Bu dunyoda qancha yonsa chirogʻing,
Ajal yeli tegib, oʻchar, yoronlar.
Bu dunyo, bilsangiz, hoyu havasdir,
Oʻlarsiz, oqibat barcha abasdir,
Bu dunyo moʻ’minga zindon-qafasdir,
Qaro yer barchani quchar, yoronlar.
Sen oʻlgandan keyin qolgan zuryodlar,
Oʻgʻil-qizing, barcha qilar "Hayhot!"lar,
Kafaning boʻyingga bichar hayotlar,
Oxirat uyini ochar, yoronlar.
Maxtumquli, tahqiq, bilgil oʻlarni,
Chunki koʻrgan yoʻqdir oʻlmay qolarni,
Tangrining haqiqat sevar qullari
Dunyoni koʻrganda, qochar, yoronlar.

Qaro Yer Barchani Yutib Boradir

Doʻstlar, bu dunyoga yoʻqdir e’tibor,
Kimdir kelib, kimdir ketib boradir,
Xush kechar kimlardir, kimlar xoru zor,
Qaro yer barchani yutib boradir.
Kimlardir qaridir, kimlardir yoshdir,
Kimlardir tavongar, kimlar Hallojdir,
Mahsharga borguvchi bir ulugʻ koʻchdir,
Ortimizdan ajal yetib boradir.
Falak bir baqqoldir, dunyo – bir bozor,
Kimdir yaxshi yoʻlda, kimlardir ozar,
Kimlardir Allohdan qilmaslar hazar,
Kimdir Haq buyrugʻin tutib boradir.
Kimlardir baxshidir, kimlar mullodir,
Kimlarning tilinda ismi Allohdir,
Barchasindan Alloh zikri avlodir,
Kimdir shayton soʻzin bitib boradir.
Maxtumquli, umid etmoq Xudodan,
Yolbormoq gadodan, muruvvat – Shohdan,
Naf yoʻqdir senga hech mosivallohdan,
Kimdir uygʻoq, kimdir yotib boradir.

Qaro Yer Barchani Yutib Boradir

Doʻstlar, bu dunyoga yoʻqdir e’tibor,
Kimdir kelib, kimdir ketib boradir,
Xush kechar kimlardir, kimlar xoru zor,
Qaro yer barchani yutib boradir.
Kimlardir qaridir, kimlardir yoshdir,
Kimlardir tavongar, kimlar Hallojdir,
Mahsharga borguvchi bir ulugʻ koʻchdir,
Ortimizdan ajal yetib boradir.
Falak bir baqqoldir, dunyo – bir bozor,
Kimdir yaxshi yoʻlda, kimlardir ozar,
Kimlardir Allohdan qilmaslar hazar,
Kimdir Haq buyrugʻin tutib boradir.
Kimlardir baxshidir, kimlar mullodir,
Kimlarning tilinda ismi Allohdir,
Barchasindan Alloh zikri avlodir,
Kimdir shayton soʻzin bitib boradir.
Maxtumquli, umid etmoq Xudodan,
Yolbormoq gadodan, muruvvat – Shohdan,
Naf yoʻqdir senga hech mosivallohdan,
Kimdir uygʻoq, kimdir yotib boradir.

Ogʻalar, Buroqning Vasfin Soʻzlayin

Ogʻalar, Buroqning vasfin soʻzlayin,
Arab tilin soʻzlar oʻzi Buroqning.
Boʻyni uzun, koʻksi yassi, rangi oq,
Odamzodga oʻxshar yuzi Buroqning.
Olamga ravshandir peshona oqi,
Yoʻgʻondir boʻyni-yu, yupqa dudogʻi,
Yashil zabarjaddir ikki qulogʻi,
Misli tong yulduzi koʻzi Buroqning.
Yildirimdek boʻlar qanot qoqishi,
Sigir sifatlidir quyruq chiqishi,
Orqasi tekisdir, boʻlmas oʻxshashi,
Tushishi, chiqishi, tuzi Buroqning.
Oʻt yemas, rahmatdan toʻladir ichi,
Qizil yoqutdandir manglayin sochi,
Eshakdan kattadir, xachirdan kichi,
Yurganda bilinmas izi Buroqning.
Maxtumquli aytar: Alhamdulilloh!
Davlat boqiysini Oʻzing ber, Alloh,
Uni mingan Ahmad ibni Abdulloh,
Keldi zabonimga soʻzi Buroqning.

Dedim: "Falak, Savol Bor!.."

Dedim: "Falak, savol bor!". Dedi: "Adolat bizdan!".
Dedim: "Dunyo keng boʻlar". Dedi: "Xabar yoʻq sizdan".
Dedim: "Ul ne toʻn erur?". Dedi: "Kafandir bizdan".
Dedim: "Tanda yaram bor". Dedi: "Gizlab yur koʻzdan".
Dedim: "Ishqqa devona". Dedi: "Yuz tut farmona".
Dedimki: "Ne farmondir?". Dedi: "Keldi Tabrizdan".
Dedim: "Ne charx aylanar?". Dedi: "Dunyo elidir".
Dedim: "Odam ne kulmas?". Dedi: "Jonli oʻlidir".
Dedim: "Ul ne qayrilmas?". Dedi: "Islom yoʻlidir".
Dedim: "Oldim farmona". Dedi: "Yuz tut Qur’ona".
Dedim: "Ul ne eshiksiz?". Dedi: "Qabr xilidir".
Dedim: "Rasul yoʻli ne?". Dedi: "Chiqma ul izdan»".
Dedim: "Ul ne shahardir?". Dediki: "Yolgʻon jahon".
Dedim: "Kimlar shoh erur?". Dedi: "Quruq jasad, jon".
Dedim: "Ul kim, yigʻlaydir?". Dedi: "Ulugʻ Sulaymon".
Dedim: "Haq ne istaydir?". Dedi: "Bogʻda gul-rayhon".
Dedim: "Bogʻbon yigʻlaydir". Dedi: "Bagʻrin dogʻlaydir".
Dedimki: "Iloj ayla!". Dedi: "Luqmon azizdan".
Dedim: "Bir goʻzal koʻrdim". Dedi: "Mohitobondir".
Dedim: "Kimdir jon bermas?". Dedi: "Bir Haq omondir".
Dedim: "Kim surar jahon?". Dedi: "Shoh hukmi ravon".
Dedim: "Farzand oʻladir". Dedi: "Haqqa ravondir".
Dedim: "Bizga yetirgil". Dedi: "Haq deb oʻtirgil!"
Dedim: "Kimdan or ketdi?". Dedi: "Juvondan, qizdan".
Dedim: "FiroQiy ismim". Dedi: "Furqat chekarsan".
Dedim: "Qoʻl-oyoq tinmas". Dedi: "Togʻlar chiqarsan".
Dedim: "Nomard oʻzadir". Dedi: "Morsen, chaqarsan".
Dedim: "Ketdi a’molim". Dedi: "Harib, choʻkarsan".
Dedim: "Haqqa arzim bor!". Dedi: "Uldir senga yor!"
Dedim: "Qishim kechadir". Dedi: "Ogoh boʻl kuzdan".

Siynamizga Ishqdan Bir Dogʻ Yetishsa...

Yo Xudoyo, bizga bir tavfiq bersang,
Siynamizga ishqdan bir dogʻ yetishsa.
Sidq ila tilimga tavba yuborsang,
Sahar diydalarim uygʻoq yetishsa.
Sahar turib, ishqing kitobin ochsam,
Oʻqib-oʻqib, durri ma’nolar sochsam,
Qirqlar-la jam boʻlib, piyola ichsam,
Kunji mayxonada ayogʻ yetishsa.
Bir murshid etagin tutsam, yigʻlasam,
Ishq oʻtiga jonu jismim dogʻlasam,
Sidqi dildan Haqqa koʻngil bogʻlasam,
Qiyomat zoyirdan bir sogʻ yetishsa.
Yaxshilar izinda yursam davomat,
Farzu vojib tark etmasam, ham sunnat,
Eranlar yoʻlinda tortib mashaqqat,
"Shafoat, Rasul!" deb sadoq yetishsa.
Ilmi qol, ilmi hol – barin jam etsam,
Shariat yoʻlinga doim koʻz tutsam,
Nafsu shayton – dunyo hirsin tark etsam,
"Sharoban-tahuron" buloq yetishsa.
Necha yildir yurdim hoyu havasda,
Barcha qilgan ishim boʻldi abasda,
Gʻarq boʻlib dunyoga, qoldim qafasda,
Toʻti kabi tarki tuzoq yetishsa.
Qodir Egam bu gʻamlardan qutgʻarib,
Xatarli joylardan omon oʻtkarib,
Fazli bilan barcha ishim bitkarib,
Huru hilmon ichra farogʻ yetishsa.
Isrofil sur chalib, xalqlar tirilsa,
Ahli olam arosatga surilsa,
Shafoatxoh Rasul munodo qilsa,
"Maxtumquli!" deya soʻroq yetishsa!..

Koʻch Ketar, Karvon Aylanmas

Ey yoronlar, musulmonlar,
Omonatdir, jon aylanmas.
Sogʻliqqa yoʻqdir e’tibor,
Tut misol, mehmon aylanmas.
Kimdir sahar turar birdan,
Kimdir bosh koʻtarmas yerdan,
Shaydo dilli goʻzallardan
Tish ketar, zabon aylanmas.
Baland togʻdan haybat ketar,
Yerlardan barokat ketar,
Rum shahrindan quvvat ketar,
Ustoda doʻkon aylanmas.
Azroil yoʻl ochar bir kun,
Jon sharbatdan ichar bir kun,
Erdan davron kechar bir kun,
Ot oʻlar, maydon aylanmas.
Shariatdan ayri qolmang,
Haq ishiga sustkash boʻlmang,
Odam oʻgʻli, gʻofil yurmang,
Koʻch ketar, karvon aylanmas.
Benamoz, uchrarsan gʻamga,
Unda doding yetar kimga?
Unda zoʻr bersang chilimga,
Jasadda iymon aylanmas.
Maxtumquli, budur iqror,
Haq yoʻlinda turar chin yor,
Kimning izinda oʻgʻil bor,
Kimdadir nishon aylanmas.

Bizdan Salom Boʻlsin Ul Oʻroz Xonga

(Maxtumquli bilan Oʻroz Xon aytishuvi)
Maxtumquli:
- Bizdan salom boʻlsin ul Oʻroz Xonga,
Taxt ustinda kim borivoj oʻtirmish?
Qirq kosa may quyib tillodan jomga,
Ul kim edi, barin boshga koʻtarmish?
Oʻroz Xon:
- Bizdan salom boʻlsin ustoz Firogʻa,
Sulaymon er – taxtda rivoj oʻtirmish.
Bilqis quyib qirq kosa may ul jomga,
Eranlar yigʻilib, boshga koʻtarmish.
- Ne oshiqdir, yigʻlar, koʻzda yoshi yoʻq?
Ne gavdadir, ikki kiftda boshi yoʻq?
Ul ne koʻzdir, kiprigi yoʻq, qoshi yoʻq,
Koʻzlilardan yaxshi narsalar koʻrmish?
- Mashrab yigʻlar, koʻzlarinda yoshi yoʻq,
Ul zamindir gavdasi bor, boshi yoʻq,
Oftob erur, kiprigi yoʻq, qoshi yoʻq,
Jahona aylanar, koʻp narsa koʻrmish.
- Ul ne qushdir, hech qanotsiz uchadir?
Ul ne soldir, ummonlardan kechadir?
Ul ne kishi, yetti daryo koʻchadir,
Sakkizin koʻzlabon, mastona bormish?
- Jonsiz qushlar hech qanotsiz ucharmish,
Dengiz suzib, ummonlardan kecharmish,
Yurolmas, joni yoʻq, koʻr, suv icharmish,
Birin olsa, sakkiz mastona bormish.

Tigʻ Yarasi Bitar-Ketar

Koʻnglim, past tutgil oʻzingni,
Foniy dunyo oʻtar-ketar.
Har kim qadamin tuz qoʻysa,
Guzardan bexatar ketar.
Bilsang, xush guftor ochaver,
Bilmasang, jimjit kechaver,
Soʻz yarasindan qochaver,
Tigʻ yarasi bitar-ketar.
Asli dilda chekma jafo,
Bad aslda yoʻqdir vafo,
Har kishi boʻlsa besafo,
Obroʻyini toʻkar-ketar.
Yoʻldosh boʻlsang kishi bilan,
Qulluq aylar boshi bilan,
Ishing tushsa noshiy bilan,
Togʻu toshga otar-ketar.
Maxtumquli, borsang mundan,
Xayru sharr soʻrarlar sendan,
Shirin jon ayrilsa tandan,
Qum-tuproqqa botar-ketar.

Zamona Oxir Boʻlganda

Koʻkdan yerga fayz toʻkilmas,
Zamona oxir boʻlganda.
Bir necha urugʻ ekilmas,
Zamona oxir boʻlganda.
Olimlardan ketar izzat,
Shohlardan ketar adolat,
Zulmi ortar soat-soat,
Zamona oxir boʻlganda.
Bugʻdoy urugʻ koʻkka uchar,
Olimlardan ilm qochar,
Jahondan barakot koʻchar,
Zamona oxir boʻlganda.
Odam oʻgʻli tiyra-tiyra,
Bir-biridan boʻlar xira,
Murid xizmat etmas pira,
Zamona oxir boʻlganda.
Soʻzing boshga balo boʻlar,
Dunyong toʻla gʻalva boʻlar,
El ogʻzi ham ola boʻlar,
Zamona oxir boʻlganda.
Oʻgʻil ota yoʻlin koʻzlar,
Qiz onadan avval soʻzlar,
Ajdod aynib, nasl toʻzar,
Zamona oxir boʻlganda.
Podshohdan adolat ketar,
Darvishdan qanoat ketar,
Zanondan xayolat ketar,
Zamona oxir boʻlganda.
Ota oʻgʻildan tash boʻlar,
Tuqqan tuqqanga qast boʻlar,
Shoshqin bachchalar bosh boʻlar,
Zamona oxir boʻlganda.
Maxtumquli, boʻl kamina,
Shukr ayla oʻtgan daminga,
Haqqa ixlosing kam etma,
Zamona oxir boʻlganda.

Dunyo Yasanib, Boshima Soya Solib Oʻtdi

Dunyo yasanib, boshima soya solib oʻtdi
Soʻz navbatida kosai davron toʻlib oʻtdi,
To magʻribu mashriq batamomin olib oʻtdi,
Bir nagʻmachisi necha navolar chalib oʻtdi,
Majnunni koʻring, choki giribon boʻlib oʻtdi,
Laylini koʻring, gʻunchayi xandon boʻlib oʻtdi.
Bir nechalaring oshiga gar ogʻu qotildi,
Taqdiri azal kotibidin boʻyla yozildi,
Mansur "Anal Haq" deya, koʻr, dorga osildi,
Magʻrib shohining ul qizi Kan’onga chatildi,
Yusufni koʻring, qul dedilar, anda sotildi,
Oxirda koʻring, Misrda sulton boʻlib oʻtdi.
Dunyoi falokat qoʻlidan dod ila bedod,
Sen misli oʻshal jilvagaru aldar parizod,
Fir’avnu Yazid oʻtdi, surib Namrudu Shaddod,
Xusrav oʻqidi necha gʻazal, bir necha abyot,
Shirinni deya chekdi jafo oshiqi Farhod,
Togʻlar yuzini lola-yu rayhon qilib oʻtdi.
Men gʻamzadaning koʻkka chiqib, dud ila ohi,
Yuz jabru jafo qildi mening rangimi oqi,
Bir nagʻmagari, kishvari jon buzdi sipohi,
Sharhiga qalam yozdi murattabki siyohi,
Zebo boʻyiga kiygizibon xil’ati shohi,
Ba’zini koʻring, besaru somon boʻlib oʻtdi.
Hayf oʻtdi umr, bolaligim – fasli guliston,
Hay-hay, bu ne to’at edi, toʻti shakariston,
Noʻshirvoni odil, Hotami Toy, Rustami doston,
Ul parilar maskanidir, bu shahri Shabiston,
Bas, qarilik ofatidir bu qahri zimiston,
Har kimsa bir ish birla pushaymon boʻlib oʻtdi.
Maxtumquli, doʻst tutmaki sen dunyani, yolgʻon,
Oʻolo kulasen, tongla qilarsen ne pushaymon,
Oldingda xavotiri Sirot koʻprigi, mezon,
Sen etma jahon nafsiga hech aqlingi hayron,
Oxirda ajal qoʻymadi, koʻp yashadi Luqmon,
Koʻp bandalaring mulkini vayron qilib oʻtdi.

Qaygʻu Cheksa, Yigit Kishi Chol Boʻlar

Odam oʻgʻli, bu dunyoda kezarsen,
Bir kun sening alif qadding dol boʻlar.
gʻofil boʻlma, toʻgʻri yoʻldin ozarsen,
Bulbul kabi sayron tiling lol boʻlar.
Oxirzamon boʻlsa, fitnalar tursa,
Zolimlar yomonlik majlisin qursa,
Podshohlari rishvat deya dam ursa,
Faqirlarga kun-nafaqa xor boʻlar.
Yaxshi-yomon izzat qilar boylarga,
Faqiru benavo qolar voylarga,
Har yigitkim, gʻarib tushsa joylarga,
Hasrat chekar, har bir mohi sol boʻlar.
Har kimsa shariat yoʻlin bilmasa,
Olimlarning soʻzin koʻzga ilmasa,
Qirq yoshinda kishi tavba qilmasa,
Uning ishi hiyla, makr, ol boʻlar.
Har yigitkim, gʻarib tushsa vatandan,
Xabar soʻrar har bir yoʻldan oʻtgandan,
Telmuribon hojat tilar yetgandan,
Oʻojati bitmasa, qiylu qol boʻlar.
Kel ey, doʻstim, chekma qaygʻu-gʻamni sen,
Oqtirmagil koʻzlaringdan namni sen,
Bu dunyoda gʻanimat bil damni sen,
QayQu cheksa, yigit kishi chol boʻlar.
Maxtumquli, nasihatlar tuzarsan,
Xaloyiqning yurak-bagʻrin ezarsan,
Lekin oʻzing toʻgʻri yoʻldan ozarsan,
Rustam boʻlgan, bir kun piri Zol boʻlar.

Kel, Ma’rufiy, Javob Ber

Maxtumquli:
- Kel, Ma’rufiy, javob ber, ul nadir, devoni toʻrt?
Ochiq yerda qurilgan ul nadir, ayvoni toʻrt?
Ul ne yoydir, chekilar, aning oʻq-paykoni toʻrt?
Ul qay kimsa oʻtgandir, ahd ila paymoni toʻrt?
Ber javobin bu soʻzning, hafta-yu qurboni toʻrt?
Ma’rufiy:
- Topdim javobin, shoir, umringdir devoni toʻrt,
Ochiq yerda qurilgan majlisning ayvoni toʻrt,
Iymon oʻqdir, otilar, aning oʻq-paykoni toʻrt,
Shohimardon Alining ahd ila paymoni toʻrt,
Bir oyning toʻrt haftasi, jum’adir – qurboni toʻrt.
- Choy bilan non ustida qaysi Paygʻambar turdi?
Ul kim edi, qoʻylarga boʻrini choʻpon qildi?
Ul kim edi, guliston – Eram bogʻiga kirdi?
Ul kim edi, dunyoda Rashid pirini koʻrdi?
Ul kimdirki, oʻtgandir ham tigʻ, ham burroni toʻrt?
- Choy bilan non ustida Muso Paygʻambar turdi,
Oʻzi edi, qoʻylarga boʻrini choʻpon qildi,
Sheri Xudo guliston – Eram bogʻiga kirdi,
Ali edi, dunyoda Rashid pirini koʻrdi,
Sheri Xudo Alining ham tigʻ, ham burroni toʻrt.
- Qaysi malik dunyodan oʻgʻilsiz oʻtdi-ketdi?
Ul ne narsa, bir kecha erini yutdi-ketdi?
Ul kim edi, dunyosin aboga sotdi-ketdi?
Ul kim edi, ganj-moli tuproqqa botdi-ketdi?
Ul ne sadaf, ochilmish – gavhari gʻaltoni toʻrt?
- Sulaymondir, dunyodan oʻgʻilsiz oʻtdi-ketdi,
Ul himmatli Oy edi, erini yutdi-ketdi,
Xizr bani dunyosin aboga sotdi-ketdi,
Qorunning ganji-moli tuproqqa botdi-ketdi,
Sadaf gavhar ochilmish, ham durru gʻaltoni toʻrt.
- Ul kim edi, dunyoda Qulzum daryodan kechdi?
Ul kim edi, Norinjda ajab gulzora tushdi?
Ul kim edi, saxovat, jannat eshigin ochdi?
Ul kim edi, barchaga oʻlim toʻnini bichdi?
Ul kim erur, oʻltirar, jannatda mehmoni toʻrt?
- Hamza edi, dunyoda Qulzum daryodan kechdi,
Oʻzi edi, Norinjda turli gulzora tushdi,
Shohi odil saxovat, jannat eshigin ochdi,
Sayyod ajal dunyoda barchaning toʻnin bichdi,
Rasululloh oʻltirar, yonida mehmoni toʻrt.
- Ul ne chokar, azalda xizmat etar ustoda?
Ul ne shahri zinodir, bari ketar barboda?
Ul ne bulbul sayraydi, fayzi ketar samoda?
Qaysi Paygʻambar edi, bordi Allohga doda?
Qaysi Paygʻambar edi, tilinda sanosi toʻrt?
- Ruhul Amin – Jabroil, xizmat etar ustoda,
Lutning shahri zinodir, bari ketdi barboda,
Hamrohning bulbulidir, fayzi ketar samoda,
Ul Ibrohim Paygʻambar, bordi Allohga doda,
Haqqa qildi munojot, tilinda sanosi toʻrt.
- Maxtumquli, xabar ber, ul kim daryoga kirdi,
Har dam na’ra chekkanda, daryoni toʻfon qildi?
Ul kim edi, bir nazar Koʻhimorona soldi?
Aning vahimasiga Eron Turona keldi?
Ul ne qushdir, uchadir osmonga, parvozi toʻrt?
- Ma’rufiy der: Zulfiqor erdi, daryoga kirdi,
Har dam na’ra chekkanda, daryoni toʻfon qildi,
Ali edi, bir nazar Koʻhimorona soldi,
Eron, Turonni kezib, azmi Xuroson keldi,
Ul koʻngildir, uchadir osmonga, parvozi toʻrt.

Tashlab Qochmali Dunyodir

Ey yoronlar, musulmonlar,
Kelib-kechmali dunyodir,
Qurbi yetgan boʻz yigitlar
Toʻkib-sochmali dunyodir.
Hech kim bunda tutmas oʻrin,
Sogʻlikda toʻkib-soch barin,
Shuncha yigʻnab, netdi Qorun? -
Tashlab qochmali dunyodir.
Bu dunyoning gʻamin yersan,
Odam oʻgʻli, bil, oʻlursan,
Par toʻshakni qattiq dersan,
Yerni quchmali dunyodir.
Zulm yogʻar boshlaringga,
OQu qotar oshlaringga,
Bunda qilgan ishlaringga
Oʻisob kechmali dunyodir.
Maxtumquli, oʻqib Qur’on,
Allohdan tilagil iymon,
Har yigit oʻlsa benishon,
Oʻrni oʻchmali dunyodir.

Har Kishikim, Haq Zikrindan Zindadir

Binoyi Behishtda ul kun xush kezar,
Dunyoda hamxona boʻlgan gʻam bilan.
Ne xalqqa birikar, ne ayri kezar,
Chin darvish xalq ichra kezar xam bilan.
Kimga shaqovatdan qurilsa bunyod,
Olam tarbiyati aylamas obod,
Har kimniki dardi boʻlsa modarzod,
Afsun oʻqib, ora kelmas em bilan.
Qaysi qul dargohga xolis bandadir,
Sevgisi yurakda, dardi jondadir,
Har kishikim, Haq zikrindan zindadir,
Koʻngli tagʻyir topmas, boʻlsa jam bilan.
Haq doʻsti kamaymas koʻhna jahondir,
Lekin jahon ichra doʻsti pinhondir,
Doʻst boʻlganga bu ikki ish nishondir:
Yurak ishqdan toʻla, diyda nam bilan.
Davlating qushini qochirma dastdan,
Yaxshilik istama anglamas mastdan,
Zinhor qoʻl uzmagil din bilgan doʻstdan,
Obroʻying saqlanar yaxshi nom bilan.
Garchi tilda doʻst ham boʻlsa shoningda,
Bir it bilib, yogʻoch saqla yoningda,
Bir kun boʻlar, illat qoʻyar joningda,
Umringda toʻqnashib kezsang shum bilan.
Firogʻiy murdadir, yellar yel cheksa,
Oylar abr solsa, kunlar kun cheksa,
Ilyos obni toʻksa, Xizr el cheksa,
Zinda boʻlmas, Iyso ursa dam bilan.

Sahar Vaqti Gʻofil Boʻlmang Yoronlar!..

Sahar vaqti gʻofil boʻlmang, yoronlar
Dargohlar ochilar chogʻdir bu chogʻlar.
Rahmatga duch keldi bul vaqt eranlar,
Haq nuri sochilar chogʻdir bu chogʻlar
Osiy boʻlma, gunohingdan tina qol,
Oʻzni tani, menligingdan ina qol,
Yaxshi vaqtdir, tavba qilib doʻna qol,
Yoziqlar kechilar chogʻdir bu chogʻlar!
Haq seni saqlasin hijron yelindan,
Adashmagil yoʻlchilarning yoʻlindan,
Muhabbat jomlari doʻstning qoʻlindan,
Hazir boʻl, ichilar chogʻdir bu chogʻlar!
Ming yil kezsang yolgʻonchini surubon,
Tan tuproqqa doʻnar bir kun chiribon,
Yoʻgʻlik maydonida majlis qurubon,
Menlikdan kechilar chogʻdir bu chogʻlar!
Maxtumquli, ketding dunyo koʻyina,
Johillikdan koʻngil qoʻyding oʻyina,
Endi oyoq bosding oʻttiz uyina,
Koʻz yoshi sochilar chogʻdir bu chogʻlar,

Oʻn Sakiz Ming Olamni Bir Damda Bor Etgan Karim

Oʻn sakiz ming olamni bir damda bor etgan Karim,
Yetti Qufrona falakni barqaror etgan Karim,
Bandalarga rahmatin har dam nisor etgan Karim,
Ul maloyiklarni koʻkda beshumor etgan Karim,
Qudratin ikki jahonda oshkor etgan Karim.
Kimlari gumroh qilib, berdi anga rohi zalol,
Kimlari moʻmin qilib, Oʻzin tanitdi bemisol,
Har kimi bir koʻya soldi Ul Karimi loyazol,
Nechalar toat bilan umrin oʻturdi mohu sol,
Nechalarni ma’siyatda sharmisor etgan Karim.
Anbiyolar afzali ul Mustafo – xayrul-bashar,
Ham maloyiklar koʻrib, qildi boshiga toju zar,
Yo shafi’al-muznibin! – deb yod etarman har sahar,
Qudratidan ul Masihoni yaratdi bepadar,
Oʻtni Ibrohim Xalilga lolazor etgan Karim!
Kimlara berdi Xudoyim ayshu ishrat behisob,
Kimsalar hasrat bilan non topmayin bagʻri kabob,
Kimlara rohat bagʻishlab, kimlara berdi azob,
Dunyo bir karvonsaroydir, oʻtdi mundan subhu shab,
Har kima taqdiru qismat roʻzigor etgan Karim.
Kimlari shoh aylabon, berdi murassa’ toj anga,
Kimlari faqru fanoda ayladi muhtoj anga,
Nechalarga berdi davlat, nechalar Halloj anga,
Doʻst deya lutf ayladi laylatul-me’roj anga,
Mustafoning doʻstlarini Chor yor etgan Karim!
Avvalo ikki jahonni bor edan qodir Xudo,
Necha qullar Haq yoʻlinda ayladi jonin fido,
Nechalar fisqu fasodda qildilar umrin ado,
Dunyoga kelgan ketar, boyu faqir, shohu gado,
Barcha qulni shum oʻlim qoʻlinda zor etgan Karim.
Maqsuding, Maxtumquli, sen Haq taolodan tila,
gʻofil oʻlma, kecha-kunduz boʻl Xudo zikri bila,
Bizdek osiy qullara shoyad Xudo rahmat qila,
Umringni zoye kechirma, hosiling berma yela,
Barchalarning joyini oxir mazor etgan Karim!..

Jahon Boʻldi Munavvar

Chiqdi magʻrib tarafdan,
Ul mehribonim keldi,
Yuz ishvayu noz bilan,
Joni jahonim keldi.
Men Yorning sarniguni,
Bogʻlabon bu oyinni,
Toʻkdi jigardan xunni,
Shohu sultonim keldi.
Olamga shohiparvar,
Boʻldi ummatga sarvar,
Jahon boʻldi munavvar,
Durri gʻaltonim keldi.
Qomati sarvu tubo,
Qaddi, oʻzi Muntaho,
Vajhi-roʻyi – "Vaz-zuho",
Sarvi ravonim keldi.
Niqobin yuzga solgan,
Yuz koʻrsatib, jon olgan,
Hamma orzulab, yongan,
Ohu figʻonim keldi.
Malak farmona boqqan,
Sidrati sahro chiqqan,
Oh ursa, Arshni yoqqan,
Sohibqironim keldi.
Maxtumquli, benavo,
Koʻzlama sanad sivo,
Ummatim! – deb doimo,
Hazrat Eshonim keldi.

Bahouddin Otli Devona Keldi

Bir kecha yotardim, sahar vaqtinda,
Bahouddin otli devona keldi,
Asosin suyanib, kelmish Buxordan,
Haq ishqinda mastu mastona keldi.
Bir necha ul yoru, yoron turdilar,
Majlislar tuzildi, halqa qurdilar,
Na’ralar chekdilar, samo’ urdilar,
Sadolar tuzildi, jon-jona keldi.
Gʻavgʻo qoʻpti, rahmat qozondi tuzlar,
Sochildi qon yoshlar, ochildi koʻzlar,
Yigʻildi darvishlar, toʻkildi fayzlar,
Goʻyo dersan: oxirzamona keldi.
Oʻqir boʻlsa, ilmi ladun ochiqli,
Ham devona, ham sarxush, ham ishiqli,
Qoʻlinda kosasi, boshdan kechikli,
Siynamga qoʻydilar bir shona, keldi.
Maxtumquli aytar: Qur’onga uydim,
oʻiybatni tashladim, haromni qoʻydim,
Yashira bilmadim, sirimni yoydim,
Saqlana olmadim, zabona keldi.

Shoh Naqshbandiy

Bir kecha yotardim , Shohi Naqshband.
Karami joʻsh aylab, bir non ketirdi.
Oʻngi qoʻlida boda – gulgun sharobi,
Chap qoʻlida toza biryon ketirdi.
Uygʻondim uyqudan, qoldim tushimdan,
Hayron qoldim devonaning ishindan,
Bodasin noʻsh aylab, ketdim hushimdan,
Hamdiydadan ashki giryon ketirdi.
Jon xurujga keldi qaynab joʻshmoqdan,
Yuragim mavj urdi toʻlib-toshmoqdan,
Bir ishorat boʻldi unga tushmoqdan,
Fahm etmadim, jonga armon ketirdi.
Anglamadim, ishqqa boʻldim xaridor,
Bilmadim, istadim dilbardan diydor,
Ishq dardiga tushdim, qoldim giriftor,
Kim ham bu dard uchun darmon ketirdi?
Maxtumquli, turdim tavof etmoqqa,
Til farmon bermadi javob etmoqqa,
Ishq ahlining holin xarob etmoqqa,
Aqlim olib, mastu hayron ketirdi...

Darvishlarning Duosidir

Odam oʻgʻli, fikring-zikring
Yolgʻonchining havosidir,
Hozircha shul fikrdasan,
Bir kun dardga qoʻyosidir.
Bir kun kirar yerga boshing,
Unutar qavm-qarindoshing,
Namozing, roʻzang – yoʻldoshing,
Tiling hamdu sanosidir.
Chalgʻiltarlar sogʻda, soʻlda,
Shayton yoʻl kesar bu yoʻlda,
Erkli qoʻrgʻon, ulugʻ dalda -
Shariatning qal’asidir.
Bu jahonning sarmoyasi,
Rizq sababi, Haq soyasi,
Yer tiragi, Koʻk poyasi -
Darvishlarning duosidir.
Kechar umr, oʻtar bu dam,
Ne yurarsan qadam-qadam,
Filni yoʻlga solgan odam,
Seni qurtcha yeyosidir.
Togʻlar bordir, toshlar bordir,
Yozlar bordir, qishlar bordir,
Yomon-yovuz ishlar bordir,
Boshga kelgan koʻrosidir.
Maxtumquli, ishq maydondir,
Bu maydonga kirgan jondir,
Joning ham tanda mehmondir,
Bergan bir kun olosidir.

Jismi Qonundan Nafas Tori Uzilmasdan Burun

Jismi qonundan nafas tori uzilmasdan burun,
Boshingga davri qazo bazmi qurilmasdan burun,
Jubbai jon tiri rihlatdan soʻkulmasdan burun,
Ey koʻngul, qasring asosi – tan buzilmasdan burun,
Toki obroʻy qoʻrasi – dandon toʻkulmasdan burun;
Qil nazar osori sun’ullohga chashmi did ila,
Kir haqiqat yoʻliga, bu jazbai tahmid ila,
Qurbi vahdat istasang, boʻl vasfi ul tamjid ila,
Uqdai labdan girih och nuqtai tavhid ila,
Koʻz ochib sanga deyin man, harza kulmasdan burun.
Bebaqodir qolibi tan, bogʻlama iqbol anga,
Boʻlma gʻarra oriyat, dunyoda mulku molinga,
Yod etib goʻru qiyomat, yigʻla doim holinga,
Bir nazar sol, moumandan voz kechib, ahvolinga,
Och koʻzing ibrat bilan, tuproqqa toʻlmasdan burun.
Boqi umringni ki sarf et, marduming fahminda boʻl,
Maqdamida bosh qoʻyub, ma’yusi mardumdiyda boʻl,
Sarf qil pok tilingniki, xulqi xush bingzida boʻl,
Sidq ila qilgil amalni, beriyo subhida boʻl,
Oʻashrda mezon tarozusi qurilmasdan burun.
Bebaqo, foniy jahonni bilmaki sen joyi bud,
Ertayu oqshom ketarsan selu barqu bodi zud,
Qil bukun tongla ishin, qilmas pushaymon anda sud,
Qil duto pushtung ruku’da, jabhai jondan sujud,
To ajalning bodidan qadding bukulmasdan burun.
Sindirib isyon tuxumin, toʻk nadomat ashkini,
Keltir Allohga bu kun beqadru qiymat ashkini,
Joriy aylab borho chashmi davomat ashkini,
Koʻzlaringdan oqizib shoʻri qiyomat ashkini,
Tavba jomin noʻsh qilgʻil, paymon toʻlmasdan burun.
Kechalar, Maxtumquli, yurgil qidirib rohbar,
Qoʻyma beyoʻldosh qadam, manzil uzoq, yoʻl purxatar,
Koʻzlaringdan yosh oʻrniga toʻkubon xuni jigar,
Sa’y qil, olgil bahori fayzi Haqdan bir samar,
Bodi rihlatdan niholing bargi soʻlmasdan burun.

Oʻqidim Qur’on Ichinda

Ey yoronlar, musulmonlar,
Bir kecha sayron ichinda,
Oʻttiz ikki kishi koʻrdim,
Ul Shohi Mardon ichinda!
Ularga berdim salomni,
Soʻrdilar Sogʻlik kalomni,
Shayxi Said, Mavlo Jomiy -
Ul yetti sulton ichinda.
Sulton Vays pahlovoni,
Oʻakim Ota, Sulaymoni,
Xoja Yusuf Oʻamadoniy,
Shul Shohi Kan’on ichinda.
Turkiston egasi-sarvar.
Imom Qosim, Imom Ja’far,
Yahyo bilan Nuh Paygʻambar,
Boyazid Sulton ichinda.
Goʻzal pirlar, goʻzal yorlar,
Chekdilar bu yoʻlda zorlar,
Imom Rizo, Shohu pirlar,
Necha goʻzal jon ichinda.
Maxtumquli, sirim koʻpdir,
Men naylayin, ochgan yoʻqdir,
Oʻlmoq haq, tirilmoq haqdir,
Oʻqidim Qur’on ichinda!..

Bir Allohga Aytay Hamdu Sanolar

Bir Allohga aytay hamdu sanolar,
Bir qisim tuproqdan inson yaratdi.
Tan kapasin qilmoq uchun munavvar,
Jon nuridan sham’i tobon yaratdi.
Koʻrmoqqa koʻz berdi, tilga maqolat,
Jonni qoʻydi tanda besh kun omonat,
Azalda har kimga qilsa inoyat,
Koʻkraginda nuri iymon yaratdi.
Avvalo yaratdi Odam Atoni,
Unga juft ayladi Oʻavvo anoni,
Firdavsi a’loda edi makoni,
Anga dushman mal’un shayton yaratdi.
Haqdan nuzul boʻldi Musoga Tavrot,
Injil vasfin Iyso ayladi isbot,
Dovud Zabur oʻqib, qildi munojot,
Muhammad sha’ninda Furqon "yaratdi".
Muhammadni sarvar aylab jahona,
Dedi: "Paygʻambari oxir zamona".
Jabroildan vahiy aylab ravona,
Kofirlarga Shohimardon yaratdi.
Birni past ayladi, birni sarbaland,
Birni faqir aylab, birni davlatmand,
Birni xor ayladi, birni arjumand,
Birni gado, birni sulton yaratdi.
Ovozasi tushub Rum-u Yamanga,
Misr, Shomu Hindistonu Dakanga,
Dongʻi ketib Xitoy bilan Xoʻtanga,
Bir amiri Sohibqiron yaratdi.
Jasorati beglar ichra shohona,
Shijoat bahrida durri yagona,
Ermuhammad Shohdan qoldi nishona,
Tangrim uni mardi maydon yaratdi.
Qaro yerdan yashil sabza koʻkartib,
Har daraxtdan turluk meva chiqartib,
Kundan-kun bogʻlarning mevasi ortib,
Gul ochilib, bogʻu boʻston yaratdi.
Maxtumquli aytar Haqqa sitoyish,
Har mushkul ishimga sensan kushoyish,
Kechayu kunduzga berib namoyish,
Xurshid bilan mohi tobon yaratdi.

Yer Qavatlari

Birinchi qat yerning oti Ramqodir,
Iqlim otli yovuz ellar anda bor.
Yetmish ming farishta unda sogʻchidir,
Ming qoim burunduq bogʻlar anda bor.
Ikkinchi qat yerning oti Haldadir,
Quyrugʻi nayzadek kajdum andadir,
Osiy odam uchun koʻzi yoʻldadir,
Nor, bugʻro sifatli moʻylar anda bor.
Olti yuz oltmishdir ungurga toshi,
Har birin olti yuz oltmishdir boshi,
Har boshda olti yuz oltmishdir tishi,
Togʻ chidamas bad oQular anda bor.
Uchinchi yer oti Harqayi ofoq,
Oʻtini temirdan, tob bermas tuproq,
Doʻzax unguri bor, togʻdan ulugʻroq,
Haqiqat, iymonsiz qullar anda bor.
Toʻrtinchi qat yerning otidir Xarfo,
Ilonlarning tishi – daraxti xurmo,
Issigʻi kuydirib, oʻltirar Tir, Moh,
Tan-jon toʻzmas, tinmas "voy"lar anda bor.
Beshinchi yer oti Logʻar zamindir,
Olmos tosh urarlar, har kim bedindir,
Oltinchi qat yerning oti Sijjiyndir,
Doʻzaxiy boʻlajak jonlar anda bor.
Yettinchi yer oti Haribo, dalda,
Doʻzaxdan vahm ayla, Xudoni bil-da!
Shayton anda inib chiqar har yilda,
FiroQiy der: yomon kunlar anda bor.

Yaratgan Allohdan Farmon Yetishsa

Yer ostinda maskan tutgan sirotga,
Togʻlar kabi yuz ming resmon taqarlar,
Azob bermoq uchun har bir nomardga,
Yetti yer ostindan uni chekarlar.
Yaratgan Allohdan farmon yetishsa,
Yetmish ming saf malak chekar gʻam-gʻussa,
Har saf insu jinga yetmish ming hissa
Olib kelib, yer yuzinda choʻkarlar.
Toʻrt sutun, har sutun oʻttiz ming boshli,
Oʻttiz ming dahanli, oʻttiz ming tishli,
Har tishi bu baland togʻlardan kuchli,
Har tishdan oʻttiz ming zanjir taqarlar.
Togʻlardan quvvatli, daryo haybatli,
Oʻtkir olmos tishli, nahang sifatli,
Mahshar kun Haq yonida boʻlsang uyatli,
Fil, govmish boʻyinli moʻylar suqarlar.
Maxtumquli, boʻyin bergil farmona,
Qiyomat kun hayfing kelsa bu jona,
Jahannam qahrindan tortsa ziyona,
Nor, bugʻro sifatli uchqun chiqarlar.

Bizdan Salom Boʻlsin Turdi Shoirga

Bizdan salom boʻlsin Turdi shoirga,
Qay mehrobdan soʻzlab chiqqan oʻt nadir?
Kimdir, oʻlib, bir yildan soʻng bilindi?
Toʻqqiz yuzda tuqqan nim zuryod nadir?
Sen Koʻzli otasan, biz – Karkaz eli,
Choʻl yerda kezarsan, yod etib xayli,
Bildingmi, tamugʻning chekilgan mili,
Xabar ber aslini, Pulsirot nadir?
Aslinga yetishgil, yolgʻonda, chinda,
Soʻz qisqadir, ma’ni koʻpdir ichinda,
Bilarmisan, qaysi daryo ichinda,
Odamzod jigarli yotgan hut nadir?
Ne ogʻir sarpodir, qaysi avjida,
Olam halok boʻlar necha tovushda,
Qudrat bilan, toʻrt yuz nadir bir boshda,
Tebranganda undan chiqqan oʻt nadir?
Ne siyna, ne jondir, soʻyla bu sirdan,
Belidan pastrogʻi boʻlmish hajrdan,
Oshiq, bayon ayla, qaysi shajardan
Ham jonli, ham jonsiz tuqqan zot nadir?
Ul kimdirki, koʻz yoshini toshdirdi?
Necha yilda ijobatin tushdirdi?
Ul kim edi, zalolatin joʻshtirdi?
Murod qoʻlda turib, nomurod nadir?
Maxtumquli aytar: oshiq, bu sirda,
Kalovlanmay, toʻgʻri soʻyla bu yerda,
Shuni bilarmisan, qaysi shaharda,
Tarki qulluq etgan ikki zot nadir?

Miftohul-Jinon

Ey ahli darvish, bilgil,
As-sabru miftohul-jinon.
Sabr ila amal qilgil,
As-sabru miftohul-jinon.
Besabr boʻlgan xunob ichar,
Boʻlar balolarga duchor,
Yopuq eshikni sabr ochar,
As-sabru miftohul-jinon.
Shoshmoq erur ul shaytondan,
Sabr aylamoq – Rahmondan,
Ma’rifat yetar jonondan,
As-sabru miftohul-jinon.
Zikr aylaganlar zavqlanar,
Shukr aylaganlar shavqlanar,
Besabrlar barham boʻlar,
As-sabru miftohul-jinon.
Besabrning ishi yitar,
Sabr aylasa – ishi bitar,
Nogoh Xudoyim el tutar,
As-sabru miftohul-jinon.
Besabr koʻrgaydir ozor,
Boshi bilan boʻlar bezor,
Shayton bilan yoʻldan ozar.
As-sabru miftohul-jinon.
Haq zikrini koʻp aylagil,
Jahd aylagil, jahd aylagil,
Sabr aylagil., sabr aylagil,
As-sabru miftohul-jinon.
Maxtumquli, bilgil ayon,
Pandu nasihatdir hamon:
As-sabru miftohul-jinon,
As-sabru miftohul-jinon!..

Hajviyot

Chilimkash

Haq seni ra’yingga qoʻymish jahonda,
Qila bilganing qil bunda, chilimkash.
Devon qurilgan kun hisob joyinda,
Javobing nimadir unda, chilimkash?!
Quvvating kamayar, kuching oz turar,
Kayfi boshga ursa, aqling ozdirar,
Soʻngaging qaqshatib, eting qizdirar,
Bir nishona budir senda, chilimkash!
Qoʻlingni tort bunday noqaq taloshdan,
Puling kuyar, iching yonar bu ishdan,
Erta qorning toʻldirarlar otashdan,
Zaxmi chiqmas, qolar jonda, chilimkash!
Ikki dunyo yaxshilik yoʻq egriga,
Erkak boʻlsang, qadam qoʻygil toʻgʻriga,
Benamozga, gʻiybatchiga, oʻgʻriga
Yoʻldosh boʻlar yovuz kunda chilimkash!
Maxtumquli, Mavlom jondan yaqindir,
Chilim achchiq tutun, tan bir zamindir,
Iymon bir qushdir-u, gavda bir indir,
Qush turmagay buzuq inda, chilimkash!
Maxtumquli, bilgil ayon,
Pandu nasihatdir hamon:
As-sabru miftohul-jinon,
As-sabru miftohul-jinon!..

Noskash

Avvalo Haq amridan ovvora boʻlgan noskash,
Shoʻr boʻlib peshonasi, yuz pora boʻlgan noskash,
Fe’li shaytonga asiru qora boʻlgan noskash,
Chun azalda Vohidul-Qahhora boʻlgan – noskash,
Nafs uchun jondan kechib, bemora boʻlgan noskash.
Noskash ikki jaqonda boʻlmas aslo shodmon,
Burnidan zardob ila sassiq suv oqgay qar zamon,
Koʻp alam tortar, bilinglar, bang, chilimdan nos yomon,
Nos chekmoqlik xos yomondir, chun zino, gʻiybat, yolon,
Yuz dalil, sad makr ila oshkora boʻlgan noskash.
Koʻp hadis aytdi Muqammad: nos haromdir, nos harom,
Kim haromni odat etsa, nosga qilsa eqtimom,
Jon chiqib, bul xonadan ul xonaga bosganda gom,
Ixlos etmay, toʻgʻri ketmay, egri ketsa subqu shom,
Xonai islomu din kuffora boʻlgan noskash.
Tongla maqshar noskashi bir yerga eltar, benavo,
Oqibat etgay uni dardu baloga mubtalo,
Bandasidan qilgusi bir-bir savolini Xudo,
Telmurib turmoqdan oʻzga chora toptirmas ango,
Yuzlari misli qozonday qora boʻlgan noskash.
Burnin eshak burniday tilgay farishta noskashing,
Aytur: «Ey farzandi Odam, boshga tushdi tashvishing,
Qaydadir, uqbo yoʻliga taqdim etgan peshkashing,
Dunyoda ravshan koʻzing, anduqgin boʻldi boshing» –
Degach ul kun, oq urib, afkora boʻlgan noskash.
Nos halol deb ba’zilar, bunday xayolni xom etar,
Yoʻq qilib qancha pulin qam, koʻnglini orom etar,
Burnidan oqsa najas, har dam qusuli kom etar,
Bas, oʻzi bilmay, jaqonda oʻz-oʻzin badnom etar,
Oʻzni bilmay, ushbudek raftora boʻlgan noskash.
Bir soʻmi bir ajdaho boʻlgay qiyomatning kuni,
Aytishur: «Kayf yoʻliga sen nega sarf etding muni?»
Qech ilojin topmayin, ohziga tutgay dastini,
Qichqirib faryod etar, zaqrini solgay dushmani,
Naylar, ul kun doʻzaxa nazzora boʻlgan noskash.
Ajdaqoning zaqridan ul noskash gʻamnok boʻlur,
Kayfni qol bilgan kishining diydasi namnok boʻlur,
Shiddatidan oʻt ichinda noridan koʻylak boʻlur,
Koʻrsa ul qar ne alomat, qar qachon muqlak boʻlur,
Topmayin qargiz iloj, bechora boʻlgan noskash.
Mujtaqid qavli, hadisi anbiyodir: noskash,
Har qachon kelsa boshiga qaddi nayza ul quyosh,
Tashnalikdan ogʻzin ochib, it kabi boʻlgay atash ,
Har nafasda nafti nos birla boʻlolmas chorakash,
Aytadir Maxtumquli: «Xunxora boʻlgan noskash!»

Gʻiybatchi

Mahshar kuni shikoyat bor tilingdan,
Rasvoliging shudir sening, gʻiybatchi!
Umring yelga berma, ozma yoʻlingdan,
Ranjitmagil eling, kuning, gʻiybatchi!
Bulutdek oʻkirib, chaqindek gurlar,
Goqi muzdan taxtlar, olovdan yerlar,
Xachirdek chayonlar, bugʻrodek morlar,
Badaningdan soʻrar qoning, gʻiybatchi!
Qoling koʻrib, qayron boʻlib yigʻlarlar,
Seni Sijjiyn otli joyda bogʻlarlar,
Tiling tortib, temir bilan dogʻlarlar,
Qora boʻlar ul Kun kuning, gʻGʻiybatchi!
Yomon soʻz ajratar yaxshi doʻstingdan,
Gunoqing yuklari bosar ustingdan,
Jaqannam ichinda tamugʻ ostindan
Falaklarga chiqar uning, gʻiybatchi!
Malaklar, koʻtarib gurzi urarlar,
Andomingdan suvdek oqar zaqarlar,
Vashillab turgaydir yoningda morlar,
Qaqshatib soʻrilar taning, gʻiybatchi!
Bir dam qutulmassan doʻzax norindan,
Taningga oʻralgan ilon zaqrindan,
Shul azobda qasratingdan, zoringdan
Falaklarga uchar uning, gʻiybatchi!
Oʻrin berar senga, eltib bir joyda,
Kuning kechar kecha-kunduz oq-voyda,
Azobing orttirar sening har oyda,
Chilimkash hamrohing – yoning gʻiybatchi!
Roʻsiyosan mahshar kuni Karimga,
Alloh savobingdan olar jarima,
Iymonsizdek koʻrib, eltar jaqimga,
Gila etar sendan joning, gʻiybatchi!
Maxtumquli aytar: elning – koʻzindan
Qolib, gar xor boʻlsang, koʻrgil oʻzingdan,
Tilingni tiymasang harom soʻzingdan,
Butkul barbod boʻlur dining, gʻiybatchi!

Vasiyat

Koʻz Yoshin Toʻkmagan Erdan…

Qech koʻngul shodligi chiqmas
Bir koʻngul yoqmagan erdan.
Yaxshilik tama’sin qilmang,
Yomonlik chekmagan erdan.
Kimsa bilan beklik etar,
Bir toʻp bilan bir yoʻl tutar,
Kadxudolik yiroq ketar,
Yomon soʻz chekmagan erdan.
Yaxshi er - el aybin ochmas,
Koʻrib-bilib, harom ichmas,
Yaratgan gunohin kechmas,
Koʻz yoshin toʻkmagan erdan.
Turmagay, ayyom evrilar,
Zamon oʻtar, charx chevrilar,
Ulugʻ davlatlar ayrilar,
Yakdillik tutmagan erdan.
Qochoqlarga yasoq kuni,
Sher qurtga bermas ovini,
Paygʻambar bezor, yov kuni –
Yoʻldoshga boqmagan erdan.
Oʻz-oʻzidan aqli yetmas,
Oqillarning soʻzin tutmas,
Yoʻqsillik yoʻq boʻlib ketmas,
Bad ish tark etmagan erdan.
Maxtumquli, yongil, oʻchgil,
Yo jim oʻltir, yo dur sochgil,
Bir dumsiz it erur, qochgil –
Nasihat yoqmagan erdan.

Ummat Yaxshidir

Savdogarlik qilib, bozor kezgandan,
Olsang nasiqatim, qimmat yaxshidir.
Qotam boʻlib, ammo riyo qilgandan,
Koʻngilda qilingan qimmat yaxshidir.
Bir mard yaxshi, muxannasning yuzindan,
Hisob kuni oqar qoni koʻzindan,
Har kim boshqa boʻlsa aytgan soʻzindan,
Undan dinga qaytgan Yazid yaxshidir.
Xayr ishin tark etib, bad ish izlasa,
Doʻst boʻlib, doʻstidan sirin gizlasa,
Alloqni unutib, yolgʻon soʻzlasa, -
Undan jim oʻltirgan beqad yaxshidir.
Qodir Egam - jismimizni bor etgan,
Aqlsizdir, Qaq ishiga or etgan,
Bemaqal qurilgan buzuq koʻprikdan
Jaqannam ustida sirot yaxshidir.
Besh vaqt namoz oʻqi, musulmon boʻlsang,
Bilib, oxirating gʻamini qilsang,
Joning borligida xayr qozonsang,
Roqat yotar yering – laqad yaxshidir.
Soʻz ma’nosin chiqar bir yaxshi joydan,
Bexabarlar ayro tushar Xudoydan,
Besh vaqt namoz qilmas bexabar boydan,
Yurtsiz, pirsiz loʻli-arvat yaxshidir.
Maxtumquli, koʻrding yaxshi yomonni,
Yolgʻonchining boʻlmas onti-iymoni,
Bir oq uyga borsang, olmas meqmonni,
Har kimning oʻz eli – ummat yaxshidir.

Nuqsona Kelgay

Musulmonlar yovlashsa bir-biriga,
Davlat qaytib, dinlar nuqsona kelgay.
Zulm aylab, bir-birin olsa asirga,
Falak bu ishlardan pushmona kelgay.
Bir-birini chopmoq emas erlikdan,
Bu ish shaytondandir, balki koʻrlikdan,
Manmanlik ayirgay elni birlikdan,
Davlat ketib, navbat dushmona kelgay.
Yaxshilik kamayib, iymon qisilsa,
Yomonlar quturib, yoʻllar kesilsa,
Shariat boʻshashib, nomus ezilsa,
Zamonaning izni shaytona kelgay.
Tingla, maskan tutgan kishi choʻllarda,
Sadaqa kamaysa ulugʻ ellarda,
Xalq ustiga qaqat tushib, yillarda,
Xastalik koʻpayib, hast jona kelgay.
Musulmonsan, xabardor boʻl zuloldan,
Haromdan qoch mudom, izla haloldan,
Oʻlchovdan ursalar, yurtning vaboldan,
Barakati koʻchib, osmona kelgay.
Soʻzimni olgaylar bilganlar halqa,
Murodim – nasihat aylamoq xalqqa,
Qozisi gap uqmas, begi past oʻlka,
Yomgʻir yogʻmay, yeri qizmona kelgay.
Sharrga shuhrat bermoq - shaytonning kori,
Qahrin yutmoq erur Rahmonning kori,
Koʻpaysa har elning boshliq-sarkori,
Nizomi buzilib, vayrona kelgay.
Parvardigor Oʻzi - faqirga panoq!
Ul kimdir, boʻlmagay tilida sano?!
Qaysi yurtda agar koʻpaysa zino,
Yerlari qimirlab, larzona kelgay.
Maxtumquli, tursam soʻzim sochmoqqa,
Anglamaslar shaylanadi qochmoqqa,
Qaysi xalq koʻniksa sharob ichmoqqa,
Yurtda oʻlat tarqab, vayrona kelgay!..

Koʻzdan Yosh Kelsa

Dunyoda necha ish bordir – yomondir,
Biri shuldir – nohaq qahri joʻsh kelsa.
Oshiqqa qar kuni oxirzamondir,
Yordan yiroq tushib, aro tosh kelsa.
Doʻstingni ushlama, nafdan qolmasin,
Dushmaning saqlama, siring bilmasin,
Ochda – olging, bekka berging boʻlmasin,
Ish mushkuldir, anglamasga duch kelsa.
Zamin seni qali zamon yutarmi,
Oqil bunda bunday begʻam yotarmi,
Qech bir masxaralik bundan oʻtarmi –
Ketgan quruq ketib, kelgan boʻsh kelsa.
Oʻn qat uying boʻlsa temir qal’adan,
Ajal topar, amr boʻlsa Allohdan,
Haqiqat, er yuz qaytarmas balodan,
Haq rizosi bilan boshga tosh kelsa.
Oshiqman deb lof urarlar yolgʻondan,
Bilganini aytar, soʻrsang bilgandan,
El koʻzicha yuz yil toat qilgandan,
Yaxshidir, bir saqar koʻzdan yosh kelsa.
Boylar bogʻlab saxovatning yoʻlini,
Koʻpaytirar doʻzax moyi-xilini
Koʻring, bu zamonning soʻfi, pirini,
Tinmay olaverar, tekin osh kelsa,
Maxtumquli, soʻyla, aqling yetguncha,
Oxirating qozon, bekor yotguncha,
Doʻzaxdadir, to dunyodan oʻtguncha,
Yaxshi erga yomon xotin duch kelsa.

Qizil Tiling Soʻzlar Ekan, Oʻldim De!..

Dunyo koʻrmay, tutqun qolsang bir burchda,
Bodipoydek yer yuziga yeldim, de!
Chin-Mochinda, Rumda, Hindda, Habashda
Turli-tuman qunarlarni bildim, de!
Och qam boʻlsang, borma elga tilakka,
De: «Koʻshkdaman, boshim yetar falakka!»,
Choʻlda qolsang, qech topmayin koʻlanka,
Eram bogʻi ichra soya topdim de!
Osh koʻrganda, oʻzing otma turlanib,
Och boʻlsang qam, viqor saqla, sirlanib,
Zar toʻkibon, chin qullardek orlanib,
Yosh oʻlsang ham, Nuh yoshiga keldim de!
Muqtojliging Haqdan oʻzga bilmasa,
Oʻshal roʻzgʻor basdir, ochdan oʻlmasa,
Hindi kabi usti boshing boʻlmasa,
Podishohlik libosini oldim de!
Suvga, yelga qukmi oʻtgan Sulaymon,
Boq, ulardan ne nom qoldi, ne nishon,
Tashna qolib, joying boʻlsa choʻliston,
Daryo ichra men Iskandar boʻldim, de!
Yoʻldosh boʻlsang til tushunmas moʻr bilan,
Joy topolmay, birga yotsang mor bilan,
Oʻttiz qavat toʻshak, yuz ming er bilan –
Qorun xazinasin qoʻlga oldim, de!
Maxtumquli, cheksang jafo-jabr, bil,
Allohga xush kelar, shukru sabr qil,
Qilcha jonga qizil tanni qabr bil –
Qizil tiling soʻzlar ekan, oʻldim de!

Ketib Boradir

Dunyoga e’timod etmang, yoronlar,
Kimga kelib, kimdan ketib boradir.
Misoli Iskandar, shoqlik surganlar
Bir-bir navbatinda oʻtib boradir.
Birovni boy qilar, birovni gadoy,
Ne qilsa, erki bor, ul qodir Xudoy,
Birovning murodin berib, hoynahoy,
Birov gʻam sharbatin yutib boradir.
Birovga beribdir qaygʻu-gʻam, mehnat,
Umrida bir soat koʻrmadi rohat,
Birovga etibdir nomardni ulfat,
Uning umri «Oq!» deb oʻtib boradir.
Birovning boshida koʻpdir tumoni,
Qaygʻu-alam bilan chiqadir joni,
Bir yaxshiga duch etibdir yomonni,
Noiloj dunyodan oʻtib boradir.
Kimlardir yigʻlaydi, maqsadin topmay,
Nechalar oq urar, ogʻzini yopmay,
Bir olgʻir bayroqni oladir, chopmay,
Bir bedov kezolmay qaytib boradir.
Dunyo uchun chekma qaygʻu, andisha,
Sabr et balosiga, rozi kelmisha,
Yigʻlabon, gʻam bilan tolma hamisha,
Ajal qoʻli yoqang tutib boradir.
Maxtumquli aytar: barcha nasiqat –
Allohga qul boʻling, Rasulga – ummat,
Bilsangiz, dunyoning barchasi hasrat,
Hasrat bilan bir-bir ketib boradir.


Tarjimon Haqida

Mirzo Kenjabek 1956 yilda Oʻzbekiston janubi – Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabdan soʻng, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ning jurnalistika fakultetida, keyinchalik Imom Buxoriy nomidagi Oliy Islom institutida ta’lim olgan. Toshkent shahrida yashab ijod qiladi.

She’riy Kitoblari:

«Maktublarim» – , «Quyoshga qaragan uy» – , «Munojot» – , «Sharq tili» – , «Bahorim yellari», Lirika –.

Ma’rifiy Kitoblari:

«Termiz tazkirasi», «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2001.

«Dunyoning murshidi»: Hazrati Xoja Ubaydulloh Ahrorning «Risolai Volidiyya» nazmiy tarjimasi qisqa sharhi. OʻzR FA «Fan» nashriyoti, 2004.

Tarjimalari:

Hofiz Sheroziy (Eron): Gʻazallar; «Munojot» kitobida.

Sa’diy Sheroziy (Eron): Gʻazallar; Lirika kitobida.

I.V.Gyote (Olmoniya): she’r; «Maktublarim» kitobida.

A.S.Pushkin: «Yevgeniy Onegin», she’riy roman tarjimasi.

Nikolas Gil'en (Kuba): she’rlar; «Asr ovozi» (XX asr jahon she’riyatidan) kitobida.

Gvorg Emin (Armaniston): she’rlar; Doʻstlik kutubxonasi seriyasida.

Oʻljas Sulaymon (Qozogʻiston): she’rlar; «Aylanayn» kitobida.

Loyiq Sherali (Tojikiston): she’rlar. Lirika kitobida.

Jeyms Oldrij (Angliya): «Gʻaroyib moʻgʻul oti», qissa. Rizoqul Usanov bilan birga tarjima qilingan. «Choʻlpon» nashriyoti, 2004.

Farididdin Attor: «Tazkirat ul-avliyo» («Valiylar yodnomasi»), 1997.

Mahmud As’ad Joʻshon: «Haqiqiy sevgi», ma’rifiy-tasavvufiy kitob. 2001. «Tasavvuf va goʻzallik», «Adolat» nashriyoti, 2004.

Abu Iyso Muqammad at-Termiziy: «Sunani Termiziy» («Al-jomi’ as-saqiq»), «Adolat», 1999.

Muhammad Zohid Qoʻtqu ibn Ibrohim al-Bursaviy: «Aqli sunnat val-jamoat aqoidi» (Sogʻlom islomiy aqida). «Movarounnahr», 1998, 2001, 2004. «Sharhi Omoliy» (Omoliy» dostoni sharhi), .

Qutbiddin Iznikiy: «Murshidi mutaahhiliyn», (Yosh kelin-kuyovlarga maslaqatnoma). 2002.

Hoji Ahmadjon Maxdum Hanafiy-Naqshbandiy: «Risolai sujudi sahv», «Adolat», 2004.

Maxtumquli (Turkmaniston): Saylanma. «Fan» nashriyoti, 2004.

Ba’zi Publitsistik Asarlari:

«Dildoshlik», «Til erki – el erki» - oʻzbek tili ahvoli va unga davlat maqomini berish xususida;

«Har kuning boʻlsin navroʻz» - xalq an’anasini qayta tiklash haqida;

«Inson qalbi bilan hazillashmang» - Abdulla Oripov bilan suhbat;

«She’r va shoir dunyosi» - Erkin Voqidov bilan suhbat;

«Yuragimda oyoq izi bor», «Xalq nomidan yolgʻon soʻzlamang» - mustamlaka zulmlari, Oʻzbekistonda huquqiy, ekologik va ma’naviy xarobliklar haqida;

«Xilma-xillik tengsizlik emas» - tarix darsliklaridan xudosizlik mavzularini yoʻq qilish haqida;

«Fitna san’ati» - qonli Farhona voqealari va uni sobiq shoʻro davlati maxsus uyushtirgani haqida;

«Ikki daryo oraligʻida» - doktor, professor Nurislom Toʻxliyev bilan sugʻbat. Oʻzbekistondagi ma’naviy-iqtisodiy muammolar xususida.

«Shukrona tuygʻusi omonmi?» - ma’naviyat agʻvoli haqida. Va boshqalar.