OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMayagoʻzal Choriyeva
Asar nomiSuyunchi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Mayagoʻzal Choriyeva
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm17KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Suyunchi (hikoya)
Mayagoʻzal Choriyeva

Bir vaqtlar Ur hamda Koʻr, keyinchalik Kichik va Katta togʻ deb ataladigan togʻlar orasida, Sirdaryoning quyi qismida bir elat joylashgan ekan. Uning sultoni adolat bilan yurt boshqarishda dongʻi chiqqan Sulton Mahmud Bahodirxon edi. Qavmining yoshu qarisini ardoqlaydigan, qoʻl ostidagi asiru qullarga ham mehribon, mard jangchi, qattiqqoʻl, obroʻ-e’tiborli, hech bir ishni bemaslahat qilmaydigan bu bekning magʻlub boʻlganini hech kim hech qachon eshitmagan, koʻrmagandi. Uning davlati, tuyayu otlari, suruvi, qul va asirlari koʻp boʻlib, musulmonchilik qoida-qonunlarini ham joyiga qoʻyardi. Bir soʻzli, or-nomusli, kezi kelsa, qaysar elboshini qavmi jon-dilidan sevar, undan bemaslahat hech qanday ma’raka oʻtkazmaslikka harakat qilardi. Toʻyu ma’rakalarda ham bosh-qosh bu sulton ajoyib ovoz sohibi edi. Uning bir-biridan gʻamgin qoʻshiqlari yuraklarni oʻrtardi...
— Biri kam dunyo, — derdi u ma’yus qoʻshiqlarini tugatarkan. Bu sultonning hamma narsasi bor edi. Hatto biri-biridan dilbar uch xotini ham boʻlib, lekin birortasidan farzand koʻrmagandi. U doim Xudoni yod etib, iltijo qilardi. - Ey, tangrim, dardni insonga hamisha seni yod etib turishi uchun berasan. Odam ingraganida, oʻzi bilib-bilmay «Xudo» deydi. Shunda oʻzini Yaratgan yodga tushadi. Shayton vasvasasiga uchmaydi. Tangrim, menga ham zurriyot ato et. Toki yetmish ikki tomirimda joʻsh urayotgan qon izsiz yoʻqolmasin. Seni dilimdan qoʻymayman, gʻamli kunlarimda ham, shodligimda ham oʻzing egamsan.

Bir kuni tong chogʻi sulton namozini tugatib, chodirida muhim ishlarga berilgandi hamki, kenja xotini Guljon kirdi. U erining harakatlarini chetdan kuzatarkan, negadir jilmaydi. Ishga berilganidan unga e’tibor qilmagan sulton boshini koʻtardi-yu, xotiniga koʻzi tushdi.
— Nechun jilmayasiz? — soʻradi u qizarinqirab turgan xotinidan.

Guljon sultonning yoniga bordi-yu, uning quloqlariga allanimani shivirladi. Qochishga shaylangandi hamki, sulton uni ushlab qoldi.
— Rostmi... shu soʻzlaringiz-a?.. — derdi u hayajondan oʻzini yoʻqotib.
— Suyunchi bersangiz, aytaman. Qoʻllarimni qoʻyib yuboring, — deya oʻzini iskanjadan boʻshatgan Guljon qochib chiqdi. Xotinidan bu xabarni eshitgan Sulton Mahmud yeru koʻkka sigʻmasdi.
— Ey Ollohim, shukr oʻzingga! Toki jonim uzra sen bergan shu omonat turarkan, shukronamni toʻxtatmayman. Doimo seni yod etgayman. Yo, Parvardigorim, davlating ortsin, ta’rifingga tilim ojiz.

Sultonning koʻngli shukronalar bilan tinchimadi. U telbalardek sevinib, bir vaqtlar oʻzga qavmdan asir tushgan sodiq qulini chorlab, unga shunday dedi:
— Qoraxon, butun qavmni xabardor et! Menkim, Sulton Mahmud Bahodirxon, qachon sevikli Guljonimning koʻzi yorib farzand koʻrsam va bu xabarni kim birinchi menga yetkazsa, unga mamlakatimdan tashqari istagan narsasini suyunchiga beraman. Jonimni ham ayamayman!
— Lekin avval oʻylab...
— Bas, oʻylaydigan joyi yoʻq. Farzandim — hayotim gultoji. Uning uchun elboshilikdan kechishga ham tayyorman. Mening jismimda oqayotgan qon izsiz yoʻqolmaydi. Avlodim tangri karomati bilan davom etadi...

Shunday qilib, Qoraxon butun qavm ahlini, hatto qulu asirlarni ham bu xabardan ogoh etdi. Kimdirshod, kimdirbeparvo, kimdir esa...

* * *

Bir necha vaqt oʻtib, yurtga yov hujum qildi. Sulton oʻz lashkari bilan yovni yengib, uni uzoqlarga toʻzgʻitib yubordi. Gʻalaba qilgan kuni Guljonning koʻzi yoridi. U birdaniga ikki farzand - biroʻgʻil va bir qiz koʻrdi. Doyalik qilgan ayol bir vaqtlar asira olingan boʻlib, oʻzi qonxoʻr sultonning xotini edi. Eri jangda yengilib, qochib qolgandi. Doya bu xabarni hammadan ilgari bir amallab eriga yetkazdi. Rejasining roʻyobga chiqayotganidan sevingan magʻlub sulton eng uchqur otga sakrab mindi-yu, uni qattiq qamchiladi.
— Ey Bahodirxon, qani, saxiyligingni koʻrsat, suyunchi soʻrab keldim.

Sulton Mahmudxon sevinch va hayronlikda dedi:
— Sher yuraging bor ekan, Avazxon. Necha vaqtlardan beri tutqich bermay kelarding. Qavmimga ham dastingdan kun yoʻq edi hisob. Ne ajabki, arzimas suyunchi uchun bugun qarshimda turibsan. Seni asirolmogʻim yoki yakkama-yakka jangda hoziroq chavaqlab tashlashim mumkin-ku!
— Yoʻq, Mahmudxon, — dedi yovuz Avazxon. — Sen bu ishga qodir emassan. Bir soʻzli odamsan. Aks holda men bu yerga sendan suyunchi soʻrab kelmasdim. Toʻgʻri, boshqa har qanday kishi mendek gʻanimni suyunchini hiyla oʻrnida ishlatib qoʻlga olishi hech gapmas.
— Xoʻsh, qanday xabar keltirding?!
— Egizak farzand koʻrding, Mahmud. Suyunchini qancha katta qilsang arziydi.

Mahmud Bahodirxon oʻzini yoʻqotib qoʻydi. «Olgʻa!» degancha yigitlarni ergashtirib chodiri tomon yeldek uchib ketdi. Ular chang-toʻzon bilan qavmi yoniga yetib kelganida, otlar juda charchagan, lekin zafar bilan qutlayotgan qardoshlarini koʻrib hech kim otdan tushmas, baqirib-chaqirib sultonga va uning yangi tugʻilgan zurriyotlariga umr tilashardi. Xaloyiqning shodligi ichiga sigʻmay baqirishidan hayajonlangan Mahmudxon olomonga ta’zim qilar, xudoga shukronalar aytardi. U ikki goʻdagini bagʻriga barobar bosganida ham oʻzini toʻxtata olmas, koʻzidan sevinch yoshlari quyilib kelardi. Sultonning shu vaqtga qadar koʻzida yosh koʻrmagan xaloyiq ham hayratdan ayjiga olib baqir-chaqir qilardi. Hamma shod-xurram. Faqat kelganidan buyon biror marta qovogʻi ochilmagan Avazxon bir chetda ulami kuzatib zerikib turar, hech kimning oʻzi bilan ishi boʻlmay qolganidan tinchi qochardi. Qayerdandir paydo boʻlgan asir xotini uni chetga chaqirdi.
— Sultonim, - dedi u talmovsirab. - Bolalaringiz va mening asirlikdan qutilishimizga yordam bering. Suyunchining evaziga bizni soʻrasangiz, Mahmudxon yoʻq demaydi...

Ichidan qanday oʻy kechayotgani noma’lum Avazxon «xoʻp» degandek bosh silkidi.
— Qani, suyunchixoʻr, oʻrtaga chiq, - dedi oʻzini bosib olgan sulton bolalarini enagasi qoʻliga tutqazarkan. - Neki tilaging boʻlsa soʻra!

Avazxon otdan tushmasdan, qilichning qinidan ushlaganicha magʻrur oʻrtaga chiqdi.
— Mahmudxon, men suyunchi haqida, menga in’om etishing kerak boʻlgan sovgʻa haqida oʻylab koʻrgunimga qadar, sening koʻklarga koʻtarib maqtaydigan dono qavming menga qanday maslahat berar ekan?
— Qani, el-ulus, Avazxonga yordam bering-chi, - dedi suyunchiga elboshilikni ham tortiq qilishga tayyor Mahmudxon jilmayib.
— Xotining bilan bolalaring asirlikdan ozod etilishini soʻra, -dedi kimdir.
— Bola - belda, xotin - yoʻlda, - dedi Avazxon beparvo.
— Haddingdan oshib, sultonlikni da’vo qila koʻrma, naq boshingdan judo qilmaylik, - dedi oʻsha kishi yana.
— Toʻrt-besh chaqa bilan tinchiginu, joningni hadya qilishganiga shukr qilib qorangni oʻchir...
— Suyunchi uchun uning kallasini olib qoiiga berish kerak! Odamlar uni ancha ermak qilib, ustidan kulishdi.
— Xoʻsh, — dedi Mahmud Bahodirxon. — Hal qildingmi?
— Ha, sulton, hal qildim. Men oʻzimga tegishli ulushni olib ketsam, qavmingni hech qachon ta’qib etmaslikka, yurtingni tinch qoʻyishga qasam ichib, soʻz beraman. Agarda men soʻragan narsani bersang-u, biror yigiting menga hamla qilsa, keyin hech qachon bu qavmni tinch qoʻymayman.
— Nima talab qilyapsan oʻzi?!
— Hamisha eng e’zozli boʻlgan qimmatbaho boyligingni ber!
— Mening eng qimmatbaho boyligim qavmim, elim! Lekin uni bermasligimni yaxshi bilasan. Sababi, men uni suyunchiga qoʻymaganman. Chunki yurt meniki emas, men yurtnikiman. Qolaversa, sen zolim va qonxoʻrsan.
— Yoʻq, Mahmud, bilaman, men sening elingga boshchilik qilolmayman. Men qanchalik zolim va qattiqqoʻl yoki insofli, adolatli boʻlmayin, qavming orasidan menga biror sodiq qul topilmaydi. Sultonliging oʻzingga siylov!
— Maqsadga koʻch, Avazxon, — sulton toqatsizlandi.
— Shoshma, Mahmudxon, har daqiqangni gʻanimat bil, chunki sen soʻzingda turishing, men talab qilgan suyunchini berishing kerak. Yoʻqsa, el orasida labzing yoʻqoladi. Yolgʻonchi boʻlasan!

Olomon jim qolgan Avazxonga angrayib, uning nafas olishigacha qiziqish bilan kuzatardi.
— Xoʻsh? - dedi sabri chidamay Mahmudxon.
— Menga sening boshing kerak, sulton!

Avvaliga olomon tushunmagandek, yanglish eshitgandek sukutga toldi. Keyin oʻziga kelgan shovvoz yigitlar birin-ketin qilichini qinidan sugʻurib, Avazxonga tashlandi. Tomoshabin olomon esa «ur, oʻldir» deb yigitlami qattiqroq jang qilishga undardi. Avazxon esankirab qolmadi. U bir necha yigitlarni yengil jarohatlasa hamki, chapdastlik bilan oʻzini himoya qilar, tan jarohati olmasdi.
— Bas, bas qil, olomon, - Mahmudxonning salobatli hayqirigʻidan, uning gʻazab bilan qilichini yerga suqib qilgan buyrugʻidan yigitlar tinchlandi.
— Bu nima toʻpolon?! Men oʻlganmidimki, hech bir ruxsatsiz beboshlik bilan qilichni qindan sugʻurasiz?
— U oʻylab gapirishni oʻrgansin, bek. Oʻziga nima kerakligiga hali aqli yetmas ekan, - dedi qoʻlidan jarohat olgan yosh yigit gʻazablanib.
— Bu tilagi bilan oʻziga goʻr qaziyapti, — dedi yana biri.
— Men, oʻzingizga ma’lum, hech vaqt ogʻzimdan chiqqan soʻzdan tonmaganman. Chunki yigit degan nomim bor. Men suyunchiga jonimni ham beraman. Avazxonning shartiga roziman!

Yana olomon qiyqirib, norozilik bildira boshladi. Avazxonning qulogʻi ostidan qayerdandir otilgan kamon oʻqi vizillab oʻtib ketdi. Uni kimdir nishonga notoʻgʻri olgan.
— Bu qanday bedodlik, Mahmudxon? Nahotki qavmingga hukmiiig oʻtmasa?! Axir, men notoʻgʻri, aytilmagan narsani talab qilganim yoʻq-ku! Oʻzimning ulushim — suyunchini soʻrayapman, xolos. Oʻzing aytgansan, suyunchixoʻr nima talab qilsa, beraman deb. Men qavming bisotidagi boylikni emas, sening boshingni soʻrayapman...
— Bas qil, olomon, bu ne tartibsizlik?! Garchi, orangizda yuzimni shuvut qilish istagidagi kimsa boʻlsa, mayli, bilganidan qolmasin, lekin meni sulton oʻrnida koʻrib, hurmat-ehtirom etuvchilar, sizlardan tinchlikni saqlab turishingizni soʻrayman. Hozircha bu yerda men sultonman, har qanday masalani oʻzim hal qilaman. Sultonning soʻzi qonun. Sizlar esa mening hukmimdasiz, — dedi Mahmud Bahodirxon.
— Ey sulton, — dedi el orasidan chiqqan bir oqsoqol. — Balki sen oʻzingni qahramon koʻrsatib, ogʻizdan-ogʻizga oʻtib doston boʻlish, shon-shuhrat uchun boshingdan kechishga rozi boʻlayotgandirsan. Biroq eling sendan soʻng qanday hukmdor qoʻli ostiga tushishi seni oʻylantirmaydimi?! Yangi dunyoga kelgan goʻdaklaring taqdiri-chi?! Xoʻsh, javob ber! Qavming va farzandlaringni kimga tashlab ketasan? Sen eling taqdiriga ham, bolalaring taqdiriga ham javobgarsan.
— Ha, hurmatli oqsoqol, men buni unutganim yoʻq. Lekin, ayting-chi, men bugun jangda shahid ketganimda ularni kimga ishonardim? Men elim va zurriyotimni yolgʻiz xudoning panohiga topshiraman. Undan qolsa, yaxshiroq elboshini oʻzlaringiz tanlarsiz. Elboshi boʻlishga oʻzga qavmdan asir tushgan abjir, aqlli bir yigit ham bor — Qoraxon. Men uni sizga tafsiya etaman. Qoraxon — mard yigit, lekin unga aslo.sharob tutqazmang. Yodingizda boʻlsa, Qoraxon ham men kabi sulton edi, lekin uning qavmini sharob yengdi. Men balki unga bas kelishim mumkin emasdi, lekin u oʻzini sharobga topshirib, el-ulusini toʻzgʻitib yubordi. Bu bizga birsaboq boʻlgandi. Lekin bugun mening ham ahvolim sizlarga va avlodlarimizga katta saboq boʻladi. Toki hech kim hech qachon el-yurtidan bemaslahat ish qilmasin! Inoq va boshi bir boʻlsangiz, gʻamga botmaysiz.
— Biz istamaymiz, Avazxonning oʻzini oʻldirish kerak...
— U bu yerdan omon chiqib ketmaydi.
— Oʻlim, Avazxonga oiim!..
— Yoʻq, xaloyiq, men soʻzimda turishim, or-nomusimni himoya qilishim kerak. Toʻgʻri, mening ham oʻlgim kelayotgani yoʻq. Lekin oʻsha kungi jindak xato, Qoraxonning soʻziga quloq tutmaganim, sizlardan bir ogʻiz maslahat soʻramaganim meni oʻlimga yuzlashtirdi. Oʻzingiz bilasiz, hayotimda birinchi marta sizlardan bemaslahat qilgan ishim edi, oxirgisi ham shu boʻlyapti. Agar kundaga bosh qoʻyayotib titrasam, bu qoʻrquvdan emas — sizlardan va begunoh goʻdaklarimdan bemahal ayrilayotganimdandir. Sizdan oʻtinchim — bolalarimni asrab-avaylang. Chunki ular mening or-nomusim, hayotim davomchisi, kelajagim...
— Bu telbalik, sulton, bunday qilma!
— Avazxonning oʻzini chavaqlab tashlash kerak.
— Oiim Avazxonga, u qachongacha tinchimizni buzadi?! Xaloyiq tinmay qiyqira boshladi. Ular sultonni ahdidan qaytishga undashardi.
— Bas, bas qiling, — deya Mahmud Bahodirxon qullariga oʻgirildi. — Menga qogʻoz va qalam keltiring!

Shu vaqt chodirdan madorsizlangan, yuzlari paxtadek oqargan Guljon chiqdi. U faryod koʻtarib, oʻzini sultonning oyoqlari ostiga tashladi.
— Sultonim, meni chavaqlab tashla...
— Tur oʻrningdan, Guljon, bu taqdir hukmi — kim peshonaga yozilganidan qochib qutulibdi...
— Sultonim, meni chavaqlab tashlasang ham kamlik qiladi. Bu tugʻilgan bolalar sening zurriyoting emas. Men senga ochiq aytaman — ular Qoraxonniki... Meni otning dumiga qoʻllarimdan, sochlarimdan bogʻlagin-da, sudratgin. El-yurt oldida gunohimni tan olganim uchun Xudo zora meni kechirsa... Soʻzlarimga inonmasang, Qoraxondan soʻra... Otlarga bogʻla, ular meni burda-burda qilib tashlasin. Istasang, qiliching bilan...
— Avazxon, boʻI tezroq, ulushingni olginu qorangni oʻchir. Men bu nomusga chiday olmayman.
— Menga qara, Mahmud, agar bir ogʻiz soʻz — «magʻlubman» desang, boshingdan kechdim.
— Aslo! Nomusga botib yashashdan oʻlim afzal. El-ulusdan boshqa vaqom qolmadi.
— Sultonim, bolalaring haqqi, men uchun shu soʻzlarni ayt, begim...
— Bolalaringning otasi — Qoraxon bor.
— Xudoni oʻrtaga qoʻyib ont ichaman. Seni ahdingdan qaytarish uchun aldadim. Qurboning boiay, begim, ayta qol, — Guljon sultonning oyoqlarini quchib, faryod chekib yigʻlardi.
— Quling boʻlay, begim. Oyoqlaring ostida tuproq boʻlay, sultonim. Ayt, yengildim, degin. Norasida goʻdaklaringni tashlab, meni qon qaqshatib ketma...

Guljonning ahvolini koʻrib, yigiamagan qolmadi. Uning hech qanday shon-shuhrat da’vo qilmaydigan jasorati, hatto nomusidan kechib, erining hayotini saqlab qolishga urinayotgani odamlarni tong qoldirdi. Ular shu nimjon jussaga shuncha matonat qayerdan kelganiga hayron edilar.

Sulton keltirilgan qalam va qogʻozni olganida, olomonning yana hayqirigʻi koʻtarildi. Sulton tez-tez nimalarnidir yozdi-da, muhrbosdi.
— Qani, Avazxon, sen ham muhr bos! — dedi u Avazxonga qogʻozni uzatib.

Avazxon shartlarni koʻzdan kechirib, muhr bosdi.
— Ey, Mahmud Bahodirxon, - dedi u. - Sen hiyla ishlatishni bilmasding. Lekin men seni hiyla bilan yengmoqdaman. Aslida seni hech qachon yengolmasdim. Sen meni magʻlub etgan kuning oʻz qoʻllarim bilan boshingni olaman, deb qasam ichganman. Men bu yerda keltirilgan shartlarga roziman. Men qusgan qusugʻini qaytib yalaydiganlar xilidan emasman. Shartni buzmayman hech qachon, har qanday ahvolga tushganimda ham, na oʻzim, na menga tobe biror qui yurting tuprogʻini bosmaydi. Boshingni olamanu ketaman. Lekin sen ham qavmingni ogohlantir — bu yerdan chiqib ketgunimga qadar yoʻlimga toʻgʻanoq boʻlishmasin. Manzilimga yetgach, nimaqilishsa roziman.
— Bas qil, yoʻqsa, seni oʻzim chopib tashlayman, — qahr bilan qilichini qinidan sugʻurgan Qoraxon Avazxonga tashlandi.
— Qoraxon, - gʻazab bilan baqirib uni joyiga mixladi sulton. — Nima, meni nomusdan oʻldirmoqchimisan? Unga qilich oʻqtalsang, men oʻzimni oʻldiraman. Tinchgina oʻlishga qoʻyinglar, axir, shar-misor qilmanglar meni...
— Oʻylab ish qiling, sulton, — dedi Qoraxon. — Yigʻish-tiring bu oʻyinni...
— Kunda keltiring, — sulton imo bilan chaqirib olgan quliga pichirladi. Oppoq oqarib ketgan Guljon behush yiqildi. Uni chodirga olib kirishdi. Sulton soʻnggi bor tilovat qilib olgach, el-ulusi bilan vidolasharkan, shunday dedi:
— Ahli qavmim, meni bilasiz, hech qachon ahdimdan qaytib, kulgi boʻlib yurmayman. Ruhim chirqirashini istamasangiz, Avazxon bu yerdan sogʻ-omon chiqib ketsin. Oʻlayotgan kishining soʻnggi soʻzi — vasiyatdir. Vasiyatni buzmoq — gunoh!

Olomon suv sepgandek tinchib qoldi. Sulton qullari keltirib qoʻygan kundaga bosh qoʻyarkan, bilinar-bilinmas titradi.
— Oʻzingga shukr, Parvardigor. Qani, Avazxon, boshla... - dedi u pichirlab.

Avazxon qilichini qinidan sugʻurib, kunda ustida turgan bosh uzra koʻtarganda olomon «uv» tortib yubordi.

Mahmud Bahodirxonning qonga boʻyalgan boshini olgan Avazxon hech qanday qarshiliklarsiz sultonning qavmini motamga topshirib, uning hududini tark etdi.