OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMehmed Seyda
Asar nomiDovyurak Ahmad (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Mehmed Seyda
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonHikoyat Mahmudova
Hajm16KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Dovyurak Ahmad (hikoya)
Mehmed Seyda

Loyga tushib ketib, kiyimlaringni iflos qilsang hechqisi yoʻq, tozalashga bersang, dogʻ-dugʻlarini ketkazib chinni-chiroqdek qilib berishadi. Ammo lekin erkaklik hamiyatingga dogʻ tushmagan boʻlsa bas u yaramasni na yuvib boʻladi, na qirtishlab boʻladi, oʻzingni qaynab turgan qozonga otsang ham foyda yoʻq. E’tirof etishim kerakki, hamma ayb oʻzimda, chunki avval boshdanoq qizchaga kanadek yopishib oldimda. Toʻgʻri, akasi qanday odam ekanligini eshitganimdan keyin, oʻzimni qoʻyarga joy topolmay qoldim. Lekin gʻisht qolipdan koʻchib boʻlgandi. Kunlardan bir kuni biz u bilan qorongʻi goʻshada quchoqlashib, oʻpishib turgandik, qizning oʻziyam xuddi zulukdek labimga yopishib olgandida, birdan: «Voy oʻlay, akam kelayotganga oʻxshaydi!» deb shivirlasa boʻladimi. Shunda bir tuyogʻimni shiqillatib qoldimku! Ishqilib, xudoning oʻzi asrasin, deb oʻylayman. Singlisi bilan aylanishib qolganimni koʻrsami koʻrishi ham gapmi! hatto gumonsirasa ham ishim pachava. Holimga maymunlar yigʻlashi turgan gap. Oyogʻimni qoʻlga olgancha qochib keta turib, orqamdan:
— Toʻxta! Hoy, vijdonsiz, hayvon!—degan ovozni eshitdim.

Oyogʻim oʻz-oʻzidan yurishdan toʻxtadi qoldi. Xuddi qoqqan qoziqdek, orqamga qarashga ham yuragim betlamay turardim. «Qoch, qochib qolsangchi, yigitcha, deb oʻzimni-oʻzim shoshirdim, kelyapti u, kelyapti». Lekin oyoqlarim joyidan jilmasdi. Qadamlar yaqinlashayotganini eshitib turibman. Ular yaqinlashgan sari jonim tovonimga tushib borardi. Lekin biron-bir narsa qilishga ojiz edim.
— Qani, bu yoqqa qarab, turq-tarovatingni koʻrsatchi!

Qayrilsam oʻsha! Qoʻllari choʻntagida. Xuddi qoʻngʻizni oyogʻi bilan ezgʻilashdan oldin yaxshilab koʻrib olmeqchi boʻlgandek, boshdan-oyogʻimgacha sinchiklab koʻzdan kechirib chiqdi. U baqrayib qarab turardi, mening esa qoʻrqqanimdan oʻtakam yorilay derdi. «Toʻgʻri tur,— deya uqtirardim oʻzimga-oʻzim,— chumchuq pir etsa, yuraging shir etmasin!» Lekin bari foydasiz edi.
— Isming nima, kallavaram?
— Ahmad.
— Xuddi oʻzi.
— Hecham unday emasda, ogʻajon. Men siz oʻylagan

Ahmad emasman!
— Uchir ovozingni!— dedi u.— Singlimni yoʻldan

urgan palid sen ekansanda.

Shundagina qizcha qandaydir Xurshid, Qizil yuz Faruk, Muzaffar Jingalak hamda Rifat Ayiq haqida gapirgani esimga tushib qoldi. Uz oyogʻimdan ilib oʻtiribmana, oʻshalardan birortasining otini aytib, suvdan quruq chiqib ketish lozim edi.
— Yoʻq, men men emas, ogʻajon.
— Sen, eshaksan! Shunday qilib, ona suti ogʻzidan ketmaganligini ham nazarda tutmagansan? Hozir dabdalangni chiqarmasam yurgan ekanman! Bir tepsam, Salanjakdan toʻppa-toʻgʻri dengizga uchib ketasan, mishiqi.
— Qoʻlingdan keladi, ogʻajon. Uchib ketishim turgan gap, ogʻajon. Seni deb oʻlimga tik qarashga ham roziman, faqat.
— Uchir ovozingni! Ortimdan yur!
— Rahm qiling, axir, men oʻz yoʻlim bilan uyga ketyapman, ogʻajon. Agar kechikkuday boʻlsam uydagilar xavotirlanishadi.
— Hechqisi yoʻq, xavotirlanaverishsin!

Qisqasi, uning ortidan ergashdim. Xiyobonga, undan soʻng parkka chiqdik. Agar u meni dabdala qilish niyatida boʻlsa, shahar boshqarmasi oldidan olib oʻtib yurmasdi, deb oʻylayman oʻzimcha. Usha yerning oʻzidayoq, ya’ni tutib olgan joyida surobimni toʻgʻrilab qoʻya qolardi. Darvoqe, boshga tushganni koʻz koʻrar, deb oʻylayman. U miq etmasdi, men ham yurak yutib bir nima demasdim. Maktabda yuz metrga yugurishda birinchi edim. Payt poylab turib, bir qochib beraman, shamolni daladan top, deyaver. Tutishga tutolmaydiku, lekin ish pachava boʻladida. Keyin payimga tushishi aniq. Qahvaxonaga bosh suqolmaysan. Qahvaxonasiz mening ham holim xarob, deyavering. Qari otam beradigan sarmoya yarim oyga ham yetmaydi, u yogʻiga oʻzim qarta oʻynab topishim kerak. Mayli, deb oʻylayman, nima boʻlsa boʻldi, ishqilib, tezroq bu azob-uqubatdan qutulsam boʻlgani. Oʻlimni kutish oʻlimning oʻzidan ham dahshatliroq ekanligi ma’lumku.

Parkka yaqinlashdik, kirarmikin, deb oʻylovdim, yoʻq, kirmadi. Yoʻlni Tunusbogʻi tomon burdi. Mana, Tunusbogʻini ham ortda qoldirib, —voh, ona-jon!—toʻgʻri qabristonga yoʻl boshladi! Xuddi buzoqday boʻgʻizlaydi, biror tirik zot eshitmaydi. U devor tagidan, qoʻsh fonus oʻrtasidan qorongʻiroq joy topdida, yana menga tikilib qoldi.
— Erkakmisan?
— Soyayi davlatlarida, ogʻajon!
— Sen erkak emassan, haromi! Erkaklar andishali odamlarning singlisiga ilakishib yurmaydi. Nomusli qizlarni sharmanda qilmaydi.
— Olloning rahmi kelsin, nahotki, men, ogʻajon. Men hech kimning singlisiga osilmaganman. Hatto chumoliga ham ozor bermayman-ku.

Ogʻaynilarim gapga chechanligimni yaxshi bilishadi. Lavashangroq odamlarni boplab qoʻlga tushiraman, keyinchalik, koʻzlari moshdek ochilgandan keyin boshimdan suv oʻgirnb ichishadi. Qarasam, la’natining qoʻllari avvalgidek choʻntagida. Ulardan birini chiqarishi Turgan gap. Faqat qaysi birini? Oʻnginimi? Chapinimi? Chiqarishga chiqaradi-yu, lekin qachon? Jonim tovonimga tushib ketdi. Pichoqni koʻriboq juftakni rostlab qolmaslik uchun ham, otning kallasidek yurak kerak.
— Seni Betyul bilan Kadikida kinoda, keyin, Anadoluxisarada avtobusda koʻrishibdi-ku.
— Kim koʻribdi, ogʻajon? Hammasi yolgʻon, aldasam til tortmay oʻlay.
— Birovlarni yolgʻonchiga chiqaradigan boʻlsang, miyangdan darcha ochib qoʻyaman, unda dodingni xudoga aytaverasan!— dedi u jahl bilan.
— Men aytmoqchiydimki, ogʻajon, kim koʻrgan boʻlsa Ham adashtirganga oʻxshaydi, xudo haqqi, rost aytyapman, na Kadikida, na Anadoluxisarada boʻlmaganmiz, kinoga ham bormaganmiz.
— Uzingga oʻxshagan akangmi, ukangmi bormi?
— Yoʻq, ogʻajon,— deb javob qildimu, oʻzim boshimni egib oldim.— Ota-onamning yakkayu-yolgʻiziman. Mana, uyga ham kechikdim.
— Mishiqi! Xotinlarga oʻxshab titrab-qaqshashiga oʻlaymi, uyga kechikkanmish! Mendan ham qoʻrqmaysanmi? Mening kimligimni eshitmagan koʻrinasan, itvachcha?
— Eshitmay oʻlibmanmi! Allaqachon eshitganman, ogʻajon. Aytishlaricha, yaqinda— xudo qoʻlingni doim baland qilsin—tekinga vino berishni xohlamagan boqqolning boshiga butilka bilan boplab tushiribsan. Qahvaxonada aytishlaricha, boqqol qoʻrqib ketganidan uchastkada hamma aybni oʻz boʻyniga olibdi. Hech qanday da’voim yoʻq, oʻzim aybdorman, uni yomon soʻzlar bilan soʻkkandim, debdi. Bizning bolalar:

«Agar biz shunaqa qiladigan boʻlsak, uchastkada kunimizni koʻrsatib qoʻygan boʻlishardi», deyishyapti. Qahvaxonadayam, Rifat Ayiqdan ham shunaqa deb eshitdim.

Bu maqtovlarni eshitib, u bir oz yumshaganday boʻldi.
— Bilsang, nima jin urib singlimni boshini aylantirib yuribsan, haromi? U bilan koʻchama-koʻcha sanqib yurganmishsan, hali qizni badnom qilmoqchimisan? Men uni tamaki fabrikasidan chiqarib oldim, xoʻsh, nima uchun? Unga ilakishishyapti! Bitta-yarimta itvachchani ichak-chovogʻini boshiga salla qilishga toʻgʻri keladi shekilli, unda javobgar boʻlishdan boshqa gap yoʻq.
— Lekin men, ogʻa, unaqa yigitlardan emasman, toʻgʻrisini aytishim kerak. Bizning ahdimiz qat’iy.

Tilimga kelgan gapni valdirayverdim. Endi uning javob qilish gali edi, vaqtdan yutish uchun, yolgʻon-yashiqni toʻqiyverdim.
— Xudo xohlasa, litseyni eson-omon tugatib olsam, biz turmush quramiz, ogʻa. Shunga ahdlashganmiz. U rozi, men ham. Ulay agar!
— Aldamayapsanmi?

Aftidan, ilgarigi shahdidan qaytganga oʻxshaydi, gardanini qashib qoʻydi.
— Aldab oʻlibmanmi,— dedim,
— nima deb oʻylovding? Axir, sening qanaqaligingni bilaman-ku!
— Yoshing nechada?
— Litseyning ikkinchi sinfidaman, mening boʻyimga qarab baho bermang, oʻn sakkizga kirganman, ogʻa.

U yana gardanini qashib qoʻydi.
— Nima ham derdim, agar gap shunday boʻlsa, unda roziman.

Toʻgʻrisini aytsam, bu toʻnkadan xamirdan qil sugʻurganday qutulish yetti uxlab tushimga kirmovdi. Agar uning oʻrnida Muzaffar Jingalak boʻlganda qarmoqqa ilinmasdi, quruq va’dalarga quloq solib oʻtirmasdi. Bu kallavaramga esa faqat boʻyinturuq yetishmadi xolos: boʻyniga bogʻla-yu, xohlagan tarafingga boshlayver. Shunaqa gaplar! U qanday qilib bozorga soliq solish yoʻlini topdiykin?!

Yuragim joyiga tushib, nafasimni rostlab oldim. Unga qasdma-qasdiga qoʻlimni choʻntagimga tiqdim. Keyin lofni urib ketdim:
— Eshitganmisan yoʻqmi, bunisi menga qorongʻi, ogʻa, otam kiyim-kechak tozalovchi. Har yili yozda. men uning qoʻlida ishlayman. Agar astoydil harakat qilsam, yaxshigina master boʻlishim.mumkin. Faqat litseyni tugatib olsam boʻlgani.
— Oʻqishing qachon tugaydi?
— Agar omon-esonlik boʻlsa ikki yildan keyin, ogʻa.
— Agar master boʻladigan siyoqing boʻlsa, oʻqish senga chikora, tirmizak?

Men tupugimni yutdim.
— Bilasanmi, chamalab koʻrsam, bu ishda kosam oqaradigan emas. Shuning uchun amaldor boʻlishga qaror qildim.

Til meniki, deb gapiraverdim. U shu zahoti gapimni boʻldi.
— Boʻlmagʻur gaplarni qoʻy, tirmizak! Masterovoy boʻlishga ahd qildingmi, masterovoy boʻlasanda Amaldor boʻlsang, sendan nima foyda? Tinchgina ustaxonangga borib, otang bilan ishlayver, bizni ham unutma!

Koʻngillari yana nimani tusarkin. Axir, bu qipqizil oʻgʻirlikning oʻzginasi-ku! Xap, sanimi, deb oʻyladim
— Bajonidil,— dedim.
— Men mardona soʻzni hurmatlayman. Agar sen mard boʻlsang, soʻz berdingmi, uddasidan chiq. Litseyingni yigʻishtirib, tezroq toʻyni qil. Bir oy muhlat beraman!

Poʻpisa qilayotganga oʻxshaydi-yu, lekin ovozi hamda koʻz qarashida jiddiylik yoʻq.
— Bajonidil, ogʻa- Soʻzlaringizni yuragimga jo qildim
— Yuragingga jo qilasanmi yoki boshqa joyinggami bu sening ishing,— dedi u. Endi joʻnab qol, qorangni ham koʻrmay!

Osongina qutuldim shekilli Toʻgʻrirogʻi, oʻzimcha, oson qutuldim deb oʻyladim Ertasiga kechqurun chol qovogʻidan qor yogʻib keldi. Menga dam-badam qarab qoʻygancha, boshini chayqab, olloga iltijo qilardi. Hammasi tushunarli. Ovqatlanib boʻlganimizdan keyin yorildi.
— Nima gunoh qildim, dada?—deb soʻradim
— Yana nima qildim deydi-ya, padar la’nati! Birovning qizini yoʻldan uribsan-ku. Oʻgʻlim har xil tayin-taxsiri yoʻq, qalangʻi-qasangʻilar bilan ilakishmasin, bizga oʻxshab har bir boshliqning oldida yetti bukilib yaltoqlanmasin deb, oʻqitib odam qilmoqchiydim U boʻlsa izzatiga tupurib oʻtiribdi— Keyin kampiriga oʻgirildi:—Men senga kaltaklab turmasang, odam boʻlmaydi, degandimku Sen doim uning yonini olganing-olgan edi? Ana endi befahm eshakka aylanibdi-qoʻyibdi, urganing-soʻkkaning bilan bir mirilik foydasi yoʻq. Hammasi tamom! Uning akasi, manman degan shpana bugun ustaxonaga keldi Men biron buyurtmachi boʻlsa kerak deb oʻylab, izzat-ikrom bilan kutib oldim U boʻlsa menga: «Mana shunaqa gaplar, otaxon, yo qizga yaxshilikcha uylansin, yoki doʻkoningdan umidingni uzaver»,—dedi. Naq giribonimdan tutdi. Unga nima? Aytganini qilmay qoʻymaydi. Politsiya uning mushugini pisht deyolmaydi-ku, menga yoʻl boʻlsin.

Oʻshandan beri qari tullak men tomonga qiyo ham boqmaydi, hatto gaplashmay qoʻydi. Puldan ham siqa boshladi: qizni yedirib-ichiradigan ahmogʻing yoʻq. Aksiga, qartada ham omadim chopmasdi. Buni qarang-a, qartalarga xol qoʻyib belgili qilib qoʻyilgan boʻlsayam bari bir pand beradi! Yugurdakka: «Ogʻayni, ishim yurishmayapti, ish pachava, ozgina qarashvor!»—dedim-yigitcha moyanasidan tikdi. Bir marta, ikki marta qarz berdi, axir qachongacha bu hol davom etishi mumkin?! Bu orada qizning akasi bergan muhlat ham oxirlab qolgandi. Kunlardan bir kuni u koʻchada giribonimdan boʻgʻib oldi. «Uylayapman»,— dedim jon holatda. Bu soʻzni aytishga ulgurmasimdanoq shunaqangi surobimni toʻgʻriladiki, keyinchalik oynaga qarab oʻzimni-oʻzim taniyolmay qoldim Mirshabxonaga sudradim, lekin guvohlarimiz yoʻqligi uchun hech ish chiqarolmay, ikki qoʻlimni burnimga tiqib qolaverdim. Bir necha kundan keyin cholning ustaxonasidagi hamma oynalarni sindirib ketishdi. Kim? Qani topib koʻr-chi! Katta komissar uni chaqirib, mening oldimda soʻroq qildi. U boʻlsa yettita hamshishasini guvohlikka chaqirdi, ular uning kun boʻyi Beshiktoshda boʻlganligiga qasam ichishdi. U yana suvdan quruq chiqib ketdiyu

Avvallari, qahvaxonadagi qarta oʻyini tugashi bilan qizcha hoziru nozir boʻlardi, keyin biz yarim soatcha biron-bir devor tagida sevgi nashidasini surardik. Hatto chaqirmasam ham, oʻzi kelaverardi Endi boʻlsa akasidan qoʻrqqanidan qorasini ham koʻrsatmay qoʻydi, men boʻlsam ahmoq boʻlib qaqqayib turib-turib ketaman.

Qari tullak esa butunlay ishini tashlab qoʻydi, qora xayollarga berilib oʻtirar, ora-chora menga xuddi tirik odam emas, murdaga qaraganday qarab qoʻyardi. Keyin kampir bilan shivirlashib oldida, goʻyo tobut ustida sura oʻqiyotgandek:
— Uylanishingga toʻgʻri keladi, boshqa iloji yoʻq,— dedi.— Lekin oʻqishni tashlamaysan. Seni odam qilishga ahd qildimmi, qilaman! Qizni uyga olib kelamiz, biz unga qarab turamiz. Taqdiri azalda yozilganidan qochib qutulolmaysan!—deya qaygʻuli xoʻrsindida, qoʻshib qoʻydi:—Peshana ekan-da!

Men qarshilik qilgan boʻlib, Et’emza kvartalida yashaydigan amakimnikida yashirinib tursam boʻladi, dedim. Shu vaqt onam sensiz menga hayot yoʻq, deb sarkashlik qilib qoldi. Darvoqe, shuni aytishim kerakki, men ham usiz kun kechirolmayman. Bechoragina, meni ta’minlash uchun ba’zi-ba’zida cholning choʻntagiga tushib turardi.

Olishuvimizdan uch hafta, ustaxonaning oynasini sindirib ketishganiga ikki hafta oʻtganidan keyich Betyul bilan toʻyimiz boʻldi. Toʻyni biznikida, kamtarona, oʻzimiznikilar orasida qildik Qari tullak xalfasi bilan shogirdini chaqirdi, mening ikki-uch ogʻaynilarim boʻldi. Kelinning akasi esa ichkilikboz hamda tomteshar sheriklarini boshlab keldi. Toʻyda bir-ikkita ayollarni demasa, nuqul erkaklar yigʻilishdi. U gurziday mushti bilan yelkamga bir tushirdi-da:
— Erkak bilan erkakdek, erkakchasiga bu ishni toʻgʻriladik,— dedi.— Yashavor

Shunda men oʻzimni tutib turolmadim-da, hechdan koʻra kech, deganlaridek, kimligimni koʻrsatib qoʻymoqchi boʻldim:
— Sen bu ishni tashla — chapak chalib boʻlding. Tilingni tiy!— Javob unga yoqib tushdi. Ayniqsa, «tiy» soʻzini ishlatganim.
— Mard yigitsan, qoʻlingni ber, oʻpib qoʻy!
— Nari tur! Yana bir gap: sheriklaringga ayt, qoralarini koʻrsatmasinlar.
— Buyrugʻing bosh ustiga, kuyovjon!
— Aroq ichishni bas qilinglar!
— Rosayam dovyurak yigitsanda, kuyov Aytganing bajo keltiriladi!

Uning boʻyiga tenglashish uchun hatto oyoq uchida turdimda, shishib ketgan basharasiga tik qarab:
— Bemaza qiliqlaringni yigʻishtir, oʻtganning oʻrogʻini, ketganning ketmonini olishni bas qil!— dedim.— Oilamizning nomus va obroʻ-e’tiborini saqlamoq kerak. Mening xotinim, ya’ni sening singlingning ham izzat-nafsi bor. Ichkilikka pulni har hafta ustaxonada olasan.

Men qovogʻimdan qor yogʻib, u boʻlsa qoʻyday yuvosh tortib turardi. Albatta, boshqa vaqt boʻlganda, kulimni koʻkka sovurgan boʻlardi-ya. Mehmonlar ham uning qoʻyday yuvosh tortib qolganiga qarab ogʻizlarini ochgancha hayratlanishardi.
— Eshitaman, kuyov,—dedi u,— sen rostdanam dovyurak ekansan!

Mehmonlar dong qotgancha bizga koʻzlarini paxtasini chiqarib tikilib qolishdi.

Ana oʻsha kundan keyin meni Ahmad Dovyurak, deb atay boshlashdi. Uskyudarga kelib, kiyim tozalovchi Ahmadni soʻrasang — hech kim bilmaydi. Ahmad Dovyurakni soʻrasang —hatto uch yoshli mishiqi ham mening oldimga boshlab boradi.