OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMilorad Pavich
Asar nomiGullash mavsumidagi allergiya (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Serb adabiyoti
Boʻlimlar
   - Simvolizm
Mualliflar
   - Milorad Pavich
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonGoʻzal Begim (Rus tilidan)
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Gullash mavsumidagi allergiya (hikoya)
Milorad Pavich

1973 yilning bahor tashrifi yaqinlashdi. Yaxshi bilamanki, ilk maysalar va gulchanglar paydo boʻlishi bilan qirq uch yillik hayotimda oʻttiz toʻrtinchi marta gullash mavsumidan allergiyaga duch kelaman. Bu kasallikka qarshi olib borgan urinishlarimdan shuni bildimki, kasallikning yagona davosi (albatta, vaqtincha) – dengiz. Faqat ugina meni yilning bu mavsumidagi chorasiz, chalkashib ketgan koʻzlarim, lablarim, burun teshigi va terilarimni tobora kuchli zabt etayotgan turli hidlardan himoya eta oladi. Gullash boʻroni faqat quloqlarimgagina rahm-shafqat qildi, xolos. Dengiz bugʻlanishi, tuzli shamol, yod, suv osti oʻtlari, qirgʻoqqa urilayotgan toʻlqinlarning mayin ifori, ehtimol, quruq va namchil havoning toʻqnashuvi, quruqlikdagi giyohlar jangiga duchor boʻlish holati – bular hammasi meni juda oson oʻz izmiga oldi. Toqqa qilgan sayohatim haqida gap boʻlishi mumkin emas. Vodiyda gullaydigan giyohlar togʻlarda kechroq gulga kiradi. Tepaga harakatlanish odamni xastalikka solgandek tuyuladi. Men esa dengiz tubigacha tushishim zarur. Har yili yozni qora non va oq sharob tamaddi qilib oʻtkazadiganim – Stona emas, bu gal janubiy qirgʻoqqa borishga ahd qildim. Yilning gullash mavsumini hech bir doʻstim men bilan oʻtkazishni xohlamadi. Kiyimlarim solingan koʻk sumka, bir shisha vino, yangi terilgan qoʻziqorin, konservalangan loviya, dudlangan ikkita kolbasani oldim-u, mashinaga yolgʻiz oʻtirdim. Allergiyaga qarshi iste’mol qilgan dorilarimdan oʻzimni tetik his qilib, Nish va Uskufning qisqa yoʻllaridan Egey dengizining janubiy sohillariga joʻnab ketdim.

Kun botayotganda Stobida qisqa muddatga toʻxtab, mashinadan vino va yeguliklar oldim. Rim amfiteatri ortidagi issiq buloqqa piyoda yetib bordim. Bir qarashda u yerlar maysazorga aylangan, ichkarisi oz-moz qoʻru quvvatini yoʻqotgan. Lekin yillar u yerdagi bir yuz yigirma oʻrinlik tomoshabinlar oʻrindiqlariga oʻz soyasini tashlamagan edi. Namchil havo, toshlar bilan oʻralgan bu joyda quyosh hamda gul changidan xayiqmay bemalol dam olsa boʻladi.

Aktyorlar uchun moʻljallangan yoʻlakdan yurib kirarkanman, shishani, yeguliklar solingan idishni sahna oʻrtasidagi katta tosh ustiga qoʻydim-da, u yerdan shitob bilan uzoqlashdim. Qurigan shox-shabbalarni yigʻib, sahnaga olib keldim, gulxan yoqishga chogʻlanib, oʻt qaladim. Gugurtning «chirt» etgan tovushi amfiteatrning eng oxirgi qatorigacha yetib borishini kutgandim. Biroq maysalar, dafna va brusnikalar oʻsib yotgan amfiteatr hovlisi chekkalarida hech bir tovush tarqalmadi. Har xil poʻpanak va botqoq hidlaridan xalos boʻlish istagida olovga tuz sepdim, qoʻziqorinni vino bilan yuvib burchakka qoʻydim. Soyada oʻtirib, quyoshning bir joydan ikkinchi joyga yengil koʻchib, botishga qay taxlit hozirlik koʻrishini tomosha qildim. U teatrni tark etganida qoʻziqorin va kolbasani olovdan olib, loviyali bankani ochdim, tamaddi qilishga oʻtirdim.

Amfiteatr hovlisida taralayotgan tovushlar shu qadar benuqson ediki, ularning qaysidir bir boʻlagi ogʻzimga kirar, birinchidan sakkizinchi oʻrindiqqacha har biri birday tushunarli aks-sado qaytarar, biroq men tomonga qaytayotganda turfa xilda jaranglardi. Ovqatlanayotganda aks-sadolar men bilan birga tamaddi qilayotganday, hech boʻlmaganda tomoshabinlar menga hamroh boʻlib ogʻzini ishtiyoq bilan chapillatayotganday tuyuldi. Tosh oʻrindiqqa kimningdir ismi yozilgandi. Qaysi bir ismlar ayollarga dahldor edi. Nima boʻlmasin, bir yuz yigirma juft quloq har bir aks sadoni maroq bilan tinglar, Stobi teatridagi xatti-harakatlarimni sinchkov kuzatar, kolbasani men bilan birga kavshardi. Agar yeyishdan tiyilsam, ular ham tomogʻiga bir nima qadalganday toʻxtashar, mening harakatga kelishimni poylashardi. Bunday kezlarda pichoq biror joyimni kesib yuborishidan, barmogʻimdagi yangi jarohat hidlari meni muvozanatdan chiqarishi mumkinligidan, ikki ming yildan beri tomirimda qiynalayotgan qonlar menga tashlanib, boʻlak-boʻlaklab tashlashidan hayiqaman.

Tushlikdan soʻng bir boʻlak kolbasani choʻqqa tashlab, qizarib pishishini kutdim, soʻngra olovni vino bilan oʻchirdim. koʻmirning chirsillashida amfiteatrdan eshitilayotgan «sh-sh-sh» tovushi panasida manzaralarni kuzatdim. Pichoqni gʻilofga solarkanman shamol beozor esdi, sahnada gulchanglar aylandi, aksa urdim-u, bexosdan qoʻlimni kesib oldim. Tomchilayotgan qondan toshga iliqlik yugurdi...

Agar men toʻgʻri tushungan va xotirlagan boʻlsam, bundan soʻng nimalar yuz bergani, bu soʻzlarni kim yozayotgani mavhum edi.