OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMilorad Pavich
Asar nomiIblis ter tomchilari (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Serb adabiyoti
Boʻlimlar
   - Simvolizm
Mualliflar
   - Milorad Pavich
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonGoʻzal Begim (Rus tilidan)
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Iblis ter tomchilari (hikoya)
Milorad Pavich

Ilk oʻram – hammamizni oʻrab turgan yomgʻirpoʻsh haqida tasodifan bilib qoldim. Avvalo, uni atrofimdan, serb imperatorining halokatiga sabab boʻlgan, uning ramziga aylangan «Iblis ter tomchilari» qishlogʻidan izladim. Sibirda qishning 40 daraja sovugʻida terga botgan odamni uchratgandim. U XVIII asrga oid eng sof dalil, shuning oʻzi toʻgʻri yoʻldaligimni koʻrsatadi.

Biz soʻz yuritayotgan odam 1664 yilda, dehqonlar hali-hanuz haydaladigan shudgorlardan qadimiy tangalar topib oladigan, chaqaloqning ilk qirqilgan sochi olovga tashlanadigan joyda– Gersegovinada tugʻilgan. Bolaligini qum-tuproq bilan toʻldirilib, uzum qalamchasi oʻtkazilgan qayiqchada oʻtkazgan. Har yili kuzda, uzum pishganida Neretve boʻylab dengizda, qarindoshlari nufuzli savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullanadigan Dubrovnikka qarab yoʻlga tushadi. Bechir – pasha Chengich ularning oila a’zolarini qonga boʻktirganida hikoyamiz qahramoni Jitomislich monastirida oʻqirdi, oʻqishni davom ettirish uchun Dubrovnikka, u yerdan Konstantinopol, Rim, Moskva va boshqa shaharlarga joʻnab ketadi. Bu yosh yigit ulkan oila merosi tarqab ketmasligini va ajdodlaridan oʻtib kelayotgan katta miqyosdagi savdo ishi toʻxtab qolmasligini istardi. Vatandan olisda yashar ekan turk hukmronligi ta’siri ostiga tushdi, oʻzi uchun gʻayrioddiy, xavfli, biroq foydali mashgʻulotni tanladi. Begona shaharda yollanma elchi, sayyohga aylandi. Nasroniylikka sharqona nazokatga toʻla e’tiqod bilan qarar, Portdagi nayrangli holatlarni tushunishga intildi, Konstantinopolda ingliz elchixonasi qoshida tilmochlik bilan shugʻullandi, keyin uzoq yillar Rossiyada xizmat qildi. Uning ikkinchi diplomatlik mavqei chorak asr davom etdi, Rossiya imperiyasining muhim yigʻinlarida har doim ishtirok etdi. Buyuk Pyotr nomidan Yassada moldavan knyazi bilan hujjat imzoladi. Prut sultonlari bilan shartnoma tuzdi, Poltava jangida ishtirok etdi. Nihoyat, nasroniylar rusumlariga koʻra Virjiniya Trevizan bilan nikohlangach, Rimga ketdi. U yerda 14 noyabr 1720 yili Papa Kliment qabulida boʻldi. 1721 yilgacha – Papa Klimentning oʻlimigacha Rossiya va butxonalar oʻrtasida muzokaralar olib bordi. Hayotidagi eng muhim missiyasi – oxirgi nafasgacha Trevizan sulolasiga mansub boʻlgan rafiqasiga sadoqatli boʻldi. Buni Franchesko Gvardining Tintoretto porti, Del-Ravano koʻprigi, Prokuratsio-vekko binosidagi kartinalarda koʻrish mumkin. Keyinroq Peterburgga koʻchib keladi, Buyuk Pyotrning birinchi qizining tugʻilish sanasiga bagʻishlangan tantanada ishtirok etadi.

Uning bir maromda kechayotgan hayotida 1725 yilga kelib oʻzgarishlar roʻy berdi. Azal-azaldan Rossiyadan Xitoyga Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. Bu yoʻllarda oxiri koʻrinmaydigan karvonlar arqonday chiziq tashlab oʻtishgan. Buyuk Tartariya orqali Xitoyga gazlama, teri, qunduz va oqsuvsar moʻynasi, attorlik mollari, saxtiyon hamda qogʻoz olib borilgan. Karvonlar Moʻgʻulistondan to Pekingacha xitoy soqchilari tomonidan qoʻriqlangan, oradan vaqt oʻtib, chinni, paxta, tilla, olmosga toʻldirilgan mollar bilan ortiga qaytgan. Xitoyliklar kutilmaganda, 1725 yili karvon yoʻllariga chek qoʻyishdi. Keyingi gal Xitoy va Rossiya oʻrtasida aniq bir chegara hududlarini belgilash, bu javobgarliklardan qaysi birini Xitoy, qaysi birini Rossiya savdogarlari oʻz zimmasiga olishi yuzasidan kelishmovchilik yuzaga keldi.

Podshoh saroyi uni barcha zaruriy hujjatlar bilan ta’minladi: diplomatik pasport, Ulugʻ Pyotrning vafot etganligi guvohnomasi, Yekaterina Birinchining taxtga oʻtirishi haqidagi koʻrsatma, ikki imperator orasida ish yuritish ishonch yorligʻi, nihoyat, 30 avgust 1725 yilda malikaning Xitoy imperatoriga oʻz qoʻli bilan yozgan maktubi. U oʻzi bilan birga kelib chiqishi Perast shahridan boʻlgan, Boka-Kotorsk koʻrfazida yashovchi, katolik mazhabini qabul qilgan shoir Ivan Krushalani, bir rus zobitini, Konstantinopol qul bozorida oʻgʻli bilan birga sotilib, provaslav mazhabiga choʻqintirilgan arabni Buyuk Pyotrga sovgʻa tariqasida keltirgan edi. Arab chiroyli va xushbichim edi, ayni paytda katta rus harbiy qismini boshqaradi. Bu missiya 1728 yilgacha davom etdi, oʻtgan vaqt ichida mohir elchi soqchilar kuzatuvida Pekinga keldi. Xitoy imperatori tomonidan qabul qilindi, muzokaralar olib bordi, mahalliy elchilar, mahfiy politsiya xodimlari bilan aloqa oʻrnatdi. Xitoy vakillari bilan birgalikda 6 ming kilometrlik chegara masofasini bosib oʻtdi. U Sibirda hayotining eng ogʻir damlarini yashadi. Bu yerda uning peshonasiga hayot bilan vidolashuv terlari tushi, 40 darajali sovuqda gir-atrofini qorlar oʻrab olganida garchi Xitoy imperatori nomidan muzokaralar qilish uchun joʻnatilgan boʻlsa-da, bular mutlaqo shaxsiy qiziqishlari tufayli roʻy berayotganini his etdi. Oʻz qiziqishlarini susaytirmay podsho qarindoshlaridan birining tutqun qilinishi sababli Pekinga chopar yuborib, uning Xitoy ofitserlari kuzatuvida ortga qaytishini kutdi.

Hamma ish oxiriga yetgach, Sibirda Troitskosavsk qishlogʻiga asos soldi, Muqaddas Savva Serbskiy cherkovini qurdi. Chegarada yozuvli yogʻoch but oʻrnatdi:

Muqaddas
Belgi
Rossiya chegarasi va Xitoy imperiyasi oʻrtasida oʻrnatildi.
1727 yil iyun oyi 26 sanasi

Xochga bitilgan bu yozuv oʻsha kundan boshlab, Xitoy bilan Rossiya oʻrtasidagi chegaraga aylandi.

Flamandiyalik musavvir Antonis Van Deyk bu chegarani oʻrnatgan odam keksaygan chogʻlarida Venetsiya libosida qanday koʻringanini, olmos toʻgʻnagʻich bilan bezatilgan bosh kiyimini, oʻz-oʻzini tush koʻrgan qora koʻzlarini asarlarida ifodalab bergan. Keng qora yomgʻirpoʻsh kiygan. Unda Van Deyk[1] kartinasining nafis chiziqlari aks etgan. Asarda hammamizni oʻrab olgan ilk qavat ifodalangan boʻlib, u olis Sibir kengliklaridagi abadiy qorlarday har birimizning yelkalarimizni egallab yotibdi. Bu – menga askar hikoya qilib bergan «Iblis ter tomchilari». Uning soʻzlariga ishondim, shunda bu mening ham oʻz terimga aylandi.


  1. Xitoy elchixonasining asoschilaridan bo‘lgan uch nafar shaxs adabiyotda o‘zining yorqin izlarini qoldirishgan: ulardan birinchisi elchining o‘zi – Savva Vladislavlevich, graf Raguzinskiy (1664-1738) bo‘lib, u o‘zining Xitoy sayohatlari asosida “Xitoy hukmronligining qudrat va holatlariga oid maxfiy ma’lumotlar” nomli memuar asarini yozib qoldirgan; xristianlikka cho‘qintirilgan Ivan Krushala Xitoyni o‘z she’rlarida tasvirlagan; yosh arab, elchixona kuzatuvchisi, harbiy otryad boshlig‘i Abram Petrovich Gannibal Aleksandr Sergeyevich Pushkinning ona tomonidan katta bobosi bo‘lgan.