OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Mirkarim Osim. Temurmalik (afsona)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifMirkarim Osim
Asar nomiTemurmalik (afsona)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Mirkarim Osim
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm23KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Temurmalik (afsona)
Mirkarim Osim

Xoʻjandni ikki boʻlib oqqan Sirdaryoning oʻrtasida, shahardan bir chaqirim quyiroqdagi orolda qadimdan qolgan bir istehkom bor edi. Chet el istilochilari va koʻchmanchilarga qarshi kurashda xalqning joniga oro kirgan bu koʻhna qal’aning burjlari oʻpirilib ketgan, darvozalarining ba’zi yerlari buzilib, omonat boʻlib qolgandi. Boshiga ogʻir kunlar kelgan-da Xoʻjand ahli yana shu eski qal’aga panoh izlab keldi.

Chingizxon behisob lashkarlari bilan oʻtrorga yetib kelgach, bu shaharni qamal qilib olishni oʻz oʻgʻillari oʻktoy bilan Chigʻatoyga topshirib, Xoʻjand shahri ustiga sarkardalari Soʻktu bilan Uloq noʻyonni yuborgan, oʻzi esa katta qoʻshin bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon yoʻl olgan edi.

Xoʻjand viloyatining hokimi Temur Malik daryo oʻrtasida-gi qal’ani mustahkamlab, moʻgʻullar bilan jang qilishga jazm etdi.

Sir boʻyi ajoyib bir manzara kasb etgan: qirgʻoqqa toʻplan-gan kishilarni son-sanoqsiz qayiqlar va kemalar orolga tashimoqda, ketmon, bel, arra, andava, tesha, bolta ushlagan kishilar sabrsizlik bilan oʻz navbatlarini kutmoqda edilar. Qal’a tepasidan yuzlarcha odamlar chumolidek uymalashib, devor va burchlarning shikastrextini tuzatmoqdalar.

Hamma xasharchilar orolga oʻtib olganlaridan keyin ish jadallashib ketdi. Havoga tutun kabi koʻtarilgan chang-toʻzon, gʻala-gʻovur ovozlar ishning yurishib ketganidan dalolat berardi. Kuch-quvvatni ayamay, ishtiyoq bilan ishlayotgan hasharchilar orasida oʻqtin-oʻqtin baland boʻyli bir kishi paydo boʻlar, oʻzini hurmat bilan qarshilagan hasharchilarning ishlariga kushoyish tilab, ishda mahorat koʻrsatgan ustalarga tashakkur bildirar, sust ishlayotganlarga piching otib qoʻyardi. Bu kishi Temur Malik edi. U ba’zan orqasidan ergashib yurgan mulozimining yelkasidagi xurjundan bir qism tanga olib, yaxshi ishlayotgan kishilarga ulashib berardi.

Ikki hafta ichida qafaning shikastrexti tuzatildi. Qal’aga himoyachilar uchun bir yillik ozuqa, qurol-yarogʻ tashib keltirildi. Mingdan oshiq bahodir va merganlar, yuzga yaqin kema-soz ustalar istehkomga joylashtirildi. Xotin, bola-chaqalar, chollar togʻli qishloqlarga joʻnatildi.

Temur Malik bola-chaqasi bilan xayrlashish uchun hovlisiga kirdi. Xizmatkori Odina aravakash bilan sandiqlarni soyabon aravalarga ortayotgan edi. Ichkarida esa xotini bir yashar oʻgʻlini koʻtarib, erining kelishini sabrsizlik bilan kutib turardi. Xotini uni koʻrib yigʻlab yubordi, oʻgʻli esa yaltiroq dubulgʻa kiygan otasini tanimay, qoʻrqib ketdi, yuzini teskari qilib, onasining yelkasini malikam changallab oldi. Temur Malikning ham koʻngli buzilib, boʻgʻziga nimadir qadalgandek boʻldi, tomogʻini qirib, xotiniga:
— Men oʻlmay turib aza ochayotirsanmi? Koʻz yoshlaringni ayab qoʻy, keyin kerak boʻlib qolar, — deya oʻgʻlini qoʻliga olib oʻpmoqchi boʻlgan edi, bola chinqirib yigʻlab yubordi.
— Hoy, ahmoq bola, oʻz otangni tanimadingmi, a? Men senga oʻyinchoq olib keldim, — deb boshidagi yaltiroq dubulgʻasini olib qoʻydi-da, sopoldan qilingan qoʻchqorni qoʻynidan chiqarib berdi. Bola oʻyinchoqni olib, ovungach, xotiniga uqtirdi: — Oʻgʻlimni sen bilan Odinaga topshirib ketayotirman. U sogʻlom, mard va rostgoʻy yigit boʻlib oʻssin. Yurtimizga botir askar va askarboshilar kerak. Xayr, oʻzingni ehtiyot qil!

Oʻgʻlini betidan oʻpib, onasiga qaytarib berdi-da, tezgina tashqariga chiqib, sodiq mulozimi bilan quchoqlashib xayrlashdi-da, otashin xoʻrsiniq aralash chuqur-chuqur nafas olgan koʻyi vazmin odimlab ketdi.

Oradan bir hafta oʻtar-oʻtmas yigirma minglik moʻgʻul qoʻshini Xoʻjandga yetib keldi. Shahar boʻsagʻasida Xoʻjand merganlari va askarlar moʻgʻullar bilan jang qildilar, soʻng shaharga chekinib, tomlardan, darichalardan dushman ustiga oʻq yogʻdirib turdilar va shu bilan Temur Malik askarlarining orolga batamom oʻtib olishiga yordam berdilar. Temur Malikning maqsadi — orolda turib, oʻqtin-oʻqtin dushmanga hujum qilish va yigirma minglik moʻgʻul qoʻshinini uzoq vaqtgacha shu yerda tutib turib, Xorazmshohdan madad kelganidan keyin ularni tor-mor qilish edi.

Moʻgʻullar qattiq jangdan soʻng shaharni ishgʻol qildilar, biroq daryo oʻrtasidagi istehkom koʻkrak kerib, ularni jangga chorlab turardi. Manjanaqlardan otilgan tosh ham, oʻq ham qirgʻoqdan uzoqda boʻlgan qoʻrgʻonga shikast yetkazolmasdi. Ammo baland qoʻrgʻon tepasidan turib, qazonlardan shigʻab otilgan yumaloq toshlar moʻgʻullarga koʻp talafot yetkazardi. Qoʻrgʻon himoyachilari dushmanning daryo labiga kelib qazon qurishiga va katta oʻq-yoylardan oʻq otishiga imkon bermadilar.

Qoʻrgʻon burchidan, shinak orqasidan uzun boʻyli, qora soqolli bir kishi uzoqlarga tikilgancha qarab turardi. Uning qalin qoshlari chimirilib, peshonasida chuqur bir chiziq paydo boʻldi. Banogoh togʻ tomondan kelayotgan, ustiga tosh ortilgan qator-qator aravalarga uning koʻzi tushib qolgan edi. Aravalar yonida qurolli moʻgʻul soqchilar ogʻir xarsanglarni koʻtarib olgan kishilarni tayoq bilan urib haydab kelmoqda ediiar. Koʻp oʻtmay, bu odamlar daryo boʻyiga kelib, qoʻllaridagi toshlarni bir yerga uyub qoʻydilar, soʻng kaltak ostida aravadagi toshlarni tushira boshladilar.
— La’nati moʻgʻullar bu toshlami daryoga tashlatib, koʻtarma yasamoq va orolga kelib, qal’ani olmoq niyatida boʻlsalar kerak, — dedi Temur Malik yonida turgan girdigʻumdan kelgan bir yuzboshiga. — Buyuring, qazonlardan tosh otsinlar!
— Begim, nechuk alarga tosh ottiray, moʻgʻul orasida biznikilar bor. Toshning koʻzi yoʻq, oʻzinikini oʻzgadin ajrata bilmas.
— Toshlarga buyuring, oʻzinikilarga tegmasun! — deb zaharxanda qildi Temur Malik. — Juda sodda odamsiz-da. Oʻzimiznikilarga meni achinmaydur, deb oʻylaysizmi? oʻzimiznikilarga tosh tegmasun, deb oʻltursak, moʻgʻul orol ostiga kelib, oyogʻimizga bolta uradur.

Qal’a burchidan otilgan toshlar daryoga tosh tashiyotgan kishilardan bir nechasini yerparchin qildi. Moʻgʻullar ishlarini toʻxtatib, uni kechasi davom ettirdilar. Tun qorongʻisida otilgan oʻq va toshlar «koʻtarma» qurayotgan moʻgʻullarga va asirlarga koʻp shikast yetkazolmas edi. Bir necha kun ichida «koʻtarma» qoʻrgʻonga ancha yaqinlashib qoldi.

«Agar ish shu zaylda davom etsa, ikki hafta ichida daryoni tosh bilan toʻldirib, qoʻrgʻon tagiga yetib keladilar, — deb oʻyladi qal’a burchida turgan Temur Malik. — Tezda dushmanning bu ishini barbod qilmoq kerak. — U oʻtirib, boshini ikki qoʻli orasiga olganicha chuqur oʻyga toldi. — Tezda kemalar yasamoq lozim. Bizni faqat kemalar qutqaza biladi!»

Tong otishi bilanoq duradgorlar, kemasozlar ishga tushib ketdilar. Temur Malikning oʻzi ham qoʻliga bolta olib, ularga koʻmaklasha boshladi. Tayyor boigan kemalarga ustunlar oʻrnatib, ustini namat bilan yopdilar, atrofini ham namat bilan oʻradilar. Namatlarning ichi-tashini sirkaga qorilgan ganch bilan suvadilar, oʻq otish uchun tuynukchalar qoldirdilar.

Tong qorongʻisida Temur Malik boshliq uch yuz bahodir yigit kemalarga oʻtirib, qirgʻoqqa yaqinlashdi. Oʻq-yoylardan moʻgʻul soqchilari ustiga oʻq yogʻdirib, sohilga chiqib olishdi. Uyquda yotgan moʻgʻul lashkargohiga tuyqusdan bosqin qilib, naridan-beri kiyinib chiqqan cheriklarni qilichdan oʻtkaza boshladilar. Moʻgʻullar es-hushlarini yigʻib olgunlaricha bir talay askarlaridan ajraldilar.

Temur Malik uzun qilichini yalangʻochlab, lashkargoh oʻrtasidagi ipak chodir tomon yoʻl oldi. Oʻz boshliqlari uchun jon fido qilishga tayyor boʻlgan bir toʻda azamat yigit Temur Malikni oʻrab, atrofdan tushgan qilich zarblarini daf qilib borardilar. Temur Malik yon tomondagi chodirdan yugurib chiqib, uning yoʻlini toʻsmoqchi boʻlgan barzangidek bir moʻgʻulning yelkasiga qilich solib, ikki nimta qilib tashladi, soʻng baland ovozda:
— Hay, Soʻktu noʻyon, mard boʻlsang, maydonga chiq! — deya qichqirib, moʻgʻul sarkardasini yakkama-yakka jangga chorladi. Biroq moʻgʻul lashkarboshilari yakkama-yakka jang qilib, oʻz mardliklarini koʻrsatishdan koʻra koʻpchilik boʻlib, uyushqoqlik bilan dushmanni bartaraf qilishni afzal koʻrardilar. Shuning uchun Soʻktu noʻyondan sado chiqmadi. Yon tomondan bostirib kelgan bir toʻda moʻgʻul askarlari Temur Malikka ularning sarkardasi bilan qilichbozlik qilishga halal berdi. U jang qila turib sohil tomon chekindi, moʻgʻullarning asosiy kuchlari yetib kelmasdanoq, yigitlari bilan kemalarga oʻtirib, shinaklardan oʻq yogʻdirgancha orol tomon yoʻl oldi.

Temur Malik moʻljallangan ishini bajargan edi. Uning asosiy maqsadi — moʻgʻullarni chalgʻitib, daryoga tashlangan toshlarni u yoqdan-bu yoqqa otib tashlash, koʻtarmani buzish bilan mashgʻul boʻlgan yigitlariga ishlash uchun imkoniyat tugʻdirib berish edi. Sohildagi qisqa muddatli jang vaqtida koʻtarma buzib tashlandi.

Besh-olti oygacha kurash shu zaylda davom etdi. Moʻgʻullar atrofdan haydab keltirilgan asirlarni urib, daryoga tosh tashlattirar, mudofaachilar esa oʻq oʻtmas kemalarida kelib, ularning ishlarini buzib ketar edilar. Lekin bu hol uzoq davom etmadi. Saflari siyraklashib borayotgan mudofaachilar oziq-ovqatdan qisilmaganlarida uzoq vaqt qarshilik koʻrsatishlari mumkin edi, biroq daryoga tashlangan qarmoqlarga tasodifan ilinadigan baliqlardan boʻlak yeydigan narsa qolmadi. Ochlik, uzoq vaqt bir yerda turib qolish — jangchilarning ruhini tushirib yubordi.

Temur Malik qal’ani tashlab, chekinishdan boʻlak chora Vlmaganini angladi. Oʻz safdoshlarini atrofiga toʻplab, riia’yus, lekin e’tirozga yoʻl qoʻymaydigan ohangda gap boshlaicli:
— Birodarlar, ahli dunyo Rustami doston zamonidan beri sizldek pahlavonlarni koʻrmagan edi. Shul damgacha quloq eshitmagan va koʻz koʻrmagan bahodirligingiz soyasida gʻanim bir necha ming askaridin judo boʻldi. Emdi chekinmoq vaqti yetdi. Men boshda Xorazmdin madad kelur, deb oʻylagan erdim, yanglishibmen. Xorazmshoh butun lashkarini bir yerga toʻplab, moʻgʻul ablahni majaqlab tashlash oʻrniga, askarlarini tarqatib yubordi. U doʻstlar soʻziga emas, pinjiga kirib olgan dushmanlar soʻziga kirib, shul ishni ravo koʻrdi. Ammo biz qurol-yarogʻni tashlamaymiz, safar kemasiga oʻltirib, yogʻiy birlajang qila-qila, najot sohiliga erishurmiz...

Ranglari sargʻayib ketgan yigitlar boshlarini quyi solib, indamay uning gapiga quloq soldilar. «Ajabo, shu goʻzal shahrimizni dushman qoʻliga topshirib ketaveramizmi?» degan fikr ularning yurak-bagʻirlarini ezar edi.
— Ona snahrimizni unutmaymiz, kuch yigʻib kelib dush manga yana urush solurmiz, gʻanimga hamla qilish uchun orqaga qaytmoq ayb emas. Bardam boʻling, yigitlar!

Qora tun qanotlarini keng yoyib, shaharni bosib yotardi. Hammayoq suv sepgandek jimjit. Ahyon-ahyonda nahang baliq suvni shaloplatib yuboradi. Xoʻjand yaqinidagi togʻ shahar uyqusini qoʻriqlab turgan soqchidek qotib turibdi. Moʻgʻullarning lashkargohi ham sukunat ichida. Chekka-chekkaga qoʻyilgan qorovullar ham nayzalariga suyanib mudramoqdalar.

Tun ogʻib, kunchiqish tomon yorisha boshlaganda, bu jimjitlik toʻsatdan buzildi. Moʻgʻullar qarorgohida shovqin-suron koʻtarildi. Daryo ustidagi ajoyib bir manzarani koʻrib, Chingiz askarlari bu oʻnglarimi yo tushlarimi ekanligini bilmay qolgandilar. Uzoqdan yulduzlarga oʻxshab koʻringan mash’allar Sirdaryoning oqar tomoniga qarab tez sur’atlar bilan suzib ketmoqda edi. Soqchilar roʻy bergan ahvolni anglagach, shovqin koʻtarib, boshliqlarini bundan xabardor qildilar. Moʻgʻullar lashkargohi choʻp tiqib kavlangan qovogʻari ini kabi guvillay boshladi. Naridan-beri kiyingan askar boshliqlari u yoqdan-bu yoqqa yugurar, dagʻal ovozlar bilan buyruq berib, shirin uyquda yotgan sheriklarini oyoqqa turgʻizishga urinar, soʻkinar, dagʻdagʻa qilar edilar.

Minglarcha oʻq-yoydan otilgan oʻqlar usti namat bilan qoplangan kemalarga ta’sir etmasdi. Har ikki sohildagi moʻgʻul askarlari kemalarni ta’qib eta boshlashdj. Kemadagilar esa yulduzlar va mash’allar yorugʻida jangni davom ettirib bordilar. Shinaklardan otilgan oʻqlardan dushman tutdek toʻkilar edi. Binokent shahrigacha kemalar jiddiy qarshilikka uchramadi.

Xoʻjanddagi moʻgʻul boshliqlaridan Soʻktu Binokentdagi moʻgʻul sarkardalariga choparlar yuborib, kemalarni toʻxtatish uchun chora koʻrishni soʻragan edi. Bu yerda moʻgʻullar daryoning u yuzidan-bu yuziga zanjir tashlab toʻsiq yasadilar. Kemalar zanjirga urilib toʻxtab qolganida moʻgʻullar xursand boʻlganlaridan qiyqirishib yuborishdi. Temur Malik ikki qavat sovut va dubulgʻa kiyib kema tumshugʻiga chiqdi. Uning qoʻlida ogʻir poʻlat bolta yarqirardi. Ikki azamat yigit temir ilmoqlar bilan zanjirni koʻtarib, kema burniga qoʻydi. Temur Malik ikki qoʻli bilan ushlagan boltani baland koʻtarib, bor kuchi bilan zanjir ustiga urdi. Oʻz boshliqlariga umid koʻzi bilan qarab turgan xoʻjandliklar yoʻgʻon zanjirning choʻrt uzilib, shuvullagancha daryoga choʻka boshlaganini xursandlik bilan tomosha qildilar. Kemalar yana awalgi sur’at bilan suzib ketdi. Soʻktu Sirdaryoning quyi tomonidagi qal’alarni ishgʻol qilish bilan ovora boʻlgan Joʻjiga choparlar yuborib, Temur Malikning oldini toʻsishni iltimos qildi. Joʻji Burgalikkent degan qishloq yonida Sirdaryoga koʻprik soldirib, uning ustiga qazon qurdirdi, merganlarini tizib qoʻydi. Yoʻlni koʻzdan kechirib borayotgan Temur Malik dushmanning koʻprik qurganini koʻrib, kemalarni toʻxtatdi, qirgʻoqda turgan moʻgʻullarni oʻqqa tutib, sohilga yaqinlashishni buyurdi. Moʻgʻullar shigʻab otilgan oʻqlarga bardosh berolmay orqaga chekindilar. Temur Malikning yigitlari fursatdan foydalanib, otlarni yetaklab tushirishdi va zarur qurol-yarogʻ va oziq-ovqatlarni qirgʻoqqa tashib olishdi-da, soʻng Xorazm tomon yoʻl olishdi. Boʻri galalari kabi kecha-yu kunduz oʻzlarini ta’qib etgan yirtqich dushman bilan jang qila-qila, yoʻlda qonli izlar qoldirib ketaverishdi. Kun sayin qahramonlarning safi kamayib borardi. Temur Malik yaradorlar minib olgan otlarni oldinga oʻtkazib, oʻzi mergan yigitlar bilan eng keyinda borar, ta’qib etib kelayotgan dushmarmi oʻqqa tutib, ularni yaqinlashtirmasdi.

Qizilqum ichiga kirgan sari ta’qib etib kelayotgan dush manning soni kamayib borardi. Faqat Temur Malikning boshini olib, boshliqlaridan mukofot olish niyatida boʻlgan eng ashaddiy kallakesarlargina izma-iz kelmoqda edilar. Uchqur otlarga minib olgan Temur Malik va uning doʻstlari oʻqtin-oʻqtin orqalariga qayrilib oʻq uzar, yuz-koʻzlari changdan qorayib ketgan, oppoq tishlarini gʻijirlatib kelayotgan qotillami ketma-ket qulatar edilar.

Nihoyat, Temur Malikning sadogʻida uch oʻq qoldi. Bir oʻqining uchi siniq edi. Uning orqasidan quvib kelayotgan uch moʻgʻulning biri:
— Otim Uloq noʻyon, meni ulugʻ qonning oʻzi taniydur. Barcha ulusning hukmdori Chingizxon nomidan seni taslim boʻlmoqqa da’vat eturman! — deb qichqirdi.

Temur Malik javob oʻrniga sadogʻidan uchi siniq oʻqini olib yoy ustiga qoʻydi-da, Uloq noʻyonni moʻljalga olib otdi. Oʻq noʻyonning oʻng koʻziga sanchildi. Yonidagi ikki moʻgʻul uning koʻzidan oʻqni tortib olish bilan ovora boʻlib turganlarida Temur Malik otini toʻxtatib, orqasiga qayrildi.
— Hoy, moʻgʻullar! — deb zaharxanda kuldi u. — Ikkingiz uchun sadogʻimda ikki oʻq qoldi, ikkingizni ham soʻqir qilib qoʻyaymi?

Moʻgʻullar uni ta’qib etishga yuraklari betlamay, ortlariga qarab qochishdi. Temur Malik oʻzining bir necha yigiti bilan Xorazmga yetib kelgach, jangni davom ettirish uchun u yerda askar toʻplab, yana Sirdaryo tomon yurish qildi. Dushmanga bosqin qilib, Yangikent shahrini ozod qildi va moʻgʻullar tomoniga oʻtgan shahar hokimini dorga ostirib, oʻrniga boshqa bir sadoqatli kishini belgiladi-da, oʻzga shaharlarni dushmandan ozod etishga oshiqdi. Biroq Qizilqumda oʻzlariga nisbatan bir necha hissa koʻp boʻlgan dushman bilan jang qilib, yengilganlaridan soʻng, botirlar yana chekindilar. Temur Malik mashaqqatli yoʻl bosib, Eron tuprogʻida moʻgʻullar bilan jang qilayotgan Jaloliddinga qoʻshildi...

Yillar oʻtdi, oʻz sarkardalariga va viloyat hokimlariga ishonmagan Xorazmshohning xohishiga koʻra oʻzlarini yakka-yakka himoya qilishga majbur boʻlgan oʻrta Osiyo shaharlari birin-ketin Chingizxon tomonidan ishgʻol qilindi.

* * *

Oradan oʻn besh yil oʻtdi. Damashq shahridagi bir karvonsaroyning darvozaxonasida sochlari oqargan, baland boʻyli bir darvish oʻtirardi. U karvonsaroy ichida boʻkirib turgan tuyalarni yoʻlga hozirlayotgan kishilarning ovozi-yu, boʻtaloqlarning boʻzlashiga quloq solib, allakimni kutardi. Diqqat bilan qaragan kishi uning ustidagi jandasi, boshidagi kulohi gavdasiga mos tushmaganligini payqashi mumkin edi. Qaddi-qomatini tik tutgan oʻtkir koʻzh bu baland boʻyli odam darvishdan koʻra koʻproq askarboshiga oʻxshab ketardi.

Oradan bir soat vaqt oʻtgach, u oʻrta yoshli qora soqol bir kishining saroy tomon kelayotganini koʻrib:
— Marhabo! — dedi oʻrnidan turib. — Yanglishmasam, siz Movarounnahrga ketayotgan karvon boshligʻi binni Muslimdursiz?
— Oriy, men oʻshal aytgan kishingiz boʻlurman. Xoʻsh, xizmat?
— Faqir Sayhun boʻyina sayohat etmoq niyatidadurmen. Imkoni boʻlsa, meni ham hamroh qilib olsangiz, xizmatingizni qilib ketsam... Safarda foydam tegsa tegadurki, ziyonim tegmaydur. Yoʻl xarjim...
— Sizni bul yerda kim taniydur? Kim sizga kafil boʻla olur?
— Meni saroybon Mustafo, bozor oqsoqoli Umarali taniydurlar.
— Yaxshi, surishtirib koʻrurmen, — dedi binni Muslim darvishni sinchiklab koʻzdan kechirarkan. — Yoshingiz qaytgan boʻlsa-da, baquwat koʻrinursiz. Ot minmoq, qilich urmoqni bilurmisiz?

Darvish bilinar-bilinmas miyigʻida kulib qoʻydi.
— Bu bobda soqchilaringizga saboq bera bilurmen.

Ibn Muslimga uning javobi yoqib tushdi. Yoʻllar xavf-xatarli boʻlgani uchun karvonga qurol ishlata biladigan ishonchli kishilar kerak edi.
— Qani yuring, saroybon oldina kirib soʻzlashayik...

* * *

Sahar paytida ustiga yuk ortilgan tuyalar saroydan boʻkirishib chiqishdi, eng orqadagi tuyaning boʻyniga osilgan ogʻir mis qoʻngʻiroq jaranglab yer-u koʻkni boshiga koʻtardi. Bu tuya ustida jandasining ichidan qilich taqib olgan kechagi darvish oʻtirardi. Biroq bu safar unga qilichini qindan sugʻurishga toʻgʻri kelmadi. Karvon yoʻli tinch boʻlgani uchun hech qanday hodisa yuz bermadi. Qaroqchilar goʻyo karvon soqchilari boshida tajribali bir sarkarda ketayotganini bilgandek edilar. Savdogarlar karvoni suvsiz choʻllar, yashnagan vohalar, bozorlari obod, sergʻalva shaharlarin bosib oʻtib, uch oy deganda Samarqandga yetib keldilar.

Baland boʻyli darvish bu yerda karvonboshi va yoʻlovchilar bilan xayrlashib Fargʻonaga ketayotgan savdogarlarga qoʻshilib oldi.

Kechki payt. Xoʻjand muazzinlari birin-ketin taqvodorlarni kamoli asrga chorlamoqdalar. Beliga kachkul osgan jandali darvish irgʻay tayogʻiga suyanib, qingʻir-qiyshiq koʻchalardan asta bormoqda. U ahyon-ahyonda toʻxtab, egalari tashlab ketgach, xarob holga kelgan hovlilar roʻparasida toʻxtar, soʻng yana indamay oʻtib ketardi. Nihoyat, u katta darvozali hovli oldida toʻxtab, bir lahza ikkilanib turgandan keyin halqani taqillatdi. Oʻn besh-oʻn olti yoshlar chamasidagi bir yigitcha darvozani ochib, darvishning kimligini surishtirdi. Darvish javob oʻrniga:
— Kimning oʻgʻlidursen? — deb soʻradi.
— Men ulugʻ Temur Malikning oʻgʻlidurmen. Koʻzidan duv etib yosh oqib ketgan darvish yigitchani

quchoqlab, peshonasidan oʻpdi, keyin koʻz yoshlarini artib:
— Agar otangni koʻrsang, tanirmi eding? — deb soʻradi.
— Otam moʻgʻul bilan jang qilib chekinganida men goʻdak ekanmen. Aning oʻliktirigidin xabarimiz yoʻq. Mushfiq onamning vafot etganlariga toʻrt-besh yil boʻldi. — Darvish bu gapini eshitib xoʻrsindi-da, «omin» degandek yuzini siypab qoʻydi. — Bul hovlida ilgarigi xizmatkorimiz Odina, aning xotuni va men turamiz.
— Odina tirikmi?
— Ha, menga ota oʻrnida qolgan. Mana, oʻzlari ham chiqib kelyaptilar.

Ichkaridan soch-soqoli oqargan bir moʻysafid chiqib keldi.
— Nega hayallading desam, bul kishi bilan soʻziashib turgan ekansan-da, — dedi yigitchaga qarab. Soʻngra darvishga yuzlandi:
— Assalomu alaykum, xoʻsh, xizmat?
— Nahotki meni tanimasang? Shul qadar qarib-qartayib qoldimmi? — darvish koʻzida yosh bilan Odinani quchoqladi, soʻng soʻl qoʻlining bir boʻgʻini kesilgan jimjilogʻini koʻrsatib:
— Endi tanidingmi? — deb soʻradi.

Odina yigʻIab u bilan qayta koʻrishdi, soʻng hang-mang boʻlgan yigitchaga dedi:
— Bul kishi sening otang... Ulugʻ Temur Malik. Nega agʻrayib turibsen, qoʻlidin oʻpib, tavof qil, hoy, nodon...

Bir necha yil qarovsiz qolib, keyin shikastrexti tuzatilgan eski hovlida Temur Malik bir necha kun yotib dam oldi. Eski oshna-ogʻaynilar bundan xabar topib uni koʻrgani kela boshladilar. Temur Malikning qaytib kelgani butun shaharga ovoza boʻlib ketdi. Lekin moʻgʻullar davrida awalgidan ham boyib ketgan savdogarlar bu xabarni eshitib qoʻrqdilar. Ular, bu Temur Malik emas, u allaqachon oʻlib ketgan, bu odam esa ulugʻ sarkardaning nomini oʻziniki qilib olgan bir firibgar, deb gap tarqata boshladilar. Tabiiy, bu shov-shuvlar moʻgʻul bosWiqlarining qulogʻiga yetmay qolmas edi.

Bir kuni qurolli soqchilar Temur Malikning hovlisini oʻrab olib, uni saroyga olib ketdilar.

Chingizxonning son-sanoqsiz avlodlaridan biri — Qadon oʻgʻlon taxt ustida oʻtirib, qoʻliga kishan solingan Temur Malikka qiyiq koʻzlarini suzib, ishonchsizlik bilan:
— Rostdan Temur Malikmisen yoki boshqa odammisen?— deb soʻradi. Soch-soqoli oqargan bu darvishnamo kishi Temur Malik ekanligiga uning ishongisi kelmasdi.

Qadon oʻgʻlonning yonida turgan bir koʻzli Uloq noʻyon tutaqib:
— Xuddi oʻzi... — deb yubordi. Temur Malik ham oʻz dushmanini koʻrib, gʻazab bilan:
— Hoy, Uloq, men ham seni bir koʻrishda tanidim. Qizilqumda orqamdan quvib kelayotganingda uchi singan bir oʻq bilan oʻng koʻzingni koʻr qilgan men edim-a? — dedi.

Uloq noʻyonning sogʻ koʻzi yoʻlbars koʻzidek chaqnab ketdi. U xonvachcha oldida tiz choʻkib:
— Temur Malik mening yaqin doʻstlarim, tuvgʻonlarimning qonini toʻkkan, menga shikast yetkazgan. Ulugʻ Chingizxon haqqi, uni menga ber, xunimni olay, — deb yalindi.
— Mayli, olsang ol. Bir emas, oʻn Temur Malik boʻlsa ham senga berardim! — Xonvachchaning koʻzlarida istehzoli kulgi koʻrindi.

— Hay, essiz, soʻl koʻzingni ham koʻr qilib qoʻyganimda boʻlur erkan, — deya piching qildi Temur Malik dushmaniga qarab. Soʻng uning oldiga tushib, boshini tik koʻtargancha tashqariga chiqib ketdi.